Uploaded by isaliyev0319

dorivor

advertisement
Tizimgul, dorivor tizimgul (Verbena officinalis L) — tizimguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik
oʻt. Poyasi tik usadi, shoxlangan. Boʻyi 30—100 sm. Barglari tuxumsimon, choʻziqnashtarsimon, yirik
(4—8 sm), gullari mayda, oq, poya ustida roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi. Apreldan sentabrgacha
gullaydi, mevasi iyundan pisha boshlaydi. T. Oʻzbekistonning choʻl va baland togʻli qismidan tashqari
hamma yerida uchraydi. U, ayniqsa, bogʻ, ekin orasi, ariq boʻylari va yoʻl yoqalarida koʻp oʻsadi.
Tarkibida verbenalin va adenozin glikozidlari bor. Poya va barglaridan tayyorlangan qaynatma xalq
tabobatida turli xil shishlar va teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Yorongul, xushboʻy yorongul (Pelargonium roseum Willd.) — yoronguldoshlar oilasiga mansub
bir yillik yoki koʻp yillik oʻt yoki chala buta, efir moyli va manzarali oʻsimlik. Oʻrta Dengiz sohillarida,
Zakavkazye va Oʻrta Osiyoda (21 ga yaqin turi bor) tarqalgan. Yovvoyi turi chul, adir va togʻ zonalarda
uchraydi. Bargi panjasimon, baʼzida patsimon ajralgan, mayda kertikli, chiroyli. Turiga qarab guli och
qizil, qavorang , nim jigarrang , toʻq qizil rangda. Yo.ning yer ustki qismida oshlovchi moddalari mavjud
turlari ham bor. Uning yashil bargidan va gulidan xushboʻy efir moyi olinadi. Ayrim turlari xalq
tabobatida dori sifatida ishlatiladi. Istirohat bogʻlarida, xonadonlarda gul sifatida oʻstiriladi
Zafaron. Yaqin Sharq va Hindiston hisoblanadi. U Shumer sivilizatsiyasi
davrida ham mavjud bo‗lgan. Qadimgi Krit davlatidagi saroy devorlarida shafran
terayotgan odamlar tasviri chizilgan.
Eramizgacha bo‗lgan davrdagi Xitoy
tibbiy kitoblarida, 1500 yil oldingi Misr
yozuvlarida ham shafranning dorivor
xususiyatlari yozib qoldirilgan. Bobur
o‗zining ―Boburnoma‖ asarida Kashmir
tog‗ va adirlarida za‘faron o‗sishini
ta‘kidlagan. Botanikada ekma za‘faron
(shafran, krokus) (Crocus sativus L.) –
ko‗p yillik tuganak piyozli o‗simlik. Bir
joyda 5–7 yilgacha yaxshi hosil beradi. Shafran so‗zi arabcha ―zafran‖ so‗zidan
kelib chiqqan bo‗lib, za‘faron, sap-sariq, sarg‗ish degan ma‘noni anglatadi.
Bugungi kunda shafran o‗simligi Fransiya, Italiya, Turkiya, Eron, Hindiston,
Xitoy, Pokiston, Ispaniya, Yaponiya, Ozarboyjon, Rossiya va boshqa mamlakatlar
hududlarida keng tarqalgan. U juda qimmatbaho o‗simlik bo‗lib, bir gramm
za‘faronning narxi bir gramm oltin bahosi bilan teng. Yevropaga bu o‗simlik
arablar istilosidan keyin kirib kelgan. Oziq-ovqatga ziravor sifatida ishlatib
kelingan. U juda yoqimli hid va xushbo‗ylik beradi. Ko‗plab ovqatlarga ta‘m
berish uchun solinadi. Ulug‗ allomamiz Ibn Sino za‘faronni ko‗pgina kasalliklarga
qarshi qo‗llagani ma‘lum. Bundan tashqari, za‘faron asabiylashishda, yurak-qon
tomirlari, nafas yo‗llari kasalliklarida, siydik haydash va reproduktiv organlar
muammolarida, immunitetni hamda ko‗z ko‗rishini yaxshilashda, og‗riqlarni
qoldirishda juda foydalidir. Shuningdek, miya faoliyatini faollashtirishda, rak
kasalining oldini olishda keng qo‗llaniladi.Ushbu o‗simlikning bir qancha o‗xshash turlari bo‗lib,
ko‗pincha boshqa
turlarni ham, masalan, Ozarboyjonda imeritinskiy shafranni, Meksikada maxsar
gullarini, Hindistonda kurkumani za‘faron deb sotishadi. Bizning bozorlarimizda
ham maxsar gullarini za‘faron deb sotish hollari uchrab turadi. Bu o‗simliklar
za‘faron bilan bir oilaga mansub, ammo ular za‘faron emas. Yurtimizda
za‘faronning bir necha turlari endem holida uchraydi, ammo ularni o‗rganish
lozim. Ma‘lumotlarga qaraganda, dunyoda yetishtirilayotgan za‘faron mahsuloti
miqdori juda kam bo‗lib, boryo‗g‗i 300 tonnani tashkil etadi. Uning 175 tonnasi
Eronda yetishtirilib, 120 tonnasi eksport qilinadi
SHirinmiya ildiz damlamasi. 10 g (1 osh qoshiq) maydalangan shirinmiya ildizi
sirli idishga solinadi, unga 200 ml (1 stakan) issiq suv qo‘shib, qopqog‘i yopiladi,
suv hammomiga 15-20 daqiqa qizdiriladi. Keyin uni xona haroratida 45 daqiqa
sovutiladi, suzgichdan o‘tkaziladi. Olingan damlama qaynatilgan suv bilan
dastlabki 200 ml hajmgacha keltiriladi. Balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida
kuniga 3 marta 1 osh qoshiqdan ichiladi. Damlama salqin joyda 2 kungacha
saqlanadi
OSIYO YALPIZINING YER USTKI QISMI (O’TI) –
HERBA MENTHAE ASIATICAE
O’simlikning nomi. Osiyo yalpizi — Mentha asiatica Boriss.;
yasnotkadoshlar — Lamiaceae (labguldoshlar — Labiatae) oilasiga kiradi.
Ko’p yillik, tik o’suvchi, to’rt qirrali, sertukli, qarama-qarshi shoxlangan,
60-100 sm balandlikdagi poyali o’t o’simlik. Barglari lansetsimon yoki
cho’ziq,
o’tkir uchli, sertukli bo’lib, qisqa bandi bilan (yoki bandsiz) poya va
shoxlarda
qarama-qarshi joylashgan. Och gunafsha rangli gullari siyrak to’pgulga
joylashib,
poya va shoxlar uchida boshoqsimon gulto’plamini hosil qiladi.
Gulkosachasi
rangli, besh tishli naychasimon, sertukli. Otaligi 4ta. Mevasi — to’rtta
yong’oqcha.
Iyun-avgustda gullaydi, iyul-sefttabrda mevasi yetiladi.
Geografik tarqalishi. Tog’ etaklaridagi cho’llardan to tog’larning o’rta
qismigacha bo’lgan ariq bo’ylarida, daryolar va soylarning qirg’og’ida va
boshqa
nam yerlarda o’sadi. Asosan, u O’rta Osiyo (O’zbekistonning barcha
viloyatlarida
va Qoraqalpog’iston) dagi tog’li tumanlarda o’sadi.
Mahsulot tayyorlash. O’simlik qiyg’os gullagan vaqtida poyasining
yuqori
qismidan 25-40 sm uzunlikda qirqib olinadi va soya, havo o’tib turadigan
joyda
quritiladi.
Mahsnlotning tashqi ko’rinishi. Butun yoki qisman maydalangan,
serbaigli,
to’rt qirrali, shoxlangan, tukli, gulli poyalar, barglar va gullar
aralashmasidan
tashkil topgan. Poyasining uzunligi 40 sm gacha. Barglari qisqa bandli,
tuxumsimon — lansetsimon, arrasimon qirrali, o’tkir uchli, gullari
boshoqsimon to’pgulga joylashgan. Kosachabarglari tikanli tishli,
gultojisi ikki labli, och
binafsha rangli. Mahsulot hidi kuchli, xushbo’y, mazasi — o’ziga xos
o’tkir va
sovutuvchi.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 1,46 foiz efir moyi, 24 foiz qandlar,
6,7 foiz organik kislotalar, 68,67 mg foiz vitamin C, 1,08 foiz
flavonoidlar
(luteolin va apigenin glikozidlari), 0,2 foiz antotsianlar, 0,08 foiz
kumarinlar, 8,75
foiz fenolkislotalar, 1,05 foiz rozmarin va 1 foiz uisol kislotalari, 7,2 foiz
smolalar
va boshqa moddalar bor.
Ishlatillshi. Mahsulot damlamasi spazmolitik, tinchlantiruvchi va o’t
haydovchi ta’siriga ega. SHu maqsadda O’zbekiston Respublikasi
Sog’liqni
saqlash vazirligi tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat berdi.
Dorivor preparatari. Mahsulot damlamasi
ODDIY CHILONJIYDA BARGI - FOLIA Z1ZYPHI
JUJUBAE
O’simlikning nomi. Oddiy chilonjiyda (unabi) — Zizyphus jujuba MiU.
(Z.
sativa L.); jumrutdoshlar — Rhamnaceae oilasiga kiradi.
2-3 m gacha bo’lgan kichik tikanli daraxt. Yosh novdalari tukli. Barglari
bandli, cho’ziq-tuxumsimon, plastinkasi simmetrik, biroz o’tkir uchli,
to’mtoq
tishsimon qirrali. Gullari mayda (diametri 3-4 mm), kosachabargi va
tojbargi 5
tadan, kosachabargi tuxumsimon, o’tkir uchli, gulbarglari
kosachabargdan qisqa,
och-yashil. Mevasi — sharsimon yoki cho’ziq ovalsimon, qizg’ish-to’q
sariq
danakli meva. mevasi shirin-nordon yoki shirin, yumshoq, kam suvli.
Iyul—sentabrda gullaydi va mevasi sentabr ohirida oktabr boshlarida
pishadi.
Geografik tarqalishi. O’zbekistonning Toshkent va Surxondaryo
viloyatlari
tog’li tumanlarida, tog’larning o’rta qism-laridagi quruq tog’ qiyalarida
o’sadi.
Osiyo va Evropa davlatlarida turli navlari ekib o’stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. O’simlik mevasi pishib yig’ila boshlanganda
barglari
ham qoqiladi, terib olinadi, aralashmalardan tozalanadi va soya, havo
kirib
turadigan yerda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Tayyor mahsulot barglardan iborat.
Barglar
tuxumsimon, to’mtoq tishsimon qirrali, qisqa bandli, barg plastinkasi
simmetrik,
uchta bo’rtib chiqqan tomirli bo’ladi. Bargi yashil rangli va biroz
burishtiruvchi
mazali.
Kimyoviy tarkibi. Daraxt po’stlog’i tarkibida triterpenoidlar, alkaloidlar,
4,9—15 foiz oshlovchi va boshqa; bargida — uglevodlar (13—14,9 foiz
qandlar, 4
foiz shilliq moddalar, uron kislotalar), organik kislotalar, alkaloidlar, C va
5,
vitaminlar, karotin, folat kislota, 0,3 foiz kumarinlar, flavonoidlar
(kversitrin,
giperozid, rutin), 4,5 foiz oshlovchi va boshqa birikmalar, mevasida —
9,8— 40,3 foiz uglevodlar, 1,74 foiz organik kislotalar, triterpen saponinlar, C, B va
Ktvitaminlar, folat kislota, karotin, 0,35—2,35 foiz kumarinlar,
flavonoidlar,
oshlovchi va boshqa moddalar bor.
Ishlatilishi. Ibn Sino fikricha, chilonjiyda mevasi ko’krakka va o’pkaga
hamda buyrak va siydik qopining og’rig’ida foydalidir.
Xalq tabobatida chilonjiyda mevasi organizmni tonuslovchi vosita
sifatida
hamda astma, tomoq og’rig’i va ichak yuqumli kasalliklarini davolashda
ishlatiladi. Meva damlamasi ko’krak og’rig’ida, astma, yo’tal, kamqonlik,
ich
ketish va chechak kasalliklarini davolashda, barg damlamasi — buyrak va
siydik
qopi kasalliklarida siydik haydovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Klinik sharoitida o’tkazilgan tajribalar natijasiga asoslangan holda
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi chilon-jiydaning
barg
damlamasini tibbiyot amaliyotida siydik (peshob) haydovchi vosita
sifatida
ishlatishga ruxsat beradi
KIYIKO’T- ZIZIPHORA PEDICELLATA
O’simlikning nomi. Kiyiko‘t – Ziziphora pedicellata; Yasnotkadoshlar Lamiaceae (labguldoshlar - Labiatae) oilasiga kiradi.Kiyiko't (ziziphora)
osimligi
o'zining dekorativ va dorivor
xususiyatlari bilan mashhur bo'lgan
efir moyiga boy o'simlik, shuning
uchun xushbo'y o't o'simlik
hisoblanadi. Turkum vakillari bir va
ko'p yillik o'tlardan iborat. Poyalari
butun uzunligi bo'ylab uchi uchli
bo'lgan tukli uzun barglar bilan
qoplangan.Bargning poydevori
torayib qisqa barg bandini hosil qiladi.
Geografik tarqalishi. Kiyik o't tog'li hududlarning asosan shimoliy va
janubiy yonbag'irlaridagi shag'alli va toshli, soz va qo'ngirsimon tuproqli
joylarda
tarqalgan. O'rta Osiyoda 10 ta, O'zbekistonda 7 ta turi uchraydi. Kiyiko'ti
asosan
Ugom, Chotqol, Piskom, Qurama va Qorjontog'da, Zarafshon, Turkiston,
Nurota
va Hisor tog' tizmalarida keng tarqalgan. Respublikamizning Toshkent,
Namangan,
Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog'li
tumanlarida
o'sadi. Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal va Forish tumanlarida keng
tarqalgan.
