www.178maktab.ucoz.net

реклама
www.UzReferat.ucoz.net
Mashhur yettiliklar
Dunyoning yetti mo'jizasi
1. Misr ehromlari
2. Bobil osma bog'lari
3. Artemida ibodatxonasi
4. Galikarnas dahmasi
5. Zevs haykali
6. Rodosdagi haykal
7. Iskandariya mayog'i
Yetti xazina
1. Sigir - ro'zg'orning qassobi va baqqoli
2. Asalari - oilaning tabibi
3. Ipak qurti - qizlarning sepi
4. Objuvoz - qozonning yog'i
5. Tegirmon - qorinning belbog'i
6. O'rmon - imorat "suyagi", qozon olovi
7. Tovuq - ham obiyovg'on, ham dori-darmon
Hafta kunlari
O'zbekcha: Juma, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chorshanba,
Payshanba
Arabcha: Yavmul-jum'a, Yavmus-sabt, Yavmul-ahad, Yavmul-isnayn, Yavmussalasa, Yavmul-arba'a, Yavmul-hamis
Turkcha: Juma, Jumartesi, Pazar, Pazartesi, Sali, Charshamba, Pershembe
Inglizcha: Friday, Saturday, Sunday, Monday, Tuesday, Wednesday, Thursday
Forscha: Odina, Shanba, Yakshanba, Dushanba, Seshanba, Chahorshanba,
Panjshanba
Ruscha: Пятница, Суббота, Восскресенье, Понедельник, Вторник, Среда,
Четверг
Moddalarning yetti ko'rinishi
1. Qattiq holati
2. Suyuq holati
3. Gazsimon holati
4. Plazma holati
5. Neytron holati
6. Epiplazma holati
7. Fizik vakuum holati
www.UzReferat.ucoz.net
Yetti musiqa notasi
1. Do
2. Re
3. Mi
4. Fa
5. Sol
6. Lya
7. Si
Yetti avlod
1. Farzand
2. Nevara
3. Chevara
4. Evara
5. Pannevara
6. Ovora
7. Begona
Yetti iqlim
1. Ekvatorial
2. Subekvatorial
3. Tropik
4. Subtropik
5. Mo'tadil
6. Subarktik
7. Arktik
Yetti rang
1. Oq
2. Sariq
3. Qizil
4. Qora
5. Ko'k
6. Yashil
7. Apelsin rang
Yetti sayyora
Qadimgi xalqlar yetti muqaddas sayyora inson hayotiga, taqdiriga, o'zaro
harakatlariga bog'liq deb tushunganlar va shundan hafta kunlarini chiqarganlar.
Quyosh va Oyni ham shunga kiritishgan. Ular:
1. Quyosh - Oftob, Shams, Xurshid, Mehr, Yashiq; Kuch-g'ayrat ramzi
www.UzReferat.ucoz.net
2. Oy - Qamar, Moh, Anbar, Yalchiq; Dilbarlik ramzi
3. Mars - Mirrix, Bahrom, Ko'rkud; Jangu jadal timsoli. Greklarda urush xudosi
4. Merkuriy - Atorud, Hulkar, Surayyo, Orzu, Dabir; Aql-zakovat, donolik ramzi
5. Yupiter - Mushtariy, O'ngoy, Qoraqush, Burjis; Baxt ramzi
6. Venera - Zuhro, Cho'lpon, Sirius, Yildiriq, Nohid, Saqid; Sevgi ramzi
7. Saturn - Zuhal, Sekantir, Kronos; Dehqonchilik va hosildorlik ramzi
Yetti mukammal fanlar
Qadimgi va o'rta asr ta'lim tizimida ongni va mantiqni yuksaltiruvchi yetti fan
mavjud edi. Ushbu fanlarni qadimgi yunon mutafakkirlari komillika eltuvchi yo'l
deya ta'riflaganlar:
1. Grammatika
2. Mantiq
3. Ritorika
4. Geometriya
5. Arifmetika
6. Astronomiya
7. Musiqa
Qadimgi greklarning yetti donishmandi
Eramizdan avvalgi 6-7 asrlarda qadimgi Yunonistonda yashagan faylasuf va
siyosatchilarning eng mashhurlari "yetti donishmandlar"dir:
1. Prienlik Bias (er.av. 6 asr)
2. Spartalik Chilon (er.av. 6 asr)
3. Linduslik Kleobulus (er.av. 6 asr)
4. Korinflik Periander (er.av. 585 yilda vafot etgan)
5. Maytilenlik Pittacus (er.av. 650-570)
6. Afinalik Solon
7. Miletlik Fales
Yetti dengiz
Qadimgi dengizchilar dunyoni 7 dengi o'rab turadi deb hisoblaganlar(okeanlarni
ham kiritganlar):
1. Shimoliy Atlantika okeani
2. Janubiy Atlantika okeani
3. Shimoliy Tinch okeani
4. Janubiy Tinch okeani
5. Hind okeani
6. Arktika okeani
7. Janubiy okean
www.UzReferat.ucoz.net
Qadimgi Rimning yetti podshosi
Afsonalarga ko'ra Rimni dastlab boshqargan 7 podsho er.av. 753 yildan 510
yilgacha hukmronlik qilganlar:
1. Romulus
2. Numa Pompilius
3. Tullus Hostilius
4. Ancus Marcius
5. Lucius Tarquinius Priscus
6. Servius Tullius
7. Lucius Tarquinius Superbus
