Uploaded by Mirjalol Egamberdiyev

3-mavzu Soha (hh

advertisement
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
O’ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
KOMPYUTER LINGVISTIKASI VA AMALIY
TILSHUNOSLIK KAFEDRASI
O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI
3-amaliyot
O‘ZMU - 2023
Maqsad:
• O‘zbek tilining leksik qatlami haqida ma’lumot olish va tahlil qilish.
• Mavzuga kreativ yondashishni tashkil qilish.
• Mushohada qilish.
• Mustaqil ishlashga yo‘naltirish.
O‘zbek tilining leksik qatlami
Reja:
Leksikologiyaning o‘rganish obyekti va vazifalari.
1.
So‘zlarda shakl va mazmun munosabati.
2.
3
So‘zlarda ko‘p ma’nolilik va bir ma’nolilik
3.
4.
Terminlar. Ijtimoiy leksika va sohaviy leksika
Leksikologiyaning obyekti tilning lug‘at
boyligidir
Bu boylik tilshunoslikda leksika deb ataladi, u muayyan tildagi
barcha so‘z larni va shu so‘z lar bog'lanishidan tarkib topgan
ko'chma ma’noli turg'un konstruksiyalarni (frazemalarni) o‘z
ichiga oladi. Leksika atamasi ba’zan tor ma’nolarda ham
qo'llanadi: dialektal leksika, kasb-hunar leksikasi, ilmiy
leksika, vulgar leksika, Tohir Malik asarlari leksikasi kabi.
Leksikologiyaning predmeti — lug'at boyligining
strukturaviy va sistemaviy xususiyatlarini, taraqqiyot
qonuniyatlarini, tilning boshqa sathlari (fonetik sath,
grammatik sath) bilan aloqasini tadqiq qilish
Leksikologiyaning vazifalari:
• a) muayyan til lug'at boyligidagi eskirish va yangilanish
jarayonlarini, bu jarayonlarda lisoniy va nolisoniy (lingvistik va
ekstralingvistik) omillarning ishtirokini o'rganish; b) lug'aviy
birliklarning funksional-semantik tavsifmi berish, eskirgan,
yangi va zamonaviy qatlamlarini, tematik guruhlari va
mikrosistemalarini aniqlash, lisoniy va uslubiy xususiyatlarini
yoritish;
• d) talabalarni leksikaga oid nazariy bilimlar bilan
qurollantirish, ularda leksik-semantik tahlil ko'nikmalarini
shakllantirish.
So‘zlarda shakl va mazmun munosabati
to‘rt xil:
Sinonim
ANTONIM
PARONIM
Omonimlar – shakli bir xil, ammo ma’nosi tubdan farq qiluvchi leksema(so‘z)
lar. Masalan, о‘t («olov») - о‘t («maysa»), kamar («qayish, ko‘ndan ishlangan
belbog‘») — kamar («daryo, tog'larda suv o'yib ketgan chuqur joy»), olma (meva) –
olma (fe’l), qo‘y (uy hayvoni) - qo‘y (fe’l) kabi.
Sinonim – shakli, tuzilishi turlicha, ammo ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘gan
leksema (so‘z) lar. Masalan, yuz - bet – aft – bashara – turq; ovqa – taom – yegulik;
kulmoq – tirjaymoq – ishshaymoq tabassum qilmoq qatorini keltirish maqsadga
muvofiq. Sinonim so‘z larda asosiy so‘z bo‘lib, u uslubiy betaraf hisoblanadi va
barcha uslub uchun qo‘llanadi. Masalan, yuz - bet – aft – bashara – turq sinonimik
qatorida yuz –dominanta, ya’ni asos so‘z .
Antonim – qarama-qarshi, zid ma’nolarinin anglatadigan leksema (so‘z) lar.
Masalan, katta – kichik, yosh – qari, oq –qora, past – baland kabi.
