Uploaded by dos dos

xurriyat 2

advertisement
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
“IQTISODIYOT VA ANIQ FANLAR” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Xalqaro moliya tashkilotlarining jahon
xo’jaligini rivojlantrishdagi o’rni
BAJARDI:Sobirov Behruzbek Ramzjon o’g’li
“IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA” fakulteti 1-kurs (IQT)I 23-02
ILMIY RAHBAR:Abdusamatov Rustam Shuxratovich
MUNDARIJA
Kirish ........................................................................................................................ 3
Asosiy qism:
I-bob. Xalqaro moliyaning mohiyati
1. Xalqaro moliyaning mohiyati ............................................................................... 5
2. Xalqaro tashkilot moliyasi va xalqaro moliyaviy institutlar ................................ 6
3. Moliya munosabatlarining mohiyati va vazifalari ............................................. 12
II-bob. Moliyaviy munosabatlarning ob’ekti esa pul mablag’laridan iboratdir
4. Moliyaviy munosabatlarning ob’ekti esa pul mablag’laridan iboratdir. ........... 18
5. Moliya resurslari ................................................................................................ 21
Xulosa ..................................................................................................................... 27
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ..................................................................... 36
2
Kirish
Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri pul bo’lib, u odamlarni
harakatga keltiruvchi asosiy omil sifatida xizmat qiladi. Pul aslida o’zi ham tovar
bo’lib, odamlarni mehnat qilishga, bilim olishga, o’z malakasini muttasil oshira
borishga, tadbirkorlik va biznes bilan shug’ullanishga va hokazolarga undaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul o’ta muhim iqtisodiy vosita sifatida
namoyon bo’ladi. U tufayli ishlab chiqarishning takrorlanishi amalga oshadi,
iqtisodiy o’sishga erishiladi. Pul shaklidagi mablag’lar bozorda boshqa resurslarga
aylanadi, tovarlar sotilib, yana pulga aylantiriladi.
Pul mablag’larini hosil qilish, ularni jamlash, taqsimlash va ishlatish
jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlarni moliya yoki moliyaviy
munosabatlar deb yuritiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha iqtisodiy jarayonlarning amalga
oshirilishi pul mablag’larining harakatlanishi bilan bog’lanib ketgan. Shuning uchun
moliyaviy munosabatlar jamiyat iqtisodiy hayotida markaziy o’rinni egallaydi.
Har qanday ijtimoiy faoliyat pul mablag’larini talab qiladi. Ishlab chiqarish
qaerda bo’lmasin, baribir, moliyani yuzaga keltiradi. Mahsulotlar va xizmatlar faqat
taqsimlangandan so’ng is’temol etilishi mumkin. Ular
qiymat shaklida
taqsimlanganda, dastlab turli maqsadlarga mo’ljallangan pul resurslari hosil bo’ladi,
ular tovarlarga ayirboshlanib, shundan keyin iste’mol qondiriladi. Masalan, qiymat
shaklidagi mahsulot taqsimlanganda, uni yaratish uchun sarflangan mehnat qurollari
qiymatini ifodalovchi qismi amortizatsiya fondi shakliga kiradi. Bu o’z navbatida
moliyaviy resursga aylanadi, yig’ilib boradi va unga yangi mashina va mexanizmlar
sotib olinib, eskirganlari o’rniga tiklanadi.
Ma’lumki, umumjamiyat ehtiyojlari davlat yo’li bilan qondiriladi. Bular
jumlasiga atrof-muhitni himoya qilish, mudofaa, milliy xavfsizlik, ijtimoiy tartibni
saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va boshqalar kiradi. Mazkur ehtiyojlarning
qondirilishi davlatning moliyaviy faoliyati bilan bog’liq. Ammo bundan moliyaning
zarurligi davlatning mavjudligidan kelib chiqadi, moliyaviy munosabatlarni faqat
3
davlat yaratadi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Davlat moliyani yaratuvchi emas,
balki moliya munosabatlarining ishtirokchisidir.
Moliyaviy resurslarni tashkil etishda va ishlatishda ishtirok etuvchilar
moliyaviy munosabatlarning sub’ektlari hisoblanadi. Bular jumlasiga davlat
idoralari, korxonalar, firmalar, tashkilotlar, turli muassasalar, oilalar va ayrim
shaxslar kiradi. Ular moliyaviy munosabatlarda umumdavlat ehtiyojlari (aholini
ijtimoiy himoya qilish, uning sog’lig’ini saqlash, unga ta’lim berish, mamlakat
mudofaasini mustahkamlash, ekologik muammolarni hal etish va h.k.) hamda
korxona va firmalarni rivojlantirish ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishtirok
etadilar.
4
I-bob. Xalqaro moliyaning mohiyati
1.Xalqaro moliyaning mohiyati
Moliya tizimining xususiyati shundaki, u nafaqat alohida olingan mamlakat
yoki hududda yuzaga keladi va milliy sanaladi, balki xalqaro ko’lamda ham amal
qiladi hamda – xalqaro moliya tizimi deyiladi (qisqartmasi “xalqaro moliya”).
Xalqaro moliya – o’zida obyektiv asosga ega bo’lgan maxsus moliyaviy
munosabatlarni aks ettiradi. Xalqaro moliyaning moddiy asosini mamlakatlararo
quyidagi ko’rinishdagi xalqaro moliyaviy oqimlar tashkil qiladi:
a) tovar va xizmatlar eksportidan valyuta daromadlari tushumlari va import
qilinayotgan tovar xizmatlarga to’lovlar bo’yicha pul oqimlari; bu oqimlar xo’jalik
yurituvchi subyektlar moliyasini aks ettirishi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga
tegishli ekan, demak ular mamlakatlararo pul oqimlarini aks ettiradi;
b) kredit mablag’larining oqimi, qaysiki ular ikki tomonlama ham hisoblanadi:
bir tomondan, ssudalar taqdim etiladi, boshqa tomondan esa – uning so’ndiriladi va
foizlar to’lanadi.
Shunday qilib, mazkur oqimlar bazasida mamlakatlar o’rtasidagi moliyaviy
resurslar harakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi, bir tomondan, valyuta
kurslari bilan, ikkinchi tomondan esa, bojxona tariflari va qoidalari bilan tartibga
solinadi.
Biroq, yuqoridagilar xalqaro xarakterga ega bo’lgan moliyaviy resurslarni
paydo bo’lish va ishlatilish sabablari va asoslarini to’laligicha namoyon eta olmaydi.
Moliyaviy resurslar xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlar faoliyati
jarayonida shakllanadi va ishlatilinadi. Bu institut va tashkilotlar millatlararo
ustqurmaga egalar, ma’lum funksiyalarni bajaradilar. Ularning moliyaviy ta’minoti
fondlar orqali amalga oshiriladi. Ular umumlashgan (misol uchun, BMT budjeti)
yoki maqsadli (alohida tadbir yoki dastur bo’yicha) bo’lishi mumkin. Mazkur
institutlar va tashkilotlarning moliyaviy resurslari ikki xil yo’l bilan shakllanadi:
alohida mamlakatlarning badallari hisobidan va hukumatlarga kreditlar berish,
ularni qaytarilishi va foizlar to’lanish yo’li bilan. Moliyaviy resurslarning ma’lum
5
bir qismini jahon darajasida markazlashtirilishi jahon xo’jaligi ehtiyojlarini
qondiradi; bunday resurslarning iqtisodiy asoslari savdoni, kreditni rivojlanishi,
mamlakatlarning turli sohalardagi xalqaro loyihalar va dasturlarni amalga
oshirilishidagi ishtiroki, to’laligicha iqtisodiy integratsiyalashuvning o’sishi
hisoblanadi.
Shunday qilib, xalqaro moliya – bu tarkibiy jihatdan murakkab munosabatlar
tizimi bo’lib, ular xalqaro moliya bozori institutlari va xalqaro institutlar va
tashkilotlar tomonidan moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va ishlatishni
o’z ichiga oluvchi moliyaviy resurslar harakati asosida yuzaga keladi.
Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari: davlat, korxonalar, fuqarolar,
shuningdek xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari.
Xalqaro moliya munosabatlar quyidagilar o’rtasida yuzaga kelishi mumkin:
–
turli mamlakatlarning xo’jalik yurituvchi subyektlari o’rtasida;
–
davlat va boshqa mamlakatlarning hukumatlari va xalqaro tashkilotlar
o’rtasida;
–
davlat va kotxonalar o’rtasida, xalqaro moliyaviy institutlar bilan.
Xalqaro hisob-kitoblar va valyutali tartibga solish xalqaro moliyani amal qilish
mexanizmi tarkibiga kiradi. Hisob-kitoblar tartibi xalqaro hujjatlar va bitimlar bilan
me’yorlashtiriladi. Hujjatli rasmiylashtirishni standartlash eksportchilar va
importchilarga tovarlarni yetkazib berish va ularning to’lovi kafolatini ta’minlash
uchun muhimdir. Uning o’zi tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va
mas’uliyatlarining bir xil tushunilishini o’rnatib beradi.
Xalqaro hisob-kitoblarning shakllari inkasso va akkreditiv hisoblanadi. Bank
o’tkazmalari va hisob raqamlarini ochishdan foydalaniladi.
2.Xalqaro tashkilotlar moliyasi va xalqaro moliyaviy institutlar
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (XIT) xalqaro bitim asosida ma’lum iqtisodiy
aloqalarni (valyuta, kredit, soliq, transport, tovar almashuvi va h.k.) olib borish
maqsadida tuzilgan tashkilotdir.