Qadimgi yaponlarning yetti xudosi
Qadimda yaponlar baxt, boylik va uzoq umr keltirishi uchun 7 ta xudoni o'ylab
topishdi. Bunga e'tiqod qilish 15 asrga kelib judayam kuchaydi. Ular:
1. Ebisu - baliq ovlash va savdo xudosi
2. Daikoku - boylik va qishloq ho'jaligi xudosi
3. Bishamonten - omad xudosi
4. Benzaiten - suv va musiqa xudosi
5. Hotei - moy xudosi
6. Fukurokuju - Abadiyat xudosi
7. Jurojin - Uzoq umr xudosi
Yetti opa-ukalar
Qaqimgi yunon miflariga ko'ra, Pleonlik Atlas bilan Okeanusning qizlari. Mifga
ko'ra ular otalarining ayanchli taqdiridan yoki opalari Hyadesning o'limidan ranjib
o'z jonlariga qasd qiladilar. Koinotdagi ba'zi yulduzlar ularning nomi bilan ataladi:
1. Electra
2. Maia
3. Taygete
4. Alcyone
5. Celaeno
6. Sterope
7. Merope
Yetti qavat osmon
Imom Buxoriy va Imom Muslimlardan rivoyat qilingan "isro va me'roj" haqidagi
hadislarda payg'ambarimiz Muhammad s.a.v.ning Masjidul aqsodan osmonga
ko'tarilganliklari haqida rivoyat qilinadi. Ushbu hadisga ko'ra, Rasululloh s.a.v.
yettita osmondan o'tadilar va har bir osmonda quyidagi payg'ambarlar bilan
uchrashadilar:
www.UzReferat.ucoz.net
1. Birinchi osmon - Odam alayhissalom
2. Ikkinchi osmon - Iso va Yahyo alayhissalomlar
3. Uchinchi osmon - Yusuf alayhissalom
4. To'rtinchi osmon - Idris alayhissalom
5. Beshinchi osmon - Horun alayhissalom
6. Oltinchi osmon - Muso alayhissalom
7. Yettinchi osmon - Ibrohim alayhissalom
Islomda iymondagi yetti farz
1. Allohga;
2. Allohning farishtalariga;
3. Allohning kitoblariga;
4. Allohning payg‘ambarlariga;
5. Oxirat kuniga;
6. Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;
7. O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa ishonish.
Injildagi yetti halok qiluvchi gunoh
1. Mag'rurlik
2. Baxillik
3. Ochko'zlik
4. G'azab
5. Yeb-to'ymaslik
6. Hasad
7. Dangasalik
O'rta asrlarning yetti mo'jizasi
1. Rim kollizeyi
2. Iskandariya yer osti yo'llari
3. Buyuk xitoy devori
4. Avliyo Sofiya ibodatxonasi
5. Stonehenge
6. Piza minorasi
7. Nanjing budda ibodatxonasi
Zamonaviy dunyoning yetti mo'jizasi
Amerika fuqaro muhandislik jamiyati 20 asrda insoniyat tomonidan barpo etilgan
quyidagi obidalarni zamonaviy dunyoning yetti mo'jizasi deb atadi. Ushbu ro'yxat
dunyoning ko'zga ko'ringan arxitektorlari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, unda
binolarning texnik va ijtimoiyu jihatlari hisobga olingan:
1. Channel Tunnel (Angliya va Fransiyani bog'lovchi suv osti kanali)
www.UzReferat.ucoz.net
2. CN Tower (Torontodagi teleminora)
3. Empire State Building (New York shahridagi osmono'par bino)
4. Golden Gate Bridge (San Franciscodagi ko'prik)
5. Itaipu Dam (Braziliya va Paragvaydagi to'g'on)
6. Netherlands North Sea Protection Works (Niderlandiya Shimoliy dengiz
muhofazasi)
7. Panama Canal (Panama kanali)
Dunyoning yangi yetti mo'jizasi
National Geographicga ko'ra quyidagilar dunyoning yangi yetti mo'jizasidir:
1. Katta piramida (Misr)
2. Avliyo Sofiya ibodatxonasi (Turkiya)
3. Piza minorasi (Italiya)
4. Washington maqbarasi (AQSh)
5. Eyfel minorasi (Fransiya)
6. Toj Mahal (Hindiston)
7. Empire State Building binosi (AQSh)
Boshqa manbaga ko'ra esa, quyidagicha:
1. Toj Mahal (Hindiston)
2. Buyuk Xitoy devori (Xitoy)
3. Kollizey (Rim)
4. Piza minorasi (Italiya)
5. Eyfel minorasi (Parij)
6. Pasxa orolidagi yodgorlik (Chili)
7. Chichin Itza piramidasi (Meksika)
Bu ro'yxatlar eski jahon mo'jizalari kabi aniq bo'lmay, hali ham muhokama
qilinmoqda. 2004 yili UNESCO tomonidan dunyoning yangi yetti mo'jizasini
aniqlash maqsadida internet-so'rov boshlangan bo'lib, u hali ham davom etmoqda.
