ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР: 1. www.lex.uz Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 8 октябрдаги ПФ-5847-сон Фармони “Ўзбекистон Республикаси Олий таълим тизимини 2030 йилгаша ривожлантириш” концепцияси 2. Олий тълим муассалаларининг ўқув жараёнида илҳор педагогик ва замонавий ахборот-коммуникация технологияларининг жорий этилиши:амалиёт ва истиқболлар мавзусидаги илмий-амалий конференция материаллари. – Тошкент 2018 йил. 73-б. 3. Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат. –Т.: 2006. SPSS DASTURI YORDAMIDA TALABALARDA SHAXSLILIK SIFATLARINI TADQIQ QILISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Ashurov Ramzidin Ramazonovich BUXPTI psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya: Maqolada SPSS dasturi yordamida talabalarda shaxslilik sifatlarini tadqiq qilishning psixologik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: SPSS dasturi, shaxs xususiyatlari,talabalarda shaxslilik sifatlari. Aqliy va ijodiy mehnatini avtomatlashtirish va turli xil tadqiqotlarni o‘tkazishda kompyuterlarning keng imkoniyatlaridan foydalanish boshqa sohalar kabi psixologiya oldida turgan muammolardan biriga aylanganligiga bir necha o‘n yil bo‘ldi. Psixodiagnostik, ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalarni qayta ishlash, xulosa chiqarish boshqa tadqiqotlardan tubdan farq qiladi. Shuning uchun kishilarning psixologiyasini, ularning turli xususiyatlarni o‘rganishda kompyuterlardan foydalanish ham o‘ziga xos yo‘l, yo‘nalishga va talabga ega. Psixodiagnostika sohasidagi taniqli olim A.Anastazi – «Kompyuterlar o‘zining ma’lumotlarni yuqori tezlikda tahlil va qayta ishlash imkoniyatlari bilan test o‘tkazishning aytarli barcha bosqichlarini, testni yaratishdan boshlab to uni qo‘llash, birlamchi natijalarni qayd qilish, hisoblash va interpretatsiya qilishgacha o‘zgartirdi»deb ko‘rsatgan edi. Ma’lumki, zamonaviy psixodiagnostikada kompyuterlar qo‘zg‘atuvchi materialni (test, anketa, savolnoma va h.k.) ko‘rsatish (taqdim qilish), natijalarni yig‘ish, saqlash, ularni matematik qayta ishlash, matematik va grafik usullarda tahlil qilish maqsadida qo‘llaniladi. Mamlakatimizdagi psixologlar tayѐrlovchi oliy o‘quv yurtlarida psixologik ma’lumotlarni qayta ishlashda kompyuter dasturlaridan foydalanish bilan bog‘liq o‘quv peredmetlarining o‘quv rejalariga kiritilishi bu borada katta qadam bo‘ldi. Bo‘lajak mutaxassislar turli eksperimental natijalarni qayta ishlashda Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dasturlardan (masalan Excel) va maxsus dasturlardan foydalanish ko‘nikma v malakalariga ega bo‘lishlari lozim. Shunday maxsus dasturlardan biri SPSS dasturidir. - 15 - Keyingi o‘n yilliklarda psixologik tadqiqotlarda kompyuterlarni keng qo‘llash yanada rivojlandi. Psixologik eksperimentlarda kompyuterlarning qo‘llanilishi an’anaviy usulga qaraganda bir qancha ustunliklarga ega. Ularga quyidagilar kiradi: - barcha vazifalarni tekshiriluvchilarga bir xil berishi; - tekshiriluvchining javoblarini xolis va aniq qayd qilishi; - psixologni mashaqqatli, bajarilishi og‘ir ishlardan (vazifalarni taqdim qilish, tekshiriluvchining javoblarining to‘g‘riligini tekshirish, eksperiment baѐnini olib borish, test natijalarini qayta ishlash) ozod qilishi; - eksperimental materiallarni randomizatsiya qilish (tasodifiy ketma-ketlikda taqdim qilish); - qisqa vaqt oralig‘ida keng masshtabli psixologik tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyati; - olingan natijalarni qayta ishlash va umumlashtirishda o‘ta kuchli matematik apparatdan foydalana olish imkoniyati; - juda ko‘p qo‘shimcha ma’lumotlarni (javob berishga ketgan vaqt, yo‘l qo‘yilgan xatolar soni va toifasi, tekshiriluvchining ko‘rsatmaga murojati soni va boshq.) qayd qilish imkoniyati; - eksperiment o‘tkazishda yuqori malakali xodimlarning bo‘lishi talab qilinmasligi; - diagnostik natijalarni tez olish, bu, ayniqsa, klinik holatlar va psixologik maslahat berish uchun zarur; - dinamik va ko‘p modalli qo‘zg‘atuvchilarni taqdim qilish. Zamonaviy kompyuterlarning ekranida dinamik (o‘zgaruvchan, harakatdagi) obyektlarni aks ettirish mumkin. Stimullar dinamik, real haѐtdagi obyektlarning modellari bo‘lishi mumkin. Shu jumladan, sotsiologik va psixologik natijalarni qayta ishlashda SPSS dasturidan keng foydalanishga o‘tilgan. SPSS dasturi qulay interfeysga ega va nisbatan oddiy bo‘lganligi uchun har bir kishi SPSS dasturidan foydalanib ma’lum statistik amallarni bajarishi mumkin deb hisoblanadi. Shu bilan birga shuni ta’kidlash lozimki, matematik statistikadan hech bo‘lmaganda boshlang`ich tushunchaga ega bo‘lmagan kishi SPSS dasturidan foydalanib ham oddiy vazifalari mustaqil ravishda yechishi va xulosa chiqarish imkoniyatiga ega bo`lmaydi. Kompyuterni bilishga bo‘lgan talab esa oddiy. Ko‘pchilik soha mutaxassislari SPSSda ishlash uchun komp`yuterni yoqish va o‘chirishni, klaviatura va sichqoncha bilan ishlashni bilish yetarli deb hisoblaydilar. Dastur bilan ishlashga doir boshqa amallarni o‘rganish mumkin. Kompyuterda esa SPSS for Windows dasturining imkon qadar yangi versiyasi (mavjud versiyalarning oxirgilari SPSS for Windows 20 va SPSS for Windows 21) o`rnatilgan bo‘lishi tavsiya qilinadi. SPSS dasturining yuqorida ko`rsatilgan versiyalari rus tilida batafsil ma`lumotlar tizimiga ega va oldingi variantlaridan farqli ravishda uning menyusi va ko`pchilik amallari rus tiliga tarjima qilingan. SPSS dasturining oldingi versiyalari bilan ishlaganlar uchun shuni ko‘rsatish lozimki, yangi versiyadagi ba’zi nomlar, amallar tarjimasi oldingilardan farq qiladi. Ammo bunday farq dastur bilan ishlashda hech qanday qo‘shimcha murakkablik keltirib chiqarmaydi. - 16 - Ma’lumotlarni kompyuter yordamida tahlil qilish o‘z ichiga bir necha bosqichlarni oladi. - Ma`lumotlarning tuzilishini (strukturasini) aniqlash. - Ma`lumotlarni uning tuzilishi va dastur talabiga mos ravishda kompyuterga kiritish. - Tadqiqot vazifasidan kelib chiqqan holda m’lumotlarni qayta ishlashning kompyuterdagi mavjud metodni tanlash. - Ma`lumotlarni qayta ishlash natijalarini olish. - Qayta ishlash natijalarini sharhlash. Birinchi (tayyorgarlik) va beshinchi (yakuniy) bosqich (qadam)larni birorta ham kompyuter dasturi amalga oshirishga qodir emas – ularni tadqiqotchining o‘zi bajaradi. Kompyuterning yordami uzundan-uzoq va murakkab amallarni kamaytirishdan iborat. Ikkinchi bosqichda, kompyuterga kiritilgan ma’lumotlar aralash, anglanmagan va sharhlash qiyin ma’lumotlardir. Psixolog to‘rtinchi bosqichdan keyin oddiylashgan, kamaygan, anglash oson ma`lumotlarga ega bo`ladi. Shuni unutmaslik kerakki, asoslangan, pishiq xulosa olish uchun ma’lumotlarni ko‘p marta, turli usullar bilan qayta ishlashga ham to`g`ri kelishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Айвазян С. А. Прикладная статистика. Классификация и снижение размерности. М., 1989. 