Uploaded by Talyan Talyan

Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari

advertisement
Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanish bosqichlari
Reja:
1. Sifat ko‘rsatkichlari kattaligini aniqlash usullari
3. Total Quality Management (TQM) kontseptsiyasi.
4. Standartlarni vujudga kelishi.
5. Sifatni boshqarish tizimi va ISO 9000 seriyali xalqaro standartlarining mohiyati.
2
Sifat ko‘rsatkichlari kattaligini aniqlash usullari
Tovarlar
sifat
ko‘rsatkichlarini
aniqlashning
organoleptik,
tajriba,
sotsiologik, ekspert (7 kishidan kam bo‘lmagan) usullari mavjud.
Organoleptik usulda –
tovar sifati xid, ko‘rish, eshitish, ta’m orqali
aniqlanadi..
Tajriba usulda –
tovarning kimyoviy tarkibi, fizikaviy, mikrobiologik,
texnologik xususiyatlarini aniqlanadi. Natija raqamlarda ifodalanadi, lekin vaqti
uzoqdir.
Sotsiologik usulda – xaridorlar fikriga qarab aniqlanadi. Mahsulotlarni sifati
sotish ko‘rgazmalari, xaridorlar konferensiyalari anketalar tarqatish yo‘li bilan
aniqlanadi.
Ekspert usulda – 7 kishidan kam bo‘lmagan yuqori malakali mutaxassisekspertlardan-tovarshunos, dizayner, konstruktorlardan tashkil topadi va ularning
fikri bo‘yicha sifatga baho beriladi.
Ekspert komissiyasi 2 guruhdan iborat bo‘lib, ekspert va ishchi guruhi
hisoblanadi. Ekspert guruh tovarlarga baho beradi, ishchi guruhi esa texniktashkiliy ishlar: so‘rov ishini tashkil ettish, anketalarni tarqatish va yig‘ish, ekspert
baholarni qayta ishlash va analiz qilish ishlarini bajaradi. Tovarlarga baho berishda
komissiya a’zolarini 2/3 ovozi qabul qilindi deb ataladi.
Ekspert baholashda 5( 10; 40 yoki 100 balli sistemalar qo‘llaniladi. Ballar
baholash davrida yoki muhokama davrida qo‘yiladi.
Tovarlar sifat darajasini baholash
Tovarlar sifat darajasini aniqlash usullari – differensial, kompleks va aralash
usullar yordamida aniqlanadi.
Differensial usulda sifat ko‘rsatkichlari etalonga solishtirib aniqlanadi.
Kompleks yoki umumlashtirilgan usulda ballar umumlashtirishda va bu bal
hamma ko‘rsatgichlar uchun umumiy hisoblanadi.
3
Aralash usul – ikkala usuldan ham foydalanadi.
Tovarlar sifati ustidan davlat nazorati – Viloyat standartlash va metrologiya
markazlari orqali amalga oshiriladi. Ular sifatsiz tovarlar chiqarishni ta’qiqlashlari,
aniqlangan sifatsiz tovarlar xajmini korxona rejasidan chiqarish va sotilgan
qismidan kelgan daromadni davlat budjetiga o‘tkazish, maxsus qabul qilish tartibi
o‘rnatish huquqiga egadirlar.
Yana davlat savdo inspeksiyasi – ishlab chiqarishi, sotuv va sotib oluvchi
korxonalar tovarlarini sifatini tekshiradi.
Davlat qabuli – ularni tamg‘asi bo‘lgan tovarlar savdo bazalarida
tekshirilmasdan qabul qilinsa ham bo‘ladi (tashishdagi nuqsonlardan tashqari).
3. Tovarlar sifatini nazorat qilish
Tovarlar
sifatini
tekshirish
–
tovarlarning
sifat
va
morfologik
ko‘rsatgichlarini normativ-texnik xujjatlarga to‘g‘ri kelishiga aytiladi.
Tovarlar ishlab chiqishidan oluvchiga yetib borguncha bir necha bor
tekshiriladi: operatsion, qabul, daromad tekshiruvlari mavjud.
Operatsion – har bir bosqichdan keyin tekshiriladi.
Qabul tekshiruvi – ishlab chiqarishni oxirida bajariladi. Sifatni boshqarish
bo‘limi tamg‘asi bosilishi tovarni sifatliligini bildiradi.
Daromad tekshiruvi – sanoat korxonalariga kelgan xom-ashyolarni va
savdoga kelgan tovarlarni sifati bo‘yicha qabul qilish jarayoniga aytiladi.
Tovarlar sifatini tekshirishi yoppasiga va saylanish tekshiruv turlari bo‘ladi.