Natijalar 2006 yil 1 yanvarda e'lon qilinadi. Unga quyidagi nomzodlar qo'yilgan:
1. Avliyo Sofiya ibodatxonasi (Turkiya)
2. Akropol (Gretsiya)
3. Panathinaiko stadioni (Gretsiya)
4. Kolizey (Italiya)
5. Dodjey saroyi (Italiya)
6. Piza minorasi (Italiya)
7. Toj Mahal (Hindiston)
8. Potala ibodatxonasi (Tibet)
9. Algambra ibodatxonasi (Ispaniya)
10. Versal saroyi (Ftansiya)
www.UzReferat.ucoz.net
11. Angkor-Vat saroyi (Kombodja)
12. Petr dahmasi (Iordaniya)
13. Kiotodagi qirol saroyi (Yaponiya)
14. Aahan federal sobori (Germaniya)
15. Barselonadagi Muqaddas oila sobori (Ispaniya)
16. Buyuk Xitoy devori (Xitoy)
17. Eski San'a shahri (Yaman)
18. Eyfel minorasi (Fransiya)
19. Ozodlik haykali (AQSh)
20. San-Fransiskodagi "Oltin darvoza" ko'prigi (AQSh)
21. Maya piramidasi (Meksika)
22. Sidney opera teatri binosi (Avstraliya)
23. Pasxa orolidagi yodgorlik (Chili)
24. Timbuktu shahri (Mali)
25. Empire State Building (New York)
26. Macho-Pichku qal'asi (Peru)
27. Kreml saroyi (Rossiya)
O'rta asrlarning unutilgan yetti mo'jizasi
1. Abu Simbel dahmasi
2. Angkor Wat
3. Toj Mahal
4. Saint-Michel tog'i
5. Moai Statusi
6. Parfenon
7. Shwedagon budda ibodatxonasi
Dunyoning yetti tabiiy mo'jizasi
1. Everest cho'qqisi
2. Katta Barrier rifi
3. Grand Canyon
4. Viktoria sahrsharasi
5. Rio de Janeiro bo'g'ozi
6. Paricutin vulqoni
7. Shimoliy ko'llar
Dunyoning yetti suvosti mo'jizasi
1. Palau
2. Beliz Barrier rifi
3. Galapagos orollari
4. Shimoliy Qizil dengiz
www.UzReferat.ucoz.net
5. Baykal ko'li
6. Katta Barrier rifi
7. Chuqur dengiz ventillari
Dunyoning unutilgan yetti mo'jizasi
1. Big Ben soati
2. Eyfel minorasi
3. Gateway ustuni
4. Asvan to'g'oni
5. Guver to'g'oni
6. Mount Rushmore milliy memoriali
7. Petronas minorasi
Dunyoning unutilgan yetti tabiiy mo'jizasi
1. Anhel sharsharasi
2. Fundy qo'ltig'i
3. Iguasu sahrsharasi
4. Krakatoa oroli
5. Fuji tog'i
6. Kilimanjaro tog'i
7. Niagara sharsharasi
ARSHNING SOYASIDAGI YETTI KIMSA
Abu Hurayra r.a. Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. dan shunday rivoyat
qiladilar: “Yetti kishini Alloh taolo Arshning soyasida soyalantiradi:
1. Odil boshliqni;
2. Yoshlikdan Allohning ibodati bilan o’tgan kishini;
3. Yolg’iz holida Allohni eslab ko’z yosh to’kkan kishini;
4. Qalbi doim masjid bilan bog’langan kishini;
5. O’ng qo’li bilan bergan sadaqani chap qo’li bilmagan (ya’ni, maxfiy sadaqa
qilgan) kishini;
6. Alloh yo’lida do’stlashgan ikki kishini;
7. Chiroyli ayol fahshga chorlaganda “Alloh taolodan qo’rqaman”, deb bosh
tortgan kishini”.