Paronim – bitta harfdan farq qiluvchi so‘z lar qatori. Paronimlarni aniqlashda
doimo jufti bo‘lishi lozim. Masalan, asil (aynimaydigan, toza) – asl (nasl, kelib
chiqishi), qasr (bino) – qasir (taqlid so‘z) kabi. Bir so‘zning paronimi bilan uning
xato yozilgan variantini adashtirmaslik lozim. Masalan, aqil aql so‘zining paronimi
emas, uning xato yozilgan variantidir. Paronim bo‘lishi uchun juftliklardagi har bir so‘z
til lug‘at boyligida mavjud bo‘lishi lozim.
Nutqda so‘z lar bir ma’nolilik va
ko‘p ma’nolilik shaklda qo‘llanadi.
Bir ma’nolilik – monosemiya
ko‘p ma’nolilik – polisemiya
Leksik monosemiya
Leksik monosemiya (yunoncha: monos — «bir» + semia - «belgi») leksemaning faqat bitta ma’noga ega bo‘lishi. Masalan, o‘zbek tilidagi
guruch leksemasi «sholidan oqlab olinadigan oshlik don» ma’nosini, abadiy
leksemasi «mangu, doimiy» ma’nosini, tun leksemasi «sutkaning kun
botishdan kun chiqqungacha, oqshomdan tong otguncha bo‘lgan qismi»
ma’nosini ifodalaydi. Bu leksemalarning boshqa ma’nolari yo‘q.
Monosemiya hodisasi o‘zbek tilshunosligida bir ma’nolilik deb ham
yuritiladi. Bir ma’nolilik ko‘proq terminlarga, yangi yaratilgan yoki boshqa
tildan yangi o‘z lashtirilgan leksemalarning boshlang‘ich ishlatilish davriga
xosdir: to‘rtburchak (matem. termin), go‘mmaxona (yangi yaratilgan
leksema), supermarket (yangi o‘z lashtirilgan so‘z) kabi. Yangi yaratilgan
yoki boshqa tildan yangi o‘z lashtirilgan leksemalar vaqt o'tishi bilan turli
lisoniy va nolisoniy omillar ta’sirida ko‘p ma’noli so‘z larga aylanib qolishi
mumkin. Atoqli otlar ham shartli ravishda monosemantik leksemalar
qatoriga qo‘shiladi.
Leksik polisemiya
• Leksik polisemiya (yunoncha: poli — «ko'p» + semia - «belgi») —
leksemaning bir necha ma'noga ega bo'lishi. Masalan, tuz leksemasining
semantik tarkibida quyidagi leksik ma'nolar bor:
• 1) «kislota tarkibidagi vodorod o'rnini biror metall egallashi natijasida hosil
bo'Iadigan kimyoviy birikmalar» (asosiy tuzlar, sulfat kislota tuzJari);
• 2) «kimyoviy birikmaning ovqat uchun ishlatiladigan bir turi» (osh tuzi);
• 3) ko'chma: «kimsaning boshqa odamga bergan, yedirgan-ichirgan ovqati»
(tuz bermoq, tuzini yemoq);
• 4) ko'chma: mantiq, ma'no, mazmun: «Iye-iye, bu oyimchaning gapida tuz
bormi o‘zi?» (I.Rahim.) Leksik polisemiya, odatda, bir leksemaning
semantik tarkibidagi leksik ma’nolar orasida mazmuniy bog'lanish borligiga
tayanadi, shu xususiyati bilan leksik omonimiyadan farq qiladi. Leksik
polisemiyaning yuzaga kelishi ma’no taraqqiyoti qonuniyati bilan
belgilanadi.
Terminlar
• Fan, texnika, adabiyot, san'at va boshqa sohalarga oid
ixtisoslashgan, qo'llanishi muayyan soha bilan chegaralangan
tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa,
shona (botanikada); to'rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega,
kesim
(tilshunoslikda),
qofiya,
turoq
vazn
(adabiyotshunoslikda) kabi. Terminlarning ifoda plani so‘z ga
(hujayra, to'qima) yoki turg'un birikmaga (o'q ildiz. popuk
ildiz) teng bo'ladi. Har ikki ko'rinishda ham termin leksema deb
hisoblanadi, bunda uning nominativ birlik ekanligi e’tiborga
olinadi. Terminlarning mazmun planida muayyan soha
tushunchalari ifodalangan bo'ladi.