Ko‘proq saylanmasi ishlatiladi, chunki bu usul kamroq vaqt talab qiladi. Elektr
lampalarini har biri nominal darajadan 15% oshiqroq kuchlanish (2523)dagi elektr
tokka 10 sekund bardosh bera olishi sinab ko‘rilishi kerak. Shunda 15-200 VT li
lampalar ichida kuygani 1,5 % dan oshmasligi kerak, shunda ular qabul qilinadi.
Aks xolda akt tuzib ishlab chiqarishga qaytarilib yuboriladi.
4
A.V. Glichev va V. Ye. bo’linishlarga asoslanish
1.
Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning individual shakli.
2.
Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning tsex shakli.
3.
Sifat bo’yicha jarayonlarni tashkil qilishning sanoat (industrial)
shakli:
a) Sifat nazorati, Teylor tizimi – (XIX a. oxiri – XX asrning 20 yy.);
b) Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish – (XX asrning 20–50 yy.); v)
Sifat boshqaruvi – (XX asrning 50–80 yy.).
4.
Postindustrial davr, Sifatni yalpi boshqarish (TQM) – (XX asrning 80
yillaridan – hozirgi kunga qadar).
Jahonda sifatni boshqarish taraqqiyotining tarixan ilk bosqichi – sifat
bo’yicha ishlarni individual ravishda tashkil qilish shakli bilan bog’liq bo’lgan
davriga to’g’ri kelgan. Bu shakl manufakturaga qadar hunarmandchilik ishlab
chiqarishi uchun xos bo’lgan. Bunday shaklning mazmuni shundaki, bir ishchi
mahsulotni yaratish, tayyorlash va sotish borasidagi masalalarni mustaqil o’zi hal
qilib, sifati uchun ham barcha javobgarlikni o’z zimmasiga olgan (boshqalar esa bu
javobgarlikka tortilmagan).
Sifatni boshqarishning ilmiy uslublari va tamoyillarining yaratilishini asosan
shu davr bilan bog’laydilar. Bu davrga, yuqorida aytilganidek, uch kontseptsiya
nuqtai nazaridan qaraladi:
1) Sifat nazorati, Teylor tizimi;
2) Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish, SCQ;
3) Sifatni umumiy nazorat qilish, TQS.
Sifatni umumiy boshqarish kontseptsiyasi (TQM) – yuqorida ko’rsatilgan
uch kontseptsiyaning taraqqiy etgan hosilasi hamda jamiyatning postindustrial
rivojlanish davriga o’tishi natijasidir. (1-jadval). Bu kontseptsiyalar to’g’risida
keyingi paragrafda alohida to’xtalib o’tamiz.
5
Teylor tizimiga asoslangan sifat nazorati. Sifat menejmenti ildizlari ilmiy
boshqaruv maktabi – “Scientific Management”da 1885-1920 yillarda shakllana
boshlagan. F.U.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan sifat boshqaruvining ilk usullari,
mahsulot ishlab chiqarilganidan keyingi nazorati bilan bog’liq bo’lgan. Teylor
tizimida, shablon va kalibr kabi o’lchov asboblari qo’llanilgan edi. Teylor tizimi
muvaffaqiyatli ishlashini ta’minlash maqsadida, ilk marta, sifat bo’yicha
nazoratchi lavozimini joriy etish zaruriyati asoslab berilgan, mahsulot sifatiga
ta’sir etishning shakl va usullari, yaroqsiz mahsulot chiqaruvchilar uchun jarima
solish tizimi ishlab chiqilgan edi. Mazkur yondoshuvning mohiyati shundaki,
bunda asosiy e’tibor, yaroqsiz mahsulotlar iste’molchiga yetib bormasligiga
qaratilgan.
Sifatni statistik usullar asosida nazorat qilish. XX asrning 20-yillarida sifat
nazoratining statistik usullari - “Statistical Qualiy Control” (SQC)ning vujudga
kelishi va kelgusi rivojlanishi, sifat menejmenti taraqqiyotida muhim davr
bo’ldi.1924 yilda Amerikaning “Bell Telephone Laboratories” kompaniyasining
xodimi V.SHuxart mahsulotlar sifatini kuzatib borishning nazorat kartalarini ishlab
chiqadi. Taxminan shu 22 davrda G.F.Dodj va G.G.Roming ilk marta sifatni
saralab nazorat qilish jadvallarini yaratishdi. SHu ishlarning barchasi birgalikda,
sifat boshqaruvining statistik usullari vujudga kelishi uchun turtki berdi va bu
usullar keyinchalik E.Deming sharofati bilan Yaponiyada keng tarqaldi hamda shu
mamlakatdagi iqtisodiy inqilobga katta ta’sir ko’rsatdi.