Mashhur yettiliklar:
1. Yetti xazina
2. Yetti mo‘’jiza
3. Yetti mahalla
4. Yetti pusht
5. Yetti go‘zal (Sharqning yetti malikasi yoki go‘zali)
www.UzReferat.ucoz.net
6. Yetti malak
7. Yetti farishta
8. Yetti iqlim
9. Yetti chaqirim
10. Yetti kulcha
11. Yetti donishmand
12. Yetti kechayu yetti kunduz
13. Yetti karra
14. Yetti — ketdi
15. Yetti qatlam yer
16. Yetti tanga
17. Yetti qaroqchi yulduzlar
18. Yetti qabila
19. Yetti qadam tashlab mehmonni kuzatish
20. Yetti og‘a-ini botirlar
21. Yetti oyda farzandning sut tishi chiqib, yetti yoshda doimiy tishga almashinuvi
22. Yetti qavat osmoni falak
23. Yetti fazilat
24. Yetti kishining biri — Xizr
25. Qo‘shnining yettidan bir haqi bor
26. Yetti uxlab tushimga kirmagan edi
27. Yetimning haqi yetti daryoni quritar
28. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha
29. Yetti kishining xislati yetmish xil
30. Yetti qarich
31. Yetti buyuk davlat
32. Mushkulkushoddagi yettita mayiz
33. Yetti avlodga chiroq yoqib farzandlik bo‘ldim
34. Yetti unsur (yuz, qosh, ko‘z, qomat, xol, lab, soch)
35. Yetti jannatning eshigi ochiq
36. Yetti yot begona
37. Yetti mozorga yetti chilton chiroq yoqdim
38. Yetti haromdan hazar qil (nopoklik, andishasizlik, imonsizlik, o‘zgalar haqi,
hayvoniy hirs, yolg‘onchilik, nafs balosidan)
39. Hasan Husan kamalagining yetti xil jilosi
40. Yetti xil manzara
41. Yetti o‘lchab bir kes
42. Yetti o‘lchamay, o‘ylamay, yetti mulohaza qilmasdan gapirilgan bir gap bir
kun emas bir kun o‘zingga hukmron bo‘ladi.
www.UzReferat.ucoz.net
MISR EHROMLARI
Qadimiy Nil vodiysi Liviya sahrosi bilan chegaradosh hududda, yam-yashil
ekinzorlaru, finikiy palmalar o‘rnini sap-sariq qum tepaliklari egallaydigan joyda
g‘ayritabiiy shamoildagi tog‘lar ko‘zga tashlanadi. Bu tog‘larning qorasi juda
uzoqdan Fayum vohasidan bir necha o‘n kilometr uzoqlikdagi Qohira shahridan
ham ko‘rinib turadi. G‘aroyib ko‘rinish, geometrik aniqlik, tarixiy jozibadorlik,
qudratli ulug‘vorlik bularning barchasi Misr ehromlarida mujassam.
Tadqiqotchi olimlar hozirgacha Nilning quyi oqimidan sahro qumlari ostida ming
yillar davomida berkinib yotgan katta-kichik, zina shaklidagi yoki o‘ta tekis sirtga
ega yuzga yaqin ehromlarni aniqladilar. Bu ulkan inshootlar Misrning minglab
yillik tarixidan hikoya qiluvchi qadimiy poytaxti Memfis shahrini o‘rab turadi.
Dunyoga dong‘i ketgan uchta egizak piramidalar ham qadimiy va afsonaviy
poytaxt joylashgan tekislik — Gizada qurilgan. Siz ularni bilasiz. Bular, Xeops,
Xefren va Mikeren ehromlaridir. Piramidalar orasida eng yirigi Xeops (yoki
misrcha nomi Xufu) ehromi bo‘lib, u IV sulola vakillari orasida eng qudratli
fir’avn Xufuga tegishlidir.Bu ulkan ehrom hozirgacha inson qo‘l mehnatining
ulkan namunasi sifatida saqlanib turibdi. Ehrom asosi to‘rtburchak shaklda bo‘lib,
yonlarning har birining uzunligi 227,5 metrga teng. Bu o‘lcham bir-biridan hatto
bir barmoq kengligi darajasida ham farq qilmaydi. Demak, Xeops piramidasini
to‘liq aylanib chiqishingiz uchun bir kilometrga yaqin yo‘l bosib o‘tishingizga
to‘g‘ri keladi. Bu ulkan ehromning balandligi qurilgan paytida 146,5 metrga teng
kelgan. Vaqt hakami qilichi ehrom cho‘qqisining ayni paytgacha qariyb 10 metrlik
bo‘yini qirqdi. Hozir u 137 metrdir. Vaholanki, muqaddas kitoblarda qarg‘ishga
uchragan fir’avnlar qabri XIX asrgacha inson qo‘li bilan bunyod etilgan
dunyodagi eng baland inshootligicha qolgan. Balandlik jihatidan undan me’mor
Eyfelning mahorati mevasi birinchi bo‘lib o‘zib ketdi.