O‘zbek tilida so‘zlarning boyish manbalari 2 xil usul bilan
amalga oshiriladi:
• 1. O‘zlashgan qatlam — o‘zbek tili leksikasining boshqa tillardan o‘zlashtirilgan
leksemalardan iborat qismi. Masalan: maktab, oila (ar.), daraxt, gul (f-t.), axta, bahodir
(mo‘g‘.), afandi (turk.), ravshan (sug‘d.), traktor, avtobus (r-b.) va b.lar. Bu qismda arab, tojikfors va rus tillaridan o‘z lashtirilgan so‘z lar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
• 1. Arab tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar — adabiyot, axborot, avlod, ayol, maktab, maorif,
mа’naviyat, hosil, hukumat, odam, haqiqat, intizom, inshoot…;
• 2. Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar - sartarosh, avra, avra-astar, badbo‘y, badjahl,
baland, baravar, barvasta, bardam, barzangi, barra, baxtiyor, bachkana, оzoda, toza.
• 3. Ruscha-baynalmilal so‘zlar - o‘zbek tiliga rus tilidan va u orqali Yevropa tillaridan
o‘zlashtirilgan leksemalar: gazeta, jurnal, avtobus, trolleybus, teatr, roman, sujet, geometriya,
fizika, matematika, traktor, kombayn, raketa, avtomat, armiya va b.
2. O‘z qatlam - o‘zbek tili leksikasining umumturkiy va sof o‘z bekcha
so‘z lardan iborat qismi. Umumturkiy so‘z lar - o‘zbek tili lug‘at boyligidagi
eng qadimgi lug‘aviy birliklar. Sof o‘zbekcha so‘zlar - o‘zbek tilining o‘zida
yasalgan (nisbatan yangi) leksemalar.
Kasb-hunar leksikasi
Kasb-hunar leksikasi ijtimoiy mehnatning u yoki bu turiga, ishlab
chiqarish, ilm-fan, adabiyot-san’at va hokazo sohalarga oid narsa-hodisa
hamda tushuncha nomlaridir: degrez ~ «qozon, omoch tishi va boshqa cho'yan
asboblar quyuvchi usta», kavshar - «metall buyum, detal va sh.k.ni bir-biriga
ulash uchun ishlatiladigan metall yoki qotishma», changchi, urug'chi, gultoj
(botanikaga oid tushuncha nomlari) kabi.
Bular tilshunoslikda
professionalizmlar yoki professional leksika deb ham ataladi. Professional
leksikaning ilm-fanga, texnikaga, adabiyotga oid qismi terminlar deb ham
nomlanadi: fonema, morfema, semema (tilshunoslik terminlari), tangens,
sinus, teorema, katet (matematika terminlari) kabi. Kasb-hunar leksikasi
(professionalizmlar), asosan, muayyan sohaga oid og'zaki va yozma matnlarda
faol qo'llanadi, umumtil doirasida esa ular ancha passiv bo'ladi. Bunday qatlam
leksemalarining ishlatilish doirasidagi chegaralanish shu bilan belgilanadi.
Topshiriqlar
Payshanba — maosh kuni edi. Peshindan keyin atrofi taxta
devor bilan omonat о ‘ralgan qurilish hovlisiga chang-to‘z on
ko‘tarib «ZIL» mashinasi kirib keldi. Chekkadagi ko‘chma
vagoncha oldida voshillab to‘xtadi. Kabina eshigi ochilib,
qo'ltig'iga qora sumka qistirgan kassir qiz - Faya sakrab tushdi.
Vagoncha zinasiga pildirab chiqib baqirdi: — Yigitlar, kelig'iz,
zarplata olig'iz! Betonchi Safar aka ayiqdek lapanglab vagoncha
tomonga birinchi bo‘lib yurdi. Ketidan pavvandchimiz Ikrom
aka. Uning ketidan Erkin degan takellajchi yigit. (O‘.Hoshimov).