Buxoro Qaravulbozor tumani maydonlarida ham tarqalgan. Ayniqsa, u
janubiy tog'
yonbag'irlarida keng tarqalgan bo'lib, ba'zi joylarda keng maydonlarni
egallaydi.
Kiyiko'ti xalq tabobatida. Mahalliy aholi kiyiko'tini ziravor sifatida
turli
taomlarga qo'shishadi, chunki ularning tarkibida efir moylari, vitaminlar
va odam
organizmi uchun zarur bo'lgan turli makro va mikroelementlar mavjud.
Xalq
tabobatida kiyiko'tlaridan buyrak, yurak, jigar va oshqozon-ichak
xastaliklarini
davolashda ishlatib kelinadi. Ilmiy tabobatda ularning damlamasi
yurakning ish
faoliyatini yaxshilashda, arterial qon bosimlarini pasaytirishda, hamda
peshob
haydovchi dori sifatida keng qo'llaniladi. O'simlikning yer ustki qismlaripoyasi,
bargi va to'pgullari tarkibida 2,5%gacha efir moylari, C, E, A vitaminlari
mavjud.
Shuningdek, "safro haydovchi Xojimatov yig'masi"ning asosiy
tarkiblariga ham
kiyiko'ti kiritilgan.
Ishlatillshi. Bargi va to'pgulidan olinadigan efir moyi atir-upa sanoatida
ishlatiladi va undan tibbiyotda mentol olinadi. O'simlikning yer ustki
qismlari
poyasi, bargi va to'pgullari tarkibida 2,5%gacha efir moylari, C, E, A
vitaminlari
mavjud. Shuningdek, "safro haydovchi Xojimatov yig'masi"ning asosiy
tarkiblariga ham kiyiko'ti kiritilgan
QUSH TILI – POLYGONUM AVICULARE
O’simlikning nomi. Qush tili – Polygonum aviculare; Tarondoshlar Polygonaceae oilasiga kiradi.Qushtili – Polygonaceae oilasiga mansub bir
yillik o‘simlik. Ildizi o‘q ildizli,
biroz
shoxlangan.
Poyalari
uzunligi 10-60 sm, yoyilib
o‘sgan
yoki
ko‘tarilgan,
ko‘pincha asosidan shoxlangan.
Barglari ellipssimon shakldan
chiziqli-lansetsimongacha,
to‘mtoqlash-gan
yoki
kalta
uchli, asosida qisqa bandgacha
toraygan, uzunligi 1-4 sm va eni
0,5 sm. Gullari 2-5 gacha
barglar qo‘ltig‘ida joylashgan.
Gulqo‘r-g‘oni chuqur bo‘lingan, besh a’zoli, pastki qismi yashil, yuqori
qismi oq
yoki pushti rangli. Meva uchburchakli, qora, ba’zida kashtan rangli
yong‘oqchadir.
Maydan kech kuzgacha gullaydi va mevalaydi.
Geografik tarqalishi. O‘zbekiston hududida qushtili hamma joyda
uchraydi. Qushtili yo‘llar, so‘qmoqlar, zovurlar, qumli va shag‘alli
tepaliklarda,
daryolar qirg‘oqlari bo‘yida va o‘tloq erlarda, ko‘p mol boqilgan
yaylovlarda
o‘sadi, ekinlar, tomorqalar, o‘rmonning yosh ko‘chatzorlarida begona
o‘tlar
sifatida uchraydi. Qurg‘oqchilikka chidamli, sho‘rtob erlarga chidamli,
tuproqning
qattiq zichligiga chidamli. Takroriy o‘rishdan keyin yaxshi o‘sadi.
CHorva mollari
tomonidan kuchli bosilgan erlarda va ularning eyilishidan keyin ham o‘sa
oladi.
Boshqa o‘simliklardan raqobat bo‘lmagan taqdirda, u urug‘lari bilan
yaxshi
tiklanadi va kuchli zichlashgan tuproqlarda sof o‘sish maydonlarini hosil
qiladi.
Kimyoviy tarkibi.
Qushtili o‘tlarida taninlar – 3%, flavonoidlar – 1,48-1,97% (avikulyarin,
kvarsetin, izoramnetin, miritsetin, kempferol, lyuteolin), kremniy
kislotasi –
taxminan 1%, S vitamini, achchiqlik, smola, mum, efir moylari va
alkaloidlarning
izlari mavjud.
Tibbiyotda qo‘llanilishi.
Ushbu o‘simlikning o‘tidan tayyorlangan galen preparatlari siydik
miqdorini
ko‘paytiradi, siydik bilan ortiqcha natriy va xlor ionlarini ajralishiga
yordam
beradi. Qushtili o‘ti siydik toshlarining paydo bo‘lishi oldini oladi, bu
uning
tarkibida erigan kremniy kislotasi birikmalarining bo‘lishi bilan bog‘liq.
Ushbu
o‘simlik asosiy tarkibiy qism bo‘lgan galen preparatlari va yig‘malari
siydik
yo‘llarining surunkali kasalliklari, buyrak tugunchalarning filtrlash
funksiyasini
pasayganda va siydikda katta miqdordagi mineral tuzlar, ayniqsa oksalat
kislotasi
tuzlari paydo bo‘lganda ishlatiladi. Yordamchi vosita sifatida ular siydik
tosh
kasalligining dastlabki bosqichlarida, siydik toshlari olib tashlangan
operatsiyadan
keyingi davrda, siydik kislotasi diatezi, terining husnbuzar, furunkul va
ba’zi
dermatitlar kasalliklarida buyuriladi. Oshlovchi moddalar borligi sababli
qushtili
o‘tini gastroenterit, kelib chiqishi turlicha bo‘lgan diareya, qon tomir
devorlariningo‘tkazuvchanligini oshganda va oshqozon-ichak trakti
shilliq qavatining
shikastlangan tomirlaridan qon ketgan holatlarda samarali hisoblanadi.
O‘simlik
funksional jigar etishmovchiligi va moddalar almashinuvining toksik
mahsulotlari
tanada ushlanib qolishi bilan bog‘liq kasalliklar uchun ishlatiladi.
Xalq tabobatida. Qushtili o‘ti damlamalari va qaynatmalari bachadon
atoniyasi tufayli bachadondan qon ketgan, shuningdek, ichak va
gemorroydan qon
ketgan holatlarda ishlatiladi. Qushtili o‘tining damlamasi. 10 g (1-2 osh
qoshiq)
xom ashyo sirlangan idishga solinadi, ustiga 200 ml (1 stakan) issiq
qaynatilgan
suv quyiladi, qopqoq bilan yopiladi va 15 daqiqa davomida qaynoq suvda
(suv
hammomida) isitiladi. Keyin xona haroratida 45 daqiqa davomida
sovutiladi,
suzgichdan o‘tkaziladi va qolgan xom ashyo olib tashlanadi. Olingan
damlama
qaynatilgan suv bilan birlamchi hajm 200 ml gacha etkaziladi. Damlama
salqin
joyda 2 kungacha saqlanadi. Ovqatdan oldin kuniga 2-3 marta 1/2-1/3
stakandan
ichiladi.
Tarkibida alkaloid va glikozidlar saqlovchi dorivor
o‘simliklar haqida
umumiy tushuncha. Alkaloidlar – tarkibida azot mavjud bo‘lgan
murakkab
organik moddalardir, azot tuz kislotalari bilan birikadi va suvda oson
eriydi.
Ko‘pchilik alkaloidlar sof xolda kristall shaklida bo‘ladi, o‘simlik
tarkibida tuz
shaklida, turli organik kislotalar (olma, limon, shavel) da juda oz
miqdordan to 23% gacha uchraydi. Bir o‘simlik tarkibidagi alkaloid miqdori yil fasliga,
rivojlanish fazasiga bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi. YAngi unib chiqqan
maysa
o‘simlikda alkaloid miqdori oz bo‘ladi, keyin ko‘paya boshlab, gullash
fazasida
eng maksimal miqdorga chiqadi va asta sekin yana kamaya boshlaydi.
Dastlab
1819 yilda farmatsevt V.Maysner tomonidan taklif qilingan alkaloid
atamasi
"ishqorga o'xshash" degan ma'noni anglatadi. Ishqor so'zi molekulaning
kislotadan
vodorod ionlarini (proton) yutish qobiliyatiga ishora qiladi. Alkaloidlar
alohida
molekulalar sifatida uchraydi, shuning uchun ular kichik va vodorod
ionlarini
o'zlashtira oladi va ularni asosga aylantiradi. Alkaloidlarni ba'zi tirik
mavjudotlar,
xususan, o'simliklar hosil qiladi. Odamlar ko'plab alkaloidlardan
tibbiyotda
foydalanadilar. Masalan Birinchi bo‘lib aniqlangan alkaloid bu
ko‘knoridan
olingan morfin bo‘lgan. Morfin alkaloid o'simliklaridan olingan og'riq
qoldiruvchi
vositalar, u 1805 yildan beri mavjud bo'lib, hozirga qadar ishlatilib
kelinmoqda.
Keyinchalik turli o‘simliklardan yuqori darajadagi faol, xozirda keng
qo‘llaniladigan alkaloidlardan: atropin, exinopsin, xinin, pilokarpin,
kokain,
berberin, rezerpin ajratib olingan. Alkaloidlarni ta’sir etish doirasi juda
keng.
Alkaloidlarni xilma-xilligi va tuzilish murakkabligi tufayli har xil
tasniflash
mumkin: Biyosentetik kelib chiqishiga ko'ra alkaloidlar uchta katta
guruhga
bo'linadi: 1. Haqiqiy alkoloidlar (Ular aminokislotalardan olinadigan va
geterotsiklik halqaning bir qismi bo'lgan azot atomiga ega bo'lgan
alkoloidlar.
Masalan: gigrin, kokain va fizostigmin alkaloidlar). 2. Protoalkoloidlar
(Ular
shuningdek aminokislotalardan olinadi, ammo azot geterosiklik halqaning
bir
qismi emas. Masalan: efedrin va kolxitsin alkaloidlar). 3.
Psevdoalkoloidlar (Ular
aminokislotalardan olinmaydigan alkaloidlar va azot heterosiklik
tuzilishning bir
qismidir. Masalan: akonitin (terpenik alkaloid) va solanidin (steroidal
alkaloid).
Alkaloidlardan dori sifatida foydalanish mumkin. Masalan: vincristine
from Vinca
roseus saratonga qarshi, Ephedra distachya (efedrin) u qon
bosimini tartibga solish
uchun dori sifatida ishlatiladi. Alkaloidlardan giyohvand moddalar
sifatida
foydalanish mumkin. Markaziy asab tizimiga ta'sir qiluvchi ko'plab
psixotrop
moddalar alkaloidlardir. Masalan, afyun morfini (Papaver
somniferum) dori va
og'riq qoldiruvchi vosita deb hisoblanadi. LSD nomi bilan mashhur
bo'lgan lizerjik
kislota dietilamid alkaloid va psixedel preparatdir. Ushbu giyohvand
moddalar
qadimgi zamonlardanoq ruhiy hayajon va eyforiya uchun vosita sifatida
ishlatilgan, ammo zamonaviy tibbiyotga ko'ra zararli hisoblanadi.
Alkaloidlar zararkunandalarga qarshi vositalar va repellants sifatida
ishlatilishi mumkin.
Masalan, piretrin hasharotlarga qarshi vosita sifatida ishlatiladi, bu
chivinlar uchun
xavfli, ammo odamlar uchun xavfli emas. Alkaloidlardan ilmiy
tadqiqotlarda
foydalanish mumkin. Tanaga o'ziga xos ta'sir ko'rsatishi sababli
alkaloidlar ilmiy
tadqiqotlarda keng qo'llaniladi. Dastlab markaziy asab tizimiga
gipozentiv, qon
tomirlarga qisqartiruvchi ta’sir etadi. Belladonna (krasavka), bangidevona
(durman), sekurinega, efedra, pilokarpus, choy kabilar muxim
axamiyatga ega
bo‘lgan alkaloidlarni etkazib beruvchi o‘simliklar xisoblanadi. Ilmiy
tadqiqotda
muhim bo’lgan alkaloidlarga xinin, kodein, nikotin, morfin, skopolamin
va
reserpin va boshqalar kiradi.
Glikozidlar – murakkab azotsiz birikmalar, gidrolizlanganda qandli
qism
(glikon, ramnoza, galaktoza) va qandsiz qism (aglikon yoki genin)ga
ajraladi.
Asosan qandsiz qismi dori sifatida muxim xisoblanadi. Sof xolda kristall,
suvda va
spirtda oson eriydigan, ta’mi nordon moddalardir. Saqlash vaqtida
o‘simlikning
o‘zida mavjud bo‘lgan fermentlar ta’sirida parchalanadi, shu sababli
giyoh xom
ashyosini yig‘ish, quritish va saqlashda talablarga rioya qilinish kerak.
Glikozidlar
yurak glikozidlariga, antraglikozidlarga va saponinlarga bo‘linadi.
YUrak glikozidlari–angishonagul (naperstyanka), marvaridgul
(landыsh),
adonis (goritsvet) kabi o‘simliklardan ajratib olingan. YUqori darajada
biologik
faol moddalar, yurak muskullari qisqarish kuchini oshiradi, qisqarish
sur’atini
kamaytiradi, arterial qon bosimini kamaytiradi. YUrak qon tomirlar
kasalliklarida
xozirda qo‘llaniladigan dori vositalari orasida 70% ni o‘simliklardan
ajratib
olingan dorilar tashkil etadi. SHu bilan bir vaqtda bu preparatlar ancha
zaxarli
bo‘lib, vrach ko‘rsatmasiga asosan qo‘llaniladi.
Antraglikozidlar- ich surgi, o‘t safro xaydovchi ta’sir etadi. Jumrut
(krushina, frangula) po‘stlog‘i, mevasi, rovoch (reven) ildizi, senna, aloe
bargida
antraglikozidlar mavjudligi aniqlangan. SHuvoq-ermon (polыn),
momoqaymoq
(oduvanchik) va tillaboshdagi antraglikozidlar achchiq ta’mli bo‘lib,
oshqozon
ichaklardan shira ajralib chiqishini kuchaytiradi
Saponinlar–gidrolizlanganda uglevodli qism va aglikonga ajraladi.