Gizadagi ehromlar ichida ulkanligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchisi fir’avn
Xefrenga tegishli bo‘lib, u Xeops piramidasidan 40 yil keyinroq qurilgan. Bu
ehrom asosi tomonlarining uzunligi 215 metrdan, balandligi esa 136 metrdir.
Ehrom cho‘qqisidagi qadimiy bezak namunasi oq bazalt qoplamasi qisman
saqlanib qolgan.
Uchinchi ehrom oldingi ikkitaga qaraganda ancha kichik. U fir’avn Mikeringa
tegishli bo‘lib, ming yillar davomida o‘z nafisligini saqlab qola olgan. Bu kenja
piramidaning tomonlarining uzunligi 108 metrdan, balandligi esa, 66,5 metrga
(hozir 62 metr) teng bo‘lgan.
Ehromlarning qurilish tarixi ming yillar davomida dahshatli mehnat afsonasining
saqlanib qolishiga sabab bo‘lgan. Biroq ulardan hech birida bu ulkan tog‘larning
nega qurdirilganiga aniq javob bo‘luvchi dalil yo‘q. Xo‘sh, Misr ehromlari nega
qurilgan?
Ehromlar devorlaridagi turli shakllardagi rasmlar bu savolga eng haqqoniy javob
bera oladi. Biroq tabiatda uchrovchi turli jismlarni aks ettirgan jismlarning
www.UzReferat.ucoz.net
rasmlari ortida yashiringan sirlarni tushunuvchi mahalliy ziyolini ming yillar
davomida saqlash mumkin emas, albatta. Biroq, ularning peshona terlari bu qulf
uchun eng munosib kalit bo‘ladi. 1913 yilda bir guruh ingliz tadqiqotchilari
Nilning quyi oqimidan noma’lum mutafakkir tomonidan yozilgan yunon-qadimiy
misr tili lug‘ati o‘yib yozilgan taxtachani topib olishdi. Shu lug‘at tufayli ayni
paytda qadimiy Misr aholisi so‘zlashgan tilning 20 foizini tushunish imkoni bor.
Biroq biz bilishni xohlayotgan ehromlarning qurilish sababi qolgan 80 foizlik
sirlar ostida yotibdi.
Quyida shu kunga qadar piramidalarning bunyod etilish tarixi bilan bog‘liq ayrim
tarixchi olimlarning fikrlari qayd qilingan:
Mire Shokir xonim (Misr) — “Ehromlarda fir’avnlarning abadiy tirik turish
xohishi saqlangan. Ularning mo‘miyolangan jasadlari, rasmlardagi quyosh
farzandi fir’avn ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalar — bularning barchasi yaqqol
dalillardir.”
Anri Fukua (Frantsiya) — “Nil daryosi qirg‘og‘ida yashovchi mahalliy xalqning
asosiy turmush tarzi shu daryo bilan bog‘liq bo‘lgan. Buni oliy darajadagi
hokimlar ham tushungan, albatta. Ehromlar yer sathi va quyosh nurining
stabilligini saqlagan. Poytaxt yaqinida og‘ir massali tog‘lar toshqinlar
mavsumidagi sel kelishini sezilarli miqdorda kamaytiradi.” U bu mulohazasini
ehrom shaklida qurilgan dunyoning turli burchaklarida joylashgan boshqa
inshootlar bilan davom ettiradi. Uning fikricha, Solomon orollarida va
Yukatandagi qadimiy piramidalar ham xuddi ana shu maqsadlarda bunyod etilgan.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, Solomon orollaridagi piramidadan
afsonaviy shoh Sulaymonning butun boshli xazinasi topilgan (1863 yil). Biroq bu
inshootni tadqiq qilishni istagan o‘ndan ortiq kashfiyotchilar toshlardan
chiqadigan turli zaharli gazlar tufayli yarim yo‘ldayoq safarlariga nuqta qo‘yishga
majbur bo‘lganlar. Biroq ingliz dengizchisi Godli Olgren shohning xazinasigacha
yetib bora olgan edi.
Yukatandagi piramida esa astronomik kuzatuvlar uchun qurilgan, degan taxminlar
bor.
Jeyson Gird (Buyuk Britaniya) — “Ehromlar strategik maqsadlarga xizmat qilgan.
U orqali mahalliy aholi poytaxtdan qariyb yuz chaqirim naridagi dushmanning
harakatlarini bemalol kuzatib tura olgan. Bundan tashqari ular qadimiy Misr
qo‘shinining qudrati va madaniyatining buyukligini isbot qilish vositasi bo‘lgan.”
