Uploaded by Orifjon2 Erkinov

АУДИТ OQUV QOLLANMA

advertisement
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI ANDIJON FILIALI
N. Toshmamatov, X. Kamolov, I. Nosirov, S. Toshmamatov
AUDIT
O‘QUV QO‘LLANMA
5230900 - Buxgalteriya hisobi va audit
ANDIJON - 2019
UO‘K: 15.24.5
KBK: 50.10 (O‘zb) 2
T:42
Toshmamatov N., Kamolov X., Nosirov I., Toshmamatov S. AUDIT:
o‘quv qo‘llanma. – Andijon – 2018, – 374 b.
“Audit” fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 5230900
«Buxgalteriya hisobi va audit» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan
bakalavrlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, auditning nazariy va amaliy masalalarini
o‘z ichiga olgan.
O‘quv qo‘llanmani tayyorlashda buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi
so‘ngi o‘zgarishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek o‘quv qo‘llanmadan
boshqa iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilm olayotgan talabalar hamda O‘rta maxsus
kasb-hunar ta’limining 3340901 – “Buxgalteriya hisobi va audit” mutaxassisligi
o‘quvchilari, ilmiy hodimlari va amaliyot mutaxassislari foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilr:
A.Abdullaev – Andijon mashinasozlik instituti professori, iqtisod fanlari
doktori
S.Maxmudov – Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining
“Agrosanoatda buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari
nomzodi
UO‘K: 122.14.5
KBK: 83.09 (O‘zb)
AT:15
1
SO‘Z BOSHI
XIX asrning o‘rtalarida Yevropa davlatlarida fond bozorining shakillanishi
va rivojlanishi bir qator moliyaviy
institutlarning bankrot
bo‘lishiga va
investorlarning moliyaviy strukturalarga bo‘lgan ishonchining yo‘qolishiga olib
keldi. Shuning bilan birga korxonalarda majburiyatlarni bajarishni nazorat qilish va
hisobot berish kontseptsiyasini amal qilishi korxonani boshqaruvchilar va ularga
bo‘ysunuvchi buxgalterlar tomonidan korxona faoliyati to‘g‘risida korxona
egalariga ya’ni mulkdorlarga hamda davlat moliya idoralariga moliyaviy hisobotlar
va axborotlar berib turilishini talab qiladi. Korxona egalari bu moliyaviy hisobotlar
va axborotlarda korxonaning haqiqiy holati ko‘rsatilganligini tekshirish va ularni
tasdiqlash uchun tashqaridan mutaxassislar taklif qilishadi. Shunday qilib
korxonalarda mulkka nisbatan egalik hissining o‘zgarishi va yuqori tashkilotlarga
beriladigan hisobotlarni tekshiruvdan o‘tkazishni shartligi audit xizmatiga bo‘lgan
zaruriyatni keltirib chiqardi. Natijada uzoq yillar davomida auditorlik xizmati
mulkdorlarni, ichki va tashqi investorlarni, kreditorlarni ishonchiga sazovor
bo‘lgan obro‘li institut sifatida shakllandi.
Shuningdek auditorlik xizmatiga bo‘lgan ehtiyojga quyidagi shart-sharoitlar
ham sabab bo‘ladi:
1. Korxona menenjerlari tomonidan korxona egalariga ya’ni mulkdorlarga,
investorlarga va kreditorlarga, ob’ektiv bo‘lmagan axborotlarni berish
mumkinligi;
2. Mulkdorlarning (mulk egasi) korxona faoliyati to‘g‘risida qabul qiladigan
qarorlarning
menenjerlar tomonidan beriladigan axborotlar sifatiga
bog‘liqligi;
3. Noto‘g‘ri axborotlarga asoslangan holda boshqaruv qarorlarining qabul
qilinishi natijasida korxonaning noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolishi
ehtimoli yoki moliyaviy-iqtisodiy inqirozga yuz tutish mumkinligi;
4. Korxona egalarida, investorlarda va kreditorlarda hamda axborotlardan
foydalanuvchi
boshqa
shaxslarda
2
korxona
ma’muriyati
tomonidan
beriladigan axborotlarni tekshirish uchun maxsus malaka, vaqt va
materiallarning yetishmasligi;
5. Iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun maxsus
bilimlarga bo‘lgan ehtiyoj va h. k.
Auditorlik xizmati mana shunday muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Auditorlik xizmati bozorida turli xil mulkchilik shaklidagi korxonalarning
moliyaviy–xo‘jalik faoliyati natijalariga holisona xulosa beruvchi mustaqil auditorlik
firmalari O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun1,
auditorlik andozalari va me’yorlari, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi
hamda davlatning boshqa qonun va ko‘rsatmalari asosida faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Mazkur O‘quv qo‘llanmada audit fanining predmeti va obekti; audit o‘tkazish
usullari; auditning milliy va xalqaro andozalari; ichki audit va uni tashkillash
tamoyillari kabi nazariy savollar bilan birga buxgalteriya hisobining alohida
obektlarini audit qilish tartibi mutaxasislikning davlat ta’lim standartlari va
namunaviy dastur talablaridan kelib chiqib yoritilgan. Har bir mavzudan so‘ng
bilimlarni musta’kamlash maqsadida mustaqil ta’lim uchun nazorat savollari, testlar
hama mavzular bayonidan keyin fanni o‘rganish jarayonida uchraydigan atamalarga
doir ensiklopedik izohlar lug‘ati keltirilgan.
Ushbu O‘quv qo‘llanma iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilm olayotgan oliy
ta’lim muassasalari talabalari, mustaqil ilmiy izlanuvchilar,
doktorantlar,
amaliyotchi auditorlar foydalanishlari mumkin.
O‘quv qo‘llanma kamchiliklardan holi emas deb hisoblaymiz. SHu sababli
hurmatli o‘quvchilardan mazkur darslik haqidagi fikr va mulohazalarini Andijon
qishloq xo‘jaligi institutining «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasiga
yuborishlarini so‘raymiz.
11
Yangi tahriri, 2000 yil 26 may.
3
1-Mavzu: “Audit” fanining predmeti va metodi
Ushbu mavzuga oid atamalar: audit, auditorlik kasbi, aksiyadorlik
kompaniyasi, aksyador,
jamoatchi-buxgalter, buxgalter ekspert, xo‘jalik
nazoratchisi, taftishchi, erkin raqobat, tadbirkorlik, uyushgan guruh, mulkchilik,
xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shartnomaviy munosabatlar, iqtisodiyot, bozor
iqtisodiyoti, huquqiy shaxs, korxona, iqtisodiy nazorat, moliyaviy nazorat,
predmet, obyekt, mablag‘, metod, metodologiya.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
«BBB», “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi haqida
Audit tushunchasi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib lug‘oviy ma’nosi “u
eshtiyapti”, “tinglovchi” ma’nosini anglatadi va o‘zining tarixiga ega.
Buyuk britaniy hukumati 1844 yillarda aksiyadorlik kompaniyalarining
buxgalteriya hisobi schyotlarini hamda aksiyadorlarga beriladigan hisobotlarni
yiliga kamida bir marta mustaqil buxgalterlar tekshiruvidan o‘tkazilishini talab
qiladigan qonun chiqargan. Bunday talablar korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati
to‘g‘risida aniq xulosa beradigan mustaqil kasb egalariga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga
keltirdi. Natijada birinchi betaraf auditorlar hozirgi fuqarolik jamiyatining
rivojlangan instituti sifatida XIX asrning o‘rtalarida
Yevropaning
aksiyadorlik
kompaniyalarida
aksiyadorlar, kreditorlar va moliya xizmati xodimlari
o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni hal qilib
4
berish zarurati tufayli shakllana boshlagan. Ayrim manba’larda audit XIX asr
o‘rtalarida Shotlandiyada vujudga kelganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ham berilgan.
Ingliz temiryo‘lchilari, sug‘urta kompaniyalari va boshqa investorlar
Shimoliy
Amerikaga
yo‘l
olishganida
ular
bilan
birga
yirik
ingliz
sarmoyadorlarining manfaatlarini himoya qiladigan mustaqil taftishchi-auditorlar
ham birga borganlar.
Rossiyada auditorlik lavozimi Pyotr 1 tomonidan kiritilgan bo‘lib bir
vaqtning o‘zida ish yurituvchi, kotibalik va prokurorlik kabi bir nechta kasb
vazifalarini bajarar edi.
Auditorlik kasbi turli xil mamlakatlarda turlicha nomlanib kelingan:
masalan, Rossiyada auditorlarni qasamyod qilgan buxgalterlar deb tatashgan
bo‘lsa,
Amerikada
jamoatchi-buxgalter,
Fransiyada
buxgalter
ekspert,
Germaniyada xo‘jalik nazoratchisi, Yevropaning boshqa bir qator mamlakatlarida
esa, auditorga kompaniyaning moliyaviy faoliyatini nazorat qiladigan taftishchi
sifatida qaralgan.
Professor P.I.Kamushanov ma’lumotlariga ko‘ra auditorlik xizmati taxminan
eramizdan oldingi 200 yillarda kasb sifatida shakllana boshlagan. Bu paytlarda
Rim Imperiyasi davrida moliya va sudlov ishlarini olib boruvchi mansabdor
shaxslar ya’ni kvestorlar joylardagi davlat buxgalterlari ustidan nazorat qilib
turganlar. Ularning hisobotlari Rimga yuborilib, imtihon qiluvchilar tomonidan
eshitilgan. Fikrimizcha, auditor ya’ni eshituvchi degan tushuncha ham xuddi
shundan kelib chiqqan.
1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi davrida aksiyadorlik
jamiyatlari va boshqa korxonalarning ko‘pchiligi inqirozga uchradilar. Hukumat
inqirozga yuz tutgan korxonalar uchun moliyaviy hisobotlarni, xususan, korxona
balansi, foyda va zararlar to‘g‘risidai hisobot ma’lumotlarini to‘g‘riligi va
haqqoniyligini betaraf mutaxassislar tomonidan tasdiqlash tartibi qat’iy belgilab
qo‘yildi. Auditorlik tekshiruvlari majburiylik tusini olib, uning sifatiga bo‘lgan
talab ham
keskin oshirildi. Natijada auditorlarga bo‘lgan ehtiyojni oshishi
5
xizmatlar bozorida mustaqil buxgalter-auditorlarga
bo‘lgan ehtiyojni yuzaga
keltirdi.
Tarixiy
manbalardan
ma’lumki,
O‘rta
Osiyoda
markazlashgan
davlatchilikning barpo bo‘lishi hamda rivojlanishi natijasida mamlakatni
boshqarish uchun hisob, nazorat va moliya ishlariga zaruriyat kuchaygan.
Amir Temur o‘zining “Temur Tuzuklari” asaridada hisob, moliya va nazorat
ishlari mamlakatni boshqarishda muhim vosita ekanligini o‘qtirgan. Masalan, molxiroj olish, mamlakatni tartibga keltirish, uning obodonchiligi va xavfsizligini
amalga oshiruvchi kishilar hamda saltanatni boshqarishda hisob va nazorat ishlari
haqida shunday deyilgan: «... har o‘lkaga uch vazir tayinlashlarini buyurdim.
Bulardan biri raiyat uchun bo‘lib, u yig‘iladigan soliqlarning undirilishini kuzatib,
hisobotini olib borsin. Oliq-soliq miqdori, soliq to‘lovchilarning nomlarini
yozib borsin va raiyatdan yig‘ilgan mablag‘ni saqlasin. Ikkinchi vazir sipoh
ishlarini boshqaradi. Sipohga berilgan va berilishi lozim bo‘lgan mablag‘ hisobini
olib borsin. Uchinchi vazir esa daraksiz yo‘qolgan kishilar, kelib-ketib
yuruvchilar (sayohatchilar va savdogarlar), har xil yo‘l bilan yig‘ilib qolgan hosil,
aqldan
ozganlarning
mol-mulki,
vorissiz
mol-mulkni,
qozilar
va
shayxulislomlarning hukmi bilan olingan jarimalarni tartibga keltirsin».
«Sipohga haq taqsimlash tuzugi»da esa o‘sha zamonga xos nazorat tizimi
haqida quyidagi ma’lumotlar keltirilgan: «Mulk qilib berilgan har bir mamlakatga
ikkitadan vazir tayinlasinlar. Biri viloyatdan yig‘ilgan molni yozib, raiyat
ahvolini tekshirib tursinki, jogirdor fuqaroga jabr zulm yetkazib, ularning holini
xarob etmasin. U viloyatdan yig‘ilgan butun mol ashyolarni kirim daftariga
yozishi lozim. Ikkinchi vazir esa (daroma4. ning xarj etilgan qismini chiqim
daftariga yozsin va (yig‘ilgan mollardan) sipohiylarning maoshi uchun taqsim
qilsin. Qaysi amirga mulk berilar ekan, uni uch yilgacha o‘z holiga qo‘ysinlar. Uch
yil o‘tgandan so‘ng uni tekshirib ko‘rsinlar. Agar mamlakat obod, raiyat rozi ekan,
6
shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga ters bo‘lsa, u viloyatni holisaga
o‘tkazib, uch yilgacha o‘sha jogirdorga haq berilmasin»2.
Hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda o‘zining
tashkiliy huquqiy tuzilmalariga ega bo‘lgan auditorlik institutlari faoliyat
ko‘rsatmoqda.
Dastlab auditorlarni vazifalari aniq belgilanmagan bo‘lib, mulk egalari
auditorlarni o‘zlarining himoyachisi sifatida qabul qilganlar. Auditorlarni, mulk
egalari oldidagi mas’ul shaxslar deb qarash 1929 yilda “Kompaniyalar
to‘g‘risida”gi qonun chiqarilishi bilan o‘zgardi. Ushbu qonunga muvofiq barcha
kompaniyalar o‘zlarining moliyaviy hisobotlarida foyda va zararlarni majburiy
ravishda ko‘rsatishlari belgilab qo‘yildi.
Davlat
organlarining
auditorlik
xizmatlariga
munosabati
turlicha.
Masalan, AQShda auditorlik tashkilotlari mustaqil bo‘lib, ular auditorlarni o‘zlari
tayyorlaydilar, tegishli malakaviy unvonlarni beradilar va keyinchalik ularning o‘z
vazifalarini halol bajarishlarini nazorat qilib turadilar. Boshqa ba’zi bir Yevropa
mamlakatlarida auditorlik faoliyati hukumat organlari tomonidan tashkil qilinadi.
Bozorning
kengayishi
bilan
auditorlik
firmalari
ko‘rsatadigan
xizmatlar turlari va hajmlari ham ortib boradi. Auditorlik firmalari buxgalteriya
hisobiga oid maslahatlar va xizmatlardan tashqari
xo‘jalik
yurituvchi
subyektlarning
moliya
xo‘jalik
faoliyatlarini iqtisodiy tahlil qilish, soliqqa tortishning
qonuniyligini
axborotlarni
tekshirish,
olish
boshqaruv
texnologiyasini
faoliyati
va
takomillashtirish,
iste’mol bozorlarini marketing qilish, bozor sharoitida moddiy ishlab chiqarish
zahiralarini baholash, biznes rejalar tuzish va istiqbolni belgilash, bank va sug‘urta
ishlari bo‘yicha maslahatlar berish va xizmat ko‘rsatish bilan ham shug‘ullanadilar.
2
Temur tuzuklari. – Toshkent: Sharq, 2005. 3-5-b.
7
§2. Audit fanining predmeti va obyektlari
Har bir fanning o‘rganadigan predmeti va obyekti mavjud. Fanning predmeti
deganda shu fanda nima o‘rgatilishi tushuniladi. Masalan, kimyo fani tabiatda
mavjud bo‘lgan kimyoviy elementlarni tarkibini va tuzilishini, tabbiyot o‘simliklar
dunyosini
paydo
bo‘lishini,
ularning
xususiyatlarini,
anatomiya
inson
organizimning tuzilishini, zoologiya hayvonot dunyosini, falsafa olamning paydo
bo‘lish va rivojlanish qonuniyatlarini, tarix kishilik jamiyatini yuzaga kelishi va
rivojlanishini o‘rganadi. Audit fan sifatida nimani o‘rganadi? Audit fanining
predmeti nima bo‘lib hisoblanadi? Ya’ni audit fanida nimani o‘rganiladi, degan
haqli savollar paydo bo‘ladi.
Audit faninig predmetini aniqlashda makon nuqtai nazaridan yondoshish
zarur. Shuning uchun boshqa iqtisodiy fanlar qatori audit korxona, kompaniya,
trest, birlashma, aksiyadorlik jamiyati, korporatsiya, sindikat, konsern va boshqa
shu kabi xo‘jalik yurituvchi subyektlar (keyinchalik korxona yoki xo‘jalik
yurituvchi subyekt deb yuritiladi)ni qaysidir bir jihatini qamrab oladi. Demak,
audit faning predmeti korxonalarning xo‘jalik faoliyatidir. Agar korxonalarning
xo‘jalik faoliyatlarini kengaygan takror ishlab chiqari jarayonida kechishini
inobatga olsak, unda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kengaygan takror ishlab
chiqarish faoliyatlarining ta’minot, ishlab chiqarish, sotish bosqichlarida
(sikllarid1. ishtirok etadigan va pul ifodasida aks ettiriladigan iqtisodiy jarayonlar
hamda korxonalarning faoliyat natijalari audit fanining predmeti bo‘lib
hisoblanadi.
Audit to‘g‘risidagi me’yoriy xujjatlar va adabiyotlarda bu masala
qo‘yidagicha talqin etiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati
to‘g‘risida»gi Qonunda auditning maqsadi, vazifalari, sub’ektlari va ob’ektlari
yoritilib, uning predmeti nazardan chetda qolgan.
Audit faninig predmetini aniqlashda makon nuqtai nazaridan yondoshish
zarur, deb bilamiz. Shuning uchun boshqa iqtisodiy fanlar qatori audit xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyatining (korxona, kompaniya, trest, birlashma,
8
aksiyadorlik jamiyati, korporatsiya, sindikat, kondern va boshqa shu kabilar,
keyinchalik korxona yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ekt deb yuritiladi) qaysidir bir
jihatini qamrab oladi. Demak, audit faning predmeti korxonalarning xo‘jalik
faoliyatidir. Agar korxonalarning xo‘jalik faoliyatlarini kengaygan takror ishlab
chiqari
jarayonida
kechishini
inobatga
olsak,
unda
xo‘jalik
yurituvchi
sub’ektlarning kengaygan takror ishlab chiqarish faoliyatlarining ta’minot,
ishlab chiqarish, sotish bosqichlarida (tsikllarid1.
ishtirok etadigan va pul
ifodasida aks ettiriladigan iqtisodiy jarayonlar hamda korxonalarning faoliyat
natijalari audit fanining predmeti bo‘lib hisoblanadi.
Audit fanining predmetini mohiyati, unda hisobga olinadigan obyektlarda va
uning bajaradigan vazifalarida yana ham oydinroq namoyon bo‘ladi.
Audit fani korxonalarning xo‘jalik faoliyatlari jarayonida qo‘llaniladigan
buxgalteriya hisobini va uning ma’lumotlar bazasi asosida tuziladigan moliyaviy
hisobotlarni belgilangan me’yoriy hujjatlarga mosligini tekshirishni o‘rgatadi.
Shuningdek korxona rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash,
foydalanilmayotgan
zahiralarni
qidirib
topish,
ularni korxona
faoliyatini
rivojlantirishga jalb etish hamda korxonani raqobatbardoshligi va samaradorlik
darajasini oshirishda mavjud resurslardan foydalanish yo‘llarini aniqlash
maqsadida shartnomalar asosida maslahat (konsalting) xizmatini ko‘rsatish,
tadbirkor va ishbilarmonlar faoliyatiga baho berish kabi masalalar yechimini ham
o‘rgatadi.
Turli xil mulkchilik shakllariga asoslangan korxonalarda ularning xo‘jalik
mablag‘lari manbalari, yuridik kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjatlari, texnologik
jarayonlari, shartnoma munosabatlari, ishlab chiqarish rejalari, buxgalteriya hisobi,
moliyaviy hisobotlari va korxonalarning tarkibiy qismlari auditning obyekti bo‘lib
hisoblanadi.
Auditorlik ishlarini maxsus vakolatga ega bo‘lgan, davlatning kasb reestriga
kiritilgan va auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olgan mutaxasislar
shug‘ullanadi. Ularni auditorlar deb atashadi.
9
§3. Audit fanining metodi va metodologiyasi
Metod tushunchasi maxsus adabiyotlarda keng talqin qilingan. Metodga
tabiatda va jamiyatda bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda sodir bo‘ladigan hodisa va
jarayonlarni o‘rganish va bilish usuli sifatida qaraladi. Chunki, sodir etilgan hodisa
va voqeiliklarni amalga oshganligini tasdig‘i mushohada qilingandan so‘ng bilish
nazariyasi asosida olinadi. Shuning uchun hodisa va voqealiklarning qaysi jihati
o‘rganilishidan qat’iy nazar, ularni o‘rganishga dialektik nuqtai nazardan
yondoshish lozimdir. Shunga binoan, audit fanining metodi dialektik metodga
asoslangan bo‘lib, fanning predmet faoliyatini makon va zamonda bilish nazariyasi
asosida o‘rganish maqsadida qo‘llaniladigan usullar majmuasidir.
Shuningdek, audit fanini o‘rganishning o‘ziga xos usullari ham mavjudki,
ularsiz auditning obyektlari to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni olishga imkon
bo‘lmaydi. Xalqaro audit amaliyotida foydalanilayotgan auditorlik tekshiruvi
o‘tkazish usullari ikki guruhga bo‘linali: asosiy usullar; tashkiliy usullar.
Auditorlik tekshiruvining asosiy usullariga, haqiqiy tekshirish, tekshirish
yakunlarini hujjatlar bilan tasdiqlash, kuzatish, so‘rov, mexanik jihatdan
aniqlangan tekshirish, maxsus tekshirish va yuzlashtirib tekshirishni, tashkiliy
usullariga esa aralash tekshirish, tanlab tekshirish, analitik tekshirish va
kombinatsion tekshirishlarni kiritish mumkin. Tekshirish usullarini to‘g‘ri tanlash
audit sifatini va auditor ish samarodorligini oshiradi. Shuning uchun auditor audit
qilish usullarini tanlashda quyidagi mezonlarni hisobga olishi kerak:
1. Auditorlik mezonlarining asosiy tamoyillarini;.
2. Korxona faoliyatini baholashning asosiy mezonlarini;
3. Auditor faoliyatini asosiy fazalarini.
Quyidagilar auditorlik mezonlarining asosiy tamoyillari bo‘lib hisoblanadi:
auditor va mijoz uchun majburiyatlarning umumiyligi, auditorlarning auditning
o‘tkazish texnologiyasini mukammal bilishi, auditorlarni tanlash va auditor
ishining sifatini nazorat qilish tamoyillar auditorlik mezonlarining asosiy
tamoyillari bo‘lib hisoblanadi.
10
Korxonalarning
moliyaviy
holati
ko‘rsatgichlarini
hisoblash
hamda
bankrotlik darajasini va bankrotlik holatidan chiqish imkoniyatilarini aniqlash
korxonalar faoliyatini baholashning asosiy mezonlari bo‘lib hisoblanadi.
Auditorlik faoliyatini quyidagi asosiy fazalarga bo‘lish mumkin:
1. Korxona faoliyatini o‘rganish va audit maqsadini belgilab olish;
2. Auditorlik dalillarini to‘plash va ularni tahlil qilish;
3. Xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilishni tekshirish;
4. Balans moddalarini tekshirish;
5. Auditning tugallanishi va xulosa yozish.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda auditorlik tekshiruv usullarini asosiy
va tashkiliy usullarga ajratish mumkin.
Auditorlik tekshiruvi o‘tkazishni asosiy usullariga quyidagilarni kiritish
mumkin: haqiqiy tekshirish; tekshirish yakunlarini hujjatlar bilan tasdiqlash;
kuzatish; so‘rov; mexanik jihatdan aniqlangan tekshirish; maxsus tekshirish;
yuzlashtirib tekshirish.
Auditorlik tekshiruvi o‘tkazishning tashkiliy usullariga quyidagilar kiradi:
aralash tekshirish, tanlab tekshirish, analitik tekshirish, kombinatsion tekshirish.
Har qanday fanning metodi bilan bir qotorda metodologiyasi mavjud.
Yuqorida aytib о‘tganimizdek, metod - fanni о‘rganish usuli bо‘lsa, metodologiya shu fanni о‘rgatish usuli bо‘lib hisoblanadi. Auditga doir adabiyotlarda har qanday
fanning dialektik asosi bо‘lgan dialektik usul Auditning ham asosidir, deb eslatib
о‘tilgan. Lekin bu usulning Audit fanining metodologik asosi sifatida qanday
kategoriyalarga asoslanishi yoritilmagan.
Bizning fikrimizcha, makon va zamon, induksiya va deduksiya, sintez va
analiz, shuningdek falsafaning barcha qonunlari Audit fanining metodologik
asosini tashkil qiladi. Makonga Audit fanining tashkil qilinadigan joy ya’ni
korxona, zamonga esa Auditni tashkil qilish vaqtini, auditorlik xo‘llosasini va
hisobotoni taqdim etish davrini misol qilib olish mumkin.
11
§4. Audit fanida xususiy usullarning qo‘llanilishi
Audit tekshirishlarni bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Inspektsiya tekshiruvi–joylarda auditorlar tomonidan korxonaning
moliyaviy holatini aniqlash maqsadida moddiy aktivlarni va ularga tegishli
operatsiyalarni maqsadga muvofiq amalga oshirilganligini tekshirishga
aytiladi;
2. Kuzatish – joylarda auditorlar tomonidan korxona axborotlarini maqsadli
yo‘naltirilganligini va tadbirlarning bajarilishini boshqa shaxslar tomonidan
nazorat qilish;
3. So‘rab chiqish – auditning uslubi hisoblanib, hisobdor shaxslardan
hodisalar va faktlar to‘g‘risida ma’lumotlar so‘raladi;
4.
Hisoblash–buxgalteriya
hisobi
yozuvlari
va
hisoblari
to‘g‘ri
bajarilganligini arifmetik tekshirish;
5. Analitik va tanlab tekshirish – statistik materiallarini o‘rganish asosida
odatdan tashqari va kutilmagan chetlanishlar tahlil qilinadi. Tekshirish
natijasiga ko‘ra mijoz faoliyatidagi o‘zgarishlarga va moliyaviy hisobotdagi
xatoliklarga baho beriladi.
Auditorlik faoliyati uchun tanlab tekshirish uslubi muhim ahamiyat kasb
etadi. Chunki u nazorat ishlarini arzonlashtiradi. Tanlab tekshirish statistik bo‘lishi
ham mumkin. SHuning uchun tanlashning o‘lchamini belgilash, baholash va
kutilayotgan tavakkalchilik darajasini aniqlash uchun ehtimollar nazariyasidan
foydalaniladi.
Auditorlik tanlab tekshirishlar quyidagi 4 bosqichdan iborat:
1. Tanlashni rejalashtirish;
2. Ob’ektlarni tanlab olish;
3. Ob’ektlarni tekshirish;
4. Test natijalarini baholash.
Tanlab tekshirish natijalari maxsus registrlarda qayd etiladi. Unda
auditorning maqsadi, alohida sonlarni tanlash o‘lchami, xatolarini ochish darajasi,
12
tanlab olingan ob’ektlarni tekshirish va audit testlarining tavsifi keltiriladi. Tanlab
tekshirish natijalari bo‘yicha xulosa tayyorlanadi.
Auditorlik faoliyatini yuritishda analitik tekshirishlardan ham foydalaniladi.
Analitik tekshirishlar keng tarqalgan uslub hisoblanib quyidagi tartibda bajariladi:
1. Turli rasmiy va norasmiy moliyaviy ma’lumotlarni tahlil qilish;
2. Haqiqiy ma’lumotlar bilan tahlil tavsiyalarini solishtirish;
3.
Oxirgi
hisobot
ma’lumotlari
bilan
o‘tgan
davrning
o‘xshash
ko‘rsatkichlarini solishtirish;
4. Kutilmagan chetlanishlarni tekshirish;
5. Boshqa shaxslardan olingan axborotlar bilan tahlil natijalarini baholash.
Analitik tekshirishlar auditning turli bosqichlarida qo‘llaniladi.
Auditni rejalashtirish bosqichidagi analitik tekshirish korxona faoliyatiga
ichki va tashqi omillarni ta’siri to‘g‘risidagi axborotlarga hamda boshqaruv va
moliyaviy hisobotlarning o‘tgan davr ma’lumotlariga asoslanadi. Analitik
tekshiruvlarning bu bosqichdagi maqsadi bashorat qilingan chetlanishlarga auditor
e’tiborini qaratishdir.
Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish bosqichidagi analitik tekshirishda
korxonaning iqtisodiy imkoniyati va moliyaviy xo‘jalik faoliyati chuqurlashtirilgan
tekshirishdan o‘tkaziladi.
Agar mijozlar to‘g‘risidagi yillik ma’lumotlar to‘plami kompyuter fayllarida
saqlanib, auditor nazoratining dasturiy ta’minlanishi ishlab chiqilgan bo‘lsa unda
analitik tekshirishlar yana ham samarali bo‘ladi.
Audit amaliyotida strategik bo‘lmagan tekshirishlardan ham foydalaniladi.
Bunday tekshirishlarda auditor o‘zining shaxsiy ish tajribasiga tayanadi.
Auditor faoliyatining muhim mezonlaridan biri ashyoviy yo‘qlama
o‘tkazishda auditorning bevosita qatnashuvi hisoblanadi. Ashyoviy yo‘qlama
natijasida moddiy qiymatliklarning qoldiqlari to‘g‘ri baholanganligi va kimga
taalluqli ekanligi aniqlanadi. Buning uchun moddiy qiymatliklarni buxgalteriya
hisobi va muqaddam o‘tkazilgan ashyoviy yo‘qlama natijalari tahlil qilinadi.
Auditor ashyoviy yo‘qlamalarni sifatli o‘tkazilganligiga va ularni natijalari
13
buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri qayd qilinganligiga to‘la ishonch hosil
qilishi kerak.
Ashyoviy yo‘qlamani boshlashdan oldin auditorga quyidagi tadbirlarni
o‘tkazishni tavsiya etamiz:
1. Ashyoviy yo‘qlamani o‘tkazishni uyushtirish;
2. Yil davomida qiymatliklar zaxirasida ro‘y bergan o‘zgarishlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’muriyat bilan muhokama qilish;
3. Moddiy qiymatliklar hajmi va joylanish majmuasi bilan tanishib chiqish;
4. Ob’ektlarda ashyoviy yo‘qlama o‘tkazish usullarini aniqlash;
5. Moddiy qiymatliklarni saqlash joylarini ko‘rib chiqish;
6. Moddiy qiymatliklarni saqlanishi ustidan nazorat o‘rnatilganlik darajasini
va hujjatlarni qanchalik to‘g‘ri rasmiylashtiril-ganligini baholash;
7. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimidagi zaif joylarni aniqlash;
8. Uchinchi shaxslarga tegishli bo‘lgan tovar zaxiralarini to‘g‘riligini
tekshirish;
9. Ashyoviy yo‘qlama o‘tkazish uchun mutaxassislarga bo‘lgan talabni
o‘rganish;
10. Ashyoviy yo‘qlama o‘tkazishning barcha bosqichlarida xodimlarga
qanday yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish kerakligini bilish.
Ashyoviy yo‘qlama o‘tkazishda auditor quyidagi amallarni bajaradi:
1. Ashyoviy yo‘qlamani puxta va o‘z vaqtida bajarilishini tekshiradi;
2. Eskirgan, buzilgan va asta-sekin muomaladan chiqib ketadigan
qiymatliklarni aniqlaydi;
3. Buxgalteriya hisobi schyotlarida moddiy qiymatliklar qoldig‘i to‘g‘ri
ko‘rsatilganligini tekshirib ularni ashyoviy yo‘qlama natijasida topilgan
haqiqiy qoldiqlari bilan solishtiradi;
4. Buxgalteriya hisobini yangi ob’ektlari(obligatsiyalar, aksiyalar, veksel,
cheklar)ga alohida e’tibor beradi. Tekshiruvchi qimmatli qog‘ozlarni sanab,
hisoblab, ularning qiymatini aniqlash bilan birga mazkur qog‘ozlarni
14
daromadlilik darajasini tahlil qilib, muddati o‘tib ketgan veksellarni va
veksel beruvchilarni to‘lov qobiliyatini aniqlaydi.
Moddiy aktivlarning
baholanishi
va
qandaydir
mavjud qoldig‘i tekshirilganda ularning aniq
moddiy shaklda
(xujjatlar, olingan
patentlar,
litsenziyalar, mualliflik guvohnomalari) mavjud bo‘lishligi aniqlanadi. Ba’zi bir
ob’ektlarni baholashda ishlatilgan hisoblar, formulalar va me’yoriy hujjatlarni
to‘g‘riligi tahlil qilinadi.
Auditor audit jarayonida korxonada bajarilgan xo‘jalik operatsiyalarini
to‘g‘riligini nazorat qilishda mustaqil va muvofiq kelishlik testlaridan foydalanadi.
Bunda
buxgalteriya
yozuvlari
va
moliyaviy
hisobotda
qayd
etilgan
operatsiyalarning to‘liqligi, haqqoniyligi va qonuniyligi, mustaqil testlar to‘plami,
ichki nazorat tadbirlarini belgilangan me’yorlarga muvofiq kelishligi esa, muvofiq
kelishlik testlari asosida nazorat qilinadi.
Barcha audit testlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Rotatsion testlar – tekshirishga tegishli ob’ektlar auditor tomonidan
rotatsiya qoidasiga muvofiq (navbatma–navbat) tanlanadi;
2.
Chuqurlashtirilgan
operatsiyalarni
testlar
–
korxona
faoliyatida
sodir bo‘lgan
hisob tsiklining barcha bosqichlarida tanlab tekshirishga
aytiladi.
3. Aralash testlar–chuqurlashtirilgan testlarning cheklangan shakli bo‘lib
hisob tizimini tavsiflashda qo‘llaniladi.
§5. Kompyuter va ekspertlardan foydalanilganda audit uslublari
Auditorlik faoliyatida, kompyuterlardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Ushbu uslub auditorning kompyuterlar bilan ishlash uslubi nomi bilan tanish.
Kompyuterlardan foydalanish uslubi axborot materiallarini to‘plashni,
kuzatishni, ularni ustidan nazorat o‘rnatishni va alohida axborot ma’lumotlarini
tekshirishni o‘z ichiga oladi.
15
Auditorlik faoliyatida Superkalk, BIS-2000, Vizikalk, 1-S va boshqa
dasturiy paketlar bilan EHMlardan foydalanish samarali uslub hisoblanadi. Auditor
tomonidan elektron jadvallarni qo‘llash audit o‘tkazish dasturlarini tuzish
imkoniyatlarini yaratadi. Buning uchun EHMdan olinadigan hujjatlarning shakli va
mazmuni ishlab chiqiladi. Axborotlarni olish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan
harakatlar va ma’lumotlar aniqlanadi. Kerakli harakatlar bajarilgandan keyin
kompyuter displeyidan olingan videogrammalar asosida tegishli xulosalar
tayyorlanadi.
Audit o‘tkazishda auditorlar ekspert tizimlaridan foydalanadilar. Audit
natijalari bo‘yicha foydalanuvchilarga to‘g‘ri axborot taqdim etish maqsadida
kompyuter dasturlaridan foydalanish uslubi, audit o‘tkazishning alohida ekspert
tizimi bo‘lib hisoblanadi. Kompyuter dasturlari auditni rejalashtirishda, audit
tekshirishlarni o‘tkazishda, moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda hamda audit
tavakkalchiligini baholash va iqtisodiy tahlil o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotlarni olishda ishlatiladi. SHuningdek kompyuter dasturlari ekspert tizimi
u yoki bu axborotni mufassal tekshirishda, korxonalarning ishlab chiqarish
imkoniyatlarini aniqlashda, nazorat tizimini va boqimandalik qarzlarini baholashda
hamda qarz berishni maqsadga muvofiqligini aniqlashda ham qo‘llaniladi. SHu
bilan birgalikda ekspert tizimlari korxonalar moliyaviy holatini bashorat qilishda,
kompyuterlarda ishlov berilgan axborotlarni ishonchliligini baholashda va xo‘jalik
bitimlardagi moliyaviy buzilishlarni aniqlashda ham qo‘llanilishi mukin.
Ekspert tizimlari quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan:
1. Tushuntirish;
2. Vaziyatlarni baholash;
3. Bashorat qilish;
4. Yo‘llanma berish; nazorat va kuzatish;
5. Rejalashtirish.
EHMlarni axborot bazasi va ulardan foydalanuvchilarga tavsiyalar berish
mexanizmi ekspert tizimini negizi bo‘lib hisoblanadi. Axborotlar bazasi audit
16
o‘tkazish bilan bog‘liq
muammolarni hal etishda foydalaniladigan qoida va
axborotlarni o‘z ichiga oladi.
Ekspert tizimlari qo‘llanilganda auditorlarning qidiruv strategiyasi qabul
qilingan qarorlarni bajarilishini ta’minlovchi choralarni maqsadga muvofiqligini
izohlashdan iborat bo‘ladi. Qidiruv qo‘yilgan talablarni qanoatlantiruvchi muayyan
qarorlarni to‘plash orqali amalga oshiriladi. Auditor natijani oldindan aytib berishi
va uni ekspert tizimidan olingan axborot bilan taqqoslashi mumkin.
Murakkab
tizimlarda
auditning
kompyuterlashtirilgan
uslublaridan
foydalaniladi. Bu uslubdan foydalanish tartibi va uni umumlashtirish 5-ilovada
keltirilgan.
Nazorat uchun savollar.
1. Auditorlik xizmatiga bo‘lgan ehtiyojga qanday shart-sharoitlar
sabab bo‘ladi?
2. Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi haqida gapirib
bering?
3. Audit fanining predmeti nima?
4. Audit fani obyekti deganda nimani tushunasiz?
5. Audit fanini qanday obyektlarini bilasiz?
6. Auditni metodini tushuntirib bering?
7. Auditorlik mezonlarining qanday asosiy tamoyillarini bilasiz?
8. Auditorlik tekshiruvlarini qanday asosiy usullarini bilasiz?
9. Auditorlik tekshiruv o‘tkazishni tashkiliy usullarini sanab
bering?
Nazorat uchun test savollari
1. Audit xizmatining zarurligi qaysi javobda keltirilgan?
1. Korxonalarda mulkka nisbatan egalik hissining o‘zgarishi va yuqori
tashkilotlarga beriladigan hisobotlarni tekshiruvdan o‘tkazishni shartligi;
2. Axborotlarning ko‘pligi;
3. Korxona ma’muriyati tomonidan korxona egalariga noto‘g‘ri bo‘lgan
axborotlarni berish mumkinligi;
17
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
2. Auditorlik xizmatiga bo‘lgan ehtiyoj qaysi javobda to‘liq keltirilgan?
1. Korxona ma’muriyati tomonidan korxona egalariga axborotlarni berish
mumkinligi va mulk egasi qabul qiladigan qarorlarning bu axborotlar sifatiga
bog‘liqligi hamda maxsus bilimlarga bo‘lgan ehtiyoj;
2. Noto‘g‘ri axborotlarga asoslangan holda boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi
natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolishi yoki moliyaviy-iqtisodiy
inqirozga yuz tutish mumkinligi;
3. Korxona egalarida, investorlarda va kreditorlarda hamda axborotlardan
foydalanuvchi boshqa shaxslarda maxsus malaka, vaqt va materiallarning
yetishmasligi;
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
3. Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqidagi taxminlar qaysi javobda
keltirilgan?
1. XVII asrning o‘rtalarida Yevropaning aksiyadorlik kompaniyalarida;
2. A.A. Rizaqulov va R.Narziyevlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 1862 yili
Angliyada, 1867 yili Frandiyada, 1937 yili esa AQShda;
3. XIX asr o‘rtalarida Shotlandiyada;
4. Eramizdan oldingi 200 yillarda.
4. Audit fanining premeti ta’rifi qaysi javobda keltirilgan?
1. Korxonalarning kengaygan takror ishlab chiqarish faoliyatlarida ishtirok
etadigan va pul ifodasida aks ettiriladigan iqtisodiy jarayonlar hamda
korxonalarning faoliyat natijalari;
2. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati;
3. Fermer xo‘jaliklarining sotish jarayonlari;
4. Savdo va ishlab chiqarish korxonalarining tovarlari va materiallari hamda ishlab
chiqarishda tayyor bo‘lgan mahsulotlar.
5. Audit fani obyektlari qaysi javobda to‘liq keltirilgan?
1. Buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobotlar;
2. Korxona rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash;
18
3. Foydalanilmayotgan zahiralarni topish va maslahat (konsalting) berish;
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
6. Auditni metodi tushunchasi qaysi javobda keltirilgan?
1. Fanning predmet faoliyatini makon va zamonda bilish nazariyasi asosida
o‘rganish maqsadida qo‘llaniladigan usullar majmuasi;
2. Inventarizatsiya, kuzatish, so‘rov, o‘rganib tahlil qilish va boshqalar.
3. Buxgalteriya hisobi fanini tekshirish usuli auditning predmetini tashkil qiladi;
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
7. Auditorlik mezonlarining asosiy tamoyillari qaysi javobda keltirilgan?
1. Auditor va mijoz majburiyatlarining umumiyligi, moliyaviy hisobotlarning
umumiyligi, tomonlarning kelishuvi, auditning o‘tkazish texnologiyasini bilish,
auditorni tanlash, auditor ishining sifati;
2. Korxonaning moliyaviy holati, bankrotlik darajasi, bankrotlik holatidan chiqish
imkoniyati, maslahatlarni auditorlik xulosasida qayd etish mezoni;
3. Auditorning yondashuv yo‘nalishi, xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilishni
tekshirish, balans moddalarini tekshirish, auditning tugallanishi va xulosa yozish;
4. Bankrotlik darajasi, bankrotlik holatidan chiqish imkoniyati, tomonlarning
kelishuvi, auditning o‘tkazish texnologiyasini bilish.
8. Korxona faoliyatini baholash mezonlari qaysi javobda eltirilgan?
1. Auditor va mijoz majburiyatlarining umumiyligi, moliyaviy hisobotlarning
umumiyligi, tomonlarning kelishuvi, auditning o‘tkazish texnologiyasini bilish,
auditorni tanlash, auditor ishining sifati;
2. Korxonaning moliyaviy holati, bankrotlik darajasi, bankrotlik holatidan chiqish
imkoniyati, maslahatlarni auditorlik xulosasida qayd etish mezoni;
3. Auditorning yondashuv yo‘nalishi, xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilishni
tekshirish, balans moddalarini tekshirish, auditning tugallanishi va xulosa yozish;
4. Bankrotlik darajasi, bankrotlik holatidan chiqish imkoniyati, tomonlarning
kelishuvi, auditning o‘tkazish texnologiyasini bilish.
19
9. Auditor faoliyati fazalari qaysi javobda to‘liq keltirilgan?
1. Auditor va mijoz majburiyatlarining umumiyligi, moliyaviy hisobotlarning
umumiyligi, tomonlarning kelishuvi, auditning o‘tkazish texnologiyasini bilish,
auditorni tanlash, auditor ishining sifati;
2. Korxonaning moliyaviy holati, bankrotlik darajasi, bankrotlik holatidan chiqish
imkoniyati, maslahatlarni auditorlik xulosasida qayd etish mezoni;
3. Auditorning yondashuv yo‘nalishi, xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilishni
tekshirish, balans moddalarini tekshirish, auditning tugallanishi va xulosa yozish;
4. Bankrotlik darajasi, bankrotlik holatidan chiqish imkoniyati, tomonlarning
kelishuvi, auditning o‘tkazish texnologiyasini bilish.
10. Auditorlik tekshiruvlari usullari qaysi javobda keltirilgan?
1. Haqiqiy tekshirish, tekshirish yakunlarini hujjatlar bilan tasdiqlash, kuzatish,
so‘rov, mexanik jihatdan aniqlangan tekshirish, maxsus tekshirish va yuzlashtirib
tekshirish;
2. Haqiqiy tekshirish, tekshirish yakunlarini hujjatlar bilan tasdiqlash, kuzatish,
statistik, tezkor tekshirish;
3. Haqiqiy tekshirish, tekshirish yakunlarini hujjatlar bilan tasdiqlash, kuzatish,
arifmetik, aralash, kombinatsion;
4. Asosiy usullar; tashkiliy usullar.
11. Auditorlik tekshiruvining asosiy usullari qaysi javobda to‘liq keltirilgan?
1. Haqiqiy tekshirish, tekshirish yakunlarini hujjatlar bilan tasdiqlash, kuzatish,
so‘rov, mexanik jihatdan aniqlangan tekshirish, maxsus tekshirish va yuzlashtirib
tekshirish;
2. Haqiqiy tekshirish, tekshirish yakunlarini hujjatlar bilan tasdiqlash, kuzatish,
statistik, tezkor tekshirish;
3. Haqiqiy tekshirish, tekshirish yakunlarini hujjatlar bilan tasdiqlash, kuzatish,
arifmetik, aralash, kombinatsion;
4. Haqiqiy tekshirish, tekshirish yakunlarini hujjatlar bilan tasdiqlash, kuzatish,
integral, xulosali.
20
2-Mavzu: Auditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari
Mavzu bo‘yicha atamalar: aholi daromadi, investor, raqobat, aksiyadorlik
jamiyati, fond bozori, sarmoya, mulkdor, kreditorlar, tasdiqlovchi audit, maqsadli
audit, tavakkalchilikka asoslangan audit, moliyaviy nazorat, soliq nazorati,
mustaqil auditorlik nazorati, auditorlik faoliyati.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
«BBB», “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari
Auditorlik
faoliyati
–
xo‘jalik
subyektlarining
buxgalteriya
hisobi
xujjatlarini, buxgalteriya hisobini va ichki nazoratni tashkil qilinganligini, hisob
siyosatini,
moliyaviy
hisobotlarni
ma’lumotlarini
to‘g‘riligini,
soliq
deklaratsiyalarini bajarilishini, va boshqa moliyaviy majburiyatlarini tekshirishga
qaratilgan mustaqil faoliyatdir.
Bundan tashqari auditorlik tashkilotlari korxonalarning so‘rovlariga ko‘ra,
moliyaviy hisobotlarni, daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni tuzish, xo‘jalik
subyektlarning aktivlari va passivlarini baholash, moliya, soliq, bank, sug‘urta va
boshqa qonunchiliklar bo‘yicha maslahatlar berish va kadrlarni qayta o‘qitish kabi
faoliyat turlari bilan ham shug‘ullanadilar.
Auditorlik ishlarini maxsus vakolatga ega bo‘lgan, davlatning kasb
reyestriga kiritilgan va auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olgan
auditor deb ataladigan mutaxasislar bajaradi.
21
Auditor tushunchasi uzoq davrlardan beri mavjud bo‘lib turlicha yoritilgan.
Masalan,
Angliyada
auditor
deganda
xo‘jalik
subyektlarning
moliyaviy
hisobotlarini tekshiruvchi va ular to‘g‘risida o‘zining mustaqil fikrini bildiruvchi
mutaxassislar tushunilgan. Amerika buxgalterlar assotsiatsiyasining fikricha
auditor iqtisodiy voqea va hodisalar to‘g‘risidagi obyektiv ma’lumotlarni to‘plash
va baholash jarayonida foliyat ko‘rsatadigan shaxsdir.
Auditorlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan bir qancha qoidalar mavjud:
1. Xo‘jalik subyekti tomonidan auditorlarni erkin tanlash;
2. Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan turib auditorlik xulosasini
mijozga bermaslik;
3. Mijoz bilan qarindoshlik va boshqa munosabatlari bo‘lganda auditorlik
tekshiruvini amalga oshirish mumkin emasligi;
4. Auditorlarga va auditorlik firmalariga qonun tomonidan ruxsat berilgan
audit va maslahat xizmatlaridan tashqari xo‘jalik, tijorat va moliyaviy
faoliyat bilan shug‘ullanishni taqiqlanganligi.
Auditorlik faoliyatining asosiy maqsadi – korxona faoliyatini me’yoriy
tartibga solish asosida, mijoz va auditor o‘rtasidagi shartnomaviy majburiyatlarni
bajarishdir. Bu maqsadga erishish uchun auditor birinchi navbatda xo‘jalik
subyektlarni moliyaviy hisobotlarini haqiqiyligini va ular tomonidan amalga
oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini me’yoriy hujjatlarga to‘g‘ri kelishini tekshiradi.
Shuning uchun ham moliyaviy hisobotlarini haqiqiyligini va amalga oshirilgan
xo‘jalik operatsiyalarini me’yoriy hujjatlarga to‘g‘ri kelishini tekshirish auditorlik
xizmatining bosh vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Bunday vazifani bajarish uchun
auditorlar tekshiruv jarayonida quyidagi ishlarni amalga oshiradilar:
1. Hisobotlarda yo‘l qo‘yilgan noaniqliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish
bo‘yicha maslahat berish;
2. Korxona daromadlarini va moliyaviy natijalarini tekshirilayotgan davrda
sodir bo‘lgan qarzlarni buxgalteriya hisobida to‘liq, aniq va haqiqiy
ko‘rsatilganligini tekshirish;
22
3. Buxgalteriya hisobini yuritishda va hisobotlarni tuzishda amaldagi
me’yoriy hujjatlarga, davlat qonunchiligiga qay darajada amal qilinganligini
hamda aktivlar, majburiyatlar va korxona kapitalini baholashda ularni
tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talabiga (tartib-qoidalarga, baholash
usullarig1. rioya etilganligini aniqlash;
4. Korxonalar faoliyatida ishtirok etayotgan barcha moddiy aktivlardan, pul
mablag‘laridan, passivlardan va majburiyatlardan qanchalik samarali
foydalanilayotganlikni aniqlash.
Auditorning keyingi, ikkinchi asosiy vazifasi balans va moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobotni hamda ularga ilova qilingan tushuntirish xatlaridagi
ma’lumotlarni to‘g‘riligini aniqlash bo‘lib hisoblanadi.
Auditor moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va unga ilova qilingan
tushuntirish xatlaridagi ma’lumotlarni tekshirishda, eng avvalo, ularda keltirilgan
ma’lumotlarni to‘g‘riligini va mazmunini ifodalovchi omillarga alohida e’tibor
berishi lozim. Bunday omillarga qo‘ydagilarni kiritish mumkin:
1. Moliyaviy hisobotlarning mazmunini me’yoriy hujjatlarga mos kelishliga;
2. Moliyaviy hisobotlarda ko‘rsatilgan barcha aktivlar va passivlar
korxonaga tegishliligi hamda to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatilganligi;
3. Korxona mulkini baholashda uning hisob siyosatida belgilangan usuldan
foydalanganligi.
4. Moliyaviy hisobotlarda va joriy uchyotda barcha mablag‘larni to‘g‘ri
baholanganligi va xatosiz hisobga olinganligi;
5. Analitik hisob registrlarida keltirilgan ma’lumotlarni aniqligi, ularni
to‘g‘ri
jamlanganli
va
sintetik
hisob
ma’lumotlarini
bosh
kitob
ma’lumotlarga mos kelishligi;
6. Moliyaviy hisobotlarga korxona moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritilganligi moliyaviy ya’ni hisobotlarga
kiritiladigan korxona moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun asos borliligi.
23
Moliyaviy hisobotlarni sifatli tuzishga ta’sir etuvchi omillarga alohida
e’tibor berib o‘rganish auditorga moliyaviy hisobotlar sifati to‘g‘risida xulosa
berishga va keyinchalik balans hamda soliqqa tortilgan foyda miqdorini to‘g‘ri
hisoblanganligini aniqlashga zarur bo‘ladi.
Auditorlik faoliyatinig keyingi uchinchi asosiy vazifasi
moliyaviy
hisobotlarni chuqur tahlil qilish asosida korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatlariga
va moliyaviy holatlariga holisona baho berish bo‘lib hisoblanadi.
§2. Auditning zarurligi va ahamiyati
Aholi daromadining o‘sishi munosabati bilan investorlar sonini ko‘payishi
ular orasida kuchli raqobatni yuzaga keltiradi. Bu
o‘z navbatida fond bozorida sarmoya harakatning
zaruriy
shakli
sifatida
qaror
topishiga
va
rivojlanishiga zamin yaratadi. XIX asrning ikkinchi
yarimida aksiyadorlik jamiyatlarining rivojlanishi
jarayonida bir tomondan aholi mablag‘laridan
foydalanadigan qator moliyaviy institutlarning bankrotga uchrashi, ikkinchi
tomondan esa fond bozorining shakllanishi ro‘y berdi. Bu investorlarning
moliyaviy strukturalarga bo‘lgan ishonchining yo‘qolishiga olib keldi. Shuning
bilan birga korxonalarda majburiyatlarni bajarishni nazorat qilish va hisobot berish
konsepsiyasini amal qilishi korxonani boshqaruvchilar va ularga bo‘ysunuvchi
buxgalterlar tomonidan korxona faoliyati to‘g‘risida korxona egalariga ya’ni
mulkdorlarga hamda davlat moliya idoralariga moliyaviy hisobotlar va axborotlar
berib turishni talab qiladi. Korxona egalarida moliyaviy hisobotlarda va
axborotlarda korxonaning haqiqiy holati ko‘rsatilganligini tekshirish uchun har
doim ham yetarli bilim va malaka yetishmaydi. Shuning uchun ularni to‘g‘riligini
tekshirish va tasdiqlash uchun tashqaridan mutaxassislar taklif qilishadi. Shunday
qilib korxonalarda mulkka nisbatan egalik hissining o‘zgarishi va yuqori
tashkilotlarga beriladigan hisobotlarni tekshiruvdan o‘tkazishni shartligi audit
24
xizmatiga bo‘lgan zaruriyatni keltirib chiqardi. Uzoq yillar davomida auditorlik
xizmati mulkdorlarni, ichki va tashqi investorlarni, kreditorlarni ishonchiga
sazovor bo‘lgan obro‘li institut sifatida shakllandi.
Shuningdek auditorlik xizmatiga bo‘lgan ehtiyojga quyidagi shart-sharoitlar
ham sabab bo‘ladi:
1. Korxona ma’muriyati tomonidan korxona egalariga (ya’ni mulkdorlarga,
investorlarga va kreditorlarg1.
asoslanmagan va xolis bo‘lmagan
axborotlarni berish mumkinligi;
2. Mulk egasi qabul qiladigan qarorlarning korxona ma’muriyati tomonidan
beriladigan axborotlar sifatiga bog‘liqligi;
3. Noto‘g‘ri axborotlarga asoslangan holda boshqaruv qarorlarining qabul
qilinishi natijasida korxona moliya-iqtisodiy faoliyati noqulay iqtisodiy
ahvolga tushib qolishi yoki moliyaviy inqirozga yuz tutish mumkinligi;
4. Korxona egalarida, investorlarda va kreditorlarda hamda axborotlardan
foydalanuvchi
boshqa
shaxslarda
korxona
ma’muriyati
tomonidan
beriladigan axborotlarni tekshirish uchun maxsus malaka, vaqt va
materiallarning yetishmasligi;
5. Iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun maxsus
bilimlarga bo‘lgan ehtiyoj va h. k.
Auditorlik xizmati mana shu muammolarni hal qilishga yordam
beradi.
Auditorlik
shaklidagi
xizmati
korxonalarning
bozorida
turli
xil
mulkchilik
moliyaviy-xo‘jalik
faoliyati
natijalariga holisona xulosa beruvchi mustaqil auditorlik
firmalari, O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun
(yangi
tahriri,
2000
yil
26
may),
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining 2000 yil 22 sentabrdagi 365-sonli
“Auditorlik faoliyatini
takomillashtirish
ahamiyatini
va
auditorlik
tekshirishlarining
oshirish
to‘g‘risida”gi qarori, “Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik
tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida” gi NIZOM,
25
auditorlik
andozalari va me’yorlari, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi hamda
boshqa huquqiy-me’yoriy hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.Bugungi kunda
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
SH.M.Mirziyoyev
tomonidan
davlat
mablag‘laridan samarali foydalanish, ularni nazorat qilish, mahsulot ishlab
chiqarishni oshirish hamda tannarxini pasaytirishga alohi e’tibor qaratilmoqda 3.
Shu ma’noda xo‘jalik yuritiuvchi subyektlar faoliyatini holisona baholash va ularni
mustaqil nazoratchi sifatida o‘rganishda audit xizmatlari hamda auditorlarga
bo‘lgan munosabat alohida ahamiyat kasb etadi.
§3. O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning
tutgan o‘rni
Xalqaro amaliyotda korxonalar faoliyatini moliyaviy nazorat qilishning
quyidagi tizimlari mavjud:
1. Davlat moliyaviy nazorati. Uning oliy organi Hisob palatasi bo‘lib,
bevosita parlament yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi.
Uning asosiy vazifasi davlat byudjetining xarajatlar qismini nazorat qilishdan
iboratdir (O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati Hisob palatasi
shaklida tashkil qilingan bo‘lib, u parlamentga (Oliy majlis qonunchiligig1.
bo‘ynsunadi;
2. Soliq nazorati. Hukumatga yoki Moliya vaziriga bo‘ysunadi, davlat
byudjeti daromadlar qismining to‘ldirilishini nazorat qiladi (soliq nazoratii
O‘zbekiston Respublikasida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil qilinadi
va
O‘zbekiston
Respublikasida
hukumatga
(Vazirlar
Mahkamasig1.
bo‘ysunadi;
3. Vazirliklardagi nazorat taftish bo‘linmalari. Byudjet tomonidan mablag‘
bilan ta’minlanib, tegishli vazirliklarga bo‘ysunadi. Asosiy vazifasi byudjet
mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishini nazorat qiladi;
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari
va 2017 yilga mо‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yо‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan
majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bо‘lishi kerak” nomli
ma’ruzasi. Toshkent, 2017 yil 14 yanvar. – 22 b.
3
26
4.
Mustaqil
Buxgalteriya
qilinganligina,
auditorlik
hisobini
nazorati.
to‘g‘ri
amalga
tashkil
oshirilgan
muomalalarning qonuniyligini va moliyaviy
hisobotlarni ma’lumotlarining to‘g‘riligini
shartnoma asosida nazorat qiladi. Davlat sektoridagi korxona va tashkilotlarga ham
shartnoma asosida hisob, soliq va moliya masalalari bo‘yicha maslahat beradi;
Auditorlik nazorati tashqi moliyaviy nazoratning asosiy shakli bo‘lib
hisoblanadi va profesional auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarda auditni tashkil qilishda qo‘ydagi o‘xshashliklar mavjud:
1. Korxonalar moliyaviy hisobotlarini majburiy auditdan o‘tkazish;
2. Auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar uchun malaka talablarning
o‘xshashligi;
3. Auditorlikka faqat shu mamlakat fuqarolarini tayinlash tamoyili.
Bunday o‘xshashliklar xalqaro auditorlik tashkilotlarining shakllanishiga
olib keldi. Xususan, diplomli jamoatchi buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi 100
dan ziyod mamlakatda faoliyat ko‘rsatadigan 5 mingdan oshiq auditorlik
firmalarini birlashtiradi. Xorijiy mamlakatlarning nazorat amaliyotidagi ijobiy
tajribalarni o‘rganish va yoyish maqsadida 1953 yili BMT qoshida tashkil qilingan
nodavlat tashkilot – Oliy Nazorat Organlarining Xalqaro Tashkiloti tuzildi.
Shuningdek, buxgalter va auditorlarning proffessional tashkilotlari jahonning ko‘p
mamlakatlarida tuzilgan. Jumladan, Angliyada mustaqil buxgalterlar instituti
tashkil qilingan bo‘lsa, AQShda diplomli va diplomsiz jamoatchi buxgalterlarning
buxgalter-auditorlar jamiyati, Germaniyada Auditorlar palatasi va Auditorlar
instituti, O‘zbekistonda O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy
assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Auditorlar Palatasi (O‘AP) faoliyat ko‘rsatmoqda.
Barcha auditorlik firmalari, o‘z faoliyatlarida «Xalqaro audit normalari va
ko‘shimcha ishlar Nizomi»dan foydalanadilar. Xalqaro audit normalari normativi
29 banddan iborat bo‘lib, unga yana 4 ta qo‘shimcha ishlar normativlari ham
kiritilgan.
27
§4. Audit maqsadi va vazifalari
Auditning maqsadi – qanunchilikda, auditorlik faoliyatini me’yoriy
boshqarish hujjatlarida,
majburiyatlarda
auditor va mijoz orasida tuziladigan shartnomaviy
ko‘rsatiladigan
aniq
vazifalalarni
bajarishga
qaratilgan
auditorlarning tadbirkorlik faoliyatidir.
Auditning asosiy maqsadi – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida sodir
bo‘ladigan iqtisodiy (moliyaviy va xo‘jalik) muomilalarni va moliyaviy
hisobotlarni shuhbasiz to‘g‘riligini aniqlash bo‘lib hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlarni audit tukshiruvidan o‘tkazishning asosiy maqsadi
auditorlik
firmalarining
(auditorning)
iqtisodiy
sub’ektlarni
buxgalteriya
hisobotlarini qo‘ydagilarga nisbatan shuhbasiz to‘g‘riligini aniqlash bo‘lib
hisoblanadi:
1. Iqtisodiy sub’ektni buxgalteriya hisobini tashkillash va buxgalteriya
hisobotlarini tuzish O‘zbekiston respublikasining buxgalteriya hisobi qonuniga,
vazirlar mahkamasining va moliya vazirligining me’yoriy hujjatlariga mosligiga;
2. Iqtisodiy sub’ektni buxgalteriya hisobotlarini sub’ektning ma’lumotlariga
mosligiga;
Auditorlik firmalarining iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya hisobotlarini
mutlaq to‘g‘riligi haqidagi fikri iqtisodiy sub’ektning ma’lumotlariga qiziquvchi
tomonlarda bunday hisobotlarga ishonchini oshiradi
Moliyaviy hisobotlarni tekshirishni maqsadi:
1. Hisobotlarni aniq tuzilganligini yoki noaniqligini ko‘rsatib
berish;
2. Buxgalteriya hisobini yuritishda, moliyaviy hisobotlarni tuzishda
hamda aktivlarni, passivlarni, majburiyatlarni, xususiy kapitalni
baxolashda qonun va me’yoriy hujjatlarga rioya qilinayotganligini
tasdiqlash;
3. Tekshirilayotgan davrda korxona faoliyatining xarajatlarini,
sarflarini, daromadlarini va moliyaviy natijalarini buxgalteriya
28
hisobida va hisobotlarda to‘liq va aniq aks ettirilganligini
tasdiqlash;
4. Asosiy va aylanma fondlardan, moliyaviy zaxiralardan va qazga
olingan mablag‘lardan foydalanish zaxiralarini aniqlash.
Moliyaviy hisobotlarni audit qilishning asosiy maqsadi – korxona
aktivlarini, passivlarini, qarzlarini, majburiyatlarini, o‘zining mablag‘larini va
moliyaviy natijalarini
hisobotlarda to‘liq va aniq ko‘rsatilganligini ob’ektiv
baxolash va hisob siyosatini amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talabiga
javob berishni ko‘rsatib berish bo‘lib hisoblanadi.
Buxgalteriya
hisobotlarining
shuhbasiz
to‘g‘riligi
deganda
hisobot
ma’lumotlaridan foydalanuvchilar ular asosida korxona moliyaviy holativa xo‘jalik
faoliyati natijalari haqida to‘g‘ri xullosa chiqarishga va asosli qarorlar qabo‘l
qilishga imkon beruvchi aniqlik tushuniladi.
Auditning asosiy maqsadi moliyaviy resurslardan foydalanish zaxiralarini
aniqlash, soliqlarni to‘g‘ri hisoblanganligini tahlil qilish, korxona moliyaviy
holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, xarajatlarni, daromadlarni,
xarajatlarni va korxona faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha mijoz bilan
tuziladigan shartnomada ko‘rsatiladigan ishlar bilan to‘ldirilishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxonaning moliyaviy hisobotlarini va
ularga qo‘shimcha to‘ziladigan tushuntirish larni to‘g‘riliga ko‘rsatib beriladi.
Bunda qo‘ydagilar belgilanadi:
1. Hisobotda hamma aktivlar ko‘rsatilganligi;
2. Korxona mulklarini baholash hisob siyosatida ko‘rsatilgan
uslubiyotdan qanchalik farq qilishi;
3. Hisobotlarni tuzishda barcha hujjatlardan foydalanganligi.
Auditr yalpi va soliqqa tortiladigan foyda hisobini to‘g‘ri tuzilganligini
bilish maqsadida moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tekshiradi.
Auditor qo‘ydagilarni tekshirishi kerak:
1. Mulk egalarining ustav kapitali hajmini o‘zgartirish haqidagi
qarorini qanchalik bajarilganligini;
29
2. Sintetik va analitik hisob schyotlari ma’lumotlarining mosligini;
3. Hisobotlarda debetor va kreditor qarzlarini to‘g‘ri
ko‘rsatilganligini;
Auditorlik xullosasini tayyorlash jarayonida auditor qo‘ydagilarni tekshiradi:
1. Xo‘jalik muomilalarini va mulklarni baholashda korxonada qabo‘l
qilingan hisob siyosatiga rioya qilinayotganlikni;
2. Daromadlarni va xarajatlarni hisobot davriga to‘g‘ri
qo‘shilganligini;
3. Hisobda ishlab chiqarishning va kapital qo‘yilmalarning joriy
xarajatlarini bir biridan ajratilganligini.
Auditr asosiy maqsadga etishish va xullosa berish uchun qo‘ydagilar
bo‘yicha fikr bildirishi kerak:
1. Hisobotlarni qo‘llash mumkinligi haqida;
2. Hisobotlarni asoslanganligi haqida;
3. Hisobotlarni tugallanganligi haqida;
4. Hisobotlarning moddalarini to‘g‘ri baholanganligi haqida;
5. Schyotlardagi yozuvlarni asoslanganligi haqida;
6. Joriy hisobning ma’lumotlarini to‘g‘riligi haqida;
7. Hamma moddalar moliyaviy hisobotlarga kiritilganligi haqida.
Auditor bu maqsadga erishishi uchun zarur bo‘ladigan axborotlarni
to‘plashning turli xil usullaridan foydalanishi mumkin.
Auditor yoki auditorliu firmasi o‘zining faoliyatida auditorlik xizmatlari
ko‘rsatish bo‘yicha bir qancha vazifalarni bajaradi, xususan:
1. Xo‘jalik muomilalarining qonuniyligini, buxgalteriya hisobini
olib borishni va hisobotlarni tuzishni;
2. Mijozga buxgalteriya hisobini tashkil qilishda yordam berish;
3. Buxgalteriya hisobini tiklashga va hisobotlarni tuzishga yordam
berish;
4. Soliqlar bo‘yicha maslahatlar berish va hisoblangan soliqlarni
hisobini to‘g‘riligini tekshirish;
30
5. Buxgalteriya hisobini olib borishni va hisobotlar tuzishning
alohida masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;
6. Korxona faoliyatini tahlil qilish va baholash;
7. Ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish;
8. Kelgusidagi hamkorlar haqida axborotlar berish va boshqa
hizmatlar.
Auditorlar auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirish jarayonida moliyaviy
hisobotlarda keltirilgan ma’lumotlarning to‘liqligini, haqiqiyligini va arifmetik
to‘g‘riligini
baholash
hamda
moliyaviy
hisobotlardagi
axborotlarni
hisobchilikning umum qabo‘l qilingan tamoyillarga mos kelishligini tekshiruvdan
o‘tkazadigan ekspertizadan utkazish funktsiyalarni bajaradilar. Auditorlar bundan
tashqari mijozlar bilan kelishilgan holda kosulg‘tatsiya berish, hisobni tiklash,
hisobotlarni va korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish hamda boshqa bir
qancha funktsiyalarni ham bajaradilar.
§5. Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari
Hozirgacha auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan o‘tdi:
1. Tasdiqlovchi audit – asosan buxgalteriya hisob registrlari va hujjatlar
tekshirildi;
2. Tizimli (sistemali) audit - xo‘jarik yurituvchi subyektlarning moliyaxo‘jalik faoliyatlarida sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalari ustidan
muntazam (tizimli, doimiy) nazorat o‘rnatiladi;
3. Tavakkalchilikka asoslangan audit - yoppasiga yoki tanlov yo‘li bilan
o‘tkaziladigan tekshirish bo‘lib nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul
qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.
Korxonalarda majburiyatlarni bajarishni nazorat qilish va hisobot
berish kontseptsiyasini amal qilishi moliyaviy hisobotlar va axborotlarda
korxonaning haqiqiy holati ko‘rsatilganligini tekshirish va ularni tasdiqlash uchun
tashqaridan mutaxassislar taklif qilishlari tasdiqlovchi audit paydo bo‘lishiga asos
31
bo‘ldi. Auditorlik xizmati dastlab mulkdorlarni, ichki va tashqi investorlarni,
kreditorlarni moliyaviy hisobotlarni tasdiqlovchi institut sifatida shakllandi.
Tizimli (sistemali) audit shakllanishi bilan auditorlar ichki nazorat orqali
ekspertiza o‘tkaza boshladilar. Bunda ichki nazorat tizimi samarali tashkil qilingan
bo‘lsa, xato va kamchiliklarni aniqlash uchun jiddiy tekshirishlar o‘tkazishga hojat
qolmaydi.
Tavakkalchilikka asoslangan audit yoppasiga yoki tanlov yo‘li bilan
o‘tkaziladigan tekshirish bo‘lib, u korxona faoliyati sharoitidan kelib chiqadi va
asosan tor doiradagi obyektlarni tekshirish bilan izohlanadi.
Buxgalteriya hisobi bu korxonalarning moliya ho‘jalik faoliyatlarida sodir
bo‘ladigan
xo‘jalik
muomilalarini,
korxona
aktivlarini,
passivlarini,
majburiyatlarini, fondlarini va moliyaviy natijalarini qonunchilik talablari
doirasida hamda
milliy va xalqaro andazalarda belgilab berilgan tartiblarda
hisobga olish vazifasini bajaradi. Tavtish buxgalteriya hisobida
korxonalarning
moliya ho‘jalik faoliyatlarida sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomilalarini, korxona
aktivlarini, passivlarini, majburiyatlarini, fondlarini va moliyaviy natijalarini
qonunchilik hamda milliy va xalqaro andazalar talabiga qanchalik mos kelishi va
buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilinganligi to‘g‘risida asosli fikr bildiradi.
Audit va tavtishni o‘rtasidagi farqlar.
Faoliyat belgilari
Maqsadiga ko‘ra
Audit
Moliyaviy
Tavtish
hisobotlar-ning Ma’sullarni
to‘g‘ri to‘zilganligi haqida maqsadida
fikr bildirish
Xarakteriga ko‘ra
jazolash
amchiliklarni
aniqlash va ularni to‘g‘rilash
Tadbirkorlik faoliyati
Bajaruvchilik
faoliyati.
Yuqori bo‘g‘in buyruqla-rini
bajarish
Munosabatlari
asosida
Ixtiyoriy, shartnoma asosida Davlat yoki yuqori bo‘g‘in
o‘tkaziladi
tomonidan
o‘tkaziladi
32
majburiy
Boshqaruvi bo‘yicha Mijoz bilan munosabat-lar Bajargan ishlari yuzasi-dan
tengligi
tamoyili
asosida yuqori bo‘g‘inga hiso-bot
ishlari yuzasidan hisrobot beradi
beradi
Xizmatlarni to‘lovi
bo‘yicha
Mijoz
oldindan
to‘zilgan Yuqori bo‘g‘in yoki buyurt-
shartnoma asosida xizmat- machi to‘laydi
larni kelishilgan baho-larda
to‘laydi
Amaliy vazifalari
Mijozga
yordam
passivlvrni,
investorlarni
berish, Suyistemollarni oldini olish
kreditor-larni, maqsadida
qilish. o‘tkazish.Korxona
jalb
Korxona
profilaktika
mo-liyaviy aktivlarini himoya qilish
holatini yaxshi-lash
Natijasi
Auditorlik
xullosasi Ichkiy hujjat bo‘lgan tavtish
berish.Barcha huquqiy va dalolatnomasi tuzadi. Unda
jismoniy
shaxslar
huquqiy
mohiyatga
bo‘lgan
xullosa
Uning
yakuniy
foydalanuvchilar
uchun barcha
ega ko‘rsatiladi
berish. bo‘g‘inga
qismi buyurtmachiga
uchun etiladi
chop etiladi.
Nazorat uchun savollar
1. Auditorlik faoliyatini maqsadini gapirib bering.
2. Auditorlik faoliyatini mohiyatini gapirib bering.
3. Auditorlik faoliyatini vazifalarini gapirib bering.
4. Auditorlik faoliyati deganda qanday faoliyat tushuniladi.
5. Auditorlik faoliyati bilan kimlar shug‘ullanishi mumkin.
6. Auditorlik faoliyatiga tegishli bo‘lgan qoidalarni gapirib bering.
7. Auditning zarurligi va ahamiyati nima bilan belgilanadi.
33
kamchiliklar
va
yuqori
yoki
taqdim
8. Moliyaviy nazorat tizimini gapirib bering.
9. Auditning maqsadi va vazifalarini gapirib bering.
10. Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlarini gapirib bering.
11. Audit bilan tavtishni farqlarini gapirib bering.
Nazorat uchun test savollar
1. Auditorlik faoliyatining maqsadi –
1. korxona faoliyatini me’yoriy tartibga solish asosida, mijoz va auditor o‘rtasidagi
shartnomaviy majburiyatlarni bajarishdir;
2. korxonada hisoblashuvlarni to‘g‘ri olib borilganligini ochib tashlash;
3. birinchi va ikkinchi javob to‘g‘ri;
4. uchinchi javob to‘g‘ri.
2. Auditorlik faoliyati –
1.
xo‘jalik
subyektlarining
buxgalteriya
hisobi
xujjatlarini
to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligini tekshirishga qaratilgan mustaqil faoliyat;
2. buxgalteriya hisobini va ichki nazoratni to‘g‘ri tashkil qilinganligini tekshirish
va baholashga qaratilgan mustaqil faoliyat;
3. moliyaviy hisobotlarni ma’lumotlarini to‘g‘riligini, soliq deklaratsiyalarini
bajarilishini, boshqa moliyaviy majburiyatlarini va hisob siyosatini, tekshirishga
qaratilgan mustaqil faoliyat;
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
3. Auditorlik faoliyati bilan –
1. maxsus vakolatga ega bo‘lgan, davlatning kasb reyestriga kiritilgan va auditorlik
faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini olgan auditor deb ataladigan mutaxasislar
shug‘ullanadi;
2. oliy ma’lumotga ega bo‘lgan va 10 yildan ortiq bo‘xgalter bo‘lib ishlagan
malaqali mutaxasislar shug‘ullanadi;
3. har ikki javob ham to‘g‘ri;
4. to‘g‘ri javob keltirilmagan.
4. Auditorlik faoliyatiga tegishli bo‘lgan qoidalar qo‘ydagi bandda keltirilgan
–
34
1.
Xo‘jalik
subyekti
tomonidan
auditorlarni
erkin
tanlash,
ko‘rsatilgan
kamchiliklarni bartaraf etmasdan turib auditorlik xulosasini mijozga bermaslik;
2. Mijoz bilan qarindoshlik va boshqa munosabatlari bo‘lganda auditorlik
tekshiruvini amalga oshirish mumkin emasligi;
3. Auditorlarga va auditorlik firmalariga qonun tomonidan ruxsat berilgan audit va
maslahat xizmatlaridan tashqari xo‘jalik, tijorat va moliyaviy faoliyat bilan
shug‘ullanishni taqiqlanganligi;
4. Hamma javoblar to‘g‘ri.
5. Auditning asosiy maqsadi 1. xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida sodir bo‘ladigan moliyaviy va xo‘jalik
muomilalarni va moliyaviy hisobotlarni shuhbasiz to‘g‘riligini aniqlash;
2. xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida sodir bo‘ladigan moliyaviy
muomilalarni va moliyaviy hisobotlarni shuhbasiz to‘g‘riligini aniqlash;
3. xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomilalarni
va moliyaviy hisobotlarni shuhbasiz to‘g‘riligini aniqlash;
4. to‘g‘ri javob keltirilmagan.
6. Auditorlik faoliyati qo‘ydagi rivojlanish bosqichlaridan o‘tgan 1. Tasdiqlovchi audit, tizimli (sistemali) audit;
2. Tavakkalchilikka asoslangan audit;
3. Birinsi va ikkinchi javoblar to‘g‘ri;
4. Birinchi javob to‘g‘ri
35
3-Mavzu: O‘zbekiston respublikasida auditorlik faoliyatining huquqiy
asoslari
Mavzu bo‘yicha atamalar: auditorlik andozalari, auditorlik faoliyati
tamoyillari, O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi,
O‘zbekiston Auditorlar Palatasi, auditorlik me’yorlari.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
«BBB», “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. O‘zbekistonda auditorlik faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solish
tizimi va uning elementlari
Auditorlik faoliyatini me’yoriy asosini tashkil etuvchi
shart-sharoitlar, andozalar, nizomlar, qoidalar, tartiblar va
qonunlar auditorlik faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga
solish tizimi bo‘lib hisoblanadi. Ular auditorlarga audit
jarayonini to‘g‘ri tashkil etishlari, tekshiruvlarni amalga oshirishlari, tekshiruv
natijalari bo‘yicha fikr bildirishlari, mulohaza qilishlari hamda hisobot va xulosa
tuzishlari uchun xizmat qiladi. Auditorlik faoliyati mustaqillik, xolislik, erkinlik,
professional malakalilik va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyati O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining 2000 yil 26 maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni va uni
amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlari bilan tartibga
solinadi. Jumladan, 2000 yil 22 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
36
Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik
tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida»gi Qarori va boshqalar kiradi.
Shunga kura O‘zbekiston Respublika hukumati qarorlari va qonunlarini auditorlik
faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solish tizimining bosh elementi (unsuri)
sifatida qarash mumkin.
Auditorlik faoliyati milliy andozalari - bu barcha auditorlik tashkilotlari
o‘zlarining proffessional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo‘lgan
asosiy tamoillardir. Andozalar O‘zbekiston Respublikasi Moliyaviy vazirligining
Buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit uslubiyoti boshqarmasi tomonidan ishlab
chiqilib, tasdiqlanadi va Adliya vazirligida ro‘yxatga olinadi. Bu andozalar
Auditning Xalqaro andozalari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, mulkchilik shaklidan
qa’tiy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun auditorlik tekshiruvlarini
o‘tkazish qoidalarini belgilaydi.
Auditorlik
faoliyatini
amalga
oshirish
jarayonida
auditorlik
andozalariga rioya qilish audit sifatini, uning natijalarini
ishonchliligini
kafolatlaydi.
Auditorlik
andozalari
ahamiyati auditorlik tekshiruvlarining yuqori sifatli
bo‘lishini ta’minlashda, auditorlik amaliyotiga yangi
ilmiy yutuqlarni joriy qilishda, muayyan vaziyatlarda
auditorlar qanday ish tutishlarini belgilab berishda namoyon bo‘ladi.
O‘zbekistonda auditorlik firmalar faoliyatida auditorlik andozalarini tadbiq
qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘plami (auditorlik tashkilotining ichki ishchi
andozalari) ham ishlab chiqilgan. Bu hujjatlar auditorlik faoliyatini tashkil etishga
doir ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Auditorlik xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga
muvofiq ishlab chiqilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Auditorlik xizmati ko‘rsatish shartnomasi audit predmetini, xizmat
ko‘rsatish joyini, haq to‘lash hajmi va tartibini, tomonlarning javobgarligini o‘z
ichiga oladi. Shartnoma shartlari va topshiriq mazmuni O‘zbekiston Respublikasi
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga zid bo‘lmasligi lozim.
37
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq auditorlik faoliyati
bilan faqat yuridik shaxs huquqiga va litsenziyaga ega auditorlik tashkiloti
shug‘ullanishi mumkin. Shunga ko‘ra auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini
amalga oshirish litsenziyasiga ega, o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqil
bo‘lgan yuridik shaxsdir.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solishda va rivojlantirishda
proffessional jamoat tashkilotlari muhim o‘rin tutadi. Hozirgi paytda O‘zbekiston
Respublikasi xududida O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy
assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Auditorlar Palatasi kabi proffessional jamoat
tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi – 1992 yilda
ta’sis etilgan bo‘lib, buxgalterlarni, auditorlarni, soliqlar bo‘yicha maslahatchilarni,
shuningdek, sohaning ilmiy va pedagogik xodimlarining respublika jamoat
tashkilotidir. O‘z a’zolarini proffessional tamoyillari bo‘yicha birlashtiradi.
Assotsiatsiya O‘zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb
malakasini tartibga solish, rivojlantirish va ularni xalqaro andozalar talablariga
moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalterlar va auditorlarni huquqlarini
sud va boshqa idoralar oldida himoyalashda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish,
xususiylashtirish,
qimmatli
qog‘ozlar
bozori,
korxonalar
moliya-xo‘jalik
faoliyatining tahlili va moliyaviy menejment bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy
hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga yuqorida sanab o‘tilgan
masalalar bo‘yicha maslahatlar beradi va «hammasi buxgalterlar uchun» nomli
oylik byulleten, o‘quv, me’yoriy hamda uslubiy adabiyotlar nashr qiladi.
Assotsiatsiyani filiyallari O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida
faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Auditorlar Palatasi - malaka sertifikatiga ega mustaqil
auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi mustaqil notijorat jamoat tashkiloti.
Auditorlar Palatasining asosiy maqsadi auditorlarni proffessionallik darajasini
rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy manfaatlarini davlat organlari
38
oldida himoya qilish, kasbga oid talablar bo‘yicha bo‘ladigan barcha o‘zgarishlar
to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ta’minlashdan iborat. Auditorlar Palatasining asosiy
vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Audit sohasiga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
2. O‘quv dasturlarini hamda malakaviy imtixonlarni topshirish tartibini ishlab
chiqish va tasdiqlash;
3. Auditorlik malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlar uchun malakaviy
imtihonlarni o‘tkazish;
4. Auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlari
tashkil etish;
5. Auditorlarni kasb ahloqi kodeksi qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish;
6. O‘zbekiston auditorlar palatasi a’zoligiga malakali auditorlarni jalb etish
uchun xalqaro tashkilotlar va davlat organlari bilan hamkorlik qilish;
7.
O‘zbekiston
Respublikasi
auditorlarining
boshqa
davlatlar
jamoat
tashkilotlari tomonidan tan olinishiga erishish.
§2. Auditorlik faoliyatining standartlari
Auditorlar faoliyati andoza va me’yorlar bilan tartibga solinadi. Auditorlik
andozalari audit amaliyotini umumlashtirishdan olingan xulosalar asosida ishlab
chiqiladi.
Auditorlik tadbirlariga asos keluvchi tamoyillar yoki asosiy qoidalarga
andozalar deb aytiladi. Auditorlik qoidalari auditorga audit o‘tkazish uslubini
tanlashda yordam beradi va audit natijalarini baholash mezoni bo‘lib hisoblanadi.
Audit o‘tkazish sharoitlaridan qat’iy nazar andozalar
talabi
bajarilishi
andozalari
kerak.
auditorlar
Shuningdek,
faoliyatini
xalqaro
auditorlik
talablar
darajasida bo‘lishligini talab etadi. Auditorlik andozalar
auditorlarni bilim va malakalarini doimo oshirib borishlarini talab qiladi, bajargan
ishlarini sifatini, to‘g‘riligini va ishonchliligini kafolatlaydi. Auditorning
39
javobgarlik darajasini belgilab beradi va auditorlik ishlarini ixchamlashtiradi.
Shuning uchun ham iqtisodiy sharoitni o‘zgarishi bilan auditorlik andozalari qayta
ko‘rib chiqiladi.
Andozalar audit o‘tkazishga yondoshishni, auditorlik tekshiruv ko‘lamini,
auditorlik hisobotlari turlarini, shuningdek auditorlar rioya qilishi kerak bo‘lgan
asosiy
tamoyillarni
belgilab
beradi.
Auditorlik
andozalarning
ahamiyati
quyidagilardan iborat:
1. Auditorlik tekshiruvining yuqori sifatini ta’minlaydi;
2.
Auditorlik
amaliyotiga
yangi
ilmiy
yutuqlarni
joriy
qilishga
ko‘maklashadi;
3. Foydalanuvchilarga auditorlik tekshiruvi jarayonini tushunishga yordam
beradi;
4. Kasbning imidjini yaratadi;
5. Korxonalar faoliyatida davlat nazoratini bartaraf qiladi;
6. Auditorga mijoz bilan muloqot olib borishga yordam beradi;
7. Auditorlik jarayoni elementlarini aloqasini ta’minlaydi.
Auditorlar andozalar bilan bir qatorda auditorlik me’yorlaridan ham
foydalanishadi.
Auditorlik
me’yorlari
asosiy
qoidani
nazarda
tutmaydi.
Me’yorlarni bajarilishi majburiy emas. Lekin auditor ularga rioya qilmaslik
sabablariga izoh berishi kerak.
Auditning xalqaro va milliy andozalari. Transmilliy korporatsiyalarining
yagona iqtisodiy siyosat asosida o‘zaro bog‘langan holda rivojlanishi shuningdek,
auditorlik firmalarini yirik xalqaro korporatsiyalarga aylanishi auditorlik ishlarini
tashkillashni, auditorlik faoliyatini amalga oshirish tamoyillarini va audit o‘tkazish
texnologiyasini xalqaro mashtabda birxillashtirish zaruriyatini tug‘dirdi.
Xalqaro miqyosda auditorlarning malaka talablarni ishlab chiqish bilan bir
qancha tashkilotlar shug‘ullanadilar. Bular jumlasiga 1977 yilda tashkil qilingan
xalqaro buxgalterlar federadiyasi (IFA3.
ham kiradi. Auditorlik andozalari
amaliyoti bilan bu tashkilotning xalqaro qo‘mitasi (IAP3.
shug‘ullanadi. Bu
qo‘mita tomonidan tayyorlangan auditning xalqaro andozalar (IAG) auditorlarni
40
proffessionallik
darajasini
oshirishga
va
auditni
xalqaro
mashtabda
birxillashtirishga qaratilgan. Bu andozalar quyidagilardir:
IAG 1. Moliyaviy hisobotlarni tekshirishning maqsadi va hajmi.
IAG 2. Audit o‘tkazish uchun rozilik xati.
IAG 3. Audit o‘tkazishning asosiy tamoyillari.
IAG 4. Rejalashtirish.
IAG 5. Boshqa auditorlar ishi natijalaridan foydalanish.
IAG 6. Audit o‘tkazish munosabati bilan qo‘llaniladigan buxgalteriya
hisobi tizimini va ichki nazorat vositalarini o‘rganish va baholash.
IAG 7. Audit sifatining nazorati.
IAG 8. Audit ma’lumotlari.
IAG 9. Hujjatlashtirish.
IAG 10. Ichki audit ishi natijalaridan foydalanish.
IAG 11.Yolg‘on va xato.
IAG 12. Analitik tekshiruv.
IAG 13. Moliyaviy hisobotlar bo‘yicha auditor xulosasi.
IAG 14.Tekshirilgan moliyaviy hisobot hujjatlardagi boshqa axborot.
IAG 15.Ma’lumotlarni elektron qayta ishlash sharoitida audit
o‘tkazish.
IAG 16. Auditning kompyuter usullari.
IAG 17. Qiziqishi bor tomonlar.
IAG 18. Ekspert ishidan foydalanish.
IAG 19. Auditor tanlovi.
IAG 20. Ma’lumotlarni qayta ishlashda hisoblashuv tizimini qo‘llash.
IAG 21. Auditorlik xulosasiga sana qo‘yish. Balansga qo‘l
qo‘yilgandan keyingi hodisalar. Moliyaviy hisobotlar nashr
qilinganidan keyin aniqlangan dalillar.
IAG 22. Rahbarning tushuntirishlari.
IAG 23. Harakatdagi korxona.
IAG 24. Auditorning maxsus hisobotlari.
41
IAG 25. Mavjudlik va auditorlik tavakkalchiligi.
IAG 26. Auditda baholash hisoblashuvi.
IAG 27. Istiqboldagi moliyaviy axborotlarni o‘rganish.
IAG 28. Moliyaviy hisobotlarni tekshirishda auditorning dastlabki
qoldiqlar uchun mas’uliyati.
IAG 29. Xususiy va nazorat tavakkalchiligi va ularni mustaqil
jarayonlarga ta’sirini baholash.
O‘zbekistonda auditorlik faoliyati yuritishning xalqaro andozalari
bilan bir qatorda milliy andozalari ham ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston auditorlarining milliy andozalari
1. 3-son AFMA “Auditni rejalashtirish”
2. 4-son AFMA “Auditorlik tashkilotlarining ichki standartlariga
qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash
3. 5-son AFMA "Auditor ishi sifatini nazorat qilish"
4. 6-son AFMA "Auditni hujjatlashtirish"
5. 9-son AFMA “Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi”
6. 10-son AFMA "Moliya hisoboti tarkibida boshqa ma’lumot"
7. 11-son AFMA "kompyuterda ishlangan ma’lumotlar (KIM)ning
auditi"
8. 12-son AFMA “Auditorlik tekshiruvlari jarayonida buxgalteriya
hisobi va ichki nazorat tizimini baholash
9. 13-son AFMA "Tahliliy tadbirlar"
10. 14-son AFMA “Auditorlik tanlash
11. 16-son AFMA "Ekspert ishidan foydalanish"
12. 25-son AFMA auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda normativhuquqiy hujjatlarga rioya etilishini tekshirish
13. 31-son AFMA “Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati bilan
tanishuv
14. 50-sonli AFMA “Auditorlik dalillari"
15. 55-sonli AFMA "O‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasidagi bitimlar
42
bo‘yicha auditorlik dalillarini olish taomillari"
16. 56-son AFMA “Moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi
hodisalar
17. 60-son AFMA "Boshqa auditor ishi natijalaridan foydalanish"
18. 70-son AFMA “”
19. 80-son AFMA "Maxsus savolni tekshirish natijalari bo‘yicha
auditor hisoboti
20. 90-son AFMA "Auditorlik tashkilotlarining kasbga doir
xizmatlari
Auditning ichkiy andozalari.
Auditorlik firmalari o‘z faoliyatlarini va
bajaradigan ishlarini xususiyatlaridan kelib chiqib o‘zlari ishlab chiqqan ichkiy
andozalaridan ham foydalanishga ruxsat berilgan. Ichki standartlar, odatda,
buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha metodologik boshqarmaga ega bo‘lgan yirik
auditorlik firmalarida ishlab chiqiladi va
shu tashkilot ichida
auditorlik
tekshiruviga yagona yondashuvni ta’minlaydi. Lekin bu andozalar xalqaro va
milliy andozalar talabini inkor etmasligi kerak.
Firma
ichkiy
andazalari
har
bir
auditorlik
firmasida
uning
ish
xususiyatlaridan kelib chiqib firma jamoasi tomonidan ishlab chiqiladi. Ular audit
utkazish va uni takomillashtirish bo‘yicha doimo o‘zgartirishlar kiritib turiladigan
ko‘p miqdorlardagi tizimlashtirilgan yo‘riqnoma va qo‘llanmalar majmuasidan
iborat bo‘ladi.
Firma
ichkiy
andazalarida,
odatda,
xalqaro
va
milliy
auditorlik
andazalarining mazmunini batavsil , to‘la, mukammal bayoni bo‘lib, umumqabo‘l
qilingan andazalar talabini aniq uslubiyot va aniq ko‘rsatmalar shaklida auditorlik
tekshiruvlarini amalga oshiruvchi aniq bajaruvchilarga yetkazib beradi.
Firma ichkiy andazalarida audit utkazishning barcha bosqichlarida audit
utkazish uslubiyoti va talablari ko‘rsatiladi va qo‘ydagi unsurlardan tashkil topadi:
1. Tomonlarning orasida tuziladigan auditorlik bitmlarini maqsadini
belgilash. Bu har bir auditorlik tekshiruvi oldindan chuqur uylangan reja
asosida utkazilishini bildiradi. Reja asosida olib borilgan audit mijozlarga
43
malakali xodimlar tomonidan yuqori sifatli kasbiy xizmat ko‘rsatilganligiga
ishonchni ta’minlaydi.
2. Biznes ob’ektini ko‘rib chiqish (ko‘zdan kechirish). Auditorlik
tekshiruvi mijozni bilish va u bilan tanishuvdan boshlanadi.
3. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatarni baholash. Mijozni bilish va xatarga
tarkibiy yondoshish asosida oddiy xatolar va tovlamachilik shaklidagi
xatarlar aniqlanadi va ularni mohiyati baholanadi.
4. Auditni istiqbolini belgilash uchun ichki nazorat tizimini baholash.
Audit tekshiruvlarining dastlabki bosqichida ichki nazorat tizimi baholanadi
– dastlab xo‘jalik faoliyatiga nazorat qilishda rahbariyat foydalaniladigan
usullar, so‘ngra buxgalteriya hisobi va nazorat tizimi baholanadi.
Bu
bosqichda faqat tekshiruv strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishga zarur
bo‘ladigan axborotlar baholanadi.
5. Auditorlik tekshiruvi strategiyasini aniqlash. Alohida baholangan
muhim xatarlar umumlashtiriladi va zarur bo‘ladigan auditorlik amallari
aniqlanadi.
6. Nazorat tizimini samaradorligini baholash. Auditorlik tekshiruvi
rejasini ishlab chiqish va audititorlik tekshiruvi yakunida nazorat tizimini
umumiy baholash maqsadida ichki nazorat tizimi to‘liq baholanadi. Mijozga
tekshiruv jarayoni haqida ma’lum qilinadi.
7. Mustaqil tekshiruvlar rejasi. Rejada har qanday holatda davomiligi
samarali bo‘lgan mustaqil tekshiruvlar mohiyati va ularni qo‘llash
belgilanadi.
8. Mustaqil tekshiruvlar. Mustaqil tekshiruvlar reja asosida olib boriladi.
Ularni natijalarini baholash bo‘yicha rejaga o‘zgartirishlar kiritiladi.
9. Auditorlik tekshiruvlarini yakunlash. Moliyaviy hisobotlar bo‘yicha
umumlashgan qisqacha xullosa va yakuniy xullosa qilinadi. Muhim bo‘lgan
masalalar ijoz bilan muhokama qilinadi.