Suvda
va spirtda oson eriydi, chayqatilsa ko‘pik xosil qiladi. Termopsis,
polemonium
(sinyuxa), navro‘zgul (pervotsvet), istod ildizi balg‘am ko‘chiruvchi,
bo‘yrak
choyi- siydik xaydovchi, dalachoy (zveroboy) o‘t safro xaydovchi,
organizmni
tetiklashtiruchi (toniziruyushiy) ta’sir etadi, qon –tomirlar aterosklerozida
ijobiy
samara beradi.
O‘simlikning nomi. Mingdevona - Hyoscyamus niger L.. ituzumlar Solanaceae oilasiga kiradi. Mingdevona ikki yillik, sertukli, badbo‘y o‘t
o‘simlik. O‘simlik birinchi yili faqat ildizoldi to‘pbarg-lar xosil qiladi.
Ildizoldi barglari bandli, cho‘ziq tuxumsimon, chuqur patsimon bo‘lakli
bo‘ladi. Ikkinchi yili poya o‘sib chiqadi. Poyasi shoxlangan, bo‘yi 50-150
sm ga etadi. Poyadagi barglari ildizoldi barglariga nisbatan yumaloqroq
va
maydaroq, umumiy ko‘rinishi tuxumsimon, poyaning pastki qismidagilari
57 bo‘lakli, o‘rta qismidagilari 3 bo‘lakli, yuqori qismidagilari esa 1-2
tayirik tishsimon qirrali bo‘lib, poyada
bandsiz ketma - ket o‘rnashgan. Barglar
bezli tuklar bilan qoplangan, shu sababli
ular yumshoq, yopishqoq.
Mevasi - ko‘zachasimon, ikki xonali,
ko‘p urug‘li, qopqog‘i bilan ochiladigan
ko‘sakcha. Urug‘i mayda, yumaloq yoki
bo‘yraksimon, yassi, ustki tomonida juda
ko‘p
mayda
chuqurchalari
bo‘ladi.
O‘simlikning x am ma q ismi z a x a r li.
Mingdevona yoz bo‘yi gullaydi.
Geografik tarqalishi. Mingdevona yo‘l
yoqalarida, bo‘sh yotgan, axoli yashaydigan va o‘tloq erlarda xamda
begona
o‘t sifatida ekinzorlar orasida o‘sadi. Asosan bu o‘simlik Rossiyaning
Evropa qismida, Sibirda, Uzoq SHarkda va Markaziy Osiyoda uchraydi.
Mahsulot Ukrainada, Rossiyaning SHimoliy Kavkazda, Kuybishev va
Voronej oblastlarida tayyorlanadi.
Meditsinada mingdevona bilan bir qatorda dala mingdevonasi Hyoscyamus bohemicus F. W. Schmidt. (Hyoscyaraus agrestis Kit.)
o‘simligini ishlatish ruxsat etiladi. Dala mingdevonasi poyasining
shoxlanmasligi, poyadagi barglarining kam o‘yilganligi, ildizoldi
to‘pbarglari yo‘qligi bilan mingdevonadan farq qiladi.
Mahsulot tayyorlash. O‘simlik gullashi davrida ildizoldi barglari
xamda poyadagi barglari (bir yoshdagi o‘simlikda) yig‘ib olinadi. Odatda
poya o‘rilgandan keyin barglar terib olinadi. Bundan tashqari O‘z.DSt ga
ko‘ra xar ikkala mingdevona o‘simligining er ustki qismini mahsulot
sifatida yig‘ib olish mumkin. Yig‘ib olingan o‘simlikning er ustki qismi 2
sm uzunlikda qirqib tezda quritiladi (belladonnaga karang). Gul o‘simlik
bosh aylantiruvchi xidga ega bo‘ladi, quritilgandan so‘ng bu xid yo‘qolib
ketadi.
Ximiyaviy tarkibi. O‘simlikning xamma qismida (ildizida 0,150,18%,
bargida 0,045-0,1%, poyasida 0,02% atrofida, urug‘ida 0,06-0,1%)
alkaloidlar bo‘ladi.
DF IX ga ko‘ra barg tarkibida alkaloidlar 0,05%, er ustki qismida
0,06% dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘simlikning asosiy alkaloidlari giossiamin, atropin va skopolamin.
Mahsulotda alkaloidlardan tashqari amorf xoldagi giossipikrin,
giosserin, giossirezin birikmalari xamda urug‘ida 34% gacha yog‘ bor.
Ishlatilishi. Mingdevona preparatlari belladonna preparatlari kabi
og‘riq qoldirishda va turli spazmatik xolatlarda ishlatiladi. Mingdevona
moyini xloroform bilan aralashtirib (suyuq surtma xolatida) revmatizm va
nevralgiya kasalliklarida muskullar og‘riganda teriga surtiladi.
Dorivor preparatlari. Suyuq va quruq ekstrakt - Extractum
Nuoscyami spissum et siccum, mingdevona moyi - Oleum Hyoscyami,
ming
devona bargi bronxial astma kasalligida chekiladigan poroshok- astmatol
Asthmatolum (Pulvis antiasthmaticus) tarkibiga kiradi.Mingdevona moyi
quyidagicha tayyorlanadi: mingdevona bargini yoki
er ustki qismini 95% spirt va ammiak eritmasi bilan namlab, kungaboqar
moyiga solinadi xamda 12 soat davomida qizdiriladi. Natijada yashilqo‘ng‘ir rangli va o‘ziga xos xidga ega bo‘lgan tiniq moy xosil bo‘ladi.
O‘simlikning nomi. Bangidevona-Datura stramonium L,, ituzumlar Solanaceae oilasiga kiradi.
Bangidevona bir yillik, yoqimsiz
xidli, bo‘yi 100, ba’zan 120 sm ga etadigan
o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, tuksiz,
ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy, bandli,
to‘q yashil, tuksiz (poyaning yuqori
qismidagi yoshlari tukli) bo‘lib, poyada
ketma-ket joylashgan. Gullari yirik, poyada
yakka-yakka
joylashgan.
Gulkosachasi
naychasimon, besh qirrali, besh tishli, asos
qismi xalqa shaklida meva bilan birga
qoladi. Mevasi – tuxumsimon, qattiq va
yo‘g‘on tikonlar bilan qoplangan, tik
o‘suvchi, to‘rtta chanog‘i bilan ochiladigan ko‘sak. Urug‘i qopa, xira,
yumaloq bo‘yraksimon, yassi, ustki tomonida mayda chuqurchalari
bo‘ladi.
O ‘si m l i k z a x a r l i . Bangidevona iyun oyidan kuzgacha gullaydi,
mevasi iyuldan boshlab pishadi.
Geografik tarqalishi. Bangidevona axoli yashaydigan erlarda, yul
yoqalarida, suv bo‘ylarida, polizlarda o‘sadi. Asosan u Rossiya Evropa
qismining janubiy va o‘rta rayonlarida, Qrimda, Kavkazda, xamda juda
oz
miqdorda G‘arbiy Sibirda, Uzoq SHarqda, Boltiq bo‘yi davlatlarida va
Markaziy Osiyoda uchraydi. Ukraina va Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida
o‘stiriladi.
Mahsulot asosan, Ukrainada va Rossiyada Voronej oblasti va shimoliy
Kavkazda tayyorlanadi.
Mahsulot tayyorlash. O‘simlik gullashi bilanoq, sovuq urganga
qadar
faqat bargi terib olinaveradi yoki ildizi bilan sug‘irib olib, so‘ngra bargi
terib olinadi. SHundan so‘ng tezlik bilan shamol kirib turadigan salqin va
qypyq erda quritiladi.
Ximiyaviy tarkibi. O‘simlikning xamma qismida (bargida 0.230,37%,
poyasida 0,06-0,24%, urug‘ida 0,08-0,22%) alkaloidlar bor.
DF IX ga ko‘ra barg tarkibida alkaloidlar miqdori 0,25% dan kam
bo‘lmasligi kerak. Asosiy alkaloidlari - giossiamin, atropin va
skopolamin
Bargda alkaloidlardan tashqari 0,04% efir moyi, 0,1% karotin va 1,7%
oshlovchi moddalar, urug‘ida esa 17-25% yog‘ bo‘ladi.
Ishlatilishi.
Bangidevona
bargi
bronxial
astma
kasalligida
ishlatiladigan (chekiladigan) astmatol poroshogi - Asthmatolum (Pulvis
antiasthmaticus) tarkibiga kiradi.
TEMIRTIKAN ER USTKI QISMI – HERBA TRIBULI
O’simlikning nomi. Yer bag’irlagan temirtikan –Tribulus
terrestis L.,
Oilasi. Tuyatovondoshlar – Zygophyllaceae.
Temirtikan poyasining uzunligi 10-100 sm ga etadigan, asos qismidan
shoxlangan, tukli, yotib o’suvchi bir yillik o’t o’simlik. Barglari 5-8 juft
bargchalardan tashkil topgan, mayday yondosh bargchali juft patli
murakkab
bo’lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida qarama – qarshi joylashgan.
Gullari
mayda, sariq rangli, besh bo’lakli va kalta bandli bo’lib, yakka – yakka
holda barg
qo’ltig’iga o’rnashgan. Mevasi – pishganda besh (yoki 2-4) ta
yulduzsimon
joylashgan uchburchak ponasimon, qattiq, 2-4 tikonli yong’oqlga
ajraladigan
quruq to’p meva.
Aprel-may oylarida gullaydi, iyun-iyulda mevasi ko’p pishadi.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida steroid saponinlar, alkoloidlar
(garman va boshqalar), flavonoidlar, vitamin C, bo’yoq, oshlovchi va
boshqa
moddalar, mevasida 5% yog’ bo’ladi.
Steroid saponinlar yig’indisidan dioscin, 2% diosgenin, gitogenin,
gracillan
va boshqalar sof holda ajratib olingan
Tarkibida Tarkibida narkotik moddalar bor bo’lgan
o’simliklar va
ularning meditsinadagi ahamiyati haqida umumiy
tushuncha. Narkotik
oʻsimliklar - tarkibida odamning markaziy nerv sistemasiga taʼsir
koʻrsatadigan har
xil sinfga kiruvchi organik moddalar (alkaloid, efir moyi, organik
kislotalar,
glikozidlar, saponin va boshqalar) mavjud oʻsimliklar hisoblanadi.
Koʻpchilik
narkotik oʻsimliklardan olinadigan moddalar tibbiyotda hamda veterinariyada
davolash va ogʻriqsizlantirishda ishlatiladi. Taʼsir qiluvchi moddalari,
asosan,
alkaloidlar. Koʻpchilik narkotik oʻsimliklar zaharli va ulardan olinadigan
preparatlarning koʻp qabul qilinishi giyohvandlikka olib keladi. Narkotik
oʻsimliklarning koʻpchiligi yuksak oʻsimliklarga kiradi. Koʻp turlari
Janubiy
Amerika tropiklarida, Shimoliy Amerika va Markaziy Osiyoda uchraydi.
Ularning
ayrimlari dorivor ekinlar sifatida ekib oʻstiriladi (afyunli koʻknor, hind
nashasi,
maxorka, tamaki, xin daraxti, koka butasi), ayrimlari zaharli oʻsimliklar
boʻlib,
yovvoyi holda oʻsadi (bangidevona, afsonak, maral-quloq, shuvoqning
baʼzi
turlari). Yana qo'shimcha Giyohvandlik vositalari.
Giyohvandlik—turli xil giyoh moddalari ya‘ni, narkotiklar ta‘siriga
odam organizmining o`rganib qolishi natijasida yuzaga keladigan og`ir
kasallikdir. Giyohvandlikning xalqaro atamasi narkomaniya deyilib, bu
so`z
yunoncha «narke» — karaxtlik, harakatsizlik, «maniya»-aqldan ozish
ma‘nosini
anglatadi. Chunonchi, narkotik moddani qabul qilgan odam karaxt bo`lib,
harakatsizlanib fikrlash, aqliy faoliyat qobiliyatlarini yo`qotadi.
Odam organizmining biologik xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u
ba‘zi
moddalarni ketma-ket, bir necha marta qabul qilishi natijasida ularning
ta‘siriga
o`rganib qoladi. Oqibatda, u mazkur moddani muntazam ravishda qabul
qilib
turishga intiladi, bu moddani qabul qilmagan paytda o`zini yomon his
etadi, ya‘ni
odam bu moddaga nisbatan mu‘te bo`lib qoladi.
Odam organizmining o`rganib, mu‘te bo`lib qolish xususiyati ayniqsa
narkotik moddalarga nisbatan kuchli bo`ladi. Buning oqibatida odamda
giyohvandlik (narkomaniya) kasalligi vujudga keladi. Shuningdek,
tamaki
(sigaret)ga, nosga o`rganib qolish natijasida kashandalik holatlari yuzaga
keladi.
XX asrning oxirgi choragida avj olgan giyohvandlik XXI-asrning
vabosiga
aylanib borayotgani birlashgan millatlar tashkilotining 1998 yilning iyun
oyidagi
sessiyasida e`tirof etildi va bu ijtimoiy illatga qarshi kurashni
kuchaytirish
bo`yicha qaror qabul qilindi. Shu bois hozirgi kunda jahon mamlakatlari,
jumladan
O`zbekiston Respublikasi keng jamoatchiligi oldiga qo`yilgan eng
dolzarb
muammolardan biri giyohvandlikning oldini olishdan iboratdir.Papaver
somniferum-pushti gulli ko’knor
Oilasi. Ko’knoridoshlar oilasi - Papaveraceae.
Bu oilaning eng tipik vakillaridan biri - Ko’knoridir (Papaver). Bu
avlodning yer yuzida 110 dan oriq turi keng tarqalgan. Hamdo’stlik
mamlakatlarida 50 tur, shu jumladan, O’zbekistonda 5 turi tarqalgan
bo’lib,
shundan bitta Papaver povoninum turi madaniylashtirilgan. U bir
yillik o’t, poyasi
sut suyuqligi aralash mum qatlami bilan qoplangan bo’lib, ko’kimtir
zangori
rangli. U bo’yi 1mga yetadi.