Bu usul yaroqsiz mahsulotlarni iste’molchiga jo’natish oldidan aniqlash va
konveyerdan olib tashlashga emas, balki texnologik jarayon vaqtidayoq unga
e’tibor qaratish imkoniyatini berdi. Asosiy e’tibor ishlab chiqarish jarayonlarining
barqarorligini ta’minlashga va ularning variatsiyalarini kamaytirishga qaratildi.
Ya’ni, nuqsonlar sababini aniqlash va jarayonlarni boshqarish asosida ularni
bartaraf etish asosiy vazifaga aylandi.
6
Sifatni boshqarish (Quality Control).50 - yillarga kelib, sifatga erishish –
nafaqat sifat bo’yicha nazoratchi yoki muhandisning, balki har bir korxona
xodimining muhim vazifasi ekanligi ayon bo’ldi. Sifat kontseptsiyasi endi nafaqat,
ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishga, balki butun tizimni yaxshilashga,
kompaniyalar
rahbariyatining
sifat
muammolarida
bevosita
qatnashuviga,
kompaniyaning barcha xodimlarini sifatni ta’minlashning asosiy usullariga
o’rgatishga qaratiladi. Bu davr birinchi navbatda amerikalik mutaxassislar Deming
va Juranning sifat sohasidagi faoliyati bilan bog’liqdir. Sifat nazoratining statistika
usullarini tatbiq etishdan tashqari, bu olimlar qo’shgan salmoqli hissa shundan
iborat ediki, ular ideal mahsulot o’lchamlariga ta’sir qiladigan, o’sha davrgacha
ma’lum bo’lmagan va o’rganilmagan turli omillarning mavjudligini ixtiro
qilishgan.
Bu esa sifat to’g’risidagi yangi fan nazariyotchilari va amaliyotchilari uchun
kelgusi tadqiqotlarni davom ettirish imkonini bergan. Aynan Deming va Juran
birinchi bo’lib sifatni ta’minlashning tashkiliy masalalariga e’tibor qaratdilar, sifat
muammolari yechimida rahbariyatning roliga alohida urg’u berdilar. SHunday
qilib, XX asrning 50-60 yillarida sifat ishlab chiqarish sohasidan sekin-asta
umumiy menejment sohasiga o’ta boshlagan; bunda e’tibor yaroqsiz mahsulotlarni
ishlab chiqarishdan olib tashlashdan xatolarning oldini olishga ko’chdi.
Sifat masalalari rivojlanishidagi ushbu davrning muhim voqeasi - 1956 yilda
Sifatni yalpi nazorat qilish– “Total Quality Control” (TQC) kontseptsiyasining
vujudga kelishi bo’ldi. Mazkur kontseptsiya kelgusida sifatni boshqarishga tizimli
yondoshuvni boshlab berdi. Uning muallifi – sifat bo’yicha mashhur amerikalik
mutaxassislardan biri bo’lgan A.Feygenbaum hisoblanadi. Uning ta’kidlashicha,
mahsulot hayotiy tsiklining barcha bosqichlarini o’z ichiga olgan to’liq ishlab
chiqarish jarayoni sifatni belgilaydi.A.Feygenbaum taklif etgan sifatni boshqarish
tizimi korxonaning ichki boshqaruviga sezilarli o’zgartirishlar kiritdi. Xususan,
7
tashkiliy tuzilmalar o’zgardi: ilmiy, loyihalash-konstruktorlik, ishlab chiqarish,
ta’minot va sotuv bo’linmalari tasarrufida sifatni boshqaruvchi markaziy bo’limlar
va tegishli yacheykalar tashkil qilindi.
TQC kontseptsiyasi Yaponiyada ham faol rivojlanib, bunda asosiy ahamiyat
statistika usullari qo’llanishiga va xususan, xodimlarni ish jarayoniga “sifat
to’garaklari” orqali jalb etishga qaratildi. K.Isikava bu kontseptsiyaning faol
tarafdori va targ’ibotchilaridan biri edi. Isikava sifat to’garaklari falsafasi ustida
izchil ish olib borib, uni tashkilotning barcha xizmatchilari va rahbariyatiga
tanishtirdi. SHuningdek, olim birinchi bo’lib E.Demingning sifat falsafasini va
A.Feygenbaumning TQC modelini o’zi kashf etgan butun tashkilot doirasida
sifatni nazorat qilish tizimiga (Company-Wide Quality Control, CWQC) tatbiq
etdi. CWQCning umumiy g’oyasi sifatni boshqarish 23 falsafasining yangi shaklini
o’zlashtirgan edi. Bu g’oya keyinchalik TQM kontseptsiyasiga aylanadi. Kaora
Isikavadan tashqari, jahonda sifatni boshqarish nazariyasi va amaliyotiga salmoqli
hissa qo’shgan yapon maktabi namoyandalariga Geniti Taguti va Sigeo Singni ham
kiritish mumkin.
