Adabiy janrlar haqida. Adabiy janr( fransuzcha “Genre”- tur, jins) adabiyot rivoji jarayonida yuzaga kelgan asarlarning tasvirlash yo’llari, kompozitsion qurilishi, bayon usullari, badiiy vositalar, hayotiy hodisalarni qamrash ko’lami va miqyosiga ko’ra ko’rinishidir. Adabiy janr muammosi shunchalik dolzarbki, “janr masalasini hisobga olmaslik, san’at nazariyasining haqiqiy falsafiy va sotsiologik munosabatdan mahrum qilib, stilistik mayday- chuydalar bilan ovora bo’lishiga olib keladi. Janrlar adabiy jarayon taraqqiyoti davomida turli- tuman o’zgarishlarga (jumladan, qadimgi epos ko’lamini ummonga qiyoslasak, hozirgi zamon eposi minituradagi olamdir) uchragan, ixchamlashgan, boyib brogan. Ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyotga mos holda ba’zilar (masalan, mumtoz adabiyotimiz tarixida g’azal) yetakchilik qilgan, ba’zisi iste’moldan ( masalan, XX asr o’zbek adabiyotida muammo) chiqib ketgan, ba’zilari (masalan, XX asr adabiyotimizda sonet, roman, tragediya kabi) paydo bo’lgan. Ayniqsa, epik turda ixchamlashish hamon davom etmoqda. Bu xususiyat epopeya, doston, roman, qissa janrlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. “Janrlarning hajmi jihatidan bu tarzda ixchamlashishining muhim asoslari bor. Avvalo, bu hodisa kishilarning turmush tarzidagi o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Kishilarning vaqti yillar o’tgan sayin tig’izlashib boraveradi. Chunki ular o’z yashash sharoitlarini yaxshilash, qulaylashtirish uchun muttasil izlanishadi. Ularning ishi ko’payganidan ko’payib boraveradi. Kishilarning ehtiyoji ortgan sayin ularning vaqti qadrli bo’laveradi. Vaqt tanqis borayotgan davrlarda esa odamlarga besh yuz, ming sahifali romanni o’qish malol keladi. Bunday hajmli asarni mutolaa qilishga odamlar ulgura olmaydilar. Kishining tabiati esa shundaki, u agar biror- bir ishga ulgurishiga ko’zi yetsagina, o’shanga qo’l uradi. Bo’lmasa hafsala qilmaydi. Umuman, romanning hakmi jihatdan ixchamlashishiga kishilar hayotida vaqt qadrining oshgani sabab bo’ldi. Mashhur adib Onore de Balzak (1799-1850) o’z romanlarida qahramonlarning kiyim- kechaklari- yu uni qaysi tikuvchi tikkani, uning uyiga qanday borilishi, u joyning ko’rinishi manzarasini batafsil tasvirlagan bo’lsa, XX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan e’tiborli asarlarda bunday mayda – chuyda detallar, sahifa- sahifa tabiat manzaralari yo’q. Endilikda Stendal (1783- 1842), Zolya (1840- 1902) kabi adiblarning romanlari ham huddi Balzak asarlari singari o’zining ko’pso’zligi bilan askirdi. Roman janri o’zining an’anaviy ko’pso’zligidan voz kechish evaziga ixchamlashdi. Bu o’zgarishi bilan u zamona kishilarning hayot tarsi ehtiyojiga moslashdi”. Lekin baribir bu o’zgarishlarga qaramay, janrlarning o’zgarmas qonunlari ham (masalan, g’azal aruzda yozilgan, a-a, b-a, d-a… tarzda qofiyalangan) saqlanib qolgan va ular hamon amaliyotda qo’llaniladi. Ammo janrlarning o’zgarmas qoidalarini birgina janr misolida o’rganish