Uning gullari yirik, ko’pincha binafsha, pushti, va oqish rangli,
ko’sakchasi
yirik, bochkasimon va silliq, tarkibida 26 xil alkaloid saqlaydi, urug’lari
mayda,
ko’p va seryog’ bo’ladi. Ba’zan otaliklarining bir qismi
metamarfozlanishi sababli
gulbarglari to’rttadan oshiq boladi, doira bo’lib turadi. Onaligi 8-12 meva
bargchadan tuzilgan bo’lib, kattakon tugunchasi va chetlari go’yo shulaga
o’xshab,
parrak-parrak bo’lib turadigan disksimon tumshuqchasi bor. Urug’ining
50% ini
yog’ tashkil etadi. Nonvoychilikda ishlatiladi.
Ko’sakchasi ko’kligida ko’ndalanggiga tilinganda chiqqan oqimtir sutshira
havoda qo’ng’ir tus oladi. O’simlik mevasida 1,5-2,5 % alkaloidlar
bo’ladi. Shu
modda “opiy” yoki “chakida” deb ataladi. Opiy tarkibidagi alkaloidlar 220 %ni
tashkil etadi. Shu tarzda olinib ko’paytirilgan opiylar farmatsevtika
sanoatiga
jo’natiladi. Undan tibbiyotda muhim ahamiyatga ega bo’lgan morfin,
kodein,
papaverin singari alkaloidlar olinadi. Ulardan tayyorlangan dorilar og’riq
qoldirishda, yo’talga qarshi, me’da-ichak kasalliklari; gipertoniya,
bronxial astma
va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Bulardan tashqari organik
kislotalar
va fermentlar glikozidlar ham uchrab turadi. O’simlikning urug’idan
tashqari
boshqa organlari ham zaharli hisoblanadi.
Ko’knorining mayda-mayda bo’ladigan urug’larida 40% dan ortiq, goho
50%
moy bo’ladi. Ko’knori moyi ma’zali va hadeganda ochilmaydigan
bo’lganligidan
juda yaxshi masalliq hisoblanadi. Ko’knori moyi qizitmasdan presslash
yo’li bilan
qora rangli badxo’r fraksiya ajratib olinadi. Ko'knori urug'ida yog ',
shakar va
oqsillar, E, PP vitaminlari, kobalt, mis, sink, fosfor, temir va oltingugurt
elementlari, barglarida yog' yog'i, S vitamini, alkaloidlar, glikozidlar,
antosiyaninlar, flavonoidlar, organik kislotalar va saqich mavjud. Eng
qimmatbaho
o'simlik moylariga haşhaş urug'i yog'i kiradi. U kosmetika va bo'yoqlar
ishlab
chiqarishda qo'llaniladi.
Ko'k haşhaş urug'lari ekspektoran sifatida ishlatiladi va ular shuningdek
quloqlarda va tish og'rig'ida og'riqni yo'q qiladigan kaynatma
tayyorlashadi.
Ko'knori urug'idan tayyorlangan preparatlar uyqusizlik, pnevmoniya,
jigar
kasalliklari, oshqozon katarali va hemoroidlarni davolashda qo'llaniladi.
Haşhaş
ildizidan tayyorlangan piyoz, migren va siyatik asab yallig'lanishini
davolash
uchun ishlatiladi. Ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun urug'lardan
tayyorlangan
piyoz tayyorlanadi. Bunday o'simlik haddan tashqari terlash, siydik
pufagining
yallig'lanishi, dizenteriya va diareya uchun ishlatiladi. Haşhaş asosida
quyidagi
kuchli dori-darmonlar ishlab chiqariladi: Morfin, Nartsin, Kodein,
Papaverin va
Narkotin. Ularni sizning shifokoringiz bilan oldindan
maslahatlashmasdan ishlatib
bo'lmaydi
Tarkibida vitaminlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar haqida
umumiy
tushuncha. Vitaminlar – organizm xayot faoliyati uchun o‘ta
muxim bo‘lgan
biologik faol moddalardir. Vitaminlar (lot. vita - hayot), darmon dori —
tirik
organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun
zarur boʻlgan
organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar
tarkibida
qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal boʻlishi
toʻgʻrisidagi
maʼlumotlar qadimiy Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida
qayd
etilgan. Vitaminni ilmiy nuqtai nazardan oʻrganish XVIII asrda
boshlangan. Ingliz
vrachi J. Lind (1757), fransuz fiziologi F. Majandi (1816), rus vrachi N. I.
Lunin
(1880), golland vrachi Eykman (1897), ingliz olimi F. Xopkins (1906) lar
Vitaminni oʻrganishga juda katta hissa qoʻshdilar. Organizmda vitamin
sintez
qilinmaydi, kishi oʻzi uchun zarur vitaminni turli ovqat moddalari bilan
oladi.
Ovqatda vitamin yetishmaganda gipovitaminoz, mutlaqo boʻlmaganda
avitaminoz
paydo boʻladi. Vitaminning asosiy manbai oʻsimliklardir (Vitaminli
oʻsimliklar).
Vitaminlar hosil boʻlishida mikroorganizmlar ham katta rol oʻynaydi.
Vitaminlarning biologik ahamiyati moddalar almashinuviga rostlovchi
taʼsir
etishdan iborat. Vitamin organizmda sodir boʻladigan kimyoviy
reaksiyalarni
kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni oʻzlashtirishiga taʼsir
koʻrsatadi,
hujayralarning normal oʻsishiga va butun organizmning rivojlanishiga
yordam
beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi
va
faolligini taʼminlaydi.
Dastlab vitaminlar shartli ravishda lotin alifbosining bosh harflari: A, B,
S,
D, Ye, R va boshqa belgilar bilan belgilangan. Keyinchalik vitaminning
kimyoviy
tuzilishiga binoan xalqaro standartlashtirishning yagona nomi qabul
qilindi.
Vitaminlar suvda eriydigan, yogʻda eriydigan va vitaminsimon
birikmalarga
ajratiladi. Yogʻda eriydigan vitaminlarga A, D,"1 Ye va K, suvda
eriydiganlariga B
kompleksi vitaminlari va S, RR kiradi. Odamning vitaminga boʻlgan bir
kunlik
ehtiyoji organizmning umumiy holatiga, mehnat tarziga, sogʻ yoki
kasalligiga
bogʻliq. Odam hayoti uchun Vitaminlardan ayniqsa A, B, B2, B6, S, D,
RR ning
ahamiyati katta.
Quyida koʻproq qoʻllaniladigan vitaminlar tavsifi keltirildi.
Retinol (A vitamin) tabiatda keng tarqalgan. Oʻsimlik toʻqimalarida A
provitamin (organizmda retinolga aylanadigan karotinoid pigmentlar)
holida
uchraydi. Koʻrish pigmentlari hosil boʻlishida qatnashib, organizmning
normal
oʻsishini, koʻzning turli darajadagi yorugʻlikka moslashishini taʼminlaydi.
Organizmda retinol yetishmasa, teri qurishib oqaradi, qipiqlanadi,
muguzlanadi,
unda mayda toshmalar paydo boʻladi, terining yiringli kasalliklari avj
oladi, soch
quruq, xira boʻlib, toʻkila boshlaydi, tirnoq moʻrtlashib qoladi. Yoruqqa
qaray olmaslik, shabkoʻryaik, konʼyunktivit, blefaritta asosan A vitamin
yetishmasligi
sabab boʻladi. A provitamin (karotin) oʻsimliklarda, ayniqsa ularning
yashil
barglarida, A vitamin hayvon va baliq jigarida, baliq moyida koʻp.
Tiamin (B, vitamin) — koʻpgina oziqovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi.
U
asosan donning murtagi va qobigʻi (kepagi)da boʻladi. Tiamin
organizmda
uglevodlar almashinuvida muhim ahamiyatga ega; ovqat uglevodlarga
serob
boʻlsa, ularni oʻzlashtirish uchun tiamin koʻproq talab qilinadi. Tiamin
boʻlmasa,
polinevrit kasalligi roʻy beradi. Organizmda bu vitamin boʻlmasa yoki
yetishmasa,
nerv sistemasining ogʻir kasalligi — beri-beri paydo boʻladi, shuningdek
ichak
peristaltikasi susayadi, qabziyat, muskullar boʻshashishi, jismoniy va
ruhiy ish
qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Riboflavin (B2 vitamin) — oʻsish
jarayonida
qatnashadi va oʻstiruvchi omillarga kiradi. Oqsil, yogʻ va uglevodlar
almashinuvida ishtirok etadi. Markaziy nerv sistemasi holatini rostlaydi,
koʻz
gavharidagi moddalar almashinuviga taʼsir etadi, yorugʻlikni sezish va
rang
ajratishga yordam beradi. Riboflavin organizmga oziq-ovqat bilan kiradi,
ovqatda
riboflavin yetishmasa ogʻiz burchagi, lab yoriladi (Lab bichilishi), soch
toʻkiladi,
konʼyunktivit va blefarit kuzatiladi. B2 vitamin asosan hayvon
mahsulotlari —
tuxum, pishloq, sut, goʻsht hamda galla va dukkakli oʻsimliklarda moʻlkoʻl.
Piridoksin (B6 vitamin)— koʻpgina oʻsimlik va hayvon mahsulotlari:
achitqi, bugʻdoy murtagi, jigar, baliq, mol goʻshti va dukkakli donda
boʻladi. U
oqsil va yogʻning normal hazm boʻlishini taʼminlab, azot almashinuvida
muhim rol
oʻynaydi. Organizmda piridoksin yetishmasa bolalar oʻsmay qoladi,
meʼda-ichak
ishi buziladi, kamqonlik roʻy beradi. Homiladorlarda stomatit, terining
yalligʻlanishi, qoʻzgʻaluvchanlik, uyqusizlik kuzatiladi. Kishi organizmi
uchun
zarur miqdordagi piridoksin ichak bakteriyalari taʼsirida hosil boʻladi.
Nikotinamid, nikotin kislota (RR vitamin) hujayralarning nafas olishida,
oqsillar almashinuvida qatnashadi, organizmda oʻsimlik oqsillarining
hazm
boʻlishini tezlashtiradi, meʼdaning sekret va harakat faoliyatini
normallashtiradi,
meʼda osti bezi ishlab chiqaradigan sekret va shira tarkibini yaxshilab,
jigar ishini
barqarorlashtiradi. Organizmda nikotin kislota yetishmasa pellagra
kasalligi roʻy
beradi. Nikotin kislota uy parrandasi, mol goʻshti, jigari, buyragida,
achitqi, guruch
kepagi, bugʻdoy murtagida koʻp boʻladi.
Folat kislota (B, vitamin) baʼzi aminokislotalar almashinuvida va
sintezida,
shuningdek nuklein kislotalar sintezida qatnashadi, koʻmikning qon
yaratish
funksiyasini kuchaytiradi, B12 vitaminning yaxshi oʻzlashtirilishiga
yordam
beradi. Folat kislota oʻsimlik va hayvon mahsulotlarida, ayniqsa, jigar,
buyrak va
yashil barglarda koʻp. Ichak mikroorganizmlari folat kislotani koʻp
miqdorda
sintezlaydi.
Siankobalamin — yuqori biologik faol modda. Metionin, nuklein
kislotalar
sintezida va qon yaratilishi jarayonida qatnashadi. Organizmga ovqat
bilan kiradi,
u organizmda yetishmasa, kamqonlik paydo boʻladi. Siankobalamin mol
jigarida
ayniqsa koʻp. Tibbiyotda, chorvachilik va parrandachilikda keng
qoʻllaniladi.Pantotenat kislota (B5 vitamin) — oʻsimlik va hayvon
toʻqimalarida koʻp.
Nerv sistemasi hamda buyrak usti va qalqonsimon bezlar faoliyatini
normallashtiradi.
Askorbin kislota (S vitamin) — moddalar almashinuvida, biriktiruvchi
toʻqimalarning oʻzlashtirilishida, bu toʻqimalarning normal holatda tutib
turilishi
va tiklanishida muhim ahamiyatga ega. Organizmda S vitamin
yetishmasa, togʻay
va suyak toʻqimalari tuzilishi buziladi, lavsha (singa) kasalligi roʻy beradi.
Organizmda askorbin kislota hosil boʻlmaydi va toʻplanmaydi. S vitamin
sabzavot
va mevalarda boʻladi. Askorbin kislota turli polivitamin preparatlari
tarkibiga
kiradi.
Kalsiferol (D vitamin) moddalarning mineral almashinuviga, suyak hosil
boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi. U yosh bolalar skeletining jadal oʻsishi va
suyaklanishi
davrida ayniqsa zarur. Organizmda D vitamin yetishmasa raxit kasalligi
paydo
boʻladi. Tunes, treska va b. baliqlar moyi kalsiferol manbai
hisoblanadi.Bundan
tashqari, sut, tvorog, sariyog', jigar va tuxum sarig'ida ko'p bo'ladi.
Tishlarni ham
asraydi.
Tokoferol (Ye vitamin, koʻpayish vitamini) muskul va jinsiy bezlar
faoliyatini kuchaytiradi, ichki aʼzolarda yogʻda eriydigan barcha V.,
ayniqsa
retinol toʻplanishiga yordam beradi. Oʻsimliklarning yashil qismi hamda
ulardan
olinadigan moyda (mas., kungaboqar moyida) moʻl boʻladi.
Filloxinon (K vitamin) — qon ivishining asosiy omillaridan biri.
Organizmda K vitamin yetishmaganda turli aʼzolar (burun, milk, meʼdaichak va
b.) dan qon ketishi kuzatiladi. Filloxinon salat, karam, ismaloq, qichitqi
oʻtning
yashil qismida boʻladi. Yuqorida aytib oʻtilgan V.dan tashqari, organizm
uchun
zarur boʻlgan boshqa biologik faol moddalar (vitaminsimon birikmalar)
ham bor.
