Uploaded by umahmudov556

710-21 guruh talabasi Mahmudov Umidjonning Kompyuter Tarmoqlari fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi.doc

advertisement
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
Kompyuter injiniringi fakulteti
710-21 guruh talabasi
Muhammadqulov Muhammadalining
“ Algoritmlarni loyihalash”
fanidan bajargan
MUSTAQIL
ISHI
Mavzu: Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi.
Bajardi: Mahmudov U
Tekshirdi: Polvonov A
Reja:
1.Korxonalarda axborot xavfsizligi konseptsiyasi tuzilmasi.
2.Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi.
3.Tashkilot axborot xavfsizligi siyosati.
4.Simsiz tarmoq arxitekturasi.
5.Tarmoq skanerini tadqiq qilish.
6.Asosiy tarmoq hujumlari.
7.Regional simsiz tarmoqlar.
Korxonalarda axborot xavfsizligi konseptsiyasi tuzilmasi.
Konsepsiya–axborot xavfsizligi muammosiga rasmiy qabul qilingan qarashlar tizimi va uni
zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda yechish yo‘llari. Konsepsiyada ifodalangan
maqsadlar, masalalar va ularni bo‘lishi mumkin bo‘lgan yechish yo‘llari asosida axborot
xavfsizligini ta’minlashning muayyan rejalari shakllantiriladi. Konsepsiyani ishlab chiqishni uch
bosqichda amalga oshirish tavsiya etiladi.
Birinchi bosqichda himoyaning maqsadli ko‘rsatmasi, ya’ni qanday real boyliklar, ishlab
chiqarish jarayonlari, dasturlar, ma’lumotlar bazasi himoyalanishi zarurligi aniqlanishi shart.
Ushbu bosqichda himoyalanuvchi alohida ob`ektlarni ahamiyati bo‘yicha tabaqalashtirish
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ikkinchi bosqichda himoyalanuvchi ob`ektga nisbatan bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoiy harakatlar
tahlil qilinishi lozim. Iqtisodiy josuslik, terrorizm, sabotaj, buzish orqali o‘g‘irlash kabi keng
tarqalgan jinoyatchiliklarning real xavf-xatarlik darajasini aniqlash muhim hisoblanadi. So‘ngra,
niyati buzuq odamlarning himoyaga muhtoj asosiy ob`ektlarga nisbatan harakatlarining
ehtimolligini tahlil qilish lozim.
Uchinchi bosqichning bosh masalasi – vaziyatni, xususan o‘ziga xos mahalliy sharoitni, ishlab
chiqarish jarayonlarini, o‘rnatib qo‘yilgan himoyaning texnik vositalarini tahlil qilishdan iborat.
Axborot xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar kompleksining asosini axborot himoyasining strategiyasi
tashkil etishi lozim. Unda ishonchli himoya tizimini qurish uchun zaruriy maqsadlar, mezonlar,
prinsiplar va muolajalar aniqlanadi. Axborot himoyasi umumiy strategiyasining muhim
xususiyati xavfsizlik tizimini taqiqlashdir. Ikkita asosiy yo‘nalishni ajratish mumkin:
• Himoya vositalarining tahlili;
• Hujum bo‘lganini aniqlash.
Axborot xavfsizligini ta’minlash iyerarxiyasidagi ikkinchi masala siyosatni aniqlashdir. Uning
mazmuni eng ratsional vositalar va resurslar, ko‘rilayotgan masala maqsadi va unga
yondashishni tashkil etadi. Bu hujjat matnni bir nechta sahifalaridan iborat bo‘lib, tarmoq fizik
arxitekturasini shakllantiradi, undagi axborot esa himoya mahsulotini tanlashni aniqlaydi.
Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi.
Kompyuter tarmog’i (Computer NetWork, net–tarmoq va work–ish) – bu kompyuterlar
o’rtasida axborotlar almashinuvi tizimidir.Yoki boshqacha qilib aytsak: Kompyuter tarmog`i –
bu ikkita yoki undan ko‘proq kompyuterlarning va boshqa qurilmalarning bir biriga kabellar
bilan ulanishidan hosil bo‘ladigan tarmoqdir.
Kompyuter (hisoblash) tarmog'i– aloqa kanallari yordamida ma`lumotlarni tarmoqlangan
qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar va terminallar to'plami bo'lib, u ko'p
mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.Kompyuter tarmog'i "tarmoq abonenti",
"stansiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo’ladi.
Tarmoq abonenti tarmoqda axborotni yuzaga keltiruvchi yoki uni istemol qiluvchi ob`ektdir.
Stansiya– axborot uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi ob`ektdir. Alohida
kompyuterlar, kompyuter majmualari, terminallar, sanoat robotlari, programmaviy boshqaruvli
dastgohlar va shu kabilar tarmoq abonentlari bo'lishlari mumkin va xar bir abonent stansiyaga
ulanadi.Abonent va stansiya birgalikda "abonent tizimi“ deb ataladi. Abonentlarning o'zaro
aloqasini tashkil etish uchun fizik uzatish muhiti mavjud bo'lishi kerak.
Fizik uzatish muhiti– elektr, radio yoki boshqa signallar yordamida amalga oshiriladigan aloqa
kanali va ma`lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmalaridir. Fizik uzatish muhiti negizida
abonent tizimlari o'rtasida axborot uzatishni ta`minlovchi kommunikasion tarmoq tashkil etiladi.
Bunday yondashuv har qanday komppyuter tarmog'ini abonent tizimlari va kommunikasion
tarmok yig'indisi sifatida ko'rish imkonini beradi.
Kompyuter tarmoqlari quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi:

Geografik (xududiy) joylashuvi bo’yicha;

Ishlab chiqarish bo’limlarining miqyosi bo’yicha;

Boshqarish usuli bo’yicha;

Axborotni uzatish tezligi bo’yicha;

Aloqa (ulanish) topologiyasi tuzilishi bo’yicha.
Abonent tizimlarining xududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy
turkumga ajratish mumkin:

Lokal tarmoqlar- (LAN– Local Area Network);

Mintaqaviy tarmoqlar- ( MAN–Metropolitan Area Network);

Global tarmoqlar- (WAN– Wide Area Network);

Lokal kompyuter tarmog'i uncha katta bo'lmagan xudud chegarasida joylashgan
abonentlarni birlashtiradi. Masalan, korxonalar, tashkilotlar, firmalar, banklar, ofislar
miqyosidagi komppyuterlarni o'zaro birlashtiruvchi tarmoqlar lokal kompyuter tarmog'i
turkumiga kiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmoqlari abonentlarining xududiy
joylashuvi bo'yicha qat`iy cheklashlar yo‘q.