10. Xulosani taqdim etish.
Auditorlik tekshiruvlari asosida xullosa
yoziladi. Mijozga moliyaviy hisobotlar haqida bildirilgan fikrga qo‘shimcha
44
tekshiruv natijalari bo‘yicha taqdim etiladi. Auditor hisobotida buxgalteriya
hisobini samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar
va ichki nazoratni
mufoqiqligi baholanadi.
Auditorlar muayyan andozalardan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan
vaziyatlarda
tamoyillardan
foydalanadilar.
Auditorlik
faoliyati,
auditorlik
faoliyatining auditorlik andozalariga mos kelishlik, auditor mulohazalarning
holisligi, mijozning jamoasiga hisobot berishlik, audit o‘tkazish uchun zarur
bo‘lgan barcha axborotlarga ega bo‘lishlik, o‘z faoliyat natijalarini doimiy nazorat
qilib turishlik va audit o‘tkazish texnikasini takomillashtirib borish kabi
tamoyillarga javob berishi kerak.
§3. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Auditorlik
tashkiloti
mustaqil
xo‘jalik
yurituvchi
subyekt
sifatida
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasiga muvofiq quyidagi
huquqlarga ega:
1. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlari bilan
tanishib chiqish. Bunda auditor quyidagilarga alohida e’tibor berishi kerak:
korxonaning ustav faoliyatiga, ustavning qachon va qaysi davlat idorasi
tomonidan ro‘yxatga olinganligiga, qaysi notarial idora tomonidan
tasdiqlanganligiga, ta’sis shartnomasiga muvofiq ta’sischilar tarkibiga,
ularning huquqiy maqomiga va ustav kapitalidagi ulushiga;
2. Korxonaning moliyaviy ahvoli va buxgalteriya hisobini tashkil qilish
bilan tanishib chiqish;
3. Korxona moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni to‘liq olish;
4. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish davomida yuzaga kelgan munozarali
masalalar bo‘yicha moddiy javobgar shaxs va uchinchi shaxslardan
tushuntirishlar hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur
bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlarni olish;
45
5. Tekshiruvga qo‘shimcha auditorlar va boshqa mutaxassislarni belgilangan
tartibda jalb etish;
6. Buxgalteriya hisobi hujjatlarida va moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan
mol-mulklarning haqiqatda mavjudligini va majburiyatlar holatini tegishli
usullar bilan tekshirish.
Korxona auditorga talab qilgan barcha hujjatlarni to‘liq hajmda taqdim
etishi, mol-mulklar mavjudligi va majburiyatlar holatini tekshirishga zarur shartsharoitlarni yaratib berishi lozim.
Ishonchli auditorlik xulosasi tuzishi uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt
tomonidan barcha axborotlar taqdim etilmagan hollarda auditor tekshiruv
o‘tkazishdan bosh tortishi va bu holni №70-«Auditorlik hisoboti va moliyaviy
hisobot haqidagi auditorlik hulosasi» nomli AFMS ga muvofiq «Auditorlik
tashkilotining auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish to‘g‘risidagi arizasi» bilan
rasmiylashtirishi mumkin.
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasida auditorlik
tashkilotlarining qo‘ydagi majburiyatlari belgilab berilgan:
1. Auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda
boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etish;
2. Auditorlik tekshiruvi o‘tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin
buyurtmachining talabiga binoan auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati
bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani va auditor
(auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etish;
3. Korxona axborotlarini maxfiyligini saqlash;
4. Korxonada sodir bo‘ladigan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining
noqonuniyligi haqidagi ma’lumot va axborotlarni hamda ularni bartaraf etish
yuzasidan takliflarni auditorlik hisobotida aks ettirish.
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga muvofiq
auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari va moliyaviy
hisobotdan foydalanuvchilar oldida sifatsiz, lozim darajada o‘tkazmaganlik yoki
noto‘g‘ri auditorlik xulosasini tuzish oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektga yoki
46
auditorlik tekshiruvining bashqa buyurtmachisiga yetkazilgan iqtisodiy va
ma’naviy zarar uchun javobgardir. Zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
auditorlik tashkilotidan undirib olinadi.
Shuningdek, auditorlik tashkilotining javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik
Kodeksi
336-moddasiga
muvofiq
ikki
taraflama
shartnomani
bajarmaslik oqibatida ham vujudga keladi. Unda ko‘rsatilishicha: agar ikki
taraflama shartnomada bir taraf sodir bo‘lgan qandaydir vaziyat tufayli shartnoma
shartlarini bajarishi mumkin bo‘lmay qolsa, ikkinchi taraf (basharti qonunda yoki
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmas1. , shartnomadan voz
kechishga va shartnomaning bajarilmasligi tufayli yetkazilgan zararni undirib
olishga haqli.
Nazorat uchun savollar
1. Auditorlik faoliyatini me’yoriy huquqiy tartibga solish tizimi deganda nima
tushuniladi?
2. Auditorlik faoliyati haqidagi qonunni mazmun mohiyatini gapirib bering.
3. Auditorlik andazalari qanday hujjat, tushuntirib bering.
4. Auditning milliy andazalarini mazmun mohiyatini gapirib bering.
5. Auditning xalqaro andazalarini mazmun mohiyatini gapirib bering.
6. Auditning ichkiy ndazalarini mazmun mohiyatini gapirib bering.
7. Auditorlik faoliyatini tartibga solish va rivojlantirish bilan qaysi jamotchilik
tashkilotlari shug‘ullanadi, ularni faoliyatini gapirib bering.
8. Auditorlar palatasini asosiy vazifasini gapirib bering.
9. Buxgalterlar va auditorlar milliy assatsatsiyasini faoliyatini gapirib bering.
10. Auditorlik tashkilotining huquqlarini gapirib bering.
11. Auditorlik tashkilotining majburiyatlarini gapirib bering.
12. Auditorlik tashkilotining javobgarligini gapirib bering.
Nazorat uchun test savollar
1. Auditorlik faoliyatini me’yoriy huquqiy tartibga solish tizimi bu
47
1. auditorlik faoliyatini me’yoriy asosini tashkil etuvchi shart-sharoitlar, andozalar,
nizomlar, qoidalar, tartiblar va qonunlardir;
2. Auditorlik to‘g‘risidagi qonundir;
3. birinchi va ikkinchi javoblar to‘g‘ri;
4. uchinchi javob to‘g‘ri.
2. Auditorlik faoliyati qo‘ydagi hujjatlar bilan tartibga solinadi 1. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, 2000 yil 22 sentabrda O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
365-sonli
«Auditorlik
faoliyatini
takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida»gi
Qarori va boshqalar;
2. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni;
3. 2000 yil 22 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining
ahamiyatini oshirish to‘g‘risida»gi Qarori;
4. To‘g‘ri javob berilmagan.
3. Auditorlik andazalari 1. audit o‘tkazishga yondoshishni, auditorlar rioya qilishi kerak bo‘lgan asosiy
tamoyillarni belgilab beradigan hujjat;
2. audit o‘tkazishga yondoshishni, auditorlik tekshiruv ko‘lamini, auditorlik
hisobotlari turlarini, auditorlar rioya qilishi kerak bo‘lgan asosiy tamoyillarni
belgilab beradigan hujjat;
3. To‘g‘ri javob berilmagan;
4. Birinchi javob to‘g‘ri.
4. O‘zbekistonda auditning neta milliy andazasi qabo‘l qilingan ?
1. 10 ta;
2. 20 ta;
3. 3. ta;
4. 29 ta.
5. Auditning nechati xalqaro andazalari mavjud?
1. 10 ta;
48
2. 20 ta;
3. 3. ta;
4. 29 ta.
6. O‘zbekistonda auditorlik faoliyatini tartibga solish va rivojlantirish bilan
qaysi jamotchilik tashkilotlari shug‘ullanadi?
1. Vazirlar mahkamasi huzuridagi prezident tomonidan 1993 yili tashkil qilingan
auditorlik departamenti;
2. Moliya vazirligi;
3. BAMA va AP;
4. To‘g‘ri javob berilmagan.
7. Auditorlar palatasi –
1. malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi
mustaqil notijorat jamoat tashkiloti bo‘lib, maqsadi auditorlarni qo‘llab qo‘vatlash,
proffessionallik darajasini rivojlantirish, kasbiy manfaatlarini himoya qilish,
kasbga oid talablar bo‘yicha bo‘ladigan barcha o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar
bilan ta’minlash;
2. malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi
mustaqil notijorat jamoat tashkiloti;
3. bitinchi va ikkinchi javoblar to‘g‘ri;
4. ikkinchi jvob to‘g‘ri.
8. Buxgalterlar va auditorlar milliy assatsatsiyasining maqsadi qo‘ydagi
bandda to‘liq keltirilgan –
1. soliqlar bo‘yicha maslahatchilarni ilmiy va pedagogik xodimlarining respublika
jamoat tashkilotidir;
2. buxgalterlarni va auditorlarni respublika jamoat tashkilotidir;
3. To‘g‘ri javob berilmagan;
4. Birinchi va ikkinchi javoblar to‘g‘ri.
9. Auditorlik tashkilotining huquqlari qaysi bandda to‘lik keltirilgan?
1. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlari, moliyaviy
ahvoli va buxgalteriya hisobini tashkil qilish bilan tanishish.
49
2. Korxona moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni to‘liq olish, tekshiruv
o‘tkazish davomida yuzaga kelgan munozarali masalalar bo‘yi-cha moddiy
javobgar shaxs va uchinchi shaxslardan tushuntirishlar olish;
3. Tekshiruvga qo‘shimcha auditorlar va mutaxassislarni jalb etish, buxgalteriya
hujjatlarida va moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan mol-mulklarning haqiqatda
mavjudligini va majburiyatlar holatini tekshirish.
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
10. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari qaysi bandda to‘lik keltirilgan?
1. Qonun talablariga rioya etish, mijozga auditorlik faoliyati bilan shu-g‘ullanish
huquqini beruvchi tegishli hujjatni
taqdim etish, axborot-larini maxfiyligini
saqlash, sodir bo‘lgan operatsiyalarining noqonuniyli-gini auditorlik hisobotida aks
ettirish.
2. Asosiy majburiyati ishni o‘z vaqtida bajarish;
3. To‘g‘ri javob keltirilmagan;
4. Birinchi javob to‘g‘ri.
11. Auditorlik tashkilotining javobgarligi qaysi bandda to‘lik keltirilgan?
1. Respublika Fuqarolik Kodeksi 336-moddasida belgilangan;
2. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasida belgilangan;
3. To‘g‘ri javob berilmagan.
4. Birinchi va ikkinchi.
50
4-Mavzu: Auditorlik tekshiruvining turlari va shakllari
Mavzu
bo‘yicha tayanch
iboralar: auditorlik
xizmati, auditorlik
tekshiruvlari, axborot bo‘shlig‘i, Majburiy audit, ixtiyoriy auditorlik tekshiruvi,
soliq idoralari tomonidan o‘tkaziladigan audit, huquqni muhofaza qiluvchi organlar
tomonidan o‘tkaziladigan audit, umumiy audit, bank auditi, sug‘urta tashkilotlar
auditi, birja auditi,
byudjetdan tashqari fondlar auditi,
investidiyalar auditi,
tasdiqlovchi audit, tizimiy yo‘naltirilgan audit, tavakkalchilikka asoslangan audit,
ichki audit, tashqi audit.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
«BBB», “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Auditorlik xizmati va uni turkumlash
Mulk egalari korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini haqiqiy va xolisona
baholashdan manfaatdor bo‘ladilar. Jahon amaliyotida ushbu masalani hal qilishda
asosan auditorlik xizmatidan foydalaniladi.
Auditorlik xizmati – xo‘jalik subyektlarining moliyaviy hisobotlarini
to‘g‘riligini tasdiqlovchi va buxgalteriya hisobini yuritish “Bugalteriya hisobi”
to‘g‘risidagi qonun, andazalar va boshqa me’yoriy hujjatlarning talablariga javob
berishini aniqlovchi mustaqil va xolisona ekspertizadir. Shunga ko‘ra auditorlik
xizmatini asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik
faoliyatlari natijalariga huquqiy jihatdan tasdiqlangan iqtisodiy ma’lumotlar
asosida baho berish bo‘lib hisoblanadi. Demak, muayan andozalar, me’yorlar,
51
mezonlar, qoidalar va tamoyillar talabi asosida ma’lumotlar yig‘ib korxona
faoliyatini baholash auditorlik xizmatining asosiy mazmunini tashkil etadi.
Auditorlik xizmati audit o‘tkazilishidan manfaatdor bo‘lganlar uchun
korxona faoliyatidagi «axborot bo‘shlig‘ini» (hisobotlarda ayrim ma’lumotlarni
yetishmasligi yoki hisobotdagi ma’lumotlarni ishonchliligi va haqiqiyligi bilan
baholash jarayonida qabul qilinayotgan qarorlarni mos kelmasligini aniqlash va
ularni bartaraf etish) to‘ldirishga yordam beradi.
Auditorlik xizmatlari haqida batavsil ma’lumotlarga ega bo‘lish va ulardan
to‘g‘ri foydalanish uchun ularni alohida belgilari bo‘yicha turkumlarga ajratib
o‘rganish muhimdir.
Auditorlik xizmati o‘tkazish shakli bo‘yicha, yo‘naltirilganligi nuqtai
nazaridan, umumiy o‘lchamlari nuqtai nazaridan, rivojlanishi nuqtai nazaridan va
o‘tkazish xarakteri kabi belgilari bo‘yicha turkumlanadi.
O‘tkazish shakli bo‘yicha auditorlik xizmatlari:
1. Majburiy audit (qonunda belgilangan bo‘ladi va
auditdan o‘tadigan korxonalarning ro‘yxati davlat
tomonidan belgilanadi);
2.Ixtiyoriy tarzidagi auditorlik tekshiruvi (korxona tashabbusiga ko‘ra
ixtiyoriy tarzda o‘tkaziladi va yo‘naltirilganligi nuqtai nazaridan umumiy
audit, bank auditi, sug‘urta tashkilotlar auditi, birja auditi, byudjetdan
tashqari fondlar auditi va investitsiyalar auditi kabi turlarga bo‘linadi);
3. Soliq idoralari tomonidan o‘tkaziladigan audit (davlat soliq kodeksida
nazarda tutilgan muddatlarda tekshiruvllarni kordinatsiya qilish markazi
ruxsati bilan o‘tkaziladigan audit);
4. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan audit.
Yo‘naltirilganligi nuqtai nazaridan: umumiy audit; bank auditi; sug‘urta
tashkilotlar auditi; birja auditi; byudjetdan tashqari fondlar auditi; investidiyalar
auditi.
Umumiy o‘lchamlari nuqtai nazaridan auditorlik xizmatlari: operatsion
audit (bunday auditda barcha xo‘jalik operatsiyalari va jarayonlarini korxona ish
52
samaradorligiga va unumdorligiga bo‘lgan ta’siri o‘rganiladi), moliyaviy
hisobotlarni auditi (bunday audit moliyaviy hisobotlardagi ma’lumotlarni to‘liqligi
va ishonchliligini hamda ma’lum talablarga javob berishini aniqlash uchun
o‘tkaziladi), kelishilgan audit (buning asosiy maqsadi xo‘jalik subyektlarining
moliyaviy hisobotlarini tuzishda va buxgalteriya hisobini yuritishda ma’lum
me’yorlarga va qoidalarga amal qilinganligini tekshirishdir) va ishlab chiqarish
faoliyatining auditi (mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, tannarxni pasaytirish,
korxonaning mehnat unumdorligini va samaradorligini oshirish bo‘yicha
maslahatlar berish maqsadida o‘tkaziladi) kabi turlarga bo‘linadi.
Rivojlanishi nuqtai nazaridan auditorlik xizmatlari: tasdiqlovchi audit,
tizimiy yo‘naltirilgan audit, tavakkalchilikka asoslangan audit kabi turlarga
bo‘linadi. undan tashqari auditorlik xizmati faoliyat xarakteriga qarab ichki va
tashqi auditga bo‘linadi.
§2. Ichki va tashqi auditni tavsifi
Auditorlik xizmatlari o‘tkazish xarakteriga qarab ichki va tashqi auditga
bo‘linadi. Ichki audit korxona rahbari buyrug‘iga binoan korxona xodimi
tomonidan, tashqi audit esa chetdan taklif qilingan mutaxassis tomonidan
o‘tkaziladi.
Ichki
auditda
auditorlar
buxgalteriya
hisobi
ma’lumotlarini
ishonchliligini tekshirish, tahlil qilish va baholash asosida korxona xodimlariga
takliflar va maslahatlar tayyorlab berishadi. Ular korxona rahbariga hisobot beradi.
Direktorlar kengashi va boshqa boshqaruv bo‘linmalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aloqada bo‘ladi. Ichki audit bilan bir qatorda tashqi audit ham keng tarqalgan.
Tashqi audit alohida firmalar tomonidan o‘tkaziladi. Uning asosiy vazifasi
tashkilotning moliyaviy hisobotini tekshirish va baholashdir.
Tashqi va ichki auditning funksiyalarini o‘rgangan holda ularning farqini va
har birini nazoratga qo‘shadigan hissasini aniqlash mumkin (1-jadval).
53
§3. Majburiy auditorlik tekshiruvi
Auditorlik tekshiruvi qay tarzda o‘tkazilishiga ko‘ra majburiy va
tashabbus tarzidagi
auditorlik tekshiruvlarga bo‘linadi. SHuningdek,
auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining
tashabbusiga ko‘ra ham o‘tkazilishi mumkin.
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq quyidagi xo‘jalik
yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyatlarini har yili majburiy auditorlik
tekshiruvidan o‘tkazishlari kerak:
1. Aksiyadorlik jamiyatlari;
1-jadval
Ichki va tashqi auditning tavsifi
Omilla
T/R
1.
r
Bajaradigan
vazifalari
Ichki audit
Korxonani boshqarish
Tashqi audit
Korxona va auditorlik
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda firmasi o‘rtasidagi
boshqaruvchi tomonidan
shartnomada aniqlanadi.
belgilanadi.
Korxona axborot tizimini
Korxona hisob va hisobot
Maqsadi
tekshirish.
Korxona boshqaruvi tomonidan
tizimini tekshirish
Audit qonunchiligi bo‘yicha
4.
Usullari
aniqlanadi.
Mustaqil tanlanadi
aniqlandi.
Auditorlik andozalari
5.
Faoliyat turi Bajaruvchilik faoliyati
tekshirish
doirasida
Tadbirkorlik faoliyati.
Auditorlik tekshiruvi
Ishni tashkil
me’yor va qoidalari asosida
2.
3.
6.
7
Obyekti
etishi
O‘zaro
Aniq vazifalarni bajarish
auditor tomonidan mustaqil
Korxona boshqaruviga
munosabatlar bo‘ysunish.
8.
i
Subyektlari
aniqlanadi.
Teng huquqli hamkorlik va
Korxona shtatidagi boshqaruvga
mustaqillik asosida.
Tadbirkorlik faoliyati bilan
bo‘ysinuvchi xodimlar.
shug‘ullanishga litsenziyasi
bor mustaqil ekspertlar.
54
9
Kvalifikadiya Korxona boshqaruvi tomonidan Davlat tomonidan
si
belgilanadi
10. Xaq to‘lashi
Shtat jadvali bo‘yicha ish haqi
belgilanadi
Ko‘rsatilgan xizmatlar
belgilanadi
uchun haq shartnomada
ko‘rsatiladi
Mijoz va qonunchilik
11. Javobgarlik
oldida, me’yoriy aktlar
Boshqaruv oldida
bilan aniqlangan uchinchi
shaxslar oldida
Auditorlik
xulosasini
12.
Hisobot
yakuniy qismi nashr
Boshqaruv oldida
qlinadi, analitik qismi esa
mijozga beriladi.
2. Banklar va boshqa kredit, sug‘urta tashkilotlari;
3. Investidiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning
mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv
kompaniyalari;
4. Manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lgan
xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;
5. Mablag‘larning manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy
to‘lovlari hisobidan tashkil qilinadigan byudjetdan tashqari fondlar;
6. Ustav fondida davlat ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar.
Majburiy auditorlik tekshiruvi to‘liq o‘tkaziladi.
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 10-moddasiga muvofiq
majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan barcha xo‘jalik
yurituvchi subyektlar oldingi yil uchun yillik moliyaviy hisobotlarini joriy yilning
1
mayigacha
auditorlik
tekshiruvidan
o‘tkazadilar.
Auditorlik
tekshiruvi
yakunlanganidan so‘ng xo‘jalik yurituvchi subyekt auditorlik xulosasining
belgilangan tartibda tasdiqlangan bir nusxaini 15 kun ichida tegishli soliq
organlariga taqdim etilishi lozim.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo‘yin tovlagan xo‘jalik yurituvchi
subyektlarga soliq organi tomonidan jarimaga tortiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt
55
rahbari esa majburiy auditorlik tekshiruvidan bo‘yin tovlaganligi uchun qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Undirilgan jarima solish
to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida to‘lanib, to‘liq
miqdorda respublika byudjetiga o‘tkaziladi. Agar jarima o‘z vaqtida to‘lanmasa,
soliq qonunchiligiga muvofiq peniya hisoblangan holda so‘zsiz undirib olinadi.
Jarima undirilishi xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy auditorlik tekshiruvdan
o‘tishdan ozod qilmaydi.
Majburiy
auditorlik
tekshiruvidan
bo‘yin
tovlaganligi
uchun
undiriladigan jarima stavkalari xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning hisobot yili
oxirida mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan olingan yalpi tushumining miqdoriga
qarab tabaqalashtirilgan.
2-jadval
Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo‘yin tovlaganlik uchun
tabaqalashtirilgan jarima stavkalari:
Bir yilda mahsulot (ish, xizmat)lar
Jarima miqdori
sotishdan olingan yalpi tushum miqdori
(QQS bilan birga).
Eng kam oylik ish haqi miqdorining Eng kam oylik ish haqi miqdorining 500
100 baravari
baravarigacha
Eng kam oylik ish haqi miqdorining
500 baravaridan 15 ming baravarigacha
300 baravari
Eng kam oylik ish haqi miqdorining
15 ming baravaridan ortiq
500 baravari
Jarima summasini hisoblash uchun jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarilgan
sanadagi eng kam oylik ish haqi miqdori asos qilib olinadi.
56
§4. Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasiga muvofiq:
«Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki
boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazilishi mumkin.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining obyekti, muddatlari va boshqa
shartlari buyurtmachilari bilan auditorlik tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi».
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi odatda xo‘jalik yurituvchi
subyektning tashabusiga ko‘ra o‘tkaziladi. Tashabbus tarzidagi auditorlik
tekshiruvi o‘tkazishda xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z oldiga asosan quyidagilarni
maqsad qilib qo‘yishi mumkin:
1.
Buxgalteriya
hisobini
tashkil
etishning
amaldagi
qonunchilikka
muvofiqligini aniqlash,
2. Buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzish ishlarining
me’yoriy ta’minlanganligini aniqlash;
3. Hisobni kompyuterlashtirishda qo‘llaniladigan vosita va uslublarni baholash;
4. Soliq qonunchiligiga rioya qilinishi va soliqqa tortishga doir hisob-kitoblarni
to‘g‘riligini tekshirish va h. k.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi har xil sabablarga ko‘ra
o‘tkazilishi mumkin. Birinchidan, mulk egalari, investorlar va aksiyadorlarning
korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining ahvoli to‘g‘risidagi xolis axborotlarni talab
qilishlari. SHuningdek, buxgalter xodimlarining beqarorligi ya’ni o‘zgarib
(almashlani2.
turishi, ular malakasining pastligi va boshqalar. Ikkinchidan,
iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va islohotlarning chuqurlashtirilishi munosabati
bilan me’yoriy hujjatlarning tez-tez o‘zgarib turishi va yangilarining qabul qilinishi
va h.k. Bunday muammolar bilan to‘qnashayotgan korxonalarda malakali
auditorlik xizmatlariga ehtiyoj kuchayib, ularning rahbarlari mustaqil auditorlik
tashkilotlariga yordam so‘rab murojaat qilmoqdalar. Majburiy auditorlik
tekshiruvi to‘liq (kompleks) o‘tkaziladi. Tashabbus tarzidagi ya’ni ixtiyoriy audit
57
esa to‘liq yoki qisman o‘tkazilishi mumkin. Masalan: hisob ma’lumotlarini
dastlabki hujjatlardan boshlab to‘la va yoppasiga tekshirish; dastlabki hisob
ma’lumotlarini yoki faqat hisob registrlari va hisobotlardagi ma’lumotlarni tanlab
tekshirish.
§5. Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusiga
ko‘ra audit o‘tkazish xususiyatlari
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasiga muvofiq
auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining
tashabbusiga ko‘ra auditorlik tashkiloti bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
moliya-xo‘jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish yuzasidan tuzilgan
shartnomaga asosan o‘tkaziladi. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha ishlarga
haq to‘lash auditorlik tekshiruvini belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi protsessual qonunchiligiga muvofiq huquqni
muhofaza qilish organlari (tergov organlari, sud va arbitraj sudi) qo‘zg‘atilgan
jinoiy ishlar va qayta ko‘rilayotgan fuqorolik ishlari bo‘yichv xo‘jalik yurituvchi
subyektlarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga topshiriq berishlari mumkin.
Bunda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha ishlarga haqni shartnomaga
binoan xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘laydi.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladigan bunday
topshiriqlar mazmuni jinoiy ish qo‘zg‘atish (qayta ko‘rish), fuqarolik ishini qabul
qilish (qayta ko‘rish), arbitraj sudining idoraviy tasarrufidagi ishlar uchun asos
bo‘lgan
holatlarga
mos
kelishi
lozim.
Bunday
topshiriqlarga
muvofiq
o‘tkaziladigan auditorlik tekshiruvlar muddati auditorlik tashkiloti bilan
kelishilgan holda aniqlanib, odatda 1 oydan oshmasligi lozim.
Auditorlik tekshiruvi o‘tkazishga topshiriq bergan huquqni muhofaza qilish
yoki nazorat qiluvchi organlar tekshiruv o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratishlari, zarur hollarda auditorlar va ular oila a’zolarining shaxsiy
xavfsizliklarini ham ta’minlashi lozim. Qayta tekshiruvga xo‘jalik yurituvchi
58
subyekt faoliyati oldin tekshiruvdan o‘tkazgan auditorlik tashkilotiga qayta
tekshirishga ruxsat etilmaydi.
Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga
ko‘ra o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlar jarayonida olingan ma’lumotlar faqat
mazkur organlar ruxsati bilan va ular ruxsat bergan hajmda oshkor qilinishi
mumkin.
Huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko‘ra o‘tkazilgan
tekshiruvlar
natijalari
bo‘yicha
tuzilgan
auditorlik
xulosasi
O‘zbekiston
Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq taynlangan sud-buxgalteriya
ekspertizasi xulosasiga tenglashtiriladi.
Huquqni muhofaza qilish organlari zaruriyat tug‘ilganda sud-buxgalteriya
ekspertizasi o‘tkazishlari mumkin. Sud-buxgalteriya ekspertizasi o‘ziga xos
xususiyatlari bilan auditorlik tekshiruvlaridan tubdan farq qiladi. Ko‘p hollarda
ekspertiza ekspert muassasalarining maxsus xonalarida o‘tkaziladi. Ekspertiza
o‘tkazish joyi ekspert tomonidan, ekspertizani tayinlagan organ bilan kelishilgan
holda aniqlanadi.
Ekspert tomonidan xulosa tuzish uchun zarur bo‘lgan dastlabki va yig‘ma
buxgalteriya hujjatlari, hisob registrlari va hisobot shakllari ekspertiza obyektlari
bo‘lib hisoblanadi. Ekspertiza o‘tkazishda inventarizatsiya dalolatnomalaridan,
ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalaridan va ishga ta’luqli
bo‘lgan
boshqa
hujjatlarda
keltirilgan
ma’lumotlardan
Sud-buxgalteriya
ekspertizasini amalga oshirishda quyidagilar aniqlanadi:
1. Tovar-moddiy zahiralar, pul mablag‘larining kamomadi yoki oshiqcha
chiqishi va moddiy zarar summalari bilan bog‘liq ma’lumotlarning
haqqoniyligi;
2. Tovar-moddiy
zahiralarni
qabul
mablag‘larining
harakatiga
doir
to‘g‘riligi;
59
qilish,
saqlash,
muomalalarni
sotish
va
pul
rasmiylashtirishning
3. Moliya-xo‘jalik
faoliyatiga
doir
muomalalarni hujjatlarda
aks
ettirishning buxgalteriya hisobi xalqaro va milliy standartlari hamda boshqa
tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi;
4. Tergov olib borilayotgan ishga aloqador shaxslar ko‘rsatmalarining
buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga muvofiqligi;
5. Materiallar, tayyor mahsulotlar, tovarlar va pul mablag‘larini kirimi,
chiqimi hamda hisobdan o‘chirilishining hujjatlar bilin asoslanganligi;
6. Hisobga olinmay qolgan mahsulotlar hajmi va qiymatini texnologlar,
tovarshunoslar va boshqa mutaxassislar xulosalarini hisobga olgan holda
aniqlanganlikni;
7. Fuqarolik sudlov ishlari tartibida hal etiladigan da’volarga doir summalar
miqdorining hujjatlar bilan asoslanganligi;
8. Moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan yoki uning o‘z vaqtida
aniqlanishiga to‘sqinlik
qilgan,
buxgalteriya hisobi va nazorat tizimining
kamchiliklari.
§6. Auditorlik tashkilotlarining proffessional xizmati
Auditorlik tashkilotlari huquqiy shaxs bo‘lib, tasdiqlangan ustavga binoan,
xo‘jalik hisobi va o‘zini-o‘z mablag‘ bilan ta’minlash asosida faoliyat
O‘z
ko‘rsatishadi.
mulklardan
ixtiyorlaridagi
foydalanishni,
mablag‘
buxgalteriya
va
hisobini
yuritishni, xodimlarni ishga qabul qilishni va boshqa
masalalarni mustaqil hal etishadi. Auditorlik firmasi
amaldagi qonunchilikka asosan turli birlashmalarga va
assotsiatsiyalarga a’zo bo‘lishi mumkin. Ishlar uning direktori tomonidan
boshqariladi. Direktor xodimlarni ishga qabul qiladi, ishdan bo‘shatadi, ish
rejalarini tasdiqlaydi, firma maqsadiga erishish yo‘lida har qanday huquqiy
harakatlarni bajaradi va tashkilot manfaatlarini davlat, huquqni muhofaza qilish va
boshqa moliyaviy nazorat institutlari oldida himoya qiladi.
60
Auditorlik firmalarini faoliyat maqsadlari maxsus yoki ko‘p tarmoqli
bo‘lishi mumkin.
Auditorlik tashkilotlari qo‘ydagi professional xizmatlarni ko‘rsatishadi4:
1. Buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va yuritish;
2. Moliyaviy hisobotni tuzish;
3. Milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga
o‘tkazish;
4. Xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish;
5. Buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliyaxo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmatlarini
ko‘rsatish;
6. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bO‘yicha hisob-kitoblar va
deklaratsiyalarni tuzish;
7. Xo‘jalik yurituvchi subekt taftish komissiyasining (taftishchisining)
vazifalarini amalga oshirish hamda auditorlik faoliyatining milliy standartlarida
nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlar.
Ko‘p tarmoqli faoliyat bilan shug‘ullanadigan auditorlik firmalari bir
vaqtning o‘zida bir necha xil faoliyat turlari bilan shug‘ullanishadi. Jumladan:
maslahat berish, tekshirishlar o‘tkazish, hisob yuritish, mulkni baholash, tahlil
qilish, istiqbolni belgilash va tavsiyalar tayyorlash.
Auditorlik firmalariga faoliyat maqsadlaridan qat’iy nazar quyidagi
faoliyatlar bilan ham shug‘ullanishga ruxsat berilgan.
1. Korxona moliyaviy - xo‘jalik faoliyati va mulkiy holatini ekspertizadan
o‘tkazish;
2.
Xo‘jalik
subyektlarning
ishlarini
yaxshilash
ularning
xo‘jalik
faoliyatlarini samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash, to‘lov
qobiliyati to‘g‘risida xulosa tuzish, balans va hisobotlarni ishonchli
ekanligini hamda xo‘jalik operatsiyalarini va ularning buxgalteriya
yozuvlarini qonuniyligini tasdiqlash;
4
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasiga muvofiq
61
3. Korxona faoliyati natijalariga baho berish va ularning istiqbolini
belgilash;
4. Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, hisobga olish va tahlil uslublarini
ishlab chiqish, me’yoriy hujjatlarni yig‘ish va tayyorlab berish yo‘li bilan
korxona faoliyatini axborotlar bilan ta’minlash;
5. Hisob, nazorat va xo‘jalik faoliyati tahlilini tashkillashtirish bo‘yicha
maslahat-axborot xizmati ko‘rsatish;
6. Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va nazoratning avtomatlashtirilgan
tizimlarini ishlab chiqish va tadbiq etish;
7. Boshqarish, hisob, rejalashtirish va boshqa toifalar bo‘yicha xodimlarni
tayyorlash, qayta tayyorlashni (qisqa muddatli kurslar, konferensiyalar va
boshqa tadbirlar yordamid1. tashkil qilish;
8. Ilg‘or va xorijiy tajribalarni ommalashtirish, nashriyotchilik faoliyatini
bajarish (me’yoriy hujjatlarni, uslubiy tavsiyalarni, nashr etish).
Auditorlik tashkiloti yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishga erishishi uchun
uning xodimlari halollik va haqqoniylik, kasbiy tajriba va dahldorlik, kasbiy
ahloq me’yorlari va andozalar talabini bajarish, korxonalar axborotlarini maxfiy
tutish va hokazolar kabi talablarga javob berishlari lozim.
Nazorat uchun savollar
1. Auditorlik xizmatini tushuntirib bering.
2. Auditorlik xizmati qanday belgilari bo‘yicha turkumlanadi, ularni gapirib
bering.
3. Majburiy auditorlik tekshiruvi qanday tekshiruv?
4. Tashabus tarzidagi auditorlik tekshiruvi qanday tekshiruv?
5. Ichki audit tashqi auditni tushuntirib bering.
6. Nazorat qiluvchi organ tomonidan o‘tkaziladigan auditni xususiyatlarini gapirib
bering.
7. Auditorlik tashkiloti bajaradigan xizmatlarni gapirib bering.
62
Nazorat uchun test savollar
1. Auditorlik xizmati –
1. moliyaviy hisobotlarini to‘g‘riligini tasdiqlovchi va buxgalteriya hisobini
yuritish me’yoriy hujjatlarning talablariga javob berishini aniqlovchi mustaqil va
xolisona ekspertizadir.
2. moliyaviy hisobotlarini to‘g‘riligini tasdiqlovchi mustaqil va xolisona
ekspertizadir.
3. buxgalteriya hisobini yuritish “Bugalteriya hisobi” to‘g‘risidagi qonun,
andazalar va boshqa me’yoriy hujjatlarning talablariga javob berishini aniqlovchi
mustaqil va xolisona ekspertizadir.
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
2. Auditorlik xizmati qo‘ydagi belgilari bo‘yicha turkumlanadi –
1. o‘tkazish shakli bo‘yicha, yo‘naltirilganligi, umumiy o‘lchamlari, rivojlanishi,
va o‘tkazish xarakteri bo‘yicha turkumlanadi.
2. turkumlash faqat ichki nazorat uchun xos.
3. turkumlash auditni bo‘linishga olib keladi unda mazmun va mohiyat qolmaydi.
4. uchinchi javob to‘g‘ri.
3. Majburiy auditorlik tekshiruvi –
1. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilangan bo‘lib, har besh
yilda birmarta utkaziladi.
2. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilangan bo‘lib, yilda
birmarta utkaziladi.
3. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilangan bo‘lib, har ikki
yilda birmarta utkaziladi.
4. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilangan bo‘lib, utkazish
muddati ixtiyoriy.
4. Tashabus tarzidagi auditorlik tekshiruvi –
1. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasiga muvofiq qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazililadi.
63
2. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasiga muvofiq qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazililadi.
3. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasiga muvofiq har yili
o‘tkazililadi.
4. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasiga muvofiq har yili
o‘tkazililadi.
5. Ichki audit –
1. Bunday auditorlik tekshiruvi moliya vazirligining 1995 yil 18 avgustdagi
“Auditorlik faoliyatini joriy qilish va takomillashtirish” to‘g‘risidagi 381m/v
qaroriga binoan bekor qilinib tashqi audit joriy qilingan.
2. Korxona rahbari buyrug‘iga binoan korxona xodimi tomonidan o‘tkaziladi.
3. Tashqi audit natijalarini to‘g‘riligini nazorat qilish maqsadida prokratura va
soliq idoralari tomrnidan o‘tkaziladigan audit bo‘lib uning maqomi O‘zbekiston
respublikasi
Vazirlar
mahkamasining
19
may
№1348
buyrug‘i
bilan
mustahkamlangan.
5. Hamma javoblar to‘g‘ri.
6. Tashqi audit –
1. chetdan taklif qilingan mutaxassis tomonidan o‘tkazilib buxgalteriya hisobi
ma’lumotlarini ishonchliligini tekshirish, tahlil qilish va baholash asosida korxona
xodimlariga takliflar va maslahatlar tayyorlab beriladi.
2. chetdan taklif qilingan mutaxassis tomonidan o‘tkazilib moliyaviy hisobot
ma’lumotlarini tasdiqlash, buxgalteriya hisobi ni to‘g‘ri yuritilganligini aniqlash
asosida korxonani rivojlantirish istiqbollari haqida takliflar va maslahatlar
tayyorlab beriladi.
3. Birinchi va ikkinchi javob to‘g‘ri javob.
4To‘g‘ri javob keltirilmagan.
7. Nazorat qiluvchi organ tomonidan o‘tkaziladigan auditni to‘liq ta’rifi
qo‘ydagi bandda keltirilgan.
64
1. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasiga muvofiq
shartnomaga asosan o‘tkaziladi.
2. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasiga muvofiq xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning tashabusi bilan o‘tkaziladi.
3. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasiga muvofiq nazorat
qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko‘ra auditorlik
tashkiloti bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish yuzasidan tuzilgan shartnomaga asosan
o‘tkaziladi.
4. Hamma joblar qo‘shilib to‘g‘ri javobni tashkil qiladi.
8. Auditorlik tashkiloti bajaradigan xizmatlar –
1. Buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va yuritish; moliyaviy
hisobotni tuzish; milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro
standartlariga o‘tkazish;
2. Xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish;
buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo‘jalik
faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;
3. Asosiy va asosiy bo‘lmagan xizmatlar.
4. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasiga muvofiq.
5-Mavzu: Auditorlik kasbiga malakaviy va ahloqiy talablar
Mavzu
bo‘yicha
tayanch
iboralar:
ahloqiy
belgilar,
auditorning
ob’ektivligi, axborotlarni maxfiyligi, axborotni oshkor qilish, malaka tayyorgarligi
auditorlarni halolligi, auditorlarni mustaqilligi, kasb etikasi, auditorlik faoliyatini
litsenziyalash, auditorlik tashkiloti,
tekshirish,
mustaqillik,
vakolatlarni berish, nazorat qilish,
xizmatchilarga
topshiriqlar
berish,
professionallik
darajasini oshirish, nazorat qoidalari va amallari.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
65
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
«BBB», “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi. Har bir o‘qituvchi (ma’ruzachi) o‘zining tajribasi
va mahoratidan kelib chiqib ma’ruza o‘qishning.
§1. Auditorlik kasbiga malakaviy talablar va auditning ahloq kodeksi
Jamoatchilikni,
ishbilarmon
doiralar
vakillarini,
moliyaviy
hisobot
tuzuvchilarni hamda boshqa soha xodimlarining ishonchlarini oqlash uchun
auditorlar bir qancha vazifalarni bajaradilar. Buyurtmalarni bajarishda auditorlar
o‘z ishlariga mas’uliyatli qarashlari va halollik yuzasidan yondoshishlari lozim.
Auditorlik kasbini tanlagan shaxs o‘z kasb mahoratini oshirish ustida tinmay
ishlashi kerak.
Auditorlarning xulqini belgilovchi quyidagi xalqaro ahloqiy belgilar mavjud:
1. Auditorning ob’ektivligi – auditorda tekshirayotgan korxona bo‘yicha
hech qanday moliyaviy yoki mulkiy qiziqishi bo‘lmasligi lozim. Auditor
tuzgan xulosasini ob’ektivligiga mijoz tomonidan ikkilanishga yo‘l
qo‘ymasligi kerak;
2. Auditorning axborotlarni maxfiyligini (konfidendialligini) ta’minlashi.
Auditor tekshiruv jarayonida to‘plagan axborotlarini mijozni yozma
roziligisiz yoki sudni qarorisiz uchinchi shaxslarga foydalanish uchun
berishi mumkin emas. Axborotni oshkor qilish yoki tarqatish mijoz uchun
hech qanday moddiy yoki boshqa zarar yetkazmasa ham auditor maxfiylik
tamoyiliga rioya qilishi kerak;
3. Auditorlarning malaka tayyorgarligi me’yoriy hujjatlar talabiga javob
berishi kerak. Tekshiruvga boshqa auditorlarni yoki yordamchi xodimlarni
jalb qilinganda auditor ularni malaka tayyorgarligiga ishonch hosil qilishi
kerak. Auditor malakasini yetarli deb hisoblamagan sohalarda mijozga
66
xizmat ko‘rsatmasligi, mijoz bilan ishlaganda o‘zini bilimini va tajribasini
to‘liq ishlatishi hamda buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish sohasidagi
oxirgi o‘zgarishlar va yangiliklarni bilishi kerak;
4. Auditorlarni halolligi, mustaqilligi - jamoatchi buxgalter va auditorlarning
sifatini aniqlaydigan belgilardan biridir. Auditorning «halol» yoki «etarli
halol emas»ligi oqibatida ayrim xatolik va kamchiliklar chiqib qolishi
ehtimoldan holi emas. Halollik auditor kasbining doimiy kuzatuv doirasida
bo‘ladi. Auditorni halolligiga va mustaqilligiga atrofdan doimo ta’sir bo‘lib
turadi. Lekin mutaxassis bularning barchasiga bardosh berishi, chidashi, har
qanday vaziyatda ham o‘zini tuta bilishi va to‘g‘ri yo‘l tutishi kerakligini
unutmasligi lozim. Auditor o‘z kasbini ulug‘lashi, hurmat qilishi, har qanday
holatda ham oqilona va haqiqiy ish tutishi lozim. Aks holda uning ishidagi
mustaqilligi va erkinligiga putur yetadi.
Shunday xalqaro ahloqiy qoidalar negizida mamlakatimizda «O‘zbekiston
auditorlarining kasb etikasi kodeksi» ishlab chiqilgan. Yuqorida bayon
etilganlardan shuni aytib o‘tish lozimki, vrach etikasi, Gippokrat qasamyodi bizga
qadimdan tanish tushunchalar. Auditor bajaradigan ishlarni esa vrach
vazifalari bilan qiyoslash mumkin. Farqi shundaki, vrach bajaradigan xayrli ish
inson organizmi bilan bog‘liq bo‘lsa, auditor faoliyati korxona faoliyatiga
bog‘liq Unga aniq tashhis qo‘yib, moliyaviy sog‘lomlashtirish ustida ishlashni
belgilab beradi. Ayrim hollarda auditordan «vaziyatni tushunish» talab qilinadi.
Bunday hollarda qanday yo‘l tutish kerakligi «O‘zbekiston auditorlarining kasb
etikasi kodeksi»da bayon etilgan.
Kodeks 18 ta moddadan iborat bo‘lib, auditorlar oldiga qo‘yiladigan ahloqiy
talablar mazmuni haqida ushbu moddalar orqali tasavvurga ega bo‘lish mumkin:
1-modda. Vijdonlilik va obg‘ektivlik;
2-modda. Ahloqiy nizolarni hal etish;
3-modda. Professional kompetentlilik;
4-modda. Maxfiylik;
5-modda. Soliq amaliyoti;
67
6-modda. Xalqaro faoliyat;
7-modda. Omma uchun axborotni taqdim etish;
8-modda. Mustaqillik;
9-modda. Kasbiy layoqatlilik va auditor bo‘lmagan shaxslardan
foydalanishga bog‘liq majburiyatlar;
10-modda. SHartnoma bo‘yicha va komission to‘lovlar;
11-modda. Auditor amaliyotiga muvofiq kelmaydigan faoliyat;
12-modda. Boshqa auditorlar bilan munosabatlar. Yangi xodimlarni qabul
qilish;
13-modda. Reklama va xizmatlarni taklif qilish;
14-modda. Manfaatlar nizosi;
15-modda. Hamkasblarni qo‘llab-quvvatlash;
16-modda. Professional kompetentlilik;
17-modda. Axborotlarni taqdim etish;
18-modda. Intizomiy choralar.
Kasb etikasida malakali auditorlarning kasbga oid ahloqiy me’yorlari
mujassamlashgan, auditorlik hamjamiyati muhitida qaror topgan ahloq-odob
qadriyatlari aniqlangan. Umuminsoniy va kasb etikasi me’yorlariga
auditorlik tashkilotining rahbari, har bir auditori va boshqa xodimlari qat’iy rioya
qilishlari zarur.
Auditor uchun eng yuqori ahloqiy me’yor har qanday vaziyatda ham
qonunni ustuvorligini ta’minlash, aniq dilillarga asoslangan auditorlik xulosasi
tuzish, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni tahlil qilib, ularni tuzatish yo‘llarini
aniqlash, korxona moliyaviy ahvolini yaxshilaydigan tavsiyalar berishdan iborat.
Auditorlik tashkiloti murakkab masalalarni hal qilishda malakali ekspertmutaxassislarni jalb qilishi mumkin. Shu joyda, Luqmoni Hakimning o‘g‘li
Saronga aytgan: «Bilmagan narsangda ustozlik qilma» degan nasihatini eslashimiz
o‘rinlidir, chunki, ekspert o‘zining sohasini “tabibi” uning hizmatidan foydalanish
masalani to‘g‘ri hal qilishni yagona usuli bo‘lib xizmat qiladi. SHu bilan birga
auditorlar buxgalterlik hisobi, soliqqa tortish, moliyaviy faoliyat va fuqarolik
68
huquqi, auditni tashkil etish va rejalashtirish, qonunchilik, buxgalterlik hisobi va
auditorlik faoliyatining milliy va xalqaro standartlari, hamda normalari sohasidagi
o‘z professional bilimlarini doimo yangilab borishlari lozim.
Audit o‘tkazish yoki professional xizmat ko‘rsatishda auditor halol bo‘lishi,
barcha vujudga kelgan vaziyatlar va real faktlarni shaxsiy adovatlarga yo‘l
qo‘ymasdan, xolisona o‘rganishi, auditorlik faoliyatining xalqaro va milliy
standartlari talablariga rioya qilishi lozim. Agar u halollikni rad etib, tez boylik
orttirish maqsadida «imzosini sotish» yo‘liga o‘tib olsa, o‘zining kasb mahoratini
yo‘qotadi. Natijada, auditorlik xizmati bozorida o‘ziga o‘rin topa olmaydi va
auditorlik hamjamiyatida beobro‘ bo‘lib qoladi.
Auditor soliq qonunchiligining barcha jihatlariga qat’iy rioya qilishi lozim.
Soliqqa tortish bo‘yicha professional xizmat ko‘rsatish chog‘ida auditor mijozkorxona manfaatlarini himoya qiladi. Lekin u mijoz-korxona soliqni yashirish va
soliq organini aldash maqsadida hujjatlarni qalbakilashtirishga yo‘l ko‘rsatmasligi
kerak. Soliq hisob-kitoblari va to‘lanishi bo‘yicha tekshiruv jarayonida aniqlangan
barcha xato-kamchiliklar to‘g‘risida mijoz-korxona ma’muriyatiga bildirishi zarur.
Auditor
tekshiruv
jarayonida
olingan
mijoz-korxona
faoliyati
to‘g‘risidagi barcha axborotlarni, uning bilan aloqa to‘xtatilgan yoki davom
etayotganligidan qat’iy nazar, cheklanmagan vaqt davomida maxfiy saqlashi
lozim. Auditor ushbu axborotlarni o‘z foydasi uchun yoki har qanday uchinchi
tomon foydasi uchun, hamda mijoz-korxona manfaatlariga zid ravishda ishlatishga
haqli emas. Auditorlik tashkiloti, auditor yordamchilari hamda boshqa xodimlari
maxfiy axborotlarning saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi.
Quyidagi hollarda mijoz-korxonalarning maxfiy axborotlarini chop etish va
boshqa shaklda oshkor qilish professional etikani buzish hisobl anmaydi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati milliy standartlariga rioya
qilishda;
2. Sudlashuv jarayonlarida auditorlarning professional manfaatlarini
himoya qilishda;
69
3. Tashkilot, ishtirokchi yoki professional organ tomonidan o‘tkazilgan
sharhlar sifatining muvofiqligini tekshirishda;
4. Tashkilot, ishtirokchi yoki tartibga soluvchi organ tomonidan o‘tkazilgan
so‘rov yoki tergov jarayonida savollarga javob berishda.
Auditorlik tashkiloti o‘z professional xizmatlarining shart-sharoitlari va haq
to‘lash tartibini mijoz-korxona bilan oldindan kelishib, shartnomada aks ettirishi
zarur. Auditorlik xizmatlari uchun to‘lanadigan haq ko‘rsatiladigan xizmatlarning
hajmi va sifati bilan aniqlanib, ularning murakkabligi, auditorlarning malakasi,
tajribasi, professional obro‘si va mas’uliyatlilik darajasiga bog‘liq. Auditorlik
xizmatlarini reklama qilish halol, odob doirasidan chetga chiqmagan,
mijozlarni aldash va adashtirish ehtimolidan uzoq bo‘lishi lozim.
Auditorlar hamkasblari bilan yaxshi munosabatda bo‘lishlari, ular bilan
auditorlik tajribalarini almashishlari, ular faoliyatini asossiz tanqid qilmasliklari
lozim. Hamkasblarining kamchiliklarini ko‘rsatish faqat do‘stona va samimiy
tarzda bo‘lishi kerak.
Yuqorida ko‘rsatilgan ahloq me’yorlariga rioya qilish auditorlarning yuqori
ahloqi va professional mas’uliyatlari jamoatchilik fikrida ushbu kasbga hurmat va
ishonchni saqlashning obg‘ektiv zarurligi bilan kafolatlanadi.
Xalqaro amaliyotda «Auditorlarning kasb ahloqi Kodeksi» vaqti-vaqti bilan
yangilanib, ayrim qoidalari yangi tahrirda tasdiqlanmoqda, ularga yangi
tushuntirishlar va izohlar berib borilmoqda.
§2.Auditorlik faoliyatini litsenziyalash
Auditorlik faoliyati5 maxsus ruxsatnoma (litsenziy1. asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston respublikasi xududida auditorlik tashkilotlariga auditorlik
faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya Moliya Vazirligi tomonidan beriladi6.
Moliya vazirligi o‘z vakolati doirasida qo‘ydagilarni amalga oshiradi:
5
6
Professional xizmatlar bundan mustasno.
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 21-moddasi
70
1. Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarini, shu jumladan
auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
2. Litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga
auditorlik tashkiloti tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi hamda uch yilda ko‘pi
bilan bir marta mazkur masalalar yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi va mikrofirma va
kichik korxonalar jumlasiga kiruvchi auditorlik tashkilotlari faoliyatida to‘rt yilda
ko‘pi bilan bir marta nazorat o‘tkazadi;
3. Auditor malaka sertifikatini olish uchun daovogarlarga malaka talablarini
belgilaydi;
4. Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditor
malaka sertifikati olish uchun o‘quv dasturlarini va malaka imtihonlarini topshirish
tartibini tasdiqlaydi;
5. Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka
sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonini o‘tkazadi;
6. Auditorlik tashkiloti rahbarini uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘kazadi;
7. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik faoliyatini amalga
oshirishga doir litsenziyani qayta rasmiylashtiradi, auditorlik faoliyatini amalga
oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan
muddatga to‘xtatib turadi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir
litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib
turish yoki uning amal qilishini tugatish hamda litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida
sudga murojaat qiladi, shuningdek litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish,
tugatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi maolumotlarni ommaviy axborot
vositalarida eolon qiladi;
8. Auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, bekor qiladi,
uning amal qilishini uzaytiradi va tugatadi;
9. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlar reestrining hamda auditorlik
faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlarni
hisobini yuritadi.
71
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir
litsenziyalarni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi. Auditorlik faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirgan
tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda
va maxsus vakolatli davlat organining auditorlik tashkiloti zimmasiga aniqlangan
qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori auditorlik
tashkiloti tomonidan bajarilmaganda litsenziyaning amal qilishi to‘xtatiladi
Moliya vazirligining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi
qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran
uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish
to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Maxsus vakolatli davlat organi yoki sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib
turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun auditorlik tashkilotiga olti
oydan ko‘p bo‘lmagan muddat belgilaydi. Moliya vazirligi litsenziyaning amal
qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud esa o‘n ish kunidan ko‘p
bo‘lgan muddatga to‘xtatib turishga haqli.
Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan
holatlarni bartaraf etgan taqdirda, Moliya vazirligining yoki sud organining
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qarori ko‘rsatilgan holatlar
bartaraf
etilganligi
to‘g‘risidagi
tasdiqnomani
olgan
kundan
eotiboran
litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida uch kun muddat ichida qaror qabul
qiladi va litsenziyaning amal qilishini tiklanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
ommaviy axborot vositalarida eolon qiladi.
Auditorlik tashkilotlari vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini
to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda,
vakolatli organ auditorlik tashkiloti oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida
javobgar bo‘ladi
72
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
1. Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza
bilan murojaat qilganda;
2. Auditorlik tashkiloti tugatilganda;
3. Qayta tashkil etilishi natijasida auditorlik tashkilotining faoliyati
tugatilganda, bundan uning O‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan
auditorlik tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil
etilayotgan auditorlik tashkilotlarida litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib
yuborilishi mustasno;
4. Auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini muntazam ravishda
yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda;
5. Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib
kelgan holatlarni maxsus vakolatli davlat organi yoki sud belgilagan muddatda
bartaraf etmaganda;
6. Maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish to‘g‘risidagi qarori
qonunga xilof ekanligi aniqlanganda.
Agar auditorlik tashkiloti unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul
qilingani haqida xabarnoma topshirilgan paytdan e’tiboran uch oy muddat ichida
maxsus vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat boji
to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoki litsenziya shartnomasini
imzolamagan bo‘lsa unga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan
litsenziya bekor qilinadi.
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi” O‘zbekiston respublikasi qonunining 10moddasining
birinchi
qismining beshinchi, oltinchi va ettinchi xatboshilarida
nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilishini tugatish sud qaroriga,
boshqa hollarda esa maxsus vakolatli davlat organi qaroriga binoan amalga
oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini tugatish
to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan
kundan eotiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal
73
qilishini tugatish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus
vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni
olgan kundan eotiboran o‘n kun ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga
qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishi qaror qabul qilingan sanadan eotiboran tugatiladi
va bu haqidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida eolon qilinadi.
Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat
qilganda;
litsenziya
soxta
hujjatlardan
foydalanilgan
holda
olinganligi
fakti
aniqlanganda;
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi
haqida xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eotiboran uch oy ichida
maxsus vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat boji
to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini
imzolamagan bo‘lsa.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan
holda litsenziyani bekor qilish sud qaroriga, boshqa hollarda esa maxsus vakolatli
davlat organining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi
qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan
eotiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish
to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Auditorlik tashkiloti
litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan eotiboran o‘n kun
ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi
kerak.
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi maolumot ommaviy axborot vositalarida
eolon qilinishi kerak.
74
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u
berilgan sanadan eotiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori
ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyani bekor qilishni asossiz
deb topgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti oldida
unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi
Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos
bo‘ladi:
1. Auditorning arizasi;
2. Auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan maolumotlarni auditorlik
tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
3. Auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini
muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganlik;
4. Auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda aniqlangan, xo‘jalik yurituvchi subektning
buxgalteriya hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha
belgilab qo‘yilgan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirganlik;
6. Auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;
6. Auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo‘lib, mazkur
shaxs ushbu hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun o‘z nomidan
foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining aniqlanganligi;
7. Sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo‘jalik munosabatlari
sohasida muayyan faoliyat bilan shuhullanish huquqidan mahrum qilish
tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
8. Fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarori.
Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini tugatishga sabab bo‘lgan
qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbarining, shuningdek
auditorning malaka sertifikati amal qilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish
to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan eotiboran tugatiladi. Auditr yoki auditorlik
75
tashkiloti maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatining amal
qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Mmalaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan shaxs sertifikatni amal qilishini
tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan eotiboran uch yil mobaynida
malaka sertifikati olish to‘g‘risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli
emas.
Auditor malaka sertifikati quyidagi ikki holda bekor qilinadi:
1. Maxsus vakolatli davlat organining auditorga malaka sertifikatini berish
to‘g‘risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganida;
2.
Sertifikat
soxta
hujjatlardan
foydalangan
holda
olinganligi
fakti
aniqlanganida.
Respublikamizda auditni rivojlantirish uchun huquqiy - me’yoriy asoslar7
yetarlicha ishlab chiqilgan. Auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Buxgalterlar va Auditorlar Milliy
Assotsiatsiyasi, auditorlar palatasi hamda Biznes fanlar Assotsiatsiyasi shug‘
ullanadi.
Auditorlik firmalariga litsenziya berish va auditorlarni qaydlash tartibi shu
me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan. Audit to‘g‘risida huquqiy asoslarni yaratilishi
auditorlarni attestadiyadan o‘tkazish va auditorlik firmalariga litsenziya berishda
namoyon bo‘lyapti. Litsenziyalarni olish uchun auditordan buxgalteriya hisobini,
soliq qonunchiligini va tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni to‘la
bilish talab etiladi.
§3. Auditorlik tashkiloti va auditorlarning mustaqilligi
Respublikamizda ko‘plab auditorlik tashkilotlari (keyingi
o‘rinlarda
firmalari) barcha sohalarda faol ish olib bormoqda.
Auditorlik faoliyati to’g’risidagi Qonun, Vazirlar Mahkamasi va Soliq Qo’mitasi tomonidan qabul qilingan qator
farmon va farmoyishlar.
7
76
Auditorlik firmalari auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega
bo‘lgan yuridik shaxs bo‘lib, o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik firmalari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari hamda boshqa
davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas.
SHuningdek bu idoralarning mansabdor shaxslari va qonun hujjatlariga muvofiq
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik
firmalarining muassislari bo‘la olmaydilar.
Auditorlik firmalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy
shaklda tuziladi8 va o‘z faoliyatini auditorlik qonunida ko‘rsatilgan quyidagi
majburiy shartlar asosida amalga oshiradi:
1. Auditorlik firmalari ustav kapitalining kamida ellik bir foizi mazkur
auditorlik firmalarining shtatdagi bir yoki bir necha auditoriga tegishli bo‘lishi
kerak9;
2. Auditor faqat o‘zi ishlaydigan bitta auditorlik firmalarining muassisi
(ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin;
3. Auditorlik firmalarining shtat birligi tegishli malakaga ega bo‘lgan shtatdagi
auditorlarning eng kam soniga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga
muvofiq bo‘lishi kerak;
4. Auditorlik firmalariga faqat mazkur auditorlik firmalari asosiy ish joyi
bo‘lgan auditor rahbar bo‘lishi kerak;
5. Auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali
mavjud bo‘lishi kerak.
Auditorlik firmalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat
ro‘yxatidan tkaziladi. Auditorlik firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va
auditorlik firmalarining davlat reestrini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan
belgilangan tartibda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyati ko’rinishidan tashqari.
Auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki sho’ba korxonasi shaklida tuzilgan hollar
bundan mustasno.
8
9
77
Auditorlik firmalari auditorlik faoliyatini auditorlik firmalari javobgarligining
sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda tuziladigan auditorlik xizmatlari ko‘rsatish
to‘g‘risidagt shartnoma asosida amalga oshiradi.
Auditorlik firmalari boshqa auditorlik firmalarining ishtirokchisi blishi qonun
hujjatlari bilan taqiqlangan.
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston respublikasi qonunining 5moddasiga ko‘ra auditorlik firmalarining firma nomida «auditorlik firmalari» so‘z
birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa auditorlik firmalarining firma
nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan
belgilar bilan ko‘rsatilmasligi kerak. Ushbu modda talablariga javob bermaydigan
yuridik shaxs z nomida «auditorlik firmalari» so‘z birikmasidan foydalanishga
haqli emas.
Auditorlik firmalari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo‘jalik yurituvchi
subekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot
hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning boshqa moliyaviy axboroti to‘g‘risida
noto‘g‘ri yakundan iborat bo‘lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga
yetkazilgan
zarar uchun
respublikasi qonunining
«Auditorlik
faoliyati
to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston
8-moddasiga binoan mijoz oldida javobgar bo‘lib,
auditorlik tekshiruvini sifatsiz o‘tkazganlik yoki lozim darajada o‘tkazmaganlik
oqibatida xo‘jalik yurituvchi subektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining
buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda qoplshlari ko‘rsatib o‘tilgan.
sariyat auditorlik firmalari oldida mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsata oladigan
mutaxassis kadrlar tayyorlash va
firma faoliyatini kengaytirish muammosi
mavjud.
Auditorlik firmalari faoliyatini kengaytirish quyidagi omillarga bog‘liq:
1. Tashkilot va korxona rahbarlarini audit to‘g‘risidagi axborotlar bilan
yaxshi ta’minlanmaganligiga;
2. Tekshirish natijalarini ishonarligiga;
78
3.
Auditorlarning
shaxsiy,
auditorlik
firmalarining
esa,
moliyaviy
javobgarliklariga.
Yuqoridagi muammolarga qaramasdan, ko‘pchilik auditorlik firmalari o‘z
oldiga qo‘ygan vazifalarni yaxshi bajarib, auditorlik xizmatlarini kengaytirib
borishmoqda. Ularga «Vatan», «Audit-marketing», «Ardona», «Buxgalter»,
«Madad», «Iroda» va boshqa firmalarni misol keltirish mumkin. Bu firmalar audit
bozorida samarali ish olib borishmoqda.
Auditorlik firmalari huquqiy shaxs bo‘lib o‘z faoliyatlarini xo‘jalik hisobi,
o‘zini - o‘z mablag‘ bilan ta’minlash qoidalari asosida amalga oshiradi. Auditorlik
firmalari bajargan xizmatlari uchun haq to‘lovlarni buyurtmachilar bilan
kelishilgan holda o‘rnatadilar. Auditorlik firmalari o‘z ixtiyorlaridagi mablag‘ va
mulklardan foydalanishni, buxgalteriya hisobini yuritishni, xodimlarni ishga qabul
qilishni va boshqa masalalarni mustaqil hal etishadi. Auditorlik firmasi amaldagi
qonunchilikka asosan turli birlashmalarga va Assotsiatsiyalarga a’zo bo‘lishi
mumkin. Auditorlik firmalarida ishlar uning direktori tomonidan boshqariladi.
Direktor xodimlarni ishga qabul qiladi, ishdan bo‘shatadi, ish rejalarini tasdiqlaydi,
firma maqsadiga erishish yo‘lida har qanday huquqiy harakatlarni bajaradi va
tashkilot manfaatlarini boshqaruv organlari oldida himoya qiladi.
Auditorlik firmalari tasdiqlangan ustavga asosan faoliyat ko‘rsatishadi.
Ularning faoliyat turlari maxsus yoki ko‘p tarmoqli bo‘lishi mumkin.
Maxsus yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatadigan auditorlik firmalari quyidagi
faoliyat turlarini amalga oshirishadi:
1. Maslahat berish: hisob masalalari bo‘yicha; soliqqa tortish masalalari
bo‘yicha; tashkiliy va texnik masalalar bo‘yicha; turli iqtisodiy masalalar
bo‘yicha; ekologik masalalar bo‘yicha.
2.
Tekshirishlar
o‘tkazish:
hisob
va
hisobotlar
holatini;
moddiy
qiymatlarning saqlanish holatini; ichki nazoratning holatini.
3. Hisob yuritish: buxgalteriya hisobni yo‘lga qo‘yish; buxgalteriya
hisobining ilg‘or shakl va uslublarini joriy qilish; hisobot va deklaradiyalar
tuzish;
79
4. Mulkni baholash: xususiylashtirishda; mulk bo‘linganda yoki korxonalar
birlashganda; korxona bankrotga uchraganda; meros qilib berilganda;
5. Tahlil, istiqbolni belgilash va tavsiyalar tayyorlash.
Ko‘p tarmoqli faoliyat bilan shug‘ullanadigan auditorlik firmalari bir
vaqtning o‘zida bir necha xil faoliyat turlari bilan shug‘ullanishadi. Jumladan,
maslahat berish, tekshirishlar o‘tkazish, hisob yuritish, mulkni baholash, tahlil
qilish, istiqbolni belgilash va tavsiyalar tayyorlash.
Auditorlik firmalari quyidagi faoliyat vazifalarini bajaradilar:
1. Korxona moliyaviy - xo‘jalik faoliyati va mulkiy holatini ekspertizadan
o‘tkazish;
2. Xo‘jalik sub’ektlarning ishlarini yaxshilash ularning xo‘jalik faoliyatlarini
samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash, to‘lov qobiliyati
to‘g‘risida xulosa tuzish, balans va hisobotlarni ishonchli ekanligini hamda
xo‘jalik operatsiyalarini va ularning buxgalteriya yozuvlarini qonuniyligini
tasdiqlash;
3. Korxona faoliyati natijalariga baho berish va
ularning istiqbolini
belgilash;
4. Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, hisobga olish va tahlil uslublarini
ishlab chiqish, me’yoriy hujjatlarni yig‘ish va tayyorlab berish yo‘li bilan
korxona faoliyatini axborotlar bilan ta’minlash;
5. Hisob, nazorat va xo‘jalik faoliyati tahlilini tashkillashtirish bo‘yicha
maslahat-axborot xizmati ko‘rsatish;
6. Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va nazoratning avtomatlashtirilgan
tizimlarini ishlab chiqish va tadbiq etish;
7. Boshqarish, hisob, rejalashtirish va boshqa toifalar bo‘yicha xodimlarni
tayyorlash, qayta tayyorlash (qisqa muddatli kurslar, konferendiyalar va
boshqa tadbir-lar yordamid1. ni tashkil qilish;
8. Ilg‘or va xorijiy tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha nashriyotchilik
faoliyatini bajarish hamda me’yoriy hujjatlarni, uslubiy tavsiyalarni, nashr
etish.
80
Auditorlik tashkiloti yuqori sifatli professional xizmat ko‘rsatishga erishishi
uchun o‘z faoliyatini shunday tashkil etishi kerakki, uning ish bajarish yoki
xizmat ko‘rsatishda qatnashayotgan xodimlari quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
1. Halollik va haqqoniylik;
2. Professional kompetentlilik va zarur tajriba hamda malakaga egalik;
3. Professional ahloq normalariga rioya qilish va belgilangan standartlar (shu
jumladan korxonadagi ham) talablarini bajarish;
4. O‘z professional majburiyatlarini bajarish chog‘ida xodimlarga
ma’lum bo‘lgan axborotlarni maxfiy tutish tamoyiliga rioya ilish va hokazo.
Auditorlik firmalari barcha turdagi xizmatlarni korxonalar bilan tuzilgan
shartnomalar asosida bajaradi. SHartnomalar uzoq muddatli yoki bir marta
bajariladigan
auditorlik
xizmatlariga
tuzilishi
mumkin.
SHartnomalarning
namunaviy shakli 1-ilovada berilgan.
Shartnoma quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Shartnomaning predmeti;
2. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari;
3. Tomonlarning javobgarligi va shartnomani bekor qilish shartlari;
4. Ishni topshirish tartibi;
58. Shartnoma bo‘yicha hisoblashuvlar;
6. Qo‘shimcha shartlar;
7. Taraflar yuridik manzillari va bank rekvizitlari;
8. Taraflar imzosi.
Auditorlik firmalarning asosiy maqsadi korxonalar moliyaviy holatiga
holisona baho berishdir.
Auditorlik firmalari ikki yo‘nalishda shakllanmoqda. Birinchi yo‘nalishdagi
auditorlik firmalari strategiyasi davlat strukturasi va turli Assotsiatsiyalar
hamkorligida buxgalteriya hisobini tashkil qilishga, soliq undirishga, shuningdek,
chet mamlakatlardagi auditorlik tashkilotlari bilan muayyan bitimlarni tuzishga
qaratilgandir. Bu yo‘nalishdagi auditorlik firmalari soliq undirish bilan bog‘liq
81
bo‘lgan muammolarni hal etishda korxonaning ishonchli yordamchilari bo‘lib
qolmoqda. Ularning tarkibida malakali kadrlarning yetishmasliga oqibatida ular
investorlarning talablariga javob bera oladigan to‘liq auditni amalga oshirishga
qodir emas.
Ikkinchi yo‘nalishdagi auditorlik firmalari audit faoliyati bilan bir qatorda
o‘z axborot tizimlarini tashkil etib test uslublarini ishlab chiqishadi. Ularning
tarkibidagi kadrlar turli yo‘nalishdagi mutaxassislardan tashkil topadi. Bu
firmalarning strategiyasi korxonalar moliyaviy holatiga aniq baho bera oladigan va
boshqa konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan kichik markazlarni
shakllantirishga qaratilgan. Hozirgi paytda ikkinchi yo‘nalishdagi auditorlik
firmalari shakllanish bosqichidadir. Ularning bir qismi buxgalteriya hisobini
avtomatlashtirishda va sof auditorlik faoliyati ko‘rsatishda tajriba orttirgan maxsus
firmalar, qolganlari esa an’anaviy auditorlik firmalari negizida shakllanayapti.
Fikrimizcha kelajakda ana shunday firmalar audit xizmati bozorlarida yetakchi
o‘rinlarni egallaydi.
Auditorlik firmasini tanlashda amaliy yondoshish kerak. Agar buxgalteriya
hisobini yuritish to‘g‘risida davlat soliq idoralari bilan kelishmovchiliklar vujudga
kelsa unda obro‘li auditorlik firmalarini tanlash maqsadga muvofiqdir. Agar hisob
tizimini tekshirmoqchi bo‘lsangiz yirik firmaga murojaat etish shart emas, balki
uncha katta bo‘lmagan auditorlik firmasini taklif qilish kifoyadir. Agar
korxonangiz boshqaruv muammolarini kompleks hal etishida uzoq muddatli
hamkorlik qiluvchi auditorlik firmasiga ega bo‘lishini istasangiz, u holda audit
bozorida muayyan ish stajiga va barqaror mijozlarga ega bo‘lgan auditorlik
firmasini tanlash maqsadga muvofiqdir. Bularning barchasi audit xizmatining
muayyan yuqori darajasini kafolatlaydi.
Auditor audit utkazilayotgan iqtisodiy sub’ektga, uning rahbariga yoki
boshqa uchinchi shaxsiga qaram bo‘lmasligi kerak. Auditorning faoliyati audit
qilinayotgan korxonaga nisbatan erkin bo‘lishi lozim. ”Erkinlik” auditorlik kasbiga
qo‘yiladigan halollik, ob’ektivlik kabi ahloqiy talablarning asosi bo‘lib xizmat
qiladi.
82
Auditor audit natijalari bo‘yicha korxona xo‘jalik faoliyati haqida xullosa
berishda halol, adolatli va xolis bo‘lishi talab etiladi. Auditorning xolisligi uning
qaram bo‘lmasligining asosiy sharti bo‘lib hisoblanadi.
Qo‘ydagi holatlar auditor qaramligiga yoki qaramligiga bo‘lgan ishonchga
putr yetkazadi:
1. Auditorning mijozni moliyaviy ishlariga har qanday shakilda aralashuvi;
2. Auditorning mijozdan moliyaviy va mulkiy qaramligi;
3. Auditorning mijozni moliyaviy faoliyatida uchinchi shaxslar (qarindoshurug‘lari, firmani xizmatchilari va firmani filiallari) orqali ishtirok etishi;
4. Auditorning mijoz korxona rahbari yoki yuqori boshqaruv xodimlari bilan
oshna-og‘ayniligi, qarindoshligi;
5. Mijoz korxonaning uta mehmondustligi, undan tovarlarni va xizmatlarni
bozor baholaridan past baholarda sotb olish;
6. Auditorni yoki auditorlik tashkiloti rahbarining mijoz korxonaning har
qanday boshqaruv bo‘g‘inida ishtirok etishi;
7. Auditorning shu korxonada ilgari ishlaganligi;
8. Auditorni mijoz korxonaga rahbarlik yoki boshqa vazifaga taklif etish
to‘g‘risidagi masalani kurilayotganligi;
9. Mijoz korxona bilan auditorning bitta moliya-sanoat yoki bank guruhida
ekanligi;
10. Auditorlik tashkiloti mijoz korxona vazirligining bazasida (asosid1. yoki
uning bevosita ishtirokida tashkil qilinganligi;
11. Auditorlik tashkiloti mijoz korxonaga xizmat ko‘rsatadigan bank,
sug‘urta kompaniyalari yoki investitsiya institutlari bazasida yoki ularning
bevosita ishtirokida tashkil qilinganligi.
Agar auditor mijozning topshirig‘iga binoan unga boshqa xizmatlarni
(maslahat berish, korxona faoliyatini kompleks tahlil qilish, buxgalteriya hisobini
yuritish yoki tiklash va boshqalar) bajarayotgan bo‘lsa, bunday xizmatlar auditorni
qaramligiga putr yetkazmasligi kerak. Bunda auditorning qaram bo‘lmasligi
qo‘ydagi hollarda ta’minlanadi:
83
1. Agar auditorning maslahati korxonani boshqaruv xizmati sifatida
qaralmasa;
2. Agar auditorning mulohazasiga ta’sir etuvchi har qanday sabab va holatlar
bo‘lmaso;
3. Mijoz korxona uchun boshqa xizmatlarni (maslahat berish, korxona
faoliyatini kompleks tahlil qilish, buxgalteriya hisobini yuritish yoki tiklash
va boshqalar) bajarayotgan xodimlarni auditorlik tekshiruviga jalb qilmaslik;
4. Mijoz korxona buxgalteriya hisobi
va moliyaviy hisobotlarning
mazmuniga bo‘lgan ma’suliyatni o‘ziga olsa.
§4. Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish audit o‘tkazish va professional
xizmat ko‘rsatish chog‘ida audit standartlari va O‘zbekiston Respublikasida
auditorlik faoliyatini tartibga soladigan boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya
qilinishini tekshirish uchun qo‘llaniladigan tashkiliy tadbirlar, uslublar va amallar
tizimidan iborat.
Har bir auditorlik tashkiloti ishlar sifati ustidan nazorat o‘rnatish tamoyillari
va qoidalari hamda ularni qo‘llash amallarini ishlab chiqishlari va qabul qilishlari
lozim. Bunday nazorat o‘rnatish audit jarayonida umumqabul qilingan tekshiruv
standartlariga mos kelishligini ta’minlash uchun zarur.
Auditorlik faoliyatining yuqori sifati uning dastlabki, joriy va keyingi
nazorati ta’minlashi lozim.
Dastlabki
nazorat
auditorlar
va
auditorlik
tashkilotlarini
attestadiyadan o‘tkazish va litsenziyalash bosqichmda bajariladi.
Joriy nazorat ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: alohida auditorlik
tekshiruvlarini nazorat qilish va auditning umumiy nazorat qilish.
Alohida auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish auditorlarning mustaqilligi,
professionalligi va kompetentligini ta’minlashni; ularning ishlarini joriy nazorat
qilishni; mijoz-korxonalar buxgalteriya hisobining eng muammoli masalalarini
84
bilish; bajarilgan ishlarning standartlarga mos kelishini, hujjatlashtirishning
yetarliligini, audit maqsadiga erishilganlikni tekshirishni nazarda tutadi.
Auditning sifatini umumiy nazorat qilish auditorning ma’lum shaxsiy
xususiyatlariga (halollik, obg‘ektivlik, mustaqillik, professionallik, kompetentlilik)
auditorlik guruhi a’zolari o‘rtasida ishlarning asosli taqsimlanganligiga; sifat
standartlariga rioya qilinishi bo‘yicha auditorlarning ishlari ustidan nazoratga;
sifatni nazorat qilish siyosati va amallarining samaradorligi ustidan nazorat
o‘rnatishiga asoslanadi.
Joriy nazorat quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: asosiy auditorning
assistentlar ishlari ustidan nazorati, auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari
ustidan nazorati, va boshqalar.
Auditorlik tashkilotining auditorlar ishlari ustidan nazorati, birinchidan,
tekshiruv o‘tkazish dasturining asoslanganligini muhokama qilish, ikkinchidan,
auditning tashkiliy-ahloqiy tamoyillariga qat’iy rioya qilish, uchinchidan, asosiy
auditor tomonidan xulosa berilganidan so‘ng auditorlik tashkilotining boshqa
auditori tomonidan mijoz-korxona hisobotining ayrim ko‘rsatkichlari(hisob
bo‘limlari)ni tanlab qayta tekshirish yordamida amalga oshiriladi.
Auditorlik tashkiloti ichida ishlar sifatini nazorat qilishga talablar va
muayyan auditorlik tekshiruvi chog‘ida ishning talab darajasidaligini ta’minlash
№5-«Auditor ishining sifatini nazorat qilish»nomli AFMSda aks ettirilgan. Unga
muvofiq auditor ishlarining sifatini nazorat qilish quyidagi shakllarda amalga
oshiriladi:
1. Asosiy auditorning o‘z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi;
2. Asosiy auditorning o‘z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi;
3. Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati;
4. Tashqi nazorat.
Asosiy auditorning o‘z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi. Asosiy
auditor audit o‘tkazish jarayonida yordamchilar tomonidan bajariladigan ishlarni
doimiy ravishda nazorat qilib va yo‘naltirib turishi lozim.
85
Auditor yordamchisi deganda professionallik darajasi bo‘yicha asosiy
auditordan farq qiladigan xodim tushuniladi.
Asosiy auditorning yordamchisidan farqi, u auditning bajarilishi uchun to‘liq
javobgardir.
Yordamchilarga ish topshirilayotganida, ular javobgarliklari va
bajarishlari
lozim
bo‘lgan
ishlarning
maqsadlari
to‘g‘risida,
xo‘jalik
yurituvchi subg‘ekt faoliyati va auditorlik amallarning mohiyati, o‘tkazish vaqti
va miqyosiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, hisob va auditga oid muammolar
haqida tegishli tarzda tushuntirishlar berilishi lozim.
Auditorlik tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati. Auditorlik
tashkilotining auditor ishi ustidan nazorati quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
1. Mijoz-korxonada audit o‘tkazish umumiy rejasi va dasturining
asoslanganligini muhokama qilish va tekshirish;
2. Tashkiliy-ahloqiy
auditorlik
tamoyillariga
qat’iy rioya qilinishi
(mijoz-korxonaga professional xizmat ko‘rsatgan auditor, yana o‘sha
korxonani tekshirishga yuborilmasligi va sh.o‘);
3. Asosiy auditor tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, auditorlik xulosasi
berilganidan so‘ng auditorlik tashkilotining boshqa auditori tomonidan
mijoz-korxona hisobotining ishonchliligini qaytadan, mijoz uchun bepul,
tekshiruvdan o‘tkazish.
Tashqi nazorat amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga
muvofiq davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Auditor ishlari sifatini nazorat qilish ikkita asosiy yo‘nalishga ega:
1. Ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish.
2. Sifatni umumiy nazorat qilish.
Ayrim auditorlik tekshiruvlarini nazorat qilish quyidagi tushunchalarni o‘z
ichiga oladi:
Vakolatlar berish – auditorlarning mustaqilligini, professionalligini va
kompetentliligini ta’minlash;
auditorlar uchun zarur hisoblangan faoliyat
erkinliklarini ta’minlash; auditning yozma dasturidan foydalanish.
86
Nazorat qilish - auditorlar ishlarini joriy nazoratini ta’minlash; tegishli
tarzda (adekvat) ish tutish uchun xo‘jalik yurituvchi subg‘ekt buxgalterlik
hisobining eng muammoli masalalarini bilish.
Tekshirish - auditorlar tomonidan bajarilgan barcha ishlarni, ular
bajarilishining standartlarga muvofiqligi, hujjatlarning yetarliligi va auditorlik
tekshiruvlar maqsadiga erishishni ta’minlash uchun tekshirish.
Audit sifatini umumiy nazorat qilish quyidagilarga tayanadi:
Mustaqillik - qoida va amallar barcha pog‘onalar xizmatchilarining
mustaqilligi saqlanganligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu
talabni bajarishi uchun auditorlik tashkiloti yilda bir marta o‘z mijozlarining
ro‘yxatini tarqati-shi va o‘z xizmatchilaridan mustaqillik to‘g‘risidagi arizani
imzolashlarini talab qilishi mumkin.
Xizmatchilarga topshiriqlar berish - ishlarning maxsus tayyorgarlik va
tajribaga ega shaxslar tomonidan bajarilishi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari
lozim. Ushbu talabni bajarish uchun auditorlik tashkiloti ishlarni oldindan, o‘z
xizmatchilari uchun mos topshiriqlarni aniqlay oladigan qilib rejalashtirishi
kerak.
Konsultadiyalar - berish qoida va amallar auditorlik tashkilotlarining
xizmatchilari texnik masalalar bo‘yicha bilimdon va obro‘li kishilardan yordam
olishga intilishlari asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni bajarish
uchun auditorlik tashkiloti muayyan shaxslarni audit, buxgalteriya hisobini yuritish
va moliyaviy hisobot, soliqqa tortish va konsulg‘tadiya xizmatlari kabi sohalarda
auditorlik tashkilotining eksperti qilib tayinlashi mumkin.
Nazorat - qoida va amallar auditorlik tashkilotining joriy faoliyati unda
o‘rnatilgan sifat standartlariga javob berishi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari
lozim.
Auditorlik
tashkilotining
nazorat
amallarini
o‘rnatishi
uchun
javobgarligi, audit o‘tkazuvchi, rejalashtirish va kontrakt bo‘yicha muayyan
majburiyatlarni, bajaruvchi muayyan shaxslar javobgarligidan alohida ajratilgan.
Ushbu nazorat talabini bajarish uchun auditorlik tashkiloti barcha ish hujjatlarini,
87
hisobotlarni talab qilishlari va ularni tekshirish uchun tegishli nazorat qiluvchi va
texnik xodimlarga taqdim qilishi mumkin.
Ishga yollash - ishga yollangan xizmatchilarning malakali mutaxassislar
ekanligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu nazorat talabini
bajarish uchun auditorlik tashkiloti minimal malakaviy talablarni o‘rnatishi
mumkin (masalan, buxgalteriya yozuvlarini buxgalteriya ixtisosligi bo‘yicha bilim
darajasi yaxshi, o‘rtacha yoki o‘rtacha bo‘lgan kollej bitiruvchisi yuritishi
mumkin).
Professionallik darajasini oshirish - auditorlik tashkilotining xizmatchilari
o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishlari uchun yetarli bilimlarga egaligi haqida
asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talablarni bajarish uchun
auditorlik tashkiloti professional ta’limni davom ettirish va o‘z malakasini
oshirishni xoxlovchi xizmatchilarga yordam ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratishi
mumkin.
Lavozimini ko‘tarish - xizmati bo‘yicha ko‘tarilayotgan xodimlarning
yangi lavozim egallashlari mumkin ekanligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari
lozim. Ushbu talabni bajarish uchun xodimlarni, ular tomonidan har gal
majburiyatlarini bajarganlaridan so‘ng baholash va ularning lavozimini eng
bo‘lmaganda yilda bir marta ko‘tarishga maslahat berish zarur.
Mijozlarning ma’qulligi va ular bilan munosabatlarning davomiyligi auditorlik tashkiloti rahbariyati vijdonini yo‘qotgan xo‘jalik yurituvchi subg‘ekt
bilan bog‘lanib qolmasligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Auditorlik
tashkilotining ushbu talabni bajarishi uchun bo‘lg‘usi mijoz bilan ish olib borgan
taftishchi, bank xodimi, yurist va boshqa shaxslardan ma’lumot olinishi kerak.
Tekshirib
turish -
auditor ishlarining sifatini nazorat qilish samarali
o‘tkazilayotganligi haqida asosli ishonchni ta’minlashlari lozim. Ushbu talabni
bajarish uchun har bir xizmatchining
majburiyatlarni bajarish
majburiyatlarini
tanlash,
ushbu
bilan bog‘liq bo‘lgan, boshqa hamkorlar yoki
xizmatchilar tomonidan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. Ma’muriy ishlar va xodimlar
yuritadigan ishlarni ham nazorat asosida tekshirilishi zarur. Auditorlik
88
tashkiloti tomonidan nazorat qilib turish natijalarini hujjatlar bilan tasdiqlaydigan
tavsiyalar bildirilishi kerak. Hujjatlar shakli va hajmi auditorlik tashkilotining
katta-kichikligi, faoliyat ko‘rsatuvchi bo‘limlar soni, faoliyat tavsifi va boshqa
omillarga bog‘liq.
Hamkor yoki hamkorlar, xo‘jalik yurituvchi subg‘ekt hajmiga ko‘ra, mazkur
auditorlik tashkilotida amal qilayotgan, sifat ustidan nazorat qilish tizimining
samaradorligi uchun javobgar bo‘lishlari lozim. Bunday nazorat qoidalari va
amallari, ushbu qoidalar va amallar bilan xizmatchilarni xabardor qilish amaliyoti
va majburiyatlarni taqsimlash o‘z vazifalariga oldingiday javob beradi.
Nazorat qoidalari va amallarini belgilash - auditor ishlari sifatini nazorat
qilish qoidalari va amallarining tavsifi va miqyoslari quyidagi shart-sharoitlarga
bog‘liq:
1. Auditorlik tashkilotining hajmiga;
2. Auditorlik tashkiloti xizmatchilari va funktsional bo‘linmalarining
mustaqillik darajasiga;
3. Amaliy faoliyat mohiyatiga;
4. Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini ishlab
chiqish va qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan, olingan foydaga nisbatan xarajatlar
darajasiga;
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini o‘rnatishda
auditorlik tashkiloti tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi zarur:
1. Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va usullarini amalga
oshirish
bo‘yicha
malakali
xizmatchilar
o‘rtasida
vazifalarini
taqsimlash;
2. Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallarini
xizmatchilar e’tiboriga yetkazish;
3. Qoidalar va amallar, ularni qo‘llash uslublariga va xizmatchilarga
yetkazish amaliyotiga oldingiday mos kelish-kelmasligini aniqlash uchun
auditor ishlari sifatini nazorat qilish tizimining samaradorligini tekshirish.
89
Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish qoidalari va amallari yozma
shaklda ifodalangan bo‘lishi shart emas. Ular xodimlarni ishga qabul qilishda
og‘zaki yetkazilishi va auditorlik tashkilotining umumiy majlisida yilda bir
marta takrorlanishi mumkin.
Nazorat uchun savollar
1. Auditor xo‘lqini belgilovchi qanday xalqaro talablar mavjud, ularni tushuntirib
bering.
2. Uzbekiston auditorlar kasb etikasi qanday hujjat un gapirib bering.
3. Ax’borotlarni maxfiyligi haqida gapirib bering.
4. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi va uning zarurligi.
5. Auditorlik tashkilotining tavsifi va auditorlarning mustaqilligi haqida gapirib
bering.
6. Auditorlarning ish sifatini nazorat qilish qanday amalga oshiriladi.
Nazorat uchun test savollar
1. Auditor xo‘lqini belgilovchi qanday xalqaro talablar mavjud –
1. Fuqorolik kodeksi bilan belgilangan bo‘lib BMT tomonidan 1965 yili 16 avgus
kungi “Evropa itfoqi ” pratakoli bilan tasdiqlab berilgan.
2. Xalqaro talablar o‘zbek xalqining ma’naviyatiga to‘g‘ri kelmaydi va shuning
uchun undan foydalanmaslik maqsadga muvofik.
3. ob’ektivlik, axborotlarni maxfiyligini (konfidendialligini) ta’minlashi, malaka
tayyorgarligi, halolligi, mustaqilligi.
4. Birinchi javob to‘g‘ri.
2. Uzbekiston auditorlar kasb etikasi ta’rifi qo‘ydagi bandda to‘liq keltirilgan.
1. Auditorlarning kasbga oid ahloqiy me’yorlari mujassamlashgan, auditorlik
hamjamiyati muhitida qaror topgan ahloq-odob qadriyatlari to‘plami, xalqaro
tamoyillar talabiga binoan ishlab chiqilgan bo‘lib 18 moddadan iborat.
2. Auditorlarning kasbga oid ahloqiy me’yorlari mujassamlashgan, auditorlik
hamjamiyati muhitida qaror topgan ahloq-odob qadriyatlari nizomi.
90
3. Bu firmaning ichki nizomi doirasida ishlab chiqilgan audit utkazish
ketmaketligini va tartibini belgilovchi moliya vazirligi har bir auditorlik tashkiloti
uchun tasdiqlaydigan me’yoriy hujjat.
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
3. Axborotlarni maxfiyligi O‘zbekiston auditorlar kasb etikasining nechanchi
moddasida kltirilgan.
1-modda.
2-modda.
3-modda.
4-modda.
4. Axborotlarni maxfiyligi O‘zbekiston auditorlar kasb etikasining nechanchi
bandida kltirilgan.
1-modda.
5-modda.
6-modda.
7-modda.
5. Axborotlarni kasbiy layoqatlilik va auditor bo‘lmagan shaxslardan
foydalanishga bog‘liq majburiyatlar O‘zbekiston auditorlar kasb etikasining
nechanchi moddasida kltirilgan.
1-modda.
8-modda.
9-modda.
10-modda.
6. Boshqa auditorlar bilan munosabatlar, yangi xodimlarni qabul qilish
O‘zbekiston auditorlar kasb etikasining nechanchi moddasida kltirilgan.
1. 11-modda.
2. 12-modda.
3. 9-modda.
4. 13-modda.
7. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash –
91
1.
«Auditorlik
faoliyati
to‘g‘risida»gi
qonunning
21-moddasiga
binoan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomrnidan amalga oshiriladi.
2. «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 22-moddasiga binoan Auditorlar
palatasi tomrnidan amalga oshiriladi.
3.
«Auditorlik
faoliyati
to‘g‘risida»gi
qonunning
21-moddasiga
binoan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomrnidan amalga oshiriladi.
4.
«Auditorlik
faoliyati
to‘g‘risida»gi
qonunning
22-moddasiga
binoan
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomrnidan amalga oshiriladi.
8. Auditorlik tashkilotining ta’rifi qo‘ydagi hujjatda keltirilgan.
1. “Auditorliq faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 5moddasi.
2. Auditning 12 milliy andazasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma’kamasining auditorlik faoliyatini
takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining a’amiyatini oshirish to‘g‘risidagi
qarori.
4. Korxona Ustavi bilan belgilanadi.
9. Auditorlarning ish sifati qo‘ydagicha nazorat qilinadi –
1. №5-«Auditor ishining sifatini nazorat qilish»nomli AFMSda aks ettirilgan.
2. Auditning 12 milliy andazasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Ma’kamasining auditorlik faoliyatini
takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining a’amiyatini oshirish to‘g‘risidagi
qarori.
4. Korxona Ustavi bilan belgilanadi.
6-Mavzu: Auditda muhimlik tushunchasi va auditorlik riski
Mavzu bo‘yicha atamalar: auditor tavakkalchiligi, irsiy tavakkalchilik,
dedeksion tavakkalchilik, nazorat tavakkalchiligi, auditda muhimlilik, auditorlik
faoliyatida tovlamachilik, xato,
92
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik
texnologiyani
blits-so‘rov,
test,
muloqot
usullaridan,
texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni yangi o‘quv
materialini
bayon
etishda
esa,
slaydlar
asosida
“TUSHUNTIRISH”, «BBB», “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT
JADVALI” usullaridan foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Auditda muhimlilikni (muhim bo‘lgan xatolarni) baholash
Auditda muhimlilik deganda moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarni
yanglishishga olib keladigan xato summalar kattaligi tushuniladi. Muhimlilik
auditor tomonidan mijozning faoliyati va xususiyatidan kelib chiqqan holda
aniqlanadi.
Muhumlilik amaliyotda quyidagi bosqichlarda aniqlanadi:
birinchi bosqich - testdan o‘tkazilayotgan obyekt bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan
xato va tushirib qoldirishlarni miqdorini oxirigi chegarasi hisoblab chiqiladi va
dastlabki tahlil asosida hujjatdan foydalanuvchi shaxsni chalg‘ita olmaydigan
hajmda mavjud bo‘lgan xato va tushirib qoldirishlar miqdorining chegarasi
aniqlanadi. Bunda eng kam miqdorgacha bo‘lgan xatolar nomoddiy deb
hisoblanadi. Eng ko‘p miqdordan ortib ketgan xatolar esa moddiy deb hisoblanadi.
Auditor chegaralarni belgilashda har bir mijozga nisbatan alohida yo‘l tutadi.
Xatolarning pastki va yuqori chegaralarini hisoblab chiqish uchun moddiylik
darajasi sifatida korxona moliyaviy faoliyatini qaysidir bir ko‘rsatgichi asos qilib
olinadi.
Masalan:
foyda
yoki
joriy
passivlar,
korxona
mablag‘larida
hissadorlarning ulushi va shu kabi boshqa ko‘rsatkichlar.
ikkinchi bosqich – xato va tushirib qoldirishlarning so‘nggi chegaradagi
miqdorlarining umumiy hajmini test qilinayotgan obyektning tarkibiy qismlari
bo‘yicha taqsimlab chiqiladi. Misol: balansdagi joriy aktivlarni pastki va yuqori
93
chegaralari miqdori shu bo‘lim ichidagi moddalar bo‘yicha taqsimlanadi.