Darhaqiqat, Ikkinchi jahon urushi davrida Birlashgan Qirollikning Afrikadagi
havo hujumidan mudofaa tizimi ana shu ehromlar ustini imkon qadar tekislab, u
yerda kuzatuv punktlari qurishgan.
Don Marklar (Buyuk Britaniya) — “Ehromlar fir’avn munajjimlari uchun
observatoriya vazifasini o‘tagan. Chunki aynan munajjim rohiblargina fir’avn va
xudolar orasida vositachi bo‘lishgan-da. Keyinchalik podsholar xudoga
yaqinlikdan umidvor bo‘lib, mo‘miyolangan tanalarini ehrom ichida dafn
www.UzReferat.ucoz.net
etishlarini so‘ragan.”
Yana shunday fikrlar ham borki, uni eshitib beixtiyor og‘izning tanobi qochadi.
Masalan, Kaliforniyalik (AQSh) misrshunos Alba Gunte ehromlar inson qo‘li
bilan qurilmagan degan fikrda. Uning ta’kidlashicha, bunday ulkan inshootni
qurish uchun hatto zamonaviy texnikalar ham ojizlik qiladi. Bu ehromlar o‘zga
sayyoraliklar tomonidan qurib ketilgan. U o‘z fikrlarini davom ettirar ekan,
ehromlarning nihoyatda pishiq reja asosida qurilgani, uning toshlari orasiga hatto
igna tig‘i kirmasligi bilan fikrini isbotlamoqchi bo‘ladi.
Piramidalarning ichida maxsus xonachalar bo‘lib, bu shaxsan quyosh o‘g‘lining
o‘ziga atalgan. Chunki, fir’avn vafotidan so‘ng jasadi shu xonalardagi maxsus
sarkofaglarda saqlangan. Biz mulohazalarimizni M. Shokir xonimning Xeops
piramidasi bilan bog‘liq qaydlari bilan davom ettiramiz.
“Ehromning ichiga beshta maxsus qurilgan yo‘lakchalar orqali kirish mumkin.
Ammo ulardan faqat bittasigina sizni fir’avn qabri joylashgan xonasigacha olib
borishi mumkin. Chunki bu yo‘lak bo‘ylab ancha keng yo‘lakka va undan chiqqan
bir nechta yo‘laklarga duch kelasiz. Xullas, ehrom ichidagi yo‘lakchalarning
“shoxchalashi” sizning fir’avn sarkofagigacha bormasligingiz uchun atay qurilgan.
Sarkofag atrofidagi behisob boyliklarning talanishi mumkinligi me’morlarni o‘sha
davrdayoq bezovta qilgan. Noto‘g‘ri yo‘lakchalarning oxiri yo‘q... Xuddi labirint
singari ulkan ehrom ichida chiqish yo‘lini topa olmay halok bo‘lishingiz hech
gapmas. (Kuzatuvlarim davomida chiqish yo‘lagini topa olmagan baxtiqaro
odamlar suyaklariga ko‘p marta duch kelganman)”.
Keng yo‘lakdan chiqqan yo‘lakchalardan biri sizni fir’avn qabriga, undan
chiquvchi maxsus yo‘lak esa, siz aslida qidirayotganingiz tilladan qilingan
taqinchoq va turli uy anjomlariga to‘la maxsus xonaga olib boradi. Qadimgi
misrliklar odam o‘lganidan keyin shohning shoh, gadoning gado bo‘lib, boshqa
dunyoda yashashda davom etishiga ishonganlar. Shuning uchun, fir’avn o‘zga
dunyo darvozaboniga bir dunyo tillo taqinchoqlarini isbot qilib ko‘rsatgan va
oldingi amalini o‘zga dunyoda ham davom ettirgan.
Afsuski, odamzod hamisha boylikka o‘ch. Memfis shimolidagi zinasimon Joser
piramidasi va sahro ichida qurilgan Shulek ehromidangina izlangan narsalar
chiqqan. Gizadagi uchala ulkan piramidalarning hech biridan na mo‘miyolangan
jasad va na boylik chiqdi. Aftidan, quruvchi me’morlar anchayin puxta bo‘lgan
ko‘rinadi...
MUHABBAT MAQBARASI
Muhabbatga qo‘yilgan yodgorliklar barcha davrlarda sadoqat, sevgi va ulug‘vorlik
ramzi bo‘lganligi bilan insoniyatni hayratga solib keladi. Odamzod paydo
bo‘libdiki sevishga, sevilishga ishtiyoqi baland. Bundan ikki yarim ming yil ilgari
yashagan Kariy satrapligi hokimi Mavsol ham shundaylardan edi. U singil-xotini
(ba’zan, tug‘ishganlar o‘rtasidagi nikoh qadimgi Misr va Yunonistonda ham
www.UzReferat.ucoz.net
kuzatilgan) Artemissiyaga bo‘lgan ishqini ming yillar davomida go‘zalligi bilan
avlodlarni lol qoldiruvchi maqbara timsolida abadiylashtirmoqchi bo‘ladi. Tarix
otasi Gerodot yozadi: ”Kariy poytaxti Galikarnasda shunday maqbara borki, uning
go‘zalligi va haybati qarshisida Ellada me’morlari tang qoladilar”.