Bularga bioflavonoidlar, xolin, inozit, lipoat, orot, pangamat,
paraaminbenzoat
kislotalari va b. moddalar kiradi.
Vitamin preparatlari dorixonalarda mavjud, ammo biologik taʼsiri kuchli
boʻlgani uchun vitaminni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish lozim.
O‘simlikning nomi. Qora smorodina - Ribes nigrum L.;
Toshyorarlar
Saxifragaceae oilasiga kiradi.
Qora smorodina bo‘yi 1 -1,5
(ba’zan 2) m bo‘lgan buta. Poyasining
po‘stlog‘i qo‘ng‘ir yoki qizil-jigar rang
tusli bo‘ladi. Bargi panjasimon 3-5
bo‘lakli bo‘lib, bandi bilan poyada
ketma-ket o‘rnashgan.
Gullari
shingilga
to‘plangan.
Mevasi - xushbo‘y xidli, yumaloq shaklli,
ko‘p urug‘li xo‘l meva.
May - iyun oylarida gullaydi,
mevasi iyul - avgustda pishadi.Geografik tarkalishi. Qora smorodina
yovvoyi xolda nam
o‘rmonlarda, nam o‘tloqlarda, botqoq chetlarida va ariq buylarida o‘sadi.
Rossiya Evropa qismida, Sibirda va boshqa rayonlarda ko‘plab o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. Qora smorodina o‘simligining bargi o‘simlik
gullashidan oldin yoki gullaganida, mevasi esa pishganida terib olinadi.
yig‘ib olingan barg salqin erda, meva esa pechlarda quritiladi. Xo‘l
mevadan vitamin sharbati xam tayyorlanadi.
Ximiyaviy tarkibi. Barg tarkibida 0,25% askorbin kislota va efir moyi
bo‘ladi. Meva tarkibida 0,4% askorbin kislota, 3 mg% karotin, V1 va R
vitaminlari, 2,5-4,5% gacha organik kislotalar (asosan olma va limon
kislotalar), 4,5-16,8% gacha qand, 0,43% gacha oshlovchi va 0,5% gacha
pektin moddalar, antotsian birikmalari (sianidin va delfinidin) va ularning
glikozidlari xamda flavonoidlar (kversetin va izokversetin) bor.
Ishlatilishi. Qopa smorodinaning bargi va mevasi preparatlari singa
xamda boshqa gipo va avitaminoz kasalliklarini davolash uchun
ishlatiladi.
Mevasi xalq meditsinasida terlatuvchi va siydik xaydovchi, ich ketishiga
qarshi, bargi esa bod kasalligida xamda terlatuvchi dori sifatida
qo‘llaniladi.
Dorivor preparatlari. Damlama. O‘simlikning bargi va mevasi
vitamin
choylari- yig‘malari tarkibiga kiradi.
O‘simlikning
nomi.
Buymodaron-Achillea millefolium L.,
Murakkabgullilar - Compositae oilasiga
kiradi.Buymodaron ko‘p yillik, buyi 20-50
(ba’zan 80) sm ga etadigan o‘t o‘simlik.
Ildizpoyasi shoxlangan bo‘lib, er ostki novda
xosil qiladi. Er ostki novdadan ildizoldi
barglar va poyalar o‘sib chiqadi. Poyasi bir
nechta,
tik
o‘suvchi,
yuqori
qismi
shoxlangan bo‘lib, ular qalqonsimon gul
to‘plamlari bilan tamomlanadi. Bargi oddiy,
ikki marta patsimon ajralgan bo‘lib, poyada
bandsiz ketma-ket o‘rnashgan. Gullari savatchaga to‘plangan. Mevasi yassi,
tuxumsimon, kul rang pista. Iyun oyidan boshlab yoz oxirlarigacha
gullaydi,
mevasi avgustda etiladi.
Geografik tarqalishi. Bu o‘simlik Rossiyada keng tarqalgan bo‘lib,
quruq
o‘tloqlarda, qirlarda, yul yoqalarida, o‘rmon chetlarida va boshqa erlarda
o‘sadi.
Mahsulot tayyorlash. O‘simlik gullaganida (poyasining yuqori
qismidan
gul va barglari bilan birga) o‘roq bilan o‘rib olinadi. Ba’zan ildizoldi tup
barglar
aloxida yig‘iladi. Salqin erda quritiladi.
Ximiyaviy tarkibi. Mahsulot tarkibida karotin, K va S vitaminlari,
0,05%
axillein alkaloidi, 0,8% gacha efir moyi, 0,31% xolin, asparagin, smola,
oshlovchi,
achchiq va boshqa moddalar bo‘ladi.
Ishlatilishi. Mahsulotning dorivor preparatlari oshqozon-ichak
(oshqozon
yarasi va gastrit) kasalliklarini davolash, ishtaxa ochish va qon
to‘xtatuvchi dorisifatida ichdan (ichakdan, bachadondan va gemorroidal
qon oqishi) xamda
burundan, tishdan va yaralardan oqqan qonni to‘xtatish uchun ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Suyuq ekstrakt-Extractum herbae Millifolii,
damlama - Infusum herbae Millifolii
Tarkibida efir moylar bo‘lgan dorivor o‘simliklar haqida
umumiy
tushuncha. Efir moyi – deb, o'simliklardan suv bog’i yordamida
haydab
olinadigan, o’ziga xos hidi va mazaga ega bo’lgan uchuvchan organik
moddalar
aralashmasiga aytiladi. Xushbo’y xidli o'simliklar va ulardan olinadigan
ba’zi
mahsulotlar (tarkibida efir moyi bo‘lgan o'simliklardan olingan xushbo’y
suvlar,
smolalar va efir moylar) qadimdan ma’lum. Odamlar bu mahsulotlarni
turli
kasalliklarni davolashda, ovqat tayyorlashda keng foydalanib kelganlar.
O’rta
asrlarda arablar o'simliklardan efir moylarini suv bilan haydab olish va
ularni
suvdan ajratish usullarini yaxshi bilar edilar.
XVIII asrdan boshlab efir moylarining xossalari va tarkibiy qismi
o’rganila
boshlagan bo’lsada, bu sohadagi ishlar XIX asrning ikkinchi yarmi va
XX asr
boshlarida rivojlandi. A.M. Butlerov va A.N. Reformatskiy (Rossiya),
Gildemeyster va Gofman (Germaniya), Ye.YE. Vagner va uning
shogirdlari
(Polsha) va boshqa mashhur olimlar efir moylarini o’rganishga katta hissa
qo’shdilar.
Yasnotkadoshlar – Lamiaceae, Selderdoshlar – Apiaceae, Astradoshlar –
Asteraceae, Sho’radoshlar – Chenopodiaceae, Archadoshlar –
Cupressaceae,
Mirtadoshlar – Myrtaceae, Rutadoshlar – Rutaceae, Ranodoshlar –
Rosaceae va
boshqa oila vakillari efir moyiga boy.
Efir moylari to’planadigan joylar o’simlik organlarida turli usullar
bilanhosil
bo’ladi. O’simlik to’qimalari hujayralarining siqilishi natijasida bo’shliq
vujudga
keladi, so’ngra uning chetlarida efir moyi ishlab chiqaradiga hujayralar
paydo
bo’lib, ular moy yig’iladigan joyni hosil qiladi. Bu usul sxizogen tipi
deyiladi.
Ba’zan esa toqimalarda oldin ishlab chiqarilgan bir tomchi efir moyi o’z
atrofidagi
hujayralarni eritib, boshliq hosil qiladi. Natijada bu boshliq atrofida efir
moyi
ajratuvchi hujayralar paydo bo’lib, ular moy yig’iladigan joyni vujudga
keltiradi.
Bu usul lizogen tipi deyiladi. Odatda o’simliklarda bu ikki usulning
to’qimalarida
umumlashishidan sxizolizogen tipida hosil bo’lgan efir moyi
to’planadigan
joylarni ko’proq uchratish mumkin.
Efir moylar quydagi usullar yordamida ajratib olinadi: 1. o'simliklardan
suv
yoki suv bog’i yordamida haydab. 2. Matseratsiya usuli. 3. Anfleraj
(yutish) usuli.
4. Presslash usuli. 5. Ekstraksiya usuli.
Efer moylar odatda o’simliklardan "balzam davrida" yoki vegetatsiya
davrida xushbo'y moddalar mavjudligi yuqori va sifatliroq bo'lgan davrda
yig'ib
olinadi. Hatto etishtirish usullari ham qazib olinadigan efir moyining
sifatiga ta'sir
qilishi hammaga ma'lum.
Efir moylari odatda hammom suvini xushbo'ylash yoki atrof-muhit uchun
lazzat beruvchi krem yoki atirlar uchun ishlatiladi. Essentsiya foydali
massaj uchun
ham ishlatilishi mumkin, mahsulotni o'simlik moyi bilan aralashtirib, eng
ko'p ishlatiladigan shirin bodom yog'i; ular terining eng ko'p uchraydigan
kasalliklarini
oldini olish yoki tinchlantirish uchun shifobaxsh malhamlarni tayyorlash
uchun
neytral kremlar bilan aralashtiriladi.
Aromaterapiya yordamida yog'larni og'iz orqali kuniga bir necha tomchi
miqdorida yog'larni qabul qilish kiradi; bunday foydalanish faqat shifokor
yoki
aromaterapist tomonidan tavsiya etilgan taqdirdagina amalga oshirilishi
kerak,
chunki mohiyat tarkibidagi moddalar juda konsentratsiyalangan va ba'zi
yog'lar
zaharli bo'lishi mumkin. Ushbu moddalar odatda juda jirkanch ta'mga ega
bo'lganligi sababli ularni asal yoki shakar bilan aralashtirish yoki meva
sharbatlari
yoki sutda eritib iste'mol qilishadi.
BALAND BO‘YLI ANDIZ - DEVYASIL VЫSOKIY - INULA
HELENIUM L.
O‘simlikning tarkalishi. O‘zbekistonning dasht va tog‘li
mintaqalarining
quyi va o‘rta qismlarida, hamda sernam joylarda, daryo va ko‘l bo‘ylarida
o‘sadi.
Tog‘ etaklarida lalmi sharoitda baland bo‘yli andizni ekib o‘stirsa bo‘ladi.
Baland bo‘yli andizni urug‘i qiyg‘och pishib yetilgach, ochilib
to‘kilishidan
oldinroq, guldorpoyalarni qirqish yo‘li
bilan yig‘iladi. Guldorpoyalar xirmonga
to‘planadi va shamoldan pana joyda 2-3
xafta saqlanadi. Keyin berk xonada
guldorpoyalar tuyiladi, Mayin urug‘lar
qopga joylanadi.
Ildizlarni yig‘ib olish uchun yer
ustki qismi qirqiladi va qoramolga yem
sifatida beriladi. Elevator tarzidagi lavlagi
yig‘ish mashinasi yoki kartoshka
kavlaydigan mashina yoxud ag‘darma
tishlari olib tashlangan mola yordamida
oktyabr-noyabr oylarida qazib olinadi.
Qazib olingan ildizlar tuproqdan tozalanib, sabzavot kesgich moslamada
maydalanadi va soyada quritiladi. Saqlash muddati 3 yil.
Hosildorlik gektar hisobiga 30-35 tsentnerni tashkil etadi.
Tibbiyotda qo‘llanilishi va kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda asosan
ildizi va
ildizpoyasi qo‘llaniladi. Andiz preparati balg‘am ko‘chiruvchi va
shamollashni
davolovchi yukori samarali dori vositasi hisoblanadi. Efir moylari
antiseptik va
gijja haydovchi xususiyatga ega.
Qora andiz ildizi va ildizpoyasi qaynatmasi - 10 g (1-2 osh qoshiq) xom
ashyosini sirli idishga solib, ustidan 200 ml qaynagan suv solib, idishning
qopqog‘i
yopiladi, so‘ng 15 minut suv hammomida isitiladi. Qaynoq holda kuniga
1
qoshiqdan har 2 soatda ichiladi.
Ildizpoya va ildizi tarkibida efir moylari 1-3 %, saponin, smola va
achchiq
moddalar mavjud. SHuningdek ildizida fridelin, dammaradiyenol,
fitomelan,
hamda ko‘p miqdorda inulin va psevdoinulinlar ham bor.MAYDA
GULLI TOG‘RAYHON – DUSHITSA
MELKOTSVETNAYA - ORIGANUM TYTTHANTHUM
GONTSCH.
O‘simlikning tarqalishi. Tog‘rayhon O‘zbekistonning barcha tog‘
zonalarining pastki va o‘rta qismidagi mayda toshli qiyaliklarida o‘sadi.
Tog‘rayhonning yer ustki qismi (80 sm uzunlikdagi poyasi) yalpi gullash
davrida (iyun oxirlari - iyul boshlarida) o‘rib olinadi. Buning uchun
bog‘qaychi,
o‘roqdan, katta maydonlarda esa silos yig‘adigan agregat yoki pichan
o‘rg‘ichdan
foydalaniladi. Bunda keskich qismlar va asboblar soz, o‘tkir bo‘lishi
zarur, zero
o‘tmas asboblar tog‘rayhon ekinini zararlaydi, o‘simlik xatto ildizi bilan
sug‘urilib
ketishi mumkin.
O‘rib olingan tog‘rayhon shiyponda 7 sm.gacha qalinlikda yoyilib,
baravar
qurishi uchun vaqti-vaqti bilan ag‘darib turiladi. Yaxshi qurigach, 2-2,5
sm katakli
g‘alvirdan o‘tkaziladi, gul va barglari poyasidan ajratiladi.
Hosildorlik gektar hisobiga 8-10 tsentnerni tashkil etadi.
Xom-ashyo tayyorlanishi va uning sifati. O‘simlik xom-ashyosi
yalpi
gullashining boshlanishida, iyul oyining
boshida yig‘iladi. Bunda faqat
novdalarining yuqorigi gullagan qismi
kesiladi. O‘rim muddatidan kechikkanda,
efir moylari va xom-ashyo sifati pasayadi.