kutilgan natijani bermaydi, uni muayyan janrlar birligida o’rganish ma’quldir, ana shundagina badiiy tafakkurning tarixiy va aniq davriy xususiyatlari ham hisobga olingan bo’ladi. Darvoqe, yuqorida ta’kidlaganimizdek, sof adabiy tur bo’lmaganidek, sof adabiy janr ham bo’lmaydi. Bir janrning xususiyati ikkinchisida ham yashashi mumkin, faqat u yetakchilik, belgilovchilik xususiyatiga da’vogar bo’lmaydi. Shu asoslarga ko’ra janrlarning o’xshash va farqli tomonlarini hisobga olgan holda, ularni turlarga ajratish va tur ichida o’ziga xos o’zgarmas qonuniyatlarini ochish asosliroqdir, zaruratdir. www.UzReferat.ucoz.net Epik turning janrlari. Voqealarni hikoya qilishdek ustuvorlik asosiga qurilgan barcha asarlarning jami- epik turni vujudga keltirgan. Shu sababli, epos, doston, ballada, masal, ertak, hikoya, qissa, povest, roman, novella, poema . ocherk feleton, pamphlet, esse , mif, rivoyat, afsona, sayohatnoma, muhabbatnoma, safarnoma, “xamsa”, hikmatli so’z, cho’pchak , marsiya, madhiya, metal, aforizm kabi janrlar eposning mulki sanaladi. Ularni bir necha guruhlarga ajra – tish mumkin: A. Eposning katta janrlari. Epos ( yunoncha “epos”- so’z, nutq, hikoya ) ning eng yirik janri epopeya ( yunoncha “epopia” – rivoyatlar, qo’shiqlar majmui)dir. “Epopeya xalqning faqat go’daklik davrlarida uning hayoti hali ikki qarshi tomonga – poeziya va prozaga ajratilmagan chog’da, xalqning tarixi faqat afsona bo’lgan zamonda, dunyo haqida uning tushunchalari faqat diniy tasavvurlardan iborat bo’lganda, uning kuch- qudrati va toza faoliyati faqat qahromonlik g’alabalarida ko’ringan zamonlardagina paydo bo’lishi mumkin” Eposda xalq, millat, qabila taqdirini hal qiladigan buyuk tarixiy voqealar tasvirini topgani sababli, uning bosh qahramoni tarix sanaladi. Eposda voqea hukmron bo’ladi va u “tabiatning o’zginasi” tarzida, “taqdirning irodasi” bo’lib namoyon bo’ladi. Uni inson o’zgartira olmaydi, balki u insonni o’zining irodasiga bo’ysundiradi. Homerning “Iliada” va “Odessiyasi”si, hindlarning “Mahobhorat” va “Ramayana”si, qirg’izlarning “Manas”i o’zbeklarning “Alpomish”i yuqoridigi mulohazalarga isbotdir. Folklorshunos Bahodir Sarimsoqov ta’kidlaganidek, tarixiy shaxsning bahodirliklari bilan bog’liq voqealar haqida yaratilgan turkum liro- epik qo’shiqlar asoslik vazifasini o’taydi. Keyinchalik shu qo’shiqlar o’zaro birikib, epik jihatdan to’lishib yagona epopeya shakli ga ega bo’ladi, ya’ni qo’shiqdagi memorat (xotira) xiralashib, fabulist (epika)ga aylanadi. Biz bilgan “Alpomish” kalassik epos shaklidadir. U bu shaklga kirgunicha tarixiy qo’shiq –arxaik epos – xalqaro ideal (sujet) – klassik epos jarayoni bosqichlarini o’tishi lozim bo’lganligini B.Sarimsoqov isbotlaydi: “Birinchi bosqich sujetning qadimgi shaklidan iborat bo’lib, biz uni shartli ravishda arxaik (eski) epos deb yuritamiz. Bu bosqichda qahramon urug’ yoki qabila boshlig’I bo’lib, o’z xatti- harakatida urug’ yoki qabila manfaatlarini himoya qiladi, uni dushmanlardan muhofaza