Yaponiyada sifatni boshqarish usullarining keng joriy etilishi natijasida, XX
asrning 60-80 yillari jahon bozorlarida yapon mahsulotlari hukmronligi davriga
aylanishiga olib keldi. Yevropa mamlakatlarini Yapon mahsulotlari egallashi,
sifatni ta’minlash tizimlaridan foydalanish bilan bog’liq faoliyatni kuchaytirib
yubordi. Bu tizimlar nafaqat maxsus sifat xizmatlari, balki korxonaning butun
rahbariyati sifat uchun birgalikda ishlashi, mas’uliyat va vakolatni o’z zimmasiga
olishi zarurligini taqozo etdi. Buyuk Britaniyada 1979 yilda paydo bo’lgan BS
5750 shunday standart bo’lib hisoblanadi. Aynan shu standart keyinchalik ISO
9000 seriyali standartlarni yaratish uchun asos bo’ldi.
8
SMT va ISO 9000 seriya standartlari rivojlanishiga katta hissa qo’shgan
“g’arb maktabi”ning vakili, amerikalik mutaxassis F.B.Krosbi o’zidan oldingi
hamkasblaridan
farqli
o’laroq,
sifatni
kompleks
usulda takomillashtirish
muammosini yechish taklifi bilan chiqdi. U sifat tizimini joriy etishning 14 ta
qoidasini kashf etgan. ISO 9000 standartlarida bunday yondoshuv (unifikatsiyalash
va standartlashtirish) 8 yil o’tgandan keyingina – 1987 yilda qo’llanilgan.
SHunday qilib, bu davrda sifatni yaxshilash va ishlab chiqarish
unumdorligining o’sishi o’rtasidagi avvalgi ziddiyat hal etildi. CHunki
boshqaruvning yangicha g’oyalari qo’llanishi bir vaqtning o’zida sifatni oshirish va
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish uchun imkon berdi. Bunday taraqqiyot
ko’p jihatdan J. Juran va A. Feygenbaum tadqiqotlariga bog’liqdir, chunki ular
sifat xarajatlarini (“cost of quality”) asoslash va umuman sifatning iqtisodiy
samaradorligini aniqlashga salmoqli hissa qo’shishgan.
Total Quality Management (TQM) kontseptsiyasi. XX asrning 70-80
yillarida jahon mahsulot va xizmatlar bozorining rivojlanishi, unda raqobatning
keskinlashuvi va protektsionizm siyosatini olib borilishi, sifatni boshqarishning
yangi davriga o’tishini taqozo etdi. CHunki, iste’molchini raqobatchilar
mahsulotidan ko’ra kamroq qondirgan mahsulot raqobatga dosh berolmay qolgan
edi.
Ta’kidlash lozimki, TQM kontseptsiyasi bir vaqtning o’zida shakllanmagan;
u sifatni boshqarish taraqqiyotining butun zamonaviy bosqichi davomida
shakllanib kelgan. Masalan, sifatni statistik usullar vositasida boshqarish bo’yicha
V.Shuxart va E.Deming ta’riflashgan ko’pgina g’oyalar TQMning tarkibiy
qismlaridan biri hisoblanadi.
“Малая энциклопедия качества” muallifi N. Inyatsning fikricha, TQMning
birinchi ma’lum bo’lgan modeli (garchi, bu model ilgari bunday atalmagan va
nazarda tutilmagan bo’lsa-da) 1951 yilda Deming Mukofotini ta’sis qilish
9
mezonlariga kiritilgan edi. SHunga qaramay, odatda XX asrning 80-yillarini TQM
kontseptsiyasining shakllanishi davri deb hisoblashadi. Masalan, aynan 1983 yilda
A. Feygenbaumning “Sifatni umumiy nazorat qilish” (Total Quality Control,
McGrawHill, 1983) kitobining 40-nashri chop etilgan edi. Feygenbaum kitobda
TQM (Total Quality Management) “Sifatni yalpi boshqarish” kontseptsiyasiga
birinchilardan bo’lib ta’rif bergan. Birinchi bo’lib sifat muammolarining ko’p
qamrovligiga e’tiborni qaratgan “g’arb maktabi” namoyandalari (Filipp Krosbi,
Tom Peters, Klaus Meler) TQM kontseptsiyasi shakllanishiga katta hissa
qo’shganlar.