Generativ novdalarining 2/3 qismi
kesiladi. Terilgan xom-ashyoni ayvon
tagida qog‘oz qo‘yib, 5-7 sm qalinlikda
yoyiladi va har zamon ag‘darib turiladi.
Keyin maxsus quritgichlarda 350S
haroratda quritiladi. Yanchilmagan
o‘simlikni qoplarga 5-15 kg,
yanchilganlarni esa 10-30 kg
joylashtiriladi. Quruq, havo yaxshi aylanadigan xonalarda saqlanadi.
Saqlanish
muddati 2 yil. Xom-ashyo namligi 13% dan oshmasligi kerak, efir moyi
absolyut
quruq holatiga hisoblanganda, 0,2% dan kam bo‘lmasligi kerak. Mog‘or
va
chirishlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Tayyor xom-ashyo mato qoplarga 25 kg.dan yoki toylarga 50 kg.dan qilib
joylanadi. U bir yilgacha saqlanadi.
Tibbiyotda qo‘llanilishi va kimyoviy tarkibi. O‘simlik markaziy
nerv
sistemasini tinchlantiruvchi, ovqat hazm qilish va bronxial bezlar
sekretsiyasini
kuchaytiradi. Qaynatmasi kuchli siydik haydovchi sifatida ma’lum.
Tog‘rayhon
shuningdek, ishtahani ochuvchi va turli xil shamollashlarda balg‘am
ko‘chiruvchi
sifatida ishlatiladi. Tomoq kasalliklarida chayqash va teri yiring
kasalliklarida
vanna qilinadi. Tarkibidagi efir moylari tish kasalliklarida og‘riqni
qoldiruvchi
hisoblanadi.
O‘simlik tarkibida oshlovchi moddalar, askorbin kislotasi, flavonoidlar va
efir moylari bor. Tog‘rayhon asalarilar uchun nektar manbai bo‘lib
hisoblanadi.
Kiyiko‘t va yalpizdan foydalanish usullari haqida umumiy
tushuncha.
Gulbandli kiyiko‘t – Ziziphora pedicellata (Lamiaceae).
Kiyik o‘ti (Zizifora) tukumi labguldoshlar (Labiatae) oilasiga mansub
ko‘p
yillik o‘simlik bo‘lib, respublikamizda bu turkumning 7 turi uchraydi.
Kiyik o‘ti
balandligi 40cm gacha yetadigan o‘simlik bo‘lib, poyasi ko‘p, asosi
yog‘ochlangan, biroz egilgan, ingichka, sernovdali, mayin tukchalar bilan
qoplangan. Bargi nashtarsimon, ponasimon, o‘tkir uchli, tukli yoki
momiq
tukchalidir. Poya hamda novdachalari uchidagi gullari bandli, mayin
tukchali
bo‘lib, to‘pgul shaklida joylashgan.
Kiyik o‘ti tog‘li rayonlarning asosan
shimoliy va janubiy yon bag‘rlaridagi
shag‘alli va toshli, soz va
qo‘ng‘irsimon tuproqli joylarda,
dengiz sathidan 2400m balandlikkacha
bo‘lgan joylarda tarqalgan.
Tarqalish joyi; Kiyik o‘ti asosan
Ugom, Chotqol, Pskom, Qurama va
Qorjontog‘da, Zarafshon, Aloy,
Turkiston, Nurota va Hisor tog‘
tizmalarida keng tarqalgan.
Respublikamizning Toshkent,
Namangan, Jizzax, Samarqand,
Qashqadaryo va Surxondaryo
viloyatlarining tog‘li tumanlarida
o‘sadi. Jizzax viloyatining Zomin,
Baxmal va Forish tumanlarida keng
tarqalgan. Mazkur o‘simlikning “Kiyik
o‘ti” deb atalishining asosiy
sabablaridan biri, bu kiyiklarning,
burama shoxli yovvoyi tog‘ echkilari
“marxo‘r”ning va yovvoyi tog‘ qo‘ylari “alqor”ning sevimli ozuqasi
ekanligidan
bo‘lsa kerak. Kiyik o‘tining tarqalgan joylarda albatta kiyiklarni, burama
shoxli
yovvoyi tog‘ echkisi “marxo‘r”ni va Seversov nomi bilan ataluvchi
yovvoyi tog‘
qo‘ylari “alqor”ni uchratish mumkin.
Kiyik o‘ti — xalq tabobatida
Ibn Sino zizifora bilan yiringli yaralar (chipqon, karbunkul) va
boshqalarni
davo qilgan. Bundan tashqari, o‘simlikning yer ustki qismidan
tayyorlangan
choylar tabobatda ayrim yurak tomir va buyrak kasalliklarida
ishlatiladi.Mahalliy aholi kiyik o‘tini ziravor sifatida turli taomlarga
qo‘shishadi,
chunki ularning tarkibida efir moylari, vitaminlar va odam organizmi
uchun zarur
bo‘lgan turli makro va mikro elementlar mavjud. Xalq tabobatida kiyik
o‘tlaridan
buyrak, yurak, jigar va oshqozon ichak hastaliklarini davolashda ishlatib
kelinadi.
Ilmiy tabobatda ularning damlamasi yurakning ish faoliyatini
yaxshilashda,
arterial qon bosimlarini pasaytirishda, hamda peshob haydovchi dori
vositasi
sifatida keng qo‘llaniladi. O‘simlikning yer ustki qismlari–poyasi, bargi
va
to‘pgullari tarkibida 2.5 foizgacha efir moylari, C, E, A vitaminlari,
biologik faol
moddalar, mentol, saponinlar kabi moddalar mavjud. Hozirgi vaqtda bu
yig‘ma
tibbiyot amaliyotida jigar hastaliklarini davolashda, ayniqsa sariq
kasalligi –
gepatitni samarali davolashda ishlatilmoqda. Kiyik o‘t nafaqat tabobatda
balki,
oziq-ovqat sanoatida ham keng qo‘llanilmoqda. Ana shu moddalar tufayli
kiyik
o‘ti yurak faoliyatini yaxshilaydi, qon bosimini pasaytiradi, asab tizimiga
ijobiy
ta’sir etib, tinchlantiradi. Qorin dam bo‘lishi, me’da aynishi, tish og‘rig‘i
va
charchoq, quvvatsizlikka shifo. O‘simlik tarkibidagi timol moddasi
gijjalarga va
mikroblarga qiron keltiradi. Shuningdek, kiyik o‘ti rak (saraton)
hujayralarini ham
yo‘qotish xususiyatiga ega. Yaralarning tez bitishiga yordam beradi.
Shuningdek,
“Safro haydovchi Xojimarov yig‘masi”ning asosiy tarkiblariga ham kiyik
o‘ti
kiritilgan. Uning asosida, professor Q.Xojimatov tomonidan
chanqoqbosti
shifobaxsh alkogolsiz “Toshkent” ichimligi yaratilgan.
Bundan tashqari kiyik o‘t turli “fitochoy”lar tarkibiga kiritilgan va
muvaffaqiyatli rivishda ishlatilib kelinmoqda. Alohida ta’kidlash joizki,
ayni
paytda kiyik o‘tidan sifati oshirilgan (boyitilgan) choylar tayyorlashda
foydalanmoqda. Bunda asosan olimlarimiz xalqimizning ko‘p yillik
tajribalariga
tayanib, turli “fitochoy”lar va “boyitilgan choylar” tayyorlashga va
yaratishga
muvofaqqiyatli erishmoqdalar.
Menthae piperitae – Qalampir yalpiz (Lamiaceae)
O‘simlik nomi Qalampir yalpiz Mentha piperita L labgulllilar oilasiga
kiradi. Ko‘p yillik, bo‘yi 30-100 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi bir
nechta, tik
o‘suvchi, to‘rt qirrali, tuksiz yoki
siyrak tukli. Bargi oddiy, cho‘ziq
tuxumsimon, yoki lansetsimon o‘tkir
uchli, qirrasi o‘tkir arrasimon.
Barglari poyada qisqa bandlari bilan
qarama–qarshi joylashadi. Gullari
mayda, qizil-binafsha rangda, poya
va shoxlar uchida g‘uj joylashgan.
Boshoqchasimon
gul
to‘plami
tashkil qiladi. Mevasi–kosacha barg
bilan birlashgan 4 ta yong‘oqcha.
Iyun
oyi
oxiridan
boshlab
sentyabrgacha gullaydi.Geografik tarqalishi Qalampir yalpiz
yovvoyi xolda uchramaydi. Asosan
Ukraina, Krasnodar o‘lkasida. Belorusiya
va Moldovada o‘stiriladi. O‘zbekistonda
qalampir yalpiz “SHifobaxsh” ilmiy
ishlab-chiqarish xo‘jaligida va maxalliy
aholi
tomonidan
tomorqalarda
etishtiriladi. Qalampir yalpizning ikki tur
xili bo‘ladi: qora qalampir yalpiz va oq
qalampir yalpiz. Oq qalampir yalpizning
poya va tomirlari oq yashil, qora qalampir
yalpizning poya va tomirlari esa, qizil–
binafsha rangda bo‘ladi.
Tibbiyotda qo‘llanilishi va kimyoviy tarkibi. Qalampir yalpiz
barglari
tarkibidagi efir moylarining miqdori janubiy rayonlarda 3%, shimoliy
rayonlarda
2-2,5% ni; efir moyidagi mentolning miqdori esa 50-55% tashkil etadi.
O‘simlikning efir moyi mentol, menton, metilatsetat, mentafuran, seneol
va boshqa
biogen moddalar saqlaydi.
Efir moylari parfyumeriya, oziq-ovqat sanoatida, alkogolli maxsulotlar
ishlab chiqarishda foydalaniladi.
O‘simlikning barglari efir moylaridan tashqari karotinga, organik
kislotalarga va boshqa birikmalarga boydir. O‘simlik barglaridan qontomirlarni
kengaytiruvchi va tetiklashtiruvchi xushbo‘y choylar, damlamalar
tayyorlanadi.
SHuningdek efir moyidan tayyorlangan yalpiz suvi va nastoykasi ko‘ngil
aynishga
va qusishga qarshi xamda ovqat xazm qilish jarayonini yaxshilashda
ishlatiladi.
YAlpiz suv og‘iz chayqash uchun eliksirlarga qo‘shiladi va miksturalar
ta’mini
yaxshilash uchun xam ishlatiladi.
O‘simlikning asosiy ta’sir etuvchi moddasi mentol quloq, burun, nafas
olish
yo‘llari kasalliklarida xamda tish og‘rig‘ini qoldirish uchun foydalaniladi.
Efir
moyi va mentol oziq – ovqat (karamel qand tayyorlanadi) va
parfyumeriya
sanoatida keng qo‘llaniladi. Bundan tashari nevralgiya, mialgiya,
artralgiya
kasalliklarida og‘riq qoldiruvchi sifatida, yana boshqa dorilar bilan qontomirlarni
kengaytiruvchi, tinchlantiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Mentol
validol,
valokardin preparatlari tarkibiga kiradi.
Dorivor preparatlari Mentol preparati yurak o‘tkir xurujlarida
ishlatiladigan validol tarkibiga kiradi. Bargidan damlama, efir moyidan
yalpiz suvi
tayyorlanadi. Bargidan tinchlantiruvchi, o‘t xaydovchi, oshqozon
kasalliklarida
ishtiladigan yig‘ma choylar, qorin og‘rig‘ini qoldiruvchi tabletka va
tomchilar
tayyorlanadi. Mentoldan bosh og‘rig‘ini qoldiradigan migren qalamchasi
xam
tayyorlanadi.
Sassiq kovrak va aloedan foydalanish usullari haqida
umumiy
tushuncha.
Sassiq kovrak – Ferula foetida (Apiaceae).
Sassiq kovrak – Apiaceae oilasiga kiruvchi ko‘p yillik monokarpik
o‘simlik.
Ildizi qalin. Poyasining balandligi 2 m, 6-10-yillarda paydo bo‘ladi. U
yuqori
qismida zich sharsimon to‘pgul – soxta halqani hosil qiladi. Barglari
yumshoq,
ostki qismi tukli, uch bo‘lakli-kesilgan, yirik segmentlardan iborat ikki
karra
patsimon bo‘lingan. Ildizbo‘g‘zi barglari yirik, poya barglari ancha kichik,
yuqori
qismidagi barglari qingacha qisqargan. Soyabonlari ko‘p sonli, yirik,
diametri 20
sm gacha, o‘ramabargsiz. Tojibarglari
och sariq rangda. Mevalari yassi,
ellipssimon yoki yumaloq-ovalsimon
shaklida, uzunligi 20 mm va eni 15
mm. Kovrakni boshqa turlaridan
(Ferula moschata (H. Reinsch) Koso
Pol.) xushbo‘y modda sifatida ishlatish
uchun sumbul ildizidan 1,4% efir moyi
olinadi. Dastlab bu o‘simlikda yirik
barg bandli to‘pbargi paydo bo‘ladi, 610 yilga kelib o‘rtasidan balandligi 3m
gacha va yo‘g‘onligi 10 sm gacha
etgan, bo‘lingan barglari va murakkab
soya bonli poyasi o‘sib chiqadi.
Tarqalish joyi; Sassiq kovrak Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Buxoro
viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Republikasida keng tarqalgan.
Ishlatilishi; Kovrak shirasi (sutli sharbat) asosan jazavada (vasvasa),
shuningdek, ichakdan havo haydovchi va balg‘am ko‘chiruvchi vosita
sifatida
ishlatiladi. Og‘riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi, ich suruvchi
xususiyatlarga ega.
Sassiq kovrak shirasi tarkibida boshlang‘ich ta’sir etuvchi modda – efir
moylari
bor. Uning davolovchi xususiyatlari ko‘p, ba’zi insonlar uning katta
dozasini ham
zararsiz hisoblashsa, ayrimlar zaharli sanashadi. Farmakopiyada
assafetida
jazavaga qarshi faol vosita sanaladi.