Mintaqaviy kompyuter tarmog'i bir-biridan ancha uzoq masofada joylashgan
komppyuterlarni va lokal kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'laydi. U katta shaxar,
iqtisodiy mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonentlarni o'z ichiga olishi mumkin.
Odatda, mintaqaviy hisoblash tarmog'i abonentlari o'rtasida masofa o'nlab, yuzlab
kilometrni etadi.

Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlar yoki kit`alarda joylashgan abonentlarni
birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o'rtasidagi aloqa telefon, radio aloqa va kosmos
aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi.
Tarmoq miqyosi (o’ljami)
Ishlab chiqarih, tashkilot miqyosi (масштаби) bo’yicha tarmoqlar
quyidacha farqlanadi:

Bo’limlar tamog’i (сети отделов);

Kampuslar tarmog’i (сети кампусов);

Tashkilot, kompaniya tarmoqlari (корпоративные сети).
Boshqarish usullari bo’yicha tarmoqlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
“Mijoz – server” tarmoqlari (Клиент–сервер);

Mijoz– bu tarmoqqa so’rovlar beruvchi (kompyuter yoki dastur) ob`ektdir. Yoki
boshqacha aytganda Mijoz- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, faqat tarmoq resurslaridan
foydalanadi, ya`ni tarmoq unga xizmat qiladi.

Server–bu tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi (kompyuter yoki dastur) ob`ekt. Yoki
boshqacha aytganda Server- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, boshqa abonentlarga o‘zining
resurslarini taqdim etadi, o‘zi esa boshqa abonentlarni resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni
faqat tarmoqga xizmat qiladi.