XIT – tuzilishining asosiy maqsadi jahon hamjamiyatida yoki ma’lum
mintaqada iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdir.
6
XITlar faoliyat ko’lami nuqtai nazaridan jahon miqyosidagi yoki mintaqaviy
tashkilot bo’lishi mumkin.
Jahon miqyosidagi (umumjahon) XITlar: Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon
banki, Umumjahon savdo tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMT ning
Iqtisodiy-ijtimoiy kengashi, unga tegishli maxsus muassasalar, Jahon Islom
konferensiyasi tashkiloti va h.k.
Mintaqaviy XITlar: Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO), BMT ning
mintaqaviy tashkilotlari – ESKATO, YeEK va h.k.
XIT shu tashkilotning umumiy tamoyillari va yo’nalishini belgilovchi yuridik
hujjat asosida o’z faoliyatini olib boradi. Bu hujjat har bir a’zo tomonidan imzolanib,
nizom (ustav), deklaratsiya yoki bitim tarzida bo’ladi.
Nima uchun bu tashkilotlar xaqida chuqurrok bilishimiz kerak? Chunki, dunyo
hamjihatligiga, iqtisodiy hamkorlik rivojini ta’minlashga, integratsion jarayonlarga
bir tomondan davlatlararo munosabatlar bilan chiqilsa, ikkinchi tomondan, aynan
shu tashkilotlar faoliyatida qatnashish orqali erishiladi.
Jahon hamjihatligida bo’lish, unda muhim o’rin egallash davlat mavqeini
mustahkamlab, halk faravonligini ta’minlovchi katta omil bo’lib kelgan.
Xalqaro tashkilotlarning hukumatlararo, shuningdek hukumat tashkilotlari
bo’lmaganlari ham, xalqaro moliyaviy bozorlarning rivojlanishiga ma’lum ta’sir
ko’rsatadi.
Davlatning
xohish-irodasini
ifodalash
bilan,
davlatlararo
tashkilotlar
o’zlarining vakolatlari doirasida ta’sis hujjatlarida mustahkamlangan bo’lib,
davlatlar bilan bir qatorda jahon moliya bozorlari subyektlarining nufuzlarini
tartibga solib boradi va davlatlararo valyuta kredit munosabatlarini boshqarib turadi.
BMT (asosiy organlar: Bosh Assambleya, Havfsizlik kengashi, Iqtisodiy va
ijtimoiy Kengash (EKOSOS), Xalqaro sud va kotibiyat) quyidagi asosiy
maqsadlarni ko’zlaydi:

xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo’llab-quvvatlash va ushbu maqsadlarda
samarali jamoatchilik tomonidan tinchlikga xavf soluvchi tajovuzlarni bartaraf etish
xamda tajovuzkorlik hollarini tinchitish uchun samarali choralarni ko’rish, adolat va
7
xalqaro huquq tamoyili asosida xalqaro kelishmovchiliklar va vaziyatlarni bartaraf
etish, tinchitish, ularning tinchlikka xavf solishini oldini olish;

teng huquqli va xalqlarning o’z taqdirlarini o’zlari hal etish tamoyillarini
hurmat qilgan holda millatlar o’rtasida do’stona munosabatlarni rivojlantirish;

ushbu umumiy maqsadlarga erishish yuzasidan xarakatlarning kelishilgan
markaziga aylanishlik.
BMTning ixtisoslashgan muassasalari – ular mustaqil ravishdagi xalqaro
tashkilotlardir. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlariga bevosita va bilvosita
quyidagilar kiradilar: Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va rivojlanish banki,
Xalqaro moliyaviy uyushma (XMU) va Xalqaro rivojlanish uyushmasi.
Xalqaro moliyaviy birlashma (XMB) 1959-yilda AQSh tashabbusi bilan
rivojlanayotgan mamlakatlarning sanoatiga xususiy sarmoyalarni kiritishni
rag’batlantirish uchun barpo etilgan.
Xalqaro moliyaviy birlashma Jahon bankining guruhiga a’zo bo’lgani holda,
yuridik va moliyaviy jihatdan mustaqil tashkilot hisoblanadi, ixtisoslashgan
muassasa sifatida BMT tizimiga kiradi.
Xalqaro moliyaviy birlashmaning joylashish o’rni Vashington shahrida bo’lib,
Byurosi esa Franfurt-Mayida, London, Parij, Tokio shaharlarida birlashmaning
vakolatxonalari Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Yevropada ish olib boradi.
Xalqaro moliyaviy birlashmaning asosiy maqsadi:
Xalqaro moliyaviy birlashmaning asosiy maqsadlaridan bo’lib, rivojlanayotgan
mamlakatlarning iqtisodiy o’sishiga ishlab chiqarish sohasida xususiy korxonalarni
rivojlantirish yo’li bilan rag’batlantirib ko’maklashishdir.
Xalqaro moliyaviy birlashmaning tarkibi:
Xalqaro moliyaviy birlashmaning Oliy organlaridan bo’lib, Boshqaruvchilar va
ularning o’rinbosarlaridan tashkil topgan Kengash hisoblanadi. Jahon bankining xar
bir boshqaruvchisi avtomatik ravishda Xalqaro moliyaviy birlashmaning
boshqaruvchisi hisoblanadi. Direktorat Xalqaro moliyaviy birlashmaning joriy
faoliyatini yo’naltirib boradi.
8
Xalqaro institutlarning yetakchi sakkizta vakllaridan iborat bo’lgan bank
maslahati komissiyasi o’zliksiz ravishda Xalqaro moliyaviy birlashma rahbariyati
bilan uchrashib, xizmatga oid va siyosiy muammolarni birgalikda hal qilib boradi.
Moliyaviy manbalari.
Xalqaro
moliyaviy
birlashmaning
manbalariga
a’zolarning
nizom
sarmoyalariga bo’lgan ballari, Xalqaro tiklanish va rivojlanish bankining kreditlari,
foydadan ajratmalar, kreditlarni qaytarishdan kelgan mablag’lar hamda xalqaro
moliyaviy bozorlarda jalb qilinadigan mablag’lar hisoblanadi.
Xalqaro moliyaviy birlashmaning faoliyati.
Xalqaro moliyaviy birlashma kreditlarni 5 yildan 15 yilgacha yuqori samarali
xususiy korxonalarga berish bilan Xalqaro tiklanish va rivojlanish bankidan farqli
ravishda hukumatning kafolatisiz ish tutadi.
Shunday qilib, Xalqaro moliyaviy birlashma xususiy sektor tomonidan barpo
etilgan loyihalarni qo’shimcha ravishda moliyalashga ko’maklashadi.
Keyingi yillarda Xalqaro moliyaviy birlashma o’zini ko’rsatishda kuchaydi.
Kreditlar va sarmoyalarni umumiy xajmi 7 mlrd. AQSh dollarni tashkil etadi.
1986-yil Xalqaro moliyaviy birlashma uzoq muddatli rivojlanish dasturi
doirasida horijiy sarmoyalardan eng yuqori sarmoyalar bilan foydalanish uchun
rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumatlariga yordam ko’rsatish maqsadida
Maslahatlar berish xizmatini barpo qildi hamda bu xizmat dunyoning ko’p joylarida
amaliy ishlar olib bormoqda.
Sarmoyalarning kafolatlari bo’yicha Xalqaro agentlik 1988-yilda tashkil
qilingan bo’lib, Xalqaro agentlik va rivojlanish bankining qo’shma tashkilotlaridan
bo’lib hisoblanadi hamda yuridik va moliyaviy mustaqil xususiyatlarga egadir.
Ixtisoslashtirilgan muassasa sifatida BMT tizimiga kiradi. Joylashish o’rni
Vashington shahridadir. Unga a’zo bo’lish Xalqaro tiklanish va rivojlanish bankiga
a’zo bo’lgan davlatlar uchun ochikdir.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) 1944-yil-iyulda Bretton-Vuds (AQSh NyuGempshir shtati) da tashkil topgan, qarorgoxi Vashingtonda joylashgan.
9
XVF – Hukumatlararo korparativ valyuta – moliyaviy tashkilot bo’lib, faoliyati
davlatlararo vujudga keladigan,to’satdan ro’y beruvchi va oldindan bilish mumkin
bo’lmagan milliy valyutalarning o’zgaruvchanligi, davlatlarning milliy valyutalarini
almashtirish doirasidagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgandir.
XVF da belgilangan normalarga tayangan holda unda doimo umumiy pul
zahirasi mavjuddir, ular ko’zda tutilmagan qiyin iqtisodiy holatlarda foydalaniladi.
XVF uz faoliyati asosini jahon iqtisodiyotining rivojlanishi uchun yetarli shartsharoit va undagi valyuta tizimini tartibga solish, deb hisoblaydi. Ushbu holatlardan
kelib chiqqan holda o’z oldiga quyidagi maqsadlarni qo’yadi:
1. Xalqaro savdoning o’sishiga yordam ko’rsatish;
2. milliy valyutalar qadrini bir me’yorda ushlab turishga ko’maklashish;
3. jamg’armaga a’zo davlatlarning joriy hisob-kitoblarini amalga oshirish
jarayonida ko’p tomonlama tizimni tashkil etishga ko’maklashish, xalqaro
savdoning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi omillar, valyutalar borasidagi to’siqlar
vujudga kelmasligiga yordam berish;
4. savdo va to’lovlar doirasidagi to’siqlar vujudga kelmasligi uchun a’zo
davlatlarga kredit resurslarini berish;
5. xalqaro valyuta doirasida vujudga keluvchi muammolarni yechish borasida
maslahat-forumlar o’tkazish.