Veterinariya tibbiyotida u ichak va teri parazitlariga qarshi ishlatiladi.
tarkibida 60% ferula kislotasi, azaresitannol, kumarinlar, efir moyi,
vanilin va
boshqa bir qator moddalar mavjud.Sassiq kovrak shilimshiq chiqaradigan,
balg‘am tashlatadigan ta’sirga ega,
ko‘krak qafasini tozalab, ovozni tiniqlashtiradi (agar uni suvda eritib
ichsa,
xirillagan ovoz ochiladi; bundan tashqari u surunkali yo‘tal va xronik
ovoz
xirillashiga qarshi yordam beradi). Zaharga qarshi dori. Kovrakni zahar
ta’siriga
qarshi himoya sifatida ichish mumkin. SHuningdek, zaharlangan o‘q uchi
etkazgan
ochiq jarohatlarga ham uni surtib
zahar ta’sirini yo‘q qilish mumkin.
CHayon chaqqanda esa uni iliq
o‘simlik moyiga aralashtirib, chaqqan
joyga surtish kerak. Kovrak ko‘rish
qobiliyatini yaxshilaydi, katarakta,
ko‘z
kasalliklari
va
shishlarini
davolaydi. Agar tez-tez yoshlanadigan
ko‘zlarga uni asal bilan aralashtirib
surma kabi sursa, u ko‘z yoshlarining
tez-tez kelishi oldini oladi. Agar uni emirilgan tishga qo‘ysa, u og‘riqni
sekinlashtiradi. U quloq og‘riqlarini (quloqning shang‘illashi) va
surunkali qulog‘i
og‘irlik (karlik)ni davolaydi. Bu uchun uni moyda qaynatib quloqqa
tomizish
lozim. Kovrak artrit va bo‘g‘im og‘riqlarini davolashda yordam beradi. U
asab
kasalliklarini davolashda samarali vosita hisoblanadi. Masalan, yuz falaji
bor
bemorlarga uni yuz terisiga surtib singdirmoq kerak, oddiy falajlik va bel
og‘riqlarida, asablar zaiflashganda ham yordam beradi. Agar uni suyuq
dori
sifatida ichsa, yoki malham dori sifatida surtsa, u
ishias, son va boldirlardagi og‘riqlarni bartaraf
etadi. Sassiq kovrak qonni tozalaydi va bezgakni
yo‘q qiladi. Ichga qabul qilganda kovrak bodlarni
chiqaradi, qorin bo‘shlig‘ida turib qolgan qonni
tozalaydi va sanchiqlarni yo‘q qiladi. Surunkali
diareyadan aziyat chekayotgan bemorlar uni 2
gramm miqdorida tanovul qilib, dardlaridan
qutulishlari mumkin. U ichaklardagi yaralarni
davolashda yordam beradi, ichdagi qurtlarni
chiqaradi. Bundan tashqari, u jigar va oshqozon
uchun ham foydalidir. U ichki shishlarni va zararli
suyuqliklarni so‘rilishiga yordam beradi. Istisqo,
sariq kasali va taloq shamollashini davolaydi va
organizmda ushlanib qolgan zararli bug‘larni (bod va suyuqlik
zarrachalari)
chiqartiradi. Hozirgi kunda tibbiyot saraton va boshqa kasalliklarni
davolashda
kovrakdan foydalanib kelmoqda va bu yaxshi natijalarni bermoqda.
Kosmetologiya
sohasida undan temiratki, sepkil, so‘gal va chandiqlarni yo‘q qilishda
foydalaniladi. Alopetsiya (soch to‘kilishi)da esa u iste’mol sirkasiga
aralashtirib
qo‘llaniladi.
Aloe africana – Africa aloesi (Asphodelaceae)O‘simlik nomi:
Africa aloesi Asli vatani Afrika bo‘lgan bu o‘simlik
yurtimizga bir necha asrlar oldin kirib kelgan. Aloe (Aloe) –
Asphodelaceae
oilasiga mansub doim yashil, kup yillik oʻtlar (ba’zan daraxtlar) turkumi.
Tropik va
subtropik mintaqalarda oʻsadi. Qariyb 180 turi ma’lum. Hozir
diyorimizda
aloening turfa turlari mavjud. U manzarali va shifobaxsh o‘simlik sifatida
xonadonlarda o‘stiriladi.
Geografik tarqalishi Africa aloesi yovvoyi xolda Africada uchraydi.
Evropa va Osiyo qit’alariga intraduksiya qilingan.
Xalq tabobatida aloe bargidan va uning shirasidan turli kasalliklarni:
oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yaralarni, o‘pka silini va boshqalarni
davolashda foydalaniladi. Tarkibida bakteriyalarning ko‘payishining
oldini oluvchi
modda bor. Shuning uchun ham uning bargidan ari chaqqanda, terini
pichoq yoki
boshqa narsa bilan kesib olganda yiringlab ketmasligi uchun aloe bargini
o‘rtasidan uzunasiga yorib, dardmand joyga qo‘yib bog‘lanadi. Arining
zahrini
ham ketkazadi.
Tibbiyotda qo‘llash uchun aloening yangi yig‘ilgan bargidan shira
olinadi
va spirt bilan konservalanadi. Shira bakterisid xususiyatiga ega bo‘lib,
kuygan
joyni, yuqumli va boshqa yaralarni hamda me’da va ichakning ba’zi
kasalliklari
(kolit, gastrit va h.k.) davolashda ishlatiladi. Aloening suvli ekstrakti
immunostimullovchi xususiyatga ega bo‘lib, organizmni turli
kasalliklardan
himoya qiladi. Shuningdek, biogen stimulyatorlarga boy aloe barglaridan
kanakunjut yog‘i hamda ekvalipt efir moyi qo‘shib, aloe emulsiyasi
tayyorlanadi.
Ushbu preparatlar organizmning kasalliklarga qarshi kurashish
qobiliyatini
oshiradi. Shuning uchun aloe bargidan tayyorlangan stimulyatorli suyuq
ekstrakt
ko‘z kasalliklari (konyunktivit, ko‘z shishasimon tanachasining
xiralashishi va
h.k.)ni surunkali artrit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasini ham
davolashda keng qo‘llaniladi. Aloe emulsiyasi teri kasalliklarini (quruq
va ho‘l
epidermit) hamda nur bilan davolash natijasida 2-, 3- darajali kuygan
joylarni
tuzatishda ishlatiladi.Ginekologik xastaliklarda ham odatda aloe bargi
shirasidan bachadon
eroziyasi kasalligiga qarshi davolanadi. U nafaqat dorivor o‘simlik balki
ishtaha
ochuvchi hamdir.
O’zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan dorivor o’simliklar
haqida
umumiy tushuncha.
Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming (shundan 500 mingi gulli
o'simliklar)
o'simliklar turlari mavjud bo'lib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7
foizi uchun
suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil bo'lishi va ularning
yo'qolib
ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni bo'lib, yerda geologik
sharoitlarning
o'zgarishiga ham bog'liqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu
tabiiy
jarayon buzila boshladi, hayvon va o'simliklarning antropogen (inson
faoliyati)
ta'sirlari natijasida yo'qolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam
tomonidan
yangi yerlarni, orollarni o'zlashtirilishi natijasida butun sayyora
masshtabida fauna
va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda.
Keyingi
yillarda har yili 1 tadan o'simlik turlari yo'qolib ketmoqda. Hozirgi vaqtda
juda
ko'p o'simliklar turlari butunlay yo'qolib ketish xavfi ostida turibdi.
O'simlik va
hayvon turlarining tobora yo'qolib borish xavfi mamIakatlar va butun
dunyo
miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish
ehtiyojini
tug'dirmoqda.
1948-yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi
tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma
ishlarni
birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro'yxat»ni chop
etdi, unda
batamom yo'qolib ketgan hayvonot turlari ro'yxati keltirilgan.
«Qizil kitob» xavf-xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo'qolib ketayotgan
o'simlik va hayvonlarning turlari to'g'risida ma'lumotlar berilgan
O'zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli
o'simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko'pgina
kamyob,
endem va relikt turlar mavjud. Bunday turlarning soni 350 ga yaqin bo'lib,
ular
O'zbekiston florasining 10-12 % tashkil qiladi. O'zbekiston florasining
yo'qolib
ketish xavfi ostida turgan 163 tur o'simlik «Qizil kitob»ning 1984-yilgi
nashriga
kiritilgan, yangi «Qizil kitob»da esa (1998) kiritilgan o'simlik turlarining
soni 301
ta, «Qizil kitob» ning 2006- yilgi nashrida 305 ta, «Qizil kitob» ning
2009-yil
nashrida yo'qolib ketish xavfi ostida turgan turlar soni 324 ta tashkil etdi,
«Qizil
kitob» ning 2009-yil nashrida 314 o'simliklar ro'yhati keltirilgan.
O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»ida o'simliklarning har bir turi,
oilasi,
avlodi, turkumi tartibida alfavit bo'yicha ro'yxatga olingan va har bir
o'simliklarning ko'rgazmali tarzda suratlari keltirilgan. Bu o'z navbatida
noyob va
yo'golib borayotgan o'simliklar turlari to'g'risida keng omma tomonidan
anig
tasavvurga ega bo'lishlariga yordam beradi. «Qizil kitob» muhofaza
choralarini kuchaytirish, go'rigxona va buyurtma
hududlarini kengaytirish, yowoyi o'simliklar bilan savdo-sotiqni tartibga
solishda
litsenziyalar tizimini joriy qilish kabi bir talay muhim tadbirlarni kun
tartibiga
qo'yadi. Qisqa qilib aytganda, bu kitob barcha o'simlik va hayvonotni
muhofaza
qilish borasida gonun asoslariga tayangan muhim hujjat hisoblanadi.
Kitobga kiritilgan o'simlik turlari 4 kategoriyaga bo'lingan:
«0» maqomi borilgan o'simlik turlari yo'golgan yoki yo'qolish arafasida
turgan o'simliklardir.
«1» magomidagi o'simliklar turlari esa yo'qolib borayotgan turlardir.
Bunga yo'qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus
muhofaza qilishni talab etadigan o'simlik turlari kiritilgan.
«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma'lum kichik
maydonlarda o'ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo'qolib ketishi
mumkin
bo'lgan va ularning saqlanishini ta'minlash uchun jiddiy nazoratni talab
etuvchi
turlar kiradi.
«3» maqomidagi o'simlik turlari kamayib borayotgan o'simliklardir. Bu
guruhga kiritilgan o'simlik turlari ma'lum vaqt ichida soni va tarqalish
maydonlari
tabiiy sabablarga yoki antropogen omillari ta'siri ostida qisqarib
ketayotgan turlar
kiradi.
Quyida O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan dorivor
o’simliklardan bozulbang, kovrak, shirach, yetmak, piyoz va lola kabi
turkumlarning bir qancha turlari keltirilgan. Quyida biz bozulbang
turkumiga
mansub sarxush bozulbang bilan tanishamiz.
Lagochilus inebrians – sarxush bozulbang (Lamiaceae).
Sarxush bozulbang - Lamiaceae oilasiga mansub yarim buta, balandligi
2460 sm, o‘q ildizli, sharsimon shakl beruvchi ko‘p sonli tik turuvchi, oddiy
yoki
shoxlangan tikanli poyalardan
iborat. Barglari qarama-qarshi,
keng tuxumsimon, uchga, beshga
bo‘lingan, ko‘p sonli tukchalari
va bezli tukchalari bor. Gullari 46 ta dan qo‘ltig‘dan chiqqan
yarim
xalqada,
uzun
boshoqsimon
to‘pgulda
to‘plangan.
Kosachabarglari
qo‘ng‘iroqsimon, voronkosimon
kengaygan, 5 ta egilgan tikanli
tishlarga
ega,
gultojibarglari
pushti, ikki labli, yuqori labda uzun tik turuvchi tukchalari bor. Mevasi
senobiy
(bo‘linadigan meva), uzunligi 3-4 mm bo‘lgan, silliq sarg‘ish-kulrang 4 ta
yong‘oqchadan iborat. May-iyulda gullaydi, urug‘lar avgust-sentyabrda
pishadi.Tarqalishi: Bozulbang O‘zbekistonning
Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarining tog‘
oldi adirlarining shag‘alli qiyaliklarida o‘sadi.
Uning maydoni juda cheklangan. XX asrning 80yillarida uning haddan tashqari xom ashyosi
yig‘ilganligi tufayli tabiiy senopopulyasiyalari
deyarli
yo‘q
qilingan.
Tur
O‘zbekiston
Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan (2019).
Tibbiyotda
o‘simlikning barglari va
gullaridan foydalaniladi. Xom ashyoning asosiy
qismi
kosachabarglardan
iborat.
Barglari
maydalangan, kulrang-yashil rangga ega, ikkala
tomoni ham tuklangan, hidi kuchsiz, xom ashyoni
ishqalashda kuchayadi, ta’mi achchiq. Namlik
miqdori 13% dan, umumiy kul miqdori 11% dan,
o‘simlikning boshqa organlari 3% dan, teshiklari diometri 1 mm bo‘lgan
elakdan
o‘tgan ezilgan qismlar 2% dan, organik aralashmalar 1% dan, mineral
aralashmalar
1% dan oshmasligi kerak. Xom ashyo tarkibida lagoxilin miqdori kamida
0,5%
bo‘lishi kerak.
Kimyoviy tarkibi: O‘simlikning gullari va barglarida to‘rt atomli spirt
bo‘lgan lagoxilin mavjud. Barglarda, shuningdek, efir moyi (0,03%),
taninlar (1114%), shakar, organik kislotalar, askorbin kislotasi, karotin, K vitamini,
mikroelementlari, kalsiy tuzlari, ildizlarda – taninlar va shakar mavjud.
Saqlash.
Quruq xonada tokchalarda saqlanadi.
Ishlatilishi: Bozulbang kelib chiqishi turli xil (klimaks oldi, yuvenil,
bachadon fibromatozi, jarohat, bavosil, o‘pka, burun va
boshqalar sababli) qon ketishida, shuningdek, operatsiyadan
oldidan qon ketishining oldini olish, tish oldirish, ko‘p
miqdorda og‘ir hayz ko‘rishdan oldin, gemofiliya, Vergolf
kasalligi,
SHenleyn-Genox
kasalliklari
va
boshqa
gemorragik diatezida yordamchi vosita sifatida ishlatiladi.