“Peer–to Peer” (teng huqukli) tarmoqlar (одноранговые сети) bir rangli tarmoqlar, yani
tarmoqdagi barcha kompyuterlar bir xil kirish va resurslar huquqiga ega.
Tashkilot axborot xavfsizligi siyosati.
Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi ob`ekt va
uning vazifalari aniqlanadi. So‘ngra dushmanning bu ob`ektga qiziqish darajasi,
hujumning ehtimolli turlari va ko‘riladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud qarshi
ta’sir vositalari yetarli himoyani ta‘minlamaydigan ob`ektning zaif joylari aniqlanadi.
Odatda ko‘p sonli foydalanuvchilarga ega bo‘lgan korporativ kompyuter tarmoqlari
uchun maxsus “Xavfsizlik siyosati” deb ataluvchi, tarmoqda ishlashni ma’lum tartib va
qoidalarga bo‘ysindiruvchi (reglamentlovchi) hujjat tuziladi. Siyosat odatda ikki qismdan
iborat bo‘ladi: umumiy prinsiplar va ishlashning muayyan qoidalari. Umumiy prinsiplar
Internetda xavfsizlikka yondashishni aniqlasa, qoidalar nima ruxsat etilishini va nima
ruxsat etilmasligini belgilaydi. Qoidalar muayyan muolajalar va turli qo‘llanmalar bilan
to‘ldirilishi mumkin. Hozirgi kunda axborotni himoyalashning tashkiliy choralari,
shuningdek dasturiy va texnik vositalar yetarli samara bermay qoldi. Shu bois, huquqiy,
jumladan, jinoiy-huquqiy himoya vositalari xavfsizlikning qo‘shimcha choralari sifatida
yuzaga keldi.
Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning kundalik
hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda. Hozirda “axborot
tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo‘lgan
maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi
ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va
ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga
ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan,
yo‘qotishdan va boshqa jinoiy harakatlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi.
Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishni yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan
axborot texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog‘liq qilib qo‘yadi. Axborotning
muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni
himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi
xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qish imkoniga ega bo‘lmagan.
Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning
elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir
necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o„zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi
va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar,
uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin
etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi.
Axborotni himoya qilish deganda: Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu
bilan birga axborot elementlarining buzilishi yoki yo’q qilinishiga yo’l qo’ymaslik;
Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga
(o‘zgartirishga) yo‘l qo‘ymaslik; Axborotni tegishli huquqlarga ega bo‘lmagan shaxslar
yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo‘l qo‘ymaslik; Egasi
tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o‘rtasida
kelishilgan shartnomalar asosida qo‘llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.
Axborot xavfsizlig deb, ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiiy
yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta‟sirlardan har qanday tashuvchilarda
axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Ilgarigi xavf faqatgina konfidensial (maxfiy)
xabarlar va hujjatlarni o‘g‘irlash yoki nusxa olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf
esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan
ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan
moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi. Axborotning himoyasi deb, boshqarish va
ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot
zahiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta‟minlovchi
qat`iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Axborotni
himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat: - axborotning kelishuvsiz chiqib
ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo‘lganxavf – xatarning oldini olish; - axborotni
yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko‘chirish, to‘siqlash bo‘yicha ruxsat
etilmagan harakatlarning oldini olish; - hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida
huquqiy tartibini ta’minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday
noqonuniy aralashuvlarning oldini olish; - axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy
ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning
konstitutsion huquqlarini himoyalash; - davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan
axborotning konfidensialligini saqlash; - axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni
ta‟minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo‘llashda sub`ektlarning huquqlarini
ta’minlash. Axborot xavfsizligining huquqiy ta'minoti axborotni himoyalash tizimida
bajarilishi shart bo‘lganqonun chiqarish aktlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, qoidalar
yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti
masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o‘rganib chiqilmoqda. Kompyuter
jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida telekommunikatsiya va hisoblash
texnikasi vositalari, dasturiy ta’minot va intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter
jinoyatchiliklarini qilish sohasi sifatida nafaqat kompyuterlar, global va korporativ
tarmoqlar (Internet), balki axborot texnologiyasining zamonaviy, yuqori unumli vositalari
hamda axborotning katta hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari
tanlanadi. Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun
qo„lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlil qilish
natijasida qandaydir muayyan yechimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz
tasavvur etib bo‘lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz ob`ekti, ham tajovuz qiluvchi
instrument sifatida qarash mumkin. Agar axborotning o‘g‘irlanishi moddiy va ma‟naviy
boyliklarning yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi.
Shuningdek, agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog‘liq bo‘lsa,
jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko‘zda tutilgan. Har
qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti xalqaro va milliy huquqiy
me’yorlarni o’z ichiga oladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy me’yorlari
Simsiz tarmoq arxitekturasi.
Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib birinchi
radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida amplituda
modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu texnologiyalarni rivojlanish
jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni radioto’lqinlar orqali
uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Dastlab bular analog tarmoqlarda
ishlagan bo’lsa, 80-yillar boshida raqamli standartlarga o’tish boshlanganligini
anglatuvchi, spektrni yaxshi taqsimlashini, eng yaxshi sifatli signalni va eng yaxshi
xavfsizlikni ta’minlovchi GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-yillarida simsiz
tarmoqlar holatini mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik
bilan rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunda simsiz texnologiyalar kundalik
hayotimizga mustahkam joylashib bormoqda, yuqori tezlikni ta’minlash bilan birga ular
yangi qurilma va xizmatlarni taqdim etmoqda. Yangi CDMA (Code Division Multiple
Access - kanallarni kodli taqsimlash texnologiyasi), GSM (Global Systems for Mobile
Communications- mobil aloqa tarmoqlarining global tizimi), TDMA (Time Division
Multiple Access-kanallarni vaqt orqali taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless
Application Protocol-simsiz texnologiyalar protokoli), 3G va 4G (uchinchi va to’rtinchi
avlod texnologiyalari), GPRS (General Packet Radio Service, ma’lumotlarni paketlab
uzatish xizmati), Bluetooth (o’rta va qisqa masofa tarmog’i), EDGE (Enhanced Data
Rates for GSM Evolution, takomillashtirilgan GSM tarmoq) va shu kabi
texnologiyalarning xilma-xilligi bu sohada tub burilish boshlanayotganini anglatib
turibdi. Simsiz lokal tarmoqlar (WLAN) hamda o’rta va qisqa masofa tarmoq (Bluetooth)
larning rivojlanishi juda istiqbollidir. Simsiz lokal tarmoqlar aeroportlar, universitet va
institutlar, mehmonxonalar, restoranlar, korxona va tashkilotlar tarmoqlarida ko’plab
qo’llanilmoqda. Simsiz tarmoqlarni standartlarini ishlab chiqish 1990 yilda butunjahon
IEEE (Elektr va elektronika bo’yicha muhandislar instituti) tashkiloti tomonidan 802.11
komiteti tashkil etilishi bilan boshlangan. Butunjahon o’rgimchak to’ri va bu tarmoqda
simsiz qurilmalar yordamida ishlash g’oyasi simsiz texnologiyalarning rivojlanish
jarayonlariga muhim turtki vazifasini o’tadi.
90-yillar oxiriga kelib foydalanuvchilarga WAP-xizmati taqdim etildi. Shuni ta’kidlash
kerakki boshida bu xizmat ko’pchilikda uncha qiziqish uyg’onmadi. WAP-xizmati asosiy
axborot xizmatlari sifatida - yangiliklar, ob-qavo, kundalik va boshqa xizmatlar
to’plamini taqdim etgan edi. Shuningdek, Bluetooth va WLAN dan ham ushbu aloqa
vositalarining qiymati yuqoriligi bois juda kam miqdorda foydalanishgan. Lekin
narxlarning tushishi ushbu vositalarga bo’lgan talab va qiziqishni ortishiga sabab bo’ldi.
XXI asrning dastlabki o’n yilligi o’rtalariga kelib simsiz Internet-servisi
foydalanuvchilarining soni bir necha o’n millionga etdi. Simsiz Internet-aloqasining
paydo bo’lishi bilan birinchi o’rinda uning xavfsizligini ta’minlash masalalari ko’tarildi.
Simsiz tarmoqlardan foydalanganda paydo bo’lgan asosiy muammolar sirasiga
quyidagilarni keltirib o’tish lozim - bu maxsus xizmat, tijorat tashkilotlari va xususiy
tadbirkorlar jo’natmalarini tutib qolish, kredit kartochkalar nomerlarini tutib qolish,
bog’lanish uchun to’lov vaqtini o’g’irlash, kommunikatsiya markazlari ishiga xalal berish
kabilardir. Bu muammolar aloqa standartlarini takomillashtirish orqali hal etib
borilmoqda. Simsiz texnologiyalar taraqqiyotining ahamiyatli jihati shundaki, bu
texnologiyalardan uy sharoitidagi foydalanuvchilar qulay tarzda foydalana olishlaridir.
Uy tarmog’i qurilmalari sonining ortishi bilan ushbu qurilmalarni birbiri bilan ulovchi
ko’plab simlar bu tarmoqning asosiy muammosiga aylanib bormoqda. Bu o’z navbatida
simsiz texnologiyalarga o’tishga sabab tug’dirmoqda. Simsiz texnologiyalarning yakka
tartibda foydalanuvchilari soni salmoqli bo’lsada tezkor o’sib boruvchi segmenti - bu
uning korporativ foydalanuvchilari hisoblanadi. Ma’lumotlarni simsiz uzatish muhim
strategik vosita hisoblanib korxonada unumdorlikni oshishi (hodimlar korporativ
axborotlarga doimiy va tezkor ega bo’ladilar, ular yangiliklardan tezkor boxabar
bo’ladilar) ni ta’minlaydi, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshiradi (bir vaqtning
o’zida ularning shikoyatlarini va xohishlarini qabul qilish hamda bir vaqtning o’zida
sezish mumkin), raqiblarga nisbatan ustunlikni yaratadi (axborotlarni almashish va qaror
qabul qilish tezliklarini oshishi). Bir so’z bilan simsiz texnologiyalarni kelajak
texnologiyalari deb aytishimiz mumkin.
Tarmoq skanerini tadqiq qilish.
Umumiy tarmoqni inventarizatsiya qilishda IP-skaner bu foydalanuvchining mahalliy
tarmog'ida mavjud qurilmalarni topishni osonlashtiradigan ajralmas vositadir. Barcha
ma'lumotlar avtomatik ravishda olinadi va mahalliy tarmoqda topilgan kompyuterlar va
boshqa qurilmalar haqida batafsil ma'lumot mavjud. IP-qurilma skaneri bir vaqtning
o'zida bir nechta muhim vazifalarni bajarishga imkon beradi.