Jamg’arma a’zo davlatlarning valyuta kurslari doirasida ularni tartibga solish
yuzasidan ularning faoliyati samarasi, xalqaro valyuta tizimi ustidan nazoratkuzatuv ishlarini olib boradi. Bundan kelib chiqqan holda har bir a’zo mamlakat
jamg’armaga nazorat ishlarini olib borish yuzasidan tegishli ma’mumotlarni berib
turishi lozim.
Jamg’arma xalqaro savdo, turli xildagi to’lovlarni amalga oshirish, undagi
rezervlarning holati bo’yicha mas’ul bo’lganligi sababli bu boradagi ishlarni joriy
etilishiga asosiy e’tiborni qaratadi.
XVF ning vazifalari quyidagilardan iborat:

kelishilgan xulk-atvor kodeksiga amal qilish;
10

to’lov balansining tanqisligini yengib o’tish uchun moliyaviy yordam
ko’rsatish;

maslahatlar berish va hamkorlik qilishdir
Xalqaro valyuta fondining asosiy tamoyillari:

valyuta kurslarini o’zgartirish yoki xalqaro valyuta tizimini boshqarishdan
bosh tortishni ta’qiqlash;

valyuta
tangligini
to’xtatish
uchun
valyuta
bozorlarida
tazyiq
o’tkazishlarda majburiyatlar olish;

har bir mamlakat tomonidan o’zlarini valyuta tazyiqi siyosatida
sheriklarning manfaatlarini hisobga olish majburiyatlarini qabul qilishdir.
Hozirgi davrda Xalqaro valyuta fondiga a’zo bo’lgan davlatlarning soni 181
tani tashkil qiladi.
Tashkilotga a’zo bo’lish XVF tomonidan belgilangan muddat va XVF
tomonidan aniqlangan shartlar asosida ochiqdir.
XVF ning yuqori rahbarlik organi bo’lib, boshqaruv Kengashi hisoblanadi,
hamda ular ishtirokchi mamlakatlarning vakllaridan iborat bo’lib 5 yilga tayinlanadi.
Kengashning vazifasiga: Bitim moddalarini o’zgartirish, a’zo davlatlarni qabul
qilish va chiqarish, sarmoyalar qismini aniqlash va ularning mikdorini qayta ko’rish,
ijroiya shartnomalarini tanlash kiradi.
Boshqaruvchilar kengashi yiliga bir marta to’planadi va odatda Nizomga
binoan boshqa organlar ko’rishi mumkin bo’lmagan masalalar yuzasidan qarorlar
qabul qiladi. Boshqaruvchilar yangidan doimiy boshqaruv organini ta’sis etish, ya’ni
jahon valyuta tizimining boshqarilishini nazorat qilish uchun vazirlar darajasida
Kengashini tuzishi mumkin.
Ijroiya kengashi (Direktorat) Xalqaro valyuta fondining joriy ishlariga javob
beradi. 24 ta ijroiya direktorlarning yettitasi eng yukori kvotaga ega bo’lgan
mamlakatlar tomonidan tayinlanadi, qolganlari
esa boshqa davlatlarning
boshqaruvchilari tomonidan minqaviy vakolatlik tamoyillari saqlangani holda
boshqaruvchilar tomonidan saylanadi. Tayinlash va saylash ikki yilda bir marta
o’tkaziladi.
11
Odatda,
direktorat
ma’muriy
departament
tomonidan
tayyorlangan
ma’lumotlar va ma’ruzalar asosida qarorlarni qabul qiladi.
1947-yilda Fondga 49 ta mamlakat a’zo bo’lib kirgan edi va ulardagi umumiy
kvota summasi 7,7 mlrd. dollar tashkil qilgandi.
Xozirgi davrda to’plangan sarmoyalar 120 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Ulardan
2/3 qismi sanoati rivojlangan mamlakatlarga oid bo’lib, shu jumladan, AQSh niki
19,6 foizni, Germaniya va Yaponiya 6,1 foizdan, Fransiya va Buyuk Britaniya 5,48
foizdan tashkil etadi.
Kvota mikdoriga qarab XVF raxbar organlaridagi davlatlar o’rtasidagi ovozlar
taqsimlanadi. Har bir davlat 250 ovozga ega bo’ladi, plyus xar 100 ming erkin
harakatlanuvchi valyutaga bittadan ovoz qo’shiladi.
Yakunida barcha ovozlarning 59,6 foizi AQShga va Yevropa hamkorligi
mamlakatlariga qaraydi.
Jamg’armaga a’zo davlatlarning xar biri SDR bilan hisoblanadigan kvotaga
ega. U jamg’arma bilan bo’ladigan moliyaviy va tashkiliy munosabatlarda asosiy rol
o’ynaydi. Birinchidan, jamg’armadagi ovozlar sonini belgilaydi (250 nominal
ovozdan ortiq), har 100 ming SDR kvotaga bir ovoz to’g’ri keladi. Ikkinchidan,
jamg’armaning moliyaviy mablag’lariga imkoniyat ochib beradi. Uchinchidan, SDR
ning taqsimlanishida u a’zoning xissasini belgilab beradi. Moddalarga binoan,
kengashning boshqaruvchilari kvotalarini belgilashda uning hajmini 5 yilga
mo’ljallangan holda belgilashi zarur.
3.Moliya munosabatlarining mohiyati va vazifalari
Moliya tizimi – moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o’z ichiga olib,
xar kaysi soxalar pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning turli sharoitlarida moliyaning rivojlanish
qonuniyatini tahlil qilish moliyaviy munosabatlarning mohiyatida umumiy belgilar
mavjudligidan guvohlik beradi. Bu moliyani amal qilishining ob'ektiv sabablari va
12
shartlarini saqlanib qolinganligi bilan ta'riflanadi. Bularning orasida ikkitasi ajralib
turadi: tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va bu munosabatlarning ob'ekti va
sub'ektining mavjudligidir.
Moliyaviy munosabatlar mohiyatan umumiy bo’lsada, ular elementlari
o’rtasidagi ma'lum farqlarni rad etmaydi.
Ma'lumki, moliya tizimi moliya munosabatlarining turli bo’g’inlari
yig’indisini bildiradi. Ularning har biri pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va
ishlatilishidagi hususiyatlari, takror ishlab chiqarishdagi rolining turlichaligi bilan
hususiyatlanadi Moliyaviy tizim tarkiban tahlil etilganda unga xar xil yondoshish
mumkin. Moliya pul munosabatlari bo’lar ekan, ularni ob'ekti va sub'ekti, ularga xos
mexanizmlar mavjud. Shu jihatidan qaralganda moliya tizimiga pul fondlari, moliya
ishtirokchilari, moliya institutlari, moliya mexanizmi va moliya siyosatini kiritish
mumkin. Buni sxemadan ko’rish mumkin.
Moliya tizimining asosiy funksiyalari quyidagilardan iboratdir:
-
Rejalashtirish funksiyasi.
-
Tashkillashtirish funksiyasi.
-
Rag’batlantirish funksiyasi.
-
Nazorat
Moliya tizimining funksiyalari.
Rejalashtirish
Tashkillashtirish
Rag’batlantirish
Nazorat
Maqsadlarni
Byudjet kurilishi,
Pul mablag’larga
Urnatilgan
shakllantirish va
byudjet tasniflanishi,
ehtiyojni hisobga
maqsadlarga
uni amalga
tasdiklash, ijro etish,
olgan holda
erishishni
oshirishning
vakolatli
moliyaviy
solishtirish
moliyaviy
organlarini aniqlash,
faoliyatga
ta'sir
uchun oligna
imkoniyatlarini
Mahalliy va respublika
etuvchi omillar
natijalarni
aniqlash
organlarining byudjet
talkin qilinadi.
baholashva
bilan
bog’liq tadbirlar.
kredit
vakolatlari va
meyorlarni
xukuklarini
ishlab
13
chegaralashni uz ichiga
chikiladi.
oladi.
Ilgarilari ortodoksal g’oyalar ta'sirida moliya mavhum tarzdagi munosabatni
o’zi deb baholangan. Hozirgi nazariya uni atroflicha qarab chiqadi, uni ko’p
elementli deb qaraydi, uning tarkibiga moliya resurslari va siyosatini ham kiritadi.
Moliya siyosati deganda uni davlat siyosati bilan cheklash xato bo’ladi. Hamma
moliya sub'ektlarining o’z siyosati bor. Korxona, nodavlat tashkiloti va hatto
xonadonni ham o’ziga xos moliya siyosati bo’ladi. Moliya tizimini boshqacha talqin
etilganda bunga asos qilib pul fondlarining xarakatlarini ham olish mumkin shu
jahatdan qaralganda moliya tizimi moliya munosabatlarining quyidagi sohalarini o’z
ichiga oladi: davlat byudjeti, nobyudjet fondlar, davlat krediti, mulkiy va shaxsiy
sug’urta fondlari, fond bozori, turli mulkchilik shaklidagi korxonalar moliyasi,
nodavlat jamoat tashkilotlari moliyasi.
