Uploaded by Ziyodulla Otamurodov

MA`ruza 1 zamonaviy kompyuterlarning texnik va dasturiy ta`minot

advertisement
MA`RUZA 1 ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING TEXNIK VA
DASTURIY TA`MINOTI
REJA:
1. Kompyuterlarning texnik ta’minoti.
1.1Kompyuter turlari
1.2Asosiy va qo`shimcha qurilmalari
2. Kompyuterning
dasturiy
2.1.
Sistemaviy
dasturiy
2.2.
Amaliy
dasturiy
2.3.
Dasturlash
texnologiyasining
uskunaviy
ta’minoti
ta’minot.
ta’minot.
vositalari.
Kompyuter – inglizcha so‘z bo‘lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u
hozirda hisoblovchi bo‘lmasada, matnlar, tovush, video va boshqa ma‘lumotlar
ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi –
Kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma‘lumotlarni qayta ishlashdan
ibora. Avvalo shuni aytish lozimki, ko‘pchilik tushunchasida go‘yoki biz
kundalikda foydalaniladigan faqat SHK bor xolos. Bunga albatta sabablar ko‘p.
Shulardan biri hozirgi zamon SHK lari ilgari universal deb hisoblangan
Kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketgan bo‘lsada,
ikkinchi tomondan ko‘p masalalarni yechish uchun bu Kompyuterlar
foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirgi Kompyuter termini ko‘p
uchrasada, shu bilan birga EHM (Elektron Hisoblash mashinalari), HM (hisoblash
mashinalari) terminlari ham hayotda ko‘p ishlatilib turiladi. Ammo biz soddalik
uchun faqat Kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli
xillari mavjud:
Raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtrilgan. Ammo,
raqamli Kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi,
hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi
uchun, ulardan ko‘proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan
mamlakatlarda Kompyuterlarning 5 guruhi keng qo‘llanilmoqda. Kompyuterlarni
xotirasining hajmi, 1 sek. da bajaradigan amallar tezligi, ma‘lumotlarning razryad
to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, 5 guruhga bo‘lish mumkin:
- super Kompyuterlar (Super Computer)
- blok Kompyuterlar (Manframe Computer)
- mini Kompyuterlar (MiniComputer)
- shaxsiy Kompyuterlar (PC- Personal Computer)
- bloknot (Noutbook) Kompyuterlar.
Super Kompyuterlar (TOR 500 Kompyuterlar) – juda katta tezlikni talab
qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun uchun mo‘ljallangan
bo‘ladi.
Bunday masalalar sifatida ob havoning global prognoziga oid masalalarni uch
o‘lchovli fazoda turli oqimlarning ketishini o‘rganish masalalari, global
informatsion sistemalar va hakozolarni keltirish mumkin. Bu Kompyuterlar 1
sekundda o‘n trillon amal bajaradi. Super Kompyuterlarga AQSH energetika
vazirligining Sandiya laboratoriyasida o‘rnatilgan 9472 protsessorli Intel ASCI
Red Kompyuter sistemasi karvonboshlik qilmoqda.
Shuni qayd lozimki, superKompyuterlarning ma‘lum yo‘nalish masalalarini
yechishga qaratilgan turlari xam mavjud.
Bu yerda Kompyuterlar tezligini o‘lchovi – Linpacr parallel testida
1 TFLOPS-bu 1000 GFLOPSga teng, 1 GFLOPS esa-1000000 FLOPS
ga, 1FLOPS- sekundiga 1000 amalga teng.
Xususan bu Kompyuterlar yadro sinovlarini va eskirgan yadro qurollarini
modellashtirishda qo‘llaniladi.
Super
Ishlab
R Kompyuter- lar chiqaruvchi
eyt rusumi
davlat
ing
1
Intel ASCI
AQSH
Red
2
SGI ASCI
AQSH
Blue
3
SGI
AQSH
T3E1200
4
Hitachi SR
Yaponi
8000
ya
5
SGI T3E900
AQSH
Nomlari
Intel
(AQSH)
SGI
(AQSH)
SGI
(AQSH)
Hitachi
Yapon
SGI
Protses
sor rusumi
Quvvati
(GFLOPS)
9472
1338
6144
634
1084
430
128
368
1324
264
Blok Kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni
yechishga mo‘ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super
Kompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‘ona past. Bularga misol sifatida
AQSH ning CRAY (kray), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous
6000, Yaponiyaning M1800 rusumli Kompyuterlarini va boshqalarni misol qilib
keltirish mumkin.
Mini Kompyuterlar (kichik Kompyuterlar)- hajmi va bajaradigan amallar
tezligi jihatidan blok Kompyuterlardan kamida bir pog‘ona pastdir. Shuni aytish
joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy Kompyuterdek
kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday Kompyuterlar turkumiga ilk
bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv
protsessori), ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan VAX, SUN turkumli
Kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqa mini
Kompyuterlar misol bo‘la roladi.