IP tarmoq skaneri juda moslashuvchan va sezgir interfeysga bundan tashqari qo'shimcha
ravishda juda ko'p zarur funktsiyalarga ega, oson sozlanadigan parametrlar va yuqori
tezlik. Mahalliy tarmoqni skanerlash uchun har qanday dasturning asosiy
xususiyatlaridan biri bu tarmoq xavfsizligiga e'tibor berishdir. IP-manzil skaneri
foydalanuvchi tarmoqlariga ulangan barcha qurilmalar va ushbu qurilmalardagi ochiq
portlar haqida ma'lumot beradi. Muayyan qurilmaning tarmoqqa zararli yoki zararli
ekanligini masofadan tekshirishingiz mumkin.
LAN-dagi IP-manzil skanerlari barcha qurilmalarni kuzatishga va tarmoq va ma'lumotlar
bazasi xavfsizligiga zararli bo'lishi mumkin bo'lgan shubhali elementlarni yo'q qilishga
imkon beradi.Port raqamlari va IP manzillaridan tashqari, o'rnatishdan so'ng darhol
skanerlash yordam dasturi qurilmalar haqida barcha mavjud ma'lumotlarni taqdim etishga
tayyor. Skanerlash jarayoni 100% avtomatlashtirilgan, sodda va ko'p vaqtni talab
qilmaydi. Shu bilan birga, brauzerning rolini hech qachon e'tibordan chetda qoldirmaslik
kerak, chunki u tarmoqni raqamli tahdidlardan va har qanday zarardan himoya qiladi.
Siz ba'zi tarmoq elementlarini qo'lda kuzatib borish qiyinligini payqagan bo'lishingiz
mumkin. Brauzer ularni qisqa vaqt ichida to'ldirib, ularni izlashni soddalashti radi. U
sizning mahalliy tarmog'ingizdagi har qanday xostning aniq IP manzilini beradi.
Tarmoqni skanerlash vositalaridan foydalanib qanday ma'lumotlarni to'plash mumkin?
Sichqonchani bosish va mahalliy tarmoqni skanerlash dasturi barcha aniqlangan tarmoq
qurilmalari to'g'risida to'liq ma'lumot oladi. Odatda bu quyidagilarni o'z ichiga oladi:
o
IP va MAC manzili;
o
OT turi va kompyuter ta'minotchisi;
o
Qaysi portlar ochiq va ularning holati;
o
Uskunalar va dasturlarning ro'yxati va boshqalar.
Asosiy tarmoq hujumlari
Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga kiritilgan kompyuter va axborot
texnologiyalari, telekomunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Internet
xizmatlaridan foydalanish rivojlanmoqda va modernizatsiyalashmoqda. Jamiyatimizning
barcha sohalariga kundalik hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy
etish istiqboldagi maqsadlarimizga erishishni ta’minlaydi. Har bir soha faoliyatida
Internet tarmog‘idan foydalanish ish unumdorligini oshirmoqda.
Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor ma’lumot almashish vaqtdan yutish imkonini
beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va uning zamirida
davlat boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning mustahkamlanishini
tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi. Tarmoqdan samarali
foydalanish demokratik axborotlashgan jamiyatni shakllantirishni ta’minlaydi. Bunday
jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta
ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tezkor natijaga ega bo‘linadi.
Biroq tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish
kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Ish faoliyatini tarmoq
bilan bog‘lagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari ma’lumot almashish uchun
tarmoqqa bog‘lanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga jiddiy e’tibor qara-tishi kerak.
Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotni
ishonchli tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vositalar va usullarni qo‘llash,
choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirish orqali amalga oshiriladi. Tarmoq
xavsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan vosita xavf-xatarni tezda aniqlashi va
unga nisbatan qarshi chora ko‘rishi kerak. Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko‘p turlari
bor, biroq ular bir necha toifalarga bo‘linadi:
o
axborotni uzatish jarayonida hujum qilish orqali, eshitish va o‘zgartirish
(Eavesdropping);
o
xizmat ko‘rsatishdan voz kechish; (Denial-of-service)
o
portlarni tekshirish (Port scanning).
Axborotni uzatish jarayonida, eshitish va o‘zgartirish hujumi bilan telefon aloqa
liniyalari, internet orqali tezkor xabar almashish, videokonferensiya va faks jo‘natmalari
orqali amalga oshiriladigan axborot almashinuvida foydalanuvchilarga sezdirmagan
holatda axborotlarni tinglash, o‘zgartirish hamda to‘sib qo‘yish mumkin. Bir qancha
tarmoqni tahlillovchi protokollar orqali bu hujumni amalga oshirish mumkin. Hujumni
amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotlar orqali CODEC (video yoki ovozli analog signalni
raqamli signalga aylantirib berish va aksincha) standartidagi raqamli tovushni osonlik
bilan yuqori sifatli, ammo katta hajmni egallaydigan ovozli fayllar (WAV)ga aylantirib
beradi. Odatda bu hujumning amalga oshirilish jarayoni foydalanuvchiga umuman
sezilmaydi. Tizim ortiqcha zo‘riqishlarsiz va shovqinsiz belgilangan amallarni
bajaraveradi. Axborotning o‘g‘irlanishi haqida mutlaqo shubha tug‘ilmaydi. Faqatgina
oldindan ushbu tahdid haqida ma’lumotga ega bo‘lgan va yuborilayotgan axborotning o‘z
qiymatini saqlab qolishini xohlovchilar maxsus tarmoq xafvsizlik choralarini qo‘llash
natijasida himoyalangan tarmoq orqali ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tarmoq orqali ma’lumot almashish mobaynida yuborilayotgan axborotni eshitish va
o‘zgartirishga qarshi bir necha samarali natija beruvchi texnologiyalar mavjud:
o
IPSec (Internet protocol security) protokoli;
o
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq;
o
IDS (Intrusion Detection System) ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimi.
Ipsec (Internet protocol security) bu xavfsizlik protokollari hamda shifrlash
algoritmlaridan foydalangan holda tarmoq orqali xavfsiz ma’lumot almashish imkonini
beradi. Bu maxsus standart orqali tarmoqdagi kompyuterlarning o‘zaro aloqasida dastur
va ma’lumotlar hamda qurilmaviy vositalar bir-biriga mos kelishini ta’minlaydi. Ipsec