Biroq TQMning shakllanish jarayoni shu kungacha ham tugallanmagan. Bu
haqda ko’pgina nashrlar ham dalolat bermoqda. Jumladan, Yaponiya olimlar va
muhandislar ittifoqining (JUSE) sifat bo’yicha tadqiqotchilar guruhi 1997 yilda
ishlab chiqqan TQM Deklaratsiyasi shular jumlasiga kiradi.
Hozirgi kungacha TQM kontseptsiyasining umum qabul qilingan yagona
ta’rifi mavjud emas. ISO 8402 xalqaro standartida TQM tashkilotni boshqarishda
sifatga qaratilgan, uning barcha a’zolari ishtirokiga asoslangan, iste’molchining
ehtiyojini qondirish orqali va tashkilot, shu bilan birga jamiyatning barcha a’zolari
foydasini ko’zlab, uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishga yo’naltirilgan
yondoshuv, deb izohlangan.
Panov A.N. tadqiqotida sifatni yalpi boshqarish - faoliyatning barcha
yo’nalishlarini qamrab oluvchi boshqaruv tamoyilidir, ya’ni, bunda doimo
takomillashib borish maqsadida, barcha xodimlar salohiyatidan imkon qadar
ko’proq foydalanish evaziga iste’molchi va jamiyatning ehtiyoj va talablari,
shuningdek, tashkilotning maqsad va vazifalari eng samarali tarzda qondiriladi,
deb ta’riflanadi.
10
Sifat sohasidagi boshqaruvning yangi kontseptsiyasida rahbarlik uslubiga,
xodimlar malakasiga, ularning xatti-harakatlari motivatsiyasiga va yangiliklarga
bo’lgan munosabatiga ulkan ahamiyat beriladi. Korxonaning jamiyatdagi ijtimoiy
rolining o’sib borishi, tashkilotchilik madaniyati, ya’ni qadriyatlar tizimi, axloq
me’yorlari, mo’ljal va maqsadlar ahamiyatini yanada oshiradi. Xodimlar mehnati
yanada ijodiy, yanada mas’uliyatli bo’lib qoldi. Inson resurslaridan oqilona, to’liq
foydalanish va ularning ehtiyojlarini ko’proq hisobga olish orqali, TQM
kontseptsiyasi tashkilotlar ichida o’z-o’zini rivojlantirish va malakasini oshirish
uchun asos yaratdi.
A.V.Glichevning fikricha, TQMning asl mohiyati - korxona faoliyatining
barcha qirralarini, binobarin, barcha xodimlarni sifatni yaxshilash g’oyasi bilan
qamrab olish vazifasi qo’yilishidadir.
Shunday
qilib,
yangi
kontseptsiyaning
asosiy
e’tibori
tashqi
iste’molchilarning, ya’ni, ayrim iste’molchilar va butun jamiyatning ehtiyojini
qondirish va istagini aniqlashga, shuningdek, ichki iste’molchilarning, ya’ni
tashkilot jamoasi a’zolarini qondirishga qaratilgan. Ya’ni, sifatning ijtimoiy
yo’nalishi birinchi o’ringa chiqadi. Bundan tashqari, boshqa manfaatdor taraflar:
investorlar, aktsiyadorlar, ta’minotchilarga ham katta ahamiyat beriladi.
Bu davrda, 1987 yilda ISO 9000 sifat standartlarining birinchi tahririni
chiqishi muhim voqea bo’ldi. Bu standartlarda, sifat muammolarini yechish uchun,
korxonalardagi barcha faoliyat turlarini bir butun holda rivojlantirish va
muvofiqlashtirishga asoslangan tizimli yondoshuvni qo’llash zarurligiga alohida
ahamiyat beriladi. Bu hujjatlar ikkinchi jahon urushidan keyingi sifat rivojlanishida
mavjud bo’lgan ikki yo’nalishning natijasidir. Bir tomondan, bu unifikatsiya va
standartlashtirishga intilish bo’lsa, ikkinchi tomondan, sifatni yalpi va har
tomonlama boshqarish tamoyillarini ommalashtirilishidir. ISO 9000 standartlaridan
tashqari, TQM strategiyasining kompaniya va tashkilotlar o’rtasida keng
11
ommalashishiga sifat sohasidagi milliy mukofotlar ham xizmat qildi. 1987 yilda
sifat bo’yicha Malkolьm Boldrij nomli Amerika mukofoti (Malcolm Baldrige
National Quality Award) ta’sis etildi. 1992 yilda esa ilk bor sifat bo’yicha Yevropa
mukofoti (European Quality Award) topshirildi.