Berilgan matnda sohaga oid leksikalarni toping.
Savollar:
• Leksikologiyaning maqsad va vazifalari nimadan iborat?
• Leksikologiyada nima o‘rganiladi?
• Ma’no ko‘chish turlarini sanab bering.
• Terminlar nima?
• Leksik polisemiya va leksik monosemiyaning kontekstda qo‘llanilishini
izohlang.
• O‘z qatlam doirasidagi leksikalarga misollar keltiring.
• O‘z lashgan so‘z larning yasalish qonuniyatlari haqida gapiring.
• Leksemalar qo‘llanilishining chegaralangan va chegaralanmagan jihatlarini
izohlang.
• Leksikologiyaga oid terminlar izohini ayting
• Sohaga oid leksikalar haqida gapiring. Sohangizga oid qanday terminlarni
bilasiz?
Test topshiriqlari
1. Kumush choyshab yopib dalalar qor qo’ynida uxlab yotadi. Ushbu gapdagi kumush
choyshab birikmasida ma’no ko’chishining qaysi turi qo’llangan?
a) metafora.
b) metonimiya
s) sinekdoxa
d) vazifadoshlik
2. Ot (ism), ot (hayvon), ot (fe’l) so‘z lari to'g'ri tavsiflangan javobni toping.
a) ko'p ma’noli so‘z
b) bir xil shaklga ega bo'lgan shakldosh so‘z .
s) 1, 2 –shakldosh, 3 - ko'p ma’noli so‘z
d) polisemik so‘z lar
3. Lermontovni tashlamadim hech, So‘ngra qo‘lga oldim Hofizni. Pushkin menga ko‘rsatdi
har kech, Yig‘lab turgan bir cherkas qizni.
Ushbu parchada ma’no ko‘chishining qaysi turi qo‘llangan?
a) metafora
b) sinekdoxa
s) metonimiya.
d) vazifadoshlik
4. Qaysi gapdagi leksemalar o‘z ma’nosida qo‘llangan ?
a) O‘z bekistonda zaharli ilonlarning ko‘p turlari bor.
b) Zahringni sochding-a?
s) Zahri qotilning barchasi yo‘q qilindi
d) Hamzaning “Zaharli hayot yohud ishq qurbonlari” asari sahnalashtirilgan
5. Quyidagi gaplarning qaysi birida so‘z qo'llashga oid uslubiy xato mavjud?
a) Oy yuzidan nur yog‘di sim-sim
b) Turqingni qara, betavfiq
s) Orazin yopg‘ach ko‘z indin sochilur har lahza yosh d) Go‘z al qiz Oysuluvning
basharasida ter ko'rindi.
6. Leksik ma’no taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillar qaysilar?
a) polisimek va monosemik omillar
b) o‘z va o‘z lashgan omillar
s) lingvistik omillar va ekstralingvistik omillar
d) shakliy va mazmuniy omillar
7. Quyidagi so‘z larning qaysi birida shakldoshlik (omonimlik) ot va fe’l turkumi
o‘rtasida vujudga kelmaydi?
a) o‘t
b) to‘r
s) olma
d) ot
8. Sinekdoxa yo‘li bilan ma’nosi ko‘chgan so‘z qatnashgan gapni aniqlang.
a) Yig'ilishga mo‘ylovni ham chaqirib kelishdi b) Oltin olma duo ol
d) Ko‘zi -dengiz
Adabiyotlar:
• Abduraxmonova M., Fattoxova D., Xalmuxamedova U., Inogamova N.,
Egamberdiyeva N. O‘zbek tili (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: “Mumtoz
so‘z”, 2018.
• Hamrayev Sh. O‘zbek adabiyoti. Ma’ruza matni. Toshkent. 2020.
• http://ziyonet.uz/ru
• https://arboblar.uz/uz
Download