protokoli tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning sirliligini, ya’ni faqatgina yubo-ruvchi
va qabul qiluvchiga tushunarli bo‘lishini, axborotning sofligini hamda paketlarni
autentifikatsiyalashni amalga oshiradi. Zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llash har
bir tashkilotning rivojlanishi uchun zaruriy vosita bo‘lib qoldi, Ipsec protokoli esa aynan
quyidagilar uchun samarali himoyani ta’minlaydi:
o
bosh ofis va filiallarni global tarmoq bilan bog‘laganda;
o
uzoq masofadan turib, korxonani internet orqali boshqarishda;
o
homiylar bilan bog‘langan tarmoqni himoyalashda;
o
elektron tijoratning xavfsizlik darajasini yuksaltirishda.
VPN (Virtual Private Network) virtual xususiy tarmoq sifatida ta’riflanadi. Bu
texnologiya foydalanuvchilar o‘rtasida barcha ma’lumotlarni almashish boshqa tarmoq
doirasida ichki tarmoqni shakllantirishga asoslangan, ishonchli himoyani ta’minlashga
qaratilgan. VPN uchun tarmoq asosi sifatida Internetdan foydalaniladi.
VPN texnologiyasining afzalligi. Lokal tarmoqlarni umumiy VPN tarmog‘iga
birlashtirish orqali kam xarajatli va yuqori darajali himoyalangan tunelni qurish mumkin.
Bunday tarmoqni yaratish uchun sizga har bir tarmoq qismining bitta kompyuteriga
filiallar o‘rtasida ma’lumot almashishiga xizmat qiluvchi maxsus VPN shlyuz o‘rnatish
kerak. Har bir bo‘limda axborot almashishi oddiy usulda amalga oshiriladi. Agar VPN
tarmog‘ining boshqa qismiga ma’lumot jo‘natish kerak bo‘lsa, bu holda barcha
ma’lumotlar shlyuzga jo‘natiladi. O‘z navbatida, shlyuz ma’lumotlarni qayta ishlashni
amalga oshiradi, ishonchli algoritm asosida shifrlaydi va Internet tarmog‘i orqali boshqa
filialdagi shlyuzga jo‘natadi. Belgilangan nuqtada ma’lumotlar qayta deshifrlanadi va
oxirgi kompyuterga oddiy usulda uzatiladi. Bularning barchasi foydalanuvchi uchun
umuman sezilmas darajada amalga oshadi hamda lokal tarmoqda ishlashdan hech qanday
farq qilmaydi. Eavesdropping hujumidan foydalanib, tinglangan axborot tushunarsiz
bo‘ladi.
Bundan tashqari, VPN alohida kompyuterni tashkilotning lokal tarmog‘iga qo‘shishning
ajoyib usuli hisoblanadi. Tasavvur qilamiz, xizmat safariga noutbukingiz bilan
chiqqansiz, o‘z tarmog‘ingizga ulanish yoki u yerdan biror-bir ma’lumotni olish
zaruriyati paydo bo‘ldi. Maxsus dastur yordamida VPN shlyuz bilan bog‘lanishingiz
mumkin va ofisda joylashgan har bir ishchi kabi faoliyat olib borishigiz mumkin. Bu
nafaqat qulay, balki arzondir.
VPN ishlash tamoyili. VPN tarmog‘ini tashkil etish uchun yangi qurilmalar va dasturiy
ta’minotdan tashqari ikkita asosiy qismga ham ega bo‘lish lozim: ma’lumot uzatish
protokoli va uning himoyasi bo‘yicha vositalar.
Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (IDS) yordamida tizim yoki tarmoq xavfsizlik
siyosatini buzib kirishga harakat qilingan usul yoki vositalar aniqlanadi. Ruxsatsiz
kirishlarni aniqlash tizimlari deyarli chorak asrlik tarixga ega. Ruxsatsiz kirishlarni
aniqlash tizimlarining ilk modellari va prototiplari kompyuter tizimlarining audit
ma’lumotlarini tahlillashdan foydalangan. Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi.
Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Network Intrusion Detection System) va
kompyuterga ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimiga (Host Intrusion Detection System)
bo‘linadi.
IDS tizimlari arxitekturasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
o
himoyalangan tizimlar xavfsizligi bilan bog‘liq holatlarni yig‘ib tahlillovchi
sensor qism tizimi;
o
sensorlar ma’lumotlariga ko‘ra shubhali harakatlar va hujumlarni aniqlashga
mo‘ljallangan tahlillovchi qism tizimi;
o
tahlil natijalari va dastlabki holatlar haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishni
ta’minlaydigan omborxona;
o
IDS tizimini konfiguratsiyalashga imkon beruvchi, IDS va himoyalangan tizim
holatini kuzatuvchi, tahlil qism tizimlari aniqlagan mojarolarni kuzatuvchi
boshqaruv konsoli.
Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi
(Network Intrusion Detection System) va kompyuterga ruxsatsiz kirishni aniqlash
tizimiga (Host Intrusion Detection System) bo‘linadi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni
aniqlash tizimi (NIDS) ishlash tamoyili quyidagicha:
o
tarmoqqa kirish huquqiga ega bo‘lgan trafiklarni tekshiradi;
o
zararli va ruxsatga ega bo‘lmagan paketlarga cheklov qo‘yadi.
Sanab o‘tilgan xavfsizlik bosqichlarini qo‘llagan holda Eavesdropping tahdidiga qarshi
samarali tarzda himoyalanish mumkin.
DOS (Denial-of-service) tarmoq hujumning bu turi xizmat qilishdan voz kechish hujumi
deb nomlanadi. Bunda hujum qiluvchi legal foydalanuvchilarning tizim yoki xizmatdan
foydalanishiga to‘sqinlik qilishga urinadi. Tez-tez bu hujumlar infratuzilma resurslarini
xizmatga ruxsat so‘rovlari bilan to‘lib toshishi orqali amalga oshiriladi. Bunday hujumlar
alohida xostga yo‘naltirilgani kabi butun tarmoqqa ham yo‘naltirilishi mumkin. Hujumni
amalga oshirishdan oldin obyekt to‘liq o‘rganilib chiqiladi, ya’ni tarmoq hujumlariga
qarshi qo‘llanilgan himoya vositalarining zaifligi yoki kamchliklari, qanday operatsion
tizim o‘rnatilgan va obyekt ish faoliyatining eng yuqori bo‘lgan vaqti. Quyidagilarni
aniqlab va tekshirish natijalariga asoslanib, maxsus dastur yoziladi. Keyingi bosqichda
esa yaratilgan dastur katta mavqega ega bo‘lgan serverlarga yuboriladi. Serverlar o‘z
bazasidagi ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarga yuboradi. Dasturni qabul qilgan
foydalanuvchi ishonchli server tomonidan yuborilganligini bilib yoki bilmay dasturni
o‘rnatadi. Aynan shu holat minglab hattoki, millionlab kompyuterlarda sodir bo‘lishi
mumkin. Dastur belgilangan vaqtda barcha kompyuterlarda faollashadi va to‘xtovsiz
ravishda hujum qilinishi mo‘ljallangan obyektning serveriga so‘rovlar yuboradi. Server