qiladi. Parchalanib ketishdan saqlaydi. U o’zga yurtlarda bahodirliklar ko’rsatib, o’z yorini olib keladi va oila qurish orqali ijtimoiy tuzumni izchillashtirishga intiladi. Shu bois , arxaik epos sujeti ixcham- bir qismdan iborat bo’ladi. Qadimgi eposni okean (ummon)ga qiyoslasak (uning to’lqinlari shiddatini bir tasavvur qiling- a), hozirgi epos – daroga tangdir. Hozirgi eposning eng katta janri “roman kichraytirilgan olam” deya ta’riflanadi. “Zamonamizning epopeyasi romandir. Eposning hamma asosi, muhim xususiyatlari romanda border, faqat ayirmasi shundaki, romanda boshqa elementlar, boshqa manzara hukm suradi. Epos tadqiqotchisi E.A. Karimov Gi de Mopassan (“Roman olamining falsafiy konsepsiyasi asosida yuzaga keladi”) ta’rifiga asoslanib, “Olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi yo’q asar roman bo’lolmaydi”, - deydi.O’zbek romanchiligi 1922- yil A.Qodiriy ning “O’tkan kunlar” romanidan boshlangan. “Olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi” “O’tkan kunlar” (A.Qodiriy), “Sarob” (A.Qahhor) www.UzReferat.ucoz.net “Qutlug’ qon”, “Navoiy” (Oybek), “Yulduzli tunlar”(P.Qodirov), “Ulug’bek xazinasi” (O.Yoqubov), “Girdob” (O’Usmonov), “Lolazor”(Murod Muhammad Do’st), “Otamdan qolgan dalalar” (Tog’ay Murod) kabi sanoqli romanlardagina o’z aksini topgan Romandagi epik xarakterlar tasviri ikki kitobdan nihoya topsa – dialogiya (“Tutash olamlar”, Hojiakbar Islom Shayx), uch kitobda tugallansa – trilogiya (“Ufq”- “Qirq besh kun”, “Hijron kunlarida”, “Ufq bo’sag’asida”, Said Ahmad), to’rt kitobga sig’sa – tetralo – giya ( “Qora dengiz to’lqinlari” – “Oqarib ko’rinur yolg’iz bir yelkan”, “Cho’ldagi xutor” “Qishki shamol”, “Sovetlar hokimiyati uchun”, V. Katayev), besh kitobga yetsa – pentalogiya deb ataladi. Olamni birvarakayiga ehtiroslar tug’yonida tasvirlovchi, g’oyatda mubolag’ali sargu – zashtlarga boy, romantic bo’yoqdor yirik hajmdagi asar – doston (forscha- tojikcha so’z, ma’nosi: nazm yoki nasr bilan yozilgan hikoya , poema; epik asar: sarguzasht, kechmish voqealar) deb yuritiladi. O’zbek xalq o’g’zaki ijodida birgina doston tasnifining o’ziyoq epos janrlari va ko’rinishlarining ko’p qirraliligini isbotlay oladi: 1. Qahramonlik dostonlari (“Go’ro’g’li”, “Ravshankom”); 2. Jangnomalar ( “Yusuf va Ahmad” , “Alibek va Bolibek”); 3. Tarixiy dostonlar (“Shayboniynoma”, “Jizzax qo’zg’oloni”); 4. Ishqiy- romantic dostonlar(“Malikai ayyor”, “Rustamxon”); 5. Kitobiy dostonlar(“Farhod va Shirin”, “Tohir va Zuhra”). Qissa (arabcha so’z bo’lib, “voqeiy hodisa yoki afsonalar bayon qilingan epik asar; sujetning murakkabligi jihatidan romandan ko’ra soddaroq badiiy asar”) – eng qadimgi janrlaridan biri bo’lib, unda, asosan, ishqiy mazmun yetakchilik qiladi. Ayniqsa, “muayyan payg’ambar yoki avliyo, dono shaxs yoki tengsiz pahlavonlar obrazlarining ibratomuz xatti- harakatlari misolida butun xalqning tarixini idiallashtirib ko’rsatish” qissalarning mohiyatini tashkil qiladi. Bularga “Ibrohim Adham