Barcha sanab o’tilgan moliyaviy munosabatlarni ikkita kichik guruhga
bo’lish mumkin. Bular – makrodarajada kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
ehtiyojlarini ta'minlovchi umumdavlat moliyasi hamda mikrodarajada takror ishlab
chiqarish jarayonini pul mablag’lari bilan ta'minlash uchun qo’llaniladigan
korxonalar moliyasi. Nihoyat xonadon moliyasi mazkur guruhlashni shartli tarzda
quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin. 1–sxema
Moliya tizimi
14
Umumdavlat
Korxonalar moliyasi:
Xonadonmoliyasi
Sug’urta moliyasi
Moliya
moliyasi:
- Davlat korxonalarimoliyasi;
- bir oilalixonadon
1.Iqtisodiy
bozori
- Davlat
- jamoa korxonalarimoliyasi;
moliyasi;
riskni sug’urtalash
1.Fond
byudjeti;
- xususiy firmalarmoliyasi;
- ko’p oilali
2.Ijtimoiysug’urta
bozori
- Nobyudjet
- hissadorlik jamiyatlarimoliyasi;
xonadon
3.Mulkiy
2.Valyut
fondlar;
- ijara mulki zaminidagi
moliyasi;
sug’urta
a bozori
- Davlat
korxonalar moliyasi;
- oilasizlarxonadoni
krediti;
- qo’shma korxonalarmoliyasi;
moliyasi.
- jamoat tashkilotlarimoliyasi va
boshqalar.
Moliya tizimini alohida bo’g’inlarga ajratish har bir bo’g’inning
vazifalaridagi farqlanishga hamda markazlashgan va markazlashmagan pul
fondlarini shakllantirish va ishlatish usullaridagi farqlanishga asoslanadi.
Umumdavlat markazlashgan pul fondlari ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan
daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo’li bilan tuziladi. Iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishdagi davlatning bajaradigan muhim roli uning ihtiyorida moliyaviy
resurslarning katta qismini markazlashtirish zaruriyatiga olib keladi. Ularni ishlatish
shakllari davlat byudjeti va nobyudjet fondlari orqali namoyon bo’ladi. Bular
hisobidan davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy vazifalarini hal etish ehtiyoji
ta'minlanadi. Pul fondlarini tashkil qilish va ishlatish shakllari va usullari moliya
tizimining kredit va sug’urta bo’g’inlari orqali ham qo’llaniladi.
Markazlashmagan pul fondlari korxonalarni o’zlarining pul daromadlari va
jamg’armalari hisobidan tashkil topadi.
Yagona moliya tizimining asosi korxonalar moliyasi hisoblanadi, chunki
ular ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadilar. Daromad shu yerda
yaratiladi. Markazlashgan davlat fondlarining manbai ishlab chiqarish sohasida
yaratilayotgan daromad hisoblanadi.
Umumdavlat moliyasi xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari rivojlanishining
ma'lum sur'atlarini ta'minlashda, moliyaviy resurslarni iqtisodiyot tarmoqlari va
mamlakat hududlari o’rtasida, moddiy vanomoddiy sohalari o’rtasida hamda mulk
15
sohiblari, aholining alohida guruh va qatlamlari o’rtasida qayta taqsimlashda
yetakchi rol o’ynaydi.
Moliyaviy resurslardan samarali foydalanish davlatning faol moliyaviy
siyosati asosida olib boriladi.
Moliya tizimi orqali davlatning, markazlashgan pul resurslari va
markazlashmagan pul fondlarini, jamg’arish va iste'mol fondlarini soliqlar, davlat
byudjeti xarajatlari, davlat kreditini qo’llash bilan shakllantiriladi.
Moliya tizimi sifatida «moliyaviy munosabatlarning tashkil qilish shakli»
yoki «moliyaviy munosabatlarning tashkiliy tuzilmalari majmuasi» sifatida ko’rib
o’tish mumkin. Masalan, Taniqli amerikalik mutaxassis J.Van Xorn moliya tizimiga
– davlat, firmalar va fuqarolarga turli xil xizmatlar ko’rsatuvchi moliyaviy
muassasalar va bozorlarning majmuasi –degan ta'rifni beradi. L.Drobozinaning
fikricha «Moliya tizimi - pul mablag’lari fondini tashkil qilish va foydalanish
jarayonidagi moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini majmuasidan iborat»degan ta'rifni beradi. G.Polyakning fikricha moliya tizimi –davlat, xo’jalik
sub'ektlari va uy xo’jaliklarining pul mablag’lari fondini turli xil usullari va
shakllarda taqsimlash jarayonidagi turli moliyaviy munosabatlar majmuasi-deb
talqin qilinadi. Taniqli iqtisodchi V.Kovaleva esa moliya tizimiga ijtimoiy takror
ishlab chiqarish jarayonining sub'ektlari o’rtasida jami ijtimoiy mahsulotni
taqsimlash va qayta taqsimlash bo’yicha pul munosabatlarni tashkil qilish shakli
sifatida qarash lozimligini ta'kidlaydi.
Yuqoridagi moliya tizimi bo’yicha keltirilgan ta'riflarda mantiiqiy yahlitlik
mavjud bo’lib, ijtimoiy mahsulot qiymatini taqsimlanish jarayonida hosil bo’ladigan
pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayoni moliya
tizimining markaziy mazmunini tashkil qilishi ta'kidlanadi.
Demak, moliya tizimi - moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o’z
ichiga olib, har
qaysi sohalar pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
xususiyatlari bilan tavsiflanadi Iqtisodiy sub'ektlarning daromadlarini shakllanish
usullariga bog’liq ravishda moliya tizimini markazlashtirilgan moliya (umumdavlat
16
moliyasi) va markazlashtirilmagan moliya(xo’jalik sub'ektlari va uy xo’jaliklari
moliyasi) kabi asosiy turlarga ajratish mumkin.
Moliya tizimi pul munosabatlari tizimini tashkil qilish shakli sifatida
moliyaviy resurslarni shakllantirish va foydalanishni ta'minlovchi 3 asosiy o’zaro
bog’liq tizimlarga bo’linadi: Davlat va mahalliy boshqaruv organlarining moliyasi,
turli mulkchilik va faoliyat bilan shug’ullanuvchi xo’jalik sub'ektlari moliyasi, uy
xo’jaliklari moliyasi(xonadon moliyasi).
Yahlit moliya tizimini tashkil qiluvchi mazkur tizimlar ham iqtisodiy
sub'ektlarning aniq pul mablag’lari fondini tashkil qilinishiga qarab o’z navbatida
alohida bo’g’inlarga ajratiladi.
Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar
Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi "Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va
shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak"
nomli ma’ruzasi chuqur o’rganildi hamda istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 20172021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasi loyihasi hozirga qadar yurtimizda
amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat
rivojini yangi bosqichga ko’tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish
maqsadida
ishlab
takomillashtirish,
chiqilgani
soliq
yukini
ta’kidlandi.
Pul-kredit
kamaytirish
va
siyosatini
soliqqa
tortish
yanada
tizimini
soddalashtirish, yangi turdagi sug’urta xizmatlari, xorijiy investitsiyalar va
kreditlarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish masalalarida taqdimotlar
o’tkazildi.
Mamlakat bank tizimini isloh qilish, erkinlashtirish va barqarorligini oshirish
davlatimiz siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biridir. Bank tizimini isloh
qilish borasidagi dasturlarda ularning barqarorligini ta’minlash, qo’shimcha
investitsiyalarni jalb qilish, faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq yanada
17
takomillashtirish, ko’rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar hajmini yanada kengaytirish
hamda aholining ularga bo’lgan ishonchini oshirish doimiy e’tiborda. Shu tufayli
2016-yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga 16,6 milliard dollar miqdorida yoki 2015yilga nisbatan 9,6 foiz ko’p investitsiya yo’naltirildi. Umumiy qiymati 5,2 milliard
dollar bo’lgan 164 yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi.
Harakatlar strategiyasi loyihasida keltirilgan ayrim, xususan, belgilangan
naqdsiz hisob- kitoblar hajmi va qamrovini oshirish borasidagi chora-tadbirlar
ishtirokchilarning alohida e’tiboriga sabab bo’ldi. Bunda aholiga muayyan vaqt
davomida belgilangan limit doirasida bank mablag’lari hisobidan tovar va xizmatlar
uchun to’lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi kredit kartalarini muomalaga
kiritish, plastik kartalar orqali hisobraqamlarga masofadan xizmat ko’rsatish
tizimlaridan
foydalanish
imkoniyatini
kengaytirish,
to’lov
terminallaridan
foydalanganlik uchun ijara to’lovi miqdorini ikki martaga qisqartirish, plastik
kartadan mablag’larni boshqa kartaga o’tkazish bo’yicha ko’rsatiladigan xizmatlar
uchun tariflarni kamaytirish alohida qayd etildi.
Ilmiy-amaliy seminarda Harakatlar strategiyasi loyihasi xususida fikr va
mulohazalar bildirildi. Bank-moliya sektorini rivojlantirish hisobiga makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash, iqtisodiyotning yuqori o’sish sur’atlarini
saqlab qolish bo’yicha amaliy taklif va tavsiyalar berildi.
II-bob. Moliyaviy munosabatlarning ob’ekti esa pul mablag’laridan iboratdir
1.Moliyaviy munosabatlarning ob’ekti esa pul mablag’laridan
iboratdir.
Jamiyat taraqqiyotida moliyaviy munosabatlarning o’rni beqiyosdir, zero,
ularni inson organizmini doimiy ravishda qon bilan ta’minlab turuvchi qon-tomir
tizimiga o’xshatish mumkin.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy munosabatlarning roli ular
tomonidan bajariladigan quyidagi funktsiyalar (vazifalar) orqali namoyon bo’ladi.