Shaxsiy Kompyuterlar-hozirda ko‘pchilik
foydalanuvchilar IBM rusumidagi Kompyuterlardan
keng foydalanishmoqda.
IBM rusumiga
mos Kompyuterlar deganda, ham programma
ta‘minoti mosligi, texnik ta‘minoti mosligi, ya‘ni birbiriga mos kelishi nazarda
tutilgan.
Bunday
Kompyuterlar Pentium 3,4 va 750-1000
megagertsni, xotira hajmi 64128, 512 megabaytni tashkil
qiladi.
U quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:
- sistema bloki
- monitor
- klaviatura
- sichqoncha
- tashqi qurilmalar
- Sistema bloki- yassi (desktop) yoki minora (town) ko‘rinishida ishlab
chiqariladi. Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo‘lib,
ular quyidagilardir:
- Tezkor xotira (RAM- Random Access Memory –ixtiyoriy kirish mumkin
bo‘lgan mikroprotsessor. Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.
- Registr-ma‘lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun
mo‘ljallangan qurilma. Har bir registr o‘z navbatida triggerlardan tashkil topgan.
Trigger-bu kichik kondensator bo‘lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda 1 ni ,
aks holda 0 ni ifodalaydi.
Registrdagi triggerlarning miqdori Kompyuterni necha razryadli ekanini
bildiradi. Registrlar-bu yacheykalar deb xam yuritiladi. Bu yacheykalarning xar
bir razryadida bir bit axborot joylashadi ya‘ni 0 yoki 1
Razryadlar soni deganda bir vaqtda qayta ishlanadigan ikkilik razryadlar
soni tushiniladi.
- Qurilmalar nazoratchilari (bu kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan
ta‘minlash bloki).
- Yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver)
- Qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver)
- Faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan lazer disk qurilmasi (CD-ROM Compact
Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalardan iborat.
- Sistema blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali
ko‘plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
- Ular mos ravishda LPT1, LPT4 va COM1 – COM3 deb nomlanadi. Odatda
LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar
ulanadi.
- Monitor. Monitor (displey) Kompyuterda matn va grafik ma‘lumotlarni
tasvirlash ko‘rish uchun ishlatiladi. Monitorlarning har xil ko‘rinishlari mavjud,
ya‘ni ular o‘zidan chiqaruvchi past radiatsiyali (Lowe radiation) so‘zlarini
uchratish mumkin.Shuning uchun inson organizimiga tas‘iri juda kam miqdorda
bo‘lgan 17-21 dyuymli SVGA (Super Video Grafic Adapter-ya‘ni katta video
grafik adapter) monitorlar ishlab chiqarilmoqda.
- Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan
beriladi. Masalan: 14 dyuymli Kompyuterlarda tasvirlash qobiliyati 800 x 600, 15
dyuymli monitorda 1024 x 768, 17 dyuymli monitorda 1280 x 1024 va 21 dyuymli
monitorda 1600 x 1200. Bundan tashqari ularning yana bir xususiyati piksellar
sonining kata kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800 x 600 ga teng bo‘lgan
monitorlarda piksel 0,31 mm ga , 1024 x 768 ga teng bo‘lgan monitorlarda esa
piksel 0,28 yoki 0,25 mm teng bo‘lishi kerak. Monitorning tez ishlashi adapterga
bog‘liq. Matn rejimida monitor tez ishlaydi, grafik rejimda sekinroq ishlaydi.
Ularni tez ishlashini o‘rnatish mumkin.
- Modem. Kompyuter telefon tarmog‘i orqali axborot almashish maqsadida
ishlayotganida, telefon tarmog‘idan olingan signalni qabul qiluvchi va uni raqamli
axborotga aylantiruvchi qurilma kerak bo‘ladi. Qurilmaning kirishida axborot
modulyatsiya qilinadi, chiqishida esa demodulyatsiyaga uchraydi, shundan
modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi Kompyuterdan kelgan
signalni telefon tarmog‘i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr
signaliga aylantirib berishdan iborat. Bu tarmoqning akustik kanalini modem quyi
va yuqori chastota yo‘laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo‘lak ma‘lumotlarni
uzatishda, yuqori yo‘lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo‘llaniladi.
IBM
rusumidagi Kompyuterlarni ishlab chiqaruvchi firmalar:
IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple,
Siemens Nixdors, Aser, Olivetti, Gateway, Sun va boshqa firmalardir.
- Ishlab chiqarilishiga qarab Kompyuterlar ikki xil bo‘ladi: Oq yasalgan va