Sifat masalalarining taraqqiyotiga bag’ishlangan adabiyotlarda TQM
kontseptsiyasi rivojlanishini odatda jamiyatning postindustrial, axborot davriga
o’tishi bilan bevosita bog’lamasa-da, bu ikki tendentsiyani o’zaro bog’lash uchun
asos bor.
Sifat menejmentining kelgusi istiqboli jamiyatga diqqat-e’tiborning tobora
ortishi, ijtimoiylashuvi darajasi bilan uzviy bog’liqdir. G.Nivning “Doktor Deming
hududi” kitobida Demingning sifat g’oyasi bilan bog’lanuvchi sifat inqilobi –
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ob’ektiv tendentsiyalari hamda yangi iqtisodiyot
davri vujudga kelishi natijasida hosil bo’lgan menejment falsafasi va usullaridagi
chuqur o’zgarishlar davri uchun muqaddima, xolos, deb ta’kidlanadi.
Yaponiyada sifatni boshqarishga yondoshuvlarning urushdan keyingi faol
rivojlanishi bilan bir vaqtda, Yevropa va AQSHda ham standartlarni ishlab chiqish
va qo’llashga katta e’tibor qaratilgan. CHunki bu davlatlar Ikkinchi jahon urushi
davrida artilleriya texnikasi ta’minoti sifati tufayli tajribaga ega edilar. Qo’shma
SHtatlarda dastavval mahsulot sifatini texnik va texnologiya jihatdan nazorat
qilishning ba’zi asosiy tamoyillari shakllanib, AQAP (Sifatni ta’minlash borasidagi
jamlanma materiallar) nashr etilgan edi. Biroz vaqt o’tgach, bu tamoyillar
Yevropada “Harbiy standartlar” NATO AQAP 100 (Allied Quality Assuranje
Publication = ingl. “ittifoqchilarning sifat kafolatlari nashri”) hujjatlari seriyasi
ko’rinishida chop etiladi.
Dastlab Buyuk Britaniya AQAPni qabul qilmay, unga ekvivalent bo’lgan
uchta mudofaa standarti - DEF.STAN 05-21 / 05-24 / 05-29 larni afzal ko’rgan.
Pirovard natijada AQAP standartlari DEF.STAN standartlari bilan birlashtirilgan.
12
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining xaridlar bo’limi ularni DEF STANS
hujjatlar seriyasi ko’rinishida nashr etgani tufayli, ular keyinchalik xususiy
tashkilotlarda ham keng tarqaladi.
Bu standartlardan AQAP (Sifatni ta’minlash borasidagia jamlanma
materiallar) nomi bilan ma’lum bo’lgan NATO doirasida qo’llaniladigan
standartlar
seriyasiga
asos
sifatida
ham
qo’llanilgan.
Dastlab Buyuk Britaniya AQAPni qabul qilmay, unga ekvivalentda bo’lgan uchta
mudofaa standarti - DEF.STAN 05-21 / 05-24 / 05-29 larni afzal ko’rgan. Pirovard
natijada AQAP standartlari DEF.STAN standartlari bilan birlashtirilgan.
Sifat standartlariga zarurat harbiy sohada, balki sanoatning boshqa tarmoqlar
uchun zaruratga aylana boshladi. Shu tariqa BS 4891 va BS 5179 Britaniya
standartlari vujudga kelib, ular amaliy jihatdan yo’riqnomaga o’xshash bo’lib,
sifatning talablari sifatida qo’llash mumkin bo’lmagan. Keyinchalik uch qismli
yanada takomillashtirilgan BS 5750 standarti ishlab chiqarilgan.
Yapon mahsulotlarining Yevropa mamlakatlarini egallashi sifatni ta’minlash
tizimlaridan foydalanish bilan bog’liq faoliyatni kuchaytirib yubordi. Biroq, har bir
mijoz sifat nazorati tizimiga o’zicha yondoshgani sababli, umume’tirof etilgan
standartlarni ishlab chiqishga zarurat tug’ildi. Buyuk Britaniyada 1979 yilda paydo
bo’lgan BS 5750 shunday standart bo’lib hisoblanadi. Aynan shu standart
keyinchalik ISO 9000 seriyali standartlarni yaratish uchun asos bo’ldi.
SMT va ISO 9000 seriya standartlari rivojlanishiga katta hissa qo’shgan
“g’arb maktabi”ning vakili, amerikalik mutaxassis Filipp B. Krosbi o’zidan oldingi
hamkasblaridan farqli o’laroq, sifatni kompleks usulda yaxshilash muammosini
yechish taklifi bilan chiqdi. U sifat tizimini joriy etishning 14 qoidasini kashf
etgan. ISO 9000 standartlarida bunday yondoshuv
(unifikatsiyalash va
standartlashtirish) 8 yil o’tgandan keyingina – 1987 yilda qo’llanilgan.