Balansdagi joriy aktivlarni pastki va yuqori chegaralari miqdorini shu bo‘lim
ichidagi moddalar bo‘yicha taqsimlash va o‘tgan tekshirishlar tajribasiga asoslanib
auditor «Joriy aktivlar» deb nomlanuvchi balans bo‘limining pul mablag‘lari,
debitorlar, moddiy qiymatliklar zaxirasi kabi moddalari uchun xatoning so‘nggi
miqdordagi pastki va yuqorigi chegarasini aniqlab oladi.
uchinchi bosqich – xato va tushirib qoldirishlarning asl miqdorini, ularni
ng tarkibiy qismlari bo‘yicha test qilingan hisob va hisobot ma’lumotlari
asosida aniqlanadi. Audit jarayonida korxona faoliyati bir necha davrlarga
bo‘linadi. Bu davrlarning har birida auditor tomonidan xo‘jalik operatsiyalari bilan
bir qatorda balans moddalari va moddiy qiymatliklar harakati bilan bog‘liq boshqa
ma’lumotlar ham test qilinadi. Bu ma’lumotlarning har biri bo‘yicha statistik
tanlab olish uslubi asosida xatolar miqdori aniqlanadi va umumiy o‘rganilayotgan
ma’lumotlar tarkibiga qo‘shiladi.
to‘rtinchi bosqich – test qilinayotgan obyekt bo‘yicha xato va tushirib
qoldirishlarning asl miqdorlari umumiylashtirib chiqiladi.
beshinchi bosqich – yo‘l qo‘yilgan xato va tushirib qoldirishlar
miqdorlarining dastlab hisoblangan hajmi haqiqatda aniqlangan hajmlari bilan
solishtirib chiqiladi. Aniqlangan kamchiliklar korxona ma’muriyati tomonidan tan
olinmagan taqdirda auditor auditorlik xulosasida korxona hisobotini ishonchli
emasligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildiradi.
Tekshiruvni boshida auditor xatolarning umumiy summasi bo‘yicha qanday
qilib muhimlilikni hisoblash mumkinligini aniqlab oladi. Buning uchun zaruriy
dalillar to‘planadi. Muhumlilik darajasini belgilashda korxonaning kattaligi,
daromad miqdori, joriy aktivlarning qiymati, kapital sarflarni miqdori va korxona
faoliyatidagi boshqa bir qancha omillar inobatga olinadi. Bu omillarning har biri
bo‘yicha muhimlilik darajasi ko‘rsatkichi hisoblab chiqiladi va baholanadi
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda topilishi mumkin bo‘lgan barcha xatolar,
buxgalteriya hisobini yuritishdagi xatolarga, xususan tasodifiy xatolar, arifmetik
xatolar, kurslar farqini hisoblashda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan valyuta kursini
94
asos qilib olish, moliyaviy hisobotlarni to‘ldirishdagi xatolar, buxgalteriya hisobini
yuritish qoidalarini va soliq qonunchiligi masalalarini bilmaslik bilan bog‘liq
bo‘lgan xatolarga bo‘linadi.
Xato va tushirib qoldirishlar quyidagi muhimlilik darajasiga bo‘linadi:
birinchi darajali - xato va tushirib qoldirishlar miqdori juda oz va mazmuni
jihatidan qabul qilinayotgan qarorlarga ta’siri bo‘lmaydi. Hisobotdagi bunday xato
va tushirib qoldirishlar nomoddiy (muhim
bo‘lmagan) deb hisoblanadi;
ikkinchi darajali - qarorlarni qabul
qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi xato va tushirib
qoldirishlar;
uchinchi darajali - xato va tushirib
qoldirishlar jami hisobot ma’lumotlarining yaxlitligiga va holisona ekanligiga
gumon tug‘diradi. Bunday xatolar asosida tubdan noto‘g‘ri qarorlar chiqarish
mumkin.
Muhimlilikni auditorlar induktiv va deduktiv yondoshuvlar asosida
baholaydi. Induktiv yondoshishda, avval, moliyaviy hisobotning ma’lum satrlari
bo‘yicha, keyin esa, uning umumiy jami bo‘yicha muhumlilik miqdori aniqlanadi.
Dedu
ktiv yondoshishda esa dastlab yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning
umumiy miqdori aniqlanadi, keyin esa aniqlangan xatolarning umumiy miqdorlari
moliyaviy hisobotning satrlar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda umumiy yo‘l
qo‘yilgan xatolar summasi, schyotlar bo‘yicha topilgan xatolar summasidan ko‘p
bo‘lmasligi kerak. Aks holda auditor xatolarning umumiy hajmi to‘g‘risida shartli
ijobiy yoki salbiy xulosa beradi.
§2. Auditorlik faoliyatidagi tavakkalchilik va uni baholash
Auditorlik ishlarini bajarishda auditorlar faoliyatida yo‘l qo‘yiladigan
tavakkalchiliklar quyidagi turlarga bo‘linadi:
95
1. Auditor tavakkalchiligi;
2. Irsiy tavakkalchilik;
3. Dedeksion tavakkalchilik;
4. Nazorat tavakkalchiligi.
Auditor tavakkalchiligi tashqi hisobot ma’lumotlarini baholash jarayonida
auditor e’tiboridan chetda qolishi mumkin bo‘lgan xato va tushirib qoldirishlar
to‘g‘risida auditorning o‘z zimmasiga olgan mas’uliyatidir.
Audit ishlarini hajmini rejalashtirishda va baholashda auditor tavakkalchiligi
asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Auditor tavakkalchiligi quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
AТ  IТ  NТ  DТ
bunda:
AT - auditor tavakkalchiligi;
IT - irsiy tavakkalchilik;
DT - detekdion tavakkalchilik;
NT - nazorat tavakkalchilik.
Auditor tavakkalchiligi auditorni amallarni tekshirishga nisbatan bir
tomonlama yondashuvida namoyon bo‘ladi. Tavakkalchilik nisbatining past
bo‘lishini istagan auditor hisobotda xato va tushirib qoldirishlar yo‘qligiga ishonch
hosil qilishi kerak.
Auditorlik tavakkalchiligini baholashda quyidagi modeldan foydalaniladi:
Ar = Ir  Cr  Dr
qayerda:
Ar (audit risk)- noto‘g‘ri xulosa tuzish ehtimoli;
Ir (inherent risk)- hisobdagi xatolar ehtimoli;
Cr (c’ntr’l risk)- ichki nazorat tizimini samarasizligi ehtimoli;
Dr (detectrbn risk) - mijoz tom3onidan yo‘l qo‘yilgan va hisobda
aniqlanmagan xatolarni, auditorlar topa olmasliklari ehtimoli.
96
Auditor tekshiruv jarayonida buxgalteriya hisobi schyotlari qoldiqlarini
tekshirib auditorlik tavakkalchiligini iloji boricha pasaytirishi kerak. Masalan,
AR=0,01 bo‘lganda auditor qarorining noto‘g‘riligi 1% ga teng bo‘ladi. AR–bu
auditor ish sifatini mezoni bo‘lib, uning asosida auditorlarning malaka darajasi
yotadi. IR, CR, DR ko‘rsatkichlari auditor to‘plagan axborotlar asosida baholanadi.
Auditor tavakkalchiligi bilan audit o‘tkazish ma’lumotlar bazasi orasida
teskari munosabat mavjud. Audit tavakkalchiligini qancha kam bo‘lishi uchun ko‘p
miqdorda ma’lumot to‘plash kerak. Nol nisbatidagi auditor tavakkalchiligi
ma’lumotlarning mutlaq ishonchliligini bildiradi. Har doim ham hisobotlarni
to‘g‘ri, puxta, ishonchli tuzilganligini to‘la nazorat qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun
auditor tavakkalchiligi 0 va 1 nisbat yoki 0 va 100 foiz o‘rtalarida bo‘ladi.
Auditorlik faoliyatida irsiy tavakkalchilikka ham yo‘l qo‘yiladi. Moliyaviy
hisobotlarning subyektiv va obyektiv omillar ta’siri natijasida moddiy xatolarga
moyillik darajasi irsiy tavakkalchilik deyiladi. Bunda audit o‘tkazilayotgan
tashkilotda
ichki
nazoratning
umuman
yo‘qligi
ehtimol
qilinadi.
Irsiy
tavakkalchilik darajasi audit o‘tkazish uchun rejalashtirilgan ma’lumotlar bazasiga,
mijoz hisobotidagi ataylab va ataylab qilinmagan xatolar mavjudligiga, bir qator
tashqi va ichki ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Bunday ko‘rsatkichlarga quyidagilar
kiradi:
1. Audit o‘tkazilayotgan korxona ishlab chiqarish va boshqa faoliyat
natijalarining mohiyati va mazmuni;
2. Boshqaruv apparatining malakasi va halolligi;
3. Xodimlar mehnatini rag‘batlantirish tizimi;
4. Ilgari o‘tkazilgan audit natijalari;
5. G‘ayri oddiy va noananaviy xo‘jalik operatsiyalarini sodir bo‘lishi;
6.O‘rganilayotgan umumiy va reprezentativ tanlab olingan ma’lumotlarning
tarkibi, miqdori va boshqalar.
Bunday ko‘rsatgichlarni auditor tomondan o‘rganish, tahlil qilish va
baholash auditning ma’lumotlar bazasini yaratish uchun zarur bo‘ladi.
97
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik va irsiy tavakkalchilik
bilan bir qatorda nazorat tavakkalchiligiga ham yo‘l qo‘yiladi.
Korxonani ichki nazorat tizimida xatolarning kelib chiqishiga yo‘l
qo‘ymaslikni yoki yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishni auditor tomonidan
baholanishi nazorat tavakkalchiligi deyiladi.
Nazorat tavakkalchiligi qo‘ydagi amalga oshirish natijasida baholanadi:
1. Ichki nazorat tizimini puxta o‘rganib chiqish asosida yo‘l
qo‘yilgan xato va tushirib qoldirishlar darajasini aniqlash tadbirlarini tuzish;
2. Ichki nazorat tizimidagi audit dasturini va uning tegishli nazorat
vositalarini testdan o‘tkazish;
3. Nazorat tavakkalchiligini baholash.
Auditorlik faoliyatida hisobotlardagi aniqlanmagan xato va tushirib
qoldirishlarni aniqlashda detekdion tavakkalchilikdan ham foydalaniladi.
Moliyaviy hisobotlardagi xatolarni auditor tomonidan ixtiyoriy topish va
to‘g‘rilash zarur bo‘ladi. Moliyaviy hisobotlardagi aniqlanmagan xato va tushirib
qoldirishlarni auditor istagi bilan ixtiyoriy aniqlash dedeksion tavakkalchilik deb
aytiladi. Auditorlar dedeksion tavakalchilikni qo‘llash asosida ichkiy audit
faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va xatolarni bartaraf etadilar. Dedeksion
tavakkalchilik audit tavakkalchiligi modelini o‘zgartirish asosida hisoblanadi:
DТ 
АТ
IТ
 NТ
Dedeksion tavakkalchiligi bilan audit ma’lumotlar bazasi orasida teskari
munosabat mavjud. Dedeksion tavakkalchilikning kamayishi
ma’lumotlar hajmining ko‘payishiga olib keladi.
Hisobotlarni tuzishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni mohiyat va mazmun jihatdan
muhim (moddiy) va muhim bo‘lmagan (nomoddiy) xatolarga ajratish mumkin.
98
§3. Auditorlik faoliyatida tovlamachilikni baholash
Iqtisodiy ma’lumotlarni buxgalteriya hisobi va hisobotlarda korxona rahbari,
xodimlari yoki korxonaga aloqador bo‘lgan boshqa shaxslar tomonidan oldindan
ko‘zlangan maqsadlarda noto‘g‘ri ko‘rsatish tovlamachilik deyiladi.
Tovalamachilik quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi:
1. Moliyaviy hisobot ma’lumotlarni ataylab buzib yoki ularda to‘liq
bo‘lmagan moliyaviy axborotlarni ko‘rsatishni;
2. Buxgalteriya hisobi hujjatlari va yozuvlarini qalbakilashtirish asosida
haqiqatni buzib ko‘rsatuvchi yozuvlarni amalga oshirishni;
3. Bir marotaba bo‘ladigan bitimlar, ish va xizmatlar bo‘yicha to‘lovlarni
ko‘rsatmaslik yoki ortiqcha ko‘rsatishni.
Auditor tovlamachilik mavjudligini aniqlab ularning moliyaviy hisobotga
bo‘lgan ta’sirini o‘rganib chiqiladi.
Tovlamachilik tavakkalchiligini oshiruvchi shart-sharoitlar bir necha xil
bo‘ladi:
1. Ichki nazoratni tashkillash bo‘yicha kamchiliklar va buxgalteriya
xodimlarini uzoq vaqt davomida to‘liq shakllanmaganligi, ichki audit
bo‘limi xodimlarini tez-tez almashishi;
2. Inqirozga uchragan tarmoqlarda korxonaning kapital qo‘yilmalarini
mavjudligi,
korxonaning
bitta
buyurtmachiga
bo‘lgan
bog‘liqliligi,
buxgalteriya xodimlaridan moliyaviy hisobotlarni juda qisqa vaqtda
tayyorlab berishni talab qilish va boshqalar.
3. Auditorlik dalillarini olish muammolar.
Auditor tovlamachilikni topishi uchun quydagi ishlarni amalga oshirishi
kerak:
1. Korxona xodimlarini ahloq tamoyillari, mehnat sharoitlari va ish haqi
bilan tanishish;
2. Analitik tadbirlarni o‘tkazish yo‘li bilan tovlamachilik belgilarini topish;
3. Tovlamachilik belgilarini topish uchun xodimlar orasida yalpi yoki tanlab
so‘rov o‘tkazish.
99
Auditor auditorlik xulosasida korxona moliyaviy hisobotlarini tuzishda
tovlamachiliklarga yo‘l qo‘yilmaganligini, agar yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ularni
bartaraf etilganligini yoritadi.
Nazorat uchun savollar
1. Auditor faoliyatida tavakalchilikeganda nimani tushunasiz?
2. Auditor tavakalchiligini qanday turlarini bilasiz?
3. Auditor tavakalchiligi darajasi qanday aniqlanadi?
4. Auditor tavkalchiligi qanday baholanadi?
5. Irsiy tavakalchilikni gapirib bering?
6. Deduksion tavakalchilikni gapirib bering?
7. Nazorat tavakalchilikni gapirib bering?
8. Auditda moddiylik nimani bildiradi?
9. Audit moddiyligi qanday baholanadi?
10. Auditorlik faoliyatida xato tushunchasini gapirib bering?
11. Yo‘l qo‘yilgan xatolar qaysi belgilari bo‘yicha aniqlanadi?
12. Xatolarni va tushirib qoldirishlarni moddiylik darajalarini aytib
bering?
13. Moddiylikni aniqlash bosqichlarini aytib bering?
14. Tovlamachilik nima?
15. Audit tovlamachiligi qanday harakatlarni o‘z ichiga oladi?
16. Tovlamachilikni keltirib chiqaradigan shart-sharoitni gapirib bering?
17. Tovlamachilik qanday aniqlanadi?
Nazorat uchun test savollar
1. Auditor faoliyatida tavakalchilik tushunchasi qaysi bandda
keltirilgan?
1. Hisobot ma’lumotlarini baholash jarayonida auditor e’tiboridan chetda qolishi
mumkin bo‘lgan xato va tushirib qoldirishlar to‘g‘risida auditorning o‘z zimmasiga
olgan mas’uliyati.
2. Litsenziya olgunga qadar yashirib audit xizmatini bajarish.
100
3. Auditorlik hisoboti va xulosasini tekshiruvlarni o‘tkazmay berish.
4. To‘g‘ri javob berilmagan
2. Auditor tavakkalchiligini turlari qaysi bandda keltirilgan?
1. Auditor tavakkalchiligi; irsiy tavakkalchilik; dedeksion tavakkalchilik; nazorat
tavakkalchiligi.
2. Analitik tavakkalchilik, matematik tavakalchilik, nazorat tavakkalchiligi.
3. Statistik va kasbiy.
4. Irsiy tavakkalchilik.
3. Auditor tavakkalchiligi darajasini aniqlash qaysi bandda keltirilgan?
1. AT  IT  NT  DT
2.
AT  IT  NT
3.
AT  IT  DT
4.
AT  NT  DT
4. Auditor tavakkalchiligini baholash qaysi bandda keltirilgan?
1. AT  IT  CT  DT
2. AT  IT  NT
3. AT  IT  DT
4.
AT  NT  DT
5. Irsiy tavakkalchiligini ta’rifi qaysi bandda keltirilgan?
1. Subyektiv va obyektiv ko‘rsatkichlar ta’siri natijasida hisobotning bir qator
moddiy xatolarga moyillik darajasi irsiy tavakkalchilik deyiladi.
2. Hisobot ma’lumotlarini baholash jarayonida auditor e’tiboridan chetda qoligan
xato va tushirib qoldirishlar.
3. Ichki nazorat tizimi xatolarning auditor tomonidan baholanishi.
4. Ichki nazorat tizimida xatolarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikni
auditor tomonidan baholanishi.
6. Deduksion tavakkalchiligini aniqlash qaysi bandda keltirilgan?
101
1. DТ 
АТ
 NТ
IТ
2. DТ 
АТ
IТ
3.
АТ  IТ  DТ
4.
АТ  NТ  DТ
7. Nazorat tavakalchiligini ta’rifi qaysi bandda keltirilgan?
1. Ichki nazorat tizimida xatolarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikni
yoki yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishni auditor tomonidan baholanishi.
2. Ichki nazorat tizimida xatolarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikni
auditor tomonidan baholanishi.
3. Ichki nazorat tizimida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishni auditor
tomonidan baholanishi.
4. Buxgalteriya hisobi va tahlil ustidan nazorat o‘rnatish.
8. Auditda moddiylik tushunchasi ta’rifi qaysi bandda keltirilgan?
1.
Auditda moddiylik deganda moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarni
yanglishishga olib keladigan xato summalar kattaligi tushuniladi.
2. Moddiylik tovlamachilikni o‘zgargan shakli.
3. Topilishi mumkin bo‘lgan xatolar yig‘indisiga moddiylik deyiladi.
4.
Pul mablag‘larining materiallarga va xom ashyoga almashuvi moddiylik
deyiladi.
9. Audit moddiyligini baholash tartibi qaysi bandda keltirilgan?
1. Avval hisobotning ma’lum satrlari bo‘yicha keyin esa hisobotning
umumiy jami bo‘yicha materiallik miqdori aniqlanadi.
2. Dastlab yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning umumiy miqdori
aniqlanadi, keyin esa bu satrlar o‘rtasida taqsimlanadi.
3. Xato kompyuter dasturi asosida topilib keyin javobgarlar orasida
taqsimlanadi.
4. A va B javoblar to‘g‘ri javoblar.
102
11. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda topilishi mumkin bo‘lgan
barcha xatolar qaysi belgilari bo‘yicha turkumlanadi?
1. Buxgalteriya hisobini yuritishdagi xatolar, soliq qonunchiligi
masalalarini bilmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar.
2. Statistik ma’lumotlar asosida sodir bo‘ladigan analitik xatolar.
3. Inventarizatsiya, taftish va audit o‘tkazishdagi xatolar.
4. Menejmentni va boshqaruvni tashkil qilishdagi xatolar.
13. Moddiylik necha bosqichda aniqlanadi?
1. 3-bosqichda.
2. 4-bosqichda.
3. 5-bosqichda.
4. 6-bosqichda.
14. Buxgalteriya hisobida sodir etiladigan tovlamachilik tushunchasi qaysi
bandda keltirilgan?
1. Iqtisodiy ma’lumotlarni buxgalteriya hisobida oldindan ko‘zlangan maqsadlarda
noto‘g‘ri ko‘rsatish.
2. Iqtisodiy ma’lumotlarni buxgalteriya hisobida xato yozish.
3. Inventarizatsiya o‘tkazishdagi mexanik xatolar.
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
15. Audit tovlamachiligi harakatlari qaysi bandda keltirilgan?
1. Hisob yozuvlarini manipulyatsiya qilish, hujjatlarni qalbakilashtirish
asosida buxgalteriya hisobi schyotlarida haqiqatni buzib ko‘rsatuvchi
yozuvlarni keltirish;
2. Buxgalteriya hisobi schyotlarida va kitoblarida kerak bo‘lmagan
to‘g‘rilashlar, schyotlar korrespondendiyasini buzish, buxgalteriya
hisobida xo‘jalik jarayonlarini ko‘rsatmaslik.
3. Bir marotaba bo‘ladigan bitimlar, ish va xizmatlar bo‘yicha
to‘lovlarni ko‘rsatmaslik yoki ortiqcha ko‘rsatish.
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
16. Tovlamachilikni keltirib chiqaradigan shart – sharoitni qaysi
103
bandda keltirilgan?
1. Ichki nazoratni tashkillashdagi kamchiliklar, buxgalteriya
tez-tez almashishi.
2. Korxonaning kapital qo‘yilmalarini mavjudligi, korxonaning bitta
buyurtmachiga bo‘lgan bog‘liqligi, hisobotlarni qisqa vaqtda
ayyorlab berishni talab qilish.
3. Dahilsiz tomonlar bilan bitimlar, xizmatlarga mos kelmaydigan
to‘lovlar, auditorlik dalillarini olish muammolari.
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
17. Tovlamachilikni aniqlash tartibi qaysi bandda keltirilgan?
1. Tovlamachilik maqsadlarini aniqlash va korxona xodimlarini ahloq
tamoyillari, mehnat va ish haqi sharoitlari bilan tanishish.
2. Tadbirlarni o‘tkazish yo‘li bilan tovlamachilikni topish.
3. Tovlamachilik topish uchun xodimlar orasida so‘rov o‘tkazish.
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
7-Mavzu: Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish
Mavzu bo‘yicha atamalar: rejalashtirish, auditorlar shtati, shartnoma.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik
texnologiyani
blits-so‘rov,
test,
muloqot
usullaridan,
texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni yangi o‘quv
materialini
bayon
etishda
esa,
slaydlar
asosida
“TUSHUNTIRISH”, «BBB», “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT
JADVALI” usullaridan foydalanish yaxshi natija beradi.
104
§1. Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi, vazifalari, bosqichlari
va tamoyillari
Auditor o‘z faoliyatini dastlabki rejalashtirish jarayonida mijoz bilan
hamkorlik qilishni qanchalik maqsadga muvofiqligini bilishi kerak. Buning uchun
u eng avvalo qo‘ydagilarni bajarishi lozim:
1. Mijozni auditorlik xizmatiga muhtojlik sabablarini har tomonlama
aniqlashi;
2. Tekshiruvlarni amalga oshirish uchun auditorlar shtatini shakllantirishi;
3. Mijoz bilan shartnoma tuzishi.
Undan so‘ng auditor o‘z faoliyatini quyidagi tadbirlar asosida puxta
rejalashtirishi kerak:
1. Audit qilinayotgan korxona faoliyatini
muhim yo‘nalishlari va
xususiyatlari asosida;
2. Boshqaruv va ichki xo‘jalik nazoratamallarnii qanday shakl va uslublarda
tashkil etilganligi haqida ma’lumot to‘plash asosida;
3. Hisobot topshirish tartibini aniqlash asosida;
4. Xulosa va yakunlar qanday shaklda va kimga taqdim etilishini aniqlash
asosida;
5. Audit ob’ektlarini belgilab olish asosida;
6. Boshqaruv va nazorat tizimlarini kuchli va zaif tamonlarini baholash
asosida;
7. Ko‘rilayotgan masalalarning moddiy tomonlarini baholash va ichki
auditorlarga bo‘lgan ishonch darajasini aniqlab olish asosida;
8. Audit jarayonining samarali uslubini belgilab olish asosida;
9. Ilgari o‘tkazilgan audit tavsiyalarining bajarilishini ta’minlash uchun
qanday choralar ko‘rilganiga ahamiyat berish asosida;
10. Audit o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash asosida.
Aniq audit bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni rejalashtirishda auditor
quyidagi amallarni bajaradi:
105
1. Moddiy masalalarni baholash maqsadida audit etiluvchi korxona va uning
tafsiloti haqida ma’lumotlarni to‘playdi;
2. Audit maqsadlari va yo‘nalishlarini aniqlab oladi;
3. Oldida turgan ishning hajmi, xususiyatlari, ish olib borish uslublarini
aniqlash maqsadida dastlabki tahlil amalini bajaradi;
4. Auditning reja jadvalini tuzadi;
5. Auditorlar guruhi oldiga quyiladigan talablarni belgilaydi;
6. Korxona xodimlarini auditning maqsadi yo‘nalishi va baho berish
o‘lchovi bilan tanishtirib chiqadi hamda mazkur korxonaning taklifiga
binoan u bilan birgalikda vujudga kelgan masalalarni muhokama etadi.
Auditorlik tekshiruvi rejasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Dastlabki rejalashtirish;
2. Korxonada axborot to‘plash;
3. Auditorlik tavakkalchiligini baholash;
4. Ichki nazorat tizimini baholash;
5. Materiallikni baholash.
Audit davomida zaruriyat tug‘ilsa reja qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvlarini belgilangan muddatda yakunlash uchun auditor
tekshiruvni amalga oshirishda mijoziga xos bo‘lgan xususiyatlar va tekshiruv
sifatiga ta’sir etuvchi qo‘ydagi omillar bilan tanishib chiqishi zarur: tashkiliy,
mijozning tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi, mulki bilan
bog‘liq bo‘lgan, korxona faoliyat strategiyasi, direktorlar kengashi va boshqaruv
xodimlari faoliyati, moliyaviy holatlar bilan bog‘liq, marketing bilan bog‘liq,
xodimlar bilan bog‘liqomilla ва korxona faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan omillar
bilan tanishishi lozim.
1. Tashkiliy omillar: audit o‘tkazish to‘g‘risida korxona ma’muriyati
tomonidan bajarilgan tayyorgarlik ishlari; korxona faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lgan zarur hujjatlarning mavjudligi; audit idoralari va soliq inspekdiyasi
tomonidan ilgari o‘tkazilgan tekshirish dalolatnomalarini mavjudligi;
korxona to‘g‘risidagi umumiy axborotlarni majudligi; korxonaning ish
106
faoliyati va tarmoq xususiyatlari ma’lumotlarini mavjudligi; korxonaning
ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa aloqalari; korxonaning yuridik
majburiyatlari; korxonaning hisob va hisobotining holati;
2. Mijozning tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar:
makroiqtisodiy omillar (asosiy faoliyatni o‘sishi yoki pasayishi; soliqga
tortishdagi o‘zgarishlar; chet el bozorlariga bog‘liqlik; valyuta kursini
tebranishi; tashqi nazorat tizimi; davlat siyosatini o‘zgarishi; foiz
stavkalarini korxona barqarorligiga ta’siri; iste’molchini likvidligiga ta’sir
ko‘rsa-tuvchi omillar; qimmatli qog‘ozlar indeksini o‘zgarishi va mulkchilik
bozorini rivojlanishi); tarmoq omillari (kutilayotgan qonunchilik aktlari
asosida tarmoqni tartibga solish muhiti; baholar ustidan nazorat; iqtisodiy
sharoitlar; mehnat sharoitlari);
3. Mijoz faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar: korxona tarixi; biznes
strukturasi; ishlab chiqarish faoliyati turlari; biznesning tezda kengayishi;
mavjud va ehtimoli bor kelishmovchiliklar; korxona rahbariyatining
korxona va tarmoq haqidagi fikri; korxonani rivojlanish tendendiyalari
haqida rahbariyatning fikri; rahbariyatning asosiy yumushlari;
audit
o‘tkazishdan rahbariyatning kutishlari;
4. Mijozning mulki bilan bog‘liq bo‘lgan omillar: mijoz mulkining
xususiyatlari; mijoz aksiyalarining kursi; mijoz aksiyalari bilan bo‘ladigan
savdo operatsiyalari;
5. Korxona faoliyat strategiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan omillar: rejadagi
yoki mo‘ljaldagi xaridlar; ishlab chiqarishda kutilayotgan o‘zgarishlar;
kapital qo‘yilmalar o‘tkazish rejasi; bozorni kengaytirish rejasi; soliqlarni
rejalashtirish;
6. Direktorlar kengashi va boshqaruv xodimlari faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lgan omillar: boshqaruvni mustaqillik darajasi; kengash majlislarini
o‘tkazish oralig‘i; ijrochilarni noqonuniy harakatlarni amalga oshirishga
majbur qilish darajasi; boshqaruv xodimlari ish haqiga ta’sir qiluvchi
omillar.
107
7. Moliyaviy holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan omillar: pul oqimlarining
xarakteristikasi; investidiya siyosati; foyda darajasi; bank operatsiyalari;
lizingdan foydalanish darajasi; grantlar va boshqa to‘lovlar; korxonaning
boshqa majburiyatlari;
8. Marketing bilan bog‘liq bo‘lgan omillar: asosiy xaridorlar va bozorlar;
ma’lum
xaridorlarga,
loyihalarga
va
operatsiya-larga
suyanish;
xaridorlarning moliyaviy holati; raqiblar va mijozning bozordagi holati;
bozorning stabilligi va mavsumiy ziddiyatlari; mahsulotning buzilish
darajasi; ikkilanuvchi potendialga ega bo‘lgan yangi mahsulot turi;
xaridorlarni ba’zilarini afzal ko‘rish; reklama va uning samaradorligi;
marketing natijalari darajasi.
9. Xodimlar bilan bog‘liq bo‘lgan omillar: asosiy xodimlarning malaka va
tajribasi; xizmatchilarni ishga qabul qilish va ularni o‘sish siyosati;
xizmatchilarning ish haqi va mukofotlari; foydani taqsimlash; xodimlarga
nisbatan boshqaruv rejalari; kadrlarni tez-tez o‘zgarishi;
10. Korxona faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan omillar: korxona
mahsuloti va xizmatidan foydalanuvchilar; korxonani mahsulot ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchiligi; korxonani ishlab chiqarish
quvvatlarini xarakteri va joylashishi; markazlashtirilmagan operatsiyalarni
markaziy apparat tomonidan nazorat darajasi; korxonani ishlab chiqarish
tannarxi omillari; korxonani mol yetkazib beruvchilardan qarz olish
imkoniyati; korxonani mol yetkazib beruvchilardan tobeligi; korxonani
ishlab chiqarish quvvati; korxona ishlab chiqarishning texnik muammolari;
korxonada ishlab chiqarish diklini davomiyligi va egiluvchanligi.
Auditorlik tekshiruvi strategiyasi reja ko‘rinishiga ega bo‘ladi va auditor
tomonidan yozma holda tayyorlanadi. Bu rejaning maqsadi quyidagilardan iborat:
1. Zarur testlarning hajmini va tipini aniqlash, ularni o‘tkazishni baholash;
2. Tekshiruvni boshlashdan oldin mijoz bilan hamma savollar bo‘yicha
kelishish;
3. Audit o‘tkazishda asoslangan dalillarga ega bo‘lish.
108
Tekshiriluvchi ob’ektlar soni va bajariluvchi amallar turi ko‘p bo‘lgan holda
auditorlik tekshiruvini rejasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Dastlabki rejalashtirish;
2. Korxonada axborot to‘plash;
3. Auditorlik tavakkalchiligini baholash;
4. Ichki nazorat tizimini baholash;
5. Materiallikni baholash.
Auditor o‘z faoliyatini dastlabki rejalashtirish jarayonida mijoz bilan
hamkorlik qilishni qanchalik maqsadga muvofiqligini bilishi kerak. Buning uchun
u eng avvalo qo‘ydagilarni bajarishi lozim:
1. Mijozni auditorlik xizmatiga muhtojlik sabablarini har tomonlama
aniqlashi lozim;
2. Tekshiruvlarni amalga oshirish uchun auditorlar shtatini shakllantirishi
lozim;
3. Mijoz bilan shartnoma tuzishi zarur.
Undan so‘ng auditor o‘z faoliyatini quyidagi tadbirlar asosida puxta
rejalashtirishi kerak:
1. Audit qilinayotgan korxona faoliyatini
muhim yo‘nalishlari va
xususiyatlari asosida;
2. Boshqaruv va ichki xo‘jalik nazoratamallarnii qanday shakl va uslublarda
tashkil etilganligi haqida ma’lumot to‘plash asosida;
3. Hisobot topshirish tartibini aniqlash asosida;
4. Xulosa va yakunlar qanday shaklda va kimga taqdim etilishini aniqlash
asosida;
5. Audit ob’ektlarini belgilab olish asosida;
6. Boshqaruv va nazorat tizimlarini kuchli va zaif tamonlarini baholash
asosida;
7. Ko‘rilayotgan masalalarning moddiy tomonlarini baholash va ichki
auditorlarga bo‘lgan ishonch darajasini aniqlab olish asosida;
8. Audit jarayonining samarali uslubini belgilab olish asosida;
109
9. Ilgari o‘tkazilgan audit tavsiyalarining bajarilishini ta’minlash uchun
qanday choralar ko‘rilganiga ahamiyat berish asosida;
10. Audit o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash asosida.
Aniq audit bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni rejalashtirishda auditor
quyidagi amallarni bajaradi:
1. Moddiy masalalarni baholash maqsadida audit etiluvchi korxona va uning
tafsiloti haqida ma’lumotlarni to‘playdi;
2. Audit maqsadlari va yo‘nalishlarini aniqlab oladi;
3. Oldida turgan ishning hajmi, xususiyatlari, ish olib borish uslublarini
aniqlash maqsadida dastlabki tahlil amalini bajaradi;
4. Auditning reja jadvalini tuzadi;
5. Auditorlar guruhi oldiga quyiladigan talablarni belgilaydi;
6. Korxona xodimlarini auditning maqsadi yo‘nalishi va baho berish
o‘lchovi bilan tanishtirib chiqadi hamda mazkur korxonaning taklifiga
binoan u bilan birgalikda vujudga kelgan masalalarni muhokama etadi.
Audit davomida zaruriyat tug‘ilsa reja qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda muddat muammosi borligi sababli
har doim ham korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini to‘liq tekshirishga
auditorlarda imkoniyati bo‘lmaydi. Shuning uchun tekshiruvni amalga oshirishda
mijozning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari va tekshiruv sifatiga ta’sir etuvchi
omillar bilan tanishib chiqishi zarur.
§2. Auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish ishchi dasturi va auditorlik xizmati
ko‘rsatish haqida shartnoma
Auditorlik dasturi tekshiruvning har bir muayyan qismi uchun zarur bo‘lgan
auditorlik jarayonlari ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Ikki turdagi auditorlik dasturlari
bo‘lishi mumkin:
1. Korxona ichki nazorat tizimi va faoliyati haqidagi axborotlarni o‘z ichiga
olgan dasturlar;
110
2. Schyotlardagi qoldiqlar haqidagi axborotlarni va ularni tekshirishni o‘z
ichiga olgan dasturlar.
Auditorlik dasturlari quyidagi omillarni o‘z ichiga oladi:
1. Auditorlarni ish jadvalini (jadval auditorlik tekshiruvi jarayonida xulosa
tuzish uchun ma’lumotlar berishni oxirgi muddatini belgilaydi);
2. Audit jarayonlarini (auditorlik dasturi yozma ravishda tayyorlanadi);
3. Audit bo‘yicha ish nazoratini (dastur auditorlik guruhlaridagi kichik
auditorlar va assistentlar tomonidan belgilangan vazifalarni bajarishni
nazorat qiluvchi asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi);
4. Xodimlar sonini (audit uchun zarur xodimlar soni. Odatda audit, asosiy
auditor, kichik auditor va assistentlardan tashkil topgan guruh tomonidan
o‘tkaziladi).
Dasturda auditorlik tekshiruvi rejasini bajarish uchun, zarur bo‘lgan hamma
jarayonlar qamrab olinadi. CHunki dastur auditorlar uchun yo‘riqnoma vazifasini
ham bajaradi
Auditorlik tekshiruvi dasturi reja ko‘rinishiga ega bo‘ladi va auditor
tomonidan yozma holda tayyorlanadi. Bu rejaning maqsadi quyidagilardan iborat:
1. Zarur testlarning hajmini va tipini aniqlash, ularni o‘tkazishni baholash;
2. Tekshiruvni boshlashdan oldin mijoz bilan hamma savollar bo‘yicha
kelishish;
3. Audit o‘tkazishda asoslangan dalillarga ega bo‘lish.
Tekshiriluvchi ob’ektlar soni va bajariluvchi amallar turi ko‘p bo‘lgan holda
auditorlik tekshiruvini alohida tarmlar bo‘yicha tekshirish muddatlari ko‘rsatilgan
jadval (grafik) bo‘yicha tashkillashtirish yaxshi samara beradi.
Auditorlik korxonasi audit o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan shart-sharoitlarni
yaratish va haq to‘lash tartibi haqida korxona bilan oldindan kelishib, auditorlik
ishlarini bajarish shartnomasini tuzadi. Shartnomada xizmatlarning hajmi, sifati,
murakkabligi, auditorlarning malakasi, tajribasi, kasbiy obro‘si, mas’uliyati va
auditorlik xizmatlari uchun to‘lanadigan haq miqdori ko‘rsatiladi.
111
Shartnomalar uzoq muddatli yoki bir marta bajariladigan auditorlik
xizmatlariga tuzilishi mumkin.
Shartnoma quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Shartnomaning predmeti (mavzusi);
2. Tomonlarning xuquq va majburiyatlari;
3. Shartnomaning bajarilishi;
4. tomonlarning javobgarligi;
5. Nizolarni xal etish tartibi;
6. Shartnomaning amal qilishi;
7. Yakuniy qoydalar;
8. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari.
№____
Auditorlik xizmat ko‘rsatish
2017 “_____”
Farg‘ona shahar
Amaldagi Nizom asosida ish ko‘ruvchi, Farg‘ona shahri «Tong» auditorlik
firmasi («bajaruvchi» deb nomlanadi), uning direktori S.A. Abduqodirov bir
tomondan va «Sherzod» Aktsionerlik jamiyati rahbari S. Mo‘minov (bundan
buyon «buyurtmachi» deb nomlanadi) ikkinchi tomondan, mazkur shartnomani
qo‘ydagilar to‘g‘risida tuzdik:
I. Shartnoma mavzusi, bahosi va hisob-kitob tartibi
1.1. “Xizmat ko‘rsatuvchi” mazkur shartnoma bo‘yicha “Buyurtmachi”ga
o‘zaro
kelishilgan
holda
Buyurtmachi
quyidagi
auditorlik
xizmatlarini
bajaruvchiga topshiradi, bajaruvchi qabul qilib oladi:
Xizmatlar nominomi
№
1
Summasi
Buyurtmachining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini har yillik
15000000
auditini o‘tkazish
2
Buyurtmachining
filialini,
agentligini
rejadan
tashqari
3000000
xizmatlari
2000000
tekshirish
3
Alohida
buyurtma
bo‘yicha
konsulg‘tadiya
112
ko‘rsatish
20000000
Jami:
1.2. Shartnoma bo‘yicha ish va xizmatlar qiymati: bajaruvchiga to‘lanuvchi xizmat
haqi audit o‘tkazishga sarflangan vaqtni ta’rif bo‘yicha belgilangan soatini
ko‘paytirish bilan aniqlanadi; to‘lovlar bir marta, ya’ni shartnomada ko‘rsatilgan
ishlar bajarib topshirilgandan keyin, bajaruvchining hisob raqamiga pul ko‘chirish
yo‘li bilan amalga oshiriladi;
1.3. Mazkur shartnomaning umumiy qiymati 20000000(Yigirma million) so‘mni
tashkil etadi.
1.4. “Buyurtmachi” xizmat ko‘rsatish uchun amaldagi qonunchilikda ko‘rsatilgan
miqdordan kam bo‘lmagan, ya’ni 15 foiz avans to‘lovini oldindan “Bajaruvchiga”
xisob raqamiga o‘tkazib beradi. 1.5. “Bajaruvchiga” tegishli davrda tomonlarning
o‘zaro kelishuviga muvofiq belgilangan miqdorda va avans to‘lovidan so‘ng 10
kun muddat ichida maxsulotlarni “Buyurtmachi”ga yetkazib beradi.
1.6. “Buyurtmachi” taqdim etilgan xujjatlarga asosan 90 kundan ortiq bo‘lmagan
muddatlarda uzil-kesil xisob-kitob qiladi.
1.7. Xizmatlar uchun to‘lovlar pul o‘tkazish yo‘li bilan naqd pulsiz tartibda xisobkitob qilinadi.
II. Tomonlarning xuquq va majburiyatlari
3.1. “Bajaruvchi”ning xuquq va majburiyatlari: audit tekshiruvidan barcha zarur
bo‘lgan hujjatlar, korxona tijorat siri bo‘lgan axborotlarni bajaruvchiga taqdim
etish; bajaruvchiga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratib berish; auditorlik ish joyi,
hujjatlarni saqlash uchun shkaf ajratish; moddiy javobgar shaxslarning
qatnashuvini ta’minlash.
3.2. “BUYURTMACHINING majburiyatlari: audit tekshiruvidan barcha zarur
bo‘lgan hujjatlar, korxona tijorat siri bo‘lgan axborotlarni bajaruvchiga taqdim
etish; bajaruvchiga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratib berish; auditorlik ish joyi,
113
hujjatlarni saqlash uchun shkaf ajratish; moddiy javobgar shaxslarning
qatnashuvini ta’minlash.
III. Shartnomaning bajarilishi
4.1. Ishlarni bajarish muddatlari: moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining to‘la auditi - yil
yakunlari bo‘yicha buyurtmachi tasdiqlagan va bajaruvchi bilan kelishilgan
muddatda; rejadan tashqari tekshirishlar - alohida shartnomalarda belgilangan
muddatlarda; konsulptatsiya xizmatlari - alohida shartnomalarda belgilangan
muddatlarda.
4.1. SHartnoma mazkur shartnoma va qonun xujjatlari shartlari va talablariga
muvofiq zarur tarzda bajarilish kerak. Agar tomonlar o‘z zimmalariga qabul
qilingan barcha majburiyatlar bajarilishini ta’milasa, shartnoma bajarilgan deb
xisoblanadi.
4.2. SHartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartona shartlarini bir
tomonlama o‘zgartirish yo‘l qo‘yilmaydi, qonun xujatlarida belgilangan xollar
bundan mustasno.
4.3. “Buyurtmachi” ilgari berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud
bajariladigan ishlarni tegishli turkumlarini ta’mirlab berish sanasini o‘zgartirishiga
xaqlikdir,
bu
xaqda
“Bajaruvchi”ni
buyurtmanomada
kursatilgan
sana
boshlanishidan kamida 3 kun oldin xabardor kiladi.
IV.Tomonlarning javobgarligi
5.1. Bajariladigan ishlar kechiktirilgan yoki to‘liq bajarilmagan taqdirda
“Bajaruvchi” “Byurtmachi”ga kechiktirilgan xar bir kun uchun majburiyat
bajarilmagan qismining
foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bundan penyaning
umumiy summasi bajariladigan ishlar qiymatining 20 foizdan ortiq bo‘lmasligi
kerak.
5.2. Bajariladigan ishlar uchun o‘z vaqtida xaq to‘lanmaganda “Buyurtmachi”
“Bajaruvchi”ga mudati kechiktirilgan xar bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov
summasining 0,3 foizi miqdorida penya to‘laydi, biroq bu kechiktirilgan to‘lov
summasining 50 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
114
5.3. Penya to‘lashi shartnoma majburiyatlarini buzgan tomonni shartnomani zarur
tarzda bajarishida va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar mudati kechiktirilishi yoki
to‘liq bajarib berilmasligi tufayli yetkazilgan zararlar qoplanishidan ozod etmaydi.
V. Nizolarni xal etish tartibi
6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar,
qoidaga ko‘ra, mustaqil ravishda ularni sudgacha xal etish choralarini ko‘radilar.
6.2. Tomonlar kelishmovchiliklar va nizolarni xal etish uchun bevosita sudga
murojaat qilishiga xaqliqdir.
6.3. Fors-major xolati, ya’ni tomonlarga bog‘lik bo‘lmagan xolatlar (yongin, suv
toshqini shu kabi yengib bo‘lmaydigan kuchlar) yuz bergan taqdirda majburiyatlar
bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
VI. Shartnomaning amal qilishi
7.1. Shartnoma imzo chekilgandan boshlab 3 yil mobaynida o‘z kuchini saqlaydi.
Shartnoma muddati tugashiga 15 kun oldin shartnomalash to‘g‘risida buyurtmachi
bajaruvchini ogohlantirsa shartnomaning amal qilish muddati avtomatik ravishda
bir kalendar yiliga uzaytiriladi.
7.2. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar ular tomonidan mazkur shartnomaning
barcha shartlari bajarilgan va xisob-kitob to‘liq tugallangan taqdirda to‘xtatiladi.
VII. Yakuniy qoydalar
8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra yoki boshqa tomon
shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi
bo‘yicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
8.2. Mazkur shartnomaga xar qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ular yozma
shaklda sodir etilishi va tomonlarning bunga zarur darajada vakil qilingan vakillari
tomonidan imzolanishi sharti bilan xaqiqiy xisoblanadi.
8. 3. Buyurtmachi bajaruvchining xizmatlaridan imtiyozli foydalanish huquqiga
ega. Zarur holatlarda audit o‘tkazish muddatlari hamda haq to‘lash miqdorlari
tomonlar kelishuvi bilan o‘zgartiriladi.
115
8.4. Maxkur shartnoma ikki nusxada tuziladi. Shartnomaning barcha nusxalari teng
yuridik kuchga egadir.
VIII. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari
Buyurtmachi
Bajaruvchi
Raxbar:_________.
Rahbar--------
Nazorat uchun savollar
1. Audit tekshiruvlarini rejalashtirishning maqsadini izohlab bering.
2. Audit tekshiruvlarini rejalashtirishning vavzifasini izohlab bering.
3. Audit tekshiruvlarini rejalashtirishning bosqichlarini izohlab bering.
4. Audit tekshiruvlarini rejalashtirishning tamoyillarini izohlab bering.
5. Auditor faoliyatini dastlabki va puxta rejalashtirishni tushuntirib bering.
6. Mijoz uchun xos bo‘lgan va auditorlik tekshiruvi sifatiga ta’sir etadigan
omillarni gapirib bering.
7. Aniq auditni rejalashtirish amallarini gapirib bering.
8. Auditorlik tekshiruvlari dasturi haqida.
8-Mavzu: Auditorlik tekshiruvi vaqtida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat
tizimini o‘rganish hamda baholash
Mavzu bo‘yicha atamalar: mijoz faoliyatini o‘rganish, moliyaviy sarflar,
joriy aktivlar, qarzlarni tugatish koeffitsenti, pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar,
debitor qarzlar, joriy majburiyatlar, absolyut miqdorlarda mablag‘larni qoplash
koeffitsenti, samaradorlik koeffitsenti, sotilgan mahsulot, aylanma moddiy aktivlar,
moddiy aktivlarni samaradorlik darajasi, samaradorlik darajasi, aksiyaning o‘rtacha
qiymati, aksiyalarni qiymati, aksiyalar soni, hisob siyosati.
116
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik
texnologiyani
blits-so‘rov,
test,
muloqot
usullaridan,
texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni yangi o‘quv
materialini
bayon
etishda
esa,
slaydlar
asosida
“TUSHUNTIRISH”, “BBB”, “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT
JADVALI” usullaridan foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini o‘rganish.
Auditning asosiy vazifalaridan biri korxona faoliyatini o‘rganish bo‘lib
hisoblanadi. Buning uchun auditor korxonaning joriy davrdagi moliyaviy
mustahkamligini ifodalovchi quyidagi moliyaviy koeffitsentlarni hisoblaydi:
1. Moliyaviy sarflarni qoplash koeffitsenti:
MS 
Ja
Jm
bu yerda:
Ms
- moliyaviy sarflar
Ja
- joriy aktivlar
Jm
- joriy majburiyatlar
2. Qisqa muddatli qarzlarni tugatish koeffitsenti;
КT 
Pm  К k  Dk
Jm
bu yerda:
KT
- qisqa muddatli qarzlarni tugatish koeffitsenti
Pm
- pul mablag‘lari
Kk
- qimmatli qog‘ozlar
Dk
- debitor qarzlar
Jm
- joriy majburiyatlar
117
3. Absolyut miqdorlarda mablag‘larni qoplash koeffitsenti
Am 
Pm  K k
Jm
bu yerda:
Am
- absolyut miqdorlarda mablag‘larni qoplash koeffitsenti
Pm
- pul mablag‘lari
Kk
- qimmatli qog‘ozlar
Jm
- joriy majburiyatlar
Bundan
tashqari,
korxonani
moliyaviy
jihatdan
yetarli
faoliyat
ko‘rsatayotganligini bilish uchun, quyidagi ko‘rsatkichlarini ham hisoblash zarur:
1. Samaradorlik koeffitsenti
Sk 
Sm
Аа
bu yerda:
Sk
- samaradorlik koeffitsenti
Sm
- sotilgan mahsulot hajmi
Aa
- aylanma moddiy aktivlar
2. Moddiy aktivlarni samaradorlik darajasi
S 
D
Аа
qayerda:
S
- samaradorlik darajasi
D
- daromad
Aa
- aylanma moddiy aktivlar
3. Aksiyaning o‘rtacha qiymati
Ak 
Аk
А
bu yerda:
AK
- aksiyaning o‘rtacha qiymati

- summa
118
AK
- aksiyalarni qiymati
A
- aksiyalar soni
§2. Buxgalteriya hisobini tashkil etishni o‘rganish
Auditor korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni boshlashdan
oldin «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni,
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, buxgalteriya hisobining milliy va
xalqaro andozalari, “Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shiladigan, mahsulot
ishlab
chiqarish
xarajatlarning
shakllantirish
(ish
tarkibi
tartibi
bajarish,
va
xizmat
ko‘rsatish)
moliyaviy
natijalarni
to‘g‘risida”gi
Nizom,
yuqori
tashkilotlarning yo‘riqnoma, Nizom va ko‘rsatmalari
hamda korxonaning hisob siyosati va ta’sis hujjatlari
asosida korxonada buxgalterlik hisobi va hisobotining
tashkil etish holatini o‘rganadi.
Mazkur masala bo‘yicha auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:
1. Buxgalteriya apparati xodimlarini buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha
tegishli qonun, andoza qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar, hisob-kitob jadvallari
bilan ta’minlanganligini va ularni bu talablarga rioya etishini;
2. Korxonada qo‘llanilayotgan hisobchilik shaklni yuritish qoidalariga rioya
qilinayotganligini va schyotlar rejasidan to‘g‘ri foydalanilayotganlikni;
3. Dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga o‘z vaqtida kelib tushishi va
hujjatlar oborotining tashkil etilganligini;
4. Sintetik hisob ma’lumotlarini analitik hisob ma’lumotlariga mos kelishini;
5. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishning to‘g‘riligini;
6. Pul mablag‘lari, hisob-kitoblar va materiallarni hisobi to‘g‘riligini;
7. Balansning moddalarning inventarizatsiya qilinganligini tasdiqlovchi
solishtirish dalolatnomalarini mavjudligini;
119
8. Banklarga va boshqa moliyaviy idoralariga, aksiyadorlarga taqdim
etiladigan
moliyaviy
hisobot
ma’lumotlarini
buxgalteriya
hisobi
ma’lumotlariga mos kelishini;
9. Byudjet bilan hisoblarni to‘g‘riligi va o‘z vaqtidaligini;
10. Foyda (daroma4.
ni aniqlashni, taqsimlashni va uning hisobidan
zaxiralar yaratishning to‘g‘riligini;
11.
Buxgalteriya
apparati
xodimlarining
lavozim
yo‘riqnomalarini
mavjudligini, ularning xizmat vazifalarining to‘g‘ri taqsimlanganligini;
12. Buxgalteriya hisobi, hisoboti va moliyaviy nazorat masalalariga doir
bosh buxgalter farmoyishi va ko‘rsatmalarining bajarilayotganligini;
13. Buxgalteriya xodimlari bilan boshqa bo‘linmalar o‘rtasida o‘zaro
munosabatlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini hamda bosh buxgalter
boshqa bo‘linmalar rahbarlari bilan hamkorlikda buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari
asosida
korxonani
moliya-xo‘jalik
faoliyatini
tahlil
qilayotganligini.
Auditor buxgalteriya hisobini tashkil qilishda yo‘l qo‘yilgan qoida
buzarliklar natijasida sodit bo‘lgan xatolarni keltirib chiqaradigan omillarini
ko‘rsatib, bu xatolar korxona moliya xo‘jalik faoliyati natijalariga ta’sirini
ahamiyatliligini yoki ahamiyatsiz ekanligini asoslaydi. Chunki, auditorlik
tashkiloti auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasida asoslanmagan fikr
bildirganligi uchun javobgar hisoblanadi.
Auditor auditning yakunida tekshiruv natijalari asosida quyidagilarni tahlil
qiladi va korxona faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli takliflar
beradi:
1. Korxonaning ustav faoliyatida ko‘rsatilgan ishlarni va xo‘jalik rejalarini
bajarilishini;
2. Ustav kapitalini tashkil etishning to‘g‘riligi va uning o‘z faoliyati
maqsadlariga muvofiq ishlatilishini;
3. Korxonada mahsulotlarni yetkazib berish shartnoma majburiyatlarining
bajarilishini tezkor hisobi tashkil etilganligini;
120
4. Mahsulotlarni to‘liq va o‘z vaqtida yetkazib bermaganlik natijasida
ko‘rilgan yo‘qotishlar (jarimalar, peniyalar, neustoykalar va boshqalar)ni;
5. Chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilashga doir tadbirlarning bajarilishini;
6. Mahsulot sifati ko‘rsatkichlari, brak va sifatsiz mahsulot yetkazib
berganlik uchun ko‘rilgan zararlarni;
7. Mahsulot chiqarish ritmi, ritmsiz ishlash sabablari, kunlik, oylik va
choraklik rejalarni bajarilmasligi oqibatida ko‘rilgan zararlarni;
8. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyolar, materiallar va ishlab chiqarish
chiqitlaridan oqilona foydalanishni;
9. Korxona jamoasi maqsadlarni va xodimlarga vazifalarning oqilona
taqsimlanishini;
10. Korxona xodimlari (ishchidan tortib bosh direktorgach1.
iqtisodiy
manfaatlarni ta’minlaydigan mehnatga haq to‘lash tizimini to‘g‘ri tashkil
qilinganligini;
11. Mahsulot chiqarish va sotish haqidagi hisobot ma’lumotlarining
buxgalterlik hisobi va dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga to‘g‘ri kelishini;
12. Hisobot davri tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarini mahsulotlar
hisobotiga kiritilmaganligi va hisobotlarda boshqa qo‘shib yozish hamda
chalkashliklarga yo‘l qo‘yilmaganligini.
§3. Ichki nazorat tizimini o‘rganish
Ichki nazorat – korxonada buxgalteriya
hisobini
yuritishni,
moliyaviy
hisobotlarni
tuzishni hamda moddiy, moliyaviy va mehnat
resurslaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish
tizimi bo‘lib hisoblanadi. Shunga ko‘ra ichki
nazorat tizimi qo‘ydagi maqsadlarni ko‘zlab tashkil qilinadi:
1.
Buxgalteriya
hisobi
va
moliyaviy
hisobotlar
ma’lumotlarini
ishonchliligini nazorat qilish va korxona moliya xo‘jalik faoliyatini tahlil
121
qilish asosida uning rivojlanish strategik rejasini tuzishga ma’lumotlar
tayyorlab berishni;
2.
Aktivlarni
haqiqiy
miqdorlari
to‘g‘risidagi
buxgalteriya
hisobi
ma’lumotlarini to‘g‘riligini belgilangan tartiblarda tekshirish amallarini
bajarishni;
3. Tashqi audit o‘tkazish xarajatlarini qisqartirishni.
O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida ichki
nazorat tizimini tashkil qilish va uni olib borish to‘g‘risida maxsus talablar yo‘q.
Shuning uchun auditor ichki nazorat tizimini to‘g‘ri tashkil qilinganligini o‘zini
tajribasidan kelib chiqib baholaydi.
Ichki nazorat tizimi bir biri bilan bog‘liqlikda bo‘lgan nazorat muhiti,
buxgalteri hisobi tizimi va nazorat amallari kabi tarkibiy qismlardan tashkil topadi.
Nazorat muhiti korxonada ichki nazorat uchun qulay bo‘lgan xizmat
munosabatlarini ig‘indisi bo‘lib, nazorat ishlarini olib borishda xodimlar orasidagi
munosabatlar va tekshirishlar usullaridan tashkil topadi.
Korxonadagi buxgalteriya hisobi tizimi korxona faoliyatiga tegishli bo‘lgan
xo‘jalik muomalalarini hisobga olish hisob siyosati va amallari bilan belgilanadi.
Nazorat amallari korxona ichki nazorat xodimlari tomonidan tekshiruvlar
o‘tkazishda bajariladigan ishlar va foydalaniladigan usullar bo‘lib, ichki nazorat
olib borish texnologiyasi va texnikasi bilan belgilanadi.
Auditor auditni rejalashtirish bosqichida ichki nazorat tizimi ma’lumotlarini
baholash maqsadida uni to‘g‘ri tashkil qilinganligini o‘rganadi. To‘g‘ri tashkil
qilingan ichki nazorat tizimi xatolar vujudga kelishini bartaraf etib, korxona
faoliyatini samarali tashkil qilish haqida noto‘g‘ri qarorlar qabul qilish natijasida
nazarda tutilmagan zararlar vujudga kelishini kamaytiradi. Boz ustiga ichki nazorat
yaxshi yo‘lga qo‘yilganda tasodifiy yo‘l qo‘yiladigan xatolar oson aniqlanadi.
Ichki nazorat tizimini ma’lumotlarini ishonchliligi buxgalteriya apparati
xodimlari tomonidan qasddan yoki tasodifan yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlash va
baholash bilan belgilanadi. Ishnonchli deb tan olingan ichki nazorat tizimi
122
ma’lumotlari auditorlik hisoboti va xulosasi tuzish uchun asos qilib olinishi
mumkin.
Agar audit natijalari ma’lumotlari ichki nazorat tizimi aniqlagan
ma’lumotlarga mos kelmasa yoki korxona rahbarida shubxa tu g‘dirsa,
tomonlarning kelishuvi bilan ma’lumotlar betaraf ekspertlar tomonidan
ekspertizadan o‘tkaziladi. Buning uchun diplomga yoki faoliyat ko‘rsatishi uchun
litsenziyaga ega bo‘lgan betaraf ekspertlar taklif qilinadi. Tekshiruvga ekspertlarni
jalb etish auditorning auditorlik xulosasi ma’lumotlarini to‘g‘riligiga va
ishonchliliga bo‘lgan mas’uliyatini kamaytiradi.
Ichki
nazorat
takomillashtirish
tizimini
baholashning
bo‘yicha takliflar ishlab
navbatdagi
maqsadi
uni
chiqishdir. Audit tekshiruvlari
yakunlanganidan so‘ng auditor ichki nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha
qo‘ydagi takliflar va tavsiyalarni berishi mumkin:
1. Ichki nazorat tizimi xodimlarini vazifalarini taqsimlash bo‘yicha;
2. Korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatlarida sodir bo‘ladigan iqtisodiy
jarayonlarni huquqiyligini tekshirish, hujjatlar bilan rasmiylashtirish,
buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda korxonaning barcha resurslarini
saqlanishi va ulardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha;
3. Ichki nazoratni tashkillash shakillari va amalga oshirish usullarini
takomillashtirish bo‘yicha;
4. Korxona buxgalteriya aparati xodimlarining buxgalteriya yozuvlarini
qalbakilashtirishi bo‘yicha ataylab qilgan xatolarini topish yoki mansabdor
shaxslarning tovlamachilik harakatlarini aniqlash usullari va boshqa
masalalar bo‘yicha. Berilgan takliflarni qabul qilishni va ularga rioya qilishni
yoki qilmaslikni mijozning o‘zi hal etadi.
§4. Korxonani hisob siyosatini o‘rganish va baholash
Hisob siyosati bu xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida buxgalteriya
hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash hamda tuzish uchun
123
foydalaniladigan maxsus tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlar to‘plami
bo‘lib, Buxgalteriya hisobining 1-sonli va bunga aloqador bo‘lgan boshqa milliy
andozalaori talablari asosida tuziladi.
Hisob siyosati xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan buxgalteriya hisobini
va moliyaviy hisobotlarni tuzish bo‘yicha ishlab chiqilgan ichki me’yoriy hujjat
bo‘lib hisoblanadi. Hisob siyosatida korxona moliya-xo‘jalik faoliyati natijalarini
hisobda aks ettirishni to‘g‘ri belgilanganliga va unga rioya qilinishi buxgalteriya
hisobi va hisoboti ma’lumotlari ishonchliligini ta’minlaydi. Shu boisdan hisob
siyosati buxgalteriya hisobi va hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning
barcha bosqichlarida (auditni rejalashtirishdan to auditorlik xulosasini tuzgunga
qadar) muhim hujjat bo‘lib hisoblanadi.
Auditorlarning hisob siyosati bilan tanishishning asosiy maqsadi hisob
siyosatida korxona mulklarini va uning faoliyatida sodir bo‘ladigan boshqa
iqtisodiy jarayonlarni va voqealiklarni buxgalteriya hisobida aks etish tamoyillari
to‘g‘ri yoritilganligini aniqlash bo‘lib hisoblanadi.
Auditorlar hisob siyosati bilan tanishishda uning mazmunini va to‘g‘riligini
ifodalaydigan qo‘ydagi ma’lumot manbalari bilan obdan tanishib chiqishlari lozim:
1. Korxonada hisob siyosatini tuzishga doir me’yoriy hujjatlarni mavjudligi;
2. Hisob siyosatini tuzishda buxgalteriya hisobining 1-sonli milliy andozalari
talablariga va tartibiga rioya qilinganligi;
3. Tekshiriladigan korxonaning hisob siyosat to‘g‘risidagi buyruq yoki
farmoyish va unga ilovalarni mavjudligi;
4. Ishchi schyotlar rejasini va dastlabki hujjatlar ro‘yxati hamda hujjatlar
aylanishi jadvalini mavjudligi;
5. Buxgalteriya hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasi, xo‘jalik
muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va inventarizatsiya o‘tkazish
tartibini tasdiqlanganligi;
6. Buxgalteriya hisobining 1-sonli milliy andozasining 56.1, 56.2, 56.3, 56.4
bandlari bo‘yicha hisob siyosatiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarni
tasdiqlash to‘g‘risida buyruq;
124
7.
Korxo1ynaning
xususiyatlari
bilan
bog‘liq
xo‘jalik
muomilalarini
buxgalteriya hisobga olish bo‘yicha yo‘riqnomalarni mavjudligi;
8. Hisob siyosatiga rioya qilinayotganligiga.
Ushbu ma’lumot manbalarini o‘rganish va tahlil qilish natijasida auditor
korxona ma’muriyatining hisob siyosatini shakllantirishga jiddiy yoki yuzaki
yondashganligini aniqlaydi. Masalan, faraz qilaylik tekshiruv natijasida har xil
foyda solig‘i stavkalarini qo‘llaydigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan
korxona ushbu soliqni eng yuqori stavka bo‘yicha hisob-kitob qilgan. Bu hol hisob
siyosatida har xil stavkalarda soliqqa tortiladigan faoliyatlar turlari bo‘yicha
xarajatlarni hisobga olish tartibi ishlab chiqilmaganligidan dalolat beradi. Agar
hisob siyosatida har xil stavkalarda soliqqa tortiladigan faoliyatlar turlari
bo‘yicha xarajatlarni alohida hisobga olish uslubi ishlab chiqilganda edi soliq
yukini yengillatishga imkon bergan bo‘lar edi.
Hisob siyosatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning yana bir maqsadi
«Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobining 1-sonli milliy
andozalari talablaridan kelib chiqqan holda korxona buxgalteriya hisobotining
ishonchliligi to‘g‘risida xulosa tuzishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobining 1-sonli milliy
andozasini
56-bandiga
muvofiq
hisob
siyosati
kalendar
yili
davomida
o‘zgartirilmaydi. Bundan xo‘jalik yurituvchi subyektni qayta tashkil etilishi
(birlashish, bo‘linish, qo‘shib olish), mulkdorlar almashishi, O‘zbekiston
Respublikasi
qonunchiligi
yoki
O‘zbekiston
Respublikasida
buxgalteriya
hisobining o‘zgarishi va buxgalteriya hisobining yangi uslublari ishlab chiqilgan
hollar (buxgalteriya hisobining 1-sonli milliy andozasining 56.1, 56.2, 56.3, 56.4)
bandlari bundan mustasno.
Buxgalteriya hisobining 1-sonli milliy andozasini 55 bandiga muvofiq hisob
siyosatiga
kiritiladigan
o‘zgartishlar
asoslangan
va
tegishli
tartibda
rasmiylapggirilgan bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining
o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan hisob siyosatidagi o‘zgartishlar ularni qo‘llay
boshlangan sanaga buyruq bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
125
Auditor korxona hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruqni tahlil qilib, buyruqni
barcha bandlari hisob siyosatiga taalluqli ekanligini va hisob siyosatining barcha
jihatlari (tashkiliy texnik, uslubiy, soliqchilikka doir va boshqalar) buyruqda aks
ettirilganligini aniqlaydi. Hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruqlarni test sinovidan
o‘tkazish amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar
hisob siyosatiga, unga taalluqli bo‘lmagan masalalarni ham kiritadilar. Masalan,
xodimlarga ish haqi berish muddatlari, ta’tillar davomiyligi, me’yoridan oshiq
xizmat safari xarajatlari va hokazolar.
«Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli buxgalteriya hisobining 1-sonli
milliy andozasiga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan hisob siyosatini
shakllantirish chog‘ida tanlangan buxgalteriya hisobi usullari tegishli farmoyish
hujjatlari rasmiylashtirilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan qo‘llaniladi.
Hisobot yili davomida yangidan tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar
bundan mustasnodir.
Hisob siyosatida ko‘rsatilgan buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari xo‘jalik
yurituvchi subyektning barcha tarkibiy bo‘linmalarida qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobining 1-sonli milliy andozasining 55-bandiga muvofiq
yangidan tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisob siyosatini birinchi
moliyaviy hisobotni e’lon qilgunga qadar, lekin yuridik shaxs huquqini olgan
kundan boshlab 90 kundan kechikmasdan rasmiylashtirishi lozim.
Auditor buxgalteriya hisobi maqsadini va mohiyatini ochib beradigan
axborotlar me’yoriy hujjatlarda qanday talqin qilinganligini hisob siyosatida
yoritilganligiga alohida e’tibor qaratishi lozim. Chunki ularga asosan moliyaviy
hisobotlar tuziladi va korxonani rivojlantirish istiqbollari belgilab olinadi. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 86 - raqam bilan ro‘yxatga
olingan «Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olish» nomli buxgalteriya hisobining
4-sonli milliy andozasining 26 va 27 bandlarida korxonaning moliyaviy hisobotida
tovar-moddiy zahiralarni baholash va yoritishga doir axborotlar qanday bayon
qilinganligini yoki mablag‘larni asosiy vositalar qatoriga kiritishga doir
126
buxgalteriya hisobining 5-sonli milliy andozasi tavsiyalardan farq qiladigan hollar
mavjud bo‘lsa, ular korxona hisob siyosatida ko‘rsatilishi lozim.
Nazorat uchun savollar
1. Korxona faoliyatini belgilovchi ko‘rsatgichlarni sanab bering?
2.Absolyut miqdorlarda mablag‘larni qoplash koeffitsenti qanday aniqlanadi?
3. Aksiyaning o‘rtacha qiymati qanday aniqlanadi?
4. Moddiy aktivlarni samaradorlik darajasi qanday aniqlanadi?
5. Samaradorlik koeffitsenti qanday aniqlanadi?
6. Qisqa muddatli qarzlarni tugatish koeffitsenti qanday aniqlanadi?
7. Moliyaviy sarflarni qoplash koeffitsenti qanday aniqlanadi?
8. Auditor korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etishni o‘rganishda
nimalarga e’tibor berishi kerak?
9. Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining tashkil etilishi holatini
tekshirishda qanday me’yoriy hujjatlardan foydalanadi?
11. Ichki nazorat tizimi qanday tizim?
12 Ichki nazorat tizimini baholashdan maqsad nima?
13. Korxonada ichki nazorat tizimini tashkil etishga kim mas’ul?
14. Ichki nazorat tizimini to‘g‘ri tashkil qilinganligi nimalarda namoyon
bo‘ladi?
15. Ichki nazorat tizimi qanday tarkibiy qisimlardan iborat?
16. Nazorat muhitini tushuntirib bering?
17. Nazorat omillarini gapirib bering?
18. Hisob siyosati nima?
19. Hisob siyosati mazmunini ifodalaydigan ma’lumotlarni aytib bering?
Nazorat uchun test savollar
1. Moliyaviy sarflarni qoplash koeffitsentini aniqlash qaysi bandda
keltirilgan?
MS 
1.
Ja
Jm
127
2. KT  Pm  Kk  Dk
Jm
3. Am 
4. S 
Pm  K k
Jm
D
Aa
2. Qisqa muddatli qarzlarni tugatish koeffitsentini aniqlash qaysi bandda
keltirilgan?
MS 
1.
Ja
Jm
2. KT  Pm  Kk  Dk
Jm
3. Am 
4. S 
Pm  K k
Jm
D
Aa
3. Absolyut miqdorlarda mablag‘larni qoplash koeffitsentini aniqlash qaysi
bandda keltirilgan?
1. M S 
Ja
Jm
2. KT  Pm  Kk  Dk
Jm
3. Am 
Pm  K k
Jm
4. S  D
Aа
4. Samaradorlik koeffitsentini aniqlash qaysi bandda keltirilgan?
1. S k 
Sm
Aa
2. KT 
Pm  K k  Dk
Jm
3. Am 
Pm  K k
Jm
128
4. S 
D
Аа
5. Moddiy aktivlarni samaradorlik darajasini aniqlash qaysi bandda
keltirilgan?
Sk 
1.
2.
KT 
Sm
Aа
Pm  K k  Dk
Jm
Pm  K k
Jm
Am 
3.
4. S  D
Aa
6. Aksiyaning o‘rtacha qiymatini aniqlash qaysi bandda keltirilgan?
1. Ак 
2.
KT 
Pm  K k  Dk
Jm
3. Am 
S 
4.
Ак
А
Pm  K k
Jm
D
Aa
7. Buxgalteriya hisobini tashkil etishni o‘rganishda nimalarga e’tibor berishi
kerak?
1. Tekshirilayotgan subyektning xo‘jalik faoliyati buxgalterya hisobida
qanchalik to‘g‘ri va to‘liq aks ettirilganligiga va hisob tizimini tashkillash
darajasiga;
2. Hujjatlar aylanish reja grafigining bajarilishiga, hisob siyosatining ishlab
chiqilganligiga, unga va buxgalteriya hisobini xalqaro va milliy andozalaridan
rioya etilayotganligiga;
3. Hisobchilikning qaysi shaklidan va qaysi hisob registrlaridan
foydalanilayotganligiga.
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
129
8. Buxgalteriya hisobi va hisobotining tashkil etilishi holatini belgilovchi
me’yoriy hujjatlari qaysi bandda keltirilgan?
1. Korxona buxgalteriyasining tashkiliy tuzilmasi haqidagi korxona
rahbarining buyrug‘i va tashkiliy tuzilmada ko‘rsatilgan har bir xodimning xizmat
vazifalari yo‘riqnomasi;
2. Hisob siyosati va uni tasdiqlash bo‘yicha buyruq va hisobchilikning
muhim uchastkalari bo‘yicha hujjatlar aylanish reja-grafigi;
3. Xo‘jalik momilalari bo‘yicha buxgalteriya hisobining namunaviy
provodkalar va hisobot ma’lumotlarini tekshirishning nazorat varaqasi;
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
9. Ichki nazorat tizimini ta’rifi qaysi bandda keltirilgan?
1. Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilishni, moliyaviy hisobotlarni
to‘g‘riligini va korxonani moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan
maqsadga muvofiq oqilona foydalanishni nazorat qilish tizimi;
2. Moliyaviy hisobotlarni tuzishni nazorat qilish tizimi;
3. Korxonani moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan maqsadga
muvofiq oqilona foydalanishni nazorat qilish tizimi;
4. Ishga kelib ketishlarni nazorat qilish tizimi.
10. Ichki nazorat tizimini to‘g‘ri tashkil qilinganligi nimalarda namoyon
bo‘ladi?
1. Nazorat tizimini tashkil qilishda xatolarni o‘z vaqtida aniqlash,
vazifalarni kollegial hal qilish imkonichyatlarini nazarda tutilganligida;
2. Har qanday muomalalarni muvofiqlashtirish tizimi mavjudligida;
3. Inventarizatsiya muntazam o‘tkazilishida va buxgalteriya hisobotlarini
muntazam tahlil qilib borilayotganlikda;
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
11. Ichki nazorat tizimi qanday tarkibiy qismlardan iborat?
1. Nazorat muhiti, korxonadagi buxgalterlik hisobi, nazorat amallari;
2. Inventarizatsiya o‘tkazish komissiyasi;
3. Mehnatni muhofaza qilish va tashkillash bo‘limi;
130
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
12. Hisob siyosati tushunchasi qaysi bandda keltirilgan?
1. Buxgalteriya hisobini yuritish va y hisobotlarnini tuzishda foydalaniladigan
amaliy yondashuvlar to‘plami;
2. Xalqaro andozalarga sharh;
3. Milliy andozalarga sharh;
4. Moliya vazirligi ishlab chiqqan ko‘rsatma.
9-Mavzu: Auditorlik dalillar
Mavzu bo‘yicha atamalar: auditorlik dalillari, tanlash, tekshiruv,
manbaalar, yozma dalil, og‘zaki dalil.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
«BBB», “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Auditorlik dalillari tushunchasi va ularning turlari
Auditorlik dalillari auditorlik tekshiruvi natijalarini bo‘yicha auditorlik
xulosasida bayon qilingan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar to‘plamidir.
Auditorlik dalillari audit tekshirishlari jarayonida auditorlar tomonidan olinadi.
Ularni olish tartibi auditorlik faoliyatining 50sonli
“Auditorlik
dalillari"
nomli
andozasida belgilab berilgan.
131
milliy
Auditorlik dalillari moliyaviy hisobotlarni tuzishni va buxgalteriya hisobida
qayd qilingan yozuvlarini huquqiy asosi bo‘lgan dastlabki va me’yoriy
hujjatlardan, moddiy javobgar shaxslarning hisobotlaridan, inventarizatsiya
dalolatnomalaridan, ish haqi to‘lash qaydnomalaridan, hisob registrlaridan hamda
boshqa manbalardan olinadi va tegishli shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
Auditorlik dalillari xulosa berishga yetarli bo‘lishi kerak. Ularning hajmi va olish
usullari audit dasturida ko‘rsatiladi.
Auditorlik tekshiruvlar jarayonida to‘planadigan dalillar turlicha bo‘lib,
ularni mohiyati jihatdan bilvosita va bevosita dalillariga ajratish mumkin. Bilvosita
dalillar–bular ko‘rilayotgan masalaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bo‘lmaydi.
Bevosita dalillar moddiy sodir bo‘lgan voqealikni tasdiqlovchi hujjatlardan va
nomoddiy manbalardan tekshirilayotgan korxona bilan aloqador tashkilotlardan va
axborotlarga ega bo‘lgan fuqarolardan olinadi. Masalan, xom-ashyo va materiallar,
tayyor mahsulotlar, tovarlar, pul mablag‘lari bo‘yicha kamomadlarni mavjudligi
o‘tkuazilgan
inventarizatsiya
natijasi
bo‘yicha
tuziladigan
taqqoslash
qaytnomasidan olinadi.
Barcha dalillar aniqlik darajasiga ko‘ra, aniq, shartli aniq va yo‘naltirilgan
kabi turlarga bo‘linadi.
Aniq asosli va qa’tiy bo‘ladi, chunki ular birlamchi hujjatlardan, hisob
registrlaridan, hodisa va voqealiklarni tekshirish natijalari rasmiylashtirilgan
hujjatlardan olinadi. Shartli aniq dalillar korxona faoliyati ma’lumotlarini
to‘g‘riligini va aniqligini tasdiqlovchi hujjatlar yetarli bo‘lmaganda ularni
tasdiqlash maqsadida auditor tomonidan tuziladigan analitik jadvallar ma’lumotlari
bilan tasdiqlanadi. Yo‘naltirilgan dalillar esa auditor tomonidan asoslanadi va
uning ish kitoblarida qayd etiladi.
Auditorlik dalillar turlariga ko‘ra yozma va og‘zaki dalillarga bo‘linadi.
Aniqlangan xatolarni tasdiqlovchi hujjatlar va xodimlardan olingan yozma
tushuntirishlar yozma dalillarga, korxona xodimlarinig og‘zaki xabarlari va ular
bilan uyushtirilgan suhbatlarda aniqlangan dalillar esa og‘zaki dalillarga kiradi.
132
Ayrim hollarda og‘zaki dalillar yozma dalillarga nisbatan ancha muhim va foydali
bo‘lishi mumkin.
Auditorlik dalillari olish manbasiga ko‘ra ichki, tashqi va aralash dalillarga
bo‘linadi.
Ichki auditorlik dalillar xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning tarkibida
mustaqil faoliyat yurituvchi bo‘lim xodimlaridan yozma yoki og‘zaki ko‘rinishda
olingan ma’lumotlardan tashkil topadi.
Tashqi dalillar odatda, auditorlik tashkilotining yoki auditorning yozma
so‘rovi asosida uchinchi tomonlardan yozma ko‘rinishda olinadi.
Aralash dalillar yozma tushuntirishlarni uchinchi betaraf tomonlar
tasdiqlagan ma’lumotlardan tashkil topadi.
Auditorlik dalillar olinish usuliga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi:
1. Hodisa va voqealiklari sodir bo‘lishi haqidagi dalillarni so‘rov testlari
o‘tkazish asosida aniqlash va tasdiqlash;
2. Hodisa va vokealiklarni sodir bo‘lishi haqidagi dalillarni ularni sodir
bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlash va tasdiqlash;
3. Hodisa va voqealiklari sodir bo‘lganligi haqidagi dalillarni auditor
tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalari bo‘yicha aniqlash.
Auditorlik dalillarini olish tartibi auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi 50-sonli
“Auditorlik dalillari" nomli milliy andoza talablariga javob berishi lozim. Barcha
auditorlik tashkilotlari uchun auditorlik dalillarini olishda «Auditorlik dalillari»
nomli andoza talablaridan foydalanish majburiy hisoblanadi.
Auditorlar buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini
asoslash uchun quyidagi tekshiruv amallarini bajarishi lozim:
1. Buxgalteriya hisobi schyotlarining oborotlarini va qoldiqlarning
moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilishini batafsil tekshirish;
2. Buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobotlarni tuzishda me’yoriy
hujjatlar talablariga rioya etilganligini tahlil qilish;
3.
Tekshiruv
jarayonida
foydalanilgan
samaradorligini baholash.
133
ichki
nazorat
usullarini
Auditorlik dalillarini ishonchliligini ta’minlash maqsadida auditor ularni
tahlil qiladi. Auditorlar dalillarni tahlil qilish asosida korxona buxgalteriya hisobi
va moliyaviy hisobotida keltirilgan ma’lumotlarni asoslanganligi haqida fikr
bildiradi.
Auditorlik tekshiruvlarining asosiy maqsadi – xo‘jalik yurituvchi subyektlar
buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligi to‘g‘risida auditorlarning mustaqil fikr
bildirishidir. Buning uchun auditor hisobotning ishonchliligi yoki uning
ishonchliligini rad etish to‘g‘risidagi asosli fikr bildirishga imkon beradigan
dalillarni to‘plashi zarur.
Dalillarning ishonchlililigi deganda, audit jarayonida, auditr to‘plagan
dalillarning, moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyati haqida to‘g‘ri xulosalar qilishga va qarorlar qabul qilishga
imkon beradigan darajasi tushuniladi. Bu daraja auditorlik dalillar qanchalik
ishonchga sazovar va haqiqatga yaqin ekanligini anglatadi. Audit jarayonida
olingan dalillarning ishonchliligi mustaqillik, manbalar kompetentligi va ichki
nazorat tizimining samaradorligi kabi omillarga bog‘liq. Auditorning tomondan
mustaqil manbalardan olgan dalillarning ishonchlilik darajasi xo‘jalik yurituvchi
subyektdan olingan dalillarga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi
Auditor dalillarining o‘z vaqtida to‘planishiga alohida e’tibor berishi zarur.
To‘plangan dalillar tekshirilayotgan hisobot davriga qanchalik yaqin bo‘lsa, ular
shunchalik ishonarli bo‘ladi. Aks holda ular oshiqcha va keraksiz bo‘lib qoladi.
Agar xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi dalillar korxona ma’muriyatiga
moliyaviy hisobotlarni soliq idoralariga topshirmasdan oldin taqdim etilgan bo‘lsa,
u holda buxgalteriyada moliyaviy hisobotlarga zaruriy tuzatishlar kiritiladi.
§2. Auditorlik dalillarini olish manbalari
Auditor auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha asosli xulosa tayyorlab
berishi uchun korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlari to‘g‘risida to‘liq va
yetarlicha axborotlarga ega bo‘lishi kerak. Auditor bu axborotlarni korxonaning
134
buxgalteriya hisobi dastlabki hujjatlaridan, hisob registirlaridan, ichki nazorat
tekshiruvi natijalari rasmiylashtirilgan hujjatlardan (dalolatnomalar, qaydnomalar,
hisobotlar
va
xulosalar)
hamda
koxona
xodimlaridan,
mijozlaridan
va
ta’minotchilaridan bevosita va bilvosita yo‘llar bilan oladi. Bevosita olinadigan
manbalarga quyidagi manba’lar kiradi:
1. Buxgalteriya hisobining dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va korxona
moliya - xo‘jalik faoliyatining tahlil natijalari jadvallari va xulosalari;
2. Korxona xodimlari va uchinchi shaxslarning og‘zaki va yozma
bildirishlari;
3. Korxona hujjatlarini boshqa korxonalar hujjatlari bilan, boshqa korxona
hujjatlarini uchinchi shaxslarning hujjatlari bilan taqqoslash dalolatnomalari;
4. Korxona aktivlari va passivlarini inventarizatsiya natijalari aks ettirilgan
dalolatnomalar va taqqoslovchi qaydnomalar;
5. Korxonaning moliyaviy hisobotlari.
Auditorning xo‘jalik muomalalarini bevosita kuzatishi va o‘rganishi
natijasida
hamda
buxgalteriya
hisobining
dastlabki
hujjatlaridan,
hisob
registrlaridan va korxona moliya - xo‘jalik faoliyatining tahlil natijalari jadvallari
va xulosalari hujjatlaridan olingan ma’lumotlar eng ishonchli dalillar bo‘lib
hisoblanadi.
Bir holat bo‘yicha har xil manbalardan olingan dalillar bir-birlariga zid
bo‘lib chiqsa, unda auditor vujudga kelgan ziddiyatni hal etish va keyinchalik
to‘plangan dalillar asosida ishonchli xulosala qilishi uchun qo‘shimcha axborotlar
to‘plashi zarur. Chunki, har xil manbalardan olingan turli shakldagi auditorlik
dalillari auditorlik tavakalchiligini pasaytiradi. Agar auditor qandaydir muammo
bo‘yicha yetarli dalillar to‘plash imkoniga ega bo‘lmasa, buning sababini o‘zining
hisobotida aks ettirishi lozim.
Dalillarni to‘plash uchun qanday auditorlik amallari zarurligi va ularni
qachon bajarishni auditor auditorlik tekshirishlar dasturini tuzish chog‘ida mustaqil
hal qiladi.
135
Dalillarni to‘plash O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyatining 50sonli “Auditorlik dalillari" nomli milliy andozasiga muvofiq ichki nazorat tizimini
samarali tashkil qilinganligini aniqlash, moliyaviy hisobot moddalarini, schyotlar
qoldig‘ini va xo‘jalik operatsiyalarini haqiqiyligini hamda to‘plangan dalillarni
salmog‘ini va sifatini tahlil qilishni uchinchi tomonlarga tasdiqlatish jarayonlarini
o‘z ichiga oladi.
Ichki nazorat tizimini tashkillashni samaradorligini aniqlash auditorlarga bu
tizimida ko‘zda tutilgan tadbirlar va amallarning samaradorligi (samarasizligi)
to‘g‘risida xulosa qilishga asos bo‘ladi.
Moliyaviy
operatsiyalarini
hisobot
moddalarini,
haqiqiyligini
uchinchi
schyotlar
qoldig‘ini
tomonlarga
va
tasdiqlatish
xo‘jalik
muayyan
muomalalarning mazmunini va xatolarini betaraf tomonlar aniqlashini va
o‘rganishini nazarda tutadi. Batafsil tekshirish odatda auditor tomonidan tekshiruv
maqsadini, tanlashning rejalashtirilgan ko‘lamini va uning obyektlarini saralab
olishni hisobga olgan holda tanlov to‘plamini shakllantirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi.
To‘plangan dalillarni salmog‘ini va sifatini uchinchi shaxslar tomonidang
tasdiqlatish korxonaning moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini buxgalteriya
hisobida noto‘g‘ri aks ettirish sabablarini aniqlashga imkon beradi.
Buxgalteriya hisobini va ichki nazorat tizimini qanday tashkillanganligini
o‘rganish hamda baholash to‘g‘risida auditor to‘plagan dalillar, yozuvlar,
bayonnomalar, jadvallar va ish qog‘ozlari shaklida auditorning ishchi kitobida aks
ettiriladi. Bu kitobda rejalashtirilgan auditorlik amallari va ularni bajarilish ham
aks ettiriladi.
Auditorlik dalillari tanlov va statistik usullar yordamida to‘planadi. Tanlov
usulida dalillar to‘plashda auditor tanlov hajmini odatda
o‘zida to‘plangan auditorlik tajribasiga suyangan holda
korxonaning xususiyatiga qarab aniqlaydi.
136
Statistik usulda dalillar to‘plashda esa, auditor avval axborotni tasdiqlovchi
aniqlikni belgilab oladi keyin aniqlik koeffitsentini topib, shu koeffitsent asosida
tanlov hajmini aniqlaydi.
Auditor dalillarni asoslovchi va tasdiqlovchi hujjatlari soxtalashtirish bilan
bog‘liq bo‘lgan alomatlarni mavjudligiga alohida e’tibor berishi lozim.
Buxgalteriya hisobining dastlabki hujjatlarda izohlanmagan tuzatishlar, chizib va
o‘chirib yozishlar kabi nuqsonlarga yo‘l qo‘yish soxtalashtirish va suiste’mollarni
amalga oshirishga sharoit yaratadi. Hujjatlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki eng ko‘p
soxtalashtirish:
1. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida – 24%;
2. Sanoatda – 17,5;
3. qishloq xo‘jaligida – 16,1%;
4. davlat boshqaruv organlarida – 10,7%;
5. qurilishda – 9.1%, sodir bo‘lar ekan.
Shuningdek,
soxtalashtirish
ko‘proq
moddiy
qiymatliklarni,
pul
mablag‘larini, hisob-kitob operatsiyalari harakatini rasmiylashtirish va ish haqi
hisoblash va berish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarda yo‘l qo‘yiladi:
1. Talabnoma, schyot-faktura, ishonchnoma – 27,5%;
2. Hisob - to‘lov qaydnomalarida - 27,2%;
3. Pul mablag‘lari dastlabki hujjatlarida - 15%.
Shu bilan birgalikda soxtalashtirishni anchagina qismi turli xil tilxatlarga va
bank operatsiyalarini tasdiqlovchi hujjatlarga ham to‘g‘ri keladi.
Shuning uchun auditor hujjatlarni rasmiylashtirish, qabul qilish, qaytlash
hamda ularga ishlov berish «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunda
belgilangan tartib talablariga javob berishiga ishonch hosil qilishi kerak.
Dalillar to‘plash uchun auditor auditning kuzatish, talab qilish, testlar
o‘tkazish, nazorat o‘rnatish, analitik tekshirish va ekspertiza uslublaridan
foydalanadi.
Auditorlik dalillarini to‘plash ketma-ketligi quyidagicha:
1. Auditorlik dalillarini to‘plashning maqsadini aniqlash;
137
2. Dalillar to‘plash usullar auditorlik faoliyatining 3-son «Auditni
rejalashtirish» nomli milliy andozasi talabiga muvofiqligini aniqlash;
3. Auditorlik amallarini auditning qaysi jarayonida qo‘llash maqsadga
muvofiqligini aniqlash;
4. Yetarli va ishonarli dalillarga ega bo‘lish uchun auditning qaysi analitik
amallardan foydalanish kerakligi aniqlash (qayta hisoblash, inventarizatsiya,
xo‘jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishi, tasdiqlash,
og‘zaki so‘rov, hujjatlarni tekshirish, kuzatib chiqish);
5. Ko‘zda tutilmagan vaziyatlarda sodir bo‘ladigan operatsiyalar bo‘yicha
dalillar olishning qanday usullaridan foydalanishni aniqlash;
6. U yoki bu usulni qaysi obyektlarga nisbatan (aktivlar, passivlar,
majburiyatlar, subyektlar va hokazo) qo‘llash zarurligini va auditorlik
amallarini qanday ketma-ketlikda bajarishni belgilab oladi;
7. Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to‘plash. Buning uchun
auditor audit dasturining har bir bo‘limida keltirilgan ishlar bo‘yicha olinishi
lozim bo‘lgan hisob ma’lumotlarini va buxgalteriya hisobi registrlarning
ro‘yxatini tuzadi. Ro‘yxat bilan korxona xodimlarini tanishtiradi.
8. Auditorlik amallarni bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni
bayon
qilish.
Bu
bosqichdagi
ishlarni
aniqlashda auditor
auditni
rejalashtirish chog‘ida belgilangan tanlov hajmidan kelib chiqadi. Auditorlik
tekshiruvi jarayonida aniqlangan tafovutlar auditorning ishchi hujjatlarda
ro‘yxatga olinadi. Tafovutlarni bayon qilish ixtiyoriy yoki maxsus ishlab
chiqilgan ishchi javal shaklini to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
9. To‘plangan dalillarni baholash.
Auditor to‘plagan dalillarni baholashda quyidagilarga alohida e’tibor berishi
kerak:
1. Olingan ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanish mumkinligiga ya’ni
dalilning qonunga zid emasligi;
2.
Foydalanilayotgan
dalilning
tekshiriladigan
taalluqliligiga, tanlash hajmiga va uslubiyotiga;
138
obyektga
qanchalik
3. Dalilning boshqa dalillar bilan aloqadorligiga va uning ko‘lami va
tavsifiga;
4. Olingan dalillarning keyingi audit jarayonida qo‘llash imkoniyatlariga;
5. Olingan dalillar to‘plamining qaror qabul qilish uchun yetarliligiga.
Xulosa qilib aytganda, to‘plangan dalillar auditorda moliyaviy hisobotlarda
jiddiy xatolar yo‘qligi haqida va tekshiruv obyektlari bo‘yicha hisobot va xulosa
tuzish uchun ishonch hosil qilishga asos bo‘lishi lozim.
§3. Auditorlik dalillarni olish usullari
Auditor auditorlik dalillarini to‘plashda har xil usullardan foydalanadi:
1. Arifmetik hisob-kitoblarini qayta tekshirish (qayta hisoblash) usuli.
Auditor tanlab olish usuli yordamida dastlabki hujjatlar va buxgalteriya
hisobi registrlarida amalga oshirilgan arifmerik yozuvlarining aniqligini
qayta tekshirib ko‘radi. Tekshiriladigan hujjatlarni tanlash ko‘lami va
unsurlari
ichki
nazorat
tizimining
holati
bilan
aniqlanadi.
Agar
ma’lumotlarni shakllantirish ustidan hujjatlarni rasmiylashtirishdan toki
moliyaviy hisobotlarni tuzgunga qadar samarali ichki nazorat tizimi
o‘rnatilgan bo‘lsa, unda tanlash ko‘lami va usullari kamayadi. Agar
korxonada hisob ishlari kompyuterlashtirilgan bo‘lsa, dastlabki hujjatlar va
hisob registrlaridagi arifmetik hisoblashlarni tekshirish zarurati yanada
oshadi. Chunki, kompyuter dasturlarini tuzishda va arifmetik ma’lumotlarni
kompyuterga
kiritishda
soxtalashtirishga
yo‘l
qo‘yish
mumkin.
Hisobchilikning komp
yuterlashgan tizimida hisob-kitob ishlarini qayta tekshirish tuzilgan
kompyutr dasturlarining algoritmini to‘g‘riligini tekshirish asosida amalga
oshiriladi;
2. Inventarizatsiya o‘tkazish usuli. Bu usul korxona mol-mulklarining
haqiqiy mavjudligi va saqlanishi to‘g‘risida aniq ma’lumot olishga imkon
beradi. Bunda barcha aktivlar va passivlar (mol-mulklar, debitor va kreditor
139
qarzlar va boshqalar) korxona rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlangan komissiya
tomonidan inventarizatsiya qilinadi. Auditor uning o‘tkazilishi ustidan
nazorat o‘rnatadi va natijalarini tahlil qiladi;
3. Alohida xo‘jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya
qilinishini tekshirish. Bu usul yordamida auditor u yoki bu xo‘jalik
muomalasining hujjatlar bilan qanday rasmiylapggirilayotganligini va ularni
buxgalteriya hisob registrlarida aks ettirish ustidan nazorat o‘rnatilganligini
tekshiradi. Shuningdek, korxonaning bankdagi hisob raqami, turli debitorlar
va kreditorlar hamda mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar va buyurtmachilar
bilan sodir bo‘ladigan operatsiyalarni hisobga oladigan schetlar ma’lumotini
haqqoniyligini
tasdiqlash
uchun
qo‘llaniladi.
Auditorlik
faoliyati
to‘g‘risidagi 50-sonli “Auditorlik dalillari" nomli milliy andoza talablariga
muvofiq auditorlik tashkiloti pul mablag‘lari, hisob-kitoblar, debitorlik va
kreditorlik
qarzlarini
hisobga
olinadigan
schetlarning
qoldiqlarini
tasdiqlovchi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchinchi tomonlar taqqoslash
dalolatnomalari bilan tasdiqlashlari lozim. Hisob-kitoblarning ahvoli, oldisotdi ishlarining shartlari va shunga o‘xshash boshqa ma’lumotlar turli
tashkilotlardan tekshirilayotgan korxonaning so‘rov xatlari asosida olinadi.