Gemofiliya bilan og‘rigan bemorlarda bozulbang preparatlari
ta’sirida qon ketishi kamayishi, bo‘g‘imlarda va teri osti
to‘qimalarida gematomalar tezroq so‘rilishi, qonda
antigemofil gamma globulinlari miqdori oshishi kuzatilgan.
Gemofiliyada bozulbang preparatlari ichga qabul qilinadi va
tashqariga ham qo‘llaniladi. Bozulbang damlamasi bilan
doka namlanadi va ular qon ketadigan to‘qimalarga
qo‘yiladi. Glaukomada bozulbang damlamasi ichish uchun
buyuriladi. SHuningdek, u revmatizm bilan og‘rigan
bemorlarni kapillyar o‘tkazuvchanligini kamaytirish va
salitsilatlarning gipokoa-gulyasion ta’sirini kamaytirish uchun hamda
hissiyotni
pasaytiruvchi vosita sifatida kompleks davolashda ishlatiladi. Bozulbang
preparatlari yuqori harorat va kuchli quyosh nurlanishi sharoitlarida
insonning ish
qobiliyatini va chidamliligini oshiradi. Markaziy asab tizimining
funksional
kasalliklari bo‘lgan bemorlarda bozulbang preparatlarini qo‘llashda
ijobiynatijalarga erishilgan. Klinik sog‘ayishning asosi preparatning
tinchlantiruvchi
ta’siri hisoblanadi, natijada uyqu yaxshilanadi, ta’sirchan
qo‘zg‘aluvchanlik,
yig‘loqilik va boshqa alomatlar yo‘qoladi. Bolalardagi ekssudativ
diatezda
bozulbang damlamasi ichga qabul qilinadi, shuningdek, 0,1-0,5%
damlamali
vannalar boshqa dorivor preparatlar bilan birgalikda ishlatiladi.
Ekzema va qizil yassi lishay bilan og‘rigan bemorlarda bozulbang bilan
davolashning ijobiy natijalari ham qayd etilgan. Damlama (1:20) 1 osh
qoshiqdan
kuniga 3 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi 1,5-2 oyni
tashkil
qiladi.
Bozulbang damlamasi o‘simlik barglaridan 1:10 yoki 1:20 nisbatda
tayyorlanadi. Barglar 5 mm dan ko‘p bo‘lmagan zarracha kattaligida
eziladi, ustiga
xona haroratidagi suv quyiladi, qaynayotgan suv hammomiga qo‘yiladi,
15 daqiqa
davomida tez-tez aralashtirib isitiladi, xona haroratida 45 minut sovutiladi.
Tinchlantiruvchi vosita sifatida damlama kattalarga kuniga 3-6 marta 1
osh
qoshiqdan buyuriladi. Damlama dozasi kasallikka qarab o‘zgaradi.
Surunkali qon
ketish va ginekologik operatsiyalardan so‘ng qon yo‘qotilishining oldini
olish
uchun kuniga 3-5 marta 2 osh qoshiq damlamadan ichiladi. Gemorragik
diatez
uchun damlamadan kuniga 3-5 marta 1/2 stakandan ichish tavsiya etiladi.
Mahalliy
foydalanish uchun aseptika qoidalariga rioya qilgan holda 1:10 nisbatda
damlama
tayyorlanadi.
Bozulbang nastoykasi – o‘tkir ta’mga ega tiniq aromatik suyuqlik.
Bozulbang barglaridan 70% li spirtda tayyorlanadi. 1 choy qoshiqdan
kuniga 3
marta 1/4 stakan suv bilan qo‘shib ichiladi. Xavfli qon ketishni to‘xtatish
uchun –
har 2 soatda 1/4 stakan suvga 1-2 choy qoshiq nastoyka solib ichiladi.
Qon
ketishining kamayganda nastoykaning kunlik dozasi kamaytiriladi.
Gemorragik
diatezda kuniga 5 marta 3 choy qoshiqdan qabul qilish uchun buyuriladi.
50 ml
shisha flakon idishlarda chiqariladi.
Ferula tadshikorum – Tojik kovragi (Apiaceae)
Tojik kovragi Ziradoshlar oilasiga mansub, ko‘p yillik monokarp o‘simlik
bo‘lib, bo‘yi 1,5-1,8 m, kuchli sarimsoq hidga ega. Ildizi yo‘g‘on, vertikal
ildizpoyali. Oddiy kaudeksli.
Umumiy tarqalishi: O‘rta Osiyo (janubiy-g‘arbiy Pomir-Oloy), Janubiy
Tojikiston va janubiy O‘zbekistonning endemi.
«O‘zbekiston florasi» ning 6 tomlik monografiyasida mazkur tur
keltirilmagan,
lekin
o‘simlik
O‘zbekistonning
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarida
uchraydi. Mazkur tur 2017 yil dala tadqiqotlari davomida
yig‘ilgan gerbariy materiallari namunalari mualliflar
tomonidan aniqlanib, keyinchalik M. Pimenov tomonidan
tasdiqlangan.
Tojik kovragi yoqimsiz hidga ega qatron saqlaydi.
Barglari quritilgan holda chorva mollari uchun em-xashak
sifatida foydalaniladi. Vegetatsiya davrida barglarida (xom
ashyoning quruq vazniga nisbatan % hisobida): protein
22,75, oqsil 18,25, eruvchan shakarlar 1,1, gemitsellyuloza
3,15, kletchatka 12,81, yog‘lar 3,3, barg bandlarida –gemitsellyuloza 5,99,
sellyuloza 21,7, protein 7,02, oqsil 5,31, yog‘lar 1,88, kul
10,41 mavjud. Mevasidan terpenoid kumarinlaridan tajikorin va tajiferin
ajratib
olinadi, ularda yoqimsiz hidga ega 0,6% efir moyi mavjud. Bahorda aholi
tomonidan yosh poyalari istemol qilinadi. Qatron asosan ildizidan tibbiy
maqsadda
yig‘ib olinadi. Hozirgi vaqtda qatronni yig‘ish bo‘yicha texnologik
ko‘rsatmalar
ishlab chiqilmoqda. Agar texnologik ko‘rsatmalarga rioya etilsa, o‘simlik
xom
ashyosining yig‘imidan keyingi ikkinchi yilda qayta o‘sib, tabiiy
populyasiyalariga
hech qanday zarar etkazilmaydi.
Ferula tadshikorum va Ferula
kuhistanica populyasiyalari Bobotog‘
o‘rmon xo‘jalik hududida Quruqsoyda
qayd etilgan. Tashqi tomondan biroz
farqidan tashqari, tojik kovragi o‘tkir
sarimsoq hidi bilan ajralib turadi.
Ferula turkumi turlari o‘zida
shira, efir moyi, ildizlarida esa ko‘p
miqdorda uglevod va oqsil moddalari
saqlaydi. Turkumning alohida turlari
qadimdan dorivor o‘simlik sifatida ma’lum bo‘lib, o‘rta asrlardan buyon
tabiblar
tomonidan ahamiyatli hisoblanadi. Zamonaviy farmakognostikada Ferula
turkumi
turlarining shirasi gummishiralar ichida efir moyi aralashmasi tufayli
«dorixona
shirasi» nomli guruhga kiradi. Ular Fetida, sagapen, galbana, sumbul va
ammoniakum nomlari bilan yuritiladi. Mazkur
shiralarning kelib chiqishi bo‘yicha ma’lumotlar
xilma-xil. Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, fetida
atamasining kelib chiqishi F. foetida nomi bilan
bog‘liq. Mazkur mahsulot yoqimsiz sarimsoq hidga
ega shira aralashmasi (31,35%) va efir moyi (6-9%)
saqlaydi. Mahsulotning tarkibi quyidagicha: efir
moyida erigan shira – 61,4%, erimagan shira –
0,60%, gummilar – 25,10%, vanilin – 0,0696%,
erkin ferula kislotasi – 1,2896%. Ferula kislotasidan
H2SO4 bilan gidrolizlash orqali umbelliforon hosil
bo‘lib, buning natijasida gvayakol ajralib chiqadi.
SHiraning spirtli eritmasini nitrifikatsiyalash orqali
pikrin kislotasi hosil bo‘ladi. Efir moyining
yoqimsiz hidi sulfidlar tufayli bo‘ladi. Moy quyidagi moddalarni saqlaydi:
pinen
S10N15 6-8%, disulfid C7H14S3 4,5%, disulfid C11H20S2 20%,
keyinchalik
(C10H15O)n, C8H10S2 va C10H18S2.
Farmatsevtikada qon to‘xtatuvchi boylam sifatida foydalaniladi. Qadimgi
tabobatchilikda bu shira amenoreya kasalligini davolashda kataralga
qarshi vosita
sifatida tavsiya etilgan. Bundan tashqari, o‘simlik kuchli antigelmint
hususiyatiga
ega
Istiqbolli yangi o‘simliklarning turlarini izlash.
Bu borada olib boriladigan ishlar bir necha yo‘nalishlarda olib boriladi.
birinchidan qardoshlik turlarini kimviy tarkiblari va farmakologik
ta’sirlari bir
birlariga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Shuning uchun so‘nggi vaqtlarda
ilmiy
tibbiyotda ishlatilib kelinayotgan dorivor o‘simlikning qardoshlik
bo‘yicha boshqa
yaqin turlari ichidan zahirasi ko‘p, etarli bo‘lganlarini izlash bo‘yicha olib
borilayotgan tadqiqotlar dolzarb masalalardan bo‘lib qolmoqda. Shuni
ham
takidlash lozimki, agar doimiy ishlatilib kelinayotgan o‘simliklarni
o‘rnini bosa
oladigan yangi turlari topilsa, doimiy ishlatilib kelingan joylardagi
o‘simliklar
zahirasini kamayib ketishini oldini olingan bo‘ladi, hamda ularni
kamaygan
joylardagi zahiralari ham tiklanishi tezlashadi. Ularga misol qilib
bo‘ymadaron,
kiyik o‘ti, achchiq ermon, samarqand bo‘znochi va boshqalarni keltirish
mumkin.
Xalq tabobati tajribalarini o‘rganish orqali, olib borilgan fitokimyoviy
tadqiqotlar natijasida ishlatilib kelinayotgan offitsinal dorivor o‘simliklar
qatorini
istiqbolli boshqa o‘simlik turlarini hisobiga boyitish mumkin bo‘ladi,
hamda ular
tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi mumkin.
6. Zahirasi chegaralangan dorivor o‘simliklarni
madaniylashtirish va
ekish. Bu dorivor o‘simliklarni himoya qilishni ixtisoslashtirilgan shakli
bo‘lib,
o‘simliklarni iqtisodiy jihatidan samarali ekib hosil olish yo‘nalishiga
qaratilgan.
Bu usul birinchi navbatda ta’minlay oladigan tabiiy zahirasi bo‘lmagan
dorivor
o‘simliklar xom ashyolari (tirnoqgul, qalampir yalpiz, dorivor
moychechak,
bo‘ymadaron, achchiq shuvoq va boshqalar), etarlicha tarqalmagan
dorivor
o‘simliklar bo‘lib, sanoat miqyosida ishlab chiqarish ehtiyojini qondira
olmaydi
(yapon soforasi, do‘lana turlari, arslonquyruq, adonis turlari) shuning
uchun ularni
suniiy plantatsiyalarini yaratish zarur.
Ayrim o‘simlik turlarini himoya qilishni eng ishonchli, samarali
usullaridan
biri, o‘simliklar urug‘lari bankini yaratish bo‘lib, o‘simlikni toza genetik
materiali
saqlanib, u ilmiy va amaliy maqsadlar uchun foydalaniladi.
Masalan Betula tianschanica turini muhofaza qilish:
CHodaksoy va
SHohimardon havzasi florasida B. tianschanica turini saqlab qolish
uchun sun’iy
ravishda ko‘paytirish ishlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek yo‘qolib ketish
havfi
ostida qolgan qayinzor jamoasini in-situ sharoitida saqlab qolish va
muhofaza
qilish chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarur.
Quyida keltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish qayinzorlar jamosini
saqlab qolishga imkon beradi. B. tianschanica daraxtining yosh
novdalaridan
qalamchalar tayorlash; tayorlangan qalamchalarni sernam, dag‘al tuproqli
erga
o‘tkazish; ildiz olgan qalamchalarni 3-4 yil mobaynida niholxonalarda
parvarishlash; etilgan Qizil qayin ko‘chatlarni Qayinsoy hududiga
o‘tkazish;
o‘tkazilgan ko‘chatlarni chorva mollaridan himoyalash uchun atrofini
tikonli
butalar bilan o‘rash; mazkur hududda o‘rmon xo‘jaligi xodimlar
nazoratini,
muhofaza choralarini kuchaytirish zarur. Mazkur tadbirlarni CHodaksoy
havzasining Sansalaksoy, Kandag‘onsoy, O‘riklisoy hududlarida,
qolaversa
SHohimardon havzasida va anrtopogen ta’sir natijasida o‘simlik jamoasi
qisqargan
barcha tog‘ daryo vodiylarida qo‘llash kerak.Mazkur hududlarda qayin
daraxtlarini noqonuniy kesish, ularga zarar
etkazish yoki yo‘q qilish uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda
tutuvchi
kompleks chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarur.
Qayinzorlarni sun’iy ravishda ko‘paytirish orqali tabiatni bu o‘simlik turi
bilan boyitishimiz, tog‘li hududlarda o‘simlaklarni cho‘llanish darajasini
kamaytirishimiz mumkin. Bundan tashqari, qayinzorlar
tog‘ yonbag‘irlarining suv
rejimini yaxshilaydi, tuproq hosil bo‘lish jarayoniga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi va
boshqa o‘simliklar uchun qulay muhit yaratib, ularning mahsuldorligini
oshishiga
yordam beradi
Download