Taqsimlash funktsiyasi. Bu funktsiya o’z navbatida birlamchi va ikkilamchi
taqsimlash funktsiyalaridan iborat.
18
Bevosita ishlab chiqarishda yuzaga keladigan taqsimlash birlamchi, deb
yuritiladi. Bunday taqsimlash natijasida ish haqi fondi, sotsial sug’urta uchun
ajratmalar, amortizatsiya jamg’armalari, foyda va rag’batlantirish pullari
shakllanadi.
Ikkilamchi taqsimlash davlat bilan korxonalar (firmalar), tashkilotlar
o’rtasida ro’y beradi. Bunday taqsimlash jarayonida turli xil soliqlar va ajratmalar
vositasida davlat korxona va tashkilotlar pul mablag’larining bir qismini o’z
byudjetida mujassamlashtiradi va yuqorida ko’rsatib o’tilgan umumdavlat
ehtiyojlari uchun sarflaydi.
Masalan, korxonada bir yilda 100 mln. so’mlik mahsulot ishlab chiqariladi.
Birlamchi taqsimlash natijasida uning 60 mln. so’mi amortizatsiya fondiga, 20 mln.
so’mi ish haqi fondiga, 15 mln. so’m foydaga va 5 mln. so’mi ijtimoiy sug’urtaga
ajratiladi, deylik. 20 mln. so’mlik ish haqi fondining 5 mln. so’mi daromad solig’i
sifatida, olingan 15 mln. so’mlik foydaning taxminan 8 mln. so’mi to’lovlar shaklida
davlat byudjetiga tushadi. Davlat o’z ixtiyoriga o’tgan 13 mln. so’mni umummilliy
vazifalardan kelib chiqib, turli maqsadlarga taqsimlaydi, ya’ni moliyaviy resurslarni
ikkilamchi taqsimlash sodir bo’ladi.
Rag’batlantirish funktsiyasi. Moliya vositalari orqali davlat xo’jalik
sub’ektlarini iqtisodiy faollikka undaydi. Soliqqa tortishda imtiyozlar berish yoki
ularning miqdorini (foizini) kamaytirish korxona (firma)lar ixtiyorida qoladigan pul
mablag’larini ko’paytirishga olib keladi. Bu esa o’z navbatida ishlab chiqarishni
rivojlantirish
va
jamoa
a’zolarining
moddiy
manfaatdorligini
oshirish
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq hollarda davlat
tomonidan korxona va tashkilotlarga moliyaviy ko’mak (subsidiyalar) ham ajratiladi
va bu bilan ularning faoliyati rag’batlantiriladi.
Ijtimoiy himoya funktsiyasi. Davlat jamiyat a’zolari ma’lum qatlamlarining
minimal tirikchilik yuritishini moliyaviy jihatdan ta’minlab turadi.
Jamiyatda shunday nochor ijtimoiy qatlamlar borki, ular ob’ektiv sabablarga
ko’ra, o’z-o’zini to’la ta’minlay olmaydi. Masalan, nogironlar, ko’p bolali oilalar,
19
ishsiz qolganlar. Ularning tirikchiligi maxsus tashkil etilgan pul mablag’lari
hisobidan, masalan, ishsizlik nafaqalari, bolalar uchun nafaqalar, nogironlik
pensiyalari orqali ta’minlanadi. Bu mablag’larni nafaqat davlat, balki korxona,
tashkilotlar, jamoat birlashmalari o’z mablag’lari hisobidan ham uyushtiradi.
Moliyani ijtimoiy himoya funktsiyasi, ayniqsa, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor
iqtisodiyoti sharoitida yorqin namoyon bo’ladi.
Iqtisodiy axborot berish funktsiyasi - xo’jalik sub’ektlari va jamiyat iqtisodiy
faoliyatining moliyaviy yakunlari xususida ma’lumot va xabarlar berib turishdan
iborat bo’lib, iqtisodiyotni boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy holat
moliyada o’z ifodasini topadi. Moliyaviy ko’rsatkichlar orqali ishlab chiqarishning
qanday borayotganini kuzatish mumkin. Moliyaviy fondlar harakatiga qarab, ishlab
chiqarish, taqsimot va is’temol bir-biriga naqadar monandligini, ular orasidagi
mutanosiblikni bilish mumkin. Korxona va tashkilotlarning moliyaviy holatiga
qarab, ularning xo’jalik faoliyatini yaxshi yoki yomon ekanligi haqida xulosa
chiqarish mumkin. Moliyaviy axborotlarga qarab tadbirkorlar o’z ishining borishi,
o’z sheriklarining ahvoli, raqobatchilar imkonidan ogoh bo’ladilar.
Moliya o’z funktsiyalarini aniq moliyaviy vositalar orqali bajaradi.
Xarajatlar, amortizatsiya, foyda, aktsiya kursi, divident, soliqlar, to’lovlar, boj haqi,
sug’urta haqi, subsidiya, dotatsiya, kompensatsiya kabilar shular jumlasiga kiradi.
Ular ayni vaqtda moliya resurslarini tashkil qiladi va xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning xo’jalik – moliya faoliyatiga ta’sir etish omillari bo’lib xizmat qiladi.
Masalan, divident miqdorining oshib borishi o’z aktsiyasini chiqargan korxona
moliyaviy ahvolining yaxshiligidan darak beradi, natijada aktsiya kursi oshadi,
korxonaga tashqaridan pul oqib kela boshlaydi.
Moliya resurslari pul manbai bo’lib xizmat qiladi. Amortizatsiya fondi va
foydadan ajratilgan pul mablag’lari investitsiya uchun xizmat qiladi, ularni
ko’paytirish ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish demakdir.
Moliyaviy resurslar orasida foyda muhim o’rin tutadi, chunki u sof
daromad sifatida iqtisodiy o’sish manbai bo’lib xizmat qiladi.
20
2.Moliya resurslari
Moliya resurslari iqtisodiyotni kutilmagan hodisalardan, masalan, tabiiy
ofatlar, falokatlardan yoki jahon bozori narxining pasayib ketishidan himoya qiladi.
Moliyaviy resurslar pul shaklida bo’lib, bu pullar iqtisodiyotga amaliy ta’sir etishi
uchun, albatta, moddiy jihatdan ta’minlanishi kerak, ya’ni to’plangan pul ortida
kerakli moddiy mahsulotlar bo’lishi shart. Aks holda ular pulligicha (qog’ozligicha)
qolib, ishlab chiqarishga naf keltirmaydi.
Moliyaviy resurslar ikki turda bo’ladi: birinchisi - mikroresurslar yoki
markazlashmagan resurslardir. Ular korxona, firma, kompaniya, kontsern, tashkilot,
jamoat uyushmalari va boshqa xo’jalik sub’ektlarining o’ziga tegishli yoki ular
qarzga olgan pul mablag’laridan iborat. Ikkinchisi – makroresurslar bo’lib, ular
umumdavlat miqyosida tashkil topadi. Ular byudjet hisobidan yoki byudjetdan
tashqari fondlar hisobidan paydo bo’ladi va davlat ixtiyorida turadi. Mikroresurslar
korxona, tashkilot faoliyatiga xizmat qilsa, makroresurslar umumiqtisodiy,
umumdavlat
ehtiyojlarini
qondirishga
yo’naltiriladi.
Bozor
iqtisodiyotida
mikroresurslar birlamchi (ustivorlik) mavqega ega bo’ladi, chunki iqtisodiy faoliyat
erkinligi sharoitida xo’jalikning dastlabki bo’g’ini bo’lgan korxona, firma,
kompaniya va xo’jaliklar moliyasi iqtisodiy o’sish tayanchi hisoblanadi. Ammo
makroresurslar iqtisodiyotni tartibga solishda asosiy rol o’ynaydi va davlatning
iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Moliyaviy resurslarning turli darajada tashkil topishi va ishlatilishi tufayli
iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish usullari ham turlichadir. Birinchidan, iqtisodiy
sub’ektlar o’zini-o’zi moliyalashtiradi. Ular o’z sarf-xarajatlarini o’zlarining pullari
bilan qoplaydilar. Ikkinchidan, iqtisodiy sub’ektlar o’z mablag’lari etishmasa,
qilingan sarf-xarajatlarni bank krediti hisobidan qoplaydilar. Uchinchidan,
sub’ektlar faoliyati uchun pul mablag’lari zarur bo’lgan hollarda davlat hisobidan
ham bunday mablag’lar ajratiladi. Davlat byudjetidagi yoki byudjetdan tashqari
tashkil etilgan pul fondlarini qaytarib olmaslik sharti bilan korxona, tashkilotlar va
muassasalarga ajratib berib, ularni moliyalashtiriladi. Ammo bu bozor iqtisodiyotida
ikkilamchi usul hisoblanadi.
21
Barqaror iqtisodiy taraqqiyot uchun moliya mablag’larining erkin harakati
talab etiladi. Bunga moliya bozori orqali erishiladi. Moliya bozori milliy va xalqaro
xo’jalik doirasida pul mablag’lari erkin harakatining maxsus shaklidir. U tarkiban
qimmatbaho qog’ozlar bozori va qarzga beriladigan pul bozoridan iborat bo’ladi.
Qarz puli tabiatan bir xil emas. U birinchidan, pulni ishlatib, daromad topishni
ko’zlaydi, bunda pul kapital shaklini oladi. Ikkinchidan esa, pul shaxsiy ehtiyojni
qondirish uchun ishlatiladi va oddiy to’lov yoki xarid vositasi vazifasini bajaradi.