Ma’lumotlarni tasdiqlash uchun jo‘natiladigan so‘rovlar korxona rahbariyati
nomidan tayyorlanib, tasdiqlovchi javobni auditorlik tashkilotiga jo‘natish
so‘raladi. Zarur hollarda auditorlik tashkiloti so‘rov jo‘natiladigan uchinchi
tomon bilan bevosita aloqa o‘rnatishi ham mumkin. Agar auditorlik
tashkiloti salbiy javob olsa yoki umuman javob olmasa, u holda korxona
ma’lumotlarining haqqoniyligini aniqlashtirish uchun auditorlar qo‘shimcha
amallarini qo‘llashga yoki ekspertlar xizmatidan foydalanishga haqli.
4. Xodimlar bilan og‘zaki so‘rov o‘tkazish - tasdiqlovchi ma’lumotlarni
korxona xodimlaridan yoki uchinchi shaxslardan og‘zaki javoblar asosida
olish usulidir. Mazkur usul auditorga ichki nazorat tizimini baholash,
auditorlik tenkshiruvining olib borish rejasini ishlab chiqish va tavakalchilik
chegaralarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olishga imkon
140
beradi. Korxona xodimlari va uchinchi tomon bilan so‘rov o‘tkazish
auditorlik tekshiruvining barcha bosqichlarida amalga oshirilishi mumkin.
Auditor auditni rejalashtirish bosqichida korxonaning moliyaviy holati,
uning biznesining kelajagi va ichki nazoratning tashkil etilishi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarga ega bo‘lishi zarur. Buning uchun auditni rejalashtirish
bosqichida korxona xodimlari orasida so‘rov o‘tkazadi. Auditor olingan
javoblarni tahlil qilish asosida korxonaning ayrim jihatlar bo‘yicha o‘zining
aniq fikrini shakllantiradi. Auditor auditorlik tekshiruvi jarayonida moddiy
javobgar shaxslar, buxgalterlar va boshqa xodimlar bilan suhbatlashib so‘rov
o‘tkazilgan masalalarga tegishli bo‘lgan me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnom
alarining aniq ijrochilariga yetkazilganligini aniqlaydi. Shuningdek, ichki
nazoratning ishonchliligi yoki yuzakiligi to‘g‘risida qo‘shimcha dalillar
oladi. Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi 50-son “Auditorlik dalillari" nomli
milliy andoza talablariga muvofiq og‘zaki so‘rov natijalari bayonnoma bilan
rasmiylashtiriladi. Bayonnomada so‘rov o‘tkazgan auditorning familiyasi
hamda so‘ralgan shaxsning familiyasi, ismi-sharifi ko‘rsatiladi. Og‘zaki
so‘rovlar o‘tkazish uchun so‘rov anketalari oldindan tayyorlab olinadi.
So‘rov javoblari auditor tomonidan baholanish yozma dalolatnoma bilan
rasmiylashtiriladi. Bunday yozma ma’lumotdar auditorlik hisobotini va
xulosasini tuzish uchun dalil bo‘lib xizmat qiladi.
5. Hujjatlarni tekshirish usuli. Auditor ko‘rib chiqayotgan hujjatlarining
haqqoniyligiga ishonch hosil qilishi lozim. Buning uchun auditor tanlash
usulidan foydalanib buxgalteriya hisobida amalga oshirilgan yozuv
ma’lumotlarini ularni tasdiqlovchi hujjatlar ma’lumoti bilan solishtirib
chiqadi. Auditor hujjatlarni tekshirish chog‘ida ularning o‘z vaqtida va aniq
rasmiylashtirilganligiga, majburiy rekvizitlarning mavjudligi va to‘g‘ri
to‘ldirilganligiga hamda ularning buxgalteriya hisobi registrlarida o‘z
vaqtida, aniq va to‘liq aks ettirilganligiga e’tibor berishi kerak.
6. Kuzatish usuli. Bu usul yordamida dastlabki hujjatlar ma’lumoti
sintetik va analitik hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligi tekshiriladi. Kuzatib
141
chiqish usuli korxona hujjatlarida aks ettirilgan, lekin uning faoliyatiga oid
bo‘lmagan yoki to‘g‘ri kelmaydigan hodisalarni o‘rganishga imkon beradi.
Kuzatilishi zarur deb hisoblagan hujjatlar auditorlik faoliyatini 14-sonli
«Auditorlik tanlash» nomli milliy andozasi talabiga muvofiq tanlab olinadi.
7. Tahlil qilish usuli. Auditor bu usuldan tekshirilayotgan xo‘jalik
yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyatida va
buxgalteriya
hisobida
kamchiliklarni
Xatolarni
maqsadida
yo‘l
aniqlash
kelib
qo‘yilgan
maqsadida
chiqish
tekshirilayotgan
–
foydalanadi.
sabablarini
xo‘jalik
xato
aniqlash
yurituvchi
subyektning moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari
to‘liq tahlil qilinadi. Tahliliy amallarni bajarishda moliyaviy tahlilning
taqqoslash,
nisbatlar
va
koeffitsentlarni
baholash
kabi
usullaridan
foydalaniladi. Tahliliy amallarning eng ko‘p tarqalgan usuli taqqoslash usuli
bo‘lib, unda quyidagilar taqqoslanadi: schyotlarning o‘tgan davrlardagi
qoldiqlar tekshirilayotgan davr qoldiqlari bilan, haqiqiy ko‘rsatkichlar reja
ko‘rsatkichlari bilan, tekshirilayotgan moliyaviy hisobotlarning ma’lumotlari
oldingi davrlar moliyaviy hisobotlari ma’lumotlari bilan, xo‘jalik yurituvchi
subyektning moliyaviy ko‘rsatkichlari tarmoqning o‘rtacha ko‘rsatkichlari
bilan va moliyaviy axborotlar nomoliyaviy axborotlar bilan solishtiriladi.
Tahliliy amallar o‘tkazish buxgalteriya hisobi va hisoboti ko‘rsatkichlarini
o‘zaro bog‘liqligini, turli davrlardagi hisobot moddalari ko‘rsatkichlarining
bir-biridan keskin farq qilish sabablarini o‘rganish hamda hisobot davri
ma’lumotlarini o‘zgarish yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Masalan, asosiy vositalar qiymatining ko‘payishi odatda amortizatsiya
summalarining ko‘payishiga ham olib keladi. Nomuvofiqlik aniqlanganda
auditor tegishli dalillarni topishi lozim. Aytaylik, auditor asosiy vositalar
kirimini tekshirib tashkilot mazkur aktivlarni byudjetdan moliyalashtirish
hisobiga sovg‘a shartnomasi bo‘yicha olganligini aniqlaydi. Bunday
obyektlar bo‘yicha esa amortizatsiya hisoblanmaydi. Shunday qilib
142
aniqlangan nomuvofiqlikka bo‘yicha auditor tegishli isbot topishi kerak.
Tahliliy amallar auditni rejalashtirish, tekshiruv o‘tkazish va yakunlash
bosqichida qo‘llaniladi. Xususan, auditor korxona moliyaviy hisobotlarni
dastlabki tahlil qilish asosida ularning qaysi moddalarini puxta tekshiruvdan
o‘tkazish zarurligini aniqlab oladi. Moliyaviy hisobotlarda uchraydigan
xatolar chegarasi korxonaning joriy davrdagi ma’lumotlarini o‘tgan
yillardagi shunga o‘xshash yoki taqqoslash uchun ishlatiladigan boshqa
ma’lumotlar bilan solishtirish asosida aniqlanadi. Buxgalteriya hisobi va
hisobotlarida ataylab yoki bilmasdan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar
va tafovutlar ehtimoli xatolarni sodir bo‘lish sababi bo‘lishi mumkin.
Auditning yakunlovchi bosqichida tahliliy amallarni qo‘llash buxgalteriya
hisobi va moliyaviy hisobotlarda aniqlangan nomuvofiqliklarni tasdiqlash uchun
qo‘shimcha dalillar olish imkon beradi.
Tahliliy amallar turli xilda bo‘ladi. Ularning eng samaralisi balans usuli
bo‘lib hisoblanadi. Xususan, auditor ishlab chiqarish zaxiralaridan to‘g‘ri
foydalanish to‘g‘risidagi dalil-isbotlarga ega bo‘lishi uchun korxona ishlab
chiqarish dasturi ma’lumotlari asosida xom-ashyolar, materiallar va tayyor
mahsulotlar balansini tuzadi.
Xom-ashyolar,
materiallar
va
tayyor
mahsulotlar
balansini
tuzish
quyidagilarni nazarda tutadi:
1. Reja bo‘yicha ishlab chiqariladigan mahsulotlarning bir-birligi uchun
me’yor bo‘yicha sarflanishi lozim bo‘lgan xom-ashyo va materiallar
miqdorini aniqlashni;
2. Xom-ashyo va materiallarni haqiqiy sarfini me’yorlar bilan taqqoslashni;
3. Haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bir-birligiga to‘g‘ri
keladigan xom-ashyo va materiallar miqdorini aniqlashni;
4. Xom-ashyo va materiallardan ishlab chiqarish jarayonida foydalanishda
sodir bo‘ladigan tafovutlarni aniqlashni;
5. Mahsulotning haqiqiy chiqish miqdorini aniqlash. Mahsulotning haqiqiy
chiqish miqdorini mahsulot birligi uchun qilingan haqiqiy sarflar miqdorini
143
ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlar miqdoriga ko‘paytirish bilan aniqlanadi.
Bunday balansni tuzish mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat
ko‘rsatish jarayonida qilinadigan xom-ashyo, materiallar haqiqiy sarfilarini
me’yorlaridan chetga chiqish sabablarini aniqlash va mahsulot ishlab
chiqarishdan olinggan moliyaviy natijani haqqoniyligini tasdiqlash uchun
zarur.
8. Muqobil balans tuzishni. Auditor auditni boshlashdan oldin sintetik va
analitik registrlari va bosh kitob ma’lumotlari asosida muqobil balans tuzib
oladi. Natijada, auditor audit natijalari bo‘yicha tasdiqlanishi lozim bo‘lgan
balansga o‘xshash, yangi balansga ega bo‘ladi. Agar rasmiy va muqobil
balanslar o‘rtasida tafovutlar vujudga kelsa, bu tofovutlar korxona
hisobotida bosh buxgalterning ataylab qilgan chalkashligini bildiradi.
Auditor audit o‘tkazish davomida to‘plagan dalillarini hujjatlashtirib
o‘zining ish jurnalida qayd qilib boradi. Dalillarni asoslovchi hujjatlar keyinchalik
quyidagi maqsadlar uchun ishlatiladi:
1. Bajarilgan auditorlik ishlarini sifatini nazorat qilish va baholashga;
2. Bajariladigan auditorlik ishlarini ma’lumotlar bilan ta’minlanganligini
tasdiqlashga;
3. Auditorning hisobot tuzishi va xulosa yozishiga;
4. Audit natijalaridan foydalanuvchilarga axborot berishga;
5. Audit natijalari bo‘yicha tadbirlar tuzishga auditorlik xulosasini dalili
bo‘lib xizmat qiladi.
Auditor tomondan to‘plangan dalillar mijozning faylida saqlanadi. Fayllar
joriy, doimiy va maxsus bo‘lishi mumkin. Joriy fayllar auditorlik tekshiruvi
davomida yig‘ilgan hujjatlar va materiallarni o‘z ichiga oladi.
Doimiy fayllar audit o‘tkazish uchun qonun tomonidan belgilangan tashkiliy
axborotlardan tashkil topadi. Xususan, aktsionerlar va maxfiylik haqidagi axborot,
ustav va ta’sis shartnomasini qayd qilinganligi haqidagi guvohnomalarning
nusxasi, korxona va uning faoliyati haqida axborot, avlod korxonalar va
filiallarning faoliyat turlari va joylashishi haqida axborot, korxona tarixi haqida
144
axborot, asosiy xodimlarning harakteristikasi, buxgalteriya hisobi va ichki
nazoratning xususiyatlarini tavsifi, boshqaruvning tashkiliy sxemasi, audit
amallarini ketma-ketligi chizmasi, hamkorlar haqidagi va auditorlik tekshiruvi
o‘tkazish haqidagi shartnomalarning nusxasi, auditga bo‘lgan talablar, korxonaga
xizmat ko‘rsatuvchi bank haqidagi axborot, korxona huquqshunoslari haqidagi
axborot, auditorlik firmalari xodimlari to‘g‘risidagi axborot, audit o‘tkazish
joyining manzili va shu kabi boshqa ma’lumotlar.
Maxsus fayllar korxonaning boshqa korxonalar va davlat moliyaviy
institutlari bilan bo‘ladigan aloqalarini (korxona faoliyatiga taalluqli bo‘lgan
maxsus farmoyishlarni, soliq hujjatlarin) o‘z ichiga oladi:
Audit qilinayotgan korxona mutaxassislari taqdim etgan guvohliklar auditor
uchun katta ahamiyatga ega. Ammo auditor mutaxassislarning bilimdonligiga,
malakasiga va ish tajribasiga ishongan holda ularni noobyektiv axborot berishlik
ehtimolini doimo nazarda tutmog‘i lozim. Auditorlar korxona mutaxassislaridan
olgan ma’lumotlarni ishonchlilik, moliyaviy hisobotga muvofiq kelishlilik, xulosa
va tavsiyalarni aniq va ravshan ifodalashlik nuqtai-nazaridan baholaydi. Agar
ularning bergan guvohliklariga nisbatan auditorda shubxa tug‘ilsa bu masala
auditor, guvohlik beruvchi shaxs va korxona rahbariyati orasida muhokama
qilinadi.
Nazorat uchun savollar
1. Auditorlik dalillari nima uchun zarur?
2. Qanday auditorlik dalillarini bilasiz?
3. Daliliy ahamiyatiga ko‘ra tekshiriluvchi hujjatlar qanday guruhlarga bo‘linadi?
4. Dalillarni hujjatlashtirish nima uchun zarur?
5. Hujjatlarda soxtalashtirish deganda nimani tushunasiz?
6. Aniqlik darajasiga ko‘ra barcha dalillar qanday turlarga bo‘linadi?
Nazorat uchun test savollar
1. Auditorlik dalillari tushunchasi qaysi bandda keltirilgan?
145
1. Audit o‘tkazish jarayonida auditor tomonidan auditorlik xulosasini asoslash
uchun to‘plagan ma’lumotlar;
2. Tushuntirish xatlari;
3. Yuqori tashkilot ma’lumotlari;
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
2. Auditorlik dalillari qaysi bandda keltirilgan?
1. Bilvosita dalillar, bevosita dalillar;
2. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas dalillar;
3. Og‘zaki;
4. Aniqlangan va aniqlanmagan.
3. Dalillar qanday hujjatlar asosida olinadi?
1.
Buxgalteriya hisobining dastlabki hujjatlaridan, registrlaridan, moliyaviy
hisobotlardan va korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatining tahlili natijalaridan;
2. Korxona xodimlari va uchinchi shaxslarning og‘zaki bildirishlaridan;
3. Mijoz korxona aktivlari va passivlarini inventarizatsiya qilish natijalari hamda
uning moliyaviy hisobotlari;
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
4. Aniqlik darajasiga ko‘ra dalillarni turlari qaysi bandda keltirilgan?
1. Qat’iy, shartli aniq, yo‘naltirilgan;
2. Yozma;
3. Og‘zaki;
4. Aniqlangan va aniqlanmagan.
5. Auditorlik dalillarini olish tartibi qaysi hujjatda belgilangan?
1. «Auditorlik dalillari» nomli AFMSda belgilangan;
2. Hisob siyosatida belgilangan;
3. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunning 7-bandida belgilangan;
4.
Auditorlik tashkilotlarining faoliyatlari to‘g‘risidagi qonunning 21-bandida
belgilab berilgan.
6. Auditorlik tanlovini amalga oshirish qaysi bandda keltirilgan?
146
1. Tajribaga suyangan holda baholash yo‘li bilan va statistik usul bilan, ya’ni
xatolarni vujudga kelish ehtimoliga suyangan holda;
2. Audit va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunlarga suyangan holda;
3. Auditning xalqaro va milliy andozalariga suyangan holda;
4. Auditorlar palatisining ko‘rsatmalariga suyangan holda;
7. Dalillarni qaysi maqsadlar uchun ishlatiladi?
1. Audit ishlarini rejalashtirishga, nazorat qilishga va sifatli bajarishga;
2.
Bajariladigan audit ishlarini ma’lumotlar bilan ta’minlashga, auditorning
hisobot tuzishi va xulosa yozishiga;
3. Audit natijalaridan foydalanuvchilarga axborot berishga;
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
8. Auditorlik dalillari qanday usullar bilan to‘planadi?
1. Inventarizatsiya o‘tkazish;
2.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt va uchinchi tomonlar xodimlarini og‘zaki
so‘rovdan o‘tkazish, hujjatlarni tekshirish;
3. Kuzatib chiqish, ma’lumotlarni tahlil qilish va muqobil balans tuzish.
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
10-Mavzu: Ekspert ishlaridan va boshqa auditorlik tashkiloti
ma’lumotlaridan foydalanish
Mavzu bo‘yicha atamalar: ekpert, ekspert xullosasi, boshqa auditorlik
tashkiloti, asosiy auditorlik tashkiloti, bo‘linma.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda
ma’ruza texnologik xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi
bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blits-so‘rov,
test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi
147
bosqichida ya’ni yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida
“TUSHUNTIRISH”, “BBB”, “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT
JADVALI” usullaridan foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Ekspert tushunchasi, ekspert ishidan auditorlik dalil sifatida foydalanish
Ekspert- auditorlik tashkilotining lavozimida to‘rmaydigan, buxgalteriya
hisobi va auditdan tashqari ma’lum bir soha bo‘yicha zaruriy bilimlarga ega
bo‘lgan va shu soha bo‘yicha xullosa beradigan mutaxasis. Auditorlik tashkiloti
huquqiy shaxs bo‘lgan ixtisoslashgan korxona xizmatidan ekspert sifatida
foydalanishi mumkin. Auditor yoki auditorlik korxonasi ekpert xizmatidan
foydalanish haqidagi qarorni o‘rganiladigan vaziyatni xarakteri va murakabligidan
kelib chiqib qabo‘l qiladi. Auditorlik korxonasi xizmatidan foydalanadigan ekpert
tegishli hujjat (atestat, litsenziya diplom) bilan tasdiqlangan zaruriy malakaga ega
bo‘lishi kerak.
Eksper jismoniy shaxs sifatida ob’ektiv bo‘lishi va audit utkazilayotgan
iqtisodiy
sub’ektga hech qanday dahldorligi (oshna-og‘aynichilik, qarindosh-
o‘rug‘chilik va boshqalar) bo‘lmasligi kerak. SHuningdek ekspert huquqiy shaxs
sifatida
audit
utkazilayotgan
iqtisodiy
sub’ektning
ta’sischisi,
iqtisodiy
himoyachisi ham bo‘lmasligi kerak.
Ekspert x’izmatidan foydalanish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
SHartnomada umum qabshl qilingan shartlardan tashqari qo‘ydagilar ko‘rsatiladi:
1. Ekspertning maqsadi va ish hajmi;
2. Ekspert xullosasi olinadigan savollar;
3. Zaruriyat kelib chiqib ekspertning audit utkazilayotgan korxona
bilan munosabati;
4. Ekspertizadan utkazilayotgan masalalarning maxfiyligi;
5. Ekspert foydalanmoqchi bo‘lgan usullar va vositalar haqida
ma’lumot;
6. Ekspert xullosasini mazmuni va shakli.
148
Ekspert ish yakuni va natijalari bo‘yicha o‘zining xullosasini yozma hisobot
va xisoblar shaklida to‘liq va batavsil berishi kerak. Ekspert xullosasi qo‘ydagi
majburiy rekvizitlarga ega:
1. Hujjatning nomi, misol, Ekispertizadan utkazilayotgan “Tovartransport nakladnoyining ” haqiqiyligi haqida;
2. Hujjat rasmiylashtirilgan sana;
3. Ekspertning shaxsiy imzosi va to‘liq familiyasi ismi sharifi.
Huquqiy shaxs-ekspert xulosasi korxona muhr bilan tasdiqlanadi. Xullosa
kamida ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi auditorga yoki auditorlik
tashkilotiga, bir nusxasi korxonaga taqdim etiladi.
Ekspert xulosasi kirish, tekshirish va xotima qismlardan iborat bo‘ladi.
Ekspert xullosasini olish imkoniyati bo‘lmaganda yoki ekspert xullosasi juda
ham ishonchli bo‘lmaganda auditorlik tashkiloti ko‘rilayotgan masala bo‘yicha
shartli-ijobiy xulosa berishi mumkin.
Ekspert xullosasidan dalil sifatida foydalanish auditorlik tashkilotini
auditorlik xullosasi bo‘yicha javobgarlikdan ozod qilmaydi.
§2. Boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish
Asosiy auditorlik tashkilotiga audit utkazish jarayoniga boshqa auditorlik
tashkilotlarini jalb qilishga va ularning ish natijalaridan foydalanishga ruxsat
berilgan. Agar audit utkazilayotgan iqtisodiy sub’ektning moliyaviy hisobotlarida
boshqa auditorlik tashkilotlari
tomonidan utkazilgan bitta yoki bir nechta
bo‘linmaning ko‘rsatgichlari aks ettirilgan bo‘lsa, asosiy auditorlik tashkiloti
ularning ishlarini iqtisodiy sub’ektning moliyaviy hisobotiga ta’sirini baholashi
shart.
Asosiy auditorlik tashkiloti – boshqa auditorlik tashkiloti tomonidan
auditorlik tekshiruvi utkazgan bo‘linmalarni ko‘rsatkichlarini qamrab olgan
iqtisodiy sub’ektning moliyaviy hisobotlariga xullosa tayyorlashga javob beradigan
auditorlik tashkiloti.
149
Boshqa auditorlik tashkiloti – iqtisodiy sub’ektning moliyaviy hisobotlariga
ko‘rsatgichlari qo‘shiladigan bo‘linmalar faoliyatiga berilgan
xullosalarga
javobgar bo‘lgan auditorlik tashkiloti.
Bo‘linma – iqtisodiy sub’ektning tarkibiy qismi bo‘lib, uning ko‘rsatgichlari
shu iqtisodiy sub’ektning moliyaviy hisobotlariga qo‘shiladi.
Asosiy auditorlik tashkiloti audit utkazishda jarayonida iqtisodiy sub’ektning
moliyaviy hisobotlariga
ko‘rsatkichlari qo‘shiladigan bo‘linma haqida xullsa
yozishi uchun boshqa auditorlik tashkiloti bajargan ishlarning yetarliligini
qo‘ydagi mezonlar bilan baholaydi:
1. Asosiy iqtisodiy sub’ektning tarkibiga kiruvchi bo‘linmada audit
utkazayotgan boshqa auditorlik tashkilotining bo‘linma faoliyatini bilish
darajasi;
2. Bo‘linmada audit utkazayotgan boshqa auditorlik tashkilotini bo‘linma
ko‘rsatkichlarini bo‘zib ko‘rsatishdagi yoki noto‘g‘ri talqin qilishdagi
tavakalchilik darajasi;
3.
Bo‘linmada
audit
utkazayotgan
boshqa
auditorlik
tashkilotin
ko‘rsatkichlarini jiddiylik darajasi;
4. Boshqa auditorlik tashkiloti ko‘rsatkichlarini qo‘shimcha tekshirishga
zaruriyat borligi.
Asosiy auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotini auditorlik
xullosasini tayyorlashda uning ish natijalari ko‘rsatgichlaridan foydalanishi
mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilishi lozim.
Agar bo‘linma rahbariyati bo‘linma haqidagi ma’lumotlarni asosiy iqtisodiy
sub’ektga berishga rozilik bermasa boshqa auditorlik tashkiloti bu haqida asosiy
auditorlik tashkilotini ma’lum qilishi kerak.
Asosiy
auditorlik
tashkiloti
iqtisodiy
sub’ekt
faoliyati
haqidagi
ma’lumotlarni boshqa auditorlik tashkilotiga taqdim etishga majbur emas.
Asosiy auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining xizmatidan
foydalanishni rejalalashtirishda uning ish faoliyatini o‘zining ish faoliyatiga,
maqsadiga, vazifalariga
aynan mos kelishligini hisobga olishi,
150
auditni
rejalashtirishni dastlabki bosqichida uning faoliyatini muvofiqlashtirishda qanday
zaruriy ulchovlarga amal qilishlikni hamda uning ish faoliyati natijalaridan qanday
tardibda foydalanishi haqida ogohlantirishi zarur. Buning uchun asosiy auditorlik
tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotiga audit o‘tkazishda bo‘linmaning qaysi
ko‘rsatgichlariga alohida e’tibor berish kerakligini, asosiy iqtisodiy sub’ektg
faoliyatida bo‘linmaning ishtirokida sodir bo‘ladigan voqealiklarni ochishda
auditning qaysi amallaridan foydalanishi hamda
auditni utkazish muddatlari
haqida xabar berishi kerak.
Asosiy auditorlik tashkilotining yoki auditorning iqtisodiy sub’ektning
moliyaviy hisobotlari haqidagi auditorlik xullosasida, odatda, boshqa auditorlik
tashkiloti ish natijalaridan foydalanganligi alohida ko‘rsatilmaydi.
Agar bo‘linma ko‘rsatgichlari haqida boshqa auditorlik tashkiloti ish
natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati cheklangan
yoki yetarli bo‘lmasa va ulardan foydalanish qo‘shimcha amallarni bajarishni talab
etisa, asosiy auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvlari hajmining cheklanganligi
munosabati bilan iqtisodiy sub’ektning moliyaviy hisobotlari haqida shartli –
ijobiy xullosa tayyorlashdan yoki ularni shuhbasiz to‘g‘riligi haqida fikr
bildirishdan bosh tortishi mumkin.
Agar boshqa auditorlik tashkiloti bo‘linma ko‘rsatkichlarining shuhbasiz
to‘g‘riligidan farq qiladigan xullosa bersa yoki xullosa yozmoqchi bo‘lsa, asosiy
auditorlik tashkiloti iqtisodiy sub’ektning moliyaviy hisobotlarini shubhasiz
to‘g‘riligi haqida xullosa berishni ko‘rib chiqishi kerak. Bunda asosiy auditorlik
tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotini, bo‘linma ko‘rsatkichlarining shuhbasiz
to‘g‘riligidan farq qiladigan xullosa berishga majbur qilgan jihatlarni iqtisodiy
sub’ektning moliyaviy hisobotlarida xarakteri va hajmi buyicha muhimligini
hisobga olishi kerak.
Turli iqtisodiy sub’ektlar xo‘jalik faoliyatlari jarayonida moddiy resurslarni
berish yoki majburiyatlar bo‘yicha bir biri bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar ularning biri
nazorat qilsa, boshqasi birinchisining muhim masalalar bo‘yicha qaror qabo‘l
qilishiga ta’sir qiladi.
151
Bog‘liq tomrnlarga qo‘ydagilarni kiritish mumkin:
1. Bosh korxona, filiallar, mustaqil bo‘linmalar, qaram jamiyatlar,
shu’ba korxonalar;
2. Bir-biri bilag bog‘liq guruhlarga kiruvchi korxonalar (bita
tarmoqqa yoki kontsern, xolding tizimiga kiruvchi korxonalar);
3. Ishtirokchilari yoki (v1. rahbarlari qarindosh bo‘lgan korxonalar;
4. Ishtirokchilari yoki (v1. rahbarlari bitta bo‘lgan korxonalar.
Tomonlarning bog‘liqligi to‘g‘risidagi munosabatlarni aniqlashga, ular
orasidagi xujalik-moliyaviy munosabatlarni buxgalteriya hisobi va hisobotlarda
me’yoriy hujjatlar asosida to‘g‘ri aks ettirilganligiga audit qilinayotgan korxona
rahbari javobgar bo‘ladi.
Auditorlik tashkiloti auditni shunday
rejalashtirish va utkazishi kerakki
iqtisodiy sub’ektning bog‘liq tomonlar bilan sodir bo‘lgan muomilalari haqidagi
axborotlarni
moliyaviy hisobotlarda aks ettirilganligiga nisbatan o‘rinli xullosa
qilish uchun yetarli asoslarga ega bo‘lishi kerak.
Bog‘liq tomonlar bilan sodir bo‘lgan muomilalarni baholash hamda bunday
muomilalarni u yoki bu holatlarda jiddiylik darajasini aniqlash uchun zarur
bo‘ladigan auditorlik dalilari miqdori va sifati auditorning professional bilm
darajasi bilan belgilanadi.
Auditor professional bilm darajasini qo‘ydagi
vazifalardan kelib chiqiib shakillantiradi:
1. Iqtisodiy sub’ektning bog‘liq tomonlar bilan sodir bo‘lgan muomilalarni
o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanganligini va buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobotlarda aks ettirilganligini ishonch hosil qilgunga qadar tekshirish va tahlil
qilish;
2.
Audit
utkazish
jarayonida
iqtisodiy
sub’ektning
buxgalteriya
hisobotlarining shubhasiz to‘g‘riligiga ta’sir etuvsi bog‘liq tomonlar bilan sodir
bo‘lgan va aks ettirilmagan muomilalarni topish va tahlil qilish mumkinligiga
bo‘lgan ishonch.
Auditorlik tashkilotiga audit jarayonida iqtisodiy sub’ektning bog‘liq
tomonlar bilan sodir bo‘ladigan barcha muomilalarini aniqlash talabi qo‘yilmaydi.
152
Auditni tashkillashda bog‘liq tomonlarning ko‘rsatgichlari bilan barcha olinadigan
axborotlarga sarflanadigan xarajatlarni mutanosibligiga rioya qilish kerak.
Agar auditorda muhim mohiyat kasb etadigan masalalar bo‘yicha asoslangan
gumon to‘g‘ilsa, gumonni yo‘qqa chiqaruvchi yoki asoslovchi ishonchli dalillar
olishning zarur choralarini ko‘rishi kerak.
Bog‘liq tomonlarning bor bo‘lishi va ularning ish munosabatlarining
mavjudligi moliya-xo‘jalik faoliyatning mutadil amaliyotidir. SHu bilan birgalikda
bog‘liq tomon bilan iqtisodiy sub’ekt olib boradigan muomilalar boshqa
muomilalardan farq qilishi mumkin. SHuning uchun auditorlik tashkiloti qo‘ydagi
sabablarga ko‘ra iqtisodiy sub’ektning bog‘liq tomonlar bilan olib boradigan
muomilalariga alohida e’tibor qaratishi lozim:
1. Bog‘liq tomonlar haqidagi axborotlarni ochish buxgalteriya
hisobini olib borish va moliyaviy hisobotlarni tuzish to‘g‘risidagi
me’yoriy hujjatlarga qo‘yiladigan talablar qotoriga kirish
mumkinligi;
2. Bog‘liq tomonlarning bor bo‘lishi moliyaviy hisobotlarning
natijalariga ta’sir etish mumkinligi;
3. Auditor olinadigan auditorlik dalillarini haqiqiyligini baholashda
ularning manba’larini audit qilinayotgan iqtisodiy sub’ektga qaram
bo‘lmasligini baholash, binobarin, auditr axborotlarni olishda bunday
auditorlik dalillari manba’si bog‘liq tomonlar emasligini bilishni
muhimligi;
4. Iqtisodiy sub’ektning bog‘liq tomonlar bilan moliya-xo‘jalik
muomilalari mutadil savdo-sotiq faoliyatdan farq qiladigan
sabablarni mavjudligi, masalan, buxgalteriya hisobotlari
ko‘rsatgichlarini ataylab bo‘zib ko‘rsatish yoki soliq hisoblashning
ta’qiqlangan usullaridan foydalanish.
Qo‘ydagi hollarda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanilmaydi:
1. Iqtisodiy sub’ektning moliyaviy hisoboti haqida auditorlik xullosasini ikki
va undan ortiq auditorlik korxonasi birgalikda tayyorlaganda;
153
2. Auditorlik tashkilotlari kasbiy munosabatlarda
biri ikkinchisini
almashtirganda;
3. Asosiy auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkiloti tomonidan mijoz
korxonaning boshqa bo‘linmasida utkazilgan audit natijalarini iqtisodiy
sub’ektning moliyaviy hisobotlariga mohiyatsiz deb hisoblaganda.
Nazorat uchun savollar
1. Ekspert tushunchasini gapirib bering.
2. Qaysi hollarda ekspert xizmatidan dalil sifatida foydalaniladi?
3. Ekspert xizmatidan dalil sifatida foydalanish qanday hujjat asosida amalga
oshiriladi? Uni mazmunini gapirib bering.
4. Ekspert xullosasini gapirib bering.
5. Asosiy auditorlik tashkiloti (auditor) qanday tashkilot (auditor)?
6. Boshqa auditor qanday auditor, uning xizmatidan qachon va qanday
foydalaniladi?
7. Asosiy auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotini faoliyatini
qanday mezonlar asosida baholaydi)
8. Bog‘liq tomonlay qanday tomonlar, ularga kimlar kiradi?
Nazorat uchun test savollar
1. Ekspert –
1. auditorlik tashkilotining lavozimida to‘rmaydigan va ma’lum bir soha
bo‘yicha xullosa beradigan mutaxasis.
2. auditorlik tashkilotining xodimi bo‘lib katta tajriba va bilimga zga
bo‘lgan mutaxasis.
3. auditorlik tashkilotining xodimi bo‘lib ma’lum bir soha bo‘yicha zaruriy
bilimlarga ega bo‘lgan mutaxasis.
2. Qaysi hollarda ekspert xizmatidan dalil sifatida foydalaniladi?
1. Auditorlik tashkilotida auditorlar yetishmaganda.
2. Alohida o‘rganiladigan vaziyatlar kelib chiqqanda.
154
3. har ikki javob ham to‘g‘ri.
3. Ekspert xizmati qo‘ydagi hujjat asosida amalga oshiriladi.
1. Ekspert x’izmatidan foydalanish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
2. Ekspert x’izmatidan foydalanish xalqaro kelishuv va standartlar asosida
amalga oshiriladi.
3. Oliy majlisning ro‘xsatiga bilan xalqaro shartnoma asosida amalga
oshiriladi.
4. Ekspert xullosasi qo‘ydagi qisimlardan iborat bo‘ladi.
1. Kirish, tekshirish va xotima
2. Asosiy, yakunlovsi
3. Kirish, tekshirish va xotima va qaror
5. Asosiy auditorlik tashkiloti tushunchasi qo‘ydagi bandda to‘lik
keltirilgan
1. Iqtisodiy sub’ekt bilan shartnoma tuzib uning faoliyatini audit qiladigan
tashkilot.
2. Boshqa auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvi
utkazgan bo‘linmalarni ko‘rsatkichlarini qamrab olgan iqtisodiy
sub’ektning moliyaviy hisobotlariga xullosa tayyorlashga javob
beradigan auditorlik tashkiloti.
3. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
6. Boshqa auditorlik tashkiloti
1. Iqtisodiy sub’ektning moliyaviy hisobotlariga ko‘rsatgichlari
qo‘shiladigan bo‘linmalar faoliyatiga berilgan xullosalarga javobgar
bo‘lgan auditorlik tashkiloti.
2. Asosiy auditorni ishiga ishonmay iqtisodiy sub’ekt tomonidan
yollangan tashkilot.
3. To‘g‘ri javob berilmagan.
7. Boshqa auditorlik tashkilotini faoliyatini qo‘ydagi mezonlar bilan
baholanadi
155
1. Boshqa auditorlik tashkilotining bo‘linma faoliyatini bilish darajasi va
bo‘linma ko‘rsatkichlarini bo‘zib ko‘rsatishdagi yoki noto‘g‘ri talqin
qilishdagi tavakalchilik darajasi;
2. Boshqa auditorlik tashkilotin ko‘rsatkichlarini jiddiylik darajasi va ularni
qo‘shimcha tekshirishga zaruriyat.
3. Har ikki javob ham to‘g‘ri.
11-Mavzu: Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi
Mavzu bo‘yicha atamalar: auditorlik xkllosasi, auditorlik hisoboti, ijobiy
auditorlik xulosasi, shartli – ijobiy auditorlik xulosasi, salbiy auditorlik xulosasi.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
«BBB», “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Auditorlik hisoboti
Auditor auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha hisobot va auditorlik
xulosasi
tuzadi.
Auditorlik
xulosasi
korxona
moliyaviy
hisobotlarining
haqiqiyligiga va ob’ektivligiga dalil bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston
Respublikasining
«Auditorlik
faoliyati
to‘g‘risida»gi
qonunida belgilanishicha: auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvining borishi,
buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga
chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoida-buzarliklar to‘g‘risidagi
mufassal
ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o‘tkazish natijasida olingan
boshqa axborotdan iborat bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga,
156
mulkdorga, katnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan
hujjat (18-modd1. .
«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘risida auditorlik xulosasi»
nomli №70 sonli AFMSga muvofiq auditorlik hisobotining tarkibi quyidagicha:
1. Hisobotning nomi («Auditorlik hisobot» yoki «Auditorlik tashkilotining
hisoboti» degan har ikkala nom bir xil ma’noga eg1. ;
2. Adresat nomi;
3. Kirish qismi;
4. Tahlil qismi;
5. Yakuniy qism.
Auditorlik hisoboti moliyaviy hisobotni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazgan
auditor(lar) tomonidan betma-bet imzolanishi lozim. Auditorlik hisoboti auditorlik
tekshiruvining buyurtmachisiga, buyurtmachining barcha zarur rekvizitlari
ko‘rsatilgan holda jo‘natiladi.
Auditorlik
hisobotining
kirish
qismida
auditorlik
tashkilotining
rekvizitlari, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan
litsenziyaning raqami va sanasi, auditorlar va auditorlik tekshiruvida
qatnashgan boshqa shaxslar haqida ma’lumotlar, hamda auditorlik tekshiruvini
o‘tkazish uchun asos va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining umumiy tavsifi
ko‘rsatiladi.
Auditorlik hisobotining
tahliliy qismi auditorlik faoliyati milliy
standartiga tayanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: xo‘jalik yurituvchi
sub’ektda ichki nazoratning ahvolini tekshirish natijalari (batafsil bayoni);
buxgalteriya
hisoboti
va
moliyaviy
hisobotning
ahvolini
tekshirish
natijalari; moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida qonunchilikka rioya
qilinishini tekshirish natijalari; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash
hamda to‘lashning to‘g‘riligini tekshirish natijalari; aktivlar (mablag‘lar)
saqlanishini tekshirish natijalari.
Korxonadagi
ichki
nazoratning holatini tekshirish
natijalari
o‘g‘risidagi axborotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ichki nazorat tizimi
157
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati tavsifi va miqyoslariga mos kelishini
umumiy baholash; auditorlik tekshiruvi chog‘ida aniqlangan, ichki nazorat
tizimining xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati tavsifi va miqyoslariga
katta mos kelmaslik holatlarini bayon qilish.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotining
ahvolini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborotlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi
lozim: buxgalteriya hisobining yuritilishi va moliyaviy hisobotni tuzishning
belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash; buxgalteriya hisobini yuritish va
moliyaviy hisobotni
tayyorlash tartibini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish
jarayonida aniqlangan katta qoidabuzarlik holatlarini bayon qilish.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga
oshirish chog‘ida qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi
axborotlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
tomonidan sodir etilgan moliya-xo‘jalik muomalalarining qonunchilikka mos
kelishini baholash; xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilgan
moliya-xo‘jalik muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish jarayonida
aniqlangan atta nomuvofiqliklarni bayon qilish.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash hamda to‘lashning
to‘g‘riligini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi axborotlar quyidagilarni o‘z ichiga
olishi lozim: soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tuzilgan va tegishli
organlarga taqdim qilingan hisob-kitoblarning to‘g‘riligini baholash; soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashning belgilangan tartibini buzish faktlarini,
soliqqa tortiladigan bazani aniqlashdagi xatolarni bayon qilish.
Aktivlar saqlanishini tekshirish natijalari aktivlarni inventarizatsiya qilishga
asoslanishi va ularning haqiqatda mavjudligi hamda butligi to‘g‘risidagi
axborotlarni o‘z ichiga olishi lozim.
Auditorlik hisobotining yakuniy qismida aniqlangan xato-kamchiliklar va
qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo‘yicha auditorlik tashkilotining tavsiyalari,
hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini
oshirish bo‘yicha maslahatlar va takliflari aks ettiriladi.
158
«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘risida auditorlik xulosasi»
nomli №70 sonli AFMSga muvofiq auditorlik tashkiloti tuzilgan auditorlik
hisoboti uchun qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi. SHuningdek,
auditorlik hisobotidagi axborotlar maxfiy hisoblanadi va uni oshkor etish mumkin
emas. Ushbu axborotlarga aloqador shaxslar axborotlarni oshkor qilganligi
uchun qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Auditorlik tekshiruvining natijalari asosida tuzilgan hisobotda korxona
moliya-xo‘jalik faoliyati va uning natijalarining umumiy ahvoli, shuningdek,
buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishning holati, tahlil ishlarining
darajasi hamda korxonadagi hisob-tahlil xodimlarining tavsifi aks ettiriladi.
Auditorlik hisoboti ma’lumotlari korxona bozor sharoitlariga qanday
moslashayotganligi va muvaffaqiyatli rivojlanishi hamda foydasini ko‘paytira
olishga
qodirligini
yoki
aksinchaligini
bildirishi
lozim.
Albatta,
tekshirilayotgan korxonadagi ahvol bezab ko‘rsatilmasdan, auditorga taqtsim
qilingan axborot haqiqiy bo‘lgandagina ehtiroslarga berilmagan va real auditorlik
hisoboti hamda xulosa shakllanadi. Aks holda, auditorlik tekshiruvi befoyda va uni
o‘tkazish uchun sarflangan mablag‘ esa zoe ketadi.
Auditor hisobotda keltirilgan kamchiliklar bo‘yicha ularni bartaraf qilishga
karatilgan o‘z takliflarini ham ko‘rsatib o‘tishi lozim. Lekin tekshirilayotgin
korxona xodimlariga «yaxshilik» qilish maqsadida auditor shaxsan o‘zi dastlabki
hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlaridagi xatolarni to‘g‘rilashi
mutlaqo mumkin emas.
SHu bilan birga auditorlarga u yoki bu noxush faktlarni boshqacha qilib
yoritishga yoki tekshiruvchilar uchun qulay xulosa tuzib berishga majburlash
maqsadida ruhiy, jismoniy yoki boshqacha taziqlar o‘tkazgan hollarda ular
qat’iylik va printsipiallik bilan ish tutishlari lozim.
Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to‘g‘risida korxona rahbariyatiga
bildiradi va ularni tuzatish bo‘yicha aniq tavsiyalar beradi.
Agar buxgalterlik (moliyaviy) hisobni yuritish, tegishli hisobotlarni tuzish va
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish bo‘yicha ko‘rsatilgan
159
kamchiliklar audit o‘tkazish chog‘ida buyurtmachi korxona tomonidan tuzatilmasa,
buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning ishonchliligini tasdiqlash mumkin emasligi
to‘g‘risida auditorlik tekshiruvining xulosasida yoziladi.
Auditorlik hisobotida uni berilgan vaqti va korxona faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lgan auditorlik tekshiruvi natijalari o‘rganilgan, tekshirilgan va qo‘l qo‘yilgan
dalillar asosida ko‘rsatiladi. Hisobotni tuzgunga qadar unga kiritilgan barcha
tuzatishlarning aniqligiga auditor to‘la ishonch hosil qilgan bo‘lishi kerak. Auditor
auditorlik hisoboti berilgan vaqtdan keyin korxonani faoliyatida sodir bo‘ladigan
moliyaviy o‘zgarishlarga javobgar bo‘lmaydi.
§2. Auditorlik xulosasi
O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida
belgilanishicha, auditorlik xulosasi — moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va
buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga
muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan,
xO‘jalik yurituvchi cybekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq
hujjat bo‘lib auditorlik hisoboti asosida tuziladi. Xulosasi auditor (auditorlar),
auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan
tastiqlanadi (19-modd1. . Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik
faoliyatining№ 70 - «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘risida
auditorlik xulosasi» nomli auditorlik faoliyati milliy standartida (AFMS)
belgilangan. Unga ko‘ra auditorlik xulosasi buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning
tarkibiy qismi bo‘lib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi
axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar
auditorlik xulosasida bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik
firmasiga ishonch bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan
bajarilgan ishning sifati bilan qo‘lga kiritiladi va oqlanadi.
Audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xo‘jalik faoliyati
natijalarini tashkil etish va hisobga olishni holisona aks ettirishi lozim.
160
Boshqacha qilib aytanda, auditorlik tekshiruvi mumkin qadar ob’ektiv
bo‘lib, uning xulosasi ma’lum ma’noda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati
ustidan chiqarilgan «hukm» hisoblanadi.
Shuningdek, davlat organlari topshirig‘iga binoan o‘tkazilgan tekshiruv
natijalari bo‘yicha tuzilgan auditorlik xulosasi
protsessual
qonunchiligiga
muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi
tayinlangan
ekspertiza
xulosasiga
tenglashtiriladi.
Auditorlik xulosa quyidagi izchillikda tuziladi:
1. Audit qilingan ob’ektlar yoziladi;
2. Korxona faoliyatini yillik hisobotda to‘g‘ri qayd ettirilganligi bayon
qilinadi;
3. Hisobotning boshqa shakllariga baho beriladi;
4. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi
Qonun talablariga javob berishi baholanadi;
5. Korxona hisobotini matbuotda e’lon qilish mumkinligi to‘g‘risida
auditorning fikri bayon qilinadi.
Auditorlik xulosasini ijobiy, shartli – ijobiy, salbiy bo‘ladi.
Ijobiy auditorlik xulosasi buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot
ko‘rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. Qoidaga ko‘ra
ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi sub’ektning
moliyaviy hisoboti, uning moliyaviy holati va sodir etilgan moliya-xo‘jalik
muomalalarining
O‘zbekiston
Respublikasi
qonunchiligi
talablariga
muvofiqligini ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim.
Ijobiy auditorlik xulosasini, auditor quyidagi hollarda beradi:
1. Moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisobining aniq va ob’ektiv ma’lumotlari
asosida, vijdonan, tayyorlanganda;
2. Buxgalteriya hisobi, belgilangan tamoyillarga va talablarga mos kelganda
hamda korxonaning hisob siyosati to‘g‘ri tanlanganda;
3. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida va to‘liq to‘langanda;
161
4. Xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilishda ichki nazoratni maqsadga
muvofiqligi va samaradorligi tasdiqlanganda.
Shartli - ijobiy auditorlik xulosasi korxona moliyaviy
munosabatlarini haqiqiyligi shartli tasdiqlaganda ba’zi bir masalalarda
auditor norozi bo‘lganda va moliyaviy hisobotning haqiqiyligiga auditorda
to‘la ishonch bo‘lmagan hollarda beriladi. Uning noroziligiga quyidagilar
sabab bo‘lishi mumkin:
1.
Auditor
va
korxona
rahbarining
korxona
moliyaviy
hisoboti
ko‘rsatkichlari haqidagi fikrlarini to‘g‘ri kelmasligi;
2. Xo‘jalik operatsiyalarini iqtisodiy va huquqiy mazmuniga schyotlar
korrespondentsiyasini, mos kelmasligi;
3. Qonunlarni va me’yoriy hujjatlarni tushunish va qo‘llashning turlichaligi;
4. Korxonaning moliyaviy axborotlarini haqiqiyligiga ta’sir qiluvchi
noadekvat hisob siyosati.
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli
to‘g‘risida ishonarli ma’lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning
moliya-xo‘jalik faoliyati hisobi amaldagi me’yoriy qonunchilik talablariga mos
kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o‘z vaqtida
tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg‘itishi mumkin.
Salbiy xulosada auditor moliyaviy hisobot harakatdagi qonunchilik va
buxgalteriya hisobini tashkil qilish me’yorlariga mos kelmaslik sabablarini ham
ko‘rsatishi kerak.
Salbiy auditorlik xulosasi tuzish auditorlik amaliyotida kamdan-kam
uchraydigan holat bo‘lib, bunga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab bo‘lishi
mumkin:
1. Auditor
tomonidan
aniqlangan
buxgalteriya
hisobotidagi
xato-
kamchiliklar jiddiy va salmoqli bo‘lgan holatlar; ayrim mijoz-korxonalarda
bunday holatlar ularning iqtisodiy nosorligi bilan birgalikda yuzaga, hatto
amal qilayotgan korxona printsipining buzilishiga yetib boradi;
162
2. Moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan dastlabki hujjatlar,
buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari
va hisob registrlari hamda
boshqa
hujjatlarning katta qismi korxona ma’muriyati tomonidan taqdim etilganda;
3. Bunda auditorlik tashkiloti vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda
№70-AFMSga muvofiq auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechishi ham
mumkin;
4. Ijobiy auditorlik xulosasi tuzishga to‘sqinlik qiladigan boshqa
ob’ektiv vaziyatlar ham, xususan, vaziyat taqazosi vujudga keladigan srhani
cheklashlar;
5. Mijoz-korxona ma’muriyati moliyaviy hisobot ma’lumotlarini asosan
to‘g‘ri deb, auditorlik xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi asosiy xulosalari
bilan rozi bo‘lmasdan, tegishli hisob yozuvlarini tuzatishni batamom rad
etish holatlari va hakozo.
Salbiy auditorlik xulosasi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan sodir
etilgan moliyaviy va xo‘jalik muomalalari moliyaviy hisobotda ishonarli aks
ettirilgan, ammo qonunchilikka mos kelmaydigan hollarda ham tuziladi.
Salbiy auditorlik xulosasini tuzishga, qoidaga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi
sub’ektning auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlangan xato -kamchiliklarni
bartaraf qilish maqsadida moliyaviy hisobotga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida
bildirilgan fikrga noroziligi sabab bo‘ladi.
Auditorlik tekshiruvi natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar xo‘jalik
yurituvchi sub’ekt tomonidan tuzatilganda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi.
Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi qismdan
iborat bo‘lishi lozim.
1. Kirish qismida quyidagilar ko‘rsatiladi: auditorlik tashkilotining yuridik
manzili va telefonlar; litsenziyasining tartib raqami; auditorlik faoliyati bilan
shug‘ullanish uchun litsenziya bergan organnomi va berilgan vaqti, shuningdek,
litsenziyaning amal qilish muddati; auditorlik tashkilotini davlat ro‘yxatiga
olish
to‘g‘risidagi guvohnomasining raqami; auditorlik tashkilotining hisob-
kitob schyoti; tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik
163
tashkiloti rahbarining nasabi, ismi-sharifi. auditorlik tekshiruvi o‘tkazish
uchun asos va xo‘jalik yurituvchi sub’ektning umumiy tavsifi.
SHu bilan birga auditorlik xulosasining kirish qismida tekshiruvdan
o‘tkazilgan moliyaviy hisobotlar ro‘yxati, sanasi va hisobot davri ko‘rsatilgan
holda aks ettirilishi lozim. Shuningdek, kirish qismida auditorlik tekshiruvidan
o‘tkaziladigan hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun ma’suliyat xo‘jalik
yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yuklatilishi, mazkur moliyaviy hisobot bo‘yicha
berilgan auditorlik xulosasi uchun esa auditorlik tashkiloti javobgar ekanligi
ko‘rsatilishi lozim.
2. Auditorlik xulosasining ta’kidlovchi qismida auditorlik xulosasi
AFMSga muvofiq o‘tkazilganligi ta’kidlanishi lozim.
Ta’kidlovchi qism moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning
ishonchliligini va qonunchilikka, hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaxo‘jalik faoliyatining haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashini ko‘rsatishi lozim.
SHuningdek, ta’kidlovchi qismda o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikr bildirish
uchun yetarli asos berishi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining tasdig‘i aks ettirilishi
lozim.
3. Auditorlik xulosasining yakunlovchi qismida xo‘jalik yurituvchi
sub’ektning buxgalterlik (moliyaviy) hisoboti ishonchliligi va qonunchilikka
muvofiqligini tasdiqlash to‘g‘risida yozuv yoziladi.
Tekshiruv
auditorlik
tashkiloti
tomonidan
o‘tkazilganda,
auditorlik
xulosasini auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik tashkilotining
u vakolat bergan boshqa xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muhri bilan
tasdiqlaydi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy
qisminigina manfaatdor shaxslarga taqtsim qilishi lozim. SHu munosabat bilan
auditorlik xulosasining tahliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va
muhrlanishi mumkin.
Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining sifati to‘g‘risida ishonch bilan
auditorlik xulosasi tuza olish uchun yetarli darajada ishonchli dalillar tuplay
164
olmagan vaqtda xulosa tuzmaydi. Bunday holat auditorlik tekshiruvi hajmining
cheklanganligi oqibatida moliyaviy hisobot to‘g‘risida fikr bildirish uchun
auditorlik dalil-isbotlar yetarli bo‘lmaganida yuzaga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq shartnoma tuzuvchi
auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona tadbirkorlik sub’ektlari sifatida teng huquqli
bo‘lsa ham maqomi bo‘yicha teng bo‘la olmaydilar, chunki auditorlik tashkiloti
tekshiriladigan
xo‘jalik
tizimini
nazorat
qiladi.
Bundan
mijoz-korxona
ma’muriyati auditorlik tashkilotining xulosa tuzishdan voz kechish ehtimoli
oldindan aniqlanib qo‘yilishiga rozi bo‘lishi lozim degan xulosa kelib chiqishi
mumkin. Umuman olganda, bunday ehtimollik juda kam uchraydi, ammo
qonunchilikda belgilab qo‘yilgan.
Auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish ayrim maxsus hollarda yuzaga
keladi. Bular: auditor mustaqilligini yo‘qotishi, balans tuzilgan sanadan keyigi
sodir bo‘lgan jiddiy hodisalar yoki vaziyatning noaniqligi, xo‘jalik yurituvchi
sub’ekt tomonidan, yoki ayrim murakkab vaziyatlar tufayli audit o‘tkazish
sohasining cheklab qo‘yilishi.
Auditorning xulosa tuzishdan voz kechishi yozma ravishda, №70-AFMS da
ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha rasmiylashtirilib, uning mazmuni juda ham puxta
asoslangan bo‘lishi lozim.
Auditorlik tekshiruvi hajmining cheklanganligi - bu xo‘jalik yurituvchi
sub’ekt vakillari yoki uchinchi shaxslarning, boshlab qo‘yilgan auditorlik
tekshiruvini, auditor auditorlik xulosasi tayyorlash uchun yetarli deb hisoblaydigan
hajmda o‘tkazishga to‘sqinlik qilishga qaratilgan ochiqtsan-ochiq ko‘rsatadigan
hatti-harakatlari yoki harakatsizligidir.
Auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish ariza ko‘rinishida bo‘lib,
«Auditorlik tashkilotining auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechish to‘g‘risidagi
arizasi» deb nomlanadi.
Agar salbiy xulosa tuzilsa yoki xulosa tuzilmasa, auditor ta’kidlovchi
qismda tekshiruv natijalarini, aniqlangan amaldagi qonunchilik buzilishi faktlarini
va korxona faoliyatidagi boshqa kamchiliklarni batafsil bayon qiladi.
165
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuzilib, uning ikki nusxasi
auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi ya’ni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so‘ng
15 kun ichida auditorlik xulosasining bir nusxasini o‘zlari joylashgan hududdagi
soliq organiga taqdim qiladilar.
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun tushunarli
bo‘lib, unda auditorning ikkilanish va(yoki) noroziligidan kelib chiqqan
cheklashlar aniq ko‘rsatilishi lozim. Auditorlik xulosasi barcha moliyaviy
hisobotdan foydalanuvchilar olish imkoniga ega bo‘lgan ochiq axborot
hisoblanadi. Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan chop ettirilishi mumkin.
Agar ko‘rsatilgan kamchiliklar buxgalteriya hisobotining haqqoniyligiga
ta’sir qilmaydigan bo‘lsa, auditor xulosa tuzishga kirishadi. Aks holda auditor
buxgalteriya hisobining yuritilishi va korxona tomonidan taqtsim qilingan
hisobotlar to‘g‘riligini tasdiqlashdan bosh tortishi lozim. Faqat ko‘rsatilgan
kamchiliklar tugatilgandan so‘nggina tekshiruvlarni yakunlashi va ularning
natijalari bo‘yicha xulosa tuzish mumkin. Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot
tuzishdagi kamchiliklarni tugatish uchun korxonaga berilgan vaqt, odatda, agar
bunday ishlarning jiddiyligi va sermehnatligi real baholansa, ikki - uch oydan
oshmasligi lozim.
Auditorga barcha zarur ma’lumotlar o‘z vaqtida taqtsim etilmagan yoki buzib
ko‘rsatilgan holda taqdim etilganligini u bilmagan bo‘lsa, bunga auditor javobgar
hisoblanmaydi. Bu hollarda barcha javobgarlik zarur ma’lumotlarni auditorga
taqdim etishi lozim bo‘lgan, tekshirilayotgan korxona ma’muriyati va uning
ma’sul xodimlariga yuklatiladi.
Shu boisdan, korxona rahbari va moliya-hisob xizmati xodimlari
oldindan, auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga qadar tanishib chiqishlari,
agarda ularda ayrim holatlarga nisbatan norozilik, mulohaza yoki qandaydir
takliflari bo‘lsa, ushbu bildirilgan fikrlar diqqat bilan eshitilib, korxona
xodimlari ishtirokida muhokama qilinishi va asoslangan holda chiqarib tashlanishi
166
yoki e’tiborga olinib, xulosaning oxirgi taxririda inobatga olinishi lozim. Korxona
bir oy ham o‘tmasdan qayta tekshirish natijasida ijobiy xulosa olsa, bu hol
auditorlarga ishonchsizlik bildirishga olib kelishi mumkin. CHunki, bu xuddi
qobiliyatsiz talabaning imtihonda «qoniqarsiz» baho olganidan so‘ng, ertasiga
ba’zi bir “sabablar”ga ko‘ra «a’lo» yoki “ijobiy” bahoga qayta topshirgani kabi
noreal hodisadir.
Shuningdek,
agar
tekshiruv
jarayonida
jinoyatchilikka
oid
holat
aniqlanmagan bo‘lsada, xulosalarni niqoblangan ishoralar bilan shakllantirish
mumkin emas. Ammo, shunga qaramasdan korxona ishida suyiste’mol hollari
uchrasa, sudlov-tergov organlari tomonidan chuqur tekshirilib, ular ochib
tashlanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, auditor xulosada faqat me’yoriy hujjatlarga
asoslangan
aniq formulalar, retsepturalar, normalar, limitlar va boshqa
ma’lumotlar doirasidagi asoslangan, benuqson, aniq hisob-kitoblar bilan
tasdiqlangan ma’lumotlarni ya’ni tekshiruv natijalarini keltirishi lozim.
Auditorlik xulosasida tasdiqlanmagan manbalardan olingan ma’lumotlarni
keltirish mumkin emas. SHuningdek, xulosada judayam ehtiroslarga berilgan
so‘zlar, keltirilgan faktlar bo‘yicha sharhlar, masalan, «o‘ta ma’suliyatsizligi,
ashaddiy sovuqqonligi natijasida...» kabi jumlalar bo‘lmasligi kerak.
Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so‘ng barcha materiallar (ishchi va
analitik jadvallar, hisob-kitoblar, auditorlik tekshiruvi va xulosalar hamda
ekspertiza dalolatnomalarining birlamchi nusxalari, hisob xodimlari, moddiy
javobgar shaxslar va boshqalarning tushuntirish xatlari) har bir tekshirilgan
korxona uchun maxsus ochilgan papkalarda saqlanishi lozim.
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq auditorlik tekshiruvini
o‘tkazmay tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha tuzilsada,
lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor (auditorlar) tomonidan olingan va
o‘rganilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt hujjatlari mazmuniga muvofiq bo‘lmagan
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilgan hisoblanadi.
Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilganligi
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini
167
belgilangan tartibda tugatishga, shuningdek aybdor shaxslar qonunda nazarda
tutilgan javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.
Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining
barcha
bo‘limlari
bo‘yicha
o‘tkazilgan
auditorlik
tekshiruvi
natijalarini
umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi.
§3. Audit natijalarini baholash
Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;
2. Aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash;
3. Auditorlik dalillarning yetarliligini baholash;
4. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona printsipi bilan bog‘liq omillarni
baholash;
5. Buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish;
6. Hisobot tuzilganidan so‘ng sodir bo‘lgan hodisalarni baholash;
7. Tekshiruv natijalari bo‘yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga
taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;
8. Auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.
Auditorlik tekshiruvi o‘tkazish chog‘ida asosan tekshirilayotgan xo‘jalik
yurituvchi sub’ektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks
ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina
auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni
baholaydilar.
Ta’kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum darajada
professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.
Auditor quyidagi hollarda katta nomuvofiqliklar mavjudligini ko‘rsatuvchi
holatlarni ob’ektiv baholashi zarur:
168
1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ma’lum bo‘lgan, ammo auditor
omonidan ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari;
2. Tekshiruv uchun zarur bo‘lgan, auditorga o‘z vaqtida taqtsim qilinmagan
dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo‘jalik muomalalari;
3. Mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;
4. Inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va
taqqoslash
vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin yetarli darajada tahlil
qilinmagan va tuzatilmagan katta tafovutlar;
5. Katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so‘rovlariga
kutilgan javoblar olinmaganligi;
6. Tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli
ruxsat etuvchi ko‘rsatmalar taqtsim qilinmagan xo‘jalik muomalalari.
Auditor to‘plangan dalillar yetarliligini baholashda nomuvofiqliklar
aniqlangan bosqichni (rejalashtirish, audit o‘tkazish) shuningdek, xatolar xatarini
dastlabki baholash va batafsil tekshirish rejalarini ham e’tiborga olinishi lozim.
Agar bunday holatlar rejalashtirish bosqichida aniqlangan va hisobga
olingan bo‘lsa, unda auditor to‘plangan dalillarning yetarliligiga va
rejalashtirilgan hamda qo‘shimcha auditorlik amallarini bajarishning maqsadga
muvofiqligiga baho berishi zarur.
Auditorlik tekshiruvining asosiy bosqichlarini o‘tkazish natijalari audit
o‘tkazishdan qo‘yilgan maqsadga erishilganlik darajasini baholagan holda
auditorning ishchi hujjatlarida qayd qilinishi lozim. Masalan, audit o‘tkazish
dasturining «Debitor va kreditor qarzlarni tekshirish» bo‘limi bo‘yicha o‘tkazilgan
audit natijalarini baholashda quyidagi auditorlik amallarini tahlil qilish va baholash
maqsadga muvofiq:
1. Keyingi pul kirimlari va tegishli schyotlar qoldikdaridan to‘langan
to‘lovlarga
doir
dastlabki
hujjatlarni
tekshirish.
Auditorlar
odatda
buxgalteriya balansi tuzilgandan keyingi to audit o‘tkazilgan oxirgi kunga
qadar amalga oshirilgan to‘lovlarni ham tekshiradi. Bu tekshiruv natijalari
hisob ma’lumotlarining ishonchliligini joriy majburiyatlarni balansda aks
169
ettirishning to‘liqligi va haqqoniyligi nuqtai nazaridan baholashga imkon
beradi. Ushbu amallarni bajarish natijasida joriy majburiyatlar to‘liq va
haqqoniy aks ettirilganligi to‘g‘risida olingan dalillar, buxgalteriya
hisoboti tuzilganidan so‘ng to‘langan qarzlarga nisbatan yetarli darajada deb
baholanishi mumkin. SHundan so‘ng auditor to‘lovi tasdiqlangan va
tasdiqlanmagan qarzlar summalarining katta - kichikligini baholaydi;
2. Schyotlarni buxgalteriya hisoboti tuzilganidan so‘ng tayyorlangan moddiy
javobgar shaxslar hisobotlari bilan, hisob ma’lumotlari bo‘yicha qolditslar
bilan solishtirish. Buxgalteriya hisoboti tuzilgan kundan oldin olingan
barcha schyotlar (etkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan
xizmatlar uchun) joriy davrdagi hisobda va shu davr uchun tuzilgan
hisobotda aks ettirilishi kerak. SHuning uchun buxgalteriya balansi tuzilgan
sanadan so‘ng tayyorlangan materiallar harakati to‘g‘risidagi hisobotlar va
schyotlardagi sanalar, mulklar va majburiyatlarning balansda to‘g‘ri aks
ettirilganligini tekshirish maqsadida taqqoslanishi maqsadga muvofiq;
3. Mavjud qoldiqlarni schyot-fakturalar ma’lumotlari, moddiy javobgar
shaxslar hisobotlari va to‘lov hujjatlari bilan solishtirish. Agar debitor va
kreditor qarzlarning miqtsori xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy ahvoli
uchun sezilarli darajada bo‘lsa, auditorlar hisobga olishning to‘g‘riligi va
aniqligini
tekshirishi,
shuningdek,
hisob
ma’lumotlari
bo‘yicha
majburiyatlarning oshirib ko‘rsatilmaganligini aniqlashlari lozim. Bu holda
dastlabki hujjatlar ma’lumotlari analitik hisob registrlari (jurnallar, oborot
yoki salg‘do vedomostlari) da aks ettirilgan axborotlar bilan, oldin eng
katta qoldiqlilaridan boshlab (chunki ular bo‘yicha oshirib ko‘rsatish
ehtimoli ko‘proq) solishtiriladi. Olingan ma’lumotlar bo‘yicha hisob
yozuvlarida (masalan, bitta schyotni hisob registrida ikki marta aks ettirish
va shunga o‘xshash) majburiyatlar (debitor va kreditor qarzlar) oshirib
ko‘rsatilish holatlarining katta-kichikligini baholash zarur.
Mol yetkazib beruvchilar va boshtsa kontragentlar bilan hisob-kitoblarni
tasdiqlash. Audit o‘tkazish chog‘ida bunday tasdiqni olish majburiy emas.
170
Lekin, ushbu amal ko‘pchilik hollarda katta naf keltirishi mumkin. Masalan,
mol yetkazib beruvchilardan olingan javoblar quyidagilarni tasdiqlash uchun
ishlatilishi mumkin:
1. Mol yetkazib beruvchilar bo‘yicha debitor qarzlar ularning asosli da’vosi
hisoblanadi;
2. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari mol yetkazib beruvchilarga barcha
mavjud qarzlarni o‘zida aks ettiradi;
3. Sotib olingan moddiy resurslar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan
ishlar tegishli hisobot davrida aks ettirilgan.
Bunda audit o‘tkazish chog‘ida kontragentlardan tasdig‘ini olish zarurligi
to‘g‘risida guvohlik beradigan omillarni belgilab qo‘yish kerak:
1. Xaridlarni ichki nazorat qilish tuzulmasining bo‘shligi;
2. Moliyaviy muammolar; tovar-moddiy boyliklar bo‘yicha qoldiqlar
chiqarishda yoki qarzdorlarni tekshirishda yo‘l qo‘yilgan xatolar to‘g‘risidagi
faktlar;
3. Bir necha mol yetkazib beruvchilardan qilingan katta xaridlar; xaridlar
to‘g‘risidagi
hisobot
buxgalteriya
balansini
tuzish
sanasiga
tayyorlanmagan. Tasdiqlash ishlarining natijalarini umumlapggirib,
eng avvalo, ularning ishonchliligini baholash zarur. Bunda qarzlarning
yozma va og‘zaki shaklda tasdiqlangan miqtsori va ahamiyatliligi baholanadi.
Yozma shaklda olingan dalil-isbotlarni eng ishonchli deb tan olish qabul
qilingan.
Yozma
tasdiqlarning
ishonchliligi
ularning
t o‘g‘ri
rasmiylashtirilishiga bog‘liq. Tasdiqlar ishonchliligining tahlilidan kelib
chiqib, tasdiqlangan va tasdiqlanmagan summalarning katta-kichikligi,
shuningdek majburiyatlarning ishonchliligi to‘g‘risida auditor fikrini
shakllantirish uchun olingan dalillar yetarliligi baholanadi.
Debitor va kreditor qarzlar analitik hisobi ma’lumotlarining tengligini
tekshirish. Dastlabki hujjatlarni tekshirib chiqish yoki debitor va kreditor qarzlar
tasdig‘ini olish munosabati bilan auditorlar hisob-kitoblarni hisobga oladigan
analitik hisob registrlarini tekshirib chiqishi, hamda ularni Bosh daftar
171
ma’lumotlari bilan taqqoslashi lozim. Hisob-kitob muomalalari hisobga olinadigan
schyotlarni tahlil qilishda quyidagilar aniqlanishi mumkin:
1. Mol yetkazib beruvchilar schyotlari bo‘yicha debet qoldiqlar;
2. Mansabdor shaxslar, direktorlar, raislar, sho‘’ba va tobe korxonalarga va
boshqa o‘zaro bog‘liq tomonlardan qarzlar summalari;
3. Mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarga doir haddan tashqari
katta tuzatishlar;
4. Da’vo muddati o‘tib ketgan yoki o‘tayotgan to‘lanmay qolgan schyotfakturalar.
Barcha belgi qo‘yilgan summalar yakuniy ishchi hujjatlarini tayyorlashda
tahlil qilinishi va hisobga olinishi lozim. Ushbu ishlarning natijalarini boshqa
olingan dalillar bilan taqqoslash maqsadga muvofiq. Masalan, da’vo muddati o‘tib
ketayotgan to‘lanmay qolgan schyotlar va mol yetkazib beruvchilar bilan hisobkitoblar bo‘yicha debet qoldiqlarning aniqlangan summalariga ma’lumotlar
muvofiqligi to‘g‘risida tasdiq olinishi mumkin. Bu holda auditor analitik hisob
ma’lumotlarining ishonchliligi haqida yetarli dalillarga ega bo‘ladi.
Agarda olingan tasdiqlar natijalariga ko‘ra kontragentda bunday
qarzdorlikning yo‘qligi aniqlansa, u holda auditor analitik hisob ma’lumotlarini
ishonchsiz deb baholashi mumkin.
Analitik hisob registrlari ma’lumotlarini Bosh daftar bilan taqqoslash mijoz
tomonidan vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan nazorat tadbiri bo‘lib hisoblanadi.
Qoidaga ko‘ra, auditorlar qilingan taqqoslashlarni, aniqlangan g‘ayrioddiy
summalarni tahlil qiladi, jami summalarni qayta jamlab chiqadi.
Nazorat uchun savollar.
1. Audit natijalarini baholash nimaga asoslanadi?
2. Nomuvofiqlarni keltirib chiqaruvchi holatlarni sanab bering?
3. Auditorlik hisobotini gapirib bering?
4. Auditorlik xulosasini gapirib bering?
5. Auditorlik xulosasini tuzish tartibini gapirib bering?
172
6. Audit xulosasi qanday turlarga bo‘linadi?
7. Ijobiy audit xulosasini gapirib bering?
8. Salbiy audit xulosasini gapirib bering?
9. Qachon va qanday holatda auditor xulosa berishdan bosh
tortadi?
10. Soxta auditorlik xulosasini gapirib bering?
Nazorat uchun test savollar.
1. Audit natijalarini baholash tartibi qaysi bandda keltirilgan?
1. Ishchi hujjatlarni sharhlash, tayyorlash, aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik
darajasini, dalillarning yetarliligini baholash hamda buxgalteriya axborotlarini
taqdim va bayon qilish;
2.
Hisobot tuzilganidan keyingi hodisalarni baholash, tekshiruv natijalari
bo‘yicha korxona rahbariyatiga taqdim qilinadigan axborotini tuzish, auditorlik
hisoboti va xulosasini tuzish;
3. Korxona rahbariyatiga taqdim qilinadigan axborotlarni, auditorlik hisoboti va
xulosasini tuzish.
4. A va B javoblar to‘g‘ri.
2. Nomuvofiqlarni keltirib chiqaruvchi holatlar qaysi bandda keltirilgan?
1.
Auditor tomonidan ochilmagan xatolarni aniqlash, auditorga o‘z vaqtida
taqdim qilinmagan hujjatlar, hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar, inventarizatsiya
natijasida aniqlangan, lekin yetarlicha tahlil qilinmagan tafovutlar, hujjatlar
bilan rasmiylashtirilmagan muomalalari.
2. Auditor omonidan ochilmagan xatolarni aniqlash, auditorga o‘z vaqtida taqdim
qilinmagan hujjatlar.
3. Hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar, inventarizatsiya natijasida aniqlangan,
lekin yetarlicha tahlil qilinmagan tafovutlar, hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan
muomalalari.
173
4. Barcha javoblar to‘g‘ri
3. Auditorlik hisoboti ta’rifi qaysi bandda keltirilgan?
1. Auditorlik tekshiruv natijasida buxgalteriya hisobini yuritishda, hisobotlarni
tuzishda aniqlangan qoida-buzarliklar to‘g‘risidagi axborotlarni korxona
rahbariga yoki mulkdorlarga yo‘llangan hujjat.
2. Audit davomida topilgan kamchiliklar izohi.
3. Korxona faoliyatini tahlili.
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
4. Auditorlik xulosasi ta’rifi qaysi bandda keltirilgan?
1. Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi
yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi
to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri.
2. Audit davomida topilgan kamchiliklarni izohi.
3. Korxona faoliyatini tahlili.
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
5. Auditorlik xulosasini tuzish tartibi qaysi bandda keltirilgan?
1. Audit obyektlari yoziladi, korxona yillik hisoboti to‘g‘ri tuzilganligiga baho
beriladi va matbuotda e’lon qilishligi bayon qilinadi, buxgalteriya hisobini tashkil
qilish qonun talablariga mosligi baholanadi.
2. Audit obyektlar yoziladi, yillik hisobotga baho beriladi.
3. Korxona yillik hisoboti to‘g‘ri tuzilganligiga baho beriladi va matbuotda e’lon
qilishligi bayon qilinadi.
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
6. Audit xulosasi qanday turlarga bo‘linadi?
1. Ijobiy.
2. Salbiy.
3. Ijobiy, salbiy, soxta va shartli-ijobiy
4. Soxta.
7. Ijobiy audit xulosasi tushunchasi qaysi bandda keltirilgan?
174
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti va sodir etilgan moliyaxo‘jalik muomalalari qonunchilk talablariga muvofiqligiga ishonch hosil
qilinganda.
2. Audit to‘liq o‘tkazilganda.
3. Audit xizmati uchun shartnomada ko‘rsatilgan summa o‘tkazib berilganda.
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
8. Salbiy audit xulosasi tushunchasi qaysi bandda keltirilgan?
1. Moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ishonarli ma’lumot
bermaganda va korxonaning buxgalterlik hisobini yuritish amaldagi qonunchilik
talablariga mos kelmagan holda.
2. Buxgalterlik hisoboti hamda uning moliya-xo‘jalik faoliyati hisobi amaldagi
me’yoriy qonunchilik talablariga mos kelmagan holda.
3. Moliyaviy hisobot korxonaning to‘g‘risida ishonarli ma’lumot bermaganda.
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
9. Qachon va qanday holatda auditor xulosa berishdan bosh tortadi?
1. Auditor mustaqilligini yo‘qotishi, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan, yoki
ayrim murakkab vaziyatlar tufayli audit o‘tkazish sohasining cheklab qo‘yilishi.
2. Balans tuzilgan sanadan keyigi sodir bo‘lgan jiddiy hodisalar yoki vaziyatning
noaniqligi aniqlanganda.
3.
Ayrim murakkab vaziyatlar tufayli audit o‘tkazish sohasining cheklab
qo‘yilishi sodir bo‘lganda.
4. B va C javoblar to‘g‘ri.
2. Qisman tuzilgan xulosa.
3. Kechikib tuzilgan xulosa.
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
12-Mavzu: Uzoq muddatli aktivlar auditi
Mavzu bo‘yicha atamalar: asosiy vositalar, kapital qo‘yilmalar, nomoddiy
aktivlar, ijaraga olingan asosiy vositalar, asosiy vositalarni amartizatsiyasi.
175
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
“BBB”, “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Uzoq muddatli aktivlar auditida foydalaniladigan ma’lumotlar manbalari
Uzoq muddatli aktivlarni (asosiy vositalarni) auditorlik tekshiruvdan
o‘tkazishda foydalaniladigan manbalar tarkibi korxonada buxgalteriya hisobning
qabul qilingan shakliga bog‘liq. Buxgalteriya hisobni qo‘lda yuritish sharoitida:
hisob registrlari (jurnal-orderlar, vedomostlar, kartochkalar, me’morial orderlar)
avtomatlashtirilgan hisob shaklida esa, kompyuter dasturlari,
perfokartalar,
videogrammalar
mashinagrammalar,
va
tabulyagrammalar
perfolentalar,
audit
o‘tkazish
manbalari bo‘lib xizmat qiladi.
Hisobchilikning har qanday shaklida auditning asosiy manbasi bo‘lib, asosiy
vositalarning harakatini va uchyotga olishni huquqiy jihatdan tasdiqlovchi
birlamchi hujjatlar (asosiy vositalarni kirimi, chiqimi, xo‘jalik ichidagi siljishi,
ta’mirlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan birlamchi hujjatlar), me’yoriy ko‘rsatmalar
(auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun va auditning xalqaro va milliy andozalari,
korxona ustavi, Moliya vazirligining nizomlari, yo‘riqnomalari, yo‘riq xatlari,
soliq va fuqorolik kodekslari) va hukumat tomondan qabul qilinadigan qarorlar,
farmonlar auditning huquqi asosi bo‘lib hizmat qiladi. Bunday hujjatlar turkumiga
qo‘ydagi hujjatlar kiradi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va Soliq qo‘mitasining
asosiy vositalarni buxgalteriya hisobini tashkillash va ularni soliqqa tortish
masalalarini tartibga soladigan me’yoriy hujjatlar;
176
2. Korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i;
3. Asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qo‘llaniladigan
analitik va sintetik hisob registrlari;
4. Buxgalteriya hisobotlari;
5. «Asosiy vositalarni qabul-topshirish dalolatnomasi (OS-1)»;
6. «Asosiy vositalarni kelishi to‘g‘risidagi yuk xati (OS-2)»;
7. «Ta’mirlangan asosiy vositalarni foydalanishga topshirish
dalolatnomasi (OS-3)»;
8. «Kapital qurilish obektlarini ishga tushirish to‘g‘risidagi
dalolatnoma»;
9. «Asosiy vositalarni tugatish dalolatnomasi (OS-4);
10. «Asosiy vositalar inventar kartochkasi (OS-6,7,8,9)»;
11. «Inventar kartochkalarni ro‘yxatga olish kitobi (OS-10)»;
12. «Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga oluvchi
kartochka (OS-12)»;
13. «Asosiy vositalarning harakati to‘g‘risidagi
kartochka (OS-12)»;
14. «Asosiy vositalarga eskirish va amortizatsiya hisoblash
qaydnomasi»;
15. Jurnal orderlar, qaydnomalar va me’morial orderlar;
16. Yillik moliyaviy hisobotlar.
§2. Uzoq muddatli aktivlar audiauditning vazifalari
Qo‘ydagilar asosiy vositalarning kelishini, saqlanishini, ishlatilishini va
hisobini audit qilishning asosiy vazifalari bo‘lib hisoblanadi:
1. Asosiy vositalar harakatini asoslovchi birlamchi hujjatlarni qonuniy
tuzilganligini tekshirish;
2. Asosiy vositalarni saqlanishini ta’minlovchi shart-sharoitlarga amal
qilinishini tekshirish;
177
3. Asosiy vositalarning mavjud zaxiralari va ularni saqlanishi ustidan nazorat
o‘rnatilganligini tekshirish;
4. Asosiy vositalarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvi va kimga
taalluqli ekanligi hamda guruhlash belgilariga ko‘ra turkumlarga ajratilishini
tekshirish;
5. Asosiy vositalarni hisobda to‘g‘ri baholanishini tekshirish;
6. Asosiy vosita obektlarini eskirishi va ta’mirlanishi bo‘yicha hisoblarni
to‘g‘ri tuzilganligi va buxgalteriya hisobida qaydlanishini tekshirish;
7. Asosiy vositalardan to‘g‘ri va samarali foydalanishni tekshirish;
8. Mavjud asosiy vositalar va ularning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
buxgateriya hisobi va hisobotlarida to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish;
9. Asosiy vositalarning ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan mablag‘laridan
to‘g‘ri foydalanishni tekshirish;
10. Korxonani asosiy vositalar bilan to‘la ta’minlanishini va ularning texnik
holatini tekshirish;
11. Korxona uchun keraksiz bo‘lgan asosiy vositalarni aniqlab, ularni
hisobga olish to‘g‘risida ko‘rilgan chora-tadbirlarni tekshirish;
12. Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki
hujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirishni tekshirish;
13. Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik hisob
registrlarida aks ettirishni tekshirish;
14. Asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa tortishni
tekshirish;
15. Asosiy vositalarni qayta tiklash, ta’mirlash, zamonaviylashtirish va qayta
jihozlash xarajatlarini ustidan nazorat o‘rnatilganligini va ularni buxgalteriya
hisobda to‘g‘ri aks ettirishni (muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirish;
ta’mirlash usullari; ta’mirlash xarajatlarini tannarxga olib borish) tekshirish;
16. Asosiy vositalar korxona buxgalteriyasidagi sintetik va analitik
hisobining holatini baholash;
178
17. Belgilangan qoidalarga muvofiq korxonaning o‘ziga qarashli (0110-0199
schyotlar), joriy tartibda ijaraga olingan (001-schyot) va moliyaviy lizing
asosida olingan asosiy vositalarni (0310-schyot) saqlash joylarida moddiy
javobgar shaxslar bo‘yicha hisobga olishning tashkil etilishini baholash;
18. Korxonaning o‘ziga qarashli va moliyalanadigan lizing asosida olingan
asosiy vositalar bo‘yicha oylik eskirish hisoblanishining to‘g‘riligini
tekshirish (0211-0299-schyotlar). CHunki, bu ma’lumotlar realizatsiya
qilinadigan mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710
schyotlar
debeti)
shakllanishi
bilan
bog‘liq
bo‘lib,
oqibatda,
korxonaning moliyaviy natijalari (balans foydasi yoki zarari)ga va
byudjetga to‘lanadigan foyda (daroma4. solig‘ining miqdorini tekshirish;
19. Asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda
ularni yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog‘liq
muomalalar bo‘yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish;
20. Asosiy vositalarni xo‘jalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy)
ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning korxonada amal qilinayotgan hisob
yuritish siyosatidan kelib chiqqan holda baholash va tekshirish.
Auditor asosiy vositalarning butligini ta’minlovchi chora-tadbirlarni
tekshirishda, ularni moddiy javobgar shaxslarga to‘g‘ri biriktirilganligini, korxona
xududidan olib chiqish tartibini, ashyoviy yo‘qlamadan o‘tkazilganligini va uning
natijalarini o‘z vaqtida rasmiylashtirilganligini hamda kamomadga yo‘l qo‘ygan
xodimlarga nisbatan ko‘rilgan choralarni tekshiradi.
Moliyaviy natijalar, byudjet bilan hisoblashuvlar va asosiy vositalar harakati
to‘g‘risidagi hisoblarning aniqligi asosiy vosita obektlarining hisobda to‘g‘ri
baholanishiga bog‘liq. Auditor asosiy vositalar xarid qilingan yoki qurilgan va
ishlatishga qabul qilingan davrning bozor baholarini urganib chiqadi va asosiy
vositalarning to‘g‘ri baholanganligini “Asosiy vositalarni qabul–topshirish
dalolatnomasi”ga asosan tekshiradi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunniga muvofiq asosiy vositalar
buxgalteriya hisobida dastlabki qiymatlari bo‘yicha hisobga olinadi.
179
Asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagicha topiladi:
1. Korxonaning o‘z kuchi bilan qurilgan yoki boshqa korxonalardan
sotib olingan asosiy vositalarni to‘liq dastlabki qiymati ularni qurish,
sotib olish va ishlatishga tayyorlashda sarflangan haqiqiy xarajatlardan
tashkil topadi;
2. Ta’sischilardan ustav fondiga badal to‘lovi hisobiga qabul qilingan
asosiy vositalarning to‘la dastlabki qiymati, taraflarning kelishuviga
asosan belgilanadi;
3. Boshqa korxona va shaxslardan bepul olingan obektlarning to‘la
dastlabki qiymati, ekspert yo‘li bilan yoki qabul qilish - o‘tkazib
berish dalolatnomasi ma’lumotlariga qarab o‘rnatiladi;
4. Boshqa korxonalardan sotib olingan va yangi bo‘lmagan asosiy
vositalarni to‘la dastlabki qiymati ularni xarid baholariga tashib
keltirish, o‘rnatish va ishga tushirish xarajatlarini qo‘shib topiladi.
Asosiy vositalarni tiklash qiymati narxlarni o‘zgarishi natijasida hukumat
qaroriga muvofiq o‘rnatiladi va barcha asosiy vositalar joriy narxlarda qayta
baholanadi.
Asosiy vositalarni qoldiq qiymati ularning balans qiymatidan eskirish
summasini ayirib tashlash yo‘li bilan topiladi.
Yangidan qurilayotgan binolarning qiymatini aniqlashda qurilish muddatlari
hisobga olinadi. Respublikamizda qo‘llanilayotgan baho tariflari O‘zbekiston
Respublikasi Moliya hamda Iqtisodiyot vazirliklari va Davlat statistika qo‘mitasi
tomonidan belgilanadi.
Ustav fondiga hissa shaklida qo‘shilayotganda asosiy vositalar qiymatini
aniqlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
1.
Hissa
shaklida
olinayotgan
asosiy
vositalar
qiymatini
to‘g‘ri
o‘rnatilganligini (agar ularni qiymati bozorda sotish bahosiga nisbatan
ortiqcha qo‘yilsa, bu hamkorlik qiluvchi korxonaning ustav fondiga
qo‘shgan hissasini noto‘g‘ri aniqlashga olib keladi);
180
2. Sotib olingan va yangitan qurib bitkazilgan asosiy vositalar qiymatini
to‘g‘ri o‘rnatilganligini (agar asosiy vositalar qiymati sun’iy oshirilsa, ularga
hisoblanadigan eskirish summasini ko‘payishiga va korxona foydasini
kamayishiga olib keladi);
3. Asosiy vositalar qiymatini korxona balansida to‘g‘ri ko‘rsatish.
Asosiy vosita obektlarining to‘g‘ri baholanishi quyidagi tadbirlarga bog‘liq:
1. Asosiy vositalarni qabul qilish va ularni natijalarini rasmiylashtirish
bo‘yicha korxonada malakali komissiya tashkil etilganligiga;
2. Jismoniy shaxslardan sotib olingan asosiy vositalarga sotish va sotib olish
shartnomasini
tuzilganligi
va
unda
obektlar
qiymatining
to‘g‘ri
ko‘rsatilishiga;
3. Asosiy vositalar qayta baholanishini to‘g‘ri o‘tkazilishiga;
4. Ijara shartnomalarida asosiy vositalarni qiymatini to‘g‘ri ko‘rsatilishiga.
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashdan avval quyidagilarni aniqlashi
zarur:
1. Korxonaning asosiy vositalar hisobini tashkil qilish
bo‘yicha
tekshirilayotgan hisobot davridagi hisob yuritish siyosatini o‘tgan hisobot
davridagiga nisbatan o‘zgarganligini;
2. Asosiy vositalarning so‘nggi invetarizatsiya (ashyoviy ro‘yxat)dan
o‘tkazilganligini va uning natijalarini to‘g‘ri aniqlanganligini;
3. Asosiy vositalarni qayta baholash materiallari va ularni hisobda to‘g‘ri
aks ettirilganligini (bunda auditor O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitalarining
tegishli me’yoriy hujjatlariga muvofiq korxona balansida turadigan va qayta
baholangan asosiy vositalar tiklanish qiymati bo‘yicha aks ettirilishini
nazarda tutishi lozim);
4. Korxonada asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha doimiy
malakali komissiya tashkil etilganligini;
181
5. Asosiy vositalarni foydalanish joylarida saqlash uchun javobgar
shaxslar haqida buyruq (farmoyish) ning mavjudligini, shuningdek ular
bilan moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnomalar tuzilganligini;
6. Tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan va olinmagan yuridik hamda
jismoniy shaxslar bilan asosiy vositalar ijarasi bo‘yicha tuzilgan
shartnomalarni mavjudligini;
7. Buxgalteriyada asosiy vositalar kartotekasi (AV-6 va AV-8 shaklidagi
inventar kartochkalar) va kompyuterda yoki qo‘lda bajariladigan variantdagi
aniq inventar ro‘yxati (AV-9 shakl) yuritilganligini;
8. Ishdan bo‘shab ketgan moddiy javobgar shaxslar haqida ma’lumotlarni
(buyruqlar, xodimlar ro‘yxati) mavjudligini;
9. Asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi
me’yoriy hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi
(unifikatsiyalangan)
idoralararo
dastlabki
hujjatlar
bilan
korxona
buxgalteriyasi qay darajada ta’minlanganligini.
Shu tarzda olingan ma’lumotlar auditorga mazkur korxonada asosiy
vositalar hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lish
imkonini va tekshiruvda e’tibor berish lozim bo‘lgan masalalarni aniqlashga
yordam beradi.
§3. Asosiy vositalar auditi xususiyatlari va undagi audit amallari
Asosiy vositalar saqlanishini ta’minlovchi sharoitlarga rioya qilinishini
tekshirish. Agar korxonada asosiy vositalarni noqonuniy sotish yoki almashtirish
to‘g‘risida xabarlar bo‘lsa, auditor auditni to‘satdan o‘tkaziladigan inventarizatsiya
bilan boshlashi kerak. Bunday xabarlar bo‘lmasa, avvalo, asosiy vositalar
“pasporti” vazifasini o‘taydigan, “Asosiy vositalarni inventar kartochkalari”ni
mavjudligi va ularning holati hamda asosiy vositalar analitik hisobi ma’lumotlarini
sintetik hisob ma’lumotlariga muvofiqligi tekshiriladi. Buning uchun, auditor
asosiy vositalarni inventar ro‘yxati (OS-10) kartochkasidagi ma’lumotlarni har bir
182
vosita bo‘yicha tuziladigan inventar kartochkalar ma’lumotlari bilan taqqoslaydi.
Agar kartochkalar to‘liq bo‘lmasa, unda inventar kartochkalari nima sababdan
ochilmaganligi aniqlanadi va inventar kartochkalarini tuzish tavsiya etiladi.
Tekshiruvni keyingi bosqichida auditor asosiy vositalarning inventar
kartochkalari bo‘yicha umumiy qiymatini «Asosiy vositalar» sintetik schyotining
ma’lumotlari bilan taqqoslaydi. Agar taqqoslash vaqtida tafovutlar aniqlansa,
auditor uning sabablarini va aybdorlarini hamda buning oqibatida mulk solig‘ini va
amortizatsiya summasini qanchaga kamroq yoki ko‘proq hisoblanganligini
aniqlaydi.
Auditor tanlab tekshirish yordamida asosiy vositalardan to‘g‘ri foydalanishni
aniqlaydi. Agar asosiy vositalar kamomadi aniqlansa, moddiy javobgar
shaxslardan yozma tushuntirish xati olib, uni undirib olish to‘g‘risida tegishli fikr
bildiradi.
Asosiy vositalar inventarizatsiyasi sifatini tekshirganda inventarizatsiya
muddatiga rioya qilinganligi, asosiy vositalarni saqlash holatiga ta’sir etuvchi
omillar va korxona uchun keraksiz asosiy vositalar mavjudligi aniqlanadi.
Asosiy vositalarni ishlatishga qabul qilish va hisobdan chiqarishning
auditi. orxonalarda asosiy vositalar harakatini o‘z vaqtida to‘g‘ri hujjatlashtirish va
hisobga olish muhimdir. Asosiy vositalar harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni
tekshirishda auditor bu operatsiyalarni qonuniyligini, maqsadga muvofiqligini va
dastlabki hujjatlar bilan to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi.
Korxonaga asosiy vositalar quyidagi yo‘llar bilan qabul qilinishi mumkin:
1. Korxonani o‘z kuchi bilan yangi obektlarni qurish, ishga tushirish va sotib
olingan yangi mashina va asbob-uskunalarni o‘rnatish;
2. Asosiy vositalarni mol yetkazib beruvchi va pudratchilardan yoki boshqa
korxona va tashkilotlardan sotib olish;
3. Asosiy vositalarni boshqa tashkilotlardan bepul olish;
4. Asosiy vositalarni hamkorlikdagi korxonalardan hissa tariqasida olish;
5. Inventarizatsiya natijasida hisobga olinmagan asosiy vositalarni kirim
qilish.
183
Korxonaga qabul qilinayotgan asosiy vositalar korxona rahbari tomonidan
maxsus tuzilgan va tasdiqlangan komissiya tomonidan tuziladigan «Asosiy
vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu
dalolatnomada asosiy vositalarning dastlabki bahosi, eskirish me’yori, qabul
qilinayotgan vositalarning qisqacha tavsifi, komissiya tarkibi va qaysi schyotga
qabul qilinishi ko‘rsatiladi. Dalolatnomaga asosiy vositani tavsiflovchi smeta va
boshqa texnik hujjatlar ilova qilinadi. Dalolatnoma korxona rahbari tomonidan
tasdiqlanadi.
Aksariyat hollarda asosiy vositalar korxonaga sotib olish va kapital
qo‘yilmalar natijasida qabul qilinadi.
Kapital qo‘yilmalar natijasida qabul qilingan asosiy vositalarni qonuniyligi
va baholarining to‘g‘riligi qo‘rilish obektlarini titul ro‘yxati bilan solishtirish
natijasida aniqlanadi.
Bepul qabul qilingan asosiy vositalar bo‘yicha operatsiyalarni tekshirishga
auditor alohida ahamiyat berishi kerak. Bunday asosiy vositalar qachon qabul
qilinganligini, ularni keltirish, o‘rnatish va ishga tushirish uchun qilingan
xarajatlarni tarkibini va asoslanganligini, buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks
ettirilganligini tekshiradi. SHu bilan birga, avval, olingan va hisobga olinmagan
asosiy vositalar mavjudligiga ham ahamiyat berishi kerak.