Kariy mamlakati ma’lum vaqt Fors imperiyasi tarkibidagi satrapliklardan biri
bo‘lgan. Hozirgi Turkiyaning sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan so‘lim Bodrum
shahri bu podsholikning Galikarnas nomli poytaxti edi. Miloddan avvalgi 377-yili
shohlik tizgini Mavsolga otasidan meros qoldi. Ko‘pgina tarixchilarning guvohlik
berishlaricha, shoh Mavsol o‘ta qattiqqo‘l va berahm hokim bo‘lgan. Uning
davrida oddiy fuqaroga nisbatan shafqatsizlik avj olgan. Davlatni ko‘chmanchi
bosqinchilardan mudofaa qilish maqsadida Mavsol Kariy tarixidagi eng kuchli
armiyani tuzishga erishgan. Bu mamlakatning Fors imperiyasidan amalda mustaqil
bo‘lishiga imkon berdi. Armiyani ta’minlash uchun albatta davlat xazinasi doim
to‘la bo‘lishi lozim. Shuni nazarda tutib, hokim turli o‘lponlar joriy qilib, Kariy
xalqini ularni oyma-oy to‘lab turishga majbur qilgan. Gerodotning yozishicha,
Mavsol davrida xalq soch solig‘igacha to‘lagan ekan. Poytaxt Osiyo va Yevropani
bog‘lab turuvchi savdo yo‘lida joylashgan edi. Bu esa galikarnasliklarni shohning
turli soliqlari tufayli vujudga kelishi muqarrar bo‘lgan qashshoqlikdan saqlab
qolgan. Qisqa vaqt ichida shahanshoh g‘aznasi misli ko‘rilmagan darajadagi
boylikka to‘ldi. Shunda shoh o‘zi va xotini Artemissiyaning muhabbatlarini ifoda
etuvchi maqbara qurdirishga ahd qiladi.
Agar davr nuqtai nazaridan e’tibor beradigan bo‘lsak, Mavsol qurdirgan
maqbaraning Gerodotning “Tarix” kitobidagi yetti mo‘’jizalar orasidan joy olgan
Artemida ibodatxonasidan keyin qurilganini ko‘rish mumkin. Ahamiyatlisi
shundaki, har ikkala bino ham Kichik Osiyoda va ikkalovi ham sevgini ulug‘lab
bunyod etilgan.
Go‘zallik va muhabbat ma’budasi Artemidaga atab qurilgan ibodatxona
me’morlari shoh Mavsol tomonidan yollanib, Galikarnas maqbarasi qurilishi va
bezagida ham ishtirok etishadi. Elladalik tarixchi Gerodot o‘z mamlakatining
go‘zal binolarini boshqa xalqlarnikidan ustun qo‘yishi tabiiy. Biroq o‘zida to‘la
sharqona me’morchilik uslublarini jamlagan Galikarnas maqbarasi go‘zalligi
oldida u ham tan beradi. Maqbara o‘sha davrda urf bo‘lgan forsiy qurilish
uslubidagi poydevor ustida qad ko‘targan. Ma’lumotlarga qaraganda, maqbara
qurilishi Mavsol tug‘ilmasidan ancha oldin boshlangan. Biroq rimlik va yunon
tarixchilari Galikarnas maqbarasini qurishda shaxsan shohning o‘zi bosh-qosh
bo‘lganligini ta’kidlashadi. Qariyb oltmish metr balandlikdagi maqbara uch
qavatdan iborat edi. Kvadrat shaklidagi binoning birinchi qavatida shaxsan Mavsol
va Artemida uchun atalgan sag‘ana joylashgan. Sag‘ana joylashgan maqbara
qavatining umumiy maydoni esa 5000 kvadrat metrni balandligi esa 20 metrni
tashkil qilgan. Maqbaraning bu qismi to‘laligicha oq marmardan qadimgi forsiy
uslubda bezaklangan bo‘lib, faqat shiftdagina yunonistonlik mashhur me’mor
www.UzReferat.ucoz.net
Skopasning ijod mahsuli aks etgan. Hozirgacha turli rivoyatlarga sabab bo‘lib
kelayotgan qavat shiftidagi tasvirlarda ellinlarning jangchi ayol — amazonkalar
bilan jangi haqidagi afsona “Amazonamaxiya” o‘yib tushirilgan. Rimlik tarixchi
Pliniy bergan ma’lumotlarga ko‘ra, maqbara qurilishida Skopasdan tashqari
Leoxar, Briaksid va Timofey kabi Peloponnesning mashhur me’morlari ham
ishtirok etishadi. Xuddi shu tarixiy shaxslar Aleksandr Makedonskiy davrida ham
saltanatning bunyodkorlik ishlarida faol qatnashganlar.