Davlat o’z qo’lidagi moliya resurslaridan foydalanib, byudjetdan
moliyalashtirish, dotatsiya berish, soliqlardan ozod qilish, soliqlarni engillashtirish
orqali iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatadi.
Shu narsani alohida ta’kidlab o’tish lozimki, moliya munosabatlarini
takomillashtira borish va uni boshqarish iqtisodiyot taraqqiyotining muhim omili
hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish moliyaviy ahvolni sog’lomlashtirib, bank
tizimini qayta qurishni birinchi galdagi chora-tadbirlar sifatida kun tartibiga qo’ydi.
Shu munosabat bilan moliyaviy bozorni shakllantirish va rivojlantirib borish
ob’ektiv jarayonga aylandi. Bu jarayonning muvaffaqiyati bank sohasidagi
marketing rivojiga, turli banklar va ularning mijozlari o’rtasida qaror topadigan
o’zaro munosabatlarga, shuningdek, bank xizmatlari bozorining shakllanishiga,
banklarning foizlar siyosati va boshqa xildagi faoliyatiga ko’p darajada bog’liqdir.
Davlat byudjeti davlat moliyasi tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Byudjet
tizimi murakkab mexanizm bo’lib, u muayyan mamlakatning o’ziga xos
xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy tizimi, shuningdek davlat qurilishini aks ettiradi.
Mamlakat
byudjetining
tarkibi,
avvalo,
davlat
qurilishiga
bog’liqdir.
Davlat byudjeti mamlakat pul resurslarining markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib,
unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili
mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va
miqdori belgilab beriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjeti iqtisodiyotni tartibga solish,
xo’jalik konьyukturasiga ta’sir ko’rsatish va boshqa chora-tadbirlarni amalga
oshirishning qudratli vositasi bo’lib xizmat qiladi.
22
Mamlakat byudjetining tarkibi, avvalo, davlat qurilishiga bog’liq bo’lib, u
daromadlar va xarajatlar qismlaridan iboratdir.
Byudjetning daromad qismini shakllantirishda, mulk shaklidan qat’iy nazar,
barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishtirok etadi. Ularning ishtiroki asosan soliqlar
to’lash shaklida yuz beradi.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining shakllanish manbalari
1-jadvalda keltirilgan.
23
1 - jadval
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga tushumlar tarkibi
Mulk
Bilvosita soliqlar
va
Korxonalardan
Er
1998
440.1 100 31,5 18,9 12,7 51,0 30,0 19,0 2,0
0,0
11,9 2,6
6,0
2,9
5,4
1999
624.0 100 29,3 15,2 14,1 53,9 24,8 27,7 0,8
0,6
10,9 3,1
5,2
2,5
5,9
2000
910,1 100 26,4 13,0 11,6 56,0 24,9 28,6 1,2
1,3
9,9
4,4
2,4
7,7
3,1
foydalanganlik
Suvdan
uchun to’lovlar
foydalanganlik
erdan
Shu jumladan
va
Aktsiz soliqlar
Jami
solig’i
Daromad solig’i
Korxonalar foyda
Jami
% hisobida
mlrd. so’m
yillar
n
QQS
jumladan
Jami
Shu
jumlada
boj to’lovlari
Shu
Boshqalar
to’lovlari
Jism. shaxslardan olinadigan
resurs to’lovlari
Bojxona
soliqlar
soliqlari
uchun to’lovlar
Bevosita
Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, bevosita soliqlarning byudjet
tushumlaridagi salmog’i kamayish tendentsiyasiga ega, u oxirgi 3 yil ichida 31,5
foizdan 26,4 foizga kamaygan. Bu hol korxona foydasi va daromadlaridan
olinadigan soliqni 31 foizdan 26 foizga, tushirilishi va aholidan olinadigan daromad
soliqlarining ham kamaytirilishi natijasida sodir bo’ldi. Ayni paytda byudjet
tushumlarida aktsiz solig’ining salmog’i 19,0 foizdan 28,6 foizga ko’tarildi. Davlat
byudjeti Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va
Toshkent shahrining (mahalliy) byudjetlarini o’z ichiga oladi. U O’zbekiston
Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonuniga binoan Oliy Majlis
tomonidan qabul qilinadi.
Har qanday mamlakat davlat byudjetining taqsimlanishi ko’p jihatdan shu
mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatiga, undagi o’ziga xosliklar va ustivorliklarga bog’liqdir.
9.2-jadvalda O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining 1998-2000
yillarda taqsimlanishi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
24
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, O’zbekistonda davlat byudjetining deyarli
1G’3 qismi xalq ta’limi, aholi sog’lig’ini saqlash, ilm-fan, madaniyat sohalarining
ehtiyojlarini qondirish va fuqarolarni ijtimoiy ta’minoti bilan bog’liq xarajatlarni
qoplash uchun sarflanadi. Davlat byudjetida bu sohalarni moliyalashtirish bilan
bog’liq xarajatlar kelajakda ham salmoqli ulushga ega bo’lib qoladi. Zero, ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti qurayotgan mamlakatimizda davlat siyosatining
ustivor yo’nalishi inson omili bilan bog’liq.
2-jadval
O’zbekiston davlat byudjetining taqsimlanishi1
Maorif,
sog’liqni
Jami
saqlash,
madaniyat,
fan,
ijtimoiy
Mazkaz
Ijtimoiy
muhofa
za
lash
Iqtisodiy tirilgan
ot
siya
ta’minot
1996
100, 35,7
investit
Davlat
boshqa
ruvi
Boshq
alar
lar
9,6
11,7
20,2
2,3
20,5
9,3
11,5
21,2
2,5
18,6
7,7
10,3
20,2
1,9
24,4
0
1999
100, 37,0
0
2000
100, 35,4
0
Agar byudjet daromadlari xarajatlarni qoplay olmay, kamomad hosil bo’lsa,
byudjet taqchilligi yuzaga keladi. Ammo har qanday taqchillikni xatarli deb
bo’lmaydi. Agar taqchillik hajmi yaratilgan yalpi ichki mahsulot qiymatining 2-5%
ga teng bo’lib, undan oshib ketmasa, bu iqtisodiyot uchun normal hol hisoblanadi.
O’zbekistonda keyingi 3 yil ichida byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 1,52,0 foizini tashkil etdi.
1-jadvalda keltirilgan manbadan olindi.
25
Byudjet kamomadi, odatda, daromadlar va xarajatlarni muvofiqlashtirish
orqali bartaraf etiladi, ya’ni daromadlar ko’paytiriladi yoki xarajatlar kamaytiriladi.
Ammo asosiy yo’l iqtisodiyotni o’stirish orqali byudjet daromadlarini ko’paytirgan
holda kamomadni normal holga keltirishdan iboratdir.
Byudjetdagi
taqchillikka,
avvalambor,
iqtisodiyotni
moliyaviy
sog’lomlashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar orqali barham berish, shu
jumladan, etishtirilgan xomashyo va materiallarni shu erning o’zida qayta ishlab,
tayyor mahsulotga aylantirishni yo’lga qo’yish orqali erishish mumkin.
Iqtisodiy
islohotlarning
ikkinchi
bosqichida
“Davlat
byudjeti
daromadlarining katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlash
zarur”1, deb ta’kidlaydi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. Mahalliy byudjetlarga
keng iqtisodiy erkinlik berish tumanlar, shaharlar, viloyatlar mustaqilligini
ta’minlaydi. Byudjetlarning shakllanishi va undan foydalanishdan manfaatdorlik
oshadi. Shu bilan birga davlat byudjeti intizomiga rioya qilish iqtisodiyotni
barqarorlashtirishning asosiy omillaridan biri bo’lib xizmat qiladi.
Byudjet
defitsiti
bilan
davlat
qarzi
bir-biriga
bog’liq
bo’lgan
tushunchalardir. Hozirgi kunda deyarli hamma mamlakatlarda davlat qarzlarining
ortishi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan byudjetni tartibga solish masalasi har
qanday hukumatning oldida turuvchi markaziy muammolardan biridir.
Davlat byudjetini shakllantirish borasida to’plangan tajriba uni tartibga
solishga qaratilgan siyosatni ishlab chiqishni taqozo etadi.
1 I.A.Karimov. “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida”. T.,
“O’zbekiston” 1995, 208 bet.
26
Xulosa
O’zbekiston hukumati o’zining davlat byudjeti siyosatini amalga oshirishda
makroiqtisodiy
barqarorlikni
ta’minlash
va
iqtisodiy
o’sish
sur’atlarini
jadallashtirish byudjet kamomadini bartaraf etishning hal qiluvchi omili, deb
qaraydi. Chunki iqtisodiy o’sish davrida byudjetga soliqlar tushumi avtomatik
ravishda ko’payadi, makroiqtisodiy barqarorlik esa buni rag’batlantiradi. Demak,
byudjet kamomadi avtomatik ravishda o’z-o’zidan yo’q bo’ladi.
Hukumat o’z mamlakatining sharoitlaridan kelib chiqqan holda byudjet
siyosatini ishlab chiqadi. Bunday siyosat mamlakatning pul salohiyati doirasida
moliyaviy ishlarning aniq dasturiga ega bo’lishni, byudjet kamomadi ustidan nazorat
o’rnatilishining va uni qoplash manbaalarini qidirishni, katta samara beradigan
iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag’ ajratishni talab qiladi.