Auditor «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi»ni o‘z
vaqtida tuzilganligini hamda asosiy vositalarni hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini
tekshiradi. Asosiy vositalarni o‘z vaqtida hisobga olmaslik natijasida amortizatsiya
ajratmalari summasi kamayadi, natijada mahsulotlar tannarxi va korxona
moliyaviy natijalari noto‘g‘ri hisoblanadi. Bunday hollarni tekshirish uchun
dastlabki hujjatlardagi ma’lumotlar, asosiy vositalarni «Asosiy vositalar» schyotiga
qabul qilingan sanalari bilan taqqoslanadi. Auditor aniqlangan kamchiliklar
sababini va aybdor shaxslarni aniqlab, ularni bartaraf qilish choralarini belgilaydi.
Odatda, asosiy vositalar ishlatishga qabul qilinayotganda «Kapital
qo‘yilmalar» sintetik schyotlari guruhidan foydalaniladi. «Kapital qo‘yilmalar»
sintetik schyotlari guruhi asosiy vositalarni qurish, sotib olish va asosiy podani
184
tuzish xarajatlarini hisobga olish uchun ishlatiladi (hamkorlikdagi korxonalar
hissasini, bepul olingan va inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan asosiy
vositalarni qabul qilish bundan mustasno).
«Kapital qo‘yilmalar» schyotlari guruhiga quyidagi schyotlar kiradi:
1. «Tugallanmagan qurilish»;
2. «Asosiy vositalarni sotib olish»;
3. «Nomoddiy aktivlarni sotib olish»;
4. «Asosiy podani shakllantirish»;
5. «Har xil kapital qo‘yilmalar».
Ushbu schyotlarni debetida bino va inshootlarni qurish, ishga tushirish,
asbob-uskuna va boshqa buyumlarni sotib olish qiymati, ularni olib kelish va
foydalanishga topshirish xarajatlari hisobga olinadi.
Mol yetkazib beruvchilardan asosiy vositalar sotib olinganda va pudratchilar
tomonidan qurib bitkazilgan obektlarni qabul qilib olishda «Asosiy vositalarni
qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» to‘ldiriladi. Mol yetkazib beruvchilar
oldindan tuzilgan shartnoma asosida korxonalarga asosiy vositalar yetkazib
berganda schyot-faktura, schyot-to‘lov talabnomasi, tovar yuk xati, schyot yoki
boshqa hujjatlarda asosiy vositalarni sotib olish qiymati, tashib keltirish, yuklabtushirish va boshqa xarajatlari ko‘rsatiladi. Masalan, korxona tomonidan bir dona
yuk avtotransport pritsepi bilan qabul qilindi. Ushbu vositaning kelishilgan xarid
narxi 40000000 so‘m, ta’minot tashkilotining ustamasi 6000000 so‘m, pritsepni
olib kelish bilan bog‘liq transport xarajatlari 2000000 so‘m. Bu xo‘jalik jarayoni
quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi.
Dt-“Kapital Qo‘yilmalar” - 46200000 so‘m;
Kt-“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashishlar” - 46200000
so‘m
Ushbu yuk avtotransporti pritsepi bilan asosiy vositalar tarkibiga dastlabki
qiymati bo‘yicha qabul qilinganda:
Dt-“Transport vositalar” - 46400000so‘m
Kt-“Kapital Qo‘yilmalar” - 46200000 so‘m.
185
Mol yetkazib beruvchilarga asosiy vositalar uchun pul o‘tkazib berilganda:
Dt-“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisoblashishlar” 46200000 so‘m
Kt-“Hisob-kitob schyoti” - 46200000 so‘m o‘tkazmasi bilan aks ettiriladi.
Boshqa korxona va shaxslardan bepul olingan hamda hokimiyat
organlaridan subsidiya shaklida qabul qilingan asosiy vositalar quyidagi
buxgalteriya
provodkalari
bilan
rasmiylashtiriladi.
Masalan,
korxonaga
kompyuterlar bepul olinganda ularning dastlabki qiymatiga:
Dt-Kompyuterlar - 1140000 so‘m
Kt-Beg‘araz yordam tarzida olingan mol-mulk - 1140000 so‘m
Olingan davrgacha bo‘lgan eskirish qiymatiga:
Dt- Beg‘araz yordam tarzida olingan mol-mulk-» - 240000 so‘m
Kt-Asosiy vositalarning eskirishi-» 240000 so‘m provodkasi beriladi.
Agarda qabul qilib olinayotgan asosiy vositalar yangi bo‘lib ilgari
foydalanilmagan bo‘lsa, u holda ularning dastlabki qiymatiga quyidagi
buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Dt-Asosiy vositalar
Kt- Beg‘araz yordam tarzida olingan mol-mulk
Odatda, korxonadagi asosiy vositalar ma’lum muddatlarda inventarizatsiya
qilib turiladi. Inventarizatsiya maxsus tuzilgan komissiya tomonidan o‘tkazilib
uning
natijasi
inventarizatsiya
dalolatnomasi
va
bayonnomasi
bilan
rasmiylashtiriladi. Agar inventarizatsiya natijasida asosiy vositalar ortiqcha chiqsa,
bayonnomada uning sababi va aybdori ko‘rsatiladi va ortiqcha chiqqan asosiy
vositalar qiymati korxonaning balansiga qabul qilinadi. Masalan, inventarizatsiya
natijasida bir dona hisobga olinmagan shkaf aniqlandi. Komissiya tomonidan
shkafning tiklash bahosi 620000 so‘m, eskirish summasi 120000 so‘m deb
belgilandi.
Ushbu
operatsiyalar
quyidagi
buxgalteriya
rasmiylashtiriladi:
Asosiy vositani tiklash qiymatiga:
Dt-“Mebel va ofis jihozlari” -
620000 so‘m
186
provodkasi
bilan
Kt-“Boshqa operatsion daromadlar” - 620000 so‘m.
Ularning eskirish qiymatiga:
Dt-Boshqa operatsion daromadlar 120000 so‘m
Kt-Mebel va ofis jihozlari eskirishi 120000 so‘m
Agar inventarizatsiya natijasida foydalanilmagan asosiy vositalar aniqlansa
ular korxona balansiga dastlabki qiymatlari bo‘yicha qabul qilinadi.
Asosiy vositalar quyidagi hollarda hisobdan chiqariladi:
1. Foydalanishga yaroqsiz bo‘lganda;
2. Xizmat muddatini to‘liq o‘tab bo‘lganda;
3. Boshqa tashkilot va shaxslarga sotilganda;
4. Hissa tariqasida yoki bepul boshqa tashkilotlarga berilganda;
5. Inventarizatsiya natijasida kamomadi aniqlanganda.
Asosiy vositalar hisobdan chiqarilayotganda maxsus komissiya tomonidan
ular ko‘rib chiqiladi va tugatish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomada asosiy vositani foydalanishga berilgan vaqti, dastlabki qiymati,
eskirish summasi ularni tugatishdan kirimga olinadigan moddiy boyliklarni
qiymati, tugatish xarajatlari va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Dalolatnoma
korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar
«Asosiy vositalarni va boshqa aktivlarni sotish va hisobdan chiqarish» schyotida
hisobga olinadi. SHuningdek, ushbu schyotda korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy
vositalarni sotish va boshqa sabablarga ko‘ra korxonadan chiqib ketishi bilan
bog‘liq bo‘lgan moliyaviy natijalar ham aniqlanadi.
Asosiy vositalarni korxonadan chiqib ketishi bilan bog‘liq operatsiyalar
tekshirilganda
auditor
bu
operatsiyalarning
to‘g‘ri
rasmiylashtirilishiga ahamiyat berishi kerak.
Asosiy
vositalarni
tugatilishi
operatsiyalarni tekshirganda
bilan
bog‘liq
auditor tugatish
sabablarini (eskirish natijasida ishga yaroqsiz bo‘lishi,
187
va
o‘z
vaqtida
avariya,
tabiiy ofat, foydalanish sharoitlari buzilishi va x.k.) aniqlashi kerak.
Shuningdek, auditor asosiy vositalarni tugatilishi natijasida olingan materiallarning
to‘g‘ri baholanishi va to‘liq kirim qilinishini tekshiradi, chunki eskirgan
buyumlarni o‘rniga ba’zida yangi ehtiyot qismlar va materiallar hisobdan
chiqarilishi mumkin. Agar asosiy vositalarni korxona xodimlariga sotilishi
aniqlansa, unga kim ruxsat bergani, ularni korxonaga kerakligi hamda qiymatini
to‘langanligi tekshiriladi.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish natijasida korxona zarar yoki foyda
olishi mumkin. Auditor asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan
moliyaviy natijalarni to‘g‘ri hisobga olinishini va mazkur natijalarni foyda
solig‘iga to‘g‘ri tortilishini tekshiradi.
Ijaraga olingan asosiy vositalar auditi. Ijaraga olingan asosiy vositalar
auditining asosiy vazifalari quyidagilardir:
1. Ijaraga berish dalolatnomasining to‘g‘ri rasmiylashtirilishini tekshirish;
2. Asosiy vosita ijarasining muddatlarini aniqlash;
3. Joriy va uzoq muddatli mulk ijarasini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri
ko‘rsatilishini tekshirish;
4. Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar bo‘yicha eskirishini to‘g‘ri
hisoblashni tekshirish;
5. Lizing operatsiyalari hisobini to‘g‘ri tashkil etilishini tekshirish.
Ijaraga olingan asosiy vositalar bilan bog‘liq operatsiyalarni tekshirganda
auditor ijara shartnomalari asosida ijara muddatlari, munosabatlari va shartsharoitlari to‘g‘ri hisobga olinganligini aniqlaydi. Ijara munosabatlari davomiyligi
bo‘yicha 3 turga bo‘linadi:
1. Uzoq muddatli (lizing) - 3 yildan ortiq;
2. O‘rta muddatli (xayring) - 1 yildan-3 yilgacha;
3. Qisqa muddatli (reyting) - 1 yilgacha.
Mulkni ijaraga berish shartlariga ko‘ra ijara joriy va uzoq muddatli ijaralarga
ajratiladi.
188
Joriy ijarada mulk ma’lum muddatga ijaraga olinib keyin egasiga qaytarib
beriladi. Joriy ijaraga olingan asosiy vositalar balansdan tashqari «Tezkor lizing
bo‘yicha olingan asosiy vositalar» schyotda dastlabki qiymatda hisobga olinadi.
Auditor tekshiruv jarayonida joriy ijaraga berilgan asosiy vosita ijara
beruvchiga qaytarilishiga, ijara muddatida mulkdorning huquq va majburiyatlari
saqlanib qolishiga, mulkni ijaraga berishdan ko‘rilgan moliyaviy natijalar ijaraga
beruvchining daromadi yoki kelgusi davr xarajati sifatida hisobga olinishiga e’tibor
qaratadi.
Uzoq muddatli yoki moliyalashtirilgan ijara quyidagi shartlarga javob
berishi kerak:
1. Ijaraga olingan mulk qiymati ijara haqiga teng yoki undan ko‘proq
bo‘lishi shart;
2. Ijarachi mulk egasining huquqlarini va javobgarligini o‘z zimmasiga
oladi;
3. Ijarachi istagan vaqtda ijaraga olingan mulkni sotib olishi mumkin.
Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar «Moliyaviy lizing
shartnomasi asosida olingan asosiy vositalar» schyotida, ijara haqi bo‘yicha
hisoblashuvlar esa, ijara beruvchining buxgalteriyasida «Moliyalashtirilgan lizing
bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar» schyotida hisobga olinadi.
Uzoq muddatga ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta’mirlashga tegishli
bo‘lgan kapital sarflar, ijarachi hisobidan qoplanishi belgilangan bo‘lsa, unda ijara
muddati tugagandan so‘ng asosiy vosita ijarachiga bepul o‘tkazib beriladi.
Lizing beruvchi korxonalar operativ lizing bo‘yicha berilgan asosiy
vositalar uchun lizing oluvchi korxonadan olinishi lozim bo‘lgan to‘lovni
(qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birg1. operatsion daromadlar tarkibiga (Dt 4810
schyot Kt 9350) kiritadi. Lizingga berilgan mulkning eskirish summasini esa
operatsion xarajatlar tarkibiga qo‘shadilar (Dt 9350, Kt 0220) ya’ni olingan
daromad eskirish summasiga kamaytiriladi. Bunda lizing beruvchi korxona
byudjetga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hisoblaydi (Dt 9350, Kt 6410) va
to‘laydi (Dt 6410, Kt 5110).
189
Lizing oluvchi korxonalar operativ (qisqa muddatli) lizing uchun
to‘lanadigan lizing to‘lovi summalarini ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shadilar
(2010, 2310, 2310, 2710 schyotlar debeti va 6910-schyot «To‘lanadigan qisqa
muddatli ijara haqi» schyoti krediti), to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)
summasi esa (4410 schyot debeti va 6910 schyotning krediti) pravodkasi bilan aks
ettiriladi.
Ijaraga olingan asosiy vositalarni joriy ta’mirlash xarajatlari lizing
oluvchi, kapital ta’mirlash xarajatlari esa shartnomadagi kelishuvga muvofiq lizing
oluvchi yoki lizing beruvchi hisobidan amalga oshiriladi.
Mulkni keyinchalik sotib olish huquqini beruvchi moliyalanadigan lizing
shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar, birinchidan, lizing oluvchi
korxonada 0310-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy
vositalar» degan schyotda hisobga olinadi. Ikkinchidan, asosiy vositalarni
moliyalanadigan lizing shartnomasi bo‘yicha oluvchi korxonalar ularga har oyda
belgilangan umumiy tartibda eskirish hisoblab, 0299 schyotda aks ettirib boradi,
(Debet 2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar va kredit 0299 schyot). Uchinchidan,
ijaraga beruvchi bilan asosiy vositalar lizingi uchun hisob-kitoblar lizing oluvchi
korxonada shu maqsadda maxsus belgilangan 6910-«To‘lanadigan qisqa muddatli
ijara haqi» va 7910-«To‘lanadigan uzoq muddatli ijara haqi» schyotlarida hisobga
olinadi. SHunday qilib, auditor faqat korxonada moliyalanadigan lizing
shartnomasi bo‘yicha olingan yoki berilgan asosiy vositalar hisobini tashkil
etishning to‘g‘riligini tekshirmasdan, balki lizing oluvchi bilan lizing beruvchi
o‘rtasidagi hisob-kitoblarning holatini ham tekshirishi lozim. Lizing oluvchi bilan
lizing
beruvchining
o‘zaro
hisob-kitoblarini
tekshirish
(solishtirish)
dalolatnomasini ham tekshirishi zarur.
Ko‘pchilik firmalar, qo‘shma korxonalar, vakolatxonalar avtomobillarni
sotib olinganidan ko‘ra ularni jismoniy shaxslardan ijaraga oladilar. Bunda
auditor avtomashinani ishlatish va ta’mirlash xarajatlarini qoplash, hisoblashishlar
tartibi kelishilgan ijara shartnomasi bilan tanishishi lozim.
190
Jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra ijara to‘lovlarini
ijarachi tomonidan uning xarajatlariga qo‘shilishi (2010, 2310, 2510, 2710
schyotlar debet va 6910 schyot kredit) pravodkasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hisoblangan ijara to‘lovi summasidan undirilgan daromad solig‘i summasi Debet
6910 schyot Kredit 6410 pravodkasi bilan rasmiylashtiriladi. Jismoniy shaxslar
ulardan ijaraga olingan asosiy vositalar uchun hisoblangan ijara to‘lovi
summasidan byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar hisoblamaydi.
Agar asosiy vositalar obektlari tadbirkor bo‘lgan jismoniy shaxslardan
ijaraga olinsa, hisoblangan ijara to‘lovi summasidan daromad solig‘i ushlanmaydi.
Korxona bunday to‘lovlarning barcha turlari bo‘yicha soliq inspeksiyasiga har
chorakda bildirib turishi lozim. Auditor korxonaning ijaraga beruvchi jismoniy
shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qoidalari va soliq qonunchiligiga
rioya qilinayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Auditda bajariladigan barcha amallar lizing muomalalarining xususiyatini
hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Lizing operatsiyalarini tekshirishda auditning barcha bosqichlarida maxsus
yondoshuv talab qilinadi.
Auditni
rejalashtirish
tekshiriladigan
xo‘jalik
bosqichida
yurituvchi
bajariladigan
subekt
tahliliy
faoliyatini
amallar
o‘rganish
va
auditorlik riskining darajasini pasaytirishga yordam beradi. Auditorlardan
maxsus e’tibor talab qiladigan va auditorlik riski yuqori bo‘lgan, nostandart yoki
noto‘g‘ri aks ettirilgan xo‘jalik faoliyati faktlari va natijalarini aniqlashga yordam
beradigan tahliliy amallar ushbu bosqichda o‘ta muhim hisoblanadi.
Tahliliy
amallar
keraksiz
auditorlik
amallarining
sonini
qisqartirishga imkon beradi.
Lizing
muomalalarini
auditorlik
tekshiruvidan
o‘tkazish
uchun
shartnomaga muvofiq quyidagi tahliliy amallar samarali hisoblanadi:
1. Buxgalteriya hisobotining ko‘rsatkichlari va ular bilan bog‘liq
hisobot davrining nisbiy koeffitsientlarini xo‘jalik yurituvchi subekt
tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yorlar bilan taqqoslash;
191
2. Buxgalteriya hisoboti ko‘rsatkichlarini lizing shartnomasi va ichki
hujjatlar aylanishidagi ma’lumotlar bilan reja va bashoratlash ko‘ratkichlari
va hokazolar bilan taqqoslash.
Auditor lizing muomalalarini tekshirishda, o‘zi to‘plagan dalillarga va
xodimlar hamda uchinchi shaxslarning ogzaki ma’lumotlariga tayanishi zarur.
Ogzaki olingan dalillar asosida ham bir qator muhim xulosalar qilish mumkin.
Ogzaki dalillar korxonada lizing muomalalari uchun qabul qilingan hisob siyosati,
soliqqa tortish va boshqa huquqiy masalalar bilan tez tanishishga yordam beradi.
Asosiy vositalar eskirishini tekshirish. Korxonaning asosiy vositalari
foydalanishi natijasida asta-sekin eskirib boradi. Bu eskirishning qiymati ishlab
chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Audit jarayonida amortizatsiya hisoblashda barcha asosiy vositalar qiymati
hisobga olinganligi va eskirish me’yorlari to‘g‘ri tanlanganligi tekshiriladi. Soliq
kodeksida soliq solish maqsadida amortizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan mol-mulk
amortizatsiyaning quyidagi eng yuqori normalari belgilangan:
Guruhlar
tartib
raqami
Kichik
guruhlar
tartib
Amortizatsiyaning
Asosiy vositalarning nomi
raqami
I
yillik eng
yuqori normasi,
foizlarda
Binolar, imoratlar va inshootlar
1
Binolar, imoratlar
2
Neftg‘ va gaz quduqlari
3
Neftg‘-gaz omborlari
4
Kema qatnaydigan kanallar, suv
kanallari
5
Ko‘priklar
6
Dambalar, to‘g‘onlar
7
Daryo va dengiz prichal inshootlari
192
8
Korxonalarning temir yo‘llari
9
Qirg‘oqni mustahkamlovchi, qirg‘oqni
himoyalovchi inshootlar
10
Rezervuarlar, tsisternalar, baklar va
boshqa sig‘imlar
11
Ichki xo‘jalik va xo‘jaliklararo
sug‘orish tarmog‘i
12
Yopiq kollektor-drenaj tarmog‘i
13
Havo kemalarining uchish-qo‘nish
5
yo‘llari, yo‘laklari, to‘xtash joylari
14
Bog‘larning va hayvonot bog‘larining
inshootlari
15
Sport-sog‘lomlashtirish inshootlari
16
Issiqxonalar va parniklar
17
Boshqa inshootlar
II
Uzatish qurilmalari
1
Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari
va liniyalari
2
Ichki gaz quvurlari va quvurlar
3
Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik
tarmoqlari
4
Magistral quvurlar
5
Boshqalar
Kuch-quvvat beradigan mashinalar
III
va uskunalar
1
Issiqlik texnika uskunalari
2
Turbina uskunalari va gaz turbinalari
qurilmalari
193
8
3
Elektr dvigatellari va dizelg‘generatorlar
4
Kompleks qurilmalar
5
Boshqa kuch-quvvat beradigan
mashinalar va uskunalar
(harakatlanuvchi transportdan tashqari)
Faoliyat turlari bo‘yicha ish
mashinalari va uskunalar
IV
(harakatlanuvchi transportdan
tashqari)
1
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga
tegishli mashinalar va uskunalar
2
Qishloq xo‘jaligi traktorlari,
mashinalari va uskunalari
3
Kommutatsiyalar va ma’lumotlarni
uzatish raqamli elektron uskunalari,
raqamli tizimlar uzatish uskunalari,
raqamli aloqa o‘lchov texnikasi
4
Yo‘ldosh, uyali aloqa, radiotelefon,
peyjing va tranking aloqa uskunalari
5
Uzatishlar tizimlari
kommutatsiyalarining o‘xshash
uskunalari
6
Kinostudiyalarning maxsus uskunalari,
tibbiy va mikrobiologiya sanoati
uskunalari
7
Kompressor mashinalari va uskunalari
8
Nasoslar
194
8
9
Yuk ko‘tarish-transport, yuk ortishtushirish mashinalari va uskunalari,
15
tuproq, karg‘er hamda yo‘l-qurilish
ishlari uchun mashinalar va uskunalar
10
Ustun-qoziq qoqish mashinalari va
uskunalari, maydalash-yanchish,
saralash, boyitish uskunalari
11
Texnologik jarayonlar uchun barcha
turdagi sig‘imlar
12
Neftg‘ qazib chiqarish va burg‘ulash
uskunalari
13
V
Boshqa mashinalar va uskunalar
Harakatlanuvchan transport
1
Temir yo‘lning harakatdagi tarkibi
2
Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik
8
sanoati kemalari
3
Havo transporti
4
Avtomobilg‘ transportining
harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish
transporti
20
5
Engil avtomobillar
6
Sanoat traktorlari
7
Kommunal transport
8
Maxsus vaxta vagonlari
9
Boshqa transport vositalari
Kompyuter, periferiya qurilmalari,
VI
ma’lumotlarni qayta ishlash
uskunalari
195
10
20
1
Kompyuterlar
2
Periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni
qayta ishlash uskunalari
3
Nusxa ko‘chirish-ko‘paytirish texnikasi
4
Boshqalar
20
Boshqa guruhlarga kiritilmagan
VII
asosiy vositalar
1
Ko‘p yillik dov-daraxtlar
10
2
Boshqalar
15
Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh bo‘yicha amortizatsiya
ajratmalari amortizatsiya normasini qo‘llash orqali, yuqori me’yordan oshmagan
holda hisoblab chiqiladi.
Soliq solish maqsadlari uchun amortizatsiyani pastroq va soliq to‘lovchining
hisob siyosatida mustahkamlab qo‘yilgan me’yorlar bo‘yicha hisoblashga yo‘l
qo‘yiladi.
Soliq
to‘lovchi
foydalanishda
bo‘lgan
asosiy
vositalar
bo‘yicha
amortizatsiya me’yorlarinii mazkur asosiy vositalardan avvalgi mulkdorlar
foydalanilgan yillar (oylar) soniga kamaytirishni hisobga olgan holda belgilashga
haqlidir. Foydalanishda bo‘lgan asosiy vositalardan foydalanilgan muddatini
aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, amortizatsiyani hisoblash yangi asosiy
vositalarga bo‘lgani singari amalga oshiriladi.
Asosiy vositalarni dastlabki qiymatlariga nisbatan belgilangan amortizatsiya
me’yorlari asosida, amortizatsiya summalari hisoblab chiqiladi. Amortizatsiya
muddati tugagandan so‘ng eskirish hisoblanmaydi. SHuning uchun auditor eskirish
hisoblash muddati o‘tgan, to‘liq amortizatsiya hisoblangan, asosiy vositalar
bo‘yicha eskirish hisoblanishi to‘xtatilganligini aniqlashi kerak. SHuningdek,
quyidagi asosiy vositalar bo‘yicha ham amortizatsiya hisoblanmaganligini
tekshirishi zarur:
196
1. Mahsuldor hayvonlar va buqalarga;
2. Kutubxona fondlariga;
3. Hokimiyatlarga qarashli obodonlashtirish inshootlari va umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga.
Korxonalar
o‘zlarining
hisob
siyosatlaridan
kelib
chiqqan
holda
kamaytirilgan yoki jadallashtirilgan amortizatsiya me’yorlarini qo‘llashlari
mumkin. Jadallashtirilgan amortizatsiya me’yorlari qo‘llanganda qonunchilikda
joriy etilgan me’yorga nisbatan 2,0 dan ortiq koeffitsent ishlatilishi mumkin emas.
Bunda, auditor jadallashtirilgan va joriy etilgan me’yorlar asosida hisoblangan
amortizatsiya summalari orasidagi farq foyda solig‘i bazasiga qo‘shilganligini,
asosiy vositalarni eskirishi esa, ishlab chiqarish xarajatlariga o‘z vaqtida va to‘g‘ri
kiritilishini tekshiradi. Tekshirish asosiy vositalar amortizatsiyasi summalarini
buxgalteriya schyotlarida to‘g‘ri aks ettirilganligini nazorati bilan yakunlanadi.
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini tekshirish. Auditor audit
o‘tkazishda joriy va kapital ta’mirlash rejasi va smetalari bilan tanishishi lozim.
Agar joriy ta’mirlash rejasi to‘liq bajarilmagan bo‘lsa, unda auditor uning
sabablarini, aybdorlarini va oqibatini aniqlaydi. Ba’zi korxonalarda joriy ta’mirlash
xarajatlarini iqtisod qilish hollari uchraydi. Bu iqtisodni sabablarini sinchiklab
tekshirish kerak, chunki uning natijasida ta’mirlash sifati pasayib, asosiy vositalar
muddatidan oldin hisobdan chiqarilishi mumkin.
Dastlabki hujjatlar asosida ta’mirlash uchun sarflangan material va
hisoblangan ish haqi xarajatlarini belgilangan me’yorlarga to‘g‘ri kelishi
aniqlanadi. Qalbaki naryadlar tuzilganligi yoki korxona mablag‘lari hisobiga
shaxsiy kvartira va boshqa asosiy vositalarni ta’mirlash ishlarini amalga
oshirilmaganligi aniqlanadi.
Kapital ta’mirlash xarajatlarini auditi, uni o‘tkazish rejasini to‘g‘ri
tuzilganligini tekshirishdan boshlanadi. Agar kapital ta’mirlash pudrat usulida
bajarilgan bo‘lsa, unda auditor pudrat shartnomalari shartlarini, ta’mirlash
muddatini, qiymatini obdan tekshiradi. Xo‘jalik usulida bajarilgan kapital
ta’mirlash ishlarini audit qilishda, kapital ta’mirlash xarajatlarini muddatlari
197
bo‘yicha to‘g‘ri sarflanishi tekshirilib egri xarajatlarni to‘g‘ri taqsimlanishi
aniqlanadi.
Tekshirishda ta’mirlash natijasida olingan va ishlatishga yaroqli bo‘lgan
materiallarni to‘g‘ri kirim qilinishi va bu materiallar qiymatini ta’mirlash
xarajatlaridan to‘g‘ri kamaytirilishi aniqlanadi. Audit natijasida kapital ta’mirlash
hajmiga qo‘shib yozish yoki uning qiymatini asossiz oshirish hollari aniqlanadi.
Audit o‘tkazishda asosiy vositalarni ta’mirlash natijasida asbob uskunalarni
to‘xtab qolishlariga, joriy ta’mirlash xarajatlarini hajmiga va ta’mirlash orasidagi
muddatni asossiz uzaytirilishiga alohida e’tibor beriladi.
Asosiy vositalarni ta’mirlashga doir muomalalarni tekshirish chog‘ida
auditor hujjatlar rasmiylashtirilishining to‘g‘rililigiga alohida e’tibor qaratishi
lozim. Bunda dastavval, mazkur masala bo‘yicha korxonada qanday hisob siyosati
qabul qilinganligini aniqlashi zarur. Bu narsa tekshiruvni amalga oshirish tartibini
belgilaydi.
Korxonalarda
asosiy
vositalarni
ta’mirlashga
doir
xarajatlar
quyidagicha hisobdan chiqariladi:
1. Xarajatlarning qilinish me’yoriga qarab bevosita mahsulot (ish, xizmat) lar
tannarxiga qo‘shish asosida;
2. Asosiy vositalarni ta’mirlash uchun yaratilgan zaxira fondi hisobidan.
Agar ta’mirlash ishlarida xarajatlar hajmi katta miqdorni tashkil etmasa va
bu xarajatlar oylar davomida taxminan teng taqsimlangan bo‘lsa, unda ta’mirlash
xarajatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
Dt - Xarajat schyotlari
Kt – Mahsulotlar schyoti
Agar ta’mirlash xarajatlari oylar bo‘yicha har xil summalarni tashkil etsa bu
xarajatlarni tannarxga bir me’yorda kiritish uchun, ta’mirlash fondi tashkil etiladi.
Ta’mirlash fondiga ajratmalar korxona tomonidan mustaqil hisoblanadi.
Har oyda ta’mirlash fondi tashkil etilganda:
Dt – Xarajatlar schyoti
Kt – Zaxira schyotlari
Ta’mirlash xarajatlari hisobdan chiqarilganda:
198
Dt - Zaxira schyotlari
Kt - Xarajatlar schyoti
Agar hisob siyosatiga muvofiq korxonada asosiy vositalarni ta’mirlash
uchun rezerv tashkil etiladigan bo‘lsa, unda auditor rezerv uchun ajratmalar
summasining iqtisodiy asoslanganligini, asosiy vositalarning turlari bo‘yicha
ajratmalar miqdori nazarda tutilganligi yoki ajratmalarning yagona normasi
belgilanganligi hamda rezerv hisoblash tamoiliga rioya qilinayotganligini
aniqlaydi. Ta’mirlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar yaratilgan rezerv hisobiga
hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalarni ta’mirlashga doir muomalalarning buxgalteriya hisobi
schyotlarida aks ettirilishini tekshirish chog‘ida auditor, ishlab chiqarishga doir
asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari tannarxga olib borilganligi, noishlab
chiqarishga doir asosiy vositalarniki esa o‘z manbalari hisobiga hisobdan
chiqarilganligiga to‘la ishonch hosil qilishi kerak.
Korxonalar hisobot davrida asosiy vositalar obektlarini zamonaviylashtirish
va qayta jihozlash uchun ham xarajatlar qilishi mumkin. Auditor bu holda
quyidagilarni tekshiradi: qilingan xarajatlar 0890 -«Boshqa kapital sarflar»
schyotida hisobga olinganligini, ta’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng asosiy
vositalarni dastlabki qiymatlarini oshirganliklarini, korxona qo‘shilgan kapitalining
ko‘payishini buxgalteriya hisobda ko‘rsatilganligini.
Korxona asosiy vositalarni ta’mirlash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni
ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar tannarxiga
kiritadi, bu pirovardida moliyaviy natijaning shakllanishiga, shuningdek
korxonaning foydadan byudjetga to‘lovlar bo‘yicha byudjet bilan o‘zaro
munosabatlariga ham ta’sir etadi.
Auditor, eng avvalo, bu masala bo‘yicha korxonada qanday hisob siyosati
qabul qilinganligini aniqlashi lozim. Ayrim korxonalar kelgusi yil uchun hisob
siyosatini qabul qilishda ta’mirlash xarajatlarini har oyda haqiqiy xarajatlar
hajmida hisobdan chiqaradigan tartibni qo‘llaydilar. Boshqa korxonalar ta’mirlash
fondi yaratadilar (ta’mirlashning barcha turlari uchun rezerv mablag‘ ajratadilar),
199
haqiqatda bajarilgan ta’mirlash ishlari uchun qilingan xarajatlarni esa tashkil
etilgan fond hisobiga hisobdan chiqaradilar.
Birinchi holatda ta’mirlashga doir barcha xarajatlar ta’mirlash qaysi hisobot
davrida amalga oshirilgan bo‘lsa, bevosita shu davrdagi ishlab chiqarish
xarajatlariga qo‘shilishi lozim, ikkinchi holatda, korxona balansida turgan asosiy
vositalarning dastlabki qiymatiga nisbatan foiz hisobida ta’mirlash fondiga
ajratmalar normativi hisoblab chiqariladi.
Odatda, hisob yuritish siyosatining birinchi variantini kichik va o‘rta biznes
korxonalari, ikkin chisini esa asosiy vosit alari mulklar (aktivlar)ning
salmoqli qismini tashkil etadigan yirik korxonalar qo‘llaydilar.
Auditor
ta’mirlash
xarajatlarini
ishlab
chiqarish
xarajatlariga
qo‘shishning to‘g‘riligini korxonada qabul qilingan hisob yuritish siyosatidan kelib
chiqib, uning o‘zgarish hollarida esa sababini va ushbu vaziyatning moliyaviy
natijaga ta’sirini tekshirishi lozim.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va ta’mirlash bo‘yicha korxonada
qanday hisob yuritish siyosati qabul qilinganlagini aniqlash uchun 8910«Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar uchun rezervlar» schyotining
ma’lumotlari bilan tanishish zarur. Agar 8910 schyotda alohida «Ta’mirlash fondi»
degan analitik schyot ajratilgan bo‘lsa, ushbu fondga qilingan ajratmalarning hajmi
qanchalik asoslanganligi (iqtisodiy hisob-kitoblar bilan tasdiqlanganligi)ga ishonch
hosil qilish zarur. Ajratmalar hajmi asosiy vositalar turlari bo‘yicha tabaqalangan
yoki ajratmalarning yagona normasi o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Agar yagona
normativni qo‘llash, auditor nuqtai nazaridan, tannarxning asossiz ko‘tarilishi va
soliqqa tortiladigan bazaning kamayishga olib kelsa, u bunday holatni auditorlik
hisobotida ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
Masalan, ta’mirlash fondiga ajratmalarning yagona normasida, agar bino va
inshootlarning qiymati umumiy balansda salmoqli o‘rin tutsa, auditor keyingi
yillarda qanday ajratmalar normalari qo‘llanilganini ko‘rib chiqishi lozim. Asosiy
vositalar (binolar, inshootlar, transport vositalari, mashinalar va qurilmalar)ning
xizmat qilish muddatlari xilma-xil, shuning uchun amortizatsiya ajratmalarining
200
yagona normalarini qo‘llash unchalik to‘g‘ri emas. Boshqa tomondan, mashina va
qurilmalarni har xil ish smenalarida, alohida texnologik muhit va shunga o‘xshash
yuqori darajada eskirishga olib keladigan sharoitlarda ishlatish ham ta’mirlash
fondiga qilinadigan ajratmalarni tezlashtirishni taqozo etadi.
Auditor ta’mirlash fondiga ajratmalar normativlarining texnik-iqtisodiy asosi
(hisob-kitobi)ning mavjudligi va har oylik ajratmalar qilishda ularga rioya
qilinganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
§4. Uzoq muddatli investitsiyalar auditi
Qo‘ydagilar moliyaviy qo‘yilmalarni auditorlik tekshiruvining axborot
manbalari bo‘lib hisoblanadi:
1. Moliyaviy qo‘yilmalarni buxgalterlik hisobida aks ettirish va soliqqa
tortishni, hamda auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishni tartibga soladigan
me’yoriy hujjatlar;
2. Moliyaviy hisobotlari;
3. Korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i;
4. Moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga oladigan sintetik va analitik hisob
registrlari;
5. Moliyaviy qo‘yilmalarni aks ettiradigan dastlabki hujjatlar;
6. Ta’sis shartnomasi;
7. Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotti shartnomasi;
8. Qarz shartnomasi;
9. Depozit jamg‘arma uchun shartnoma;
10. Qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish shartnomasi;
11. Oddiy shirkat shartnomasi va boshqalar.
Moliyaviy qo‘yilmalar auditining ma’lumot manbasi sifatida quyidagi
dastlabki hujjatlardan foydalaniladi:
1. Qimmatli qog‘ozlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi,
2. Hamkorlikdagi faoliyatga qo‘shiladigan ulushni qabul qilish-topshirish
dalolatnomasi;
201
3. Umumiy ishni yurituvchi hamkor tomonidan mulklarni qabul qilish
to‘g‘risidagi avizo;
4. Pul shaklidagi ulushlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi to‘lov-topshiriqnomasi va
bank ko‘chirmasi (naqd pulsiz hisob-kitoblard1. yoki kassa chiqim va kassa
kirim orderlari (naqd pullik hisob-kitoblard1. ;
5. Qimmatli qog‘ozlar qiymatini to‘lash uchun beriladigan mulklarni
rasmiylashtirish schet-fakturasi va yuk xati;
6. Qimmatli qog‘ozlar va qat’iy hisobda turadigan blankalarning
inventarizatsiya ro‘yxati va boshqa hujjatlar.
Qimmatli qog‘ozlar auditi qimmatli qog‘ozlarga taaluqli buxgalterlik
hisoboti ma’lumotlarining xaqqoniyligini №19-BHMSning 3. 30, 3. 36 bandlari
talabiga javob berishini tekshirishdan boshlanadi. Bunday tekshiruv qimmatli
qog‘ozlarni inventarizatsiya qilish bilan amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarni inventarizatsiya qilish quyidagi vazifalarni hal etadi:
1. Ularning haqiqatdagi mavjudligini aniqlash;
2. Haqiqatda mavjud qoldiqlarini buxgalterlik hisobi ma’lumotlari bilan
taqqoslash orqali ularning saqlanishi ustidan nazorat o‘rnatish;
3. Qimmatli qog‘ozlardan olinadigan daromadlarning to‘liqligi va o‘z
vaqtidaligini tekshirish;
4. Ularning saqlash uchun zarur shartsharoitlar yaratilganligini tekshirish;
5. Qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq daromadlar va yo‘qotishlarni aniqlash.
Qimmatli qog‘ozlar auditining keyingi bosqichida haqiqatda mavjud
qimmatli qog‘ozlar buxgalterlik hisobi ma’lumotlari bilan solishtiriladi. Bunda
auditor qimmatli qog‘ozlarning oshiq chiqqanlarini ham, kam chiqqanlarini ham
o‘zining ishchi hujjatlarida aks ettirishi va bular haqida korxona rahbariyatiga
bildirishi lozim.
Oshiqcha chiqqan qimmatli qog‘ozlarni qo‘ydagi buxgalteriya pravodkasi
bilan kirim qilinadi: Dt 0610, 0620, 0630, 0640, 0690, 5810, 5830, 5890-schyotlar
Kt 9590 schyoti - oshiqcha chiqqan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatiga.
202
Kam chiqqan qimmatli qog‘ozlar qiymati aybdor shaxslardan undirib
olinadi. Agar aybdor shaxslar aniqlanmasa korxonaning moliyaviy natijalariga
hisobidan qoplanadi.
Buday
yozuvlar
qo‘ydagi
buxgalteriya
pravodkalari
bilan
rasmiylashtiriladi:
Kam chiqqan qimmatli qog‘ozlar nominal qiymatiga
Dt-9430 schyoti
Kt-0610, 0620, 0630, 0640, 0690,5810, 5830, 5890 schyotlar
Kamomadlarni qoplash summasiga:
Dt-4730 schyot
Kt-9430 schyoti
Qimatli qog‘ozlarning nominal qiymatiga
Dt-4730 schyoti
Kt-9590 schyoti-etishmagan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan birja
qiymatining kamomad aniqlangan paytdagi oshgan summasiga.
Etishmagan qimmatli qog‘ozlarni birja qiymati aybdor shaxs tomonidan
qoplanganda:
Dt-5010, 6710
Kt-4730
Agar kamomad korxona moliyaviy natijalariga olib borilsa:
Dt-9690
Kt-9430- yetishmagan qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatiga.
Oldi-sotdi
shartnomasi
bo‘yicha
sotib
olingan
qimmatli
qog‘ozlar
buxgalteriya hisobiga investor uchun qilingan haqiqiy xarajatlar summasida qabul
qilinadi. Auditor qimmatli qog‘ozlarni baholashni tekshiruv chog‘ida №12
«Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli BHMSda keltirilgan qoidalarga
asoslanadi. Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha haqiqiy xarajatlar
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Shartnomaga muvofiq sotuvchiga to‘lanadigan summalar;
203
2. Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bilan bog‘liq informatsion va
konsultatsion xizmatlar uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlar yoki
shaxslarga to‘lanadigan summalar;
3. Qimmatli qog‘ozlarni sotib olishda ishtirok qilgan vositachi tashkilotlarga
to‘lanadigan to‘lovlar;
4. Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa
sarflar.
Qimmatli qog‘ozlarni hisobga oladigan qiymatini shakllantiruvchi barcha
haqiqiy xarajatlar 0610-«»Qimmatli qog‘ozlar» va 5810-«Qimmatli qog‘ozlar»
schetlar debetida hisobga olinadi. Auditor qimmatli qog‘ozlar sotib olish bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar tarkibini, ushbu xarajatlarni moliyaviy qo‘yilmalar
qiymatiga qo‘shishning qonuniyligini, bu xarajatlarning tegishli hujjatlar bilan
tasdiqlanganligini tekshiradi.
Moliyaviy qo‘yilmalarning hisobga qabul qilingan bahosi, qoidaga ko‘ra,
o‘zgatirilmaydi (qarzli qimmatli qog‘ozlar bundan mustasno).
Tekinga olinganida olingan qimmatli qog‘ozlar bozor bahosi bo‘yicha
hisobga olinadi.
Agar moliyaviy qo‘yilmalar chet el valyutasida amalga oshirilsa, bunday
muomalalarning
valyuta
muomalalarini
tartibga
soladigan
me’yoriy
hujjatlarga muvofiqligini tekshirish zarur.
Auditor qaytarish muddati bir yildan oshiq qimmatli qog‘ozlar ham qayta
baholanayotganligini tekshirish lozim.
Boshqa
korxonalarning
ustav
kapitaliga
qo‘shilgan
ulushlar
ta’sis
shartnomasida belgilangan (kelishilgan) qiymat bo‘yicha baholanadi. Korxona
mulkini boshqa korxona ustav kapitaliga ulush sifatida berishda moliyaviy
qo‘yilmalar shartnoma qiymati va berilgan mulklar qiymati o‘rtasidagi farqlarni
hisobda aks ettirishning to‘g‘riligini tekshirish zarur.
Buxgalteriya hisoboti ko‘rsatkichlarining sintetik va analitik hisob
ma’lumotlariga mosligini tekshirish buxgalteriya balansining «Uzoq muddatli
moliyaviy qo‘yilmalar» (I bo‘lim) va «Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar» (II
204
bo‘lim) satrlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni Bosh daftardagi: 0610, 0620, 0630, 0640,
0690, 5810, 5830, 5890-schyotlarning qoldiqlari bilan taqqoslash orqali amalga
oshiriladi.
Moliyaviy qo‘yilmalar alohida turlarining mavjudligi va hisobot davri
davomidagi harakati to‘g‘risidagi axborotlar buxgalteriya balansiga beriladigan
tushuntirishlarda keltiriladi. Moliyaviy qo‘yilmalar alohida turlarining hisobot
davri boshi va oxiriga qoldig‘i to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar 0610-0690 va 5810,
5830, 5890-schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob ma’lumotlari bilan
solishtiriladi.
Auditor korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrugiga ilova qilingan
ishchi schyotlar rejasidagi moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga olish uchun
foydalaniladigan schyotlar rejasi va ularning analitik hisobining tashkil qilinganligi
bilan tanishib chiqadi va qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi sotib oluvchi - korxonalar
bo‘yicha hamda mamlakat hududidagi va xorijdagi obektlarga qilingan qo‘yilmalar
bo‘yicha ishlarni baholaydi.
Qimmatli qog‘ozlari korxona kassasida yoki bank depozitariylarda
saqlanadi. Ular korxonada saqlanganida qimmatli qog‘ozlar blankalarini
(sertifikatlarini) mas’ul saqlash uchun korxona kassasida yuritiladigan reestrning
mavjudligini tekshirishi lozim. Reestrda: qimmatli qog‘oz nomi, nomeri, emitent
nomi, qimmatli qog‘ozning nominal qiymati ko‘rsatiladi.
Qimmatli qog‘ozlar depozitariylarda saqlanganida saqlash uchun berilgan
depozitariyning rekvizitlarini korxona buxgalteriyasida analitik hisobda ko‘rsatgan
holda aks ettirib boriladi. Bunda auditorga deponent bilan depozitariy o‘rtasidagi
munosabatlarni
tartibga
soladigan
shartnoma
(depo
schyoti
to‘g‘risidagi
shartnom1. taqdim qilinishi lozim.
SHartnomada qimmatli qog‘ozlar sertifikatlarini saqlash yoki qimmatli
qog‘ozlar uchun huquqni hisobga olish bo‘yicha xizmat hamda qo‘ydagi
ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
1. Deponent tomonidan uning qimmatli qog‘ozlarini depozitariyga
deponentlash to‘g‘risidagi depozitariy axborotlarni berish tartibi;
205
2. SHartnomaning amal qilish muddati;
3. Depozitariy xizmatlari uchun shartnomada belgilangan haq to‘lash hajmi
va tartibi;
4. Depozitariyning deponentga hisobot berish shakli va davri;
5. Depozitariyning majburiyatlari.
Depozitariy xizmatlari uchun to‘lanadigan haq bo‘yicha sarflar 9420 schyotini debetida aks ettiriladi. Depozitariy xizmatlari bo‘yicha to‘langan QQS
xizmat qiymatiga qo‘shib aks ettiriladi.
Auditor korxonada «Qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish daftari»ning
mavjudligini aniqlaydi. Unda korxonada saqlanadigan barcha qimmatli qog‘ozlar
ro‘yxatga olingan bo‘lishi lozim.
Moliyaviy qo‘yilmalar kirimi va chiqimiga doir muomalalar aks ettirilishini
tekshirish uchun 0610-0620, 5810, 5830, 5890 va 9220-schyotlar bo‘yicha hisob
registrlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bunda auditor korxonada hisob
uslubiyoti va moliyaviy qo‘yilmalar summasini shakllantiradigan haqiqiy
xarajatlarni aks ettirish talablariga rioya qilinishiga ishonch hosil qilish kerak.
Auditor qimmatli qog‘ozlarni sotib olish qanday mablag‘lar hisobiga amalga
oshirilganligini ham tekshiradi. Masalan, pulni to‘lash yoki mulklarni berish
hisobiga olinishi mumkin. Agar qimmatli qog‘ozlar qiymati mulklar bilan to‘lansa,
investor bunday muomalalarni hisobga olishda 9210-«Asosiy vositalarning
chiqimi», 9220-“Boshqa aktivlarning chiqimi” schyotlaridan foydalanishi kerak.
Chunki qimmatli qog‘ozlar qiymati mulklar bilan to‘langanda hisobdan chiqarilgan
mulklarning balans qiymati va sotib olinayotgan qiymati qimmatli qog‘ozning
sotib olish bahosi o‘rtasidagi farq soliqqa tortiladigan bazaga ta’sir ko‘rsatadi.
Auditor qimmatli qog‘ozlar hisobga qabul qilinganidan so‘ng qilingan
xarajatlarning moliyaviy qo‘yilmalar qiymatiga qo‘shilmayotganligini ham
tekshirishi lozim
Korxonaning moliyaviy qo‘yilmalardan oladigan daromadlari 9520 «Dividend ko‘rinishidagi daromadlar», 9530 - «Foiz ko‘rinishidagi daromadlar» va
9560 - «Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olinadigan daromadlar»
206
schyotlarida hisobga olinadi. Bunday daromadlar «Mahsulot (ish, xizmat)lar
tannarxiga qo‘shiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)
va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliya natijalarini shakllantirish
tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar
qatoriga kiritiladi. “Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish xarajatlari
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda
(V bo‘limi 3§ «Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar») 3, 5-modda
«qimmatli qog‘ozlarga qilingan qo‘yilmalar», sho‘ba korxonalarga berilgan
mablag‘lar va shu kabilarni qayta baholashdan olingan foyda, shuningdek, (V.
bo‘limi, 3§ «Moliyaviy faoliyatga doir chiqimlar») 3, 4-modda «Qimmatli
qog‘ozlarga qilingan qo‘yilmalar» (sho‘ba korxonalarga berilgan mablag‘lar va
shu kabilar)ni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar qimmatli qog‘ozlarga qilingan
qo‘yilmalar va sho‘ba korxonalarga berilgan mablag‘larni har chorakda (yild1.
qayta baholash, ya’ni ularni balansda bozor bahosi bo‘yicha aks ettirish tavsiya
etiladi
Auditor sotib olingan qimmatli qog‘ozlardan tashqari korxonaning o‘zida
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar mavjudligini ham tekshirishi zarur. Bunday
qimmatli qog‘ozlar o‘z jamoasi a’zolariga sotilguncha yoki birjaga berilgunga
qadar 006-«Qat’iy hisobot blankalari» degan balansdan tashqari schyotda hisobga
olinadi.
Qo‘shimcha daromad olish maqsadida ikkilamchi sotish uchun birjada sotib
olingan yoki jismoniy shaxslardan (masalan, korxona xodimi ishdan bo‘shab
ketayotganid1.
sotib olingan korxona aksiyalari 8620-«Sotib olingan xususiy
aksiyalar - imtiyozli» schyotida hisobga olinadi va quyidagi buxgalteriya yozuvi
bilan rasmiylashtiriladi:
Qimmatli qog‘ozlarning harid qiymatiga
Dt 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar -imtiyozli» schyoti
Kt 5010, 5110-schyotlar.
Korxona aksiyalarini ikkilamchi sotish quyidagicha aks ettiriladi:
Aksiyalarning ikkilamchi sotish qiymatiga
207
Dt-5010, 5110, 5210, 5220
Kt-9220.
Qimmatli qog‘ozlarning harid bahosiga
Dt-9220
Kt-5610.
Ikkilamchi sotish qiymatining harid bahosidan oshgan qismiga
Dt-9220
Kt-9590.
Agar xarid qiymati ikkilamchi sotish qiymatidan yuqori bo‘lsa, u holda:
Dt-9690
Kt 9220 provodkasi tuziladi.
Auditor bunday hollarda samarasiz moliyaviy muomalalar amalga
oshirilganliining obektiv va subektiv sabablarini hamda oqilona ish yuritilganda
sodir bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar ko‘lamini aniqlaydi.
Boshqa korxonalarning ustav kapitaliga hissa qo‘shish ko‘rinishidagi
qilingan moliyaviy qo‘yilmalar auditining asosiy maqsadi ushbu korxonalar
ustavlarini tahlil qilib, daromad olish shartlarini hamda bunday qo‘yilmalar
samaradorligining to‘g‘riligi va hisobda to‘liq aks ettirilganligini aniqlashdan
iborat bo‘ladi.
Daromadlarning
to‘liq
aks
ettirilganligini
tekshirishda,
ularning
miqdorini buxgalteriyada hisobda aks ettirish quyidagi shart-sharoitlar mavjud
bo‘lganda tan olinadi:
1. Korxona ushbu daromadlarni olish huquqiga ega bo‘lsa;
2. Daromadlar summasi aniqlangan va dalolatnoma bilan tasdiqlangan bo‘lsa;
3. Muayyan moliyaviy muomala natijasida korxona iqtisodiy m
anfaatining ko‘payishiga ishonch bo‘lsa.
Korxonaning moliyaviy qo‘yilmalardan olgan barcha daromadlari soliqqa
tortish maqsadida ikkita guruhga bo‘linadi:
208
1. Umum qabul qilingan tartibda sotishdan tashqari daromadlar tarkibida
soliqqa
tortiladigan
daromadlar
(hamkorlikdagi
faoliyatdan
olingan
daromadlar);
2. Maxsus tartibda soliqqa tortiladigan daromadlar.
Maxsus tartibda soliqqa tortiladigan daromadlarga qo‘ydagi daromadlar
kiritiladi:
1. Aksiyador korxonaga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar egasining
emitent korxona foydasini taqsimlashda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi
aksiyalar bo‘yicha olingan daromadlar;
2. O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlari va mahalliy organlar
qimmatli qog‘ozlari;
3. O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil qilingan boshqa korxonalar
ustav kapitalida hissa qo‘shib ishtirok etishdan olingan daromadlar.
§5. Nomoddiy aktivlar auditi xususiyatlari va undagi audit amallari
Nomoddiy aktivlar deganda suv, yer, bino, inshoot, uskunalar va boshqa
tabiiy resurslar va mulklardan foydalanish huquqlari tushuniladi.
Korxonalardagi nomoddiy aktivlar xususiyatlariga ko‘ra nou-xau, tovar
belgisi, patentlarga, savdo belgisi va mualliflik huquqlariga bo‘linadi.
Nou-xau - bu tijorat, boshqaruv va moliya xarakteridagi texnik bilimlardir.
Nou-xau tarkibiga tijorat sirlari, patent qilinmagan texnologik jarayonlar va boshqa
ishlab chiqarish va savdo xarakteriga ega bo‘lgan ma’lumotlar kiradi. Foydalanishi
bo‘yicha spedifikatsiyalar, formula, redepturalar, ishlab chiqarishni texnologiyasi
hujjatlari va boshqalar ham nou-xau elementlaridandir. Odatda, ular vaqt o‘tishi
bilan tijorat sirini yo‘qotadi va hamma uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan
ma’lumotga aylanadi.
Nou-xau ko‘rsatkichi, odatda, tomonlarning kelishuvi orqali aniqlanadi.
Nou-xaudan foydalanish natijasida korxonaning kelgusida oladigan daromad vaqt
o‘tishi bilan kamaymaydi. SHu sababli ularga eskirish hisoblanmaydi. Agar vaqt
209
o‘tishi bilan nou-xaudan foydalanish natijasida kelgusida korxonani oladigan
daromadi kamayadigan bo‘lsa, u holda nou-xaularning xizmat muddatiga qarab
eskirish hisoblanadi.
Tovar belgisi - muayyan firma tovarlariga qo‘yiladigan yoki boshqa firma
mahsulotlaridan uning tovarlarini farqlantiruvchi belgidir. Tovar belgisi faqat
ayrim firmaga qarashli bo‘ladi, uni boshqalar o‘z tovariga qo‘ya olmaydi. U
maxsus davlat
muassasasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Masalan, «Adidas»,
«Montana», «Ravon» firmalarini belgilari. Odatda, tovar belgisi har bir firma
uchun individual, haridor uchun tushunarli va uni o‘ziga jalb etadigan bo‘lishi
kerak.
Ayrim hollarda tovar belgilari sotilishi mumkin. Bunday jarayonlar
lizendiya bitimlariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Patent huquqi - intelektual bilimlar ma’lum bir qiymatda sotib olinadi.
SHunday qilib, nomoddiy aktivlar – bu uzoq muddatli xarajatlar bo‘lib
ma’lum davr davomida daromad keltiradi. Ushbu xizmat muddati davrida ularni
buxgalteriya hisobida aks ettirish zaruriyati tug‘iladi.
Korxonalarda nomoddiy aktivlarni hisobga olish uchun balansga nisbatan
aktiv bo‘lib hisoblangan «Nomoddiy aktivlar» schyotlari guruhidan foydalaniladi.
Analitik hisobi, nomoddiy aktivlarni alohida turlari va obektlari bo‘yicha tashkil
qilinadi. Bu schyotlarda nomoddiy aktivlar dastlabki qiymati bo‘yicha hisobga
olinadi. Ularning dastlabki qiymati quyidagicha aniqlanadi:
1. Ta’sischilar tomonidan korxona ustav fondiga qo‘shilgan hissa va sotib
olingan nomoddiy aktivlar bo‘yicha tomonlar kelishuvi asosida;
2. Bepul olingan nomoddiy aktivlar - bunday aktivlar ekspert yo‘li bilan
baholanib, so‘ng qabul qilinadi.
Nomoddiy
aktivlar
auditi
deganda
korxonada
aqliy
mulkchilikni
buxgalteriya hisobi qanday tashkil qilinganligini va ularga tegishli bo‘lgan
dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tushuniladi. Bu hujjatlarga
binoan ijodiy faoliyat asarlarining mavjudligi aniqlanadi. Bundan tashqari
nomoddiy aktivlarni «Qabul qilish - topshirish» dalolatnomalarini mavjudligi ham
tekshiriladi.
210
Nomoddiy aktivlarni tekshirishda auditor “Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab
chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish
tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga,
shuningdek, mulkchilik, tovar belgilari va mualliflik huquqi haqidagi qonunlarga
asoslanadi.
Nomodiy aktivlardan foydalanish jarayonida eskirish hisoblanib, tegishli
mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga qo‘shib boriladi. Buning uchun «Nomoddiy
aktivlar eskirishi» schyotidan foydalaniladi. Ushbu schyot korxonaga mulk huquqi
berilgan nomoddiy aktivlarning eskirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash
uchun xizmat qiladi.
Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi har oyda ularning dastlabki
qiymati va foydalanish muddatiga qarab me’yorlar asosida aniqlanadi. Ayrim
nomoddiy aktivlar bo‘yicha, agar ularning foydalanish muddatini aniqlash imkoni
bo‘lmasa, eskirish me’yori 10 yil muddatga belgilanadi.
Nazorat uchun savollar
1. Asosiy vositalarni audit qilishning qanday manbalarini bilasiz?
2. Asosiy vositalar auditining vazifalarini gapirib bering.
3. Asosiy vositalarning saqlanishini ta’minlovchi shart-sharoitlarga rioya qilish
qanday tekshiriladi?
4. Asosiy vositalarning qanday baholarini bilasiz?Asosiy vositalarning
5. Baholari qanday hisoblanadi?
6. Asosiy vositalar korxonaga qanday yo‘llar bilan qabul qilinadi?
7. Asosiy vositalarning harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni tekshirishda
nimalarga e’tibor berish kerak?
8. Ijaraga olingan asosiy vositalarni hisobining auditi vazifalarini gapirib bering?
9. Asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblanishini tekshirishda
nimalarga e’tibor berish kerak?
10. Nomoddiy aktivlar deganda nima tushunasiz?
11. Nomoddiy aktivlarni tekshirishda nimalarga e’tibor berish kerak?
211
Nazorat uchun test savollar
1. Asosiy vositalarni audit qilishning qanday manbalarini bilasiz?
1. Buxgalteriya hisobini tashkillash va soliqqa tortishga oid me’yoriy hujjatlar,
hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘, hisob registrlari va moliyaviy hisobotlar.
2. Asosiy vositalar harakatiga doir birlamchi hujjatlar, asosiy vositalar
inventar kartochkasi va ularni ro‘yxatga olish kitobi
3. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga oluvchi kartochka,
asosiy vositalarning harakati to‘g‘risidagi kartochka va eskirish hisoblash
qaydnomasi,
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
2. Asosiy vositalar auditining vazifalarini gapirib bering?
1. Asosiy vositalarni hujjatlashtirishni, saqlanishini, baholashni, eskirish va soliq
hisoblashni, samarali foydalanishni tekshirish va buxgalteriya hisobi va
hisobotlarida ettirilishini nazorat qilish.
2. Asosiy vositalarni ta’mirlash mablag‘laridan foydalanishni tekshirish,
korxonani asosiy vositalar bilan to‘la ta’minlanishini va ularning texnik
holatini tekshirish;
3. Korxona uchun keraksiz bo‘lgan asosiy vositalarni aniqlab, ularni
hisobga olish to‘g‘risida ko‘rilgan chora-tadbirlarni tekshirish;
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
3. Asosiy vositalarning saqlanishini ta’minlovchi shart-sharoitlarga
rioya qilish qanday tekshiriladi?
1. Inventar kartochkalarni mavjudligini, analitik hisobi ma’lumotlarini
sintetik hisob ma’lumotlariga muvofiqligini va inventarizatsiya o‘tkazishni hamda
asosiy vositalarni javobgar shaxslarga to‘g‘ri biriktirilganligi tekshiriladi.
2. Ularni sanab chiqish yo‘li bilan.
3. Inventarizatsiya o‘tkazish yo‘li bilan.
4. Barcha javoblar to‘g‘ri.
4. Asosiy vositalarning qanday baholarini bilasiz?
212
1. Reja, normativ va ulgurji sotib olish
2. Haqiqiy, FIFO, LIFO.
3. Boshlang‘ich, qoldiq va tiklash
4. To‘g‘ri javob yo‘q.
5. Asosiy vositalar korxonaga qanday yo‘llar bilan qabul qilinadi?
1. Qurilish va sotib olish.
2. Tekinga yuqori tashkilotdan olish.
3. Yangidan qurish, sotib olish, inventarizatsiyada ortiq chiqish, xayriya.
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
6. Korxonalarning nomoddiy aktivlari xususiyatiga ko‘ra qanday turlarga
bo‘linadi?
1. Nou-xau, tovar belgisi, patentlarga, savdo belgisi va mualliflik
huquqlariga bo‘linadi.
2. Fizik va ximiyaviy xususiyatiga ko‘ra qattiq jism shaklida bo‘ladi.
3. Ular egiluvchan bo‘ladi.
4. Korxona oborotida bir marta ishtirok etib tashqi shaklini o‘zgartiradi.
7. Nomoddiy aktivlar deganda nima tushunasiz?
1. Suv, yer, bino, inshoot, uskunalar va boshqa tabiiy resurslar va
mulklardan foydalanish huquqlari tushuniladi.
2. Hali moddiylashmagan xom ashyo va materiallar tushuniladi.
3. Faqat yangilik tushuniladi.
4. Hali puli to‘lanmagan xizmatlar tushuniladi.
8. Nomoddiy aktivlarni tekshirishda nimalarga e’tibor berish kerak?
1. Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilinganligiga, dastlabki hujjatlarni to‘g‘ri
to‘ldirilganligiga, «Qabul qilish - topshirish» dalolatnomalarini mavjudligiga.
2. Kompyuter dasturlarini to‘g‘ri tuzilganligiga.
3. Har oyda tuziladigan amortizatsiya hisobini to‘g‘riligiga.
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
213
13-Mavzu: Joriy aktivlar auditi
Mavzu bo‘yicha atamalar: tovar-moddiy zaxiralar, salbiy qoldiq,
inventarizatsiya, hisobga olinmagan moddiy qiymatliklar, kassa xo‘jaligi, kassa
muomilalari, joriy, valyuta va boshqa schyotlar, bank, naqd pul, naqd pulciz.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
“BBB”, “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Tovar-moddiy zahiralar auditi xususiyatlari va undagi audit amallari
Tovar - moddiy zaxiralar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot
manbalari.
Korxonalarida
tovar-moddiy
zaxiralar
korxona
aylanma
mablag‘larining va ishlab chiqarish xarajatlarining eng ko‘p foizini tashkil etadi.
SHuning uchun ham ularni to‘la-to‘kis saqlash hamda ulardan to‘g‘ri foydalanish
korxona ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning va tannarxni pasaytirishning
asosiy omili bo‘lib hisoblanadi. SHunga ko‘ra tovar-moddiy zaxiralarni auditorlik
nazorati quyidagi kamchiliklarning oldini olishga qaratilishi lozim:
1. Tovar-moddiy zaxiralarni omborlarda saqlanishi ustidan o‘rnatilgan
nazoratni samaradorligini aniqlash;
2. Tovar-moddiy qiymatliklardan xo‘jasizlarcha, noto‘g‘ri foydalanishni
aniqlash va cheklash bo‘yi tavchiyalar berish;
3. Tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish jarayoniga texnologik
kartalarda ko‘rsatilgan me’yorlarda chiqarish va ularni chiqitga ko‘p
chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik;
214
4. Moddiy qiymatliklarni kamomadi va yo‘qolishlarini aniqlash, ularni
bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash.
Moddiy qiymatliklar auditining asosiy vazifalari qo‘ydagilar bo‘lib
hisoblanadi:
1. Moddiy qiymatliklarni xarid qilish shartnomalarini va ularni harakatini
dastlabki hujjatlarini o‘z vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini aniqlash;
3. Moddiy qiymatliklarni shartnoma baholarining bozor baholariga mos
kelishligini aniqlash;
4. Harid qilinayotgan moddiy qiymatliklarni korxona ish xususiyatlariga
mosligini aniqlash;
5. Moddiy qiymatliklarni xarid qilish limitlariga rioya qilinganligini
aniqlash;
6. Moddiy qiymatliklardan to‘g‘ri foydalanilayotganligini nazorat qilish;
7. Moddiy qiymatliklarni saqlanishi ustidan nazorat qilish;
8. Moddiy javobgar shaxslarning faoliyatlari ustidan nazorat o‘rnatish;
9. Moddiy qiymatliklarni omborda saqlanishi ustidn nazorat o‘rnatish;
10. Moddiy qiymatliklarni ombor hisobi to‘g‘ri tashkil qilinganligini nazorat
qilish;
11. Moddiy qiymatliklarni buxgalteriya hisobi to‘g‘ri tashkil qilinganligini
tahlil qilish va boshqalar.
Qo‘ydagilar auditning manbalari bo‘lib hisoblanadi:
1. Moddiy qiymatliklarning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha birlamchi
hujjatlar (yuk xati, schyot-faktura, tovar-transport yukxati, nakladnoylar,
bildirishnomalar, talabnomalar, limit-zabor kartalari va boshqa birlamchi
hujjatlar);
2. Moddiy qiymatliklarni hisobini olib borish uchun belgilangan me’yoriy
hujjatlar (№4-“Moddiy qiymatliklar” nomli milliy andoza va boshqalar);
3. Buxgalteriya hisobi registrlari;
4. Ombor kartochkalari;
5. Moddiy qiymatliklarni inventarizatsiya dalolatnomalari;
215
6. Moddiy qiymatliklarni qayta baholashga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlar;
7. Moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari;
8. Vidiogramma, mashinagrama va tabulogrammalar.
Tovar - moddiy zahiralarni audit qilish tartibi. Auditorlik nazoratni
quyidagi 3 asosiy yo‘nalishlarda olib boriladi:
1.
Moddiy
qiymatliklarni
nazorat
qilishda
ilgari
yo‘l
qo‘yilgan
kamchiliklarni bartaraf etilganligini nazorat;
2. Moddiy qiymatliklarni kamomadini, sinishini, chirishini, yaroqsizlanishini
va o‘g‘irlanishining oldini oluvchi ogohlantiruvchi nazorat.
Nazorat ishlarini bajarishda birinchi navbatda quyidagilar tekshiriladi:
1. Ombor xo‘jaligining tashkillash holati;
2. Moddiy javobgar shaxslarning qobiliyatlari bo‘yicha tanlanganligi;
3. Moddiy qiymatliklarni omborlardan chiqarib yuborishda ruxsatnoma
tizimining tashkil etilganligi.
4. Moddiy qiymatliklarni saqlanishi ashyoviy yo‘qlama qilish rejasini
bajarilishi va inventarizatsiya o‘z vaqtida to‘satdan o‘tkazilishi;
5. Moddiy qiymatliklarni saqlanishi va foydalanishi ustidan tekshiruvlar
o‘tkazish rejasining bajarilishi va boshqa masalalar.
Omborlarni tekshirishda birinchi navbatda ularning moddiy qiymatliklarni
saqlashga yaroqli ekanligiga e’tibor berish kerak. SHuningdek, auditor yoki
nazorat qiluvchi shaxs moddiy qiymatliklarni saqlash va yong‘in xavfsizligiga
rioya qilish qoidalariga, omborlarda signalizadiyani mavjudligiga va o‘lchov
asboblarini
butligiga e’tibor qaratishi lozim.
O‘rnatilgan tartiblarga ko‘ra moddiy qiymatliklar omborlarda guruhlari,
alohida turlari, artikli va navlari bo‘yicha stellajlarda yoki maxsus idishlarda
saqlanishi kerak. Omborlar havo almashtirish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi
lozim.
Yuqoridagilarni inobatga olib, tekshiruv rejasi tayyorlanadi. Rejaning
mazmuni va muddati maxfiy hisoblanib, oshkor bo‘lmasligi kerak. Bir vaqtning
o‘zida materiallarni ishlab chiqarishga berish qanday amalga oshirilishi ham
216
tekshiriladi. Bunda auditor yoki nazorat qiluvchi shaxs tarozi va o‘lchov asboblari
yordamida ularning to‘g‘ri o‘lchanayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Moddiy-qiymatliklardan foydalanishda qo‘ydagi qoida buzarliklar sodir
bo‘lishi mumkin: omborlarga qabul qilingan materiallarni alohida kirim hujjatlari
bilan qayd etmaslik, ombor hisobi bilan buxgalterliya hisobidagi farqning
mavjudligi, ombor kartochkalarida va moddiy javobgar shaxslarning hisobotlarida
qoldiqlarni to‘g‘ri hisoblamaslik, hujjatlar sonini oshirib ko‘rsatish, ombor
kartochkalarida salbiy qoldiqlarining mavjud bo‘lishligi va boshqa shu kabi
subektiv xarakterga ega bo‘lgan kamchiliklar. Auditor bu ishlarning korxona
rahbari va bosh buxgalteri tomonidan nazorat qilinayotganligi hamda hujjatlar
bilan rasmiylashtirilayotganligini ham o‘rganib chiqadi.
Keyingi hisobot davrining boshlanishiga o‘tuvchi salbiy qoldiqlarining
mavjud bo‘lishligi moddiy javobgar shaxsning ishidagi asosiy kamchilik
hisoblanadi. Bunday «qizil (salbiy)» qoldiqlar quyidagilar oqibatida vujudga
keladi:
1. Omborga kelgan materiallarni ombor hisobida o‘z vaqtida to‘liq qayd
etmaslik;
2. Materiallarni ishlab chiqarishga berishda qo‘shib yozishlarga yo‘l qo‘yish;
3.Ombor kartochkalarini keyingi hisobot davriga o‘tuvchi qoldiqlarini
noto‘g‘ri hisoblash.
Omborga yangi tovar kelishi bilan ana shu «qizil» qoldiqlar berkitiladi va
material go‘yoki kamaygandek bo‘lib o‘g‘irlik uchun imkoniyat ochiladi.
Ombor mudiri ba’zan kirim hujjatlarni kartochkalarga yozib qo‘ymasligi
mumkin. SHuning uchun auditor materiallarni harakati bilan bog‘liq bo‘lgan
barcha dastlabki hujjatlirini to‘satdan tekshiruvdan o‘tkazish lozim.
Ombor hisobini buxgalterlik hisobiga mos kelishini tekshirish uchun,
materiallarni ombor kartochkalarida yoki kitobda olib boriladigan analitik hisobi
qoldiqlarni material guruhlari bo‘yicha buxgalteriyaning oborot vedemostlaridagi
qoldiqlari bilan solishtirib ko‘riladi.
217
Moddiy qiymatliklarning to‘g‘ri va to‘liq saqlanishi moddiy javobgar shaxs
va omborda ishlayotgan boshqa xizmatchilarning mas’uliyatiga bog‘liq. Moddiy
javobgar shaxslarning to‘g‘ri tanlab, ishga qabul qilish muhimdir. Ularni ishga
olish va ishdan bo‘shatish bosh hisobchi roziligi bilan amalga oshiriladi. Moddiy
javobgarlik lavozimlarga kamomad yoki o‘g‘irlik tufayli sudlanganlar, shuningdek,
avvalgi ishida o‘zini ijobiy ko‘rsata olmagan shaxslar qabul
qilinmaydi.
Tekshiruv paytida auditor korxona bilan moddiy javobgar shaxslar o‘rtasida
tuzilgan yozma shartnomalar, ularning ishlari ustidan korxona rahbarlari qanday
nazorat olib borayotganligi, moddiy qiymatliklarni hisobga olinishi ustidan joriy
nazorat ishlari hamda mahsulot bahosi yozilgan artochkalari va ombor ish tartibiga
rioya qilinishi ko‘rib chiqiladi.
Moddiy qiymatliklarning omborlarda to‘la-to‘kis saqlanishini to‘g‘ri tashkil
etilganligida qo‘riqlash xizmati xodimlari ham muhim o‘rin egallaydi. Bu ishning
qanday
bajarilayotganligini
aniqlash
maqsadida
quyidagilarni
to‘satdan
tekshiruvdan o‘tkazish kerak:
1. Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan ruxsatnomalarni berish
qoidalariga rioya qilinishini;
2. Korxonada moddiy qiymatliklarni olib kelish va chiqarib yuborish ishi
ustidan ichki nazorat o‘rnatilganligini;
3. Ishlatilgan ruxsatnomalarning buxgalteriyaga o‘z vaqtida berilishini;
4. Sexlararo aloqalarni ruxsatnoma tizimi bilan rasmiylashtirilishini nazorat.
Xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni korxona ichida tashishda
ruxsatnomalar yozib berish xushyorlikni talab etadi. Bo‘limlar faoliyatida
ruxsatnomalardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida, ishlab chiqarishga berilgan
xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni bir qismini kirimga olmaslik, qo‘shib
yozishlar, o‘g‘irliklar kabi kamchiliklar sodir bo‘lishi mumkin. Ruxsatnomalar
tizimini audit qilishda auditor ruxsatnoma ma’lumotlarini schyot faktura, buyruq,
yuk xati, spetsifikatsiya, yorliq va boshqa hujjatlardagi mahsulotlarni soni,
assortimenti, sifati va bahosi bilan solishtiradi.
218
Moddiy qiymatliklarning saqlanishini nazorati. Moddiy qiymatliklarni
saqlanishini audit qilishda korxona tomonidan o‘tkaziladigan ashyoviy yo‘qlamalar
ustidan nazorat qilish muhimdir. Bu ishda quyidagi kamchiliklar uchraydi:
1. Inventarizatsiya ro‘yxatlarida moddiy qiymatliklarni to‘liq qamrab
olmaslik;
2. Ashyoviy yo‘qlamani vaqtida o‘tkazmaslik;
3. Ashyoviy yo‘qlama hujjatlaridagi yozuvlarni to‘g‘rilashlar va o‘chirishlar;
4. Ashyoviy yo‘qlama hay’at a’zolari va moddiy javobgar shaxslarning
ashyoviy yo‘qlama dalolatnomasida imzo qo‘ymasliklari.
Auditor ashyoviy yo‘qlama natijalarini buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks
ettirilganligini tahlil qiladi. Ashyoviy yo‘qlama natijalariga ko‘ra noto‘g‘ri qaror
qabul qilish ham ro‘y berishi mumkin. Oqibatda kamomad yashiriladi yoki unga
yo‘l ochiladi. Masalan: mahsulot navlarini o‘zgartirish bahonasida yetishmagan
xom ashyoni «yopib yuborish», kamomadni ishlab chiqarish to‘xtab qolgan davrlar
hisobiga «hisobdan chiqarish» yoki o‘tgan yillar kamomadiga olib borish oqibatida
aybdorlardan
haq
undirmaslik.
Bu
ishlarni
nazorat
qilishda
komissiya
bayonlaridan, ashyoviy yo‘qlama bo‘yicha qabul qilingan qarorlardan, buxgalterlik
hisobi registrlarida aks ettirilgan ma’lumotlardan
foydalaniladi.
Ashyoviy yo‘qlama o‘tkazish tartibi va uslubiyati
moddiy qiymatliklarni saqlanishi ustidan o‘tkaziladigan
nazoratning
moddiy
muhim
elementidir.
qiymatliklarni
SHuning
kamomadiga
yo‘l
uchun
ochuvchi
ashyoviy
yo‘qlama
kamchiliklarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Ashyoviy yo‘qlama o‘tkazishda
yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklarga quyidagilar kiradi:
1. Ashyoviy yo‘qlama komissiyasi tarkibiga mutaxassislarni kiritmaslik;
2. Komissiya tomonidan ashyoviy yo‘qlama natijalarini faqat umumiy tarzda
aniqlanishi;
3. Ashyoviy yo‘qlama o‘tkazish vaqtida omborga moddiy qiymatliklarni
qabul qilish yoki ularni ombordan chiqarish.
219
Ombor kartochkalari ma’lumotlarni ashyoviy yo‘qlama dalolatnomalari va
qaydnomalari ma’lumotlari bilan solishtirib ko‘rish bilan alohida moddiy
qiymatliklar bo‘yicha kamomadlar yoki ortiqcha chiqishlar aniqlanadi. Audit,
tergov
va
ekspertiza
amaliyoti
shuni
ko‘rsatadiki,
ashyoviy
yo‘qlama
dalolatnomalarida buzib ko‘rsatishlar bilan amalga oshiriluvchi kamomad usullari
uchrab turadi. Ularga xususan quyidagilar kiradi:
1. Dalolatnomaga yetishmagan materiallarni qo‘shib yozish;
2. Hisobdan chiqarilgan materiallarni komissiyaga ko‘rsatish va qayta
ro‘yxatga olish;
3. Boshqa korxonalardan vaqtincha olingan materiallarni ashyoviy yo‘qlama
hay’atiga ko‘rsatish va ro‘yxatga qo‘shish;
4. Moddiy qiymatliklar haqidagi tovarsiz nakladnoylarni hay’atga ko‘rsatish.
Ashyoviy yo‘qlama dalolatnomalaridagi qo‘shib yozish holatlarini topishda
quyidagi usullardan foydalaniladi:
1.
O‘zaro
bog‘liq
moddiy
javobgar
shaxslar
hisobidagi
moddiy
qiymatliklarni bir vaqtning o‘zida ashyoviy yo‘qlamadan o‘tkazish;
2. Bir xil materiallar qoldig‘i yozuvlarini hisobga olish davrining boshlanishi
va oxiridagi ashyoviy yo‘qlama ro‘yxatlari bilan solishtirish;
3. Ashyoviy yo‘qlama dalolatnomasidagi yozuvlarni hay’at a’zolarining
ashyoviy yo‘qlama qoralamalari ma’lumotlari bilan solishtirish;
4. Hujjatlarning nusxalarini solishtirib ko‘rish.
Qo‘shib yozishni aniqlashda xom-ashyo va materiallar harakatini aniqlovchi
tekshiruv o‘tkazish talab qilinadi.
Korxonada yo‘l qo‘yilgan talon-tarojni yashirish uchun mansabdor yoki
moddiy javobgar shaxslar tomonidan tovarsiz hujjatlar tuziladi, bu o‘z navbatida
keyinchalik o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan farqlarni keltirib chiqaradi.
Ashyoviy yo‘qlama dalolatnomasi tahlil qilinganda mahsulotning bahosi,
miqdori, navi, artikul va xom-ashyo belgisi ko‘rsatilgan rekvizitlarning to‘g‘ri
to‘ldirilishiga hamda mahsulot bahosining to‘g‘riligini tekshirgan shaxslar
imzosiga e’tibor berish kerak. SHubha tug‘dirgan ma’lumotlar (baholar, miqdori,
220
navi, xom-ashyo belgisi va boshqalar) shartnoma, yuk xati, moddiy javobgar shaxs
hujjatlari va avvalgi o‘tkazilgan ashyoviy yo‘qlama dalolatnomasi ma’lumotlari
bilan solishtiriladi. Ayniqsa, uzoq vaqt harakatsiz bo‘lgan har xil bahodagi bir xil
moddiy qiymatliklarni e’tibor bilan tekshirish zarur.
Agar avvalgi ashyoviy yo‘qlama dalolatnomalarida moddiy qiymatliklarning
bahosi yozilmagan bo‘lsa ularni moddiy qiymatliklarning sertifikatlaridan,
tovar-transport yuk xatlaridan va ombor kartochkalaridan aniqlab olish mumkin.
Shuningdek, ashyoviy yo‘qlama o‘tkazishda sodir etilishi mumkin bo‘lgan
o‘zlashtirishlarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Ashyoviy yo‘qlama dalolatnomalarida moddiy qiymatliklar bahosini,
sonini va summasini o‘zgartirish;
2. Ashyoviy yo‘qlama dalolatnomalari sahifalarida yakuniy summalarning
noto‘g‘ri hisoblanishi;
3. Ashyoviy yo‘qlama o‘tkazishda ombor (do‘kon)dagi barcha moddiy
qiymatliklarni komissiyaga to‘la ko‘rsatmaslik;
4. Ashyoviy yo‘qlama dalolatnomasida moddiy qiymatliklarni topshirgan
yoki qabul qilgan moddiy javobgar shaxslarning imzo qo‘ymaganligi;
5. Ashyoviy yo‘qlama dalolatnomasinining turli nusxalarida moddiy
qiymatliklarning sonini har xil ko‘rsatilishi.
Auditor moddiy qiymatliklar ashyoviy yo‘qlamasi natijalari bo‘yicha kelib
chiqqan farqlar haqida aniq xulosa chiqarib, korxona ma’muriyatiga axborot berish
uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlashi kerak:
1. Ashyoviy yo‘qlama dalolatnomasini asl nusxasi;
2. Farqlovchi qaydnomalar;
3. Moddiy javobgar shaxslarning kelib chiqqan farqlar to‘g‘risida
tushintirish xatlari;
4. Ashyoviy yo‘qlama komissiyasi xulosasi.
Agar ashyoviy yo‘qlama natijasida kamomad aniqlansa, auditor 5 kun muddat
ichida hujjatlarni sud tergov organlariga jo‘natishi lozim. Auditor
221
kamomad
yoki
ortiqcha
chiqish
to‘g‘risidagi
tafsilotlari
barcha
ma’lumotlarni
tekshirilayotgan korxona (firm1. rahbariyatiga to‘liq taqdim etadi.
Moddiy qiymatliklarni hisobga olishda EHMdan foydalanish jarayonida
quyidagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin:
1. Hisob ma’lumotlarini mashinogrammada noto‘g‘ri ko‘rsatib, kirimni
kamaytirish yoki chiqimni ko‘paytirish;
2.
Ataylab
xatolikka
yo‘l
qo‘yish,
masalan,
dastlabki
hujjatlarni
kodlashtirganda kirim hujjatlarida materiallarni arzonlashtirib, chiqim
hujjatlirida esa qimmatlashtirib ko‘rsatish;
3. EHMga ikkinchi marotaba yoki qalbaki hujjatlarni kiritish;
4. Dastlabki hujjatlarda materiallarni nomenklatura raqamlarini noto‘g‘ri
ko‘rsatish;
5. Dastlabki ma’lumotlarni EHM xotirasiga kiritishda ba’zi hujjatlarni
o‘tkazib yuborish.
Dastlabki
xatolarni
hujjatlar
topish
ma’lumotlarini
uchun,
ulardagi
mashina
xotirasiga
ma’lumotlarni
o‘tkazishdagi
EHMdan
chiqargan
mashinogrammalar ma’lumoti bilan solishtirib chiqiladi.
Korxonalardagi mablag‘lardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida kelib
chiqadigan kamomadlarni oldini olishga qaratilgan nazoratning samaradorligini
oshirish uchun, kamomadning mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ni ko‘rsatuvchi
dalillar talab qilinadi. Har qanday harakat belgisiz bo‘lmaydi. Tekshirish – nazorat
ishlarida ana shu belgilarni topish zarur bo‘ladi. Bunday kamomad belgilariga
quyidagilar kiradi:
1. Dastlabki hujjatlar rekvizitlarini to‘liq to‘ldirmaslik yoki ulardagi
tuzatishlar;
2. Mashinogrammadagi kelishilgan va kelishilmagan o‘zgartirishlar;
3. Nazorat mashinogrammasidagi debet va kredit oborotlarining mos
kelmasligi;
4. O‘zaro bog‘liq mashinogrammalardagi ma’lumotlarning bir-biriga
to‘g‘ri kelmasligi;
222
5. Hujjat hamda mashinogrammalar o‘rtasidagi qarama qarshiliklar.
Iqtisodiy axborotlarga EHMda ishlov berish chog‘ida shartli–doimiy
axborotlar massivini tuzish maqsadga muvofiqdir. Bunda shartli–doimiy
ma’lumotlar doimiy axborot tashuvchi massivlarda to‘planadi. Bu nazorat ishlariga
ijobiy ta’sir ko‘rsatib, nazorat hajmini kamaytirishga xizmat qiladi. SHuning uchun
ham material sarfini tekshirganda nazorat uchun tayyorlangan maxsus EHM
mashinogrammasidan foydalaniladi.
Auditor avtomatlashtirilgan hisob tizimida ish olib borayotgan korxonalarda,
EHM dasturlari to‘g‘ri tuzilganligiga etibor berish kerak. CHunki, EHM dasturlari
mablag‘larni
o‘zlashtirishga
moslanmoqda.
Ma’lum
bo‘lishicha,
topilishi
murakkab bo‘lgan kamomad, amaliyotda quyidagicha sodir etilishi mumkin: EHM
dasturiga kiritilgan moddiy qiymatliklar zaxiralari o‘zgartirilib, ombordagi ba’zi
bir moddiy qiymatliklarning yaroqsiz holga kelganligi haqida ma’lumot berishga
EHMni majbur etish. Natijada bu yo‘qotish tabiiy faktorlar asosida yuz bergan deb
xulosa qilinadi.
Ko‘rilayotgan masala murakkab va muhimdir. SHuning uchun buxgalteriya
hisobini avtomatlashtirilgan sharoitidagi o‘zlashtirishlarni aniqlash usullarini
takomillashtirish dolzarb masala hisoblanadi.
Hisobga olinmagan xom - ashyo va materiallar aniqlash. Hisobga
olinmagan «ortiqcha» xom-ashyo va materiallar omborda o‘zlashtirish, ishlab
chiqarishda esa ulardan tayyor mahsulot tayyorlab, so‘ng o‘zlashtirish yoki yo‘l
qo‘yilgan kamomadni yashirish maqsadida vujudga keltiriladi.
Bunday «ortiqchalik» korxona faoliyatining turli bosqichlarida sodir etilishi
mumkin tovar-moddiy qiymatliklarni omborga qabul qilishda, saqlashda,
ombordan tsexga berishda, ishlab chiqarishga «sarflash»da va hisobdan
chiqarishda yuzaga kelishi mumkin. Ba’zan xom-ashyo va materiallar ishlab
chiqarishga keragidan ortiqcha beriladi. Amaliyotda «ortiqchalik»ni ishlab
chiqarishga xom-ashyoni hisobga olingan muayyan mahsulot sarfiga qarab emas,
balki belgilangan me’yorlarga asosan hisobdan chiqarish usullari uchrab turadi.
Me’yorlar esa eskirgan va keragidan ortiqroq bo‘ladi. Ular, texnologik jarayonini
223
takomillashtirish, ratsionalizatorlik takliflari va xom ashyoni past navlarga
almashtirish tufayli yuzaga kelgan moddiy sarf tejamkorligini aks ettirmaydi.
Oshirilgan me’yordagi xom-ashyo va materiallarni hisobdan chiqarish bilan
vujudga kelgan ortiqcha mol chetga chiqarilib, foydasi o‘zlashtirilishi mumkin.
Amaliyotda xom-ashyoni ishlab chiqarishga o‘rtacha me’yor bo‘yicha
hisobdan chiqarish yo‘li bilan «ortiqchalik»ni yuzaga chiqarish “tajribasi” ham
uchrab turadi.
Amaliyotda
mahsulot
ishlab
chiqarishning
texnik
shart-sharoitlarini
quyidagicha buzish hollari uchrab turadi:
1. Past sifatli xom ashyoni ishlatish tufayli mahsulotning texnik me’yorlarga
nisbatan sifatini pasaytirish;
2. Bir komponentni boshqasi bilan almashtirish. Masalan: qandolatchilik
mahsulotlari ishlab chiqarishda qimmat baholi xom ashyo o‘rniga arzonini
ishlatish (shokolad o‘rniga kakoa, shakar o‘rnida saxaroz1. , chanqov bosdi
ichimliklar ishlab chiqarishda esa tabiiy sirop o‘rniga sun’iy sirop ishlatish;
3. Xom ashyo va materiallar sonini me’yordagidan ko‘proq «Hisobdan
chiqarildi» deb ko‘rsatish, shuningdek ba’zi texnologik operatsiyalar
hisobiga kamaytirish, masalan: vino ishlab chiqarish sanoatida vinoni
filtr-elakdan o‘tkazish hisobiga kamayishi ko‘zda tutiladi, ammo ko‘pincha
bu jarayon bajarilmaydi, lekin xom ashyo kamaytirilib, «hisobga
olinmagan» zaxira tashkil qilinishi mumkin;
4. Buyurtmachi va ta’minotchilar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga zid
ravishda ishlab chiqarishga sarflangan xom-ashyo va materiallarni ortiqcha
hisobdan chiqarish.
Ta’minotchidan olib kelingan xom ashyoning bir qismi hisobga olinmasligi
yoki xom ashyo sifatini kirim hujjatlarida kamaytirib ko‘rsatish (sutning moyliligi
darajasi, donning kraxmalliligi darajasi, uzum va qizilchadagi shakar miqdorining
pasaytirilishi, don namliligining oshirilishi) oqibatida omborlarda hisobga
olinmagan xom ashyo zaxirasi vujudga kelishi mumkin.
224
SHuni ham e’tiborda tutish kerakki, ba’zi sanoat tarmoqlarida (spirt, shakar
va pivo ishlab chiqarish, avtomabilga yoqilg‘i qo‘yish shaxobchalarid1.
xom
ashyo 2 xil o‘lchovda hisobga olinadi, ya’ni umumiy vazni hamda ulardagi alohida
elementlar miqdori bo‘yicha. Masalan: qand lavlagi vazni shakar miqdori bo‘yicha,
don esa namligi hamda kraxmal miqdori bo‘yicha. Auditor audit paytida, ularning
holati haqida muhandis-texnolog yoki tovarshunosdan aniq ma’lumot olmay turib,
xulosa chiqarmasligi kerak.
Bundan tashqari korxonalarda xom-ashyo ortiqchaligi quyidagi holatlarda
ham sodir bo‘lishi mumkin:
1. Qabul qilish, yuklash, tashish va tushirish paytida singan, yo‘qolgan yoki
yaroqsiz hisoblangan tovarlarga asossiz «kamayish» dalolatnomasi tuzish;
2. Ta’minotchidan ko‘p miqdordagi mollarni hujjatsiz qabul qilish;
3. Ta’minotchidan chiqit o‘rniga yaxshi sifatli mahsulot olish (hujjatga zid
ravishd1. ;
4. Idishlar vaznini oshirib ko‘rsatish;
5. Mahsulotga past sifatli mahsulot (oliy nav unga past navli un) qo‘shib
qo‘yish.
Ba’zi korxonalarda ayrim mollar hujjatsiz boshqasi bilan almashtiriladi.
Yuqorida bayon etilgan kamchiliklarni topish uchun auditorlik xizmatida
ekspert-tekshirish usulidan foydalanish yaxshi samara beradi.
§2. Pul mablag‘lari auditi xususiyatlari va undagi audit amallari. Pul
mablag‘lari auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manba’lari
Pul mablag‘larini audit qilish ishlari auditning muhim va
murakkab mavzulardan biridir. Mavjud nizom va boshqa
me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, pul mablag‘larini auditi xazinadagi naqd pullarni
saqlanishini va pul operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hisob obektlarini
yoppasiga audit o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Natijada xazinadagi naqd
225
pulni saqlanishi va pul operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hisob obektlari
tekshiriladi.
Pul mablag‘lari auditining asosiy vazifalari quyidagilardir:
1. Kassadagi naqd pul va boshqa qimmatbaho qog‘ozlarni saqlash
sharoitlarini tekshirish;
2. Mavjud pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, qat’iy hisobot
blankalarining haqiqiy qoldiqlarini hisob ma’lumotlariga to‘g‘ri kelishligini
aniqlash;
3. Kassada naqd pul qoldig‘i limitiga rioya qilinishini tekshirish;
4. Korxonaning xo‘jalik maqsadlari va boshqa ehtiyojlari uchun pul berishda
belgilangan qoidalarga amal qilishni tekshirish;
5. Kassa operatsiyalarini yuritishda tasdiqlangan nizom va boshqa me’yoriy
hujjatlarga rioya qilinganligini tekshirish;
6. Pul sarfini maqsadga muvofiqligini va qonuniyligini tekshirish;
7. Bank oboroti yozuvlarini korxonaning kassa kitobidagi yozuvlarga mos
kelishini tekshirish;
8. Bank ko‘chirmasi bilan hisoblashuv operatsiyalarini tasdiqlovchi
dastlabki hujjatlarning mavjudligini tekshirish;
9. Bankdan olingan naqd pullarni korxona kassasiga to‘la va o‘z vaqtida
kirimga olinishini tekshirish;
10. Ta’minotchi korxonalarga moddiy qiymatliklar, bajarilgan ish va
xizmatlar uchun bank hisob raqamidan to‘g‘ri va qonuniy pul o‘tkazishni
tekshirish;
11. Chek daftarchasi, chek ko‘chirmalarini saqlash va ulardan foydalanish
belgilangan tartibda amalga oshirilishini tekshirish;
12. Bankdan pul olish qoidalariga rioya qilishni tekshirish.
Pul mablag‘lari auditning manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
“Buxgalteriya hisobi” va “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasining
qonunlari,
Prezident
farmonlari,
qarorlari,
Vazirlar
Mahkamasining qarorlar va ko‘rsatmalari, pul mablag‘larini hisobini yuritish
226
bo‘yicha Moliya vazirligining va Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari (nizomlar,
yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalar), KO № 1 shaklidagi kirim kassa orderi; KO № 2
shaklidagi chiqim kassa orderi; KO № 3 shaklidagi kassa hisobini yuritish daftari;
KO № 4 shaklidagi kassa kitobi; KO № 5 shaklidagi kassir tomonidan olingan va
tarqatilgan pullar va pul sarflarini qayd qilish
kitobi; kassa kirim va chiqim
orderlarini qayd qilish kitobi, kassir hisoboti, chek daftarchalari; to‘lov
topshiriqnomasi; to‘lov talabnomasi; kvitansiyalar va bank operatsiyalarini
rasmiylashtirish bo‘yich boshqa hujjatlar; hisoblashuv va boshqa schyotlardan
bank ko‘chirmalari; pul mablag‘larining mavjudligi to‘g‘risida ashyoviy yo‘qlama
dalolatnomalari; pul mablag‘larini uchyotini yuritish bo‘yicha jurnal-orderlar,
qaydnomalar, mashinagrammalar, videogrammalar, kompyuter dasturlari va
boshqalar; ish haqi hisoblashga asos bo‘ladigan barcha hujjatlar, xususan,
naryadlar, marshrut varaqlari, bildirishnomalar, akkord shartnomalari, ish vaqtini
hisobga olish tabeli, ishlab chiqarishdan mahsulotlarni chiqarish qaydnomasi va
boshqalar, ish haqi hisoblash kitobi va to‘lov qaydnomalari.