qissasi”, “Amiri Axtam qissasi”, “Bobo Ravshan qissasi”, “Qissasi Rabg’uziy”, “Hazrati Ali haqida o’n to’rt qissa” kabi qissalar misol bo’la oladi. Povest (ruscha so’z bo’lib, hikoya, rivoyat qilish demakdir) ning asosiy belgisi, unda “hayotiy qamrovning romanga nisbatan torligi, hikoyaga nisbatan kengligi; shunga muvofiq sujet va kompozitsiyaning ham romanga nisbatan soddaligi, hikoyaga nisbatan murakkabligi hisoblanadi. “Romanda olamning yaxlit falsafiy konsepsiyasi” bo’lishi shart bo’lsa, bu hodisaning bir qismi(parchasi)ning bir- ikki qahramon taqdiri misolida yechi – lishi povest uchun yetarlidir. Shu sababli V.Belinskiy: “ Povest ham ayni romanning o’zginasidir, faqat kichik hajmdadir, asarning hajmi mazmunning hajmi va mohiyatiga qarab belgilanadi”, - degan edi. G’.G’ulomning “Yodgor” , “Shum bola”, S.Ayniyning “Sudxo’rning o’limi”, A.Qahhorning “Sinchalak”, O’.Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, Ne’mat Aminovning “Bir asr hikoyati” povest janrining yetuk namunalari sanaladi. Poema (yunoncha “poiema” – ijod)da hayot va odamlar qalbi epik (voqea) va lirik (kechinma,tuyg’u) tarzda kashf etiladi. Poemada epik va lirika birlashgan holda, yaxlit liro-epik oqimni vujudga keltirib, hayotiy voqea- hodisalarning va qahramon xarakteridagi kuchning ruhi (qalbi)ni ochadi, tahlil qiladi, hayajonli ifodalaydi. Poema – lirik, epik, liroepik, dramatic bo’lishidan qat’iy nazar, ularning barchasida hayot(davr)ning epik qiyofasi shoir shaxsiyati (lirik qahramon) qalbi orqali ochiladi; voqea hukmronlik qiladi, uning hukmiga asosan qalb qo’shig’ini kuylaydi. Lekin bu qo’shiq doston janriga nisbatan www.UzReferat.ucoz.net ixcham, anchayin kichik, ayni paytda, o’ta real, o’ta lirikdir. “Zaynab va Omon” (Hamid Olimjon), “Toshkentnoma” (Maqsud Shayxzoda), “Surat” (Mirtemir), “Ruhlar isyoni”(Erkin Vohidov) “Jannatgayo’l” (Abdulla Oripov), “Xalil Sulton (Usmon Azim) kabi janrlar poema janrini o’zida jamlagan. Eposning kichik janrlari. Ballada (grek. “balare” so’zidan fran. “baler” so’zi kelib chiqqan, ma’nosi: 1. tovushga taqlid qilish, masalan ma’rash, 2. raqs tushish) janridagi bosh xislat - kutilmagan sujet (voqea)ning kutilmagan final (xotima) bilan tugashiga, qahramon qalb kechinmalari va ruhiyatning dramatic izhoriga bag’ishlangan asardir; undagi bu ikki (epik va lirik ) holat - davr va qalb dramasi kashfi birlashib, qalb faryodi izhoriga aylanganda ballada tug’iladi. Unda epik tasvir (yetakchi) va lirik tasvir (ichki tug’yon; ikkilamchi) nisbati buzilmasligi, lirizm voqaaning ichida yashashi lozimligi shart. Bu epik turning bosh qonuniyatidir. Masal (arabcha – namuna) voqealikni allegoric (kinoyaviy) va simvolik ( ramziy) obrozlar yordamida ifodalovchi, real turmush va odamlarning ko’rinishlari, xarakter qirralarini kinoya, kesatish, kulgu, g’azab kabi xususiyatlar vositasida ochuvchi epik janrdir. Masal janrining asoschisi Ezop bo’lgani sabab, u “Ezop” nomi bilan ham yuritiladi: masal tili – Ezop tili kabi . Ezopdan keyin