Moliya
tizimining
bug’inlarga
ajratilishi
xar
kaysi
bug’inlarning
vazifalaridan kelib chikadi.Shuningdek yuqoridagilardan kurinib turibdiki moliya
tizimining
bug’inlar
mamlakat
miyosida
markazlashtirilgan
va
markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirish bilan bog’liqdir.
Hozirgi sharoitda ayrim iqtisodchi olimlar tomonidan moliya tizimining
muhim uginlaridan biri sifatida aholi moliyasini aloxida kurib utadilar. Ularning
fikrlariga kura YaIMni taqsimlanishi jarayonida aholi iqtisodiy sub'ekt sifatida
katnashadi va yirik miyosida pul jamg’armalariga ega buladi. Bunday jamg’armalar
hozirgi sharoitda nafakat bank tizimi uchun muhim moliyaviy biznes balki
iqtisodiyotdagi yalpi investitsiyalarni moliyalashtirishning muhim manbalaridan
biriga aylanmokda.
Umumdavlat moliyasi korxonalar moliyasi bilan bevosita bog’liqdir. Chunki
bir tomondan byudjet daromadlarini asosiy manbalaridan biri moddiy ishlab
chiqarish soxasida yaratiladigan milliy daromad hisoblanadi. Shuningdek
korxonalar mikyosidagi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni nafakat
korxonalarning xususiy mablag’lari hisobiga balki karz mablag’lari hisobiga ham
amalga oshiriladi. Chunonchi, bunday mablag’lar tarkibida byudjet resurslari ham
mavjuddir.
27
Byudjet davlat moliyasini asosiy bug’ini hisoblanadi. Chunki byudjet orkali
YaIMning taxminan 30-35%i qayta taqsimlanadi. Davlat byudjet orali yirik
miqdordagi pul resurslariga ega buladi. Bunday pul resurslari orkali davlat uzining
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vazifalarini amalga oshiradi. Chunonchi,
kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda byudjet asosiy rolu uynaydi. Hozirgi
sharoitda umumiy byudjet xarajatlarining 53,68% i ijtimoiy
madaniy tadbirlarga va aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlari uchun sarflanishi
rejalashtirilgan. Mazkur kursatkichlar byudjetning ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirishdagi ahamiyatini yuqori ekanligini tasdiklaydi.
Aksariyat iktischodchilar tomonidan sug’urta munosabatlari moliya
tizimining asosiy bug’inlari sifatida kurib utiladi.
Sug’urta munosabatlari- unda katnashuvchi sub'ektlar urtasidagi xujalik
sub'ektlari iqtisodiy faoliyati natijasida vujudga keluvchi extimolli zararlarni
koplash yoki sug’urta holatlarini sodir bulishi oqibatlari bilan bog’liq uy xujaliklari
yukotishlarini tenglashtirish uchun muljallangan sug’urta fondiga maqsadli badallar
hisobiga aloxida pul
fndlarini shakllantirish bo’yicha qayta
taqsimlash
munosabatlari majmuasidir.
Moliya tizimini alohida bo’g’inlarga ajratish har bir bo’g’inning
vazifalaridagi farqlanishga hamda markazlashgan va markazlashmagan pul
fondlarini shakllantirish va ishlatish usullaridagi farqlanishga asoslanadi.
Umumdavlat markazlashgan pul fondlari ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan
daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo’li bilan tuziladi. Iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishdagi davlatning bajaradigan muhim roli uning ihtiyorida moliyaviy
resurslarning katta qismini markazlashtirish zaruriyatiga olib keladi. Ularni ishlatish
shakllari davlat byudjeti va nobyudjet fondlari orqali namoyon bo’ladi. Bular
hisobidan davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy vazifalarini hal etish ehtiyoji
ta'minlanadi. Pul fondlarini tashkil qilish va ishlatish shakllari va usullari moliya
tizimining kredit va sug’urta bo’g’inlari orqali ham qo’llaniladi. Markazlashmagan
pul fondlari korxonalarni o’zlarining pul daromadlari va jamg’armalari hisobidan
tashkil topadi.
28
Yagona moliya tizimining asosi korxonalar moliyasi hisoblanadi, chunki
ular ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadilar. Daromad shu yerda
yaratiladi. Markazlashgan davlat fondlarining manbai ishlab chiqarish sohasida
yaratilayotgan daromad hisoblanadi.
Umumdavlat moliyasi xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari rivojlanishining
ma'lum sur'atlarini ta'minlashda, moliyaviy resurslarni iqtisodiyot tarmoqlari va
mamlakat hududlari o’rtasida, moddiy vanomoddiy sohalari o’rtasida hamda mulk
sohiblari, aholining alohida guruh va qatlamlari o’rtasida qayta taqsimlashda
yetakchi rol o’ynaydi.
29
GLOSSARIY
Aksiya - aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqariluvchi hamda uning
egasi, aksiyadorlik jamiyatining a’zosiga jamiyatni boshqarish va foydadan
dividend olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog‘oz.
Aksiyadorlik kapitali - aksiyadorlik jamiyatining asosiy kapitali, uning
xajmi Nizomda belgilab beriladi. Qarzga olingan mablag‘lar va aksiya
chiqarish hisobiga shakllantiriladi.
Amortizatsiya - asosiy fondlar qiymatini asta-sekinlik bilan ular
yordamida ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki xizmatlarga o‘tkazilishi;
mablag‘laming maqsadli ravishda jamg‘arilishi va keyinchalik eskirgan
asosiy fondlaming o‘mini qoplashga ishlatilishi.
Amortizatsiya vositalari - korxona asosiy fondlarini saqlash va
yangilash uchun maxsus ajratiluvchi moliyaviy vositalar.
Amortizatsiya fondi - asosiy fondlami oddiy va kengaytirilgan tarzda
takror ishlab chiqarishga mo‘ljallangan pul mablag‘lari.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari - mahsulot ishlab chiqarishda
foydalaniluvchi mehnat vositalari (binolar, inshootlar, qurilma va asbobuskunalar,
tranosport vositalari va hokazo). Ular uzoq muddat xizmat
ko'rsatib, ishlab chiqarish jarayonida o‘zining natural shaklini saqlab qoladi
hamda o‘z qiymatini eskirish mobaynida asta-sekinlik bilan tayyor
mahsulotga o‘tkazadi. Kapital qo‘yilmalar hisobiga toMdiriladi.
Asosiy fondlarning eskirishi - asosiy fondlaming (binolar, qurilmalar
va boshqa mehnat vositalarining) asta-sekinlik bilan foydali xususiyatlarini
yo‘qotishi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari eskirishining jismoniy va
ma’naviy turlari mavjud.
Biznes-reja - korxona faoliyati dasturi, kutilayotgan xarajat va
daromadlar hisobini o‘z ichiga oluvchi kompaniya faoliyatining muayyan
maqsadlariga erishish uchun muayyan chora-tadbirlar rejasi. Marketing
tadqiqotlari asosida ishlab chiqiladi.
Balans - biron bir holatning alohida tomonlarini taqqoslash va
30
solishtirish yo‘li bilan tavsiflanuvchi ko‘rsatkichlar tizimi.
Balans foydasi - korxonaning balansida aks ettiriluvchi faoliyatning
barcha turlaridan olinuvchi umumiy foyda miqdori.
Bankrotlik - kasodga uchrash, korxonaning (tashkilot, bank) o‘z
majburiyatlari bo‘yicha toMovlami mablag‘lar yo‘qligi tufayli amalga
oshirish.
Injiniring - tijorat asosida (shartnoma shaklida) turli xil muhandislikmaslahat
xizmatlari ko‘rsatilishi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish - yirik korxonalarda texnologiya
va tuzilmasi bir xil bo‘lgan mahsulotlami ommaviy ravishda ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarishni yiriklashtirish - mahsulotni yirik korxonalarda
chiqarishni tashkil qilish.
Ishlab chiqarishni kimyolashtirish - mahsulot ishlab chiqarishda
kimyoviy mahsulot va sun’iy materiallar, shuningdek, kimyoviy usullardan
keng foydalanish.
Konversiya - korxonaning umuman boshqa turdagi mahsulot ishlab
chiqarishga o‘tishi.
Konsern - turli tarmoqlardagi mustaqil korxonalaming ishtirok etish
tizimi, qo'shma tadqiqotlar, patent-litsenziya kelishuvlari, moliyalashtirish,
ishlab chiqarish hamkorligi vositasida birlashuvi.
Kooperatsiya qilish - yakuniy mahsulotni birgalikda tayyorlash
bo‘yicha uzoq muddatli to‘g‘ridan to‘g‘ri xo‘jalik aloqalarini o‘matish.
Korxonaning optimal hajmi - mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish,
xizmat ko‘rsatish) bo‘yicha imzolangan shartnoma va majburiyatlami o‘z
muddatida, eng kam xarajatlar bilan eng yuqori samaradorlikka erishgan
holda bajarish imkonini beruvchi korxona hajmi.
Ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi - bir tomonlama, ko‘pincha
bitta mahsulotga asoslanuvchi ishlab chiqarishni keng nomenklaturada
tayyorlanuvchi mahsulotlarga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tkazish.
Kapital qurilish - asosiy fondlami yangi korxona qurish, mavjud
31
korxonalarni qayta tiklash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirish
va zamonaviylashtirish yo‘li bilan yaratish va mukammallashtirish jarayoni.
Kapital qo‘yilmalar - asosiy fondlami qayta tiklash va o‘stirishga
sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlari.
Kapital sig‘imi - asosiy kapitalning mos keluvchi davr mobaynida
ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning biron bir qismini - milliy daromad,
sof daromad, foydaga nisbatini tavsiflovchi ko‘rsatkicli.