Pul mablag‘larining auditi quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
1. Kassadagi naqd pull unga tenglashtirilgan qiymatliklarni saqlanishini va
haqiqiy miqdorrini aniqlash maqsadida kassada to‘satdan ashyoviy yo‘qlam
o‘tkaziladi;
2. Pul mablag‘larini kassaga olib kelish, kirim qilish va ularni kassada
saqlash sharoitlarini tekshiriladi;
3. Kassa intizomi talablariga va pul mablag‘larining maqsadli sarflanishiga
rioya qilinayotganligi tekshiriladi;
4. Qat’iy hisobot blankalari, kassa hujjatlari, yo‘ldagi pul mablag‘lari va
boshqa hujjatlarning mavjud holati va ishlatilishi tekshiriladi;
5. Pul mablag‘larining sintetik va analitik hisobining yo‘lga qo‘yilishi
tekshiriladi.
Kassa, kassa muomilalari va pul hujjatlari operatsiyalarining auditi.
Kassani operatsiyalarini auditi kassa xo‘jaligini qanday tashkil qilinganligi va
227
kassadagi naqd pullarni, qat’iy hisobot blankalarini va ish qog‘ozlarini
inventarizatsiya qilishdan boshlanadi.
Auditor kassa xo‘jaligini qanday tashkil qilinganligi va kassadagi naqd
pullarni, qat’iy hisobot blankalarini va ish qog‘ozlarini tekshirishga qadar
quyidagilarni bilib olishi lozim:
1.
Tekshirilayotgan
korxona
kassasiga
nechta
kassir
xizmat
ko‘rsatayotganligini;
2. Kassirlar faqat shu korxonada ishlashi yoki boshqa tashkilotlarga ham
xizmat ko‘rsatishini;
3. Kassirlar, kassa operatsiyalarini olib borish to‘g‘risidagi qoidalar bilan
tanishtirilganligini.
Kassadagi pul mablag‘larini, pul hujjatlarini va boshqa qiymatliklarni
haqiqatda mavjudligini, ularning kassir hisobotlarida va pul harakati to‘g‘risidagi
qaydnomalarda
kelishini
yo‘qlama
ko‘rsatilgan
aniqlash
o‘tkazish
miqdorlarga
maqsadida to‘satdan
bilan
boshlanadi.
to‘g‘ri
ashyoviy
Ashyoviy
yo‘qlama, odatda, auditor, bosh hisobchi va kassir
ishtirokida amalga oshiriladi. Agar kassir bemorligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra
kassada to‘satdan ashyoviy yo‘qlama
ishtirok eta olmasa, korxona rahbari
o‘tkazish uchun bosh hisobchi, auditor va jamoatchilik vakilidan tashkil topgan
hay’at a’zolarini tayinlaydi.
Kassani to‘satdan ashyoviy yo‘qlama qilishda auditor dastlab quyidagi
ishlarni bajaradi:
1. Kassirdan inventarizatsiya kunga bo‘lgan kassir hisobotini oladi;
2. Kassirdan barcha kirim va chiqim hujjatlari kassa hisobotiga kiritilganligi
va tekshirish vaqtida kirim qilinmagan hamda hisobdan chiqarilmagan
pullarning bo‘lmaganligi haqida tilxat oladi;
3. Kassadagi naqd pullarni ashyoviy yo‘qlamasini o‘tkazish uchun auditor
kassir seyfini ochib mavjud pul, pul hujjatlari va qat’iy hisobotdagi
blankalarni hay’at a’zolariga sanash va hisoblash uchun taqdim etadi.
228
Hay’at a’zolari kassir nazoratidagi naqd pul va pul hujjatlari hamda boshqa
qiymatliklar haqiqiy qoldiqlarini yoppasiga hisoblab chiqadi. Hisoblangan pullar
kupyura (pul belgi)lari bo‘yicha yozib boriladi. Hisoblangan naqd pul va pul
hujjatlari auditor tomonidan qayta tekshiriladi.
Kassada korxonaga tegishli bo‘lmagan va hisobotga kiritilmagan pul va
boshqa qiymatliklarning mavjudligi to‘g‘risidagi kassir tomonidan berilgan tilxat
auditor tomonidan atroflicha tekshiriladi. Mavjud pullarni
haqiqatdagi
miqdorlarini hisoblashda tilxatdagi e’tirozlar e’tiborga olinmaydi. Kassadagi
haqiqatdagi mavjud pul qoldig‘ini buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga muvofiq
kelishligi, ashyoviy yo‘qlama yakunidagi pul qoldig‘ini, ashyoviy yo‘qlama
boshlanishidan oldin tuzilib taqdim etilgan kassir hisobotining qoldig‘iga
solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Kassadagi naqd pulni haqiqiy qoldig‘i aniqlangandan so‘ng qat’iy hisobot
blankalari, aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar, sertifikatlar va boshqa qimmatbaho
qog‘ozlar, shuningdek, pul hujjatlari tekshiriladi. Tekshirishda pul va pul
hujjatlarining kamomadi yoki ortiqchasi aniqlansa, auditor kassirdan ushbu
chetlanishlarining tafsilotlari va sabablari to‘g‘risida tushuntirish xati oladi.
Auditor tushuntirish xatining haqqoniyligini tekshiradi va kassirdan kamomadni
undirib olish chorasini ko‘radi. Audit davomida pul mablag‘larini saqlash
sharoitlari va qoidalariga rioya qilinishi o‘rganib chiqiladi.
Kassani xo‘jaligini yuritish amaliyotida quyidagi kamchiliklar uchrab turadi:
1. Qabul qilingan pulni kassaga kirim qilmaslik;
2. CHiqim hujjatini takroriy hisobdan chiqarish;
3. Kassir hisobotida kirim va chiqim kassa oborotlarini noto‘g‘ri hisoblash;
4. Kassir tomonidan hujjatlarni soxtalashtirish;
5. Buxgalteriya registrlariga noto‘g‘ri yozuvlar va tuzatishlar kiritish;
6. Bankdan olingan pulni kassaga to‘la va o‘z vaqtida kirim qilinganligi.
Bankdan olingan pulni kassaga to‘la va o‘z vaqtida kirim qilinganligini
aniqlashda tekshirilayotgan davr bo‘yicha bankdan kassaga olingan pul
summalarini bank ko‘chirmasi va kassir hisobotidagi yozuvlar bilan solishtirib
229
chiqiladi. Mazkur tekshirishda chek daftarchalaridan olingan koreshoklar ham
ko‘rib chiqiladi. Bankdan olingan pullarning to‘liq va o‘z vaqtida kirim
qilinganligi tekshirsha auditor, operatsiyalarni o‘zaro solishtirish usulidan
foydalanadi. «Kassa» schyotini debet oboroti jami ya’ni 1-jurnal - order
ma’lumotlari «Bank bilan hisoblashuv» schyotini kredit oboroti bilan ya’ni
2-jurnal-order ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. Ular bir biriga mos kelishi lozim.
Summalar bir-biridan farq qilgan holda ular kirim kassa orderlari, bank
ko‘chirmalari, kassir hisobotlari, cheklarning yig‘ma varaqlari bo‘yicha taqqoslab
chiqiladi. Agar zarurat tug‘ilsa, bevosita bank muassasasida ham tekshirish amalga
oshiriladi.
Auditor kassa hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga alohida e’tibor
berishi kerak.
Kassada suiste’molliklarning eng ko‘pi ish haqi va hisobdorlik summalariga
to‘g‘ri keladi. Bularga, qaydnomalarga «o‘lik jonlarni» qo‘shish, qaydnomani
jamini asossiz oshirib qo‘yish, chiqim hujjatlarini kassa hisobotlariga takroran
qo‘shish maqsadida pul berilgan sanani o‘zgartirib qo‘yish va yana boshqa
«qing‘irliklar» kiradi.
Kassa operatsiyalarini audit qilishda korxona kassasiga turli manbalardan
kelib tushgan pullarni to‘la kirimga olinishi o‘rganiladi. SHuningdek, pul
tushumini bank muassasalariga to‘la va o‘z vaqtida topshirilishi, kassa hujjatlarini
to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va saqlanishi, kassa operatsiyalarini sintetik va analitik
hisobi, bankdan olingan pullarni maqsadga muvofiq sarflanishi tekshiriladi.
Tekshirishda kassa orderlari va boshqa hujjatlar siyoh bilan tekkiz, tuzatishsiz
rasmiylashtirilganligiga e’tibor beriladi. Kassa orderlari tartib bilan nomerlanadi.
Audit jarayonida yakuniy jami ko‘rsatilgan barcha hujjatlar (to‘lov qaydnomalari,
kassir
hisoboti)
tekshirishdan
o‘tkaziladi.
Mazkur
tekshirishda
kassir
hisobotlaridagi dastlabki qoldiqlar oldingi hisobotlardan to‘g‘ri o‘tkazilganligi
solishtirib chiqiladi.
Kassa chiqim hujjatlarini tekshirishni oddiy xronologik ketma-ketlikda va
sarf-xarajatlarning iqtisodiy o‘xshashligiga qarab (xodimlarga ish haqi to‘lash,
230
mukofot to‘lash, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari, xizmat sarflari uchun to‘lovlar,
xo‘jalik xarajatlari to‘lovlari va boshqalar) o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ushbu
hujjatlarni tekshirishdan maqsad, belgilangan qoida va me’yoriy hujjatlarga rioya
qilish darajasini aniqlashdir (masalan, bajarilgan ish va xizmat natijalarini
soxtalashtirish, to‘lov hujjatlarini takroran ishlatish va hokazolar). Ba’zan mehnat
ta’tilida, o‘qishda, bemor bo‘lgan va ishdan bo‘shatilgan xodimlarga noqonuniy ish
haqi hisoblash hamda kassadan to‘lashga yo‘l qo‘yiladi.
Tekshirishning barcha holatlarida kassa kirim va chiqim orderlari, ularga
ilova qilingan hujjatlarning to‘la va to‘g‘ri to‘ldirilishi, ularda tegishli imzolarning
mavjudligi, «hisobdan chiqarildi» hamda «hisobga olindi» muhrlarini qo‘yilganligi
o‘rganib chiqiladi. Kassa auditining obektlariga deponentlashtirilgan summalar va
ularning hisobi ham kiradi. Deponentga o‘tkazilgan summaning hisobi to‘g‘ri va
asosli tashkil qilinganligi, yakuniy ma’lumotlarni tegishli sintetik schyot
ma’lumotlariga muvofiq kelishligi, deponentlashtirilgan summalarning sintetik
hisob ma’lumotlari analitik hisob ma’lumotlariga mos kelishligi tahlil qilinadi.
Tekshirishda uzoq muddat davomida talab qilinmagan va korxona faoliyati
natijalariga o‘tkazib yuborish muddati yaqinlashgan, to‘lanmagan deponent
summalariga alohida e’tibor berish kerak.
Deponentlashtirilgan summalarni to‘lanishini va o‘tkazib berilishini
qonuniyligi xodimlarni kassa hujjatidagi imzolarini ularni ishga qabul qilish
to‘g‘risidagi hujjatlardagi imzolari bilan solishtirib aniqlanadi. Agar imzolar bir
biriga mos kelmasa va auditorda hisob ma’lumotlarining ishonchliligiga shubha
tug‘ilsa, auditor deponentchi xodim bilan suhbatlashib, imzolarning haqiqiyligini
aniqlaydi. Audit davomida deponent summalarining hosil bo‘lishi va o‘z vaqtida
xodimlar tomonidan olinmasligi sabablari aniqlanadi va tahlil qilinadi.
Kassa operatsiyalarini tekshirish mobaynida auditor, bulardan tashqari
quyidagilarni ham tekshirishi lozim:
1. Har chorakda kassada to‘satdan ashyoviy yo‘qlama o‘tkazib turilishini;
2. Kassir hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirilishini;
231
3. Kassa hisobotlarida va ularga tegishli bo‘lgan hujjatlarda bosh buxgalter
yoki uning o‘rinbosarini hisobotlarni qabul qilganligi va tekshirganligi
to‘g‘risida imzolarining borligini;
4. Ish haqi, xizmat safari va xo‘jalik xarajatlari uchun bankdan olingan
pullar mo‘ljallangan maqsadlarda ishlatilganligini;5. Kassa qoldiqlarini
belgilangan limitlarga muvofiqligini;
6. Berilmagan ish haqi qoldiqlarini va sotishdan tushgan tushumlarni bankka
o‘z vaqtida topshirilishini;
7. Naqd pullarni ishonchnomasiz berilgan hollar bor yo‘qligini. Agar bunday
faktlar mavjud bo‘lsa, auditor bu operatsiyalarning sababini aniqlashi, ular
kimning ko‘rsatmasi bilan berilganligini va buning zamirida suiste’molchilik
amalga oshirilgan yoki oshirilmaganligini aniqlashi lozim;
8. Rahbar va bosh buxgalter to‘ldirilmagan cheklarga imzo chekib, ularni
mustaqil to‘ldirish va bankdan pul olish uchun kassirga bergan yoki
bermaganligini;
9. Chek daftarchalari bosh buxgalterning seyfida saqlanishini yoki amaldagi
tartibga g‘ilof ravishda kassirda turishini;
10. Korxonada kirim va chiqim kassa orderlarini qayd qilish daftari,
shuningdek kassa kitobini borligini (kassa kitobi raqamlangan, shnurlangan
va surguchli muhr bilan muhrlangan bo‘lishi, kitobdagi varaqlar soni
haqidagi qayd rahbar va bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanishi
lozim);
11. Kassa orderlari va boshqa pul hujjatlarida tegishli mansabdor shaxslar
hamda pul oluvchilarning imzolari borligini va ularning haqiqiyligini;
12. Kassa hujjatlariga maxsus shtamplarni qo‘yilishi;
13. Kassa operatsiyalari bo‘yicha provodkalarning to‘g‘riligini;
14. To‘lanmagan ish haqlarini o‘z vaqtida deponentga o‘tkazilishini.
Kassa hujjatlarini tekshirish ayni vaqtda kassa intizomi va moliyaviy
intizomga rioya qilishni tekshirish bo‘lib hisoblanadi. Kassa auditining natijalari
quyidagi qaydnoma bilan rasmiylashtiriladi (13.1-jadval).
232
Bankdagi schyotlarga doir muomalalarni hisobga olish va nazorat
qilishning holatini tekshirish. Auditor bankdagi joriy, valyuta va boshqa
hisoblashuv schyotlari bo‘yicha operatsiyalarini tekshirishda quyidagilarga alohida
e’tibor berishi lozim:
1. Joriy, valyuta va boshqa hisoblashuv schyotlari qaysi bank muassasalarida
ochilganligiga;
2. Bank ko‘chirmalari bo‘yicha summalar ularga ilova qilingan birlamchi
hujjatlardagi summalarga muvofiq kelishligiga;
3. Bank operatsiyalarini buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligiga
(masalan: ba’zi hollarda olingan naqd pullarni «Kassa» schyotida aks ettirish
o‘rniga boshqa schyotlarda ko‘rsatiladi);
4. Bank ko‘chirmalarida aks ettirilgan har bir operatsiya tegishli birlamchi
hujjat (to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasi va x.k.)lar bilan
tasdiqlanganligiga.
13.1-jadval
Kassa operatsiyalarini tekshirishda aniqlangan kamchilik va
chetlanishlar qaydnomasi
Kassa hisoboti
sana
50.000
summa
5.10
sana
Summa
00145678
Sana
nomeri
Hek
bo‘yicha
15.10 50.000 15.10 195
Chetlanishlar
Summa
bo‘yicha
kunlar
ko‘chirmasi
kirim
Chek daftarchasi o‘yicha
summa
Bank
45000
15.10
5000
Agar bank ko‘chirmalarda tuzatishlar va qoldiqlarda tafovutlar aniqlansa,
bankdan joriy, valyuta va boshqa hisoblashuv schyotlari bo‘yicha sodir bo‘lgan
operatsiyalarni tasdiqlovchi ishonchli ko‘chirma olinadi. Tekshirishda bank
ko‘chirmasiga ilova qilingan birlamchi hujjatlar muayyan tartibda guruhlanadi va
tekshiriladi.
233
Auditor bankdagi joriy, valyuta va boshqa hisoblashuv schyotlari bo‘yicha
sodir bo‘lgan operatsiyalarni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishda quyidagilarni
aniqlashi lozim:
1. Tovarsiz va boshqa noqonuniy operatsiyalar bo‘yicha bo‘nak
to‘lovlari o‘tkazilganligini (tekshirilayotgan korxonaga taalluqli bo‘lmagan
boshqa tashkilotlarning sotib olgan tovarlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish
tartibida pul o‘tkazilganligini);
2. Tovar moddiy boyliklarni mavsumiy to‘plashga va ssuda olish uchun
taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligini;
3. Bankdan olingan chek daftarchalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini
va ulardan qonuniy foydalanilayotganligini hamda ular hisobdor shaxslarga
tilxat bo‘yicha berilganligini;
4. Hisobdor shaxslar chek daftarchalaridan foydalanganliklari haqida hisobot
tuzishlarini, ularning hisobotlarini oborotlari, qoldiqlari bankdagi maxsus
ssuda schyoti oborotlari va qoldiqlariga muvofiqligini hamda transport
hujjatlarida cheklarning raqami, sanasi va summasi ko‘rsatilishini.
5.
Akkreditivlar
bilan
o‘tkazilgan
operatsiyalarning
to‘g‘riligi
va
qonuniyligini tekshirish. Bunda mazkur hisob kitoblarning sabablarini, ular
korxonaning to‘lovga layoqatligi oqibati emasligini ham aniqlash lozim.
Bunday holda korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash uchun qanday
choralar ko‘rilganligini bilish kerak.
Bank operatsiyalarini tekshirishda auditor «Yo‘ldagi pullar va pul
ekvivalentlari hisobi» schyotlari summalarning haqiqiyligini ham tekshiradi. Bu
schyotda bank kassalariga topshiriladigan, lekin maxsus ssuda schyotida qayd qilib
ulgurmagan pul summalari, shuningdek, tekshirayotgan korxona schyotiga kelib
tushmagan, ya’ni oy oxirida «yo‘lda» bo‘lgan summalar aks ettirilishi lozim.
Ko‘pchillik hollarda «Yo‘ldagi pullar» schyotida bajarilgan ishlar uchun
buyurtmachilarning qarzlari va boshqa summalar noto‘g‘ri ko‘rsatiladi.
Korxona schyotiga kelib tushgan pul mablag‘larini tekshirishda ularning
to‘g‘ri va to‘liq hisobga olinganligi tekshiriladi (masalan: naqd pul badallari kassa
234
operatsiyalarini tekshirish mobaynida bankning barcha ko‘chirmalarida qayd
qilinishi lozim).
Auditor bankdagi joriy, valyuta va boshqa hisoblashuv schyotlaridan pul
mablag‘larini o‘z vaqtida va to‘liq kirim qilinishiga va maqsadli foydalanishigi
alohida e’tibor berishi lozim. Tovar yetkazib beruvchilarga pul mablag‘larini
o‘tkazish va ularga bo‘lgan qarzlarni uzilganligini aniqlash, ular bilan bo‘ladigan
hisoblashuvlarni hisobga olish schyotlari asosida tekshiriladi.
Auditor pul mablag‘larini akseptlangan topshiriqnomalar bilan pochta
aloqasi orqali o‘tkazishda qoida buzishlarga yo‘l qo‘yilganligini tekshirib ko‘radi.
Bunda joriy va deponentga olingan ish haqi, ijro varaqlar yoki hisobdorlik va
hokazo o‘tkazmalarning xususiyatlarini, o‘tkaziladigan summalarni (dastlabki
hisobga olish hujjatlariga solishtirish yo‘li bilan), shuningdek, o‘tkazmalarni
oluvchilarni manzilgohining to‘g‘riligini tekshiradi.
Korxona va firmalarning chet el valyutasidagi pul mablag‘lari to‘liq hisobga
kiritilganligini va valyuta operatsiyalari hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlash
tekshiruvdagi muhim masala hisoblanadi.
Bankdagi joriy, valyuta va boshqa schyotlar hamda kredit bo‘yicha
operatsiyalarining auditi. Bankdagi joriy, valyuta va boshqa hisoblashuv
schyotlarini auditi, korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasi va unda
ochilgan schyot hamda subschyotlar bilan tanishishdan boshlanadi. Schyotlar va
subschyotlarda sodir qilingan operatsiyalarni to‘g‘riligini tekshirish uchun mas’ul
shaxslarning imzolari va bank muassasasining shtampi bilan tasdiqlangan bank
ko‘chirmalari va tegishli ilovalar to‘planadi.
Audit jarayonida bank operatsiyalarini aks ettiruvchi hujjatlarni to‘liq
taqdim etilganligini aniqlash maqsadida, birinchi o‘rinda, bank hisob raqamidan
olingan ko‘chirmalar quyidagicha tekshiriladi: operatsion sana oxiridagi qoldiq
keyingi (navbatdagi) kunning boshiga hisoblangan qoldiq bilan solishtiriladi.
Solishtirishda qoldiqlar orasida farq aniqlansa, hisob raqamida sodir bo‘lgan
barcha operatsiyalar yoppasiga tekshirib chiqiladi. Zaruriyat tug‘ilganda, bank
ko‘chirmalarning haqqoniyligi, bankdagi ma’lumotlarga solishtirish yo‘li bilan
235
tekshiriladi. Agar mazkur solishtirishda chetlanishlarga yo‘l qo‘yilmaganligi
aniqlansa, auditor oraliq dalolatnomasini tuzadi. Dalolatnomada bankdagi joriy,
valyuta va boshqa hisoblashuv schyotlariga yozuvlar qaysi hujjatlarga asosan
amalga oshirilganligi ko‘rsatiladi. Zaruriyat tug‘ilganda xato va kamchiliklarga
yo‘l qo‘yilgan hujjatlardan nusxa ko‘chirilib, dalolatnomaga ilova qilinadi.
Ta’minotchi korxonalar bilan hisoblashuvlarni tekshirishda, to‘lovga taqdim
etilgan va bankdagi joriy, valyuta va boshqa hisoblashuv schyotlaridan to‘langan
summalarni, ulardan tashib keltirilgan hamda omborga kirim qilingan moddiy
qiymatliklarning summalari bilan solishtiriladi. Tekshirishda ta’minotchi va
buyurtmachi korxonalar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar ham o‘rganib chiqiladi.
SHartnomada
taraflarning
hisoblashish
shartlariga
taalluqli
huquq
va
majburiyatlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Joriy, valyuta va boshqa hisoblashuv schyotlariga tegishli bo‘lgan dastlabki
hujjatlarning va operatsiyalarning haqqoniyligi, qonuniyligi tekshirilgandan so‘ng,
buxgalteriya hisobi registrlari o‘rganiladi. Buning uchun «Bank hisob-raqami
schyoti» bo‘yicha №2-jurnal-order va №2-qaydnoma yozuvlari tahlil qilinadi.
Tahlilda o‘xshash schyotlar korrespondendiyasidagi summalarning tegishli
schyotlarda to‘g‘ri va to‘la yozilishi hujjatlarni muqobil tekshirish uslubida
aniqlanadi.
Tekshirishda joriy, valyuta va boshqa hisoblashuv schyotlarida sodir bo‘lgan
operatsiyalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘g‘ri aks ettirilganligiga
e’tibor beriladi. Agar odatdan tashqari bo‘lgan schyotlar korrespondendiyasi
uchrasa, hujjatlarga asosan ularning mazmuni tekshiriladi.
Auditor olingan qisqa va uzoq muddatli kreditlar qanday ta’minlanganligini
va kredit berish qoidasining buzilishi natijasida turli suiste’mollarga (masalan,
kredit operatsiyalari auditida korxona ta’minotchilar bilan hisoblashish maqsadida
bankdan kredit olib, uni boshqa maqsadga ya’ni, naqd pulga aylantirib so‘ng
o‘zlashtirish holatlari bo‘lishi mumkin) yo‘l qo‘lganligini aniqlaydi.
Nazorat uchun savollar
236
1. Pul mablag‘lari va hisoblashuv operatsiyalari auditining vazifalarini gapirib
bering?
2. Kassa xo‘jaligi deganda nimani tushunasiz?
3. Kassa operatsiyalarining auditi manbalarini va vazifalarini gapirib bering?
4. Kassa operatsiyalarining auditi ketma-ketligini gapirib bering?
5. Bank jarayonlari auditining ma’lumotlar manbai va ularning qonuniyligini
tekshirishni gapirib bering?
6. Bankdagi hisob-raqami va boshqa schyotlar bo‘yicha operatsiyalarining auditi
ma’lumotlar manbai va ularning qonuniiligini tekshirishni gapirib bering?
Nazorat uchun test savollar
1. Kassa xo‘jaligini tashkillashda qanday kamchiliklar bo‘lishi mumkin?
1. Kassir xonalarida temir eshiklar, shkaflar va signalizatsiya o‘rnatilmaganligi,
ilgari sudlangan shaxslarni kassir etib tayinlash.
2. Kirim-chiqim hujjatlarini soxtalashtirish.
3. Kassir hisobotida oborotlarni va qoldiqni noto‘g‘ri hisoblash.
4. Buxgalteriya registrlariga tuzatishlar kiritish.
2. Kassa operatsiyalarini audit qilganda qanday kamchiliklar aniqlanishi
mumkin?
1.
Kirim-chiqim hujjatlarini soxtalashtirish, hsobda takroriy ko‘rsatish, kassir
hisobotida oborotlarni va qoldiqni noto‘g‘ri hisoblash, buxgalteriya registrlariga
tuzatishlar kiritish.
2. T o‘lov hujjatlari ekspertiza qilinadi.
3. Solishtirish dalolatnomasi tuzadi.
4. Omborda inventarizatsiya o‘tkazadi.
3. Kassa operatsiyalarining auditi manbalari qaysi bandda keltirilgan?
1. Kassir hisoboti va unga ilova qilingan birlamchi hujjatlar, hujjatlarini qayd
qilish kitobi, ish haqi qaydnomalari, hisob registrlari, bosh kitob.
2. Me’yoriy hujjatlar va kassir hisoboti.
3. Birlamchi hujjatlar, hujjatlarini qayd qilish kitobi.
237
4. Ish haqi berish qaydnomalari, hisob registrlari, bosh kitob va balanslar.
4. Ta’minotchi korxonalar bilan hisoblashuvlarni to‘g‘ri qanday tekshiriladi?
1. Ta’minotchi korxonalarni to‘lovga taqdim etilgan va to‘langan summalarni
tasdiqlovchi hujjatlarni kirim qilingan moddiy qiymatliklarning summalari bilan
solishtiriladi.
2. To‘lov hujjatlari ekspertiza qilinadi.
3. Solishtirish dalolatnomasi tuzadi.
4. Omborda inventarizatsiya o‘tkazadi.
5. Bankdagi hisob-raqami va boshqa schyotlar bo‘yicha operatsiyalarining
auditi manbai va uni tekshirish tartibi qaysi bandda keltirilgan?
1. Audit manbai bank ko‘chirmalar va unga ilova qilingan dastlabki hujjatlar,
ko‘chirmalari to‘g‘riligi oxiridagi qoldiqni keyingi kunning bohiga bo‘lgan
qoldiqqa solishtirib tekshiriladi.
2. Bank shartnomasi audit manbai bo‘lib xizmat qiladi.
3. Bankning nizomi va tasis hujjatlari.
4. Hisob registirlari.
6. Bankdagi joriy, valyuta va boshqa hisoblashuv schyotlari bo‘yicha
operatsiyalarini tekshirishda nimalarga e’tibor berish kerak?
1. Bu schyotlarning qaysi bank muassasalarida ochilganligiga, bank ko‘chirmalari
bo‘yicha summalar ularga ilova qilingan birlamchi hujjatlardagi summalarga
muvofiq kelishligiga.
2.
Bank operatsiyalarini buxgalteriya hisobida to‘ri aks ettirilganligiga bank
ko‘chirmalarida aks ettirilgan har bir operatsiya tegishli birlamchi bilan
tasdiqlanganligiga.
3. Birinchi javob to‘ri.
4. To‘ri javob yo‘q.
7. Bankdagi schyotlarda sodir bo‘lgan operatsiyalarni tasdiqlovchi hujjatlarni
tekshirganda auditor nimalarni aniqlashi lozim?
238
1. Noqonuniy operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarni, ssuda olish uchun taqdim etilgan
hujjatlarning
haqqoniyligini,
chek
daftarchalaridan
qonuniy
foydalanilayotganligini, akkreditiv operatsiyalarning to‘g‘riligini.
2. Bank ko‘chirmasini to‘g‘riligini va tasdiqlanganligini.
3. Bank shartnomalarini haqiqiyligini.
4. To‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilayotganligini.
14-Mavzu: Majburiyatlarni auditi
Mavzu bo‘yicha atamalar: ish haqi, har xil debetorlar, har xil kreditorlar,
hisob-kitob.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
«BBB», “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Hisob - kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
Hisob kitoblar auditining asosiy maqsadi amalga oshiraliyotgan hisobkitoblar bo‘yicha o‘rnatilgan tartiblarga, hisoblashuv intizomiga
rioya qilishni, debitor va kreditor qarzlarni ishonchli hamda
haqiqiyligini aniqlash bo‘lib hisoblanadi. Auditor maqsadga
erishish uchun qo‘y’dagi vazifalarni bajaorishi lozim:
1. Hisoblashuv operatsiyalarini uchyotga olish dastlabki hujjatlarini to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligini tekshirish;
239
2. Hisob-kitoblarni amalga oshirish tartiblariga rioya qilinayotganligini
tekshirish;
3. Hisob-kitob operatsiyalarini hisobga olish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar
bilan ta’minlanganlikni va ularning talabiga rioya qilinayotganligini
tekshirish;
4. Ish haqi fondidan to‘g‘ri foydalanishni tekshirish;
5. Debitor va kreditor qarzlarni dinamikasini, haqiqiyligini va sodir bo‘lish
sabablarini hamda ularni hisobdan to‘g‘ri chiqarilishini tekshirish;
6. Foydadan va boshqa manba’lardan to‘lanadigan soliqlar hisob-kitoblarini
to‘g‘riligini va ularni o‘z vaqtida o‘tkazib berilayotganligini tekshirish;
7. Soliq qonunchiligiga rioya qilishni va uning bo‘zilishini aniqlash;
8. Buxgalteriyada ularninrg sintetik va analitik uchyotlari to‘g‘ri tashkil
qilinganligini va olib borishini hamda analitik uchyot ma’lumotlari bilan
sintetik uchyot ma’lumotlarini mos kelishini tekshirish va boshqalar.
Hisob-kitoblar
auditining
ma’lumot
manbalari
quyidagilar
bo‘lib
hisoblanadi: moliyaviy rejalar; byudjet to‘lovlari limitlarining hujjatlari; to‘lov
majburiyatnomalari;
talabnomalar;
buxgalteriya
hisobi
va
hisoblashuv
operatsiyalari rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar; hisobdor shaxslar bilan
hisoblashuvlar bo‘yicha bo‘nak hisobotlari; joriy, valyuta va boshqa hisoblashuv
schyotlari va maxsus ssuda schyotlaridan olingan bank ko‘chirmalari; da’vo va
e’tirozlar bo‘yicha dalolatnomalar; moddiy zararni to‘lash bo‘yicha kassa
hujjatlari; hisob registrlari; bank kreditlari va hisob raqami schyotlari bo‘yicha
jurnal-orderlar, qaydnomalar; moliyaviy hisobotlar; mehnat va ish haqi bo‘yicha
me’yoriy hujjatlar; ish haqi hisoblashga asos bo‘ladigan barcha hujjatlar, xususan,
naryadlar, marshrut varaqlari, bildirishnomalar, akkord shartnomalari, ish vaqtini
hisobga olish tabeli, ishlab chiqarishdan mahsulotlarni chiqarish qaydnomasi va
boshqalar, ish haqi hisoblash kitobi va to‘lov qaydnomalari; jamoa shartnomalari;
shtatlar jadvali; ishga qabul qilish va bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruqlar,
farmoyishlar va ish vaqtidan foydalanish tabeli va deponentlashtirilgan ish haqi
240
varaqalari hamda ish haqini uchyotga olish bo‘yicha sintetik va analitik hisob
registrlari.
§2. Xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomilalarga doir hisob-kitoblar
auditi
Ish haqi, korxona xodimlari daromadining asosiy manbai bo‘lib, har bir
ishlovchining mehnat maxsuli miqdori va sifati bilan o‘lchanadi.
Ish haqi mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarishga
ketgan xarajatlarning salmoqli qismini tashkil qiladi. Demak, ish haqi ishlab
chiqarish
xarajatlarining
muayyan
qismi
sifatida
mahsulot
tannarxini
shakllanishiga va pirovard natijada, korxonaning moliyaviy natijasiga ta’sir etadi.
Mehnatga haq to‘lash va mehnat resurslaridan foydalanishning auditi,
mehnatni samarali tashkil etishga va uni natijalarini oshirishga yo‘naltirilgan
bo‘lishi kerak. SHu maqsadda audit jarayonida quyidagilar tekshiriladi:
1. Korxonaning shaxsiy tarkibi;
2. Mehnat intizomiga rioya qilish holati;
3. Ish vaqtidan samarali foydalanish;
4. Mehnatga haq to‘lash fondidan to‘g‘ri foydalanish.
§3. Korxonaning shaxsiy tarkibi auditi
Mehnatdan foydalanish va mehnat intizomiga rioya qilishni auditi.
Audit o‘tkazish jarayonida auditor mehnat intizomini mustahkamlash, kadrlar
qo‘nimsizligini kamaytirish borasida korxonada qabul qilingan
tadbirlarni,
lavozim
yo‘riqnomalarini
mavjudligini
va
xodimlar
choraorasida
majburiyatlarni to‘g‘ri taqsimlanishini o‘rganib chiqadi.
Auditor ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq va
hisobot ma’lumotlari asosida ish kuchini qo‘nimsizligini tahlil qiladi. Auditor
ishdan bo‘shatish sabablarini o‘rganib chiqadi va kadrlar qo‘nimsizligi
241
koeffitsentini hisoblaydi. Kadrlar qo‘nimsizligi koeffitsenti mazkur davrda ishdan
turli sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan ishchilar sonini jami ishchilarning o‘rtacha
soniga bo‘lib aniqlanadi. Ushbu ko‘rsatkich, avvalgi davrdagi koeffitsentlari bilan
taqqoslanadi.
Ish vaqtidan foydalanish va mehnat intizomi audit qilinganda sababsiz ishga
kelmaslik, ishga kech qolib kelish, smena ichida ishni to‘xtab qolishi, ishdan
tashqari vaqtda yoki dam olish va bayram kunlari ishga jalb qilish va shu kabi
ma’lumotlar sababi o‘rganiladi.
Ishbay ish haqini hisoblash uchun asos bo‘lgan hujjatlar tekshirilganda,
ularda lavozimli shaxslar imzosi mavjudligi, barcha rekvizitlarni to‘g‘ri
to‘ldirilishi, ushbu hujjatlarda tuzatish, soxtalashtirish yoki qalbakilashtirish
yo‘qligi aniqlanadi.
Vaqtbay mehnatga haq to‘lash tekshirilganda tarif haqlari, ustama to‘lov
me’yorlari,
kontrakt
va
shartnoma
shartlari
asoslangan
holda
to‘g‘ri
qo‘llanilayotganligi ko‘rib chiqiladi.
Ish vaqtidan foydalanish tabellari va naryadlar ko‘rib chiqilganda, ularga
uydirma shaxslar kiritilishi tekshiriladi. Buning uchun naryad va tabel
ma’lumotlari kadrlar bo‘limidagi xodimlarni shaxsiy tarkibi bilan solishtiriladi va
bir necha to‘lov qaydnomalarida bir xil shaxslar ismi-sharifini takrorlanish hollari
aniqlanadi.
§4. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashuvlarni auditi
Auditor mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashuvlarni audit qilishda ish
haqi fondining tarkibiga va ish haqi fondidan to‘g‘ri foydalanishga alohida e’tibor
berishi kerak.
Mehnatga haq to‘lash fondidan foydalanishni audit qilishda auditor, eng
avvalo, bu fondni tarkibini tekshirishi zarur. Tekshirish natijasida quyidagilar
topiladi:
242
1. Mehnatga haq to‘lash fondi tarkibiga mukofotlar va moddiy yordam
summalari kiritilmaganligi;
2. Mehnatga haq to‘lash fondini bazis va joriy davr ma’lumotlarini
solishtirish asosida uning iqtisod qilinganligi yoki ortiqcha sarfi aniqlanadi.
Auditor mehnatga haq to‘lash fondini audit qilishda ishning me’yor
sharoitidan chetga chiqish sabablarini (ishlab chiqarishni to‘xtab qolish
hodisalarini, kechki va tungi smenada, bayram va dam olish kunlari ishga jalb
qilish natijasida qo‘shimcha ish haqi hisoblanganligini) aniqlashi alohida
ahamiyatga ega.
Ish haqi fondini ortiqcha sarf bo‘lishiga quyidagi sabablar ta’sir qiladi:
1. Mehnat unumdorligi rejasini bajarmaslik;
2. Ish hajmiga qo‘shib yozish;
3. Xodimlarni ortiqcha soni;
4. Ishda asossiz to‘xtab qolishlar;
5. Ishdan tashqari, tungi smenada, bayram va dam olish kunlarida ishga
asossiz jalb qilish;
6. Lavozim okladlarini asossiz oshirish;
7. Ishbay ish haqi me’yorlarini noto‘g‘ri qo‘llash.
Auditor korxonada qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash tizimi va
shakllarini, ishni aniq sharoitlarini hisobga olgan holda, ish haqi fondidan
foydalanish samaradorligini tahlil qiladi. SHu bilan birga, ishchi va xizmatchilar
uchun joriy razryad, stavka va lavozim maoshlarini qonuniyligini tekshiradi.
Ishbay ish haqi tekshirilganda korxonada joriy etilgan ishbay me’yorlar
to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri belgilanish sabablari va aybdor shaxslari aniqlanadi.
Amalda bajarilgan ishlarga qo‘shib yozishlar uchrab turadi. Buning uchun
ishlab chiqarish sarflari bo‘yicha dastlabki hujjat (naryad, marshrut varaq1.
ma’lumotlarini ishlab chiqarishdan chiqarib yuborilgan mahsulot hujjatlari (yuk
xati) ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Qurilish va ta’mirlash ishlariga qo‘shib yozishlar joyida o‘tkaziladigan
o‘lchov-ekspertiza ishlari orqali topiladi.
243
Ba’zida esa hech qanday hujjat tuzmasdan turib ish haqi hisoblanadi yoki
qalbaki shaxslarga ish haqi yozib o‘zlashtiriladi. Buni aniqlash uchun korxonadagi
shaxsiy tarkib ro‘yxati buxgalteriya hisobi qaydnomalari bilan solishtiriladi.
Kechki va tungi smenada ishlovchi ishchilarga ustama haq, shuningdek ta’til
haqlarini to‘g‘ri hisoblanishi tekshiriladi. Bundan so‘ng auditor ish haqidan ushlab
qolinadigan summalarni (daromad solig‘i, avans, kredit, kamomad va zararlarni
qoplash summalari) to‘g‘ri hisoblanishini tekshiradi va nihoyat auditor ish haqini
o‘z vaqtida hisoblanganligini va to‘langanligini aniqlaydi.
§5. Debetor va kreditor bilan bo‘ladigan operatsiyalarni auditi
Korxona
va
tashkilotlar
xo‘jalik
faoliyatlarida
ta’minotchilar,
buyurtmachilar, xaridorlar, hisobdor shaxslar, byudjet shuningdek boshqa turli
korxonalar, debitor va kreditorlar bilan muntazam hisoblashuvlar olib borishadi.
Bu hisoblashuvlar debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar, deb nom olgan.
Debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar auditining asosiy vazifalari
quyidagilardir:
1. Hisoblashuv intizomiga rioya qilishni tekshirish;
2. Debitor va kreditor qarzlarni ishonchli va haqiqiyligini aniqlash;
Debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlarni audit qilishda ta’minotchilar va
pudratchilar hamda boshqa mijozlar bilan bo‘ladigan hisoblashuvlarni to‘g‘ri, o‘z
vaqtida bajarilishi, debitor va kreditor qarzlarning aniqligi, ularning to‘g‘ri va
qonuniy hisobdan chiqarilishi, turli korxona, tashkilotlar bilan hisoblashuvlarni o‘z
vaqtida ashyoviy yo‘qlamadan o‘tkazish, sintetik hisob ma’lumotlarining mazkur
schyotlar bo‘yicha ochilgan analitik hisob ma’lumotlariga muvofiq kelishi, moddiy
qiymatliklar kamomadi va o‘g‘irliklar bo‘yicha ishlarni tergov organlariga o‘z
vaqtida taqdim etilishi, kamomadlarni asosli hisobdan chiqarilishi atroflicha
tekshirib chiqiladi.
Korxona, tashkilot va alohida shaxslar bilan bo‘ladigan hisoblashuvlarni
tekshirishda har bir mijoz bo‘yicha ochilgan analitik schyot ma’lumotlarini sintetik
244
schyot ma’lumotlari bilan solishtirib ko‘riladi. Debitor va kreditorlik qarzlarning
haqiqiyligi ashyoviy yo‘qlama o‘tkazish yo‘li bilan topiladi. Bunda ashyoviy
yo‘qlama materiallarini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Ayrim korxonalarda muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarini
korxona xarajatlari yoki zararlari hisobidan qoplashadi. Debitorlik qarzlarni asossiz
hisobdan chiqarish holatlarida, qo‘shib yozishlar yashiringan bo‘lishi mumkin.
SHuning uchun tekshirish davomida topilgan kamomad, talon-taroj va
o‘g‘irliklarni, ularning o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlari bilan solishtirib, o‘zgarish
dinamikasi tahlil qilinadi. Kamomad, talon-tarojlik to‘g‘risidagi hisobotga
kiritilgan ma’lumotlarni to‘g‘riligi tekshiriladi. Bunda, auditor ashyoviy yo‘qlama
ma’lumotlarini
va
boshqa
manba
axborotlari
(radio,
televidenie,
sud,
prokratur1. ni hisobot ma’lumotlari bilan solishtiradi va kamomad, talon-taroj,
o‘g‘irliklar summasini korxona balansidan qonuniy chiqarilganligini aniqlaydi.
Aniqlangan kamomad va talon-tarojliklarning o‘z vaqtida rasmiylashtirilishiga,
mulkni saqlanishini ta’minlamaslik faktlari bo‘yicha aybdor shaxslarni aniqlash va
kamomad tafsilotlarini oydinlashtirish uchun xizmat surishtiruvi o‘tkazadi.
§6. Ijtimoiy sug‘urta idoralari bilan bo‘ladigan hisoblashuvlarning auditi
Auditor ijtimoiy sug‘urta idoralari bilan bo‘ladigan hisoblar o‘z vaqtida
bajarilishini, bu mablag‘lardan maqsadga muvofiq foydalanganligini, shuningdek,
sug‘urta badallarini hisoblash uchun mehnatga haq to‘lash fondini to‘g‘ri
aniqlanganligini tekshiradi.
Quyidagi to‘lovlarga ijtimoiy sug‘urta badallari hisoblanmaydi:
1. Pensiya va ijtimoiy sug‘urta nafaqalari;
2. Moddiy yordam;
3. Xizmat safaridagi kunlik haqlar;
4. Bepul beriladigan oziq-ovqatlar;
5. Maishiy xizmatlar;
6. Yo‘l pattalari va hokazolar.
245
Auditor sug‘urta badallari foizlari to‘g‘ri qo‘llanilganligini va bu badallar
hisobidan to‘lanadigan nafaqalar to‘g‘ri hisoblanganligini aniqlaydi.
Audit jarayonida, auditor sug‘urta badallarini hisoblash va to‘lash bilan
bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilishiga, sug‘urta
to‘lovlari bo‘yicha hisobotlarni to‘g‘ri to‘ldirilishiga va tegishli idoralarga vaqtida
topshirilishiga hamda sug‘urta to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lanishiga alohida
ahamiyat berishi kerak.
§7. Byudjet bilan bo‘ladigan hisoblashuvlarning auditi
Korxona va tashkilotlar moliyaviy faoliyatlari natijalaridan byudjetga soliq
va turli yig‘imlar to‘lashadi. Amaliyotda aksariyat korxonalar soliqlarni
hisoblashda va byudjetga o‘tkazib berishda xatolikka yo‘l qo‘yishadi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga binoan soliq inspekdiyasi
xodimlari korxonalarda soliq va boshqa to‘lovlarni to‘g‘ri hisoblanishini,
byudjetga to‘la va o‘z vaqtida o‘tkazib berilishini hujjatli tekshirishadi.
Byudjet bilan hisoblashuvlarni audit o‘tkazishda quyidagi masalalar
tekshiriladi:
1. Buxgalteriya hisobini yuritish sifati;
2. Soliqqa tortish bazasini to‘g‘ri aniqlanishi va soliq stavkalarining to‘g‘ri
qo‘llanilishi;
3. Soliq to‘lovlari bo‘yicha hisoblashuvlarni soliq organlariga o‘z vaqtida
taqdim etilishi;
4. Soliq bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish tartibi va boshqa masalalar.
Auditorlik tekshirish davrida oldingi tekshirish
materiallari
o‘rganiladi.
Soliq
qonunlarining
buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda soliq
to‘lovchi korxona moliyaviy holatini tavsiflovchi
ma’lumotlar bilan tanishiladi. Ushbu ma’lumotlarga
246
asosan audit tekshirish o‘tkazish dasturi tuziladi. Dasturga quyidagi masalalar
kiritiladi:
1. Byudjetga bo‘nak to‘lovlari summasini hisoblash uchun asos qilib olingan
asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni sotishdan tushum va kutilayotgan
foydaning to‘g‘ri belgilanishi;
2. Mahsulot sotishdan olingan haqiqiy foydani buxgalteriya hisobi va
hisobotida to‘g‘ri aks ettirilishi;
3. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarining
ishonarliligi;
4. Tayyor mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tartibiga rioya qilinishi;
5. Mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa operatsiyalardan olingan
foyda (zarar)larni hisobotda to‘g‘ri aks ettirilishi;
6. Foyda solig‘i bo‘yicha hisoblashuvlarning to‘g‘riligini, soliqqa tortish
hajmini aniqlash hamda byudjetga daromad (foyd1.
solig‘ini undirish
tartibiga rioya qilishni;
7. Qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘g‘ri hisoblash va ularni o‘z vaqtida
byudjetga o‘tkazishni;
8. Mahalliy soliqlarni va boshqa yig‘imlarni hisoblanishi va o‘tkazilishini.
Hisob registrlaridagi va dastlabki hujjatlardagi yozuvlarni to‘g‘riligi
yoppasiga yoki tanlab olinib rasmiy va arifmetik tekshirish usullari yordamida
aniqlanadi. Rasmiy tekshirishda hujjatning barcha rekvizitlarining to‘g‘ri
to‘ldirilishi, izohsiz tuzatishlar mavjudligi, mansabdor va moddiy javobgar
shaxslarning imzolarining aynanligi aniqlanadi. Arifmetik tekshirishda hujjatlar,
hisob registlari va hisobotlardagi yozuvlarning jamini to‘g‘riligi tekshiriladi.
Byudjet bilan bo‘ladigan hisoblashuvlar auditida daromad (foyd1.
solig‘ining to‘g‘ri hisoblanishi va byudjetga o‘tkazib berilishi tekshiruvning asosiy
obektlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Aktsionerlik
jamiyatlarida
foydadan
soliq
to‘lovlari
bo‘yicha
hisoblashuvlarni tekshirishda, ularni zaxira kapitalini tashkil etish tartibini
e’tiborga olish kerak. Aktsionerlik jamiyatlarini zaxira kapitalini miqdori ustav
247
kapitalini miqdoridan 10% dan kam bo‘lmasligi kerak. Zaxira kapitalini
shakllantirish va ishlatish tartibi aktsionerlik jamiyatining ustavida belgilanadi.
Soliqqa tortiluvchi foydani hisoblashda, yalpi foyda, zaxira kapitaliga ajratilgan
summaga kamaytiriladi. Ustav kapitali ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdorlarda
tashkil qilinadi.
Aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish xarajatlari, blankalar sotib
olish, bank xizmati xarajatlari Aktsionerlik jamiyatlari boshqaruv apparati
xarajatlari va boshqalar korxona ixtiyorida qolgan foyda hisobidan to‘lanadi.
Boshqa korxonalarga tegishli bo‘lgan aksiya, obligatsiya va qimmatbaho
qog‘ozlarni sotishdan olingan daromadlar sotishdan tashqari daromadlarga kiradi
hamda soliqqa umumiy tartibda tortiladi.
Amaliyotda soliq qonunchiligini buzilishlariga quyidagilarni kiritish
mumkin:
1. Daromadni yashirish (foydani kamaytirib ko‘rsatish);
2. Soliqqa tortish obekti hisobning bo‘lmasligi;
3. Sarf-xarajatlar me’yoriga rioya qilmaslik;
4. Soliqni hisoblash va to‘lash bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya
hisoboti, balans va boshqa hujjatlarda to‘la aks etmaslik;
8. Asoslanmagan xarajatlar hisobiga foydani kamaytirish;
6. Foydani hisobga olish qoidalariga rioya qilmaslik.
Daromadni yashirish yoki ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan
sarf-xarajatlarni ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga olib borish oqibatida
daromadning (foydani) kamaytirish ishlari aniqlanganda, buxgalteriya hisobi va
moliyaviy hisobotda o‘zgartirish kiritilmaydi, balki, hisobot yilida aniqlangan
o‘tgan yillarning foydasi «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining krediti va
moddiy qiymatliklarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi.
Auditor tekshirilayotgan korxonada daromad to‘g‘ri va to‘la hisobga
olinganligini aniqlaydi. Jami daromadga jo‘natilgan tovar, bajarilgan ishlar,
ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun korxona olishi lozim bo‘lgan
daromadlar kiradi.
248
Bunday daromadlarga quyidagilar kiradi:
1. Tovarlarni sotishdan keladigan tushum;
2. Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlar, intelektual mulk
obektlari, material va boshqa aktivlarni sotishdan keladigan daromad;
3. Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar;
4. Dividentlar;
5. Tekinga olingan mol-mulk;
6. Mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromad;
7. Royalti;
8. Tekin moliyaviy yordam;
9. Da’vo muddati o‘tib ketgan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan
olingan daromadlar
10. Valyuta schyotidagi kurs bo‘yicha musbat farq;
11. Favqulotda va boshqa daromadlar.
Auditorlik tekshirishda daromad tarkibi, ularning to‘g‘ri baholanishi,
hisobga olinishi, soliq to‘lovlari bo‘yicha hisob-kitoblarning o‘z vaqtida bajarilib,
byudjetga o‘tkazilishi aniqlanadi va kerakli tavsiyalar beriladi.
Byudjet bilan hisoblashuvlar ularning alohida to‘lov turlari bo‘yicha amalga
oshiriladi.
Auditor
hisoblanganligini,
o‘z
byudjetga
vaqtida
tegishli
to‘la
va
bo‘lgan
tegishli
mablag‘larni
hisoblashuv
to‘g‘ri
schyotiga
o‘tkazilganligini aniqlaydi. Byudjet bilan hisoblashuvlar tekshirishini soliq xizmati
xodimlari qatnashuvida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hisob
amaliyotida ko‘proq sodir etilishi mumkin bo‘lgan holatlarga, byudjetga
to‘lanuvchi summalarni noto‘g‘ri hisoblanishi hamda o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligi
misol bo‘la oladi. Tekshirishda mahsulot sotishdan olingan tushum bo‘yicha
analitik hisob ma’lumotlaridan, xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha
hisoblashuvlardan, foyda va uni ishlatilishi bo‘yicha hisoblashuvlardan, bank
ko‘chirmalari va hisob registrlaridan foydalaniladi. Byudjet bilan hisoblashuvlarni
buzilishi sababli jarimalar to‘langanligi aniqlansa, ushbu buzilishlarga yo‘l
qo‘ygan shaxslarni aniqlash va jarima summalarini ulardan undirish choralari
249
ko‘riladi. Xo‘jalik ishlari uchun sarflangan mablag‘lar bo‘yicha hisobotlarni
tekshirishda bo‘nak hisobotiga ilova qilingan hujjatlarni ishonarli ekanligini
aniqlab beruvchi muqobil tekshirish uslubidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Nazorat uchun savollar
1. Mehnatga haq to‘lash va mehnat resurslaridan foydalanishning auditi nimaga
qaratilgan bo‘lishi kerak?
2. Mehnatga haq to‘lash va mehnat resurslaridan foydalanishning auditi jarayonida
nimalar tekshiriladi?
3. Mehnatga haq to‘lash va mehnat resurslaridan foydalanishning auditi manbalari va
vazifalarini gapirib bering?
4. Mehnatdan foydalanish va mehnat intizomiga rioya qilishni tekshirishni gapirib
bering?
5. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashuvlarni auditini gapirib bering?
6. Ijtimoiy sug‘urta idoralari bilan hisoblashuvlarni auditini gapirib bering?
7. Hisoblashuv operatsiyalari auditi manbai va ularning qonuniyligini tekshirishni
gapirib bering?
8. Kredit operatsiyalari auditi manbai va ularning qonuniiligini tekshirishni gapirib
bering?
9. Byudjet bilan hisob-kitoblarning auditini gapirib bering?
Nazorat uchun test savollar
1. Mehnatga haq to‘lash va mehnat resurslaridan foydalanish jarayonini audit
qilishda nimalar tekshiriladi?
1.
Korxonaning shaxsiy tarkibi, mehnat intizomiga rioya qilish, ish vaqtidan
samarali foydalanish, mehnatga haq to‘lash fondidan to‘g‘ri foydalanish.
2. Ustama to‘lov me’yorlari,
3. Kontrakt va shartnoma shartlari asoslangan holda to‘g‘ri qo‘llanilayotganligi
ko‘rib chiqiladi.
4. To‘g‘ri javob berilmagan.
250
2. Mehnatga haq to‘lash va mehnat resurslaridan foydalanishning auditi
manbalari manba’lari qaysi banda keltirilgan?
1. Me’yoriy hujjatlar, kontraktlar, shtat jadvali, buyruqlar, farmoyishlar, tabel,
naryadbildirishnoma, qaydnomalar, hisob registrlari va boshqalar;
2. ustama to‘lov me’yorlari,
3. Kontrakt va shartnoma shartlari asoslangan holda to‘g‘ri qo‘llanilayotganligi
ko‘rib chiqiladi.
4. To‘g‘ri javob berilmagan.
3. Ish haqi fondini ortiqcha sarf bo‘lish sabablarini ko‘rsatib bering?
1. Mehnat unumdorligini pastligi, ish hajmiga qo‘shib yozish, xodimlarni ortiqcha
soni, ishga asossiz jalb qilish va to‘xtab qolishlar, okladlarini oshirish, me’yorlarini
noto‘g‘ri qo‘llash.
2. Ustama to‘lov me’yorlari,
3. Kontrakt va shartnoma shartlari asoslangan holda to‘g‘ri qo‘llanilayotganligi
ko‘rib chiqiladi.
4. To‘g‘ri javob berilmagan.
4. Ishbay ish haqini tekshirganda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
1. Ish haqini hisoblash hujjatlarida lavozimli shaxslar imzosi mavjudligi, barcha
rekvizitlarni to‘g‘ri to‘ldirilishi, tuzatish, soxtalashtirish yoki qalbakilashtirish
yo‘qligiga.
2. Ustama to‘lov me’yorlari,
3. kontrakt va shartnoma shartlari asoslangan holda to‘g‘ri qo‘llanilayotganligi
ko‘rib chiqiladi.
4. To‘g‘ri javob berilmagan.
5. Vaqtbay ish haqini tekshirganda nimalar ko‘rib chiqiladi?
1. Tarif haqlari,
2. ustama to‘lov me’yorlari,
3.
kontrakt va shartnoma shartlari asoslangan holda to‘g‘ri qo‘llanilayotganligi
ko‘rib chiqiladi.
4. To‘g‘ri javob berilmagan.
251
6. Ish vaqtidan foydalanish tabellari va naryadlar ko‘rib chiqilganda
nimalarga e’tibor qaratish kerak?
1. Tabel va naryadlarga uydirma shaxslar kiritilishiga.
2. Tabel va naryadlarni saqlanish holatiga.
3. Tabel va naryadlar necha nusxa tuzilganligiga.
4. Ish haqini o‘z vaqtida berilishiga.
15-Mavzu:Xususiy kapital auditi
Mavzu bo‘yicha atamalar: xususiy kapitar, ustav kapitali, ta’sis hujjatlari,
fondlar va zaxiralar.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
“BBB”, “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Xususiy kapital auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot
manbalari
Ustav
kapitali
auditi.
Ustav
kapitalini
auditorlik
tekshiruvidan
o‘tkazishdan maqsad, ustav kapitalining holati aks ettiriladigan
moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligi hamda uni hisobga
olish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan
iborat.
Tekshiruv korxona yuridik maqomini va ustavida belgilangan faoliyat
turlarini, ta’sischilar va ular ulushlarining tarkibi hamda summasini, ustav
252
kapitalining
moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini
amalga
oshirish
uchun
yetarliligini aniqlashdan boshlanadi.
Audit manba bo‘lib ta’sis hujjatlari, ustav kapitalini shakllantirishga doir
dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va hisobot ma’lumotlari xizmat qiladi.
Tekshirishning asosiy vazivalari quyidagilardir:
1. Ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi) mavjudligi, shakllari va o‘g‘ri
rasmiylashtirilganligini aniqlash;
2. Ta’sis hujjatlari mazmunining amaldagi qonunchilak va me’yoriy hujjatlar
talablariga muvofiqligini aniqlash;
3. Ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga to‘liq va o‘z vaqtida
o‘tkazilishini aniqlash;
4.
Ta’sischilar
mulk
shaklida
qo‘shadigan
ulushlarining
to‘g‘ri
baholanishini aniqlash;
5. Ustavda ko‘rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish;
6.
Ustav
kapitali
hajmining
ta’sis
hujjatlari
va
O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligini tekshirish;
7. Ustav kapitalining to‘liq va to‘g‘ri shakllantirilganligini aniqlash;
8. Ustav kapitalini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya
hisobi schyotlarida to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish;
9. Ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan ham qo‘shilganligini aniqlash;
10. Ustav kapitali hajmi o‘zgarishining asosliligi, ustav va ta’sis
shartnomasining qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tekshirish.
Bu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalarini tahlil qilishi
kerak:
1. Korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini shakllantirish va
hisobga olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun hujjatlari va
yo‘riqnomalarni;
2. Ta’sis hujjatlarini (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis
shartnomasi);
3. Moliyaviy, statistik va boshqa tegishli hisobotlar;
253
4. Ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha muomalalar hisobga olingan
dastlabki hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlarini.
Ustav kapitali audit qilinganda, auditor, eng avvalo, ta’sis hujjatlari bilan
tanishib chiqishi kerak. Ustav kapitali pul mablag‘lari, nomoddiy va moddiy
aktivlar shaklida ta’sischilar tomonidan tashkil etiladi. Ustav kapitalining hajmi
ta’sis hujjatlarida belgilanadi.
Ta’sischilar ulushini kirim qilinishi ularga tegishli bo‘lgan dastlabki hujjatlar
va sintetik hisob ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Korxonadagi hisoblashuv va
valyuta schyoti hujjatlari hamda kassa kirim orderlari asosida ta’sischilar hissasini
to‘liq va o‘z vaqtida topshirilishi tekshiriladi. Qo‘shma korxonalarda chet el
ta’sischisining ulushi o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishi nazorat qilinadi. Ularga
tegishli bo‘lgan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, materiallar, arzon baholi va
tez eskiruvchi buyumlar kirimi qabul dalolatnomalari, yuk xatlari va kerakli
schyotlarning debet oboroti bo‘yicha aniqlanadi.
Korxona ustav kapitaliga ulush qo‘yish muddatlariga rioya qilish
quyidagicha aniqlanadi:
1. Pul mablag‘lari bo‘yicha - kassaga, hisoblashuv va valyuta schyotlariga
pul kelib tushgan sanasi;
2. Asosiy vositalar, moddiy va nomoddiy aktivlar bo‘yicha - mazkur
mablag‘larni qabul qilinishini isbotlovchi dalolatnomalar tuzilgan sana.
Korxona ustav kapitaliga badallarni to‘liq kirim qilinishi ta’sis shartnomalari
va ustavda belgilangan summalarni tegishli schyotlar ma’lumoti bilan solishtirib
tekshiriladi. Nazorat natijalarini quyida keltirilgan 15.1-jadval shaklidagi
qaydnoma bilan rasmiylashtiriladi.
15.1-jadval
Korxona ustav kapitaliga badallarni kirim qilishni nazorat qilish
qaydnomasi
t/r
sana
Kiritil
Haqiqatda
Farq
Badal
Dastlabki
ishi
kiritilgan
(+-)
turi
hujjatlar nomi
lozim
254
1. 02.02
25000
25000
-
2. 25.02
30000
20000
-
Pul
Bank ko‘chirmasi, to‘lov
mablag‘lari talabnoma №12 10.02.10
yildan.
27.02.10 y. 21-sonli
Asosiy
qabul-topshirish
vositalar
dalolatnomasi.
Ta’sischilarni chiqib ketishi, yangi ta’sischilarni qabul qilish va boshqa
sabablarga ko‘ra korxona ustaviga o‘zgartirishlar kiritish hokimiyat tomonidan
ro‘yxatga olinishi kerak.
Auditor
bir
vaqtning
o‘zida
korxonaning
qo‘shilgan
kapitalini
shakilantirishni va undan foydalanishni ham audit qiladi. Buxgalteriya hisobining
21-sonlimilliy andozasi talabiga muvofiq 8400-«Qo‘shilgan kapitalni hisobga
oladigan schyotlar»da oddiy va imtiyozli aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori
bahoda dastlabki sotishdan olingan emission daromadlar (8410) va ustav kapitalini
shakllantirishda hosil bo‘lgan kurs tafovutlari (8420) aks ettiriladi.
Bunda asosan quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi:
1. Ta’sischilar qo‘shadigan ulushlar summasiga:
Debet 4610-«Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning
qarzlari» -obunachilar analitik schyotlari bo‘yicha;
Kredit 8310, 8320, 8330 - «Ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar» schyotlardan tegishlisi aksiyaning nominal qiymatiga;
Kredit 8420 schyoti - aksiya nominal qiymatidan birja bahosining oshgan qismiga
- emission daromad so‘mmasig;
2. Ta’sischilar ulushiga:
Debet-0110-0199, 0440-0490, 0710, 0720, 0810, 1010-1090, 1110, 1120,
2810, 2820, 2910, 5010, 5110, 5210-schyotlardan tegishlilari;
Kredit-4610 schyoti ta’sischilar analitik schyotlari bo‘yicha.
Auditor 8410-«Emission daromadlar» va 8420-«Ustav kapitalini
shakllantirishda kursdagi farqlar» schyotlari bo‘yicha analitik hisobning tashkil
255
etilishi va yuritilishining to‘g‘riligini tekshirishi lozim. Bunda qo‘shimcha
to‘langan kapitalning hisobi oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha alohida
yuritilayotganligiga e’tibor berish zarur. SHuningdek, hisobdan chiqarilgan va
sotilgan aksiyalarning turlari, ular egalarining schyotlari yoki ta’sischilar va
hissadorlarning
shaxsiy schyotlari
bo‘yicha
axborotlarni
yetkazib
berish
imkoniyatlariga ham jiddiy e’tibor berishi kerak.
§2. Fondlar va zaxiralarni tashkil etish va ulardan foydalanish auditi
Korxona ustaviga binoan foyda hisobidan quyidagi zaxiralar va fondlar tashkil
etilishi mumkin:
1. Ko‘zda tutilmagan zararlar va nobudgarchiliklarni qoplash uchun zaxira
fondi;
2. Ta’mirlash fondi;
3. Ta’til haqlarini to‘lash zaxirasi.
4. Aktivlarni qayta baholashda hosil bo‘lgan inflyatsion zahiralar
5. Qaytarib berilmaslik sharti bilan olingan mol-mulklar zahiralari.
Zaxira fondlarini tashkil etishning asosiy sharti, ularni tashkil etish tartibi va
hajmi korxona hisob siyosatida aks ettiriladi.
№21 BHMSga muvofiq foyda hisobidan yaratilgan zahiralar quyidagi
schyotlarda hisobga olinadi:
1. 8510-«Mulklarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»;
2. 8520-« Rezerv kapital »
3. 8530-« Beg‘araz yordam tarzida olingan mol-mulk »
Auditor zahira kapitalini tekshirishda, uni shakllantirish uchun asos
bo‘luvchi me’yoriy hujjatlar mavjudligi va ularga rioya qilinayotganligini
aniqlaydi. Balansning «Zahira kapitali» moddasi bo‘yicha mavjud summaning
tegishli sanaga tuzilgan sintetik va analitik hisob registrlaridagi (8510, 8520 va
8530 schyotlar bo‘yicha kredit) qoldiqlariga tengligi tekshiriladi. So‘ngra har bir
schyot bo‘yicha qoldiq summalar, debet va kredit oborotlar mohiyatini tekshiradi.
Masalan, 8510-«Mulklarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti bo‘yicha
256
qoldiq summa qachon paydo bo‘lganligi, mulklarni qayta baholash to‘g‘risida
hukumat qarorlari, me’yoriy hujjatlar, korxona hisob siyosati va boshqa asoslarni
mavjudligi aniqlanadi. SHuningdek, har bir analitik hisob obekti bo‘yicha qayta
baholash hisob-kitoblarini o‘g‘riligi, qayta baholash natijalarining tegishli analitik
hisob registrlarida aks ettirilishi va schyotlar bog‘lanishini (provodkalar)
to‘g‘riligi tekshiriladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari, qo‘shma korxonalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi
subektlarda yaratilgan zahira kapitalining mavjudligi va o‘zgarishi 8520-«Zahira
kapitali» schyoti ma’lumotlari bo‘yicha tekshiriladi.
Bunda auditor, zahira kapitalini shakllantirishga doir
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va
ta’sis hujjatlarining tegishli qoidalariga rioya qilinganini
aniqlaydi.
Auditor ushbu kapitalning to‘g‘ri tashkil etilishi va to‘ldirilib borilishini
tekshirishda ajratmalar hisobiga yaratilgan zahira kapitali ustav kapitalining 10%
dan oshmaganligi, mulklar (asosiy vositalar)ni qayta baholashda hosil bo‘lgan
inflyatsion zahiralarning hammasi 8531-schyot kreditiga olib borilganligini
aniqlaydi. SHuningdek, tekshiruv jarayonida tashkil qilingan zaxira kapitalini
asoslanganligi, qabul qilingan hisob siyosatiga to‘g‘ri kelishi va ulardan maqsadga
muvofiq foydalanilayotganligi aniqlanadi.
Nazorat uchun savollari
1. Ustav kapitalining auditi vazifalarini gapirib bering?
2. Ustav kapitalining auditi manbalarini gapirib bering?
3. Ustav kapitalini audit qilish tartibini gapirib bering?
4. Fondlar va zaxiralarni tashkil etish va ulardan foydalanishni auditivazifalarini
gapirib bering?
5. Fondlar va zaxiralarni tashkil etish va ulardan foydalanishni auditimanbalarini
gapirib bering?
257
6. Fondlar va zaxiralarni tashkil etish va ulardan foydalanishni auditini gapirib
bering?
Nazorat uchun test savollar
1. Ustav kapitalining auditi maqsadi qaysi bandda keltirilgan?
1. Ustav kapitalining holati aks ettiriladigan moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining
ishonchliligi hamda uni hisobga olish uslubiyotining me’yoriy hujjatlarga
muvofiqligini aniqlash.
2. Buxgalteriya hisobda pul mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanishni aniqlash.
3. Ustav kapitali hisobidan qilinadigan sarflar ustidan nazorat o‘rnatish.
4.
Ustav kapitalini qayta shakillantirish uchun axborot, ma’lumotlar bazasini
aniqlash va yangilash.
2. Ustav kapitalini audit tekshirishning ma’lumot manba’lari qaysi banda
keltirilgan?
1.
Korxona maqomini va ustav kapitalini shakllantirish hamda hisobga olish
yo‘riqnomalari, ta’sis hujjatlari, tegishli hisobotlar va hisob registrlarini.
2. Faqat korxona ustavi.
3. Hisob registrlari.
4. Birinchi javob to‘g‘ri.
3. Korxona ustav kapitaliga ulush qo‘yish muddatlari qaysi banda
keltirilgan?
1. Pul mablag‘larini kassaga, hisoblashuv va valyuta schyotlariga kelib tushgan
sanasi, asosiy vositalar, moddiy va nomoddiy aktivlarni qabul qilinishini
isbotlovchi dalolatnomalar tuzilgan sana.
2. Mablag‘ning qachon kelib tushishini farqi yo‘q.
3. Mudatlar har bir korxona uchun yuqori tashkilot tomonidan qa’tiy qilib belglab
beriladi.
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
258
4. Korxona ustav kapitaliga badallarni to‘liq kirim qilinishi qanday
tekshiriladi?
1. Ta’sis shartnomalari va ustavda belgilangan summalarni tegishli sintetik va
analitik schyotlar ma’lumoti bilan solishtirib tekshiriladi.
2. Ta’sis shartnomalari va ustavda belgilangan summalarni kassir hisobotida
keltirilgan summalar bilan solishtirib tekshiriladi.
3. Balansda qayd etilgan summalar qo‘shib chiqiladi.
4. Bank ko‘chirmasidan aniqlanadi.
5. Ta’sischilarni chiqib ketishi, yangi ta’sischilarni qabul qilish va korxona
ustaviga o‘zgartirishlar kiritish tartibi qaysi banda keltirilgan?
1. Bunday ishlar korxona ustavini hokimiyat tomonidan qayta ro‘yxatga olinishi
bilan amalga oshiriladi.
2. Vazirlar Mahkamasining 1995 yilgi 385-sonli qaroriga muvofiq amalga
oshiriladi.
3. Tegishli vazirlikning farmoyishiga asosan amalga oshiriladi.
4. Korxona rahbarining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
6. Korxonalarda foyda hisobidan tashkil qilinadigan zaxiralar va fondlar
qaysi banda to‘laroq keltirilgan?
1. Favqulotda zararlar va nobudgarchiliklar fondi, ta’mirlash fondi ta’til haqlarini
to‘lash zaxirasi, aktivlarni qayta baholashda inflyatsion zahiralar, qaytarib
olinmaydigan mol-mulklar zahiralari.
2. Moddiy yordam berish va ta’mirlash fondi.
3.
Ta’til haqlarini to‘lash zaxirasi, aktivlarni qayta baholashda inflyatsion
zahiralar, qaytarib olinmaydigan mol-mulklar zahiralari.
4.
Ishlab chiqarishni tashkillash va tivojlantirish fondi, mahallani qo‘llab
quvatlash qondi, komunal to‘lovlarni bajarish fondi.
7. Zaxira fondlarini tashkil etishning asosiy sharti qaysi banda keltirilgan?
1.
Ularni tashkil etish tartibi va hajmi korxona hisob siyosati to‘g‘risidagi
buyruqda aks ettirilishi kerak.
2. Vazirlikni ro‘xsati bo‘lishi kerak.
259
3. Hokimiyatni ro‘xsati bo‘lishi kerak.
4. Bunday savol noto‘g‘ri shakillantirilgan savol.
8. Foyda hisobidan yaratilgan zahiralar hisobga olinadigan schyotlar qaysi
banda keltirilgan?
1. 8510-«Mulklarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar», 8520-«Rezerv kapital»,
8530-«Beg‘araz yordam tarzida olingan mol-mulk».
2. 3100-“Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”, 8520-«Rezerv
kapital».
3. 8300-“Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar”, 3100-“Kelgusi davr
xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar”.
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
16-Mavzu: Daromad va xarajatlar hamda moliyaviy natijalar auditi
Mavzu bo‘yicha atamalar: tannarx, mehnatga haq to‘lash xarajatlari,
yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari, umum ishlab chiqarish
xarajatlari, tayyor mahsulot, yuklab jo‘natilgan mahsulot, sotilgan mahsulot.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
“BBB”, “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot
manbalari
260
Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini kalkulyatsiyasini tekshirishning asosiy
maqsadi, ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini mahsulotlar tannarxiga to‘g‘ri
o‘tkazilganligini aniqlashdan iborat. Mahsulot tannarxi tashkilotlar faoliyatiga
baho beruvchi asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Tannarxni
o‘sishi va pasayishi foyda hajmiga va foydalilik darajasiga,
byudjetga to‘lovlarga hamda mulkdorlarga divident to‘lashga
ta’sir qiladi.
Mahsulotlar tannarxini to‘g‘ri hisoblash soliq xizmati idoralari bilan kelib
chiqadigan nizo va tushunmovchiliklarning oldini oladi.
Mahsulot tannarxini tekshirishda asosiy ma’lumot manbalari bo‘lib dastlabki
hujjatlar va quyidagi buxgalteriya schyotlari xizmat qiladi:
1. «Asosiy ishlab chiqarish»;
2. «O‘z ishlab chiqarishning yarim tayyor mahsulotlari»;
3. «Yordamchi ishlab chiqarish»;
4. «Umumishlab chiqarish xarajatlari»;
5. «Davr xarajatlari»;
6. «Boshqaruv xarajatlari»;
7. «Ishlab chiqarishdagi yaroqsizlik»;
8. «Nokapital ishlar»;
9. «Kelgusi davr xarajatlari».
Mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasini tekshirishda, auditor, xarajatlarni
qachon sodir bo‘lishidan qa’tiy nazar taalluqli davr tannarxiga kiritishdek muhim
xususiyatni e’tiborga olishi kerak. Agar xarajatlarni qaysi kalkulyatsiya davriga
taalluqligini aniqlash mumkin bo‘lmasa, unda bunday xarajatlar hisobot davrida
ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga smeta me’yorlarida kiritiladi.
Tannarxga qo‘shiluvchi xarajatlar ularni omborlardan tsexlarga berishda
rasmiylashtiriladigan
dastlabki
hujjatlarda
ko‘rsatiladi.
Auditor
dastlabki
hujjatlarni to‘ldirish tartibiga rioya qilinganligini tekshiradi. Bunda hujjatda
keltirilgan rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilganini va xo‘jalik operatsiyasi sodir
261
bo‘lishiga, uni to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga javobgar bo‘lgan shaxslarni imzolarini
mavjudligini tekshiradi.
Tekshirishda, auditor O‘zbekistan Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga
amal qilishi kerak.
§2.Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar hisobini tekshirish
Ishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot tannarxiga to‘g‘ri kiritilganligini
tekshirish ishlab chiqarish hisobini yuritish variantiga bog‘liqdir.
Amaliyotda ishlab chiqarish xarajatlarini hisobini yuritishning ikkita varianti
mavjud:
1. Qisqartirilgan tannarxni hisoblash varianti;
2. To‘la ishlab chiqarish tannarxini hisoblash varianti.
Birinchi uslub qo‘llanilganda, shartli-doimiy ya’ni umumxo‘jalik va sotish
xarajatlari mahsulotni sotishdan olingan moliyaviy natijalar hisobidan qoplanadi.
SHuning uchun, tannarxni to‘g‘ri shakllanganligi «Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisobot», «Bosh kitob» va dastlabki hujjatlar ma’lumotlari asosida tekshiriladi.
Sotilgan mahsulotlar tannarxi «Ishlab chiqarish xarajatlari» va boshqa
sintetik schyotlarda hisobga olinadi. SHuning uchun audit tekshirishda «Ishlab
chiqarish xarajatlari» schyotlari bilan aloqador bo‘lgan schyotlardagi yozuvlarni
to‘g‘riligiga tekshirishi zarur. Bunda materiallarning haqiqiy qo‘shiladigan
tayyorlov-xarid xarajatlari, xususan, komission to‘lovlar, tovar birjalari xizmatlari,
material qiymatliklarni tashib keltirish va saqlash uchun to‘lovlar, tabiiy kamayish
me’yorlari miqdoridagi materiallar kamomadi va boshqa xarajatlarni haqiqiyligi
atroflicha tekshiriladi.
Amaliyotda, ishlab chiqarish bo‘linmalariga (tsex,
brigad1.
berilgan, lekin haqiqatda ishlab chiqarishga
262
sarflanmagan materiallarni mahsulotlar tannarxiga qo‘shish holatlari uchrab turadi.
Shuningdek, ijtimoiy-madaniy obektlarda qurilish va ta’mirlash ishlari uchun
ishlatilgan materiallar sarfi, firma foydasi yoki boshqa manbalar hisobidan
moliyalashtirish o‘rniga asosiy faoliyat xarajatlari
qo‘shilishiga yo‘l qo‘yiladi. Aytib o‘tilgan kamchiliklar,
moddiy javobgar shaxslarning hisobotlaridagi va
tarkibiga asossiz
birlamchi hujjatlardagi,
buxgalteriya hisobi registrlari
(10-jurnal-order)dagi tegishli ma’lumotlarni taqqoslash yoki muqobil tekshirish
uslublarini qo‘llash asosida topiladi.
§3. Mehnatga haq to‘lash xarajatlarini mahsulot tannarxiga qo‘shishni
tekshirish
Mehnatga haq to‘lash xarajatlari ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmiga rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan iborat.
Tannarxga kiritiluvchi mehnatga haq to‘lash xarajatlari ro‘yxati «Mahsulot
(ish va xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda batafsil keltirilgan.
Nizomda mahsulot tannarxiga qo‘shilmaydigan, ishchilarga natura shaklida
to‘lanadigan to‘lovlar ro‘yxati ham keltirilgan. Mahsulot tannarxiga mukofotlar,
davolanish va dam olish uylari uchun berilgan yo‘llanmalar qiymati, ekskursiya va
sayohatlar uchun beriladigan to‘lovlar kiritilmaydi.
Amaliyotda asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga boshqa faoliyat bilan
shug‘ullanuvchi ishchilarga haq to‘lash xarajatlarini qo‘shish hollari uchrab turadi.
Buni tekshirish «Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashuvlar» schyotining
ishlab chiqarishga taalluqli yozuvlari, ish haqi to‘lash bo‘yicha yig‘ma
qaydnomaning yakuniy jami bilan solishtirib aniqlanadi. Yig‘ma qaydnomani jami,
barcha holatlarda, ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinadigan schyotlarning
debetidagi yozuvlardan ko‘proq chiqishi kerak.
Bundan tashqari, ba’zi transport va aloqa tashkilotlarida ishchilarni mehnat
sharoitlari hamda ularni safarlarda qo‘shimcha ishlar bajarganliklari uchun turli
263
to‘lovlar to‘lanadi. Bu to‘lovlarning ish haqi xarajatlarini me’yorlashtirilgan
miqdoridan oshib ketgan qismi asosiy faoliyatdagi ishchilarning mahsulot
tannarxiga kiritiladigan ish haqi summasiga qo‘shilmaydi. Buni aniqlash uchun
kassa schyotini kredit yozuvlari, «Asosiy ishlab chiqarish», «Yordamchi ishlab
chiqarish», «Umumishlab chiqarish xarajatlari», «Davr xarajatlari» schyotlarining
debet tomonidagi yozuv ma’lumotlar bilan solishtiriladi.
Agar ushbu to‘lovlar mahsulot tannarxiga kiritilgan bo‘lsa, auditor mahsulot
tannarxini oshib ketgan summasin hisobiga soliq olinadigan foydaning qansaga
kamayganini aniqlaydi.
§4. Yordamchi va tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni
tekshirish
Asosiy ishlab chiqarish tsexlariga xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish
bo‘linmalari xarajatlari (asbob-uskunalar tsexi, transport bo‘limi, ta’mirlash va
boshqa bo‘limlar) balansga nisbatan aktiv, mohiyati jihatidan esa kalkulyatsion
bo‘lgan «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotida hisobga olinadi.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini hujjatlashtirish tartibi asosiy ishlab
chiqarish xarajatlarini hujjatlashtirish tartibiga o‘xshash bo‘ladi. Yordamchi ishlab
chiqarish xarajatlarining analitik hisobi har bir yordamchi ishlab chiqarish
bo‘linmalari bo‘yicha alohida-alohida yuritiladigan 12-qaydnomada olib boriladi.
Auditor har bir yordamchi ishlab chiqarish bo‘linmalari xarajatlarini 12qaydnomadan 10-jurnal-orderga o‘tkazilishini tekshiradi.
Ma’lumki, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari asosiy faoliyatda ishlab
chiqarilgan barcha mahsulotlarga tegishli bo‘ladi. Bu xarajatlarni alohida
mahsulotlar tannarxiga kiritish uchun ular mahsulotlar orasida iqtisodiy jihatdan
asoslangan taqsimlash ba’zasi asosida taqsimlanadi. Buning uchun har oyning
oxirida yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash qaydnomasi tuziladi.
264
Yordamchi ishlab chiqarish bo‘linmalarining asosiy xususiyatlaridan biri
ular
orasida
ikki
tomonlama
xizmatlarning
mavjudligidir.
Masalan:
elektrostansiyani ta’mirlovchilar suv-nasos stansiyalari xizmatidan, ular esa o‘z
navbatida, elektrostansiya xizmatidan foydalanadilar. Yordamchi ishlab chiqarish
tsexlarini yoki bo‘linmalarini bir-biriga o‘zaro xizmatlari, ularning mahsulotlarini
tannarxiga rejali tannarx usulida taqsimlanib qo‘shiladi. «Yordamchi ishlab
chiqarish» schyotining oy oxiriga qoldig‘i shu yordamchi ishlab chiqarish
tsexlariga yoki bo‘linmalariga tegishli bo‘lgan tugallanmagan ishlab chiqarish
hajmini ko‘rsatadi.
«Asosiy ishlab chiqarish» schyotini debetida ko‘rsatilgan barcha xarajatlar,
tayyor mahsulotlar va qisman tayyor bo‘lmagan (ya’ni ishlab chiqarishni barcha
operatsiyalaridan to‘la o‘tmagan) mahsulotlar tannarxiga kiritiladi. Tayyor
mahsulotlarning tannarxini to‘g‘ri aniqlash uchun tugallanmagan ishlab chiqarish
qoldiqlarini bilish zarur. Buning uchun tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari
inventarizatsiya qilinadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini audit qilish, ashyoviy yo‘qlama
natijasida topilgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini qoldiqlarini tahlil
qilishdan boshlashlanadi. Agar kerakli materiallar yetarli bo‘lmasa, tekshirish
o‘tkazayotgan korxona xodimlari kuchi bilan qo‘shimcha ashyoviy yo‘qlama
tashkil qilinadi. Inventarizatsiya ma’lumotlari tugallanmagan va yarim tayyor
mahsulotlarning haqiqiy qoldiqlarini aniqlash bilan bir qatorda, mahsulotlar
orasida xarajatlarning to‘g‘ri taqsimlanishini hamda yarim tayyor mahsulotlar va
detallar harakatini aks ettiruvchi hisob ma’lumotlarini tekshirishga imkoniyat
beradi. Amaliyotda tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga sotib olingan yarim
tayyor mahsulotlar, tuzatib bo‘lmaydigan brak va hisobga olinmagan buyumlarni
kiritish holatlari uchrab turadi. Auditor bunday hollarga e’tibor qaratishi lozim.
Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari haqiqiy tannarxi bo‘yicha,
me’yoriy-rejali tannarxi bo‘yicha va soddalashtirilgan tannarxi bo‘yicha (davr
xarajatlarisiz) baholanadi.
265
Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘ini baholash uslublarini korxonaning
o‘zi tanlaydi. Auditor hisobot davrlari bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish
qoldiqlarning
bir maromda
bo‘lishligini,
tugallanmagan
ishlab
chiqarish
qoldiqlarini to‘g‘ri aniqlanganligini va qoldiqlar miqdorini ishlab chiqarish
xarajatlaridagi salmog‘ini tekshiradi.
§5. Davr xarajatlarining auditi
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan quyidagi sarflar
va xarajatlar davr xarajatlarini tashkil etadi:
1. Boshqaruv xarajatlari;
2. Mahsulotni sotish xarajatlari;
3. Boshqa umumxo‘jalik xarajatlari.
Davr xarajatlarini tekshirish ularni tarkibini to‘g‘ri aniqlashdan boshlanadi.
Chunki, korxonalarda ishlab chiqarishga taalluqli xarajatlar davr xarajatlari
tarkibida yoki davr xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga qo‘shilib ketish
hollari uchrab turadi. Bu mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxini noto‘g‘ri
aniqlashga olib keladi.
Audit tekshirishning asosiy maqsadi davr xarajatlari dastlabki hujjatlarda
asosli va to‘la rasmiylashtirilganligini, ularni to‘g‘ri baholanganligini va
buxgalteriya hisobida to‘g‘ri qayd etganligini tekshirish bo‘lib hisoblanadi.
«Davr xarajatlari» schyotida hisobga olingan xarajatlar «Foyda va zararlar»
schyotining debitidan hisobdan chiqariladi va oy (chorak) oxiriga qoldiq qolmaydi.
Audit qilish jarayonida ushbu schyotga tegishli bo‘lgan barcha xo‘jalik
operatsiyalari va buxgalteriya yozuvlarini to‘g‘riligi tekshirib chiqiladi.
Davr xarajatlari 59 ta moddadan iborat bo‘lib, ularning ro‘yxati O‘zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmatlar)
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ning ikkinchi bo‘limida keltirilgan.
266
Auditor tekshiruv jarayonida soliqqa tortiladigan davr xarajatlari tarkibini
tahlil qilib, boshqaruv apparatini saqlash va xizmat safari maqsadlari uchun
ajratgan mablag‘larni maqsadga muvofiq va samarali ishlatilganligini aniqlashi
zarur.
Davr xarajatlari rejasini mavjudligi aniqlanib, rejada ko‘rsatilgan xarajatlar,
haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanib kamchiliklar aniqlanadi. Agar boshqaruv
xodimlariga taalluqli bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari rejaga qaraganda
farq qilsa, unda auditor xodimlar soni o‘zgarishini, tasdiqlangan shtat jadvalida
keltirilgan lavozim maoshlarini haqiqiy maoshlarga muvofiq kelishligini
tekshiradi.
Ma’muriy ahamiyatga ega asosiy vositalar (bino, inshoot va hokazolar)ni
saqlash va ta’mirlash xarajatlari tekshirilganda auditor energiya, isitish, yoritish va
amortizatsiya xarajatlari me’yorlarini ko‘rib chiqadi.
Vazirliklar, boshqarmalar, assotsiatsiyalarni va konsernlarni boshqaruv
organlarini saqlash uchun ajratmalar nazorat qilinganda yuqori tashkilotlar bilan
korxona o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, bu shartnomalarda keltirilgan shartsharoitlar va ularga rioya qilinayotganligi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil qilishni takomillashtirish bilan
bog‘liq, shuningdek mahsulot sifatini yaxshilash ularni, xizmat muddatini
uzaytirish va boshqa iste’mol xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan xarajatlar
tekshirilganda bu xarajatlarni rejaga yoki avvalgi yilga nisbatan o‘zgarishi ko‘rib
chiqiladi.
Davr xarajatlari tarkibiga kiritilgan turli nobudgarchiliklar va zararlarni,
auditor sinchiklab tekshirishi lozim, chunki bunday zararlar korxona soliq to‘lashi
lozim bo‘lgan foyda miqdorini kamaytiradi.
Bunday zararlarga quyidagilar kiradi:
1. Xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzganligi uchun jarimalar;
2. Penya va boshqa sanksiyalar;
3. Zararlarni qoplash;
267
4. Daromadni yoki boshqa soliqqa tortish obektini yashirganlik (yoki
kamaytirib ko‘rsatganlik) uchun jarimalar;
5. Da’vo muddati o‘tib ketgan va undirilishi gumonli bo‘lgan debitorlik
qarzlarini hisobdan chiqarish bo‘yicha zararlar.
Mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq xarajatlarni tekshirishni asosiy maqsadi,
ushbu mahsulotlarni o‘rash, saqlash va tashish xarajatlarini belgilangan me’yorlar
chegarasida hisobdan chiqarilishini aniqlashdir.
Korxonalarda davr xarajatlari «Davr xarajatlari hisobga olinadigan
schyotlar»
guruhida
hisobga
olinadi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligining 2000 yil 30 mart №37 qarori bilan tasdiqlangan va 2000 yil 1 iyunp
930-raqam bilan Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan №21-standart
bo‘yicha 9400 «Davr xarajatlari hisobga olinadigan schyotlar» guruhi quyidagi
schyotlardan tashkil topgan:
9410 - «Sotish bo‘yicha xarajatlar»;
9420 - «Ma’muriy xarajatlar»;
9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar»;
9440 - «Kelgusida soliq solinadigan ba’zadan chiqarib
tashlanadigan hisobot davrining xarajatlari»;
Bu schyotlarda davr xarajatlari alohida xarajat moddalari bo‘yicha hisobga
olinadi.
Savdo, ta’minot va sotish tarmoqlarida bu xarajatlarni tashkil topishi va
taqsimlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega. Savdo va ta’minot tarmoqlarida sotilishi
kerak bo‘lgan tovarlar tannarxi aniqlanadi. Sotish korxonalarida esa, tovarlarni
sotib olish, sotish va operatsiya xarajatlari aniqlanadi. SHuni e’tiborga olish
kerakki, sotiladigan tovarlarni qiymati, «Sotilgan tovarlar tannarxi» schyotini
kreditida (sotish baholarid1. va debetida (sotib olish baholarid1. hisobga olinadi.
Operatsiya xarajatlari esa, «Kelgusida soliq solinadigan ba’zadan ajratiladigan davr
xarajatlari hisobga olinadigan schyot»da hisobga olib boriladi.
Savdo, ta’minot va sotish tarmoqlarida operatsiya xarajatlariga quyidagi
xarajatlar kiritiladi:
268
1. Tovarlarni tashish va saqlash xarajatlari;
2. Reklama va sotishga ta’sir etish xarajatlari;
3. O‘rash, ajratish va idish xarajatlari;
4. Ish haqi xarajatlari;
5. Ish haqi fondidan ajratmalar;
6. Boshqa savdo xarajatlar.
Ko‘rinib turibdiki, bu schyot bo‘yicha sintetik hisob xarajat moddalari va
turlari bo‘yicha yuritiladi. Shuning uchun, savdo tashkilotlarida tannarx
aniqlanmasa ham xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizom ularga ham taalluqlidir.
Savdo, ta’minot va sotish tarmoqlarida sotilgan tovarlarning haqiqiy hajmi
haqidagi ma’lumotlar, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi №2 hisobotning 11- satrida
keltiriladi. Agar «Sotilgan tovarlar tannarxi» schyotini krediti bo‘yicha ko‘rsatilgan
summa №2 hisobotning QQS va aksizlarga kamaytirilgan tushum summasiga mos
kelmasa, auditor mos kelmaslik sababini aniqlashi kerak.
Davr xarajatlarini tadqiq etishda auditor quyidagilarga alohida etibor berishi
kerak:
1. Asosiy vositalarning chiqib ketishi (bino va inshootlarni buzish
va qismlarga ajratish, jixozlarni demontaj qilish va boshq1. bilan
bog‘liq xarajatlarni asoslanganligiga;
2. Asosiy vositalarni boshqa korxona va tashkilotlarga sotish
hamda topshirishda vujudga keladigan xarajatlarni haqiqiyligiga;
3. Nomoddiy aktivlarni boshqa korxona hamda tashkilotlarga
sotish va topshirishda vujudga keladigan zararlarni haqiqiyligiga;
4. Aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irlikdan ko‘rilgan zararlarni
to‘g‘riligiga;
5. Boshqa korxona va tashkilotlar (xorijiy korxona va tashkilotlar
ham) hamda ayrim shaxslar bilan hisoblashuvlar bo‘yicha foyda va
asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hamda «boshqa
operatsiya daromadlari va tushumlari» deb ataladigan boshqa
tushumlar bunday tushumlarga korxonaning asosiy fondlari va
269
boshqa mulkini sotishdan olingan daromadlarni misol qilib
ko‘rsatish mumkin) haqiqiligiga;
6. Da’vo muddati o‘tgan kreditorlik va deponentlik qarzini
ro‘yxatdan o‘chirishdan olingan daromadlarni kirim qilishga;
7. Yetkazilgan zararni to‘latishdan olingan daromadlarni kirim
8. Xo‘jalik shartnomalari shartini buzganlik uchun undirilgan
jarima, penya, burdsizlik to‘lovi va boshqa turdagi jazo choralarini
haqiqiyligiga;
9. Korxonalar qoshidagi oshxonalar, yordamchi xizmatlar va
boshqalardan tushadigan daromadlarni to‘liq ko‘rsatilishiga.
§6. Umum ishlab chiqarish xarajatlarining auditi
Umumishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, ularni, mahsulot (ish,
xizmatlar)lar tannarxiga to‘g‘ri taqsimlanishini va qo‘shilishini tekshirishdir.
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlashda turli usullar qo‘llaniladi.
Jumladan, ishlab chiqarishda qatnashgan xodimlarning asosiy ish haqiga yoki
bo‘lim bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga yoki tsex tannarxiga nisbatin
teng taqsimlash asosida.
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash uslubi (u yoki bu usulidan
foydalanish) sanoat tarmog‘ini va mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasini
xususiyatidan kelib chiqqan holda, shuningdek, korxonani ishlab chiqarish
sharoitiga qarab tashkilotni o‘zi tanlaydi. Auditor korxonada qo‘llanilayotgan
taqsimlash uslubini tashkilot ish sharoitiga to‘g‘ri kelishini, umumishlab chiqarish
xarajatlari ustidan doimiy nazorat o‘rnatishga yordam berishini aniqlashi kerak.
SHu bilan birgalikda, auditor tannarxga ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha
xarajatlarni to‘g‘ri kiritilishini tekshirishga alohida ahamiyat berishi kerak.
270
§7. Tayyor mahsulotlar auditining vazifalari va manbalari
Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish har bir korxonaning asosiy
faoliyati bo‘lib hisoblanadi.
Audit vazifalari:
1. Tayyor mahsulotlar harakati (omborlarga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni
qabul qilib qlishni, xaridorlarga jo‘natishni va ularni sotish) bilan bog‘liq bo‘dgan
barcha birlamchi hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish;
2. Tayyor mahsulotlarni omborda saqlanishini ta’minlovchi sharoitlarni
mavjudligini aniqlash;
3. Tayyor mahsulotni haqiqiy tannarxini to‘g‘ri o‘rnatiganligini tekshirish;
4. Tayyor mahsulotlarni ombor uchyotini to‘g‘ri tashkil qilinganligini
tekshirish (ombor kartochkalarini to‘g‘ri yuritilayotganligini tekshirish);
5. Ombor mudirlari hisobotlarini to‘g‘ri tuzilganligini va o‘z vaqtida taqdim
qilinayotganligini tekshirish;
6. Tayyor mahsulotlarni sotilishini hisobga olishni tekshirish;
7. Sotilgan tayyor mahsulotdan olingan moliyaviy natijalarni hisoblash va
buxgalteriya hisobida aks ettirish.