Bahaybat ustunlar bilan o‘ralgan ikkinchi qavatda esa, qurbonlik maydoni bo‘lgan.
Bu yerda mahalliy aholi va aslzodalar ma’bud va ma’budalariga atab qurbonliklar
qilishgan. Maqbaraning uchinchi qavatida marmar ehrom joylashgan bo‘lib, uning
oftob nurida jilolanishi bir necha chaqirim naridan ham ko‘ringan. Aslida bu
ehrom shoh Mavsol va xotini Artemissiyaning to‘rt otli aravadagi haykallarini
ko‘tarib turishga xizmat qilgan. Haykallarda g‘alaba tantanasi aks ettirilgan bo‘lsa
kerak, chunki ko‘pchilik tarixchilar arava suvoriylarining (shoh va xotini) jangdan
qaytayotgandagi mag‘rur turganini tasvirlaganlar.
Maqbara haybatli sher haykallari bilan o‘ralgan. Bino Galikarnasning eng so‘lim
joyida bog‘-rog‘lar orasida joylashgan. Hayratlanarlisi, Mavsol sag‘anasi yoki
Galikarnas maqbarasi o‘n sakkiz asr mobaynida qad ko‘tarib turgan. O‘n oltinchi
asr boshlaridagi zilzila tufayli Bodrumdagi bu g‘aroyib me’moriy obida ulkan
talofat ko‘radi. Aslida oddiy zilzilalar shunday qudratli binoni avlodlar yodidan
ko‘tarilish darajasida kunpayakun qilmaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1522 yilda
usmonli sulton Sulaymon Rodosga yurish qilishga hozirlik ko‘radi. Xavfni sezgan
orol magistri(hokimi) o‘z ritsarlarini to Yevropadan yordam kelguncha, qit’aga —
Mezina(Galikarnasning XVI asrdagi nomi)ga sulton qo‘shinlarini o‘tkazmay turish
uchun yuboradi. Bu yerda jangchilar mudofaa istehkomi qurish uchun xarsang
toshlar yig‘adilar. O‘sha paytdagi jangchilar qo‘mondonining qaydlaridan harbiy
istehkom uchun aynan Galikarnas maqbarasining zilziladan qolgan toshlaridan
foydalanganliklarini ko‘rish mumkin. Qo‘mondon bu qoldiqlarning qanday binoga
tegishli bo‘lganini tasavvur ham qila olmagan. Biroq u bu sirli joydagi go‘zallikni
bir olam zavq bilan hikoya qiladi.
Muhabbatga atab qurilgan maqbara qoldiqlari hozir mahalliy dehqonlarning uy
devorlari bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘n sakkizinchi asrda ba’zi ingliz tarixchi
olimlari Mavsol sag‘anasidan topilgan ayrim haykal bo‘laklarini Londonga
Britaniya muzeyiga olib ketganlar. Topish imkoni bo‘lgan qolgan qoldiqlar esa
Istambuldagi tarix muzeyida saqlanayotir...
Shoh Mavsol nega bu maqbarani aynan xotini uchun qurdirdi? Vaholanki, o‘sha
paytda sag‘ana atalishi mumkin bo‘lgan xilqatlar ko‘p edi-ku (ma’bud va
ma’budalar, xudolar, harbiy salohiyatini ko‘z-ko‘z qilish yoki o‘zi uchun)?!
Rimlik tarixchi Avl Gelliyning yozishicha, turli soliqlari va shafqatsizligi tufayli
xalqining nafratiga duchor bo‘lgan shohni faqat xotini Artemissiyagina sadoqat
bilan sevgan. Uning qayd qilishicha, 24 yillik hokimlikdan so‘ng Mavsol boqiy
www.UzReferat.ucoz.net
dunyoga rixlat qilgach, Artemissiya Kariyni yana ikki yil muvaffaqiyat bilan
boshqarib turgan. Zamondoshlari uni mohir sarkarda va siyosatchi sifatida
eslashadi. Maqbaraning bitmay qolgan tepa qismi ham shoh Mavsol o‘limidan
so‘ng xotini tomonidan bitkaziladi.
Xuddi shu sag‘ana tufayli rimliklar va ulardan so‘ng butun nasoro olami
maqbarani “mavzoley” deya atay boshlashdi.
http://www.178maktab.ucoz.net/referat/
Скачать