bu janrni Lafonten (fransuz), Krilov (rus), Gulhaniy (o’zbek) lar yangi bosqichga ko’tardilar.Masal, ko’pincha, voqealik va odamlar to’g’risiDagi haqiqatni ochiqchasiga aytishning imkoniyati yo’q paytlar ko’plab yaratiladi va Ramzli tarzda (pardali qilib) bu haqiqatlarga ishora etiladi. Latifa (arabcha – nozik, yoqimli, zarif) xalqning o’tkir mushohadasi asosida qurilgan yoqimli va nozik kulgili eng kichik va nodir “hikoya” (“zarifa”, “ajiba”) sidir. Unda eng qisqa shakldagi qiziq voqeaning bir epizodi nasriy yo’lda kulgili qilib aytiladi, epizod qiziqarli umumlashmagan, muhim fikrga, yorqin ifodaga boy bo’ladi. Bu xususiyati topqirlik va mahorat bilan yaratilgan bo’lsa, kishi xotirasida uzoq saqlanadi. Ayni paytda og’izdan o’g’izga tez o’tib, yanada sayqallashadi. Latifaning eng muhim xususiyatlaridan yana biri undagi konfliktning ikki (ijobiy va salbiy) qutbliligidadir, uning yorqin, bo’rtib ko’rinishidir; “boshqacha bo’lishi mumkin”, degan tushunchaga o’rin qoldirmasligidadir.Uning yaqqol misolida gabrovoliklar (Bulg’oriya), shildaliklar(Olmoniya), qazvinliklar (Eron), shirinilar (Buxoro), oltiariqliklar (Farg’ona), xonqalilar(Xorazm) laatifalarida yaqqol ko’rish mumkin. L Latifaning eng kichik ko’rinishi matbuotda “xanda” nomi bilan yuritiladi. Xandalar biron- bir epizodning “qaymog’ini” – mohiyatini birdaniga kulmanatsion cho’qqiga chiqa – radi va dialogic nutq vositasida uni kulgili tarzda yechimga olib keladi. Hikoya (arabcha so’;z bo’lib, ma’nosi: 1.biror narsaning og’zaki bayoni, tafsiloti; 2. nasriy yo’l bilan yozilgan kichikroq badiiy asar ) – Izzat Sultonning asosli ta’kidla – shicha , latifa mazmuniga kirgan voqeadan kattaroq, ammo povestga mazmun beruvchi voqeadan kichikroq sarguzashtni, ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir – laydi. Darvoqe, “u minglab bo’laklarga bo’lingan romandir…kishilik taqdirining payonsiz poemasidan bir epizod… shunday voqea va hodisani tanlab oladi va o’zining tor ramkasida ifoda etadi” (V.Belenskiy). Hikoyaning eng ixcham ko’rinishi novella (ital. “novella” – yangilik ) deb yuritiladi. “Xaraktening muayyan vaziyatdagi holatini voqeaning keskin burulis nuqtasida, dinamik sujet, kuchli dramatizm, kutilmagan yechim asosida ko’rsatish – hikoya(novella) uchun eng xarakterli xususiyatdir”(T.Boboyev). Abdulla www.UzReferat.ucoz.net Qahhorning “Anor”, “Bemor”, “O’g’ri” kabi asarlari hikoya janri talablariga to’liq javob berishi bois, ular mumtoz hikoyalar sanaladi. Novella janri inson hayotining tipik bir lahzasini tasvirlagani uchun, shu lahzani shunchalik yorqin ifodalashi kerakki, unda hamma so’zlar badiiy “yuk” tushishi, “so’z isrofgarchiligiga sabab bo’ladigan ortiqcha detallar ham bo’lmasligi “lozim. Bunga A.Qodiriyning “O’qish – o’rganish” maqolasida A.P. Cexovning “Chinovnikning o’limi” nomli hikoyasi misolida ko’rish mumkin. Mavzu: Adabiy janrlar haqida. Bajardi:______________ Tekshirdi:_____________ www.UzReferat.ucoz.net Toshkent-2009 www.UzReferat.ucoz.net