Audit manbalari:
1. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotilishini hisobga olishga doir
qonunchilik hujjatlari;
2. Tayyor mahsulotni rejalashtirish va me’yorlash bo‘yicha korxonadagi
hujjatlar;
3. Mahsulot ishlab chiqarish, jo‘natish va sotilishiga doir dastlabki hujjatlar
va shartnomalar;
4. Tayyor mahsulot va uni sotishga doir sintetik schyot ma’lumotlari;
5. 10, 11 - sonli jurnal - order, 16 – sonli qaydnoma ma’lumotlari;
6. 2-sonli «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida»gi hisobot ma’lumotlari.
271
§8. Ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotlarni chiqarishning audit
Mahsulot ishlab chiqarish avvaldan tuzilgan buyurtma va shartnomalar
asosida amalga oshiriladi. Tekshirish davrida auditor xaridorlar bilan tuzilgan
shartnoma
ma’lumotlari
tayyor
mahsulot ishlab
chiqarish dasturi bilan
muvofiqlashtirilganligini aniqlaydi vaa shartnomalar ishlab chiqarilgan tayyor
mahsulot turlari va assortimentlari bilan taqqoslanadi.
Tekshirish jarayonida mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish bir
me’yorda, grafiklar bo‘yicha amalga oshirilayotganligi aniqlanadi.
Mahsulot ishlab chiqarishning buxgalteriya hisobi tekshirilganda, ishlab
chiqarishdan
qabul
qilingan
tayyor
mahsulotlarni
hujjatlarda
to‘g‘ri
rasmiylashtirilganligiga alohida ahamiyat beriladi. Ba’zi hollarda, tayyor
mahsulotni ishlab chiqarishdan qabul qilinishini aks ettiruvchi dalolatnoma va yuk
xatlariga texnologik jarayonlardan to‘liq o‘tmagan, tugatilmagan buyumlar
kiritiladi.
Tekshirish vaqtida tayyor mahsulotni to‘g‘ri baholanishiga alohida e’tibor
beriladi, chunki bu mahsulotni tannarxiga va korxona moliyaviy natijalariga ta’sir
etadi. Undan tashqari, tayyor mahsulotning ombordagi qoldiqlari qiymatiga va
tovar moddiy boyliklarni me’yordan ortiqcha zaxiralariga solinadigan soliq
miqdoriga ham ta’sir etadi.
Korxonada qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq, tayyor mahsulotlar
joriy hisobda, barqaror hisob narxlarida aks ettiriladi. Bunday hisob narxlari
sifatida rejadagi (me’yoriy) tannarxdan yoki shartnomaviy (sotiladigan) baholardan
foydalanish mumkin. Hisobot davrining oxirida mahsulotning haqiqiy tannarxi
bilan hisob narxlar orasidagi farq aniqlanadi va alohida hisobga olinadi.
Buxgalteriya hisobining xalqaro andozalarida tayyor mahsulotlarni joriy
hisobda uch turdagi AVECO (o‘rtacha narx), FIFO baholarida aks ettirish tavsiya
qilingan. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning
4-sonli anzodasiga binoan tovar - moddiy qiymatliklar buxgalteriya hisobida
AVECO (o‘rtacha narx) va FIFO qiymatlarida baholanadi.
272
§9. Tayyor mahsulotlarni jo‘natilishi va sotilishini auditi
Tayyor mahsulotni xaridorga jo‘natish, xaridor bilan avvaldan tuzilgan
shartnomalarga
asosan amalga oshiriladi. Auditor shartnomalarni
to‘g‘ri
tuzilganligini va shartnoma shartlarini to‘liq bajarilishini tekshiradi. Undan
tashqari mahsulot jo‘natilishini dastlabki hujjatlarda (chiqim yuk xati, to‘lov
talabnomasi va boshqa hujjatlard1. to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi.
Mahsulot jo‘natilganda uning sotilish narxi to‘g‘ri hisoblanishi (ya’ni unga
qo‘shilgan qiymat, aksiz va boshqa soliqlar hamda mahsulotni xaridorga yetkazish
uchun sarflanadigan transport-tayyorlov xarajatlari summasini to‘g‘ri qo‘shilishi)
tekshiriladi.
Auditor jo‘natilgan mahsulotlarni haqiqiy tannarxi to‘g‘ri aniqlanganligini
tekshiradi.
Buxgalteriya hisobini milliy andozalariga binoan mahsulot jo‘natilgan
vaqtidan boshlab sotilgan, deb hisoblanadi.
Tayyor mahsulot xaridorlarga jo‘natilganda uning haqiqiy tannarxi
noma’lum bo‘ladi, chunki uning haqiqiy tannarxi oyning oxirida aniqlanadi.
SHuning uchun joriy hisobda jo‘natilgan tayyor mahsulotlar hisob narxlarida
rasmiylashtiriladi. Hisob narxlari sifatida rejadagi tannarx yoki shartnoma narxlari
qo‘llaniladi (agar korxonaning hisob siyosatida boshqacha tartib ko‘rsatilmagan
bo‘ls1. . Auditor jo‘natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi va hisob narxlari
orasidagi farqini va mahsulotlarni jo‘natish hamda sotishga bilan aloqador
schyotlarning debet oborotini to‘g‘riligini aniqlash maqsadida jo‘natilgan va
sotilgan mahsulotlarni haqiqiy tannarxini aniqlash jadvallarini tuzadi.
12.1-jadval
Jo‘natilgan tayyor mahsulotni haqiqiy tannarxini niqlash
T/r
1.
Ko‘rsatkichlar
Oy boshiga ombordagi tayyor
mahsulot qoldig‘i
273
Hisob
Haqiqiy Farq
narxi
tannarx (+, -)
245,0
210,0
-35,0
2.
3.
4
Ishlab chiqarishdan hisobot oyida
qabul qilingan tayyor mahsulot
Jami:
2800,0
2600,0
-200,0
3045,0
2810,0
-235,0
Haqiqiy tannarxni hisobdagi narxga
-
nisbati, %
-
92,28
5.
Mahsulot qiymati
2700,0
2492,0
-208,0
6.
Oy oxiriga tayyor mahsulot qoldig‘i
345,0
318,0
-27,0
12.2-jadval
Sotilgan tayyor mahsulotni haqiqiy tannarxini aniqlash
T/r
1
Ko‘rsatkichlar
Jo‘natilgan mahsulotni oy boshiga
qoldig‘i
Hisob
Haqiqiy
Farq
narxi
tannarx
(+, -)
412,0
400,0
-12,0
2.
Hisobot oyida jo‘natilgan mahsulot
2700,0
2492,0
-208,0
3.
Jami:
3112,0
2892,0
-220,0
4.
Hisobot oyida sotilgan mahsulot
2640,0
2453,0
-187,0
472,0
439,0
-33,0
5.
Jo‘natilgan mahsulotning oy oxiriga
qoldig‘i
Auditni yakunida auditor jo‘natilgan mahsulot bo‘yicha xaridorlardan pul
kelib tushishini va ularni korxona oldidagi qarzlarini muddatlari bo‘yicha ko‘rib
chiqadi.
§10. Moliyaviy natijalar auditining maqsadi, tashkil etish va o‘tkazish ketmaketligi
Moliyaviy natijalar auditining maqsadi, vazifalari va
ularning shakillanishini tekshirish. Moliyaviy natijalar
274
auditini asosiy maqsadi moliyaviy hisobotda ko‘rsatilgan foydaning haqiqiyligini
tekshirish hamda byudjetga to‘lanadigan soliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq
to‘langanligini o‘rganishdir.
Moliyaviy
natijalarni
shakillanishini,
taqsimlanishini
va
ulardan
foydalanishni auditining asosiy vazifalari quyidagilardir:
1. Turli xarajatlarni foyda hisobidan moliyalashning joriy tartibiga rioya
qilinishini nazorati;
2. Foydadan foydalanishni reja topshiriqlariga mos kelishini aniqlash.
Audit qilishda quydagi ma’lumotlar manba’laridan foydalaniladi:
1. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va korxonaning moliyaviy rejasi;
2. Foydani taqsimlash hisobi;
3. «Foydadan foydalanish» schyoti, 8, 15, jurnal-orderlar;
4. Bosh kitob, balans va boshqa tegishli hujjatlar, hisob va hisobotlar.
Auditor, eng avval, mahsulotlarni sotishdan olingan haqiqiy foydani
umumiy hajmini to‘g‘ri aniqlanganligini tekshiradi. Mahsulotni sotishdan olingan
foyda yoki zarar, mahsulotni sotishdan kelib tushgan puldan, ishlab chiqarish va
sotish xarajatlarini hamda aksizlar summasini ayirib tashlash yo‘li bilan topiladi.
Haqiqiy foydani shakillanishini tekshirishning asosiy maqsadi quyidagilarni
to‘g‘riligini aniqlashdir:
1. Asosiy faoliyat mahsulotini sotishdan tushgan yalpi daromadni hisobotda
to‘g‘ri aks ettirilganligini;
2. Sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish xarajatlari miqdorini bilishni;
4. Boshqa faoliyat mahsulotlarini sotish xarajatlari miqdorini bilishni;
5. Boshqa faoliyat mahsulotlarini sotishdan olingan foydani hisobotda to‘g‘ri
aks ettirishni bilish.
Asosiy
faoliyat
mahsulotlarini
sotishdan
olingan
yalpi
daromadni
tekshirishda quyidagi birlamchi hujjatlardan foydalaniladi:
1. Mahsulotlarni sotish to‘g‘risidagi hisobot va hisob registrlaridan;
2. Moliyaviy natijalar haqidagi hisobotdan (№2);
3. №1 jurnal-orderidan;
275
4. Ombordan tayyor mahsulotni chiqarishdagi birlamchi hujjatlardan;
5. Kassa kirim orderlaridan;
6. To‘lov talabnomalari va topshiriqlaridan;
7. Mahsulotni ombordan olib chiqish ruxsatnomasidan.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar asosida, auditor №2 hisobot shaklida ko‘rsatilgan
ma’lumotlarni bosh kitobdagi tegishli schyot ma’lumotlari bilan solishtiradi.
Ushbu summalar mos kelmagan taqdirda, auditor buning sababini aniqlashi zarur.
Hisobot
yuritishning
jurnal-order
shaklida,
auditor
bosh
kitob
ma’lumotlarini, tayyor mahsulotlarni sotish summasini aks ettiradigan hisob
registrlari (2-jurnal-order) va qaydnomalar (16-«Tayyor mahsulot hisobi» va 17«Mahsulot sotish hisobi») jami bilan solishtirib ko‘radi. Bunda 16-«Tayyor
mahsulot hisobi» qaydnomasi jami 17-«Mahsulot sotish hisobi» qaydnomasi
jamiga mos kelishi kerak.
Auditor hisobotlar va hisob registrlarida aks ettirilgan ma’lumotlarni
taqqoslagandan so‘ng, yuklab jo‘natilgan tayyor mahsulotlarni dastlabki hujjatlar
bilan to‘g‘ri rasmiylashtirilishini (ombor yuk xatida, transport yuk xatida hamda
mahsulotlarni olib chiqish ruxsatnomasida ko‘rsatilgan muddatlar solishtiriladi)
tekshiradi. Bank ko‘chirmasi bo‘yicha yuklab jo‘natilgan tayyor mahsulotlarni
to‘lov muddatlari taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida aniqlangan chetlanishlarga
savdo puli qayta hisoblanib soliqdan yashirilgan foyda summasi aniqlanadi.
Auditor chet el valyutasida olingan savdo tushumini tekshirishda tegishli
schyotning kreditida aks ettirilgan summalar ushbu operatsiya amalga oshirilgan
davrdagi kurs bo‘yicha hisobga olinganligiga e’tibor berishi kerak.
SHu bilan birgalikda auditor yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishlab
chiqarish
bo‘linmalari
mahsulotlarini
sotish
mahsulotlariga
bilan
bog‘liq
baholarning
to‘g‘riligini,
operatsiyalarni,
shuningdek,
qo‘yilgan
bo‘lgan
mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi daromadni tegishli schyotlarda to‘liq va
to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshiradi.
Tekshiruvning keyingi bosqichlarida auditor ishlab chiqarish faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lmagan mahsulotlarni sotishdan olingan foydani «Yakuniy moliyaviy
276
natija» schyotida to‘liq aks ettirilganligini hamda gumonli qarzlarni o‘tgan davr
foydasi hisobidan qoplanishini tekshiradi.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan mahsulotlarni sotishdan
olingan foydani «Yakuniy moliyaviy natija» schyotida to‘liq aks ettirilganligini
tekshirish uchun asosiy vositalar va boshqa mulklarni sotishdan olingan foyda,
aksiya va obligatsiyalar bo‘yicha dividentlar, ishlab chiqarish zaxiralari va tayyor
mahsulotni qayta baholashdan olingan foyda, jarimalar, ustamalar va boshqalarni
tahlil qilishi kerak.
Tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida «Yakuniy moliyaviy natija» schyotida
aks ettirilgan zararlarni tekshirishdan o‘tkazadi. Bunday zararlarga, boshqa
korxonalar bilan hisob kitoblar bo‘yicha gumonli qarzlar, tashqi sabablarga ko‘ra
ishni to‘xtab qolishidan ko‘rilgan zararlar, aybdorlar tomonidan to‘lanmagan
yo‘qotishlar, idish operatsiyalari bo‘yicha zararlar, sud yig‘imlari, jarimalar,
ustamalar, undirish umidi bo‘lmagan joriy va o‘tgan yil qarzlari, o‘g‘irliklar va
boshqalar kiradi.
Auditor gumonli qarzlarni qoplanish zaxirasini shakillantirishni tekshirganda
uning debitor qarzlarni ashyoviy yo‘qlama qilish natijalari bo‘yicha tashkil
qilinganligiga va zaxirani har bir gumonli qarz bo‘yicha alohida tashkil
qilinganligiga e’tibor berishi kerak.
Moliyaviy natijalarni (foydani) taqsimlanishini va ulardan foydalanish
auditi. Auditning birinchi bosqichida, auditor asosiy faoliyat mahsulotlarini
sotishdan olingan haqiqiy foydani va byudjetga avans to‘lovlarini to‘g‘riligini
kafolat xatlari va tayyor mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi kabi hujjatlar asosida
tekshiradi.
Tekshirishda birinchi navbatda quyidagilarga e’tibor beriladi:
1. Soliqlar bo‘yicha byudjet oldidagi majburiyatlarni bajarilishiga;
2. Baho intizomi buzilganligi uchun iqtisodiy sanktsiyalarni byudjetga
tortishga.
Korxonalar foydasi odatda quyidagi maqsadlarga yo‘naltiriladi:
1. Soliq to‘lashga;
277
2. Ustav kapitalini ko‘paytirishga;
3. Dividendlarni to‘lashga
Auditor
korxonaning
foydasi
(daromadi)
va
moliyaviy
faoliyatini
tekshirganda quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
1. Tayyor mahsulot, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish natijasida olingan
foyda va ko‘rilgan zararlarni asoslanganligiga;
2. Davr xarajatlarini tasdiqlangan smetalarga mosligini va moliyaviy
natijalarga ta’sirini.
Bundan tashqari auditor tekshiruv jarayonida korxona foydasining to‘g‘ri
taqsimlanganligiga, har xil fondlarni to‘g‘ri tashkil qilinganligiga, divident
to‘lovlarini to‘g‘ri berilganligiga ham e’tibor beradi.
Bunda «Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda va ko‘rilgan zararlar» schyoti
ma’lumotlarini
daromadlar
va
xarajatlar
qismi
bo‘yicha alohida-alohida tahlil etish zarur bo‘ladi.
Favqulodda foyda va zararlar bor-yo‘qligini ham
tekshirish shart. Auditor tahliliy hisob ma’lumotlarini
va «Favqulodda foyda va zararlar» schyotiga ilova
qilinadigan birlamchi hujjatlarni o‘rganishi lozim. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)lar
ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda quyidagilar favqulodda zararlar
jumlasiga kiritilishi ko‘rsatilgan:
1. Tabiiy ofatlardan ko‘rilgan katta miqdordagi zararlar;
2. Urush, inqilob singari siyosiy larzalar oqibatida ko‘rilgan
zararlar;
3. Mamlakatda qonun hujjatlarini o‘zgarishi haqida qarorlar qabul
qilinishi oqibatida ko‘rilgan zararlar.
Auditor ko‘rilgan favqulodda zararlarni audit qilayotganda sodir bo‘lgan
tabiiy ofat meteorologiya, seysmologiya va boshqa tegishli xizmatlarning
ma’lumotlari
bilan
tasdiqlanganligini
hamda
korxona
mulki
vaziyatlardan sug‘urta qilinganligiga alohida e’tibor berishi kerak.
278
favqulodda
Moliyaviy faoliyat natijalarini tekshirayotganda, auditor quyidagilarni
sinchiklab ko‘rishi kerak: byudjetga soliq o‘z vaqtida va to‘la to‘lanayotganligiga,
shubhali qarzlar bo‘yicha zaxiralar to‘g‘ri vujudga keltirilganligiga, firma
qatnashchilari o‘rtasida foyda o‘z vaqtida va to‘g‘ri taqsimlanayotganligiga,
aksiyadorga dividendlar to‘g‘ri to‘lanayotganligiga.
Auditor foyda hisobidan amalga oshiriladigan maqsadli xarajatlardan to‘g‘ri
foydalanilayotganini ham tekshiradi agar kamchiliklar aniqlansa bundan korxona
ma’muriyatini xabardor qiladi va bu kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘radi.
Bunday maqsadli xarajatlarga, kreditni to‘lashga mo‘ljallangan xarajatlarni, asbobuskunalarni modernizadiya qilish xarajatlarini, qmmatbaho qog‘ozlarni chiqarish
va tarqatish xarajatlarini, investidion fondlarga to‘lanadigan badallar, yordamchi
qishloq
xo‘jaligini
tashkil
etish
va
rivojlantirish
xarajatlarini,
kasaba
uyushmalariga mablag‘ ajratish va boshqa xarajatlarni kiritish mumkin.
Moliyaviy natijalardan foydalanishni tahlili. Audit ishlari balans foydasi
tarkibini tahlil qilish bilan yakunlanadi. Buning uchun o‘tgan davrlarning hisobot
ko‘rsatkichlari va tegishli sintetik schyot ma’lumotlaridan foydalaniladi. Foyda
yakuniy ish natijasiga ta’siri quyidagi
tarkibini tahlil qilishda, uni korxonani
jadval bo‘yicha tahlil qilinadi.
16.1-jadval
Korxona foydasining tahlili.
ming so‘mda
t/r
Ko‘rsatkichlar
O‘tgan
Hisobot
Chetlanish
hisobot
davri
summa
%
Mahsulotlarni sotishdan olingan
1
tushum.
Sotilgan mahsulotlarning ishlab
2
chiqarish tannarxi.
2592,0
2869,0
+277,0
+10,7
2148,0
2412,0
+265,0
+12,3
Sotishdan
3
olingan foyda.
Boshqa faoliyat mahsulotlarini
4
sotish natijalari.
444,0
-17,0
457,0
-9,0
13,0
-8,0
-2,9
47,1
279
Sotishdan
5
tashqari operatsiyalardan
58,0
98,0
40,0
68,9
Mahsulot
sotishdan tashqari
olingan foyda.
6
operatsiyalar bo‘yicha foyda va
-25,0
-41,0
-16,0
64,0
zarar
7 Balans foydasi.
12,0
460,0
39,0
505,0
27,0
45,0
225,0
9,8
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki korxonaning balans foydasi o‘tgan yilga
nisbatan 45000 so‘m yoki 9,8 foizga ko‘paygan. Bunda, tayyor mahsulot sotishdan
olingan foydani 13000 so‘mga, sotishdan tashqari foydani 40000 so‘mga oshirish
va boshqa sotishdan zararlarni 8000 so‘mga kamaytirish hisobiga erishilgan.
Sotishdan tashqari operatsiyalardan ko‘rilgan zararning 16000 so‘mga o‘sishi,
foydani shu summaga pasayishiga olib keldi.
Tahlilni chuqurlashtirib, boshqa sotish natijalari va sotishdan tashqari
operatsiyalardan ko‘rilgan foyda va zararlar, alohida elementlari bo‘yicha
o‘rganiladi. Auditor qayta baholash usulini qo‘llash yo‘li bilan foyda miqdoriga
ta’sir qiladigan omillarni aniqlaydi. Undan keyin, korxona faoliyatining foydalilik
darajasini aniqlaydi.
Foydalilik darajasi nisbiy ko‘rsatkich bo‘lib, foiz hisobida topiladi. Uning
mahsulot foydaliligi, ishlab chiqarish foydaliligi, kapital qo‘yilmalar foydaliligi,
asosiy vositalar foydaligi, tannarx foydaliligi kabi turlari mavjud.
Mahsulot foydaliligi darajasi, foydani sotishdan olingan tushumga nisbati
sifatida topiladi. Buning matematik modulini qo‘ydagicha ifodalash mumkin:
MF1 ═ ∑ SF / ∑ST
qaerda:
MF1 - mahsulot foydaliligi darajasi;
∑ - summa;
SF – mahsulotlarni sotishdan olingan foyda;
ST - mahsulotlarni sotishdan olingan tushum.
Ishlab chiqarish foydaliligi darajasi, mahsulot ishlab chiqarishdan olingan
foydani mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga nisbati sifatida topiladi.
Buni matematik modulini quydagicha ifodalash mumkin:
280
IF1 ═ ∑ MIF / ∑MIT
qaerda:
IF1 - ishlab chiqarish foydaliligi darajasi;
∑ - summa;
MIF – mahsulot ishlab chiqarishdan olingan foyda;
MIT - mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxi.
Kapital qo‘yilmalar foydaliligi darajasi, foydani korxonada mavjud bo‘lgan
barcha mulklar qiymatiga nisbati sifatida topiladi. Buning matematik modulini
quydagicha ifodalash mumkin:
KF1 ═ ∑ MIF/ ∑MQ
buerda:
KF1 - kapital qo‘yilmalar foydaliligi darajasi;
∑ - summa;
MIF – mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olingan foyda;
MQ – korxona mulklaringi qiymati.
Tahlil natijalari bo‘yicha auditor tannarxni pasaytirish, yo‘qotishlarni oldini
olish va mahsulot sotishni tezlashtirishga olib keladigan omillarni topib, korxona
xodimlari e’tiborini bularga qaratishi lozim.
Nazorat uchun savollar
1.Ishlab chiqarish xarajatlarini audit tekshiri maqsadini va ma’lumot manbalarini
gapirib bering?
2. Mahsulot tannarxiga kiritiluvchi xarajatlarni gapirib bering?
3. Mehnatga haq to‘lash xarajatlarini mahsulot tannarxiga qo‘shishni ma’lumot
manbalarini va tartibini gapirib bering?
4. Yordamchi va tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni
tannarxiga qo‘shishni ma’lumot manbalarini va tartibini gapirib bering?
5. Davr xarajatlarini tarkibini gapirib bering?
6. Davr xarajatlarini audit qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?
7. Umumishlab chiqarish xarajatlarini tarkibini gapirib bering?
281
8. Tayyor mahsulot auditi vazifalarini gapirib bering?
9. Ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotni chiqarishni auditi manba’larini va
tartibini gapirib bering.
10. Tayyor mahsulotni jo‘natilishi va sotilishini auditi manbalarini va tartibini
gapirib bering?
11. Haqiqiy foydani tekshirishning asosiy maqsadi nima? 12. Asosiy faoliyat
mahsulotlarini sotishdan olingan yalpi daromadni tekshirishda qanday hujjatlardan
foydalaniladi?
13. «Yakuniy moliyaviy natija» schyotida aks ettirilgan zararlarga nimalar kiradi?
14. Foydadan foydalanish auditining asosiy maqsadi va vazifalarini gapirib bering?
15. Qanday hujjatlar va hisob registrlari foydadan foydalanish auditining
ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi?
16. Auditor korxonaning foydasi va moliyaviy faoliyatini tekshirganda nimalarga
e’tibor berishi kerak?
17. «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizom sharhida nimalar favqulodda zararlar
jumlasiga kiritilishi ta’kidlangan?
18. Auditor ko‘rilgan favqulodda zararlarni audit qilayotganda nimalarga e’tibor
berishi kerak?
Nazorat uchun test savollar
1. Ishlab chiqarish xarajatlarini audit tekshirish maqsadi qaysi bandda
keltirilgan?
1.
Xarajatlarini tannarxiga to‘g‘ri o‘tkazilganligini va sotish xarajatlarini foyda
hisobidan to‘g‘ri qoplanishini aniqlash.
2. Tannarxni tashkil etuvchi xarajatlarni tarkibini bilish.
3. Davr xarajatlarini tarkibini aniqlash.
4. Eskirish hisoblas.
2. Mahsulot tannarxiga kiritiluvchi xarajatlar qaysi bandda keltirilgan?
1. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan moddiy, mehnat, umum
ishlabchiqarish, brak mahsulot ishlab chiqarishdan yo‘qotish xarajatlari.
282
2. Material va moddiy xarajatlar.
3. Umum ishlab chiqarish va davr xarajatlari.
4. Material, moddiy va ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlari.
3. Mehnatga haq to‘lash xarajatlarini mahsulot tannarxiga qo‘shishni ma’lumot
manbalarini va tartibi qaysi bandda keltirilgan?
1. Ish haqi hisoblash kitobi, kartochkalari va ish haqi berish qaydnomalari va tegishli
videogrammalar.
2. Sintetik hisob registrlari.
3. Yordamchi qaydnomalar.
4. Ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlar.
4. Yordamchi ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni tannarxiga qo‘shishni
tartibi qaysi bandda keltirilgan?
1. Korxona asosiy ishchilarining ish haqlariga nisbatan teng taqsimlash.
2. Moddiy harajatlarga nisbatan teng taqsimlash.
3.
Korxona xisob siyosatida nazarda tutilgan taqsimlash, bazasiga nisbatan teng
taqsimlash.
4. TSex tannarxiga nisbatan teng taqsimlash.
5. Davr xarajatlarini tarkibi qaysi bandda keltirilgan?
1. Sotish bo‘yicha xarajatlar, ma’muriy xarajatlar, boshqa operatsion xarajatlar,
kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadigan hisobot davrining
xarajatlari.
2. O‘tgan hisobot davrida tannarxga qo‘shilmay qolgan barcha xarajatlar.
3. O‘tgan hisobot davrida tannarxga qo‘shilmay qolgan moddiy xarajatlari.
4. O‘tgan hisobot davrida tannarxga qo‘shilmay qolgan mehnat xarajatlari.
6. Umum ishlab chiqarish xarajatlarini tarkibi qaysi bandda keltirilgan?
1. Texnologik jihozlarni ishlatish va saqlashxarajatlari, tsex boshqaruv apparatini
saqlash xarajatlari.
2. Tsexda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning barcha xarajatlari.
3. Ma’muriy xarajatlar.
4. Moddiy va mehnat xarajatlari.
283
7. Umum ishlab chiqarish xarajatlari auditini maqsadi qaysi qatorda
keltirilgan?
1.
Umumishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, ularni mahsulot (ish,
xizmatlar)lar tannarxiga to‘g‘ri taqsimlanishini vaqo‘shilishini tekshirishdir.
2. Umumishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi ularni tarkibini aniqlashdir.
3. Umumishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi ularni guruhlashni
to‘g‘riligini aniqlash bo‘lib hisoblanadi.
4. Umumishlab
chiqarish xarajatlari auditining
maqsadi ulardan samarali
foydalanishni aniqlashdir.
8. Ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotni chiqarishni ularni xaridorlrga
jo‘natishni va sotishn auditi tartibi qaysi bandda keltirilgan?
1. Qonunchilik, rejalashtirish, me’yorlashtirish, shartnoma va buxgalteriya hujjatlari,
sintetik uchyot ma’lumotlari, va «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida»gi hisobot.
2. Tayyor mahsulotlarni birlamchi hujjatlari va haqiqiy tannarxi kalkulyatsiyasi.
3. Tayyor mahsulotlarni omborlarda saqlanishi kartochkalari va ombor mudirlari
hisobotlari.
4. Tayyor mahsulotlarni sotishni va moliyaviy natijalarni to‘g‘riligini tasdiqlovchi
hujjatlar.
8. Haqiqiy foydani tekshirishning maqsadi qaysi bandda keltirilgan?
1. Hisobotda ko‘rsatilgan foydaning haqiqiyligini, byudjetga to‘lanadigan
soliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘langanligini, foydaning to‘g‘ri taqsimlanganligini
tekshirish;
2. Foydani tarkibini to‘g‘ri aniqlash;
3. Sotishdan olingan foydani aniqlash;
4. Foydalilik darajasini bilish;
9. Foyda qaysi maqsadlar uchun ishlatish qaysi bandda keltirilgan?
1. Soliq to‘lashga, ustav kapitalini ko‘paytirishga, dividendlar
to‘lashga
2. Korxonani kengaytirishga.
3. Soliq va dividentlar to‘lashga.
284
4. Asosiy vositalar sotib olishga.
10. Auditor korxonaning moliyaviy faoliyatini tekshirganda nimalarga e’tibor
berishi kerakligi qaysi bandda keltirilgan?1. Soliqlarni o‘z vaqtida va to‘la
to‘lanayotganligi, shubhali qarzlar bo‘yicha zaxiralar to‘g‘ri vujudga keltirilganligiga,
foydani to‘g‘ri taqsimlanayotganligiga, dividendlar to‘g‘ri to‘lanayotganligiga.
2. Foydani to‘g‘ri shakillantirishga.
3. Foydadan qoplanadigan xarajatlarni tarkibiga.
4. Moliyaviy faoliyat audit qilinmaydi.
11. Favqulodda zararlar qaysi bandda keltirilgan?
1. Tabiiy ofatlar, urush, inqilob singari siyosiy larzalar oqibatida ko‘rilgan zararlar va
qonun hujjatlarini o‘zgarishi oqibatida ko‘rilgan zararlar.
2. Elektor energiyasini bermaslik aybi bilan ko‘rilgan zarar.
3. Texnologik operatsiyalarni buzilishi natijasida ko‘rilgan zararlar.
4. Mahsulotlarni ko‘p ishlab chiqarish natijasida ko‘rilgan zararlar.
12. Favqulodda zararlarni audit qilishda asosan nimalarga e’tibor berish qaysi
bandda keltirilgan?
1. Sodir bo‘lgan tabiiy ofat meteorologiya, seysmologiya va boshqa tegishli
xizmatlarning
ma’lumotlari
bilan
tasdiqlanganligiga
va
korxona
mulkini
sug‘urtalanganligiga.
2. Zararni oz yoki ko‘pligiga.
3. Zararlarni kelib chiqish sabablariga.
4. Zararlarni qoplash manba’lariga.
17-Mavzu: Investitsiya fondlari, sug‘urta tashkilotlari, birja va brokerlik
faoliyati auditi
Mavzu bo‘yicha atamalar: investitsiya, investitsiya fandlari, suuurta
tashkiloti, bija, broker, brokerlik faoliyati.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
285
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
“BBB”, “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Investitsiya fondlari faoliyatining auditi
Investitsiya fondi yuridik shaxs bo‘lib, aksiyalar chiqarish va ularni sotib
olish bilan shug‘ullanadi. Bundan asosiy maqsad, investorlarning
pul
mag‘blarlarini, omonatlarini va qimmatli kog‘ozlarini safarbar qilib, qimmatli
qog‘ozlar bilan bitimlarni amalga oshirishdir. Ushbu vazifani bajarish Investitsiya
fondi faoliyatini o‘ziga xos va muhim tomonidir.
Investitsiya fondlarini tashkil etish va ularni faoliyat ko‘rsatishi, quyidagi
me’yoriy hujjatlari bilan belgilab berilgan:
1. «O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida»gi Qonun;
2. «Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlar to‘g‘risida»gi Qonun;
3. «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalar to‘g‘risida»gi Qonun;
4.
«Qimmatli
qog‘ozlar
bozorining
faoliyat
ko‘rsatish
mexanizmi
to‘g‘risida»gi Qonun;
5. «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqini himoya qilish
to‘g‘risida»gi Qonun;
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 18 iyundagi
«Investitsiya fondlari faoliyatini tashkil etish tadbirlari to‘g‘risida»gi 220sonli qarori.
Investitsiya fondlari quyidagi maqsadlar uchun tashkil qilinadi:
1. Respublika aholisini va yuridik shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga
qo‘yilgan mablag‘larini ximoya qilishga;
2. Ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashga;
286
3.
Aksiyadorlarni
qimmatli
qog‘ozlar
bozoridagi
tavakkalchiligini
kamaytirishga;
4. foyda(daromad) olishga.
Investitsiya
fondi tavakkalchiligi shunday qo‘yilmalar bozor bahosining
o‘zgarishi tufayli ko‘riladigan barcha daromad va zararlar, fond aksiyalarining
joriy narxini o‘zgartirish yo‘li bilan mazkur fond aksiyadorlari hisobiga
o‘tkaziladi.
Investitsiya fondi kamida ikkita tasischiga ega bo‘lishi kerak. Davlat
hokimiyati va bashqaruv organlari Investitsiya fondlari faoliyatida ishtirok etishi
mumkin emas. Investitsiya fondining ustav fondi, uning ta’sischilari mablag‘lari
evaziga yuzaga keladi va eng kam ish haqining 200 baravariga teng bo‘lishi kerak.
Investitsiya fondi ta’sis etilayotgan chog‘ida, uning ustav fondi ta’sischilar
o‘rtasida taqsimlangan bo‘lishi lozim.
Ta’sischilar, Investitsiya fondi ro‘yxatidan o‘tgandan keyin 30 kundan
kechikmay ustav fondi qiymatini 100 foiz to‘lashlari shart. Fond ro‘yxatdan
o‘tgandan keyin uch oy ichida aksiyalarga birinchi obuna amalga oshiriladi.
Investitsiya fondi moliyaviy chorak tugagandan so‘ng 30 kundan
kechikmay, moliyaviy yil tugagach 60 kundan kechikmay aksiyadorlarga hamda
Muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga hisobot taqdim etishi va bu
hisobotni respublika matbuotida e’lon qilishi kerak.
Bu hisobotda quyidagi axborotlar ko‘rsatiladi:
1. Fond Investitsiyalari ro‘yxati keltirilgan buxgalteriya balansi (hisobot
tuzilayotgan sanadagi qimmatli qog‘ozlar soni, turlari va joriy bozor qiymati
ko‘rsatiladi);
2. Shu davr mobaynida xarajatlar, foyda va zarar, shuningdek, ushbu davr
uchun to‘langan dividentlar to‘g‘risidagi hisobot;
3. Mazkur davrning oxirgi kuniga Investitsiya fondining moliyaviy faoliyati
va sof aktivlarning holati haqida axborot;
4. Fond chiqargan aksiyalarning soni, hisobot tuzilgan kundagi bitta
aksiyaning nominal va joriy bozor narxi;
287
5. Aksiyadorlar sotib olishi mumkin bo‘lgan aksiyalarni narxi haqidagi
ma’lumotnoma;
6. Boshqaruvchi kompaniya va depozitariyning mazkur davrda ko‘rsatgan
xizmati uchun to‘lanadigan haq miqdori;
7. Affil shaxslar, Investitsiya fondi kuzatuvchi kengashining a’zolari,
boshqaruvchi kompaniya va depozitariy a’zolarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi
(bu o‘zgarishning sabablari ham ko‘rsatiladi) ma’lumotlar.
Moliya yili tugaganidan keyin 60 kun ichida Investitsiya fondi o‘zining har
bir aksiyadoriga barcha tuzilgan kontraktlar va amalga oshirilgan bitimlar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tekinga tanishish imkonini beradi.
Investitsiya fondlari, audit tekshirishining o‘ziga xos ob’ekti hisoblanadi.
Ularning faoliyatini audit qilish quyidagi me’yoriy hujjatlarga asoslanadi:
1. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga;
2. Buxgalteriya hisobi schyotlari rejasiga;
3. «O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida»gi Qonunga;
4. «Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlar to‘g‘risida»gi Qonunga;
5. «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalar to‘g‘risida»gi Qonunga;
6.
«Qimmatli
qog‘ozlar
bozorining
faoliyat
ko‘rsatish
mexanizmi
to‘g‘risida»gi Qonunga;
7. «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqini himoya qilish
to‘g‘risida»gi Qonunga;
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 18 iyundagi
«Investitsiya fondlari faoliyatini tashkil etish tadbirlari to‘g‘risida»gi 220sonli qaroriga.
9. Investitsiya fondi hujjatlariga.
Agar fond boshqaruvchisi jismoniy shaxs bo‘lsa auditor qo‘shimcha ravishda
quyidagilarni ko‘rib chiqadi:
1. Qimmatbaho qog‘ozlar va toza aktivlar portfeli bozorini o‘rganish bo‘yicha
qilingan xarajatlarni;
288
2. Investitsiya fondi aksiyalarining kursini e’lon qilish uchun, ommaviy
axborot vositalari xizmatlariga to‘lovlarni;
3. Aktsionerlarga dividentlarni hisoblash va to‘lash xarajatlari va boshqalarni.
Investitsiya fondi tomonidan sotib olingan qimmatbaho qog‘ozlar atroflicha
tekshiriladi. Shu bilan birga Investitsiya fondini faoliyatida sodir bo‘lishi mumkin
bo‘lgan kamchiliklar tahlil qilinadi:
1. Investitsiya fondi aktivlarining sotishdagi yo‘qotishlar;
2. Valyuta schyotlari va valyuta operatsiyalari bo‘yicha kursdagi salbiy
farqlar;
3. Shartnoma talablari buzilgani uchun jarimalar va boshqalar.
Investitsiya fondlari faoliyatiga tegishli dastlabki hujjatlar, buxgalteriya
yozuvlari va hisobot ko‘rsatkichlari tekshiriladi.
Yuqoridagi operatsiyalar bilan birgalikda, Investitsiya fondi moliyaviy
natijalari o‘rganiladi. Investitsiya fondini yakuniy moliyaviy natijalari, ularning
asosiy faoliyat daromadlari va fond
aktivlarini sotishdan olingan daromadlar
yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
§2. Sug‘urta tashkilotlari faoliyatini auditi
Sug‘urta turli shakldagi tadbirkorlik tuzilmalarida mulki doimo mavjud
bo‘lib turishini ta’minlaydi va ko‘riladigan talofatlarni imkoni boricha kamaytirib,
xalq xo‘jaligini barqarorlashtiradi.
Davlat, sug‘urta kompaniyalari hisobotini, kapital mablag‘larini va to‘lovga
qodirligini nazorat qilib turadi. Shuningdek, yangi sug‘urta kompaniyalari paydo
bo‘lishi uchun javobgardir. O‘zbekistondagi sug‘urta qonunchiligi 1993 yilda
qabul qilingan «Sug‘urta to‘g‘risida»gi qonunda mujassamlashgan. Mazkur
qonunga ko‘ra sug‘urta tuzilmalari turli tashkiliy shakllardan iborat bo‘ladi:
1. Davlat korxonasi;
2. Aktsionerlik jamiyati;
3. Qo‘shma korxona.
289
Qonunga binoan, sug‘urta kompaniyalarining majburiyatlari ularning
aktivlaridan oshib ketmasligi kerak. O‘zbekistonda chet el sug‘urta kompaniyalari
nomidan shartnomalar tuzish bilan bog‘liq vositachilik faoliyatiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Moliya vazirligi sug‘urta kompaniyalarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni
yig‘ib, ularning moliyaviy ko‘rsatkichlarini(balans, sug‘urta majburiyatlari hajmi,
sug‘urta qilingan tavakkalchilikni) tahlil etadi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonning sug‘urta bozorida ko‘plab davlat va xususiy
sug‘urta kompaniyalari mavjud bo‘lib, ularning eng mashhurlariga quyidagi
kompaniyalarni kiritish mumkin:
1. O‘zbekiston Respublikasining davlat sug‘urtasi Bosh boshqarmasi;
2. «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi;
3. «Madad» sug‘urta agentligi va boshqalar.
Bularning barchasi hukumatning farmoyishi bilan ochilgan bo‘lib, anchagina
ustav kapitaliga ega va davlatning turlicha imtiyozlaridan foydalanishadi.
Sug‘urta qilish vaqtida, sug‘urta fondi mablag‘larini buxgalteriya hisobi
schyotlarida aks ettirish lozim bo‘ladi. Shuning uchun, auditor sug‘urta
tashkilotlari foydalanadigan buxgalteriya hisobi shakliga va schyotlar rejasiga
ahamiyat berishi kerak. Sug‘urta tashkilotlari, o‘z xohishlariga ko‘ra, hisob yuritish
shaklini va usullarini tanlashlari mumkin. Ko‘pchilik tashkilotlar buxgalteriya
hisobini memorial-order shaklidan foydalanishni afzal ko‘radilar. Hisobchilikning
bu shaklida, memorial-orderlarni tuzish uchun, buxgalteriya hujjatlari asos bo‘lib
xizmat qiladi. Memorial-orderlar xronologik tartibda, dastlab qaydlash daftarida,
keyin bosh kitobda yoziladi. So‘ngra memorial-orderning mos ma’lumotlari
analitik hisob registrlari, ya’ni yordamchi kitoblar, kartochkalar, shaxsiy
schyotlarga yozib qo‘yiladi. Sintetik va analitik schyot ma’lumotlarini mosligini
tekshirish va balans tuzish uchun oborot qaydnomalari tuziladi va har bir schyot
bo‘yicha ma’lumotlar jamlanadi. Sug‘urta operatsiyalari ko‘p miqdordagi balans
schyotlarini talab qilmaydi, shuning uchun, sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya
290
hisobining memorial-order shaklini eng tejamli variantini qo‘llash mumkin. Bunda
yuqorida aytilgan ikkita sintetik hisob registri o‘rniga bosh kitob qo‘llaniladi.
Auditor memorial-orderlardagi yozuvlarning to‘liqligini bilishi uchun, joriy
operatsiyalarni to‘g‘ri jamlanganligini tekshirib, har oyning birinchi kuniga qoldiq
chiqarishi kerak.
Sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha tegishli schyotlar
kelishini
va
«To‘lovlarni
qayd qilish kitobi» auditning asosiy ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi.
Shuning uchun, audit jarayonida, «To‘lovlarni kelishini
ma’lumotlaridan,
qayd qilish kitobi»
sug‘urta summalarini to‘lanishi o‘rganiladi va tekshiriladi.
SHuningdek, muayyan hisob hujjatlarining (sug‘urta guvohnomalari, kvitantsiya
va aksiyalar) saqlanishiga ham e’tibor beriladi. Tashkilotlardan qabul qilingan
blankalar, har bir blanka uchun ochiladigan shaxsiy schyot (hujjatlarini hisobga
olish kitobiga)larga yozib qo‘yiladi.
«Sug‘urta tashkiloti xarajatlari» schyotini tekshirish, audit yo‘nalishlaridan
biri bo‘lib hisoblanadi. Tekshirishda sug‘urta tashkilotini xarajatlar smetasi tarkibi,
tariflarga, me’yorlariga amal qilinganligi va xarajatlarni moddalar bo‘yicha to‘g‘ri
taqsimlanganligiga e’tibor beriladi. Audit jarayonida, auditor tahlilning an’anaviy
usullarini qo‘llab, sug‘urta tashkilotini faoliyat doirasi, sug‘urta portfeli, o‘rtacha
sug‘urta summasi, to‘lovlar darajasi va sug‘urta summasi kamayuvchanligi
ko‘rsatkichlariga baho beradi.
Sug‘urta to‘lovlari hajmi sug‘urta tashkilotlari faoliyatining umumiy
ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich har bir tarmoq bo‘yicha va umuman
sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha o‘rganib chiqiladi.
Bir so‘m sug‘urta to‘loviga to‘g‘ri keladigan nisbiy xarajat ko‘rsatkichlari
dinamikasi o‘rganiladi.
Sug‘urta qilinuvchilarning bir so‘mlik to‘lovlariga to‘g‘ri keladigan
xarajatlar miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
S
X ═ -----------;
T
291
Bu yerda
X - sug‘urta qilinuvchilarning bir so‘mlik to‘lovlariga
to‘g‘ri keladigan xarajatlar miqdori.
S - sug‘urta qiluvchining yillik xarajatlari
yig‘indisi.
T - sug‘urta to‘lovlarini kelib tushishi.
§3. Birja va brokerlik faoliyatining auditi
Fond birjalari faoliyati va ularni tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasini
«Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida »gi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Fond birjasi, qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining yuksak
darajadagi kasb mahoratini (professionalizm) qo‘llab quvvatlaydigan, qimmatli
qog‘ozlarni
bozor baholarini aniqlab, ular xususida axborotlar tarqatadigan,
shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni aylanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib
beradigan tashkilotdir.
Fond birjasi o‘z faoliyatini quyidagi hujjatlar asosida tashkil qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
2. Birja ustavi;
3. Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalarini amalga oshirishga doir ichki
qonunlar.
Fond birjasi ro‘yxatdan o‘tgach, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga
binoan, qimmatli qog‘ozlar bilan faoliyat ko‘rsatishga litsenziya oladi.
Qimmatli qog‘ozlar bilan faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan (yoki
ijozatnoma (litsenziya) olgan) yuridik va jismoniy shaxslar, fond birjasining
ta’sischilari bo‘lishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan brokerlik o‘rnini sotib olgan
xorijiy investorlar, fond birjasi a’zolari bo‘lishi mumkin. Fond birjasi a’zolarining
sonini birjaning boshqaruv organi belgilaydi. Davlat organining mansabdor
shaxslari va mutaxassislari birjaning a’zosi bo‘lish huquqiga ega emas.
292
Fond birjasi a’zolari, savdoga kirishi uchun, qimmatli qog‘ozlar bilan
faoliyat ko‘rsatish litsenziyasiga hamda Investitsiya muassasasi maqomiga ega
bo‘lishi kerak.
Brokerlik o‘rnini sotib olgan va qimmatli qog‘ozlar bilan faoliyat ko‘rsatish
litsenziyasiga va malaka guvohnomasiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar hokimiyat
ro‘yxatidan o‘tib, bankda hisob schyotini ochgandan keyingina savdoga kiritiladi.
Fond birjasi o‘z faoliyatini quyidagi hujjatlar asosida tashkil qiladi:
Birjada, qimmatli qog‘ozlar bilan faoliyat ko‘rsatish uchun, jismoniy va
huquqiy shaxslarga qonunda alohida talablar qo‘yilgan. Bu talablar birja
boshqaruvining oliy organi tomonidan tasdiqlanadi va quyidagilarni nazarda tutadi:
1. Mazkur birjada qimmatli qog‘ozlar savdosining tartiblari;
2. Birja savdolari qatnashchilarining navbat tartibi va ularga qo‘yiladigan
talablar;
3. Birja yig‘ilishlari bo‘ladigan joy va vaqti haqidagi axborot;
4. Birja savdosiga chiqariladigan qimmatli qog‘ozlarning navbat tartibi;
5. Birja bitimlarining tavsifi;
6. Birja mijozlarining brokerlarga topshiriqlari;
7. Birjada savdoni tashkil etish;
8. Birjada tuzilgan bitimlarni ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi;
9. Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalariga tegishli bo‘lgan (shartnomalar,
hisobotlar, buyurtmalar, xabarnomalar va boshqalar) birja hujjatlari
namunalari.
Birja va brokerlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarining
auditi quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
1. O‘zbekiston
Respublikasining
«Buxgalteriya hisobi va hisoboti
to‘g‘risidagi Qonuniga»;
2. O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari
to‘g‘risida»gi Qonuniga;
3. «Aktsionerlik tashkilotlari va mas’uliyati cheklangan tashkilotlar»
haqidagi qonunga;
293
Auditor audit ishlarini rejalashtirishda birja va brokerlik korxonalarning
xo‘jalik faoliyati xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Tovar va fond birjalarida sotuvchi va sotib oluvchilar o‘rtasidagi (tovarlarni,
xizmatlarni, qimmatbaho qog‘ozlarni, valyuta va boshqalarni sotish va sotib olish
jarayonidagi) vositachilik brokerlik faoliyati deyiladi.
Qo‘ydagilar birja va brokerlik faoliyati auditining asosiy ob’ekti bo‘lib
hisoblanadi:
1. Ustav fondi;
2. Shaxsiy aksiyalar;
3. Nomoddiy aktivlar;
4. Birja va brokerlik faoliyatidan tushgan daromad.
Nazorat uchun savollar
1.
Investitsiya fondlarini tashkil etish va ularni faoliyat ko‘rsatishi, O‘zbekiston
Respublikasining qaysi me’yoriy hujjatlari bilan belgilab berilgan?
2.
Investitsiya fondlari qanday maqsadlar uchun tashkil qilinadi?
3.
Investitsiya fondlari hisobotida qanday axborotlar ko‘rsatiladi?
4.
Investitsiya fondlari faoliyatini audit qilish qaysi me’yoriy hujjatlarga
asoslanadi?
5.
Sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha nimalar auditning asosiy ob’ektlari bo‘lib
hisoblanadi?
6.
Sug‘urta qilinuvchilarning bir so‘mlik to‘lovlariga to‘g‘ri keladigan
xarajatlar miqdori qanday aniqlanadi?
7.
Fond birjasi o‘z faoliyatini qanday hujjatlar asosida tashkil qiladi?
8.
Birjada, qimmatli qog‘ozlar bilan faoliyat ko‘rsatish uchun, jismoniy va
huquqiy shaxslarga qanday talablar qo‘yilgan?
9.
Birja va brokerlik faoliyatini audit qilishda nimalar tekshiriladi?
294
Nazorat uchun test savollar
1. Investitsiya fondlarini tashkil etish va ularni faoliyat ko‘rsatishi qo‘ydagi
me’yoriy hujjatlari bilan belgilab berilgan.
1. «O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida»gi Qonun; «Xo‘jalik
jamiyatlari va shirkatlar to‘g‘risida»gi Qonun;
2. «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalar to‘g‘risida»gi Qonun;
«Qimmatli
qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida»gi Qonun;
3. «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqini himoya qilish
to‘g‘risida»gi Qonun; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil
18 iyundagi «Investitsiya fondlari faoliyatini tashkil etish tadbirlari to‘g‘risida»gi
220-sonli qarori.
4. Barcha javoblar to‘g‘ri
2. Investitsiya fondlari qo‘ydagi maqsadlar uchun tashkil qilinadi –
1. Respublika aholisini va yuridik shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan
mablag‘larini ximoya qilishga; ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashga;
2. Aksiyadorlarni qimmatli qog‘ozlar bozoridagi tavakkalchiligini kamaytirishga;
foyda(daromad) olishga;
3. Asosan chet el investitsiyalarini jalb etib ko‘proq foyda olishga;
4. Birinchi va ikkinchi javoblar to‘g‘ri.
3. Investitsiya fondlari hisobotida qo‘ydagi a axborotlar ko‘rsatiladi
1. hisobot tuzilayotgan sanadagi qimmatli qog‘ozlar soni, turlari va joriy bozor
qiymati; xarajatlar, foyda va zarar, shuningdek, ushbu davr uchun to‘langan
dividentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
2. Investitsiya fondining moliyaviy faoliyati va sof aktivlarning holati; fond
chiqargan aksiyalarning soni, bitta aksiyaning nominal va joriy bozor narxi;
5. Aksiyalarni narxi; boshqaruvchi kompaniya va depozitariy xizmati uchun
to‘lanadigan haq; affil shaxslar, kuzatuvchi kengashining a’zolari, boshqaruvchi
kompaniya va depozitariy a’zolarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
4. Hamma javoblar to‘g‘ri.
4. Investitsiya fondlari faoliyati auditi qo‘ydagi hujjatlarga asoslanadi
295
1.Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun, schyotlari rejasi, korxona xo‘jalik
jamiyatlari va shirkatlar to‘g‘risida, Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalar, Qimmatli
qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi, aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar, Vazirlar
Mahkamasining 1996 yil 18 iyundagi 220-sonli qaroriga va investitsiya fondi
hujjatlariga.
2. Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalar, Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat
ko‘rsatish mexanizmi, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqini
himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar, Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 18
iyundagi 220-sonli qaroriga va investitsiya fondi hujjatlariga.
3. Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalar, Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat
ko‘rsatish mexanizmi, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqini
himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar.
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan
5. Sug‘urta operatsiyalari auditining ob’ektlari qo‘ydagi bandda keltirilgan.
1. Sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha tegishli schyotlar va «To‘lovlarni kelishini
qayd qilish kitobi».
2. Bosh kitob va jurnallar.
3. Birinchi va ikkinchi javob to‘g‘ri.
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
6. Fond birjasi o‘z faoliyatini qanday hujjatlar asosida tashkil qiladi
1. «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida »gi Qonuni bilan;
2. “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi” Qonuni bilan;
3. Ikkinchi javob to‘g‘ri.
4. Tshg‘0ri javob keltirilmagan.
7. Birjada, qimmatli qog‘ozlar bilan faoliyat ko‘rsatish uchun, jismoniy va
huquqiy shaxslarga qanday talablar qo‘yilgan
1. Qimmatli qog‘ozlar savdosining tartiblari; savdo qatnashchilarining navbat
tartibi, ularga qo‘yiladigan talablar; yig‘ilishlari bo‘ladigan joy va vaqti, savdosiga
chiqariladigan qimmatli qog‘ozlarning navbat tartibi;
296
2. Birja bitimlarining tavsifi,
mijozlarining brokerlarga topshiriqlari, savdoni
tashkil etish;
3. Birjada tuzilgan bitimlarni ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish tartibi, Qimmatli
qog‘ozlar operatsiyalariga tegishli bo‘lgan birja hujjatlari namunalari;
4. Hamma javoblar to‘g‘ri.
8. Birja va brokerlik faoliyatini audit qilishda nimalar tekshiriladi
1. Ustav fondi, shaxsiy aksiyalar, nomoddiy aktivlar, birja va brokerlik faoliyatidan
tushgan daromad;
2. Buxgalteriya hisobining to‘g‘ri tashkil qilinganligi;
3. Birja savdosidan olinadigan pul mablag‘larini to‘g‘ri kirim qilinganligi;
4. To‘g‘ri javob berilmagan.
18-Mavzu: To‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan korxonalar faoliyatini audit
qilish
Mavzu bo‘yicha atamalar: moliyaviy yordam, to‘lov qobiliyati, sanatsiya,
bankrotlik, moliyaviy sog‘lomlashtirish.
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
“BBB”, “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. To‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan korxonalarni aniqlash
Iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishning asosiy yo‘llaridan biri, og‘ir moliyaviy
holatga
tushib
qolgan
korxonalarga
297
davlat
yordamini
(subsidiyalarini)
ko‘rsatishdir. Moliyaviy yordam olishning asosiy sharti, moliyaviy yordam
olingandan
keyin,
korxonalarning
samarali
ishlashini
ta’minlash
bo‘lib
hisoblanadi. Davlat moliyaviy yordamini ko‘rsatish uchun moliyaviy yordamga
muhtoj va samarasizligi tufayli tugatilishi lozim bo‘lgan korxonalar ro‘yxati
aniqlanadi. Moliyaviy yordamga muhtoj korxonalar ro‘yxati, ularning ishlab
chiqarish
imkoniyatlari
va
bozor
xususiyatlari
(asosiy
ishlab
chiqarish
jamg‘armalarining holati va mazkur korxonani quvvati, texnologiya darajasi,
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va raqobatga chidamliligi), shuningdek,
moliyaviy
sog‘lomlashtirish
rejalari
samaradorligi
hamda
korxonaning
mahsulotlariga bo‘lgan talab asosida, bosqichma-bosqich aniqlanadi:
Birinchi bosqich - korxonalarning ishlab chiqarish va bozor imkoniyatlariga
asoslangan holda, davlatdan moliyaviy yordam olishga da’vogar bo‘lgan
korxonalarning guruhi aniqlanadi. Bunda, yuqori ishlab chiqarish va bozor
imkoniyatlariga ega bo‘lgan, to‘lov qobiliyatini tiklay oladigan korxonalar alohida
guruhga ajratiladi va ular birinchi navbatda davlat moliyaviy yordamini olishga
dahvogarlik qilmasligi kerak. Agar korxona birinchi bosqichda past ishlab
chiqarish va bozor imkoniyatiga ega bo‘lgan guruhga kiritilgan bo‘lsa (mavjud
tartibga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi tomonidan davlat
korxonasi maqomi berish to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan bo‘lsa), unday
korxonalar, o‘zining samarasizligi tufayli bankrot deb e’lon qilinadi va tugatiladi;
Ikkinchi bosqich -
to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan, lekin harakatsiz
korxonalar oldida turgan iqtisodiy muammolar hal etiladi (ishlab chiqarish
xarajatlarini
kamaytirish,
bozor
strategiyasini
o‘zgartirish,
menejmentini
o‘zgartirish va x.k.);
Uchinchi bosqich - korxonalar tarmoq va mintaqaviy xususiyatlari asosida
tabaqalashtiriladi;
To‘rtinchi bosqich - korxonalar ular tomonidan ishlab chiqarilgan
moliyaviy sog‘lomlashtirish rejalari asosida saralanadi.
298
Moliyaviy sog‘lomlashtirish rejalari korxonalarning to‘lov qobiliyatini
moliyaviy barqarorligini shuningdek, davlat tomonidan berilgan har xil
ko‘rinishdagi moliyaviy yordam mablag‘larini qaytarishni ta’minlashi kerak.
Moliyaviy sog‘lomlashtirish rejalari samaradorligi foyda me’yori va tannarx
ko‘rsatkichlari yordamida baholanadi. Korxonalar yuqorida ko‘rsatilgan tartibda
tabaqalashtiriladi va birinchi navbatda davlat moliyaviy yordamini berish
maqsadga muvofiq bo‘lgan korxonalar ro‘yxati aniqlanadi. Ushbu ro‘yxatga
binoan,
O‘zbekiston
Respublikasi
«Korxonalarning
nochorligi
(bankrotligi)to‘g‘risida» gi Qonunga qat’iy amal qilgan holda, korxonalarga davlat
va mahalliy byudjet mablag‘laridan shuningdek, tarmoq va tarmoqlararo
jamg‘armalardan moliyaviy yordam beriladi. Mablag‘larni maqsadli sarflanishi va
moliyaviy sog‘lomlashtirish rejalarini bajarilishi davlat mulk qo‘mitasi huzuridagi
bankrotlik ishlari bo‘yicha boshqaruv tomonidan nazorat qilinadi.
§2. Korxonalarni guruhlash
Quyidagi mezonlarga binoan davlat moliyaviy yordamini olishga da’vogar
bo‘lgan korxonalar guruhi aniqlanadi:
1. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish hajmini o‘rtacha
tarmoq hajmidan past bo‘lishi;
2. Koxona tamonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy
turlariga bo‘lgan talab darajasini yuqoriligi.
Ko‘rsatilgan mezonlar asosida to‘lovga qurbi yetmagan korxonalarni to‘rt
guruhga bo‘lish mumkin:
Birinchi guruh - asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi o‘rtacha
tarmoq
darajasidan
past
bo‘lgan
va
ishlab
mahsulotlarining asosiy turlariga bo‘lgan talab
korxonalar;
299
chiqarilayotgan
barqaror bo‘lgan
Ikkinchi guruh - asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi o‘rtacha
tarmoq
darajasidan
past
bo‘lgan
va
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotlarining asosiy turlariga bo‘lgan talab pasaygan korxonalar;
Uchinchi guruh - asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi o‘rtacha
tarmoq
darajasida
yoki
undan
yuqori
bo‘lgan
hamda
ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy turlariga bo‘lgan talab yuqori va
barqaror bo‘lgan korxonalar;
To‘rtinchi guruh - asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi o‘rtacha
tarmoq darajasida yoki undan past bo‘lgan hamda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning asosiy turlariga bo‘lgan talab past bo‘lgan korxonalar.
Birinchi guruhga tushib qolgan korxonalar, birinchi navbatda davlat
moliyaviy yordami olishga da’vogar bo‘la olmaydi. To‘rtinchi guruhga tushib
qolgan korxonalar, agar ularga nisbatan hukumat tomonidan davlat korxonasi
maqomiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinmagan bo‘lsa, samarasizligi
tufayli harakatdagi korxonalar safidan chiqariladi.
Davlat moliyaviy yordami birinchi navbatda quyidagi vazifalarni bajarishga
qodir bo‘lgan korxonalarga beriladi:
1. Berilgan mablag‘lardan yuqori qaytim bilan foydalana oladigan;
2. Qisqa muddat ichida ishlab chiqarish jarayonini qayta tiklayoladigan va
uni iqtisodiy jihatdan to‘la diversifikadiya qilishga qodir bo‘lgan;
3. Tovar bozorida yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni
ko‘paytirishni ta’minlay oladigan;
4. Ishlab chiqarayotgan mahsuloti sifatini yaxshilay oladigan;
5. Faoliyatini samarali amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishga qodir
bo‘lgan.
§3. Korxona iqtisodini sog‘lomlashtirish tadbirlarni tahlil qilish
Korxonalarni
moliyaviy
sog‘lomlashtirish
rejasini
samaradorligini
baholashning ikkinchi bosqichida, birinchi va ikkinchi guruhlarga kiritilgan
300
korxonalar oldida to‘rgan iqtisodiy muammolar hal etiladi. Buning uchun, davlat
va ijroiya hokimiyati organlari qaramog‘idagi to‘lovga qurbi yetmaydigan
korxonalarda quyidagi tadbirlarni o‘tkazishni tavsiya etamiz:
1. Yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarish (ish, xizmat ko‘rsatish)ni yo‘lga
qo‘yish;
2. Ishlab chiqariladigan tovarlar sifatini oshirish;
3. Marketing samaradorligini oshirish;
4. Eksport samaradorligini oshirish;
5. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish;
6. Boshqarishning ilg‘or shakllari va usullarini qo‘llash;
7. Debitorlik qarzlarini kamaytirish;
8. O‘z mablag‘lari hissasini aylanma aktivlarda ko‘paytirish;
9. Boshqa korxonalar sarmoyasidagi hissasini sotish;
10. Tugallanmagan ishlab chiqarishni sotish;
11. Ish bilan band bo‘lmagan xodimlar sonini qisqartirish;
12. Kapital qurilishni vaqtincha to‘xtatish;
13. Ortiqcha asbob-uskuna, materiallar, tayyor mahsulotlarni sotish;
14. Qisqa muddatli qarzlarni, uzoq muddatli sudalarga aylantirish yo‘li
bilan, qarzlarni konservatsiyalash;
O‘tkazilgan tadbirlar natijasi tahlil qilinib, o‘zining to‘lov qobiliyatini davlat
yordamisiz tiklay oladigan va tiklay olmaydigan korxonalar ro‘yxati aniqlanadi.
Keyingi korxonalar haqidagi ma’lumotlar, davlat va ijroiya hokimiyati organlari
tomonidan mazkur korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlab
chiqilgan va kelishilgan rejalar bilan birgalikda bankrotlik ishlari bo‘yicha
mahalliy boshqaruvga yuboriladi.
§4. Korxonaning iqtisodiy holatini baholash
Korxonalar
faoliyatini
iqtisodiyotni
sog‘lomlashtirishning
uchinchi
bosqichda, ikkinchi va uchinchi guruhdagi korxonalar faoliyatini davlat mulk
301
qo‘mitasi huzuridagi bankrotlik ishlari bo‘yicha mahalliy boshqaruv tomonidan
ishlab chiqilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida baholash ishlari o‘tkaziladi.
Bunday ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. mahsulot (ish, xizmat ko‘rsatishni) ishlab chiqarish hajmi va uning
tegishli tovar bozoridagi hissasi;
2. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati;
3. Mahsulot ishlab chiqarishning foydaliligi;
4. korxonada ish bilan band bo‘lgan ishchilarning soni;
5. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturaning mavjudligi va
rivojlanish darajasi;
6. Korxonaning debitorlik va kreditor qarzlari, shu jumladan to‘lov
muddati o‘tib ketgan qarzlarning hajmi va boshqalar.
Mazkur ko‘rsatkichlar asosida ikkinchi bosqichda tanlab olingan korxonalar
yana bir bor tabaqalashtiriladi. Shunday qilib, uchinchi bosqichda davlatning
moliyaviy yordamiga da’vogar bo‘lgan korxonalarning ro‘yxati shakllanadi.
§5. Tavsiya qilingan moliyaviy sog‘lomlashtirish rejalarini tahlili
Korxonalar
faoliyatini
iqtisodiyotni
sog‘lomlashtirishning
to‘rtinchi
bosqichda, davlat va ijroiya hokimiyat organlari tomonidan mahalliy boshqaruvga
tasdiqlash uchun yuboriladigan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish rejalari
tahlil qilinadi. Tahlil natijasida, biznes rejalari talabni to‘la qondiradigan
(korxonani to‘lashga qurbi yetmaydigan holatdan chiqarish, korxonaning bundan
keyingi faoliyatini moliyaviy barqarorligini, shuningdek, korxonaga berilgan
moliyaviy yordam mablag‘larini qaytarishini ta’minlaydigan) korxonalar ro‘yxati
aniqlanadi va ular tomonidan tavsiya etilgan biznes rejalar samaradorligi
baholanadi. Biznes rejalarni samaradorligini baholashda, korxonalarning foyda
me’yorlari va tannarx ko‘rsatkichlari inobatga olinadi. Mazkur bosqichning
yakuniy qadamida,
moliyaviy yordamga birinchi navbatda muhtoj bo‘lgan
korxonalar ro‘yxati aniqlanadi. Ahamiyatiga qarab, ikkinchi va uchinchi guruhdagi
302
korxonalar bir guruhga kiritiladi va ularni uchinchi marta tabaqalashtirish
natijasida, birinchi navbatda davlat moliyaviy yordamiga muhtoj bo‘lgan
korxonalar ro‘yxati uzil-kesil aniqlanadi. Nihoyat, bankrotlik ishlari bo‘yicha
mahalliy boshqaruv, birinchi navbatda davlat moliyaviy yordamiga muhtoj bo‘lgan
korxonalar haqida qaror qabul qiladi. SHu bilan birga, quyidagi masalalarga
aniqlik kiritadi:
1. To‘lov qobiliyatini tiklash uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslar,
shu jumladan, korxonada mavjud bo‘lgan va qo‘shimcha talab etiladigan
mablag‘lar miqdoriga;
2. Korxonada sanadiya o‘tkazish muddatiga;
3. Davlat moliyaviy yordami summasi miqdoriga;
4. Qarzni uzish muddatlariga.
Nazorat uchun savollari
1. Moliyaviy yordamga muhtoj va samarasizligi tufayli tugatilishi lozim bo‘lgan
korxonalar ro‘yxati qanday aniqlanadi?
2. To‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan korxonalar qanday aniqlanadi?
3. Moliyaviy yordamga muhtoj va samarasizligi tufayli tugatilishi lozim bo‘lgan
korxonalar qanday guruhlanadi?
4. Korxona iqtisodini sog‘lomlashtirish bo‘yicha qanday tadbirlarni bilasiz?
5. Korxonaning iqtisodiy holati qanday baholanadi?
6. Tavsiya qilingan moliyaviy sog‘lomlashtirish rejalarini tahlil qilishda nimalarga
e’tibor berish kerak?
19-Mavzu: Tijorat banklar faoliyatining auditi
Mavzu bo‘yicha atamalar: tijorat banki, bank cheklari, moliyaviy kredit
beradigan tashkilotlar, .
Tavsiya etilayotgan o‘qitishning pedagogik texnologiyalari: ma’ruza
o‘qishning besh bosqichli xaritasidan foydalanilganda ma’ruza texnologik
303
xaritasini ikkinchi va to‘rtinchi bosqichlarida ilg‘or pedagogik texnologiyani blitsso‘rov, test, muloqot usullaridan, texnologik xaritaning uchinchi bosqichida ya’ni
yangi o‘quv materialini bayon etishda esa, slaydlar asosida “TUSHUNTIRISH”,
“BBB”, “NIMA UCHUN”, “QANDAY” va “INSERT JADVALI” usullaridan
foydalanish yaxshi natija beradi.
§1. Audit o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish
Tijorat banklari faoliyati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1996
yil 25 aprelda qabul qilgan, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga
asosan tashkil qilinadi va yuridik hamda jismoniy shaxslarga shartnoma asosida
bank xizmati ko‘rsatadi.
Tijorat banklari quyidagi belgilari bo‘yicha tabaqalashtiriladi:
1. Ustav kapitali kimga qarashli ekanligiga va uni shakllantirish uslubiga
qarab;
2. Bajarilayotgan operatsiyalar turiga qarab;
3. Faoliyat ko‘rsatish xududi va tarmoq belgisiga ko‘ra.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘rsatilishicha, respublika
mintaqa dasturlarini pul bilan ta’minlash uchun, maxsus tijorat banklari tashkil
etilishi mumkin.
Tijorat banklari chet el valyutasi bilan bo‘ladigan
operatsiyalarni
O‘zbekiston Respublikasi markaziy bankidan litsenziya olganlaridan keyin amalga
oshiradilar.
Banklar faoliyati auditi ularni ustavini audit qilishdan boshlanadi. Bunda
auditor quyidagilarni tekshirishga e’tibor qaratishi lozim:
1. Bankning nomi va joylashgan aloqa manzilgohiga;
2. Bank amalga oshiradigan operatsiyalarning ro‘yxatiga;
3. Bank tashkil etadigan fondlarning ro‘yxati va ustav fondining miqdoriga;
4. Bank huquqiy shaxs ekanligi va u to‘la xo‘jalik hisobi va o‘zini-o‘zi
moliya bilan ta’minalanishi negizida ishlashi to‘g‘risidagi nizomga;
304
5. Bankka qarashli muassasalarning ro‘yxati, ularning maqomiga;
6. Bank va ularning filiallarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini
to‘xtatish tartibiga;
7. Faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni matbuotda e’lon qilish majburiyatiga;
8. O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki bilan o‘zaro munosabatlariga.
Tijorat banklari davlat, Aktsionerlik, kooperativ va boshqa qarz beruvchi
tashkilotlar tizimida eng ko‘zga ko‘rinarli o‘rinlardan birini egallaydi. Barcha
banklar asosan quyidagi ishlar bilan shug‘ullanadilar:
1. mijozlardan jamg‘armaga qo‘yilayotgan mablag‘larni qabul qiladi va uni
depozitga joylashtiradi;
2. Kredit berish bilan shug‘ullanadi;
3. Chek yoki operatsiyadagi boshqa mablag‘larni(vekselni) ishonchligini
ta’minlaydi;
4. Barcha turdagi qimmatbaho qog‘ozlarni sotib oladi va sotadi;
5. Vositachilik va konsultativ xizmatlarni bajaradi;
6. Chet el valyutalarini sotib oladi va sotadi;
7. Mijozlar iltimosi va talabiga ko‘ra pullarni hisoblashuv va boshqa
schyotga o‘tkazish ishlarini bajaradi;
8. Tijorat va komission asosida bitimlar o‘tkazadi;
9. Qimmatbaho buyum va mulklarni saqlash uchun qabul qiladi;
10. Tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchilarini moliyaviy ishlarini bajaradi.
Bank va boshqa moliyaviy kredit beradigan tashkilotlarni faoliyatini
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish jarayonida, ularning kredit tizimini va xizmat
ko‘rsatadigan sub’ektlarini iqtisodiy faoliyati atroflicha tekshiriladi. Audit
natijalari ularni yillik hisobotlarini va ish faoliyatini baholash uchun xizmat qiladi.
Audit tekshiruvini boshlashdan oldin, tashkilotni moliyaviy faoliyatini tahliliga
asoslanib tekshiruvga bog‘liq savollar tuziladi. Bu savollar bo‘yicha ikki tomon
kelishuviga asosan shu tashkilotni umumiy faoliyati yoki ayrim
bo‘limlari
tekshiriladi. Bunda auditor o‘z faoliyatini quyidagilarni nazorat qilishga va
tekshirishga qaratmog‘i lozim:
305
1. Bank ishini tashkil qilinganligini nazorat qilishga – bunda, bank ishi
barcha qonun va me’yoriy hujjatlarga (bank nizomi, Aktsionerlarning
umumiy majlis va boshqaruv qarorlariga) muvofiq yuritilishi tekshiriladi;
2. Moddiy resurslardan samarali foydalanishga- bunda, bankning kredit
resurslarini barpo etilishi va joylanishini maqsadga muvofiqligi, shuningdek
bank ish sifati va bankni xizmat sohasini kengaytirish istiqbollari
baholanadi;
3. Bankning moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligiga - bank
balansining likvidligiga va bajarilgan operatsiyalarning samaradorlik
darajasi aniqlanadi va tahlil qilinadi;
4. Bank mulkini saqlanishi ustidan nazorat o‘rnatishga.
Audit tekshirishni boshlashdan oldin bank balansining aniq va to‘g‘ri
tuzilganiga ishonch hosil qilish kerak. Buning uchun sintetik va analitik hisob
ma’lumotlarini solishtirib, buxgalteriya hisobi operatsiyalarini tegishli schyotlarda
to‘g‘ri aks ettirilganligini va schyotlarning qoldiqlarini
to‘g‘riligi tekshiriladi.
Bank aktivlarini sifati bank barqarorligining muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. SHuning uchun auditor bank aktivlari miqdorini aniq hisoblanishini
va Aktsioner kapitalidan foydalanishni tekshiradi, shuningdek ehtimol tutilgan,
to‘lanishi umidsiz va gumonli qarzlarni aniqlaydi.
Navbatdagi tekshirishlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
1. Kassa va kassa operatsiyalari auditi;
2. Ustav fondini to‘g‘ri tashkil qilinganligining auditi;
3. Buxgalteriya hisobi holatining auditi.
§2. Kredit va hisoblashuv operatsiyalari nazorati, bank daromadi va
xarajatlari tahlili
Auditor bank operatsiyalari va bankning pul mablag‘laridan foydalanish
darajasini o‘rganish bilan birga, sotuvdagi va sotilgan resurslarga tegishli foizlar
darajasini asoslanganligini va vositachilikni taqdirlashni tekshiradi.
306
Auditor schyotlar aloqasini tahlil qilishi zarur, chunki u bankni to‘lov
qobiliyatini umumlashtiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Schyotlardagi
manfiy qoldiqlar bankning mavjud resurslariga nisbatan ko‘p kredit berganidan
dalolat
beradi.
Uzoq
vaqt
davomida
manfiy
qoldiqlarning
mavjudligi,
qonunbuzarlik hisobiga bank foydasi olinganligini bildiradi.
Auditor schyotlar korrespondendiyasini tekshirish bilan birga, bankda
buxgalteriya hisobini tashkil qilish holatini ham tahlil qiladi. Ba’zan, buxgalteriya
hisobi registrlarida xatoliklarni tuzatishlar, balans moddalarini noto‘g‘ri guruhlash,
memorial-orderlarda debet va kredet yozuvlarini noto‘g‘ri ko‘rsatish holatlari
uchrab turadi. Tekshirish davomida, bank vakolatiga kiruvchi mablag‘lardan
foydalanayotgan (masalan, olingan qarzlarni maqsadga muvofiq ishlatilishi va
ularni resurs bilan ta’minlanishi, kassa intizomi va boshqalar) tashkilotlar faoliyati
muqobil tekshiriladi va bank faoliyatiga zarar keltiruvchi, to‘lov qobiliyatiga ega
bo‘lmagan korxonalar aniqlanadi. Auditor bunday mijozlar bilan aloqalarni qayta
ko‘rib chiqishni tavsiya etadi.
Tekshirish davomida, foydalanilgan kredit resurslarini ustav fondi holatiga
va balans likvidligiga mos kelishiga, shuningdek majburiy zaxiralarni tashkil
qilishda belgilangan me’yorlarga amal qilinayotganligiga alohida e’tibor beriladi.
Audit jarayonida, kredit berish uchun mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarni
to‘laqonligi, ularda kreditlarni vaqtida qaytarilishini kafolatlanganligi va olingan
qarz summalarini muddatlarida to‘lanishi tahlil qilinadi.
Tahlil qilish natijasida, foizli stavkalar o‘lchami va kreditni taqdim etish
shakllari, lizing va faktoring operatsiyalaridan foydalanish darajalari baholanadi.
Bunda, auditor asosiy e’tiborni bankning barqaror faoliyat ko‘rsatishini
ta’minlaydigan omillarni tahlil qilishga va iqtisodiy me’yorlarga amal qilinishiga
qaratishi lozim.
Auditorning asosiy e’tibori bank tomonidan berilgan qarzlarni o‘z vaqtida
to‘lanishiga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Auditor Markaziy bank tomonidan quyidagilarni tartibga solishini aniqlaydi:
1. Tijoratchilar faoliyatini to‘g‘riligini;
307
2. Qarzlarni muddatida uzilishini;
3. Iqtisodiy me’yorlarni to‘g‘ri o‘rnatilganligini (majburiy zaxiralar
o‘lchami, markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan foizlar o‘lchami, bankni
shaxsiy mablag‘i hajmi bilan uni aktivlari o‘rtasidagi mutanosiblik).
Tijorat banklari pul qo‘yuvchilarning manfaatlarini himoyalash uchun
majburiy fondlar tashkil etadi. SHuning uchun auditor auditning navbatdagi
bosqichida quyidagilarni o‘rganadi:
1. Majburiy zaxira fondlarini to‘g‘ri tashkil qilinganligini;
2. Depozitlar sug‘urtasini;
3. Tugatilishdan sug‘urta qilishni.
Auditor qarzlar bo‘yicha hisoblashuvlarni tezlashtirish imkoniyatlarini
topish bilan bir qatorda quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:
1. Tashkilot xohishiga qarab to‘lov tartibini belgilashga;
2. To‘lovlarni cheklanishiga;
3. Muddati o‘tib ketgan qarzlarni muddatini uzaytirmaslikka.
Tekshirish jarayonida auditor tashkilotlarini xo‘jalik hisobi tamoyillariga
amal qilishlarini, bank kapitalini kredit resurslariga joylashtirishdan olinadigan
daromadlariga, bankning boshqaruv va operatsion faoliyatidagi sarf xarajatlariga
e’tibor berishi kerak. Bankni qo‘riqlash va binoni ijara to‘lovlari sarf xarajatlarini
o‘sib borishini kuzatish maqsadga muvofiqdir. SHu bilan birgalikda, inkasadiyaga
sarflangan xarajatlarni va hisoblash markazlari xizmati xarajatlarini tekshirib
borish ham muhimdir. Banklar daromadlaridan turli fondlarni tashkil qilishga va
ijtimoiy tadbirlar o‘tkazishga mablag‘ ajratish imtiyoziga ega. Ularning bu
imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanayotganligi tekshiriladi.
Bunday imtiyozlarga quyidagilar kiradi:
1. Depozitlarni sug‘urtalash fondlari;
2. Bankrotlikni sug‘urtalash fondlari;
3. Qariyalar uyiga, maktabgacha tarbiya muassasalariga hamda madaniyat va
sport ob’etlarini ta’mirlashga fondlar tashkil qilish;
308
4. Xayriya, ehson maqsadlariga, tabiatni muhofaza qilishga hamda
umumta’lim va boshqa maqsadlar uchun fondlar tashkil qilish.
Agar tijorat banklari belgilangan qoidalarni muntazam buzishgan bo‘lsa,
yillik natija esa zarar bilan yakunlangan bo‘lsa, unda auditor bank rahbariyati
oldida uning faoliyatini sog‘lomlashtirish, bank rahbariyatini almashtirish yoki
bankni tugatish bo‘yicha takliflarni qo‘yishi mumkin. Bank ishi samaradorligini
baholashda ikki xil ko‘rsatkichdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Audit natijalariga ko‘ra belgilangan tartibda xulosa tuziladi. Ushbu xulosa 3namunada keltirilgan.
Audit tekshiruvi davomida bank faoliyati foydasi tahlil qilinadi. Jahon
amaliyotida
bank
faoliyatining
samaradorligi
balans
foydasini
ustav
fondi(kapitali)ga nisbati sifatida hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bank ishi
samaradorligini baholashda ikki xil ko‘rsatkichdan foydalanish tavsiya qilinadi.
1. Balans foydasini bankni o‘z kapitaliga nisbati sifatida;
2. Sof foydani bankni o‘z kapitaliga nisbati sifatida.
Banklarni moliyaviy xo‘jalik faoliyatini koefitsentli tahlil qilish uslubi 4ilovada keltirilgan.
Nazorat uchu savollar
1. Tijorat banklari faoliyati qanday me’yoriy hujjatlar asosida tashkil
qilinadi?
2. Tijorat banklari qaysi belgilari bo‘yicha tabaqalashtiriladi?
3. Banklar qanday ishlar bilan shug‘ullanadilar?
4. Banklar faoliyati audit qilganda auditor nimalarni tekshirishga e’tibor qaratishi
lozim?
5. Kredit va hisoblashuv operatsiyalari nazoratini gapirib bering?
6. Bank daromadi va xarajatlari auditini gapirib bering.
7. Auditor bank soliqlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanishini qanday tekshiradi.
8. Bank ishi samaradorligini ko‘rsatkichlarini gapirib bering.
9. Banklar faoliyati auditi natijalariga ko‘ra tuziladigan xulosada nimalar
ko‘rsatiladi?
309
Nazorat uchun test savollar
1. Tijorat banklari faoliyati qanday me’yoriy hujjatlar asosida tashkil
qilinadi?
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1996 yil 25 aprelda qabul qilgan,
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga;
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 15 mayida qabul qilgan,
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga;
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 15 mayida qabul qilgan,
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga;
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
2. Tijorat banklari qaysi belgilari bo‘yicha tabaqalashtiriladi?
1. Ustav kapitali kimga qarashli ekanligiga va uni shakllantirishga, bajarilayotgan
operatsiyalar turiga, faoliyat ko‘rsatish xududi va tarmoq belgisiga.
2. Ustav kapitali kimga qarashli ekanligiga va uni shakllantirishga.
3. Katta-kichikligiga;
4. Qanday ishlar bilan shug‘ullanadilar.
3. Banklar qanday ishlar bilan shug‘ullanadilar?
1. jamg‘arma mablag‘larni depozitga joylashtirish, kredit berish, qimmatbaho
qog‘ozlarni sotib olish va sotish, vositachilik, konsultativ xizmatlar;
2. To‘g‘ri javob keltirilmagan;
3. valyutalarini sotib olish va sotish, pullarni hisoblashuv va boshqa schyotga
o‘tkazish, tijorat va komission bitimlar, qimmatbaho buyum va mulklarni saqlash,
tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchilarini moliyaviy ishlarini bajarish;
4. 1-3 javoblar to‘g‘ri.
4. Banklar faoliyati audit qilganda auditor nimalarni tekshirishga e’tibor
qaratishi lozim?
1. Bank nizomi, Aktsionerlarning umumiy majlisi va boshqaruv qarorlariga, kredit
resurslarini barpo etilishi va joylanishini maqsadga muvofiqligi, shuningdek bank
ish sifati va bankni xizmat sohasini kengaytirish istiqbollari baholanadi;
310
2. Bank balansining likvidligiga va bajarilgan operatsiyalarning samaradorlik
darajasiga, bank mulkini saqlanishi ustidan nazorat o‘rnatishga;
3. 1-2 javoblar to‘g‘ri.
4. Bank balansining likvidligiga va bajarilgan operatsiyalarning samaradorlik
darajasiga, bank mulkini saqlanishi ustidan nazorat o‘rnatishga.
5. Navbatdagi tekshirishlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi
1. Kassa va kassa operatsiyalari auditi, ustav fondini to‘g‘ri tashkil qilinganligining
auditi, buxgalteriya hisobi holatining auditi;
2. Mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarni to‘g‘riligi, resurslarni shakillanishi;
3. 1-2 javoblar to‘g‘ri;
4. To‘g‘ri javob keltirilmagan.
6. Banklar daromadlaridan qo‘ydagi fondlarni tashkil qilishga ega
1. Depozitlarni, bankrotlikni sug‘urtalash fondlari, qariyalar uyiga, maktabgacha
tarbiya muassasalariga hamda madaniyat va sport ob’etlarini ta’mirlashga fondlar
tashkil qilish, ehson maqsadlariga, tabiatni muhofaza qilishga fondlar tashkil
qilish.
2. Kassa va kassa operatsiyalari auditi, ustav fondini to‘g‘ri tashkil qilinganligining
auditi, buxgalteriya hisobi holatining auditi;
3. Mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarni to‘g‘riligi, resurslarni shakillanishi;
4. 1-2 javoblar to‘g‘ri
Atamalarning ensiklopedik lug‘ati (glossariy)
1. Investor – keyinchalik foyda olish maqsadida biron bir sohaga mablag‘larini
yo‘naltiruvchi mulkdor.
2.Sarmoya – ma’lum bir ishni bajarish uchun yo‘naltirilgan mablag‘.
3. Mulkdor – ma’lum bir miqdordagi mablag‘ga yoki korxonaga ega bo‘lgan
shaxs.
311
4. Tasdiqlovchi audit - yoppasiga yoki tanlov yo‘li bilan o‘tkaziladigan tekshirish
bo‘lib, u korxona faoliyati sharoitidan kelib chiqib asosan tor doiradagi obyektlarni
tekshirishdir.
5. Maqsadli (sistemali) audit - xo‘jarik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik
faoliyatlarida sodir bo‘ladigan barcha xo‘jalik muomalalari nazorat qilinadi.
6. Tavakkalchilikka asoslangan audit - yoppasiga yoki tanlov yo‘li bilan
o‘tkaziladigan tekshirish bo‘lib qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.
Tor doiradagi obyektlarni tekshirish bilan yakunlanadi.
7. Davlat moliyaviy nazorati - Uning oliy organi schyotlar palatasi yoki davlat
bosh auditorlik apparati bo‘lib, u bevosita parlament yoki Prezidentga
bo‘ysunadi. Uning asosiy vazifasi davlat bdjetining xarajatlar qismini nazorat
qilishdan iboratdir (O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati
Schyotlar palatasi shaklida tashkil qilingan bo‘lib, u parlamentga bo‘ynsunadi.
8. Soliq nazoratii - davlat byudjeti daromadlar qismining to‘ldirilishini nazorat
qiladi. O‘zbekiston Respublikasida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil
qilinadi va O‘zbekiston Respublikasida hukumatga bo‘ysunadi.
9. Vazirliklardagi nazorat taftish bo‘linmalari - Byudjet tomonidan mablag‘
bilan ta’minlanib, tegishli vazirlikka bo‘ysunadi, asosiy vazifasi byudjet
mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishini nazorat qiladi.
10. Mustaqil auditorlik nazorati - balans ma’lumotlarining to‘g‘riligini,
amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini shartnoma asosida nazorat qiladi.
Nodavlat sektoridagi korxona va tashkilotlarga ham shartnoma asosida hisob, soliq
va moliya masalalari bo‘yicha maslahat va boshqa hizmat turlarini bajaradi.
11. Auditorlik andozasi - barcha auditorlik tashkilotlari o‘zlarining proffessional
faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo‘lgan yagona asosiy tamoillardir.
Andozalar xalqaro va milliy bo‘ladi. Milliy andozalar O‘zbekiston Respublikasi
Moliyaviy vazirligida Buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit uslubiyoti
boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya vazirligida
ro‘yxatga olinadi. Xalqaro miqyosda audit bo‘yicha proffessional talablarni ishlab
chiqish bilan bir qancha tashkilotlar shug‘ullanadilar. Bular jumlasiga 1977 yilda
312
vujudga kelgan xalqaro buxgalterlar federadiyasi (International Federation of
Accountants - IFA3.
ham kiradi. Auditorlik andozalari amaliyoti bilan bu
tashkilotning xalqaro qo‘mitasi (International Auditing Practicfies CommiteeIAP3.
shug‘ullanadi. Bu qo‘mita tomonidan tayyorlangan auditning xalqaro
andozalari
(International
Auditing
Guidelines-IAG)
auditorlarni
proffessionalizmini oshirishga va auditni xalqaro masshtabda unifikatsiyalashga
qaratilgan.
12. O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi –
sohaning ilmiy va pedagogik xodimlarining respublika jamoat tashkiloti bo‘lib,
1992 yilda ta’sis etilgan. Assotsiatsiya O‘zbekiston Respublikasida buxgalterlar va
auditorlar kasb malakasini rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga
moslashtirishni
ta’minlaydi.
Shuningdek,
buxgalterlar
va
auditorlarni
proffessional ximoyalashda amaliy yordam ko‘rsatadi. Assotsiatsiya buxgalteriya
hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish, qimmatli qog‘ozlar
bozori, korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy menejment
bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
13. O‘zbekiston Auditorlar palatasi (O‘AP) - malaka sertifikatiga ega mustaqil
auditorlarni ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti.
Auditorlar palatasining asosiy maqsadi - auditorlarning proffessionallik darajasini
rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga yordam ko‘rsatish, o‘z a’zolarining kasbga
oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish hamda kasbga oid
talablar bo‘yicha barcha o‘zgarishlar to‘g‘risidagi va axborot ta’minoti bo‘yicha
aloqa o‘rnatishdan iborat.
14. Auditorlik me’yorlari - auditorlik me’yorlari asosiy qoidani nazarda
tutmaydi. Me’yorlar ishonarli bo‘lishi kerak, lekin ularning bajarilishi majburiy
emas. Ya’ni auditor me’yordan chetlanishi mumkin, lekin ularga rioya qilmaslik
sabablariga izoh berishi kerak. Auditorlik faoliyati tamoyillar, R.Mautd va
U.Sharaf tamoyillari, auditorlik xizmati, majburiy audit, tashabbus tarzidagi
audit, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusiga ko‘ra o‘tkaziladigan audit,
proffessional ahloq, auditorlik tashkiloti, auditorlik faoliyati litsenziyasi.
313
15. Auditorlik tamoyillari - auditorlik faoliyatini umumiy asosini tashkil etuvchi
sharoitlar va qonuniyatlar auditorlik tamoyillari deyiladi. Ular muayyan
andozalardan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan vaziyatlarda auditorga fikr
bildirish, mulohaza qilish va hisobot tuzish uchun xizmat qiladi. Auditorlik
faoliyatini quyidagi tamoyillari mavjud: auditorlik faoliyatining auditorlik
andozalariga mos kelishlik; auditor mulohazalarning holisligi; mijozning
jamoasiga hisobot berishlik; audit o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha
axborotlarga ega bo‘lishlik imkoniyati; o‘z faoliyat natijalarini doimiy nazorat qilib
turishlik. Auditorlik tamoyillari zarurligi to‘g‘risidagi mulohazalar g‘arb
davlatlaridagi hamkasblarimizda allaqachon paydo bo‘lgan bo‘lib, 1961 yilda ikki
yirik tadqiqotchi R.K.Mautd va U.A.Sharaf auditning tamoyillarini izohlashgan.
1982 yilda T.Li va D.K Robertson ularni to‘ldirish to‘g‘risida taklif kiritgan.
Ularning mazmuni quyidagilardan iborat: hisobotni tekshirish zaruriyati (bu
tamoyilning maqsadi: auditorga taziq o‘tkazib, mumkin qadar ko‘p talabchanlikni
yuzaga keltirish; mijozlarga auditorni ish sharoitiga yaxshiroq tushunib yetishga
taziq o‘tkazish); auditor va korxona ma’muriyati orasida nizo chiqishiga gumon
qilmaslik (ushbu tamoyil auditor va korxona ma’muriyati orasida o‘zaro ishonch
bo‘lishligini taqozo qiladi); tekshirilmagan hisobot ishonchga sazovor emas
(mazkur tamoyil birinchi tamoyilga nisbatan teskari bo‘lib, uchinchi shaxs
tomonidan hisobotlarning to‘g‘ri tuzilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olish
zaruriyatini va tekshirilgan hisobot ma’lumotlarining obyektivligi va to‘g‘riligi
hamda auditor tomonidan berilgan xulosani ehtimol tutilgan oqibatlar uchun
ma’naviyy va iqtisodiy javobgarligini belgilaydi).
16. Auditorlik xizmati- xo‘jalik subyektlarining moliyaviy hisobotlari ustidan
ularni to‘g‘riligini tasdiqlovchi nazorat o‘tkazish va buxgalteriya hisobini yuritish
“Bugalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonun talablariga javob berishini aniqlash
maqsadida o‘tkaziladigan mustaqil ekspertizadir.
17. Ichki audit - korxona rahbari buyrug‘iga binoan korxona xodimi tomonidan
o‘tkaziladigan audit. Ichki auditda auditorlar buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini
ishonchliligini tekshirish, tahlil qilish va baholash asosida korxona xodimlariga
314
takliflar va maslahatlar tayyorlab berishadi. Ular korxona rahbariga hisobot beradi.
Direktorlar kengashi va boshqa boshqaruv bo‘linmalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aloqada bo‘ladi.
18. Tashqi audit - tashqi audit chetdan taklif qilingan mutaxassis tomonidan
o‘tkaziladigan audit. Tashqi audit alohida firmalar tomonidan o‘tkaziladi. Uning
asosiy vazifasi tashkilotning moliyaviy hisobotini tekshirish va baholashdan iborat.
19. Majburiy audit - «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq
faoliyat turiga ko‘ra quyidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar har yili majburiy
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi kerak:
1. Aksiyadorlik jamiyatlari;
2. Banklar va boshqa kredit, sug‘urta tashkilotlari;
3.
Investitsiya
fondlari
hamda
yuridik
va
jismoniy
shaxslarning
mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv
kompaniyalari;
4. Manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lgan
xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;
5. Mablag‘larning hosil bo‘lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar
bo‘lgan byudjetdan tashqari fondlar;
6. Ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi
subyektlar.
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 10-moddasiga muvofiq
majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan barcha xo‘jalik
yurituvchi subyektlar oldingi yil uchun yillik moliyaviy hisobotlarini joriy yilning
1 mayigacha auditorlik tekshiruvidan
o‘tkazadilar. Auditorlik
tekshiruvi
yakunlanganidan so‘ng xo‘jalik yurituvchi subyekt auditorlik xulosasining
belgilangan tartibda tasdiqlangan bir nusxaini 15 kun ichida tegishli soliq
organlariga taqdim etishi lozim.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo‘yin tovlagan xo‘jalik yurituvchi
subyektlarga soliq organi tomonidan jarimaga tortiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt
315
rahbari esa majburiy auditorlik tekshiruvidan bo‘yin tovlaganligi uchun qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Undirilgan jarima jarima
solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida to‘lanib, to‘liq
miqdorda respublika byudjetiga o‘tkaziladi. Agar jarima o‘z vaqtida to‘lanmasa,
soliq qonunchiligiga muvofiq peniya hisoblangan holda so‘zsiz undirib olinadi.