2. Анализ социологических данных с помощью пакета SPSS : учеб. пособие для вузов / А. О. Крыштановский; Гос. ун-т — Высшая школа экономики. — М. : Изд. дом ГУ ВШЭ, 2006. — 281с. 3. Анастази А. Психологическое тестирование. В 2-х книгах. Книга I. - М.: Педагогика, 1982. - 340. 4. Анастази А., Урбина С. Психологическое тестирование. 7-е изд. - С-Пб.: Питер, 2003. - 688 с. 5. Agresti, Alan (1996). An Introduction to Categorical Data Analysis. New York: Wilely. 6. Arbuckle,J. L. Amos 7.0 user’s guide. Chicago, IL: SPSS, 2006. 583 p. 7. Bentler, P. M. EQ S 6 Structural Equations Program Manual. Encino, CA: Multivariate Software, Inc., 2006. 418 p. 8. Xarakter aksentuatsiyasi tushunchasining ijtimoiy-psixologik tahlili EDUCATION Scientic journal Mart 2022. 663 bet 9. Ashurov R. Комплексный подход к изучению ценностных установок 10. выпуск 2022 г 48-50 стр. 11. 10.Yoshlarda irodaviy sifatlarni shakllantirishning psixologik xususiyatlari EDUCATION Scientic journal Mart 2022.663 bet 12. 11 Ashurov R.R.XARAKTER AKSENTUATSIYASINING O’QUVCHILAR ORASIDAGI … - 17 - 13. https://zenodo.org/record/5673781. Eurasian Journal of Academic Research, 1(8), 14–16. 12. Ashurov Ramzidin Ramazonovich, Abduraxmonova N. Quziyeva D. Maktab davridagi o’quvchilarda zo’ravonlik holatlar(Profilaktika,diagnostika, korreksiya) 2021.09.10 Qo’llanma. 14. Ashurov R.R Влияние акцентуаций характера подростков на межличностны отношения, 2021.XXI-asr psixologiyasi konferensiya materiallari. 1-tom. 15. Ashurov R.R XARAKTER AKSENTUATSIYASINING SHAXSLARARO MUNOSABATGA TA’SIRI Dissertatsiya.2022 PSIXOLOGIYADA O‘QITISH METODLARIGA UMUMIY TAVSIF Bafayev Muxiddin Muxammadovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti v.b., PhD Hojiyev Hojiakbar Abdurahmon o`gli, Normurodov Maxmud Shavkatovich, Raxmatullayeva Gulnoza Mamadali qizi Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va psixologiya fakulteti 2-kurs talabalari Annotatsiya: O‘qitish metodlari har qanday predmetning o‘quvchi yoki talaba ongiga singib borishi pedagogning tanlagan metodiga bog‘liq. Qolaversa, darsning yutug‘i ham metodning to‘g‘ri tanlanishiga bevosita bog`liq. Pedagogik jarayon bevosita pedagog tomonidan tashkil etilganligi bois ham u qayerda va qanday pedagog tomonidan tashkil etilmasin, bari-bir bitta tuzilishga ega bo‘ladi: ya’ni maqsadtamoyillar mazmuni-metodlari-vosita-shakli. Tayanch iboralar: metod, o`qitish metodlari, bilish faoliyati, fikrlar faolligi, o`zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash. Аннотация: Методы обучения зависит от выбранного педагогом метода поглощения любого предмета в сознание ученика или студента. Кроме того, от правильного выбора метода напрямую зависит и достижение урока. Поскольку педагогический процесс организован непосредственно педагогом, то он имеет одно и то же построение, где и каким бы педагогом он не был организован: то есть содержание-методика-инструмент целей-принципов. Основные фразы: метод, методы обучения, познавательная деятельность, активность мнений, укрепление освоенных знаний. Abstract: Teaching methods depend on the teacher’s chosen method of absorbing any subject into the mind of a student or student. In addition, the achievement of the lesson directly depends on the correct choice of method. Since the pedagogical process is organized directly by the teacher, it has the same construction, where and whatever teacher it is organized: that is, the content-methodology-tool of the goals-principles. - 18 -