13
Shunday qilib, bu davrda sifatni yaxshilash va ishlab chiqarish
unumdorligining
o’sishi
o’rtasidagi
avvalgi
ziddiyat
hal
etildi.
Chunki
boshqaruvning yangicha g’oyalari qo’llanishi bir vaqtning o’zida sifatni oshirish va
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish uchun imkon berdi.
Tovarlarni sifat va morfologik ko‘rsatgichlari ko‘pligi uchun tekshirishlarda
hammasini tahlil qilishi qiyin. Shu sababli standartlarini “Qabul qilish qoidalari“
bo‘limida tekshirishini dasturiga qarab har xil sinovlar ko‘rsatiladi:
Mahsulotni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin namunasi har tomonlama
tekshiriladigan qabul sinovlari.
Ishlab chiqarish jarayonining oxirida tayyor mahsulotni NTX talablariga
yoppasiga ba’zi ko‘rsatgichlar bo‘yicha texnik nazorat bo‘limi (TNB) tomonidan
tekshirish. Natijalar tovarlarga qo‘shib jo‘natiladigan xujjatlarda belgi qo‘yiladi.
Sanoat korxonasida sifatni barqarorligini ta’minlash uchun davriy tekshiruv
o‘tkazilib turiladi.
Bir andozadagi (namunali) sinovlar.
Har 2-3 yilda o‘tkaziladigan sinovlari (mustahkamligini sinash uchun);
Remontga yaroqliligini 5 yilda bir marta sinaladi..
Tovarlar 3 ta belgi bo‘yicha (sifat, miqdor, alternativ) turli sifat guruhlarga
bo‘linadi.
Tovarni sifat belgisi bo‘yicha navlarga ajratilib qabul qilinadi. Deraza
oynalar oliy toifa 1 va 2 navlarga, modelli poyafzallar 2 navlarga bo‘linadi.
Nuqsonlar namoyon bo‘lishiga qarab yaqqol ko‘rinib turadigan va pinxona
(yashirin) turlarga bo‘linadi.
Yana nuqsonlar katta-kichikligi bo‘yicha jiddiy, yirik va ahamiyatsiz
turlarga ajratiladi. Nuqsonlar kelib chiqish bo‘yicha hom-ashyo, konstruksiya,
texnologiya va pardozlash nuqsonlariga bo‘linadi.
14
Tovarlarni
miqdor
belgisi
bo‘yicha
qabul
qilish.
Tovarni
sifat
ko‘rsatgichlarini miqdordan aniqlab normativ-texnik xujjatlar talabiga solishtirish
ko‘zda tutilgan. Sement sifati uni siqishga chidamligiga (markasiga) qarab
aniqlanadi. Buni uchun sementdan kubiklar yasaladi, presslangan bosim yo‘li bilan
uni pishiqligi aniqlanadi. 3 kun saqlangan kubiklar sement pishiqligini yarmini
bildiradi. 28 kundan keyin to‘la pishiqligi ko‘rinadi. 5% ortiq farq bo‘lmasligi
kerak. Ko‘p farq qilsa markasi pasayadi 285 kg/sm gacha bo‘lsa 200; 380 kg/sm
gacha bo‘lsa – 300.
Tovarlarni alternativ belgisi bo‘yicha tekshirish savdoda keng qo‘llaniladi,
tovarlar standart talablariga javob berishiga qarab ishlatishga yaroqli va yaroqsiz
turlarga bo‘linadi .
4. Mahsulot sifatini boshqarish
Mahsulot sifatini boshqarish bu mahsulotni yaratish davrida, ekspluatatsiya
qilish jarayonida yoki iste’mol qilishda sifat ko‘rsatgichlarini kerakli darajada tutib
turish uchun xarakatdir. Sifatni boshqarish - bu loyihalash va konstruksiyalash
bosqichida optimal darajani ta’minlash, zamonaviy ilmiy-texnik imkoniyatlarga va
xaridor talabiga mos keltirish, so‘ngra ishlab chiqarish jarayonida bu sifat
ko‘rsatgichlarini real mahsulotda ta’milab berish demakdir. Bu darajaga mahsulot
sifatini kompleks boshqarish sistemalarini ishlab chiqib va tatbiq etib erishish
mumkin.
Davlat standartlashtirish sistemasi mahsulot sifatini boshqarishni asosiy
omili bo‘lib xizmat qiladi.