Jarima
undirilishi
xo‘jalik
yurituvchi
subyektni
majburiy
auditorlik
tekshiruvdan o‘tishdan ozod qilmaydi.
20. Tashabbus tarzidagi audit - «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning
11-moddasiga muvofiq: «Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xo‘jalik
yurituvchi subyektning yoki boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining
qaroriga binoan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazilishi mumkin.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va boshqa
shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachilari bilan auditorlik tashkilotlari
o‘rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada
belgilab qo‘yiladi».
21. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusiga ko‘ra o‘tkaziladigan
audit - «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasiga muvofiq
auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining
tashabbusiga ko‘ra auditorlik tashkiloti tomonidan, ular o‘rtasida xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan
o‘tkazish
yuzasidan
tuzilgan
shartnomaga
asosan
o‘tkaziladi.
Auditorlik
tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha ishlarga haq to‘lash auditorlik tekshiruvini
belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi.
22. Auditorlik tashkiloti - huquqiy shaxs bo‘lib o‘z faoliyatlarini xo‘jalik hisobi,
o‘zini - o‘z mablag‘ bilan ta’minlash qoidalari asosida amalga oshiradi. Auditorlik
firmalari bajargan xizmatlari uchun haq to‘lovlarni buyurtmachilar bilan
kelishilgan holda o‘rnatadilar. Auditorlik firmalari o‘z ixtiyorlaridagi mablag‘ va
mulklardan foydalanishni, buxgalteriya hisobini yuritishni, xodimlarni ishga qabul
qilishni va boshqa masalalarni mustaqil hal etishadi. Auditorlik firmasi amaldagi
316
qonunchilikka asosan turli birlashmalarga va Assotsiatsiyalarga a’zo bo‘lishi
mumkin. Auditorlik firmalarida ishlar uning direktori tomonidan boshqariladi.
23. Auditorlik faoliyatini litsenziyasi – faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsat
bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22 sentabr 2000 yildagi
365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining
ahamiyatini oshirish to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq «Auditorlik faoliyatini amalga
oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to‘g‘risida»gi Nizomga
asosan beriladi.
Qarorning 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
auditorlik faoliyatini litsenziyalashning davlat organi etib tasdiqlangan va unga
quyidagi funksiyalar yuklatilgan:
1. O‘z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi
me’yoriy hujjatlarni, shu jumladan, auditorlik faoliyatining milliy standartlarini
ishlab chiqish va tasdiqlash;
2. Auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga
rioya qilinishini nazorat qilish;
3. Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda
auditorlar malaka sertifikatini olish uchun o‘qitish dasturlarini va malaka
imtihonlari topshirish tartibini tasdiqlash;
4. Auditorlik
faoliyatini
amalga
oshirish uchun
berilgan
litsenziyaning, auditorlar malaka sertifikatining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib
turish va bekor qilish;
5. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlar reyestrini va auditorlik
faoliyatini amalga oshirish uchun
litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik
tashkilotlari hisobini yuritish.
24. Malaka talabi – auditor soliq qonunchiligining barcha jihatlariga qat’iy rioya
qilishi lozim. Soliqqa tortish bo‘yicha proffessional xizmat ko‘rsatish chog‘ida
auditor mijoz-korxona manfaatlarini himoya qiladi. Soliq hisob-kitoblari va
to‘lanishi bo‘yicha tekshiruv jarayonida aniqlangan barcha xato-kamchiliklar
to‘g‘risida mijoz-korxona ma’muriyatiga ma’lumot berishi zarur.
317
25. Ahloqiy talab - auditorlarning xulqini belgilovchi quyidagi xalqaro ahloqiy
belgilar mavjud:
1. Auditorning obyektivligi – auditorda tekshirayotgan korxona bo‘yicha
hech qanday moliyaviy yoki mulkiy qiziqishi bo‘lmasligi lozim. Auditor tuzgan
xulosasini obyektivligiga mijoz tomonidan ikkilanishga yo‘l qo‘ymasligi kerak;
2. Auditorning axborotlarni maxfiyligini (konfidendialligini) ta’minlashi.
Auditor tekshiruv jarayonida to‘plagan axborotlarini mijozni yozma roziligisiz
yoki sudni qarorisiz uchinchi shaxslarga foydalanish uchun berishi mumkin emas.
Axborotni oshkor qilish yoki tarqatish mijoz uchun hech qanday moddiy yoki
boshqa zarar yetkazmasa ham auditor maxfiylik tamoyiliga rioya qilishi kerak;
3. Auditorlarning malaka tayyorgarligi me’yoriy hujjatlar talabiga javob
berishi kerak. Tekshiruvga boshqa auditorlarni yoki yordamchi xodimlarni jalb
qilinganda auditor ularni malaka tayyorgarligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Auditor
malakasini yetarli deb hisoblamagan sohalarda mijozga xizmat
ko‘rsatmasligi, mijoz bilan ishlaganda o‘zini bilimini va tajribasini to‘liq ishlatishi
hamda buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish sohasidagi oxirgi o‘zgarishlar va
yangiliklarni bilishi kerak;
4. Auditorlarni halolligi, mustaqilligi - jamoatchi buxgalter va auditorlarning
sifatini aniqlaydigan belgilardan biridir.
Shunday xalqaro ahloqiy qoidalar negizida mamlakatimizda «O‘zbekiston
auditorlarining kasb etikasi kodeksi» ishlab chiqilgan.
26. Auditor tavakkalchiligi - tashqi hisobot ma’lumotlarini baholash jarayonida
auditor e’tiboridan chetda qolishi mumkin bo‘lgan xato va tushirib qoldirishlar
to‘g‘risida auditorning o‘z zimmasiga olgan mas’uliyatidir.
27. Irsiy tavakkalchilik - subyektiv va obyektiv ko‘rsatkichlar ta’siri natijasida
hisobotning bir qator moddiy xatolarga moyillik darajasi irsiy tavakkalchilik
deyiladi. Bunda audit o‘tkazilayotgan tashkilotda ichki nazoratning umuman
yo‘qligi ehtimol qilinadi. Irsiy tavakkalchilik darajasi audit o‘tkazish uchun
rejalashtirilgan ma’lumotlar bazasiga, mijoz hisobotidagi ataylab va ataylab
qilinmagan xatolar mavjudligiga, bir qator tashqi va ichki ko‘rsatkichlarga bog‘liq.
318
28. Dedeksion tavakkalchilik – bu hisobotlardagi aniqlanmagan xato va tushirib
qoldirishlarni auditor istagi bilan aniqlash bo‘lib, ichki nazorat tizimi ushbu
xatolarni aniqlay olmaganligi va tuzatmaganligi taxmin qilinadi.
29. Nazorat tavakkalchiligi - korxonani ichki nazorat tizimida xatolarning kelib
chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikni, yoki yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishni auditor
tomonidan baholanishi nazorat tavakkalchiligi deyiladi.
30.
Auditda
muhimlilik
-
moliyaviy
hisobotlardan
foydalanuvchilarni
yanglishishga olib keladigan xato summalar kattaligidir. Muhimlilik auditor
tomonidan mijozning faoliyat hajmi va xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi
bosqichlarda aniqlanadi: birinchi bosqich - testdan o‘tkazilayotgan obyekt
bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xato va tushirib qoldirishlarni miqdorini so‘nggi chegarasi
hisoblab chiqiladi va auditor dastlabki tahlil asosida hujjatdan foydalanuvchi
shaxsni chalg‘ita olmaydigan hajmda mavjud bo‘lgan xato va tushirib qoldirishlar
miqdorining so‘nggi chegarasini belgilab oladi. Bunda eng kam miqdorgacha
bo‘lgan xatolar nomoddiy deb hisoblanadi. Eng ko‘p miqdordan ortib ketgan
xatolar esa moddiy deb hisoblanadi. Auditor chegaralarni belgilashda har bir
mijozga nisbatan alohida yo‘l tutadi. Xatolarning pastki va yuqori chegaralarini
hisoblab chiqish uchun moddiylik darajasi sifatida foyda yoki joriy passivlar va
korxona mablag‘larida hissadorlarning ulushi kabi ko‘rsatkichlar tanlab olinadi;
ikkinchi bosqich – xato va tushirib qoldirish miqdorlarining so‘nggi chegaradagi
umumiy hajmini test qilinayotgan obyektning tarkibiy qismlari bo‘yicha taqsimlab
chiqiladi. Misol, balansdagi joriy aktivlarni pastki va yuqori chegaralari miqdori
shu bo‘lim ichidagi moddalar bo‘yicha taqsimlanadi. Balansdagi joriy aktivlarni
pastki va yuqori chegaralari miqdorini shu bo‘lim ichidagi moddalar bo‘yicha
taqsimlash va o‘tgan tekshirishlar tajribasiga asoslanib auditor «Joriy aktivlar» deb
nomlanuvchi balans bo‘limining pul mablag‘lari, debitorlar, moddiy qiymatliklar
zaxirasi kabi moddalari uchun xatoning so‘nggi miqdordagi pastki va yuqorigi
chegarasini aniqlab olishi mumkin; uchinchi bosqich – xato va tushirib
qoldirishlarning asl miqdorini ularning tarkibiy qismlari bo‘yicha test qilingan
hisob va hisobot ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Audit jarayonida korxona
319
faoliyati bir necha davrlarga bo‘linadi. Bu davrlarning har birida auditor tomonidan
xo‘jalik operatsiyalari bilan bir qatorda balans moddalari va moddiy qiymatliklar
harakati bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar ham test qilinadi. Bu ma’lumotlarning
har biri bo‘yicha reprezentativ tanlab olish asosida xatolar miqdori aniqlanadi va
statistik uslub yordamida umumiy o‘rganilayotgan ma’lumotlar tarkibiga
qo‘shiladi; to‘rtinchi bosqich – test qilinayotgan obyekt bo‘yicha xato va tushirib
qoldirishlarning asl miqdorlari umumiylashtirib chiqiladi; beshinchi bosqich –
yo‘l qo‘yilgan xato va tushirib qoldirishlar miqdorlarining so‘nggi chegarasi
dastlab hisoblangan va aslida aniqlangan hajmlari bilan solishtirib chiqiladi.
Aniqlangan kamchiliklar korxona ma’muriyati tomonidan tan olinmagan taqdirda
auditor auditorlik xulosasida korxona hisobotini ishonchli emasligi to‘g‘risida o‘z
fikrini bildiradi. Xato va tushirib qoldirishlar quyidagi muhimlilik darajasiga
bo‘linadi: birinchi darajali - xato va tushirib qoldirishlar miqdori juda oz va
mazmuni jihatidan qabul qilinayotgan qarorlarga ta’siri bo‘lmaydi. Hisobotdagi
bunday xato va tushirib qoldirishlar nomoddiy (muhim bo‘lmagan) deb
hisoblanadi; ikkinchi darajali - qarorlarni qabul qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi xato
va tushirib qoldirishlar; uchinchi darajali - xato va tushirib qoldirishlar jami
hisobot ma’lumotlarining yaxlitligiga va holisona ekanligiga gumon tug‘diradi.
Bunday xatolar asosida tubdan noto‘g‘ri qarorlar chiqarish mumkin.
31. Auditorlik faoliyatida tovlamachilik - iqtisodiy ma’lumotlarni buxgalteriya
hisobi va hisobotlarda korxona rahbarlari, xodimlari yoki korxonaga aloqador
bo‘lgan boshqa shaxslar tomonidan oldindan ko‘zlangan maqsadlarda noto‘g‘ri
ko‘rsatish tovlamachilik deyiladi. Tovalamachilik quyidagi harakatlarni o‘z ichiga
oladi: hisob yozuvlarini manipulyatsiya qilish, ya’ni buxgalteriya hisobi
o‘tkazmalaridan noto‘g‘ri foydalanish yoki buxgalteriya hisobi va hisoboti
ma’lumotlarini ataylab buzib ko‘rsatishni; buxgalteriya hisobi hujjatlari va
yozuvlarini kvalifikatsiya qilish, ya’ni hujjatlarni qalbakilashtirish yoki noto‘g‘ri
hujjatlar tuzish va shu asosida buxgalteriya hisobi schyotlarida haqiqatni buzib
ko‘rsatuvchi yozuvlarni keltirishni; hisobda noadekvat yozuvlarni, schyotlar
tizimida esa to‘liq bo‘lmagan moliyaviy axborotlarni ko‘rsatishni (buxgalteriya
320
hisobi schyotlarida va kitoblarida kerak bo‘lmagan to‘g‘rilashlar, schyotlar
korrespondendiyasini
buzish,
buxgalteriya
hisobida
xo‘jalik
jarayonlarini
ko‘rsatmaslik).
32. Auditor faoliyati rejasi - Mijozni auditorlik xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini
o‘rganish, audit hajmini aniqlash va tekshiruvlarni amalga oshirish uchun
auditorlar shtatini shakllantirish, ishlarini belgilab olish auditor faoliyatini
rejalashtirishning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvi rejasi
strategiya ko‘rinishiga ega bo‘ladi va quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1. Maqsadni belgilash, audit obyektlari va korxona haqida ma’lumotlar
to‘plash;
2. Buxgalteriya hisobini va ichki auditni tashkil chilinganligini, auditorlik
tavakkalchiligini va materiallikni baholash;
3. Dastlabki va puxta rejalashtirish.
Auditor o‘z faoliyatini dastlabki rejalashtirish jarayonida mijoz bilan
hamkorlik qilishni qanchalik maqsadga muvofiqligini bilishi kerak. Buning uchun,
eng avvalo, maqsadni belgilab olish asosida mijozni auditorlik xizmatiga muhtojlik
sabablarini o‘rganib, auditorlik shartnomasi tuzib oladi va tekshiruvlarni amalga
oshirish uchun auditorlar shtatini shakllantiradi. Undan so‘ng auditor o‘z
faoliyatini puxta rejalashtiradi. Aniq audit bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan
tadbirlarni rejalashtirish puxta tejalashtirish deyiladi.
33. Hisob siyosati - xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatida buxgalteriya hisobini
yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash hamda tuzish uchun foydalaniladigan
maxsus tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlar to‘plami bo‘lib, №1 BHMS
va shunga boshqa aloqador BHMS lar asosida tuziladi. Hisob siyosati xo‘jalik
yurituvchi subyektlar tomonidan buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobotlarni
tuzish bo‘yicha ishlab chiqilgan me’yoriy hujjat hisoblanadi.
Hisob siyosatini to‘g‘ri tuzilganligi va unga rioya qilinishi buxgalteriya
hisobotlarining ishonchliligini ta’minlaydi
34. Auditorlik dalillari - auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvi
vaqtida yig‘ilgan va auditorlik xulosasini asoslovchi ma’lumot (axborot)lardir.
321
Auditorlik dalillarini olish tartibi «Auditorlik dalillari» nomli AFMSda
belgilangan.
35. Auditorlik hisoboti - O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati
to‘g‘risida»gi
qonunida
belgilanishicha:
auditorlik
hisoboti
auditorlik
tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan
aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoida-buzilishlar to‘g‘risidagi
mufassal ma’lumotlardan, shuningdek, auditorlik tekshiruvi o‘tkazish natijasida
olingan boshqa axborotdan iborat bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi subyekt
rahbariga, mulkdorga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga
yo‘llangan hujjat (18-modd1. .
36. Auditorlik xulosasi - O‘zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati
to‘g‘risida»gi
qonunida
belgilanishicha,
auditorlik
xulosasi
moliyaviy
hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida
belgilangan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida auditorlik tashkilotining yozma
shaklda ifodalangan fikri bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotidan
foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjatdir. Auditorlik xulosasi auditorlik
hisoboti asosida tuziladi. Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik
tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri
bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak (19-modd1. .
37. Bosh kitob- sintetik hisob yuritish uchun belgilangan hisob registri. Bosh kitob
yil davomida hisob yuritish uchun mo‘ljallangan. Hisob yuritishning kitob, kitobjurnal va jurnal-order shakllarida qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra, Bosh kitob tuzilishiga
ko‘ra har xil shakilda bo‘lishi mumkin. Masalan, hisobchilikning jurnal-order
shakli uchun belgilangan Bosh kitobda har hisobot davri boshiga qoldiq yozilib,
har oyni oxirida jurnal orderlarda hisobga olingan xo‘jalik operatsiyalari bosh
kitobga o‘tkaziladi. Barcha schyotlar bo‘yicha debet va kredit aylanmalar teng
bo‘lishi kerak. Bosh kitob va boshqa hisob registrlari ma’lumotlariga asosan
buxgalteriya balansi tuziladi.
38. Infratuzilma – sanoat, qurilish va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga xizmat
qiluvchi yordamchi xo‘jalik tarmoqlari majmuasi. Bunga transport, aloqa,
322
avtomobil yo‘llari, kanallar, suv omborlari, ko‘priklar, dengiz, daryo va havo
portlari, energiya xo‘jaligi, moliya-bank xizmatlari, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik tuzilmalari, suv o‘tkazgichlar, umumiy va kasb-hunar ta’limi, fan,
xizmat ko‘rsatish, soqliqni saqlash va shu kabilar kiradi.
Infratuzilma
ikki
yo‘nalishda
bo‘lishi
mumkin:
ishlab
chiqarish
infratuzilmasi, ya’ni moddiy ishlab chiqarishga bevosita xizmat ko‘rsatadigan
tarmoqlar (temir yo‘llar, elektr uzatgich tarmoqlari, moliya-bank, lizing va h.k.);
noishlab chiqarish yoki ijtimoiy infratuzilma, ya’ni ishlab chiqarish jarayoni bilan
bevosita boqliq bo‘lmagan tarmoqlar (turar joylar, madaniyat muassasalari, ta’lim,
tibbiyot xizmati, savdo va umumiy ovqatlanish tarmoqlari va h.k.)
39. Yillik moliyaviy hisobot – hisobot yilida korxona faoliyatini har tomonlama
ta’riflovchi hisobot turi. Yillik moliyaviy hisobot yakunlangan buxgalteriya hisobi,
qayta ro‘yxatga olish va boshqa usullar bilan tekshirilgan ma’lumotlariga asosan
tuziladi. Uni tuzishga qadar turli tayyorgarlik ishlari bajariladi: inventarizatsiya
o‘tkazilib, uning natijalari hisobda aks ettiriladi; yordamchi ishlab chiqarishlar ish
va xizmatlarining haqiqiy tannarxi aniqlanadi; umumishlab chiqarish xarajatlari
taqsimlanadi; tugallanmagan ishlab chiqarishlar tannarxi va tayyor mahsulotlarning
haqiqiy tannarxi aniqlanadi; moliyaviy natijalar (foyda yoki zarar) aniqlanadi;
ayrim ko‘rsatkichlarning o‘zaro aloqalari tekshiriladi va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni
bilan yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: korxona
balansi; moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot; asosiy vositalar harakati
to‘g‘risidagi hisobot; pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot; xususiy kapital
to‘g‘risidagi hisobot. Yuqoridagi hisobot shakllariga izohlar, hisob-kitoblar va
tushuntirishlar ilova qilinadi.
Moliyaviy hisobot quyidagi idoralarga taqdim etiladi: davlat soliq
inspeksiyalariga,
moliya
bo‘limlariga, davlat
statistika idoralariga, ta’sis
hujjatlariga muvofiq mulk egalariga va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
idoralarga.
323
40. Kapital qo‘yilmalar – asosiy vositalarni ko‘paytiradigan xarajatlar.
Korxonalarda kapital qo‘yilmalar tasdiqlangan titul ro‘yxati va loyiha-smeta
hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Kapital qo‘yilmalar, ularning yo‘nalishi,
rejalashtirish tartibi, kapital ishlarning turlari, qurilish obyektlarining qiymati,
qurilish ishlarini olib borish usullari bo‘yicha guruhlanadi. Yo‘nalishi bo‘yicha
ishlab chiqarish obyektlari turar joy, maktab, shifoxona va h.k.larga bo‘linadi.
Rejalashtirish tartibiga qarab kapital qo‘yilmalar davlat rejasida nazarda tutilgan va
davlat rejasida nazarda tutilmagan qo‘yilmalarga bo‘linadi. Davlat rejasida nazarda
tutilmagan kapital qo‘yilmalar korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga
oshiriladi. Kapital qo‘yilmalar 0800 “Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi
schyotlar” schyotida hisobga olinadi.
41. Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar
ko‘rsatishda foydalaniladigan moddiy va mehnat resurslarning, shuningdek,
tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonini amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa xarajatlarning pul ifodasi. Tannarxni aniqlash
uchun xarajat moddalari bo‘yicha kalkulyatsiya tuziladi.
Kontr - aktiv schyotlar- aktivlarni moliyaviy hisobotda sof qiymatida
ko‘rsatish uchun, ularning qoldig‘ini kamaytiruvchi ya’ni qoldig‘i aktiv schyotning
qoldig‘idan ayirib tashlanadigan schyotllardir.
Kontr-passiv schyotlar- passivlarni yoki kapitalni moliyaviy hisobotda sof
qiymatida ko‘rsatish uchun, ularning qoldig‘ini kamaytiruvchi ya’ni qoldiqlari
passiv schyotning qoldig‘idan ayrib tashlanadigan schyotllardir.
Tranzit schyotlar-daromad va sarflarni vaqtincha schyoti bo‘lib, hisobot
davri davomida ishlatiladi va hisobot davrining oxirida bekiladi, ya’ni hisobot
davrining oxiriga tuziladigan balansda aks ettiriladigan qoldig‘i bo‘lmaydi.
Balansdan
tashqari
schyotlar-korxona
huquq
va
majburiyatlariga
kirmaydigan, ammo vaqtincha uning ixtiyorida bo‘lgan aktivlarni mavjudligi va
harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun belgilangan schyotlardir.
42. Nomoddiy aktivlar - korxonaning huquqlari, korxona uchun qiymatga ega
bo‘lgan, lekin ko‘rib yoki ushlab bo‘lmayditgan kapital qo‘yilmalarning
324
proyektlari, savdo markalari, patentlari hamda shu kabi boshqa huquqlari.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 20 oktabrda 506-son bilan
ro‘yxatga olingan buxgalteriya hisobining 7-sonli “Nomoddiy aktivlar” nomli
milliy andozasiga muvofiq nomoddiy aktivlarga moddiy-ashyoviy mazmunga ega
bo‘lmagan va korxona tomonidan boshqarish yoki faoliyatining boshqa maqsadlari
uchun foydalanadigan hamda bir yildan ko‘p ishlatiladigan obyektlar kiritiladi.
Nomoddiy aktivlarga korxonalarning yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan, sanoat
obyektlari va aqliy intellektual mulkdan foydalanish, mualliflik va boshqa shunga
o‘xshash huquqlari, shuningdek, texnik ko‘nikmalar, litsenziyalar, savdo markalari,
belgilari patentlar, kompyuter dasturlari, nou-xaular, import kvotalari, yangi
korxonani barpo etish kabi xarajatlari kiradi.
43. Joriy aktivlar - ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulotlar, pul mablag‘lari
va to‘lovga olingan mablag‘lar kiritiladi. Ular korxonalarning takror ishlab
chiqarish jarayonining u yoki bu siklida bir marotiba ishtirok etib, shaklan va
mazmunan bir turdan ikkinchi bir turga aylanadi. Misol, tayyor mahsulotlar sotilib,
pul shakliga aylansa, muomalaga chiqarilgan pul xom ashyoga, yarim tayyor
mahsulotga, yoqilg‘iga, extiyot qismga, kam qiymatli tez eskiruvchi buyumga,
binoga, transport vositasiga, ishlab chiqarish zaxiralari esa, tayyor mahsulotlarga
va boshqa shu kabi asosiy va aylanma fondlarga aylanadi.
44. Pul mablag‘lari – korxona kassasidagi pullar, mijozlardan olinadigan cheklar,
bankdaga joriy schyotdagi pul mablag‘lari va pul o‘tkazmalari kiradi.
45. To‘lovga olingan mablag‘lar - haridorlarning, ularga jo‘natilgan tovarlarni tan
olishlari bo‘yicha qarzlari kiradi.
46. Ustav kapitali - korxonani faoliyat ko‘rsatishni ta’minlash uchun, uni tashqil
qilish vaqtida ta’sischilarning ta’sis hujjatlarida belgilangan mol - mulkidagi
ulushlarining pul ifodasidir
47. Fondlar - xo‘jalik yurituvchi subektlar ko‘zda tutilgan zararlar va
nobudgarchiliklarni qoplash uchun, shuningdek, hisobot yilida kelgusi davr
harajatlari va to‘lovlarini ishlab chiqarish va muomala xarajatlariga
bir
me’yorlarda kiritishni ta’minlash maqsadida foyda hisobidan rezerv fondini tashkil
325
qiladi. Rezerv fondi hisobidan korxonaning hisobot yili davrida ko‘zda tutilgan
zararlari, nobudgarchiliklari, asosiy vositalarini tuzatish xarajatlari, xodimlarning
mehnat ta’tillariga haq to‘lash, ularni ko‘p yillik mehnatlarini taqdirlash kabi
boshqa xarajatlari qoplanadi.
48. Foyda - mahsulotlarni va korxona uchun keraksiz bo‘lgan asosiy vositalar
hamda shu kabi mulklarni, shuningdek, sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan
operatsiyalardan tushgan daromadlarni shu operatsiyalar bo‘yicha qilingan
xarajatlardan ortiq chiqqan summasidir. Foyda – daromadlarning xarajatlardan
ortiq chiqqan summasidir. Mahsulotni sotishdan tushgan foyda, ular uchun pul
to‘lovi ammalga oshirilgandan so‘ng yoki tovarlar yuklab jo‘natilib, haridorga
hisob-kitob hujjatlari tadim etilgandan keyin aniqlanadi. Foyda yil davomida
buxgalteriya balansining passiv tomonida alohida moddalarda o‘sib boruvchi jam
bilan aks ettiriladi. Balansning aktiv qismida esa foydadan avans tariqasida
foydalanish yoki xaqiqiy ko‘rilgan zarar aks ettiriladi.
49. Ish xaqi bo‘yicha ishchi va xizmatchilarga qarzdorlik - xodimlarga bajargan
ishlari uchun hisoblangan ish xaqini ularning ko‘llariga bergunga qadar bo‘lgan
davrdagi korxonaning majburyati.
50. Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - korxonaning faoliyati yuzasidan olingan
foyda (daroma4. , xodimlarni ish xaklaridan hisoblangan daromad soliqlarini soliq
inspeksiyasiga o‘tkazib bergungacha bo‘lgan davrdagi korxonaning majburiyati.
51. Ijtimoiy sug‘urta organlariga qarz - xodimlarga hisoblangan ish xaqlaridan
qilingan ajratmalarni ijtimoiy sugurta organlariga o‘tkazib bergungacha bo‘lgan
davrdagi korxonaning majburiyati.
52. Foyda hisobidan ta’sischilarga to‘lanadigan divident - korxona xo‘jalik
faoliyatidan olingan foydaning ta’sischilarga tegishli qismi bo‘lib, ularning
ulushlari bo‘yicha hisoblanadi va to‘lagunga qadar bo‘lgan davrdagi korxonani
majburiyati.
326
ILOVALAR
1-ilova
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni auditorlik faoliyati to‘g‘risida (yangi
tahriri)
1-modda. Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa
qonun hujjatlaridan iboratdir.
Banklarni va boshqa kredit tashkilotlarini auditorlik tekshiruvidan
o‘tkazishning o‘ziga xos jihatlari O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
tomonidan belgilanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston
Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari
qo‘llaniladi.
2-modda. Auditorlik faoliyati
Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlari
ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
Auditorlik xizmatlari auditorlik tekshiruvlarini va ushbu Qonunning 17moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga
oshirish taqiqlanadi.
21-modda. Auditorlik faoliyatining asosiy prinsiplari
Auditorlik faoliyati mustaqillik, xolislik, erkinlik, professional malakalilik
va maxfiylik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
22-modda. Auditorlik faoliyati standartlari
Auditorlik
faoliyati
standartlari
auditorlik
tekshiruvini
o‘tkazish,
professional xizmatlar ko‘rsatish va auditorlar ishining sifatini nazorat qilish
tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Auditorlik faoliyatining milliy standartlari auditorlik faoliyatini amalga
oshirish bo‘yicha yagona talablarni belgilaydi.
327
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda auditorlik
xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditning xalqaro
standartlarini qo‘llashi mumkin.
*3-modda. Auditor
Auditor — auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir.
Auditor mehnat shartnomasi bo‘yicha yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma
bo‘yicha faqat bitta auditorlik tashkiloti bilan ishlashi mumkin.
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o‘tkazganligi, tijorat sirini oshkor
etganligi hamda boshqa xatti-harakatlari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar
yetkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida
javobgar bo‘ladi.
31-modda. Auditorning malaka sertifikati
Auditorning malaka sertifikati — auditorning malakasini tasdiqlovchi va
auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari ko‘rsatish huquqini beruvchi
hujjat.
Auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, bekor qilish,
uning amal qilishini uzaytirish va tugatish tartibi maxsus vakolatli davlat organi
tomonidan belgilanadi.
4-modda. Auditorning yordamchisi
Auditorning yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va
auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida auditorning ekspert xulosasida hamda
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo
chekish huquqiga ega bo‘lmagan tarzda auditorning topshirig‘iga binoan auditorlik
tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir.
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan
tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor
etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tatbiq etiladi.
328
Auditor yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditorning malaka sertifikatini
olish uchun zarur bo‘ladigan ish stajiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
qo‘shiladi.
5-modda. Auditorlik tashkiloti
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega
bo‘lgan yuridik shaxsdir.
Auditorlik tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik tashkilotlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralari hamda
boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari,
shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi
taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari bo‘la
olmaydilar.
Auditorlik tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati ko‘rinishidan tashqari, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va o‘z
faoliyatini quyidagi majburiy shartlarga rioya etgan holda amalga oshirishi
mumkin:
auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik bir foizi mazkur
auditorlik tashkilotining shtatdagi bir yoki bir necha auditoriga tegishli bo‘lishi
kerak (auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki sho‘ba
korxonasi tuzilgan hollar bundan mustasno). Auditor faqat o‘zi ishlaydigan bitta
auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin;
auditorlik tashkilotining shtat birligi tegishli malakaga ega bo‘lgan shtatdagi
auditorlarning eng kam soniga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga
muvofiq bo‘lishi kerak;
auditorlik tashkilotiga faqat mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi
bo‘lgan auditor rahbar bo‘lishi kerak;
auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali
mavjud bo‘lishi kerak.
329
Auditorlik tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Adliya vazirligi auditorlik tashkilotlarining davlat
reyestrini yuritadi. Ayditorlik tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va
auditorlik tashkilotlarining davlat reyestrini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan
belgilanadi.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini auditorlik xizmatlari ko‘rsatish
to‘g‘risida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. Auditorlik xizmatlari
ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma faqat auditorlik tashkiloti javobgarligining
sug‘urta polisi mavjud bo‘lgan taqdirda tuziladi.
Auditorlik tashkiloti boshqa auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi)
bo‘lishi mumkin emas.
Auditorlik tashkilotining firma nomida «auditorlik tashkiloti» so‘z birikmasi
ifodalanishi va mazkur nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma nomlari bilan
adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o‘xshash bo‘lgan belgilar bilan
ko‘rsatilmasligi kerak. Ushbu modda talablariga javob bermaydigan yuridik shaxs
o‘z nomida «auditorlik tashkiloti» so‘z birikmasidan foydalanishga haqli emas.
6-modda. Auditorlik tashkilotining huquqlari
Auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga egadir:
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun xo‘jalik
yurituvchi subyektning ta’sis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda xo‘jalik yurituvchi subyekt amalga
oshirayotgan moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni to‘liq hajmda olish,
shuningdek ushbu hujjatlarda hisobga olingan har qanday mol-mulkning amalda
mavjudligini hamda har qanday majburiyatlarning amaldagi holatini tekshirish;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish davomida yuzaga kelgan masalalar bo‘yicha
xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy javobgar shaxslaridan og‘zaki va yozma
tushuntirishlar olish hamda auditorlik tekshiruvi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha
ma’lumotlarni olish;
330
uchinchi shaxslar tomonidan yozma tasdiqlangan axborotni xo‘jalik
yurituvchi subyektdan olish;
ishonchli auditorlik xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha axbopot
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilmagan taqdirda auditorlik
tekshiruvi o‘tkazishdan bosh tortish;
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda ishtirok etishga auditorlar va boshqa
mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish.
auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda xo‘jalik yurituvchi
subyektga professional xizmatlar ko‘rsatish, bundan buxgalteriya hisobini yo‘lga
qo‘yish, tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish mustasno;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga a’zo bo‘lib kirish;
Auditorlik tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
7-modda. Auditorlik tashkilotining majburiyatlari
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shug‘ullanishi mumkin
hamda u:
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda boshqa
qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;
auditorlik
tekshiruvi
o‘tkazishga
doir
shartnoma
tuzishdan
oldin
buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o‘tkazish huquqini beruvchi
tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishi;
xo‘jalik yurituvchi subyektning so‘roviga binoan auditorlik tekshiruvini
o‘tkazish bo‘yicha qonun hujjatlarining talablari to‘g‘risidagi, auditorning
e’tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to‘g‘risidagi axborotni
taqdim etishi;
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga
rioya etishi;
auditorlik hisobotida moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining qonuniyligi
buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;
331
auditorlik xulosalari va hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida
kamida besh yil saqlanishini ta’minlashi;
auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishlarini
ta’minlashi;
auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun auditorlarning
respublika jamoat birlashmasi so‘roviga ko‘ra axborot taqdim etishi;
xo‘jalik yurituvchi subyektga uning mansabdor shaxslari va boshqa
xodimlari zarar yetkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda
bu haqda xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyatiga (mulkdorig1.
ma’lum
qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni kiritishi shart. Zarur hollarda
auditorlik tekshiruvining natijalarini ma’lum qilish uchun qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda qatnashchilarning (aksiyadorlarning) umumiy yig‘ilishi
chaqirilishini talab qilishi;
auditorlar ishining sifati nazorat qilinishini ta’minlashi shart.
Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
8-modda. Auditorlik tashkilotining javobgarligi
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo‘jalik
yurituvchi subyekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida
moliyaviy hisobot hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa moliyaviy
axboroti to‘g‘risida noto‘g‘ri yakundan iborat bo‘lgan auditorlik xulosasini tuzish
oqibatida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
Auditorlik
tekshiruvini
sifatsiz
o‘tkazganlik
yoki
lozim
darajada
o‘tkazmaganlik oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektga va (yoki) auditorlik
tekshiruvining buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan
foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart.
9-modda. Auditorlik tekshiruvi
Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot
to‘g‘riligi va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash
332
maqsadida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan
bog‘liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir
Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda o‘tkaziladi.
Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladigan auditorlik
tekshiruvi ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya
etish sharti bilan o‘tkaziladi.
10-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvi
Quyidagilar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerak:
aksiyadorlik jamiyatlari;
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
sug‘urta tashkilotlari;
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini
jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli
boshqaruvchilar;
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lmish
xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;
mablag‘larining hosil bo‘lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan,
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo‘lmish
byudjetdan tashqari fondlar;
ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar
va davlat unitar korxonalari.
fond va tovar birjalari.
Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi xo‘jalik yurituvchi
subyekt bo‘ladi. Auditorlik tashkilotini tanlash xo‘jalik yurituvchi subyekt
mulkdori, shuningdek qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishi bilan
kelishib olinadi.
Qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladigan majburiy auditorlik tekshiruvidan
bosh tortish xo‘jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga nisbatan
ma’muriy jazo qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning
mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin kalendar yil
333
tugaguniga qadar majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish
xo‘jalik yurituvchi subyektdan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz
baravarigacha miqdorda jarima undirishga sabab bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi
subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma
foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish
to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy
bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi. Jarimaning to‘lanishi
xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishdan ozod
qilmaydi.
11-modda. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xo‘jalik yurituvchi subyektning
yoki boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazilishi mumkin.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va
boshqa shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkiloti
o‘rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada
belgilab qo‘yiladi.
12-modda. Xo‘jalik
yurituvchi
subyektning
auditorlik
tekshiruvi
o‘tkazilayotgandagi huquq va majburiyatlari
Auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt
quyidagi huquqlarga egadir:
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini olish;
buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi to‘g‘risida
hamda
aniqlangan
kamchiliklar
va
qoidabuzarliklarni
to‘g‘rilash
haqida
auditorlardan maslahat va tavsiyalar olish.
Auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt:
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan
muddatlarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorga kerakli sharoitlarni
yaratib berishi, unga zarur hujjatlarni taqdim etishi;
334
auditorlik tekshiruvi davomida aniqlangan buxgalteriya hisobini yuritish,
moliyaviy hisobot tuzish qoidalari hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni
hisoblab chiqish tartibi buzilishlarini bartaraf etishi shart.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ushbu Qonunga muvofiq amalga oshirilayotgan
auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish yoki unga xalaqit berish
maqsadlarida u yoki bu harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etishga haqli emas.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga
ega bo‘lishi va uning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
13-modda. Auditor tekshiruvining buyurtmachisi
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishini
qo‘zg‘atuvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt, uning mulkdori, shuningdek ustav
kapitalida qonun hujjatlarida belgilanganidan kam bo‘lmagan miqdordagi ulushga
ega qatnashchilar va aksiyadorlar, nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza
qiluvchi organlardir.
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
auditorlik tashkilotini mustaqil tanlash;
tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi o‘tkazilayotganda auditorlik
tekshiruvining yo‘nalishi va hajmini belgilash;
auditorning
e’tirozlari
asoslanilgan
qonun
hujjatlarining
normalari
to‘g‘risidagi zarur axborotni auditorlik tashkilotidan olish;
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini olish.
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi auditorlik xizmatlari ko‘rsatish
to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq auditorlik tashkiloti xizmatlari haqini o‘z
vaqtida to‘lashi shart.
14-modda. Auditorlik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘ymaslik
Auditorlik tashkiloti faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
335
Mustaqil auditorlik tekshiruvini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish
maqsadida auditorlik tashkilotiga, shuningdek uning xodimlariga istalgan shaklda
ta’sir ko‘rsatish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
15-modda. Nazorat
qiluvchi
yoki
huquqni
muhofaza
qilish
organlarining tashabbusiga ko‘ra auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish
Auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish
organlarining tashabbusiga ko‘ra auditorlik tashkiloti va ushbu organlar o‘rtasida
tuzilgan shartnoma asosida o‘tkaziladi hamda unga mazkur shartnoma asosida haq
to‘lanadi.
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha ishlarga haq to‘lash auditorlik
tekshiruvini belgilagan organ hisobidan amalga oshiriladi.
Aynan bir xil asoslarga ko‘ra aynan bir auditorlik tashkiloti aynan bir
xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini tekshirishga takror jalb etilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
16-modda. Auditorlik tekshiruvi o‘tkazishdagi cheklovlar
Quyidagilarga auditorlik tekshiruvi o‘tkazish taqiqlanadi:
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbarlari va (yoki) boshqa
mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindosh bo‘lgan shaxsga;
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda mulkiy yoki shaxsiy
nomulkiy manfaatlari bo‘lgan shaxsga;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, shuningdek xo‘jalik
boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga;
tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimiga;
auditorlik tashkilotlariga va auditorlarga:
1. mazkur auditorlik tashkilotining mulkdorlari, qatnashchilari, kreditorlari,
sug‘urtalovchilari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan, shuningdek
ushbu auditorlik tashkilotlari va auditorlar ularga nisbatan mulkdorlar,
qatnashchilar, aksiyadorlar bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan;
2.
mulkdori, qatnashchisi, aksiyadori, shuningdek buxgalteriya hisobini
tashkil etish va yuritish hamda moliyaviy hisobotlar tuzish uchun javobgar
336
bo‘ladigan shaxs ayni bir paytning o‘zida ushbu auditorlik tashkilotining mulkdori,
qatnashchisi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan;
v) mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga auditorlik tekshiruvi qamrab
oladigan
davrda
ushbu
Qonun
qismining ikkinchi, uchinchi va sakkizinchi
17-moddasi
xatboshilarida nazarda
birinchi
tutilgan
professional xizmatlar ko‘rsatganlar.
g) xodimi bir vaqtning o‘zida mazkur auditorlik tashkilotining xodimi
bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan.
Auditorlik tashkiloti aynan bir xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini
ketma-ket uch yildan ortiq auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga haqli emas.
17-modda. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari
Auditorlik tashkilotlari quyidagi professional xizmatlarini ko‘rsatishlari
mumkin:
buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va yuritish;
moliyaviy hisobotni tuzish;
milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga
o‘tkazish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish;
buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliyaxo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar va
deklaratsiyalarni tuzish.
xo‘jalik yurituvchi subyekt taftish komissiyasining (taftishchisining)
vazifalarini amalga oshirish.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda
tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham ko‘rsatishlari mumkin.
18-modda. Auditorlik hisoboti
Auditorlik hisoboti — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya
hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar,
moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan,
337
shuningdek auditorlik tekshiruvi o‘tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan
iborat bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari
(aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat. Auditor hisobotida
aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha
tavsiyalar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning moliya-xo‘jalik faoliyati
samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar mavjud bo‘lishi kerak.
Agap auditorlik tekshiruvi xo‘jalik yurituvchi subyekt qatnashchilari
(aksiyadorlari) yoki nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qilish organlari
topshirig‘iga binoan auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa,
auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvi topshirig‘iga binoan o‘tkazilayotgan
shaxsga ham taqdim etiladi.
Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi
mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik
uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Auditorlik hisobotining har bir beti auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditor
(auditorlar) va auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi
kerak.
Auditorlik hisobotining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatning
standartlari bilan belgilanadi.
19-modda. Auditorlik xulosasi
Auditorlik xulosasi — moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya
hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi
to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik
yurituvchi cybyekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan
hujjat.
Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.
Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari
tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan
taqdird1. tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
338
Auditorlik xulosasining shakli va mazmuni auditorlik faoliyatining
standartlari bilan belgilanadi.
20-modda. Qasddan soxta tuzilgan auditorlik hisoboti va auditorlik
xulosasi
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazmay tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi
natijalari bo‘yicha tuzilsada, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor
(auditorlar) tomonidan olingan va o‘rganilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt hujjatlari
mazmuniga muvofiq bo‘lmagan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan
soxta tuzilgan hisoblanadi.
Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan coxta tuzilganligi
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini
belgilangan tartibda tugatishga, shuningdek aybdor shaxslar qonunda nazarda
tutilgan javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.
21-modda. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash
Auditorlik faoliyati (professional xizmatlar bundan mustasno) maxsus
ruxsatnoma (litsenziy1. asosida amalga oshiriladi.
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun
litsenziya maxsus vakolatli davlat organi tomonidan beriladi. Bu organ:
auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarini, shu jumladan
auditorlik faoliyatining milliy standartlarini o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi
va tasdiqlaydi;
litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga
auditorlik tashkiloti tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi hamda uch yilda ko‘pi
bilan bir marta mazkur masalalar yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi. Mikrofirma va
kichik korxonalar jumlasiga kiruvchi auditorlik tashkilotlarida tekshiruv rejali
tartibda faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha
maxsus vakolatli organning qaroriga binoan to‘rt yilda ko‘pi bilan bir marta
o‘tkaziladi;
auditor malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlarga malaka talablarini
belgilaydi;
339
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda auditor
malaka sertifikati olish uchun o‘quv dasturlarini va malaka imtihonlarini topshirish
tartibini tasdiqlaydi;
auditorlarning respublika jamoat birlashmasi ishtirokida auditor malaka
sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonini o‘tkazadi;
auditorlik tashkiloti rahbarini uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkazadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik faoliyatini amalga
oshirishga doir litsenziyani qayta rasmiylashtiradi, auditorlik faoliyatini amalga
oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan
muddatga to‘xtatib turadi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir
litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib
turish yoki uning amal qilishini tugatish hamda litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida
sudga murojaat qiladi, shuningdek litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish,
tugatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot
vositalarida e’lon qiladi;
auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, bekor qiladi,
uning amal qilishini uzaytiradi va tugatadi;
malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlar reyestrining hamda auditorlik
faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlarni
hisobini yuritadi.
Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir
litsenziyalarni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadi.
Auditorlik faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirganlik qonun hujjatlarida
belgilangan javobgarlikka olib keladi.
22-modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
auditorlik
tashkiloti
litsenziya
aniqlanganda;
340
talablari
va
shartlarini
buzganligi
maxsus vakolatli davlat organining auditorlik tashkiloti zimmasiga
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori
auditorlik tashkiloti tomonidan bajarilmaganda.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib
turish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul
qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning
amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va
maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda
yetkaziladi.
Maxsus vakolatli davlat organi yoki sud litsenziyaning amal qilishini
to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun auditorlik tashkilotiga
muddat belgilashi shart. Maxsus vakolatli davlat organi litsenziyaning amal
qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud esa o‘n ish kunidan ko‘p
bo‘lgan muddatga to‘xtatib turishi mumkin. Bunda litsenziyaning amal qilishini
to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida
belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib
kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib
turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan maxsus vakolatli davlat organi yoki sud
ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan
e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida uch kun muddat ichida
qaror qabul qilishi shart.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi
ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib
turish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda, maxsus
vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti oldida unga yetkazilgan zarar
miqdorida javobgar bo‘ladi
341
23-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza
bilan murojaat qilganda;
auditorlik tashkiloti tugatilganda;
qayta
tashkil
etilishi
natijasida
auditorlik
tashkilotining
faoliyati
tugatilganda, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan
auditorlik tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qayta tashkil
etilayotgan auditorlik tashkilotlarida litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shib
yuborilishi mustasno;
auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini muntazam ravishda
yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda;
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib
kelgan holatlarni maxsus vakolatli davlat organi yoki sud belgilagan muddatda
bartaraf etmaganda;
maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish to‘g‘risidagi qarori
qonunga xilof ekanligi aniqlanganda.
Ushbu
modda
birinchi
qismining beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda
litsenziyaning amal qilishini tugatish sud qaroriga, boshqa hollarda esa maxsus
vakolatli davlat organi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini tugatish
to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan
kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal
qilishini tugatish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus
vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni
olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga
qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
342
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy
axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror
qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
24-modda. Litsenziyani bekor qilish
Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat
qilganda;
litsenziya
soxta
hujjatlardan
foydalanilgan
holda
olinganligi
fakti
aniqlanganda;
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi
haqida xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida
maxsus vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat boji
to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini
imzolamagan bo‘lsa.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan
holda litsenziyani bekor qilish sud qaroriga, boshqa hollarda esa maxsus vakolatli
davlat organining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi
qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran
uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi sud
qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun
hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyani
bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya
maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot
vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya
u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
343
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi
qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyani bekor qilishni
asossiz deb topgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti
oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi
25-modda. Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish
Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos
hisoblanadi:
auditorning arizasi;
auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan ma’lumotlarni auditorlik
tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini
muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganlik;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazishda aniqlangan, xo‘jalik yurituvchi subyektning
buxgalteriya hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha
belgilab qo‘yilgan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirganlik;
auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;
auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo‘lib, mazkur
shaxs ushbu hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun o‘z nomidan
foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining aniqlanganligi;
sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo‘jalik munosabatlari
sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish
tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarori.
Auditor malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror
qabul
qilingan
sanadan
e’tiboran
tugatiladi,
ushbu
moddaning uchinchi
qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Auditorlik tashkiloti litsenziyasining amal qilishini tugatishga sabab bo‘lgan
qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan auditorlik tashkiloti rahbarining, shuningdek
344
auditorning malaka sertifikati amal qilishi litsenziyaning amal qilishini tugatish
to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatining amal
qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi — beshinchi va yettinchi
xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra malaka sertifikatining amal qilishi
tugatilgan shaxs auditor malaka sertifikati amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror
qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida malaka sertifikati olish
to‘g‘risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli emas.
26-modda. Auditor malaka sertifikatini bekor qilish
Auditor malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
maxsus vakolatli davlat organining auditorga malaka sertifikatini berish
to‘g‘risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganida;
sertifikat
soxta
hujjatlardan
foydalangan
holda
olinganligi
fakti
aniqlanganida.
Malaka sertifikatini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror auditor malaka
ceptifikati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatini bekor qilish
to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat
qilinishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan
asoslarga ko‘ra malaka sertifikati bekor qilingan shaxs auditor malaka sertifikatini
bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil mobaynida
malaka sertifikati olish to‘g‘risidagi ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli
emas.
27-modda. Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning ixtiyoriy
asoslarda birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotidir.
345
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi auditorlarning malaka
darajasini rivojlantirishga va saqlab turishga, ularning kasbiy manfaatlari
himoyalanishiga ko‘maklashishga da’vat etilgandir.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi:
auditorlarning ta’lim dasturlarini va auditorlik malaka sertifikatini olish
huquqiga doir malaka imtihonlarini topshirish tartibini ishlab chiqishda;
auditorlar malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonlarini
o‘tkazishda;
auditorlik
faoliyati
to‘g‘risidagi
qonun
hujjatlarini
takomillashtirish
yuzasidan takliflar tayyorlashda;
auditorlik tashkilotlari faoliyatini majburiy reyting baholashni tashkil
qilishda ishtirok etadi.
28-modda. Hizolarni hal etish
Auditorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
29-modda. Auditorlik
faoliyati
to‘g‘risidagi
qonun
hujjatlarini
buzganlik uchun javobgarlik
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor
shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
2-Ilova
Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentabrdagi 365-son qaroriga Majburiy
auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik
yurituvchi subyektlardan jarima undirish tartibi to‘g‘risida NIZOM
1. Mazkur Nizom «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va majburiy auditorlik tekshiruvi
o‘tkazilishidan bo‘yin tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektdan jarima
undirishning yagona tartibini belgilab beradi.
2. Mazkur Nizomning amal qilishi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy
auditorlik tekshiruvi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tatbiq etiladi.
346
3.
Xo‘jalik
yurituvchi
subyektning
majburiy
auditorlik
tekshiruvi
o‘tkazilishidan bo‘yin tovlashi jarima solish uchun asos hisoblanadi.
Quyidagilar:
hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha yillik moliyaviy hisobot
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilmasligi;
auditorlik xulosasi mavjud emasligi xo‘jalik yurituvchi subyektning
majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlashi deb e’tirof etiladi.
4. Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyekt
oldingi yil uchun o‘z yillik moliyaviy hisobotini hisobot yilining 1 mayigacha
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazadi va auditorlik tekshiruvi tamom bo‘lgandan keyin
15 kun mobaynida tegishli soliq organiga auditorlik xulosasining belgilangan
tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etadi.
5. Auditorlik xulosasi nusxasi soliq organiga belgilangan muddatda taqdim
etilmagan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyekt soliq organiga auditorlik xulosasi
mavjud emasligining sababini aks ettiruvchi tushuntirishni yozma shaklda taqdim
etishi kerak.
Qonun hujjatlariga muvofiq majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan
bo‘yin tovlash xo‘jalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo
qo‘llanishiga olib keladi. Xo‘jalik subyektining mansabdor shaxsiga nisbatan
ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin kalendar yil oxirigacha majburiy auditorlik
tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlash xo‘jalik subyektidan ushbu Nizomning 7bandida nazarda tutilgan miqdorda jarima undirilishiga olib keladi. Bunda
majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlangan taqdirda xo‘jalik
subyektiga jarima sud tartibida solinadi, xo‘jalik subyekti sodir etilgan
huquqbuzarlikda aybini tan olgan hamda jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan
taqdirda esa — jarima soliq organi tomonidan solinadi;
6. Jarima qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi. Bunda xo‘jalik
subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlarining yigirma foizidan ortiq
bo‘lgan yalpi jarima xo‘jalik subyektiga jarima solish to‘g‘risida qaror qabul
347
qilingan kundan boshlab undiriladigan summani olti oy mobaynida har oyda
bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi berilgan holda undirib olinadi.
7. Jarima stavkalari tabaqalashtirilgan va majburiy tekshiriladigan xo‘jalik
yurituvchi subyektning hisobot yili oxirida mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni
sotishdan olingan yalpi tushumi miqdoriga qarab belgilanadigan miqdorlarda
undirib olinadi.
* Jarima miqdorini aniqlashda eng kam oylik ish haqining jarima solish
to‘g‘risida qaror chiqarilgan sanadagi miqdoridan foydalaniladi.
** Byudjetdan tashqari va xayriya jamg‘armalari uchun yalpi tushum
deganda amaldagi tushumlar, shu jumladan a’zolik badallari tushuniladi.
9. To‘lanadigan jarimalar to‘liq miqdorda tegishli mahalliy byudjetiga
o‘tkaziladi.
10. Soliq organlari quyidagilar:
majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;
har bir xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha auditorlik tekshiruvi
o‘tkazgan auditorlik tashkilotini ko‘rsatib o‘tgan holda majburiy auditorlik
tekshiruvi o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;
majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlagan xo‘jalik
yurituvchi subyektlar;
majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlagan xo‘jalik
yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘llanilgan
jarima sanksiyalari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini olib boradi.
Davlat soliq qo‘mitasi har yili 20 fevralgacha va 20 iyulgacha litsenziya
beruvchi organga ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularga nisbatan o‘tgan yil
va joriy yilning birinchi yarmi uchun qo‘llanilgan jarima sanksiyalari to‘g‘risida
umumlashma axborot taqdim etadi. Bunda har bir majburiy auditorlik
tekshiruvidan o‘tkazilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha mazkur tekshiruvni
olib borgan auditorlik tashkiloti ko‘rsatib o‘tiladi.
Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazmagan xo‘jalik yurituvchi subyektga
nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jazo choralarini qo‘llamaganligi uchun
348
soliq organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
javobgar bo‘ladilar.
3-ilova
“Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga
litsenziya berish tartibi to‘g‘risida NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida» va «Faoliyatning ayrim
turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga
muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida auditorlik
faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilab beradi.
2. Auditorlik faoliyati auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus
ruxsatnoma (litsenziy1. mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi, auditorlik
tashkilotlarining kasb xizmatlari ko‘rsatishlari bundan mustasno.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalashni O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi (keyingi o‘rinlarda — litsenziyalovchi organ deb ataladi) amalga oshiradi.
Auditorlik
tashkilotining
arizasiga
ko‘ra
litsenziya
auditorlik
tekshiruvlarining quyidagi turlarini amalga oshirish uchun beriladi:
faqat o‘z tashabbusiga ko‘ra auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishga;
xo‘jalik subyektlarini o‘z tashabbusiga ko‘ra va majburiy auditorlik
tekshiruvlarini amalga oshirishga, aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sug‘urta
tashkilotlari bundan mustasno;
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarni auditorlik tekshiruvlarini amalga
oshirishga.
3. Litsenziyalovchi organning auditorlik faoliyatini amalga oshirishga
litsenziya berish, berishni rad etish, uning amal qilishini tugatish, uning amal
qilishini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish yoki
litsenziyaning amal qilishini tiklash, shuningdek uni bekor qilish to‘g‘risidagi
qarori
O‘zbekiston
Respublikasi
moliya
rasmiylashtiriladi.
349
vazirining
buyrug‘i
bilan
II. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
4. Tadbirkorlik subyektlariga «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat
xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya
olish uchun litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza
(mazkur Nizomga 1-ilova) taqdim etadi:
shtatdagi auditorlarning, shu jumladan buxgalterlik xalqaro sertifikatiga ega
bo‘lgan auditorlarning, ularning ushbu Nizomda belgilangan eng kam soniga
muvofiq bo‘lgan shtatdagi auditor malaka sertifikatlari hamda buxgalter xalqaro
sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalari;
mehnat daftarchalarining notarial tasdiqlangan nusxalari va asosiy ish joyi
bo‘yicha shtatdagi auditorlarni ushbu Nizomda nazarda tutilgan shtatdagi
auditorlarning eng kam soniga to‘g‘ri keladigan miqdorda ishga qabul qilish
to‘g‘risidagi buyruqlarning tasdiqlangan nusxalari;
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning tegishli turi
uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav kapitalining to‘liq
shakllantirilganligini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi;
arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi bankning
to‘lov hujjati.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Auditorlik
tashkilotidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab
qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda
mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot
hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu
bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
III. Litsenziya olish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish tartibi
5. Litsenziya olish uchun ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga
litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqiladi.
350
Auditorlik tashkiloti hujjatlarini ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki
litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish muddati litsenziya olish
uchun ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 15 kalendar kunni
tashkil etadi.
6. Hujjatlar litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun
(litsenziyalovchi organga ariza taqdim etilgan kunidagi) eng kam ish haqining bir
baravari miqdorida yig‘im to‘lanadi.
Arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning
maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Auditorlik tashkiloti hujjatlarni ko‘rib chiqish davrida bergan arizasini
qaytarib olgan holda yig‘im qaytarib berilmaydi.
IV. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror
qabul qilish tartibi
7. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish
muddati cheklanmasdan beriladi. Litsenziya belgilangan namunadagi maxsus
blankada rasmiylashtiriladi (mazkur Nizomga 2-ilova)
8. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish
to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida auditorlik tashkilotiga qaror qabul
qilingandan so‘ng uch kun mobaynida bildirish xati yuborishi kerak.
Litsenziya berish to‘g‘risidagi bildirish xati yozma shaklda auditorlik
tashkilotiga yuboriladi (topshiriladi), unda davlat boji to‘lanadigan bank hisob
raqami rekvizitlari va davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatib o‘tiladi.
9. Auditorlik tashkiloti tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi
hujjat taqdim etilgan taqdirda va litsenziya bitimi imzolangandan so‘ng litsenziya
beriladi.
Litsenziya berganlik uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida
davlat boji undiriladi.
Davlat boji O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga o‘tkaziladi.
10. Litsenziyaning asl nusxasi reyestrga imzo qo‘ydirgan holda auditorlik
tashkiloti rahbariga yoxud boshqa shaxsga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan
351
ishonchnoma asosida beriladi. Litsenziya nusxasi litsenziyalovchi organda
belgilangan tartibda saqlanadi.
11. Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkiloti tomonidan zarur darajada
rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilganligi, hujjatlarda ishonchsiz yoki
chalkash ma’lumotlar bo‘lganligi, shuningdek, auditorlik tashkiloti litsenziya
talablari va shartlariga muvofiq emasligi sababli auditorlik tashkilotiga litsenziya
berilishini rad etishga haqlidir.
Boshqa sabablarga ko‘ra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi tufayli
litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror asoslangan bo‘lishi va
auditorlik tashkilotiga yozma shaklda yuborilishi kerak, unda rad etish sabablari va
auditorlik tashkiloti ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatni takroran
ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatib o‘tiladi.
Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat
kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
13. Litsenziya berishni rad etishga asos bo‘lgan sabablarni bartaraf etish
uchun auditorlik tashkilotiga ko‘pi bilan 15 kun muddat beriladi.
Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan auditorlik
tashkilotining barcha zarur hujjatlar bilan birga arizasi olingan kundan boshlab 10
kun mobaynida amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotining arizasi qayta ko‘rib
chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Auditorlik tashkiloti arizasini takroriy ko‘rib chiqishda litsenziya berishning
ushbu litsenziyani berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ilgari
ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Auditorlik tashkilotining litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan
sabablarni bartaraf etish maqsadida berilgan muddat tugagandan so‘ng berilgan
litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi yangidan berilgan deb hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
21. Auditorlik tashkiloti qayta tuzilgan, uning nomi yoki o‘rni (pochta
manzili) o‘zgargan hollarda, auditorlik tashkiloti, yoxud uning huquqiy vorisi,
352
qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng bir oy muddatda litsenziyalovchi organga
qayta rasmiylashtiriladigan litsenziyani va tegishli o‘zgartirishlarni tasdiqlovchi
hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza
berishlari shartdir.
Hujjat litsenziyalovchi organga auditorlik tashkiloti tomonidan bevosita,
yoxud hujjatlar olinganligini bildirib qo‘yish sharti bilan pochta aloqasi vositasi
orqali yetkazib beriladi.
22. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan
tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni
mobaynida amalga oshiriladi.
23. Yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan litsenziya o‘rniga,
auditorlik tashkilotining arizasiga ko‘ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
dublikat berilishi mumkin.
Bunday hollarda auditorlik tashkiloti yo‘qotib qo‘yilgan litsenziyaning
haqiqiy emasligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishga,
shuningdek, e’lonni litsenziyalovchi organga taqdim etishga majburdir.
24. Litsenziya qayta rasmiylashtirilganligi yoki dublikat berilganligi uchun
eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga
o‘tkaziladi.
25. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar auditorlik tashkiloti o‘z
faoliyatini ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi. Mazkur Nizom 21bandining birinchi xatboshi talablari buzilgan holda auditorlik faoliyatini amalga
oshirish litsenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanganlik uchun qonun hujjatlarida
belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
VI. Auditorlik tashkilotiga nisbatan qo‘yiladigan litsenziya talablari va
shartlari
26. Quyidagilar auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari
va shartlari hisoblanadi:
353
«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga,
auditorlik faoliyati standartlari, shuningdek boshqa qonun hujjatlari talablariga
rioya qilish;
litsenziya olinayotganda va auditorlik faoliyati amalga oshirilayotganda
mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda to‘liq shakllantirilgan ustav kapitaliga
ega bo‘lish;
faqat auditorlik faoliyatini amalga oshirish;
auditorlik tashkiloti mas’uliyatini sug‘urta qilish polisiga ega bo‘lish;
auditor tomonidan auditorlik faoliyatini faqat bitta auditorlik tashkilotida
amalga oshirish;
shtatda auditorlar sonining mazkur Nizomda nazarda tutilgan miqdorda
bo‘lishi;
litsenziya
turiga
muvofiq
shtatdagi
auditorlarda
xalqaro
buxgalter
sertifikatining bo‘lishi;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish chog‘ida olingan axborotning sir saqlanishini
ta’minlash;
auditorlik xizmatlari ko‘rsatishda shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida
bajarish;
auditorlik tashkiloti rahbari lavozimiga faqat ushbu auditorlik tashkiloti
asosiy ish joyi hisoblangan auditorni tayinlash;
auditorlik tashkiloti rahbarining uch yilda bir marotaba litsenziyalovchi
organda attestatsiyadan o‘tishi;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni ta’minlash;
auditorlik faoliyati standartlariga muvofiq auditorlik hisoboti tuzish va
auditorlik xulosasi berish;
auditorlik tashkilotlarida ichki standartlarning mavjudligi;
o‘z pochta manzili o‘zgargani to‘g‘risida litsenziyalovchi organni 10 kun
muddatda xabardor qilish;
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir yilda bir marta,
belgilangan shaklda litsenziyalovchi organga taqdim etish, shuningdek auditorlik
354
faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa axborotlarni litsenziyalovchi organ
talabi bo‘yicha taqdim etish;
auditorlar ishlari sifatining nazoratini ta’minlash;
auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishini
ta’minlash;
auditorlik tashkiloti rahbari almashganligi va (yoki) auditorlar tarkibi
o‘zgarganligi to‘g‘risida litsenziyalovchi organni 5 kun muddatda xabardor qilish;
auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirishda qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan cheklovlarga rioya qilish.
261. Quyidagilar:
faqat tashabbuskorlik asosida auditorlik tekshiruvlarini amalga oshiruvchi
auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 1500 baravari miqdoridan kam
bo‘lmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 2 nafar auditorga ega bo‘lishi;
aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va sug‘urta tashkilotlaridan tashqari
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tashabbuskorlik asosida va majburiy auditorlik
tekshiruvlarini amalga oshiruvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish
haqining 3000 baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitaliga va shtatida
kamida 4 nafar auditorga, ularning kamida bittasi buxgalter xalqaro sertifikatiga
ega bo‘lishi;
barcha
xo‘jalik
yurituvchi
subyektlarda
auditorlik
tekshiruvlarini
o‘tkazuvchi auditorlik tashkilotlari eng kam oylik ish haqining 5000 ming baravari
miqdoridan kam bo‘lmagan ustav kapitaliga va shtatida kamida 6 nafar auditorga,
ularning ikkitasi buxgalter xalqaro sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
Mazkur bandning auditorlik tashkilotiga uning shtatidagi auditorlarning eng
kam soniga nisbatan qo‘yilgan talabi mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi
hisoblangan auditorlik shtati auditorlarning belgilangan eng kam soni bilan to‘liq
to‘ldirilishini nazarda tutadi.
Litsenziya olingandan so‘ng ushbu band talablariga to‘g‘ri kelmagan
taqdirda auditorlik tashkiloti nomuvofiqlik yuzaga kelgandan boshlab 5 kun
davomida litsenziya beruvchi organni yozma ravishda xabardor qiladi hamda
355
ko‘rsatilgan
sanadan
boshlab
kamida
3
oy
muddatda
yuzaga
kelgan
nomuvofiqlikni bartaraf etishi, yoki boshqa turdagi auditorlik tekshiruvini amalga
oshirish huquqiga litsenziya olish yoxud belgilangan tartibda o‘z faoliyatini
tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart. Auditorlik tashkiloti tomonidan ushbu
bandning talablariga nomuvofiqlik bartaraf etilgunga qadar auditorlik tekshiruvini
o‘tkazish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.
262. Auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik foizi muassislar
(ishtirokchilar)ning pul mablag‘laridan, qolgan qismi esa auditorlik tashkiloti
faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan moddiy boyliklardan
shakllantiriladi.
VII. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat
o‘rnatish
27. Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya
shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Litsenziyalovchi organ tomonidan auditorlik tashkilotlarining litsenziya
talablari va shartlariga rioya qilishini tekshirish har uch yilda kamida bir marta
amalga oshiriladi.
28. Auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilgan
taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ortiq
bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishga yoxud o‘n ish kunidan ortiq muddatga
to‘xtatib turish yoki to‘xtatish to‘g‘risida sudga murojaat qilishga haqlidir.
VIII. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish, to‘xtatish, tiklash
va bekor qilish tartibi
29. Litsenziyaning amal qilishi auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya
talablari va shartlarining buzilganligi aniqlangan, shuningdek litsenziyalovchi
organning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi qarori auditorlik
tashkiloti tomonidan bajarilmagan taqdirda to‘xtatib turilishi mumkin.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish
to‘g‘risidagi qarori u qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay yozma
356
shaklda auditorlik tashkilotiga yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini
to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi
organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib
turishga sabab bo‘lgan holatlarni bartaraf etish uchun auditorlik tashkilotiga
muddat belgilaydi. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab
bo‘lgan holatlarni bartaraf etish uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan
ortiq bo‘lishi mumkin emas.
30. Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan davrda auditorlik
tashkiloti tomonidan faoliyatni amalga oshirish qonun hujjatlariga muvofiq
javobgarlikka olib keladi.
31. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlarni
auditorlik tashkiloti tomonidan bartaraf etishda litsenziyalovchi organ yoki
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan sud
ko‘rsatib o‘tilgan holatlarning bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma olingan
kundan boshlab o‘n kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida
qaror qabul qilishi shart.
32. Basharti auditorlik tashkiloti ko‘rsatib o‘tilgan holatlarni belgilangan
muddatda bartaraf etmagan bo‘lsa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal
qilishini to‘xtatish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi.
33. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda ham to‘xtatiladi:
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida ariza
bilan murojaat qilganda;
auditorlik tashkiloti tugatilganda;
auditorlik tashkilotining faoliyati qayta tashkil etish natijasida to‘xtatilganda,
u qayta o‘zgartirilgan hollardan tashqari;
auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya talablari va shartlari muntazam
ravishda yoki bir marta qo‘pol tarzda buzilganda;
357
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan holatlar
auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan
muddatda bartaraf etilmaganda;
litsenziyalovchi
organning
litsenziya
berish
to‘g‘risidagi
qarorining
noqonuniyligi aniqlanganda.
Litsenziyaning
amal
qilishini
ushbu
bandning beshinchi-yettinchi
xatboshida nazarda tutilgan hollarda to‘xtatish sud qaroriga ko‘ra, boshqa hollarda
esa - litsenziyalovchi organning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi
organning
litsenziyaning
amal
qilishini
to‘xtatish
to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, asosli sababi
ko‘rsatilgan holda, u qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechikmay
yetkaziladi. Sudning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori
auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan
muddatlarda yetkaziladi.
Litsenziya uning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror auditorlik
tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida litsenziyalovchi
organga va yo‘q qilish uchun qaytariladi.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan
sanadan boshlab to‘xtatiladi.
34. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish uchun asos bo‘lib hisoblanadigan
litsenziya talablari va shartlarini bir marta qo‘pol ravishda buzishga quyidagilar
kiradi:
faoliyatning auditorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa turlarini
amalga oshirish;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni ta’minlamaslik;
ishonchsiz yoxud shak-shubhasiz yolg‘on auditorlik xulosasi tuzish;
auditorlik tekshiruvi o‘tkazish chog‘ida olingan maxfiy axborotni auditorlik
tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno.
358
auditorlik tekshiruvlarni o‘tkazishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
cheklanishlarga rioya qilmaslik;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkiloti mas’uliyatini
sug‘urta qilish polisining mavjud emasligi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini litsenziyalovchi organning
tekshiruvlaridan bo‘yin tovlash.
35. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya quyidagi
hollarda bekor qilinadi:
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat
qilsa;
litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlansa;
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi
to‘g‘risida bildirish xati yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy
davomida litsenziyalovchi organga davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat
taqdim etmagan bo‘lsa, yoxud litsenziya bitimini tasdiqlamagan bo‘lsa.
Litsenziyani ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holda
bekor qilish sud tartibida, boshqa hollarda esa litsenziyalovchi organning qaroriga
ko‘ra amalga oshiriladi.
36. Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori
auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan boshlab uch
kundan kechikmay yetkaziladi. Sudning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi
qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida
belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Litsenziyaning bekor qilish to‘g‘risidagi qaror auditorlik tashkiloti
tomonidan olingan kundan boshlab litsenziya o‘n kun davomida litsenziyalovchi
organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
Bekor qilish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berilgan sanadan boshlab amal
qiladi.
Litsenziya bekor qilingan taqdirda to‘langan davlat boji qaytarilmaydi.
359
37. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, yangilash, to‘xtatish,
litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorlar ommaviy axborot vositalarida e’lon
qilinishi kerak.
IX. Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega
bo‘lgan auditorlik tashkilotlarining reyestrini yuritish
38. Litsenziyalovchi organ auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun
litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlarining reyestrini yuritadi, unda
quyidagilar ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi kerak:
auditorlik tashkilotining nomi va uning joylashgan o‘rni (pochta manzili);
telefon (faks) raqami;
hisob-kitob raqami;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
muassislarning ustav sarmoyasidagi ulushlari to‘g‘risidagi axborot;
tashkilot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda auditor
malaka sertifikatining sanasi, uning tartib raqami, shuningdek, auditorlar
tashkilotida ishlovchilarning malaka sertifikatlarining tartib raqamlari va sanalari;
litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;
litsenziyalarning amalda bo‘lishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, tiklash va
bekor qilish asoslari va sanalari;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish va dublikatlar berish asoslari va
sanalari.
39.
Litsenziyalarning
reyestrlarida
mavjud
bo‘lgan
ma’lumotlar
litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun
ochiq bo‘ladi.
X. Litsenziyalovchi organning qarorlari ustidan shikoyat qilish
43. Litsenziyalovchi
organning
qarori ustidan
auditorlik
tomonidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
360
tashkiloti
4-ilova
Auditorlik xulosa
Men, Qosimov I. R. (2007 yil, 12-yanvarda berilgan № 01456 raqamli
auditorlik faoliyati litsenziy1. 2008 yil, № 6-aprelda tuzilgan shartnomaga asosan
«Navbahor» korxonasining 2014 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini auditorlik
tekshirishdan o‘tkazdim. Ta’sischilik hujjatlari va hisobdor shaxslarning kassa,
materiallar va bunak hisobotlari har jihatdan tekshirildi. Qolgan hujjatlar tanlab
tekshirildi. Bosh kitob, jurnal-orderlar, 2014 yilga tuzilgan balans va hisobotlarni
tekshirishda hisob ishlarining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Qonun» talabiga
javob berishligi, mahsulot va xizmatlar tannarxini tashkil etuvchi xarajatlar tegishli
hujjatlar bilan tasdiqlanishi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari
Bosh kitob va balans ko‘rsatkichlariga muvofiq kelishligi tasdiqlandi. Yuqorida
bayon qilinganlarga asosan «Navbahor» korxonasining moliyaviy hisoboti to‘g‘ri
tuzilgan, moliyaviy holati barqaror deb baholash mumkin.
«Madad» auditorlik firmasi auditori Qosimov I.R.
«Afrosiyob» Aktsionerlik-tijorat banki
balansi bo‘yicha 2013 yil, 1 yanvar holatiga
Auditorlik xulosa
Farg‘ona shahri.
2013 yil, 22-yanvar.
Men, auditor Qodirov S. I. (O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
litsenziyasi №135, 2003 yil 24 may) O‘zbekiston Respublikasi bank faoliyati
to‘g‘risida qonun va 2013 yil 15 noyabrda tuzilgan shartnomaga asosan 2013 yil 1yanvarga «Afrosiyob» Aktsionerlik-tijorat bankni moliyaviy holatini auditdan
o‘tkazdim.
Xalqaro andozalarga muvofiq audit ishlari rejalashtirilda va o‘tkazildi.
«Afrosiyob» Aktsionerlik-tijorat bankini balans va hisobotlarda yo‘l qo‘yilgan
xatoliklarni tasdiqlash uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini tasdiqlovchi
dastlabki hujjatlar tanlab tekshirishdan o‘tkazildi. «Afrosiyob» Aktsionerlik-tijorat
bankini balans ma’lumotlarining haqqoniyligi, uchinchi tomonlardan olingan
tasdiqnomalar bilan isbotlandi. Shuningdek, «Afrosiyob» Aktsionerlik tijorat
361
bankida, buxgalteriya hisobini tashkil qilishda ishlatilgan qoidalar, bank xodimlari
tomonidan o‘tkazilgan hisoblashuvlarni baholash hamda bank hisobotini baholash
ishlari bajarildi. «Afrosiyob» Aktsionerlik tijorat bankini mazkur hisoboti,
o‘tkazilgan audit bo‘yicha yetarli fikr bildirish uchun asos bo‘la oladi.
«Afrosiyob» aksiyadorlik tijorat bankining 2013 yil 1 yanvarga tuzilgan
balansi, O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan tijorat banklari uchun belgilangan
schyotlar rejasiga muvofiq tuzilgan va bankning moliyaviy holatini to‘g‘ri aks
ettiradi.
Auditor imzosi va muhri.
Qodirov S. I.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni
2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga
mo‘ljallangan
iqtisodiy
dasturning
eng
muhim
ustuvor
yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil,
qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bo‘lishi kerak” nomli ma’ruzasi. Toshkent, 2017 yil 14 yanvar. – 166 b.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni –
(yangi tahriri) Toshkent 2016 y. 13 aprel.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (yangi
tahriri) 2000 y. 26 may. //Soliqlar va bojxona xabarlari, 2000 yil 13 iyun.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentabrdagi
“Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning
ahamiyatini oshirish to‘g‘risida”gi 365-sonli qarori.-T.: Xalq so‘zi, 2000 y, 26
sentabr.
5. Do‘smuratov R.D. Audit asoslari. -T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.
2003.-612 b.
6. Mamatov Z.T. va boshq. Audit: O‘quv qo‘llanma. -T.: Toshkent Islom
Universiteti. 2002.-280 b.
7. Musayev H.N. Audit. -T.: Moliya. 2003. -220 b.
8. Подолский В.И. Аудит. -М.: ЮНИТИ, 2001.
362
9. Rizaqulov A.A., Narziyev R. Audit, - T.: 1999.
10. Sanayev N.S., Narziyev R. Audit. O‘qituvchi, 2001.
11. To‘laxodjayeva M.M. Korxona moliyaviy ahvolini auditi. 1996.
12. O‘zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari jurnali 2010-2017 yil sonlari.
13. Soliq va bojxona xabarlari gazetasi. 2010-2017 yil sonlari.
14. Справочник аудитора. - T.: 2001.
15. Шермет А.Д. Аудит. - M.: Финансы и статистика, 1996.
16. Henning Kagermann, William Kinney, Karlheinz Küting. Claus-Peter Weber
Internal Audit Handbook (Management with the SAP ® -Audit Roadmap) ISBN
978-3-540-70886-5. 2008 Springer-Verlag Berlin Heidelberg, 658 p.
17. Karla Johnstone Auditing. South-Western College Pub. 2015. -1056 p.
18. Auditing: Concepts for a Changing Environment by Larry E. Rittenberg,
Bradley J. Schwieger, Hardcover: 816 pages, Publisher: South-Western College.
19. Гетьман В.Г. Финансовый учёт. Учебник 4-е изд., перераб. и доп. – М.:
Финансы и статистика: ИНФРА-М, 2008 - 816 с.
20. Do‘smuratov R.D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik.– T.: Yangiyul
poligraph service, 2007 – 256 b.
21. Karimov A. va boshq. Buxgaltеriya hisobi. Darslik. - T.: "Sharq" nashriyotmatbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2004 - 592 b.
22. Карпова Т.П., Карпова В.В. Бухгалтерский учет: упражнения, тесты,
решения и ответы: учеб. пособ. – М.: ИНФРА-М, 2010 – 328 с. 23. Ковалев
В.В., Ковалев Вит. В. Анализ баланса, или как пониматm баланс: учеб.практич. пособ. – М.: Проспект, 2010 – 560 с.
24. Корнеева Т.А., Шатунова Г.А. Теория бухгалтерского учета в схемах и
таблицах: учеб. пособ. – М.: Эксмо, 2010 – 240 с.
25. Медведев М. Ю.Теория бухгалтерского учета. Учебник.– М.: «Омега-Л»,
2007 – 418 с.
26. Мизиковский Е.А..- Теория бухгалтерского учета: Учебное пособие.- М.:
Экономист, 2006 - 189 с.
363
27. Нечитайло А.И. Теория бухгалтерского учета: учеб.– М.: Проспект,
2010 – 272 с.
28. Sotivoldiеv A.va boshqalar.Buxgaltеriyaning izohli lug‘ati-T.: “NORMA”
2010-280 b.
29. Соколов Я.В. Очерки по истории бухгалтерского учета.- М.: Финансы и
статистика, 1991- 400 с.
30. Сорокина Е.М. и др. Бухгалтерский (финансовый) учет: вопросы, тесты и
задачи: учеб. пособ. – М.: ФиС, 2010 – 160 с.
31. Уткина С.А. Составление бухгалтерских проводок в организациях разных
отраслей: практ. пособ. – М.: Омега-Л, 2010 – 259 с.
32. Ostonaqulov M., Ostonaqulov U. va Ostonaqulova G. Buxgalteriya hisobi
nazariyasi. Darslik. – T.: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot
jamg‘armasi nashriyoti,
2005 - 68 b.
33. Пошерстник Н.В. Бухгалтерский учет на современном предприятии:
учеб.-практ. пособ. - М.: Проспект, 2010 – 560 с.
34. Пипко В.А. Учет производства и калmкулирование себестоимости
продукции в условиях агробизнеса: учеб. пособ. – М.: ИНФРА-М, 2010 – 208
с.
23. Соколов Я.В., Соколов В.Я. История бухгалтерского учета. Учебник 2-е
изд. Перераб и доп.- М.: Финансы и статистика, 2006- 288с.
35. Хвостик Т.В. Практикум по бухгалтерскому (финансовому) учету: учеб.
пособ. – М.: ФОРУМ, 2010 – 176 с.
36. Xoshimov B.A. Buxgaltеriya hisobi nazariyasi. Darslik.- T.: «Yangi asr
avlodi»,
2004.-279 b.
37. Toshmamatov N. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik.- F. «Navruz» 2017
yil 378 b.
38. Toshmamatov N., Yormatov I., Nosirov I., Sharipov B. Buxgalteriya hisobi
nazariyasi. O‘quv qo‘llanma- T. 2017 yil
39. Toshmamatov N., Qudbiev D., Qayumov H., Yormatov I., Nosirov I. Audit.
O‘quv qo‘llanma- Farg‘ona. 2011 yil
364
MUNDARIJA
So‘z boshi
3
1-Mavzu: Audit fanining predmeti va metodi
5
§1. Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi haqida
5
§2. Audit fanining predmeti va obyektlari
7
§3. Audit fanining metodi va metodologiyasi
9
§4. Audit fanida xususiy usullarning qo‘llanilishi
10
§5. Kompyuter va ekspertlardan foydalanilganda audit uslublari
12
2-Mavzu: Auditning mohiyati, uning maqsadi va vazifalari
18
§1. Auditorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va vazifalari
18
§2. Auditning zarurligi va ahamiyati
20
§3. O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat
tizimida auditning 22
tutgan o‘rni
§4. Audit maqsadi va vazifalari
23
§5. Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari
26
3-Mavzu: O‘zbekiston respublikasida auditorlik faoliyatining huquqiy
30
asoslari
§1. O‘zbekistonda auditorlik faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solish 30
tizimi va uning elementlari
§2. Auditorlik faoliyatining standartlari
32
§3. Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
37
4-Mavzu: Auditorlik tekshiruvining turlari va shakllari
42
§1. Auditorlik xizmati va uni turkumlash
42
§2. Ichki va tashqi auditni tavsifi.
43
§3. Majburiy auditorlik tekshiruvi
44
§4.Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi
46
§5. Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusiga 47
ko‘ra audit o‘tkazish xususiyatlari
§6. Auditorlik tashkilotlarining proffessional xizmati
365
49
5-Mavzu: Auditorlik kasbiga malakaviy va ahloqiy talablar
54
§1.Auditorlik kasbiga malakaviy talablar va auditning ahloq kodeksi
54
§2.Auditorlik faoliyatini litsenziyalash
57
§3. Auditorlik tashkiloti va auditorlarning mustaqilligi
62
§4.Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish
68
6-Mavzu: Auditda muhimlik tushunchasi va auditorlik riski
75
§1. Auditda muhimlilikni (muhim bo‘lgan xatolarni) Baholash
75
§2. Auditorlik faoliyatidagi tavakkalchilik va uni baholash
77
§3. Auditorlik faoliyatida tovlamachilikni baholash
79
7-Mavzu: Auditorlik tekshiruvini rejalashtirish
84
§1.Auditorlik tekshiruvini rejalashtirishning maqsadi, vazifalari, bosqichlari 84
va tamoyillari
§2. Auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish ishchi dasturi va auditorlik xizmati 88
ko‘rsatish haqida shartnoma
8-Mavzu: Auditorlik tekshiruvi vaqtida buxgalteriya hisobi va ichki 93
nazorat tizimini o‘rganish hamda baholash
§1.Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini o‘rganish
93
§2. Buxgalteriya hisobini tashkil etishni o‘rganish
94
§3.Ichki nazorat tizimini o‘rganish
96
§4.Korxonani hisob siyosatini o‘rganish va baholash
98
9-Mavzu: Auditorlik dalillar
105
§1. Auditorlik dalillari tushunchasi va ularning turlari
105
§2. Auditorlik dalillarini olish manba’lari
107
§3. Auditorlik dalillarni olish usullari
111
10-Mavzu: Ekspert ishlaridan va boshqa auditorlik tashkiloti
118
ma’lumotlaridan foydalanish
§1. Ekspert tushunchasi, ekspert ishidan auditorlik dalil sifatida foydalanish
118
§2. Boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish
119
366
11-Mavzu: Auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi
125
§1. Auditorlik hisoboti
125
§2. Auditorlik xulosasi
128
§3. Audit natijalarini baholash
134
12-Mavzu: Uzoq muddatli aktivlar auditi
140
§1. Uzoq muddatli aktivlar auditida foydalaniladigan ma’lumotlar manbalari
140
§2. Uzoq muddatli aktivlar audiauditning vazifalari
141
§3. Asosiy vositalar auditi xususiyatlari va undagi audit amallari
145
§4. Uzoq muddatli investitsiyalar auditi
159
§5. Nomoddiy aktivlar auditi xususiyatlari va undagi audit amallari
165
13-Mavzu: Joriy aktivlar auditi
169
§1.Tovar-moddiy zahiralar auditi xususiyatlari va undagi audit amallari
169
§2.Pul mablag‘lari auditi xususiyatlari va undagi audit amallari
177
14-Mavzu: Majburiyatlarni auditi
189
§1. Hisob - kitoblar auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
189
§2.
Xodimlar bilan mehnat haqi va boshqa muomilalarga doir 190
hisob-kitoblar auditi
§3. Korxonaning shaxsiy tarkibi auditi
190
§4. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashuvlarni auditi
191
§5. Debetor va kreditor bilan bo‘ladigan operatsiyalarni auditi
192
§6. Ijtimoiy sug‘urta idoralari bilan bo‘ladigan hisoblashuvlarning audit
193
§7. Byudjet bilan bo‘ladigan hisoblashuvlarning auditi
194
15-Mavzu:Xususiy kapital auditi
199
§1.Xususiy kapital auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari
199
§2. Fondlar va zaxiralarni tashkil etish va ulardan foydalanish auditi
202
16- Mavzu: Moliyaviy natijalar auditi
206
§1. Ishlab chiqarish xarajatlari auditining maqsadi, vazifalari va ma’lumot 206
manbalari
367
§2.Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar hisobini tekshirish
207
§3.Mehnatga haq to‘lash xarajatlarini mahsulot tannarxiga qo‘shishni 208
tekshirish
§4.Yordamchi va tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni 209
tekshirish
§5. Davr xarajatlarining auditi
210
§6. Umum ishlab chiqarish xarajatlarining auditi
213
§7.Tayyor mahsulotlar auditining vazifalari va manbalari
213
§8.Ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotlarni chiqarishning audit
214
§9.Tayyor mahsulotlarni jo‘natilishi va sotilishini auditi
215
§10. Moliyaviy natijalar auditining maqsadi, tashkil etish va o‘tkazish ketma- 216
ketligi
17-Mavzu: Investitsiya
fondlari, sug‘urta tashkilotlari, birja va 226
brokerlik faoliyati auditi
§1. Investitsiya fondlari faoliyatining auditi
226
§2. Sug‘urta tashkilotlari faoliyatini auditi
228
§3. Birja va brokerlik faoliyatining auditi
230
18-Mavzu: To‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan korxonalar faoliyatini
235
audit qilish.
§1. To‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan korxonalarni aniqlash
235
§2. Korxonalarni guruhlash
236
§3. Korxona iqtisodini sog‘lomlashtirish tadbirlarni tahlil qilish
237
§4. Korxonaning iqtisodiy holatini baholash
238
§5. Tavsiya qilingan moliyaviy sog‘lomlashtirish rejalarini tahlili
238
19-Mavzu: Tijorat banklar faoliyatining auditi
240
§1. Audit o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish
240
368
§2. Kredit va hisoblashuv operatsiyalari nazorati,
bank daromadi va 242
xarajatlari tahlili
Atamalarning ensiklopedik lug‘ati (glossariy)
246
1-ilova. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 258
Qonuni
2-ilova. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentabrdagi 365- 273
son qaroriga Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin
tovlaganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirish
tartibi to‘g‘risida NIZOM
3-ilova. “Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik 275
tashkilotlariga litsenziya berish tartibi to‘g‘risida” NIZOM
4-Ilova. Auditorlik xulosa
284
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
285
369
OГЛАВЛЕНИЕ
Предисловие
3
Тема №1. Предмет дисциплины Аудит и её метод
5
1.1. О происхождение и история развития аудита.
5
1.2. Предмет и объекты аудита
7
1.3. Метод и методология аудита
9
1.4. Применение частных методов в аудите
10
1.5. Методика аудита при использовании компьютеров и экспертов
12
Тема №2. Сушность, цель и задачи аудита
18
2.1. Сущность, цели и задачи аудиторской деятельности
18
2.2. Необходимость и значение аудита
20
3.3. Роль аудита в системе финансового контроля в Республике 22
Узбекистана
4.4. Цель и задачи аудита
23
5.5. Этапы развития аудиторской деятельности .
26
Тема №3. Правовое основа аудиторской деятельности Узбекистана
30
3.1.
Порядок применение и элементы аудиторской деятельности 30
Узбекистана
3.2. Стандарты аудиторской деятельности
32
3.3. Права, обязанности и ответственость аудиторской организации
37
Тема №4. Форма и типы аудиторской проверки
42
4.1. Аудиторские услуги и их классификация
42
4.2. Характеристика внутренного и внешного аудита
43
370
4.3. Обязательные аудиторские проверки
44
4.4.Сопутствующие аудиторские проверки
46
4.5. Особенности проверки по инициативе правоохранительных и 47
котролирующих организаций
4.6. Профессионалные услуги аудиторской деятельности
49
Тема №5. Профессиональные и этические требования к профессии
54
аудитора.
5.1. Профессиональные требования к профессии аудитора и кодекс 54
этики аудита
5.2. Лицензирование аудиторской деятельности
57
5.3. Независимость аудиторов и аудиторских организации
62
5.4. Контроль качества аудиторных работ
68
Тема №6. Понятия необходимости и риска аудита
75
6.1. Оценка значимости (значительные ошибки) в аудите
75
6.2. Рискованность в аудиторской деятельности и их оценка
77
6.3. Оценка мощенничества в аудиторской деятельности
79
Тема №7. Планирования аудиторской проверки
84
7.1. Цели, этапы, задачи и принципы планирования аудиторской 84
проверки.
7.2. Рабочая программа по проведению аудиторской проверки и договор 88
по оказанию аудиторских услуг
Тема №8. Изучение и оценивание бухгалтерского учета и система 93
внутренней системы контроля в процессе проверок
8.1. Изучение деятельности проверяемых организации
93
8.2. Изучение организации бухгалтерского учета
94
8.3. Изучение системы внутренного контроля
96
8.4. Изучения и оценка учетной политике организации
98
Тема №9. Аудиторские доказательств.
105
9.1. Понятие аудиторских доказательств и их виды
105
371
9.2. Источники получения аудиторских доказательств
107
9.3. Методы получения аудиторских доказательств
111
Тема №10. Использование экспертных работ и информаций других
118
аудиторских организаций
10.1. Понятия эксперта, использование экспертной работы в качестве 118
аудиторского доказательства
10.2. Использование результатов работ других аудиторов
119
Тема №11. Завершающие этапы аудиторской проверки
125
11.1. Аудиторский отчет
125
11.2. Аудиторское заключение
128
11.3. Оценка аудиторских заключений
134
Тема №12. Аудит долгосрочных активов
140
12.1. Источники информации в использование аудита долгосрочных 140
активов
12.2. Задачи аудита долгосрочных активов
141
12.3. Свойства аудита основных средств и аудиторские действие в них
145
12.4. Аудит долгосрочных инвестиций
159
12.5. Особенности аудита нематериалных активов и процедуры аудита
165
Тема №13. Аудит оборотных активов
169
13.1. Особенности аудита товарно-материалных резервов и процедуры 169
аудита
13.2. Особенности аудита денежных ресурсов и процедуры аудита
177
Тема №14. Аудит обязательств
189
14.1.Цель, задачи и источники информаций аудита расчетов
189
14.2. Аудит заработной платы и расчетов по другим операциям
190
14.3. Аудит личного состава предприятии
190
14.4. Аудит расчета по оплате труда
191
14.5. Аудит дебиторских и кредиторских операций
192
14.6. Аудит с социального страхования и счетов в органах
193
372
14.7. Аудит расчетов по бюджету
194
Тема №15. Аудит частного капитала
199
15.1. Цели, задачи и источники информации для аудита частного 199
капитала
15.2. Аудит по создание фондов и резервов и их использовании
202
Тема №16. Аудит финансовых результатов
206
16.1. Цель, задачи и источник информации аудита производственных 206
затрат
16.2. Проверка учета затрат включенных в себестоимость продукции
207
16.3. Проверка включения в себестоимость продукции затраты на 208
оплате труда
16.4. Проверка затраты по вспомогательным и незавершенным 209
производствам
16.5. Аудит расходов периода
210
16.6. Аудит общи производственный затрат
213
16.7. Задачи и источники аудита готовой продукции
213
16.8. Аудит отпуска готовой продукции из производства
214
16.9. Аудит отгруженных готовой продукции и ее реализации
215
16.10. Цель, организации и последовательности проведения аудита 216
финансовых результатов
Тема №17. Аудит деятельности инвестиционных, страховых, 226
биржевых и брокерских организаций
17.1. Аудит деятельности инвестиционных фондов.
226
17.2. Аудит деятельности страховых организаций
228
17.3. Аудит деятельности биржевых и брокерских организаций
230
Тема №18. Аудит деятельности неплатежоспособных предприятий
235
18.1. Определение неплатежеспособных предприятий
235
18.2. Группировка предприятий
236
373
18.3. Анализ мероприятий по оздоровлении экономики предприятий
237
18.4. Оценка экономического состояния предприятии
238
18.5. Анализ рекомендуемых планов финансового оздоровления
238
Тема №19. Аудит деятельности коммерческих банков
240
19.1. Подготовка к проведению аудита
240
19.2. Контроль кредитных и расчетных операций, анализ банковскых 242
доходов и затрат.
Энциклопедический словарь терминов (glossariy)
246
Приложение №1. Закон “Об аудиторской деятельности” Республике 258
Узбекистан
Приложение
№2.
К
постоновлению
Кабинета
министров 273
Республики Узбекистан от 22 сентября 2000 года №365 положение о
порядке взыскания штрафа с хозяйствующих субъектов за
уклонение от проведения обязательной аудиторской проверки
Приложение
аудиторским
№3.
Положение
организациям
о
на
порядке
выдачи
осущестление
лицензии 275
аудиторской
деятельности
Приложение №3. Аудиторские заключения
284
Список использованных литератур
285
374
Download