tinimsiz kelayotgan so‘rovlarga javob berish bilan ovora bo‘lib, asosiy ish faoliyatini
yurgiza olmaydi. Server xizmat qilishdan voz kechib qoladi.
Xizmat qilishdan voz kechish hujumidan himoyalanishning eng samarali yo‘llari
quyidagilar:
o
tarmoqlararo ekranlar texnologiyasi (Firewall);
o
IPsec protokoli.
Tarmoqlararo ekran ichki va tashqi perimetrlarning birinchi himoya qurilmasi
hisoblanadi. Tarmoqlararo ekran axborot-kommunikatsiya texnologiya (AKT)larida
kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarni boshqaradi va ma’lumotlarni filtrlash orqali AKT
himoyasini ta’minlaydi, belgilangan mezonlar asosida axborot tekshiruvini amalga
oshirib, paketlarning tizimga kirishiga qaror qabul qiladi. Tarmoqlararo ekran tarmoqdan
o‘tuvchi barcha paketlarni ko‘radi va ikkala (kirish, chiqish) yo‘nalishi bo‘yicha
paketlarni belgilangan qoidalar asosida tekshirib, ularga ruxsat berish yoki bermaslikni
hal qiladi. Shuningdek, tarmoqlararo ekran ikki tarmoq orasidagi himoyani amalga
oshiradi, ya’ni himoyalanayotgan tarmoqni ochiq tashqi tarmoqdan himoyalaydi. Himoya
vositasining quyida sanab o‘tilgan qulayliklari, ayniqsa, paketlarni filtrlash funksiyasi
DOS hujumiga qarshi himoyalanishning samarali vositasidir. Paket filtrlari quyidagilarni
nazorat qiladi:
o
fizik interfeys, paket qayerdan keladi;
o
manbaning IP-manzili;
o
qabul qiluvchining IP-manzili;
o
manba va qabul qiluvchi transport portlari.
Tarmoqlararo ekran ba’zi bir kamchiliklari tufayli Dos hujumidan to‘laqonli himoyani
ta’minlab bera olmaydi:
o
loyihalashdagi xatoliklar yoki kamchiliklar — tarmoqlararo ekranlarning har xil
texnologiyalari himoyalana-yotgan tarmoqqa bo‘ladigan barcha suqilib kirish
yo‘llarini qamrab olmaydi;
o
amalga oshirish kamchiliklari — har bir tarmoqlararo ekran murakkab dasturiy
(dasturiy-apparat) majmua ko‘rinishida ekan, u xatoliklarga ega. Bundan tashqari,
dasturiy amalga oshirish sifatini aniqlash imkonini beradigan va tarmoqlararo
ekranda barcha spetsifikatsiyalangan xususiyatlar amalga oshirilganligiga ishonch
hosil qiladigan sinov o‘tkazishning umumiy metodologiyasi mavjud emas;
o
qo‘llashdagi (ekspluatatsiyadagi) kamchiliklar — tarmoqlararo ekranlarni
boshqarish, ularni xavfsizlik siyosati asosida konfiguratsiyalash juda murakkab
hisoblanadi va ko‘pgina vaziyatlarda tarmoqlararo ekranlarni noto‘g‘ri
konfiguratsiyalash hollari uchrab turadi. Sanab o‘tilgan kamchiliklarni IPsec
protokolidan foydalangan holda bartaraf etish mumkin. Yuqoridagilarni
umumlashtirib, tarmoqlararo ekranlar va IPsec protokolidan to‘g‘ri foydalanish
orqali DOS hujumidan yetarlicha himoyaga ega bo‘lish mumkin.
Port scanning hujum turi odatda tarmoq xizmatini ko‘rsatuvchi kompyuterlarga nisbatan
ko‘p qo‘llanadi. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘proq virtual portlarga e’tibor
qaratishimiz kerak. Chunki portlar ma’lumotlarni kanal orqali tashuvchi vositadir.
Kompyuterda 65 536ta standart portlar mavjud. Kompyuter portlarini majoziy ma’noda
uyning eshigi yoki derazasiga o‘xshatish mumkin. Portlarni tekshirish hujumi esa
o‘g‘rilar uyga kirishdan oldin eshik va derazalarni ochiq yoki yopiqligini bilishiga
o‘xshaydi. Agar deraza ochiqligini o‘g‘ri payqasa, uyga kirish oson bo‘ladi. Hakker
hujum qilayotgan vaqtda port ochiq yoki foydalanilmayotganligi haqida ma’lumot olishi
uchun Portlarni tekshirish hujumidan foydalanadi.
Bir vaqtda barcha portlarni tahlil qilish maqsadida xabar yuboriladi, natijada real vaqt
davomida foydalanuvchi kompyuterning qaysi portini ishlatayotgani aniqlanadi, bu esa
kompyuterning nozik nuqtasi hisob-lanadi. Aynan ma’lum bo‘lgan port raqami orqali
foydalanuvchi qanday xizmatni ishlatayotganini aniq aytish mumkin. Masalan, tahlil
natijasida quyidagi port raqamlari aniqlangan bo‘lsin, aynan shu raqamlar orqali
foydalanilayotgan xizmat nomini aniqlash mumkin:
o
Port #21: FTP (File Transfer Protocol) fayl almashish protokoli;
o
Port #35: Xususiy printer server;
o
Port #80: HTTP traffic (Hypertext Transfer [Transport] Protocol) gipermatn
almashish protokoli;
o
Port #110: POP3 (Post Office Protocol 3) E-mail portokoli.
Portlarni tekshirish hujumiga qarshi samarali himoya yechimi tarmoqlararo ekran
texnologiyasidan unumli foydalanish kutilgan natija beradi. Barcha portlarni bir vaqtda
tekshirish haqidagi kelgan so‘rovlarga nisbatan tarmoqlararo ekranga maxsus qoida joriy
etish yo‘li bilan hujumni bartaraf etish mumkin.
Regional simsiz tarmoqlar.
Ethernet texnologiyasi. Local tarmoq texnologiyasining eng keng tarqalgan turi bo’lib,
10 Mbit/s, 100 Mbit/s (Fast Ethernet), 1 Gbit/s hattoki 10 Gbit/s tezlik bilan ulanib turish
imkoniyatiga egadir. Ethernetning yutug‘i tarmoq strukturasi tanlanishidagi qulayligidir.
Ammo ushbu texnologiya kamchiligi, bu uning ma’lum masofadagina ishlay olishidir.
Agarda vitaya para kabelini oladigan bo’lsak, u holda tarmoq masofasi 100 metrdan
oshmasligi aniq. Uzaytirish uchun esa har 100 metrda qurilma qo’yishga to’g’ri keladi
yoki optik toladan foydalanish zarur. Lekin qo’shni binolarni 1 tarmoqda jamlash uchun
bu juda qiyin hamda qimmatga tushishi mumkin.
Wi-Fi texnologiyasi orqali ma’lumot uzatish. Ushbu texnologiya Wi-Fi (802.11a/b/g/n
standartida) ishlab, bino ichida 45 metr uzoqlikda, 100 metr ochiq joyda bemalol katta
tezlikda stabil tarmoqqa ulanish imkonini beradi. Lekin katta hududda sifatli tezlikni
ta’minlash uchun esa juda ham ko’p Wi-Fi nuqtalari o’rnatilishi lozim bo’ladi. Bu esa
texnologiyaga bo’lgan harajatni oshishiga olib keladi. Muammolardan yana biri shuki,
abonent, yani foydalanuvchini bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga ko’chganida, ma’lumot
almashinish hamda ulanishda to’xtovlar vujudga kelishidir.
Yuqorida ko’rib chiqilgan tarmoq texnologiyalari bugungi kunda qo’yilayotgan yuqori
o’tkazuvchanlik, ishonchlilik hamda mobillik darajalarini o’zida qizman yohud to’liq aks
ettira olgani bilan, narh bo’yicha bugungi operatorlarga to’g’ri kelmaydi. Aynan ushbu
muammoni simsiz texnologiyaning yangi avlodi bo’lmish IEEE 802.16
standartli WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) texnologiyasi
hal qilishi mumkin.
WiMAX texnologiyasi: WiMAX maqsadi, vazifasi hamda imkoniyati.
WiMAX texnologiyasini rivoji hamda ko’tarilishi uchun 1999 yili IEEE 802.16 bazasi
qoshida WiMAX-forum tashkil qilingan edi. Forumga Nokia, Harris Corporation,
Ensemble, Crosspan hamda Aperto kabi mashhur kompaniyalar qo’shilishgan. 2005 yil
may oyiga kelib ushbu forumda 230dan ortiq qatnashchilarni birlashtirgan. O’sha
yiliyoq WSIS (World Summit on Information Society) tomonidan WiMAX
texnologiyasiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo’ygan.
o
WiMAX yordamida kichik qishloqlar, uzoq regionlarda information hamda
kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish (ko’pgina chekka hududlarda
telefon hamda kabel tarmoqlarning umuman mavjud emasligini hisobga olgan
holda).
o
WiMAX yordamida yer sharining yarim aholisini information hamda
kommunikatsion texnologiyalarga yo’lni ochish.
WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: WiMAX sistemasi ikki asosiy qismdan
iborat.
o
WiMAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga o’rnatilishi
mumkin).
o
WiMAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki tashqi kartalar form
faktori asosida).
Baza stansiya hamda foydalanuvchi qabul qilgich qurilmasi oralig’idagi bog’lanish past
chastotali diapason (2-11GHz) orqali amalga oshiriladi. Bunday bog’lanish eng yaxshi
sharoitlarda 20 Mb/s tezlikda ma’lumot uzatishga imkon beradi va to’g’ridan-to’g’ri
signal ko’rishni talab etmaydi.
Shuni yodda tutish lozimki, WiMAX texnologiyasi nafaqat “so’nggi milya”, balki
regional tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bog’lashda bemalol qo’llash
mumkin.
Qo’shni baza stansiyalari bilan OYCh (o’ta yuqori chastota 10-66 GHz) to’g’ridan-to’g’ri
radioaloqa rejimida doimiy bog’lanish o’rnatiladi. Bunday bog’lanishlar 120 Mb/s
tezlikda ma’lumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining to’g’ridan
to’g’ri ko’rish orqaligina bir biri bilan ma’lumot almashinishi bu WiMAX ning minus
tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida
bir-biri bilan bog’lanishga orada to’siq bo’la olardi.
Har bir baza stansiyasi yuqori polosali tezkor bog’lanish orqali (T3 va shunga o’xshash)
provayder bilan doimiy bog’lanib turadi. Bu bilan yuklanmani uyali aloqa topologiyasi
asosida teng baza stansiyalariga taqsimlash mumkin.
IEEE 802.16 tarmog’i strukturasi odatiy mobil aloqa tarmog’iga o’xshab ketadi. Bu yerda
ham baza stansiyalari 50 km radiusda xizmat ko’rsata oladi.
WiMAX texnologiyasi: WiMAX ning ishlash rejimlari.
WiMAX da quyidagi rejimlar mavjud:
o
Fixed WiMAX – fiksatsiyalangan aloqa;
o
Nomadic WiMAX – seansli aloqa;
o
Portable WiMAX – siljish rejimidagi aloqa;
o
Mobile WiMAX – mobil aloqa.
Fixed WiMAX fiksatsiyalangan aloqa 10-66 GHz chastota diapazonini ishlatadi. Ushbu
chastotali diapason kuchli so’nish tufayli uzatuvchi hamda qabul qilgichlarning
to’g’ridan to’g’ri bir biriga ko’rish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan
esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo bo’lmish signalning
ko’pnurli tarqalishini oldini oladi va signal uzatish tezligini 120 Mb/s gacha ko’tarilishiga
olib keladi.
Nomadic WiMAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan joyga ko’chib
yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda davom etishi mumkin.
Ushbu rejim asosan portative qurilmalar uchun keng qo’llaniladi.
Portable WiMAX. Portable rejimida foydalanuvchining baza stansiyalar aro aloqani
uzmagan holda avtomatik ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda
foydalanuvchining joydan-joyga ko’chish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim.
To’g’ri, ushbu rejimdan shaxarda foydalanish mumkin, lekin avtomobillarda foydalanish
biroz muammoni tug’diradi.
Mobile WiMAX. 802.16e-2005 standartida ishlab chiqilgan bo’lib, foydalanuvchining
joydan-joyga ko’chib yurish tezligini maksimal 120 km/soatgacha bo’lganda sifatli
aloqani taminlay oladi. Mobile rejimning yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali sanab
o’tishimiz mumkin:
42.
Ko’pnurli signal tarqalishi hamda shaxsiy xalaqitlarga bardoshliligi.
43.
Kanalning yuqori o’tkazuvchanligi.
44.
Time Division Duplex (TDD) texnologiyasi yordamida assimetrik traffikni qayta
ishlab, kanallarning estafeta shaklidagi sessiyasi orqali antenalarning
boshqaruvini osonlashtiradi.
45.
Hybrid-Automatic Repeat Reqest (H-ARQ) texnologiyasi esa foydalanuvchining
tezkor joydan-joyga ko’chishidagi aloqani stabilligini tamillab beradi.
46.
Yuklanmaning kattaligida ham foydalanuvchi qurilmasidan kanalning yuqori
tezlikdan eng maksimal darajada foydalana olishi.
47.
Kutish rejimida energiyaning minimal darajadagi sarf harajati
48.
Network-Optimized Hard Handoff (HHO) texnologiyasi kanaldan kanalga
ulanishdagi vaqtni 50 millisekund va undan kam vaqtni tashkil etishida.
49.
Multicast and Broadcast Service (MBS) texnologiyasi DVB-H, MediaFLO hamda
3GPP E-UTRA fuksiyalarini o’zida jamlagani.
50.
Smart Antenna texnologiyasi kanallar aro sessiyalarning ulanishida subkanallar
hamda estafeta shaklidagi yuborishni ta’minlaydi.
51.
Fractional Frequency Reuse texnologiyasi kanallarning qayta ishlashidagi
minimal yo’qotishlarni boshqara olishni ta’minlaydi.
Hotimada shuni takidlab o’tishimiz lozimki, hozirda WiMAX texnologiyasi yer
yuzasining oz bo’lsada ba’zi bir shaxarlarda ishlatilmoqda hamda sinovdan
o’tkazilmoqda. Bizning O’zbekistonimizda esa ushbu texnologiyada xizmat ko’rsatish
uchun hozircha MTS (ИП UZDUNROBITA) litsenziyaga ega.
http://fayllar.org
Download