Sifatni boshqarish kompleks sistemasiga quyidagilar kiradi: standartlar maqsadni belgilovchi, ya’ni mahsulot sifatiga qo‘yilgan talablarni normativlari,
maqsadga yetishni ta’minlovchi standartlar, ya’ni sifatga ta’sir etuvchi omillarni
reglamentlashtirish.
15
Ehtiyojni oldindan bilish standartlari, mahsulot sifat texnik darajasini
standartlari. Savdo assortimentini va sifatni boshqarishni hamma bosqichlarida
ishtirok etishi kerak.
Loyihalash va tadqiqot qilish bosqichida savdo tashkilotlari ishlab chiqarish
va loyihalash korxonalariga yangi turdagi tovarlarni yaratishga yoki yangilashga
buyurtmalar berishlari kerak. Tajribaviy na’munani qabul qilishda savdo xodimlari
xal qiluvchi ovozlardan birini beradi, chunki yangi mahsulotni iste’mol xossalariga
to‘g‘ri baho berishi kerak.
Tayyorlash bosqichida bunda mahsulotni attestatsiyadan o‘tkaziladi. Savdo
xodimlari Davlat Attestatsiya komissiyaga a’zo bo‘lib kirishadi.
Bunda aholi talabi va ehtiyojidan kelib chiqgan xolda mahsulot sifatiga
obyektiv baho berishi kerak.
Muomala va taqsimot bosqichida savdo xodimlari tovarlarni saqlash,
tashish, sotish sharoitlarini shunday yaratilishi kerakki uyda mahsulot sifatida zarar
yetmasligi kerak.
Bu bosqichda tovarlar sifat ko‘rsatichlari bo‘yicha qabul qilinishi kerak.
Ekspluatatsiya va iste’mol qilish bosqichida tovarlarni to‘g‘ri ekspluatatsiya
qilish, ularga xizmat qilish, sifatini tiklash, eskirgan tovarlarni chiqitga chiqarish
jarayonlarini tashkil qilish kerak. Savdo bu haqidagi axborotni xaridorlarga
yetkazishi kerak.
Bizni yurtimizda mahsulot sifatini boshqarishning yagona davlat tizimi
sistemasi bor.
Bunday sistema oziq-ovqat soxasida 1975 yildan boshlab ishlay boshlagan.
Uning asosiy maqsadi kam mablag‘ sarf qilgan xolda yuqori sifatli mahsulot
ishlab chiqarishdir. Bunday maqsad faqat ilm-fan, texnika yutuqlarini ilg‘or
tajribani ishlab-chiqarishga keng va izchil joriy qilishidagina amalga oshirishi
mumkin.
16
Yuqoridagi sistema-davlat standarti asosida mahsulot ishlab chiqarishga
asoslangan.
Mahsulotni
sifatini
boshqarishning
yagona
davlat
sistemasi
keng
assortimentli yangi mahsulotni ishlab chiqishga va o‘zlashtirishga mo‘ljallangan.
Bu sistema Vazirlar mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Mahsulot sifatini boshqarishni yagona davlat sistemasi quyidagi vazifani
o‘z zimmasiga olgan.
-mahsulotni iste’mol va texnik darajasi to‘g‘risida ma’lumot berish;
-ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish;
-mahsulot sifat darajasini baholash;
-yangi xil mahsulotni ishlab-chiqish va ta’minoti;
-mahsulotni texnologiyasini tayyorlash;
-material-texnik ta’minoti;
-metrologik ta’minot;
-kadrlarni tanlash va tayyorlash;
-doimiy bir xillikni ta’minlash (uroven);
-tashish, saqlash, ta’minlash;
-soha tekshiruvini ta’minlash;
-sifatni rag‘batlashtirish.
17
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Агбаш. В.Л.
Товароведение
непродовольственных товаров. М.,
Экономика 1989.
2.Справочник
товароведение
непродовольственных
товаров
М.,
Товароведение потребительских товаров.
М.,
Экономика 1989 1-2-3т.
3.Николаева. М.А.
Норма 1997.
3.
А.Ф.
Шепелев,
А.С.
Туров,
Ю.Д.
Елизаров.
«Технология
производства непродовольственных товаров» – Ростов н/Д, Феникс, 2002
4. Н.С.Козюлина «Товароведение непродовольственных товаров». М.:
2002
5.Р.Нормаҳматов,
К.Отамуродов,
Ф.Ахмеджанова,
Т.Мақсудов
«Товаршунослик». Т.: «Меҳнат», 2004
www.edu.ru - Россия Федерация олий ўқув юртларида ўқитилаётган
фанлар бўйича ўқув-услубий комплекслар
18
Download