Kombinatsiyalash — bitta korxona - kombinat doirasida sanoatning bitta
yoki bir nechta tarmoqlaridagi turli xil ishlab chiqarishlarni texnologik
jihatdan birlashtirishda ifodalanuvchi, ishlab chiqarishni umumlashtirish
shakllaridan biri.
Kompaniya - tadbirkorlarning xususiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan,
pay kapitali asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi.
Ishlab chiqarish quwati - asosiy ishlab chiqarish va aylanma fondlar,
shuningdek, moliyaviy resurslardan iloji boricha to‘liq va oqilona
foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotning maksimal
hajmi.
Korxonaning tijorat sirlari - korxonaning ishlab chiqarish,
texnologiyalar, boshqaruv va boshqa turdagi faoliyati bilan bog‘liq, oshkor
qilinishi korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan, davlat
sirlariga aloqasi bo‘lmagan ma’lumot.
Kadastr - tegishli obyektni davriy yoki uzluksiz kuzatishlar orqali
tuzilgan ma’lumotlar to‘plami.
Kapitallashtirish - kelgusida kutilgan daromadlami bir vaqtda mazkur
pallada olinadigan qiymatga aylantirish
Kapital o‘rnlni qoplash (qaytarish)ning to‘g‘ri chiziqli me’yori ko'chmas mulkda - aktivning hayot muddati davomida uning qiymati davriy
tarzda bir tekisda, masalan, 50 yil davomida yiliga 2% ga pasayib borishi
kutilgan holdagi kapitallashtirish koeffitsiyenti qismi.
Aylanma mablag‘lar - ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan
32
ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, yangi mahsulotni o‘zlashtirish xarajatlari,
kelgusi davr xarajatlariga sarflanuvchi korxona mablag‘larining pul shaklida
ifodalanishi.
Kondominimum (o‘zaro egalik qilish) - mulkning huquqiy shakli
bo‘lib, unga ko‘ra obyekt shaxsiy mulk va o‘zaro mulkning tarkibiy
qismlariga bo‘linadi.
Kapitallashtirish koeffitsiyenti - daromadlar oqimini kapital
qiymatning yagona yig‘indisiga qaytadan hisoblashda foydalaniluvchi
qo‘yilma. Kapital qiymatning yagona summasi davriy daromadning
kapitallashtirish koeffitsiyentiga nisbati kabi hisoblab chiqiladi. Ko‘chmas
mulk sohasida kapitallashtirish koeffitsiyenti foizni va ko‘p hollarda qaytarma investitsiyani o‘z ichiga olishi kerak.
Kapital daromadi - pul mablag‘lari kirimlari va qayta sotuvdan tushgan
pul bilan aniqlanadigan boshlang‘ich xususiy kapital daromadining ichki
qo‘yilmasi. Soliqlar to‘langunga qadar va to‘langanidan keyingi ikkita
qo‘yilma mavjuddir.
Kapitallashtirish me’yori - ko'chmas mulkning bozordagi qiymatining
o‘zi keltirgan sof daromadga munosabati.
Ko‘chmas mulk - yer va undagi inshootlar hamda faqat yer uchun
ishlatiladigan atama. Ko‘chmas mulk - yer maydonlari va u bilan uzviy
bog‘liq bo‘lgan hamma narsalar, ya’ni: binolar, inshootlar, boshqa mulk
majmualari, ko‘p yillik daraxtlar hamda yer osti boyliklari. Kotchmas mulk
boshqa joyga olib o'tilishi unga ziyon yetkazadigan mulk sifatida ta’riflanadi.
Ko‘chmas mulkning huquqiy ta’rifi - maydon va ko‘chmas mulk
obyektining ta’rifi bo‘lib, unga ko‘ra ular sudda ishni ko‘rish uchun maqbul
holda bir ma’noda tenglashtirilishi mumkin.
Ko‘chmas mulk huquqlari - ko‘chmas mulkdan foydalanish, egalik
qilish va boshqarish bilan bog‘liq mulk huquqlari.
Ko‘chmas mulk bozori - mulk huquqlarini berishga, narxlami
belgilashga, yerdan foydalanish va uni yaxshilashlar (binolar, inshootlar,
33
daraxtlar)ning raqobat qiluvchi turlari o‘rtasida hududlami qayta
taqsimlashga imkon beradigan me xanizmlaming muayyan to‘plami.
Likvidatsion qiymat - mulkning iqtisodiy hayot muddat» so‘ngida
taxmin qilingan qiymati.
Likvidlik — aktiv pulga o'tkazilishi mumkin bo‘lgan yengillik.
Mablag‘ qaytishining samarali me’yori - diskontnik umumiy
koeffitsiyenti va qo‘yilmasi o‘rtasidagi farq. Yemirilish oqibatida
yo‘qoluvchi qiymatning ulushiga ko‘ra o‘lchanga mablag‘ qaytarilishining
har yilgi me’yori.
Mahalliy sharoitlar uchun to‘zatish koeffitsiyenti - respublikaning
turli shaharlarida qurilish bahosidagi farqlami hisobga olish uchun
qo‘llanuvchi koeffitsiyent.
Ma’naviy yemirilish - binolar (inshootlar)ning baholash vaqtida
ko‘rsatilgan me’yoriy, hajmli-rejali, me’moriy-konstruktiv, sanitar-gigienik
va texnologik talablarga mos kelmasligi.
Majburiyat - biror bir shaxs mulk sotib olganida va shaxsiy
javobgarlikni qabul qilmasdan ipoteka toMovlari bo‘yicha majburiyatni o‘z
zimmasiga olganida vujudga keluvchi majburiyat. Shaxsiy javobgarlikni
birinchi qarz beruvchi o‘z zimmasiga oladi.
Muomala xarajatlari - qarz xizmati va daromad soliqlari ichiga
kirmagan daromad keltirayotgan mulkning ekspluatatsiyasiga ketgan
xarajatlar.
Mustaqil baholash - malakali, manfaatdor bo‘lmagan taraf bajaradigan
mulk qiymatining baholanishi.
Muvozanatlik tamoyili - baholash tamoyili bo‘Ub, unga ko‘ra yerning
maksimal qiymatini olishni ta’minlaydigan ishlab chiqarishdagi turli
omillaming optimal birikmasi yerdan foydalanishning istalgan turi uchun
mavjud bo‘ladi. Shuningdek, proporsionallik tamoyili sifatida ham
ma’lumdir..
Muvofiqlik tamoyili - baholash tamoyili, unga ko‘ra obyektning bahosi
34
uning me’moriy uslubi, qulayliklar va xizmatlar darajasi, bozor ehtiyojlariga
qanchalik javob bera olishiga bog‘liq bo‘ladi.
Mulk huquqi - o‘z xohishiga ko‘ra biror bir mulkka egalik qilish,
foydalanish va boshqarish, o‘z vakolatlarini boshqa shaxsga berish, mulkni
garov tariqasida ishlatish yoki unga nisbatan boshqa usullami qo‘llash, o‘z
mulkini boshqa shaxsga xususiy qilib yoki boshqarish uchun taqdim etish
hamda o‘z mulkiga nisbatan qonunga xilof bo‘lmagan istalgan ishlami qilish
huquqi.
Qonuniy egalik qilish huquqi - mazkur mulkka shaxsiy ega bo‘lish
imkoniyati. Foydalanish uchun qonuniy huquq mulkdan foydalanish
imkoniyatini taqdim etadi.
Boshqarish uchun qonuniy huquq - bu mulkning huquqiy taqdirini
aniqlash imkoniyati (biror shaklda musodara qilish, buzib tashlash va h.k.).
35
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. T.T. Jo’rayev. Iqtisodiyot nazariyasi. (O’quv qo’llanma). –T.: «Fan va
texnologiya», 2017
2. SH.Sh. Shoha’zamiy Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari. Toshkent
“Iqtisod-moliya” 2015
3. Qosimova S “BAHOLASH ISHI” (2-MODUL) fanidan o’quv-uslubiy majmua.
Toshkent-2020
4. Yodgorov V.U., Mirjalilova D.SH. Ko’chmas mulkdan foydalanishni tashkil etish
va boshqarish. O’quv qo’llanma T.: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, 2014.
5. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 8 dekabr 1992y. (o’zgartirish va
qo’shimchalar bilan).
6. O’zbekiston Respublikasi “Mulkchilik to’g’risida”gi Qonun 31.10.1990y.
7. O’zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to’g’risida” gi Qonun.
19.08.1999y.
8. O’zbekiston Respublikasi “Rieltorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonun.
22.12.2010y.
9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 apreldagi “Baholovchi
tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko’rsatilayotgan hizmatlar sifati
uchun ularning mas’uliyatini oshirish to’g’risida” PQ-843-son Qarori.
10. O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasining 2006 yil 14 iyundagi
“Baholashni umumiy tushuncha va printsiplari” Mulkni baholash milliy standarti.
11. Балабанов И. Т. Операции с недвижимостью в России. – М.: Финансы и
статистика, 1996. 10 с.
Internet saytlari
www.lex.uz (O’zbeksiton Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi)
www.gov.uz (O’zbeksiton Respublikasi hukumatining rasmiy sayti).
http://www.rmm.uz (“Respublika mulk markazi” YoAJning sayti).
www.sion.uz (Ko’chmas mulk agentligi)
www.wikipedia.ru (Ma’lumotlar qidiruv portal)
www.profocenka.ru (ЗАО “Профессиональные оценки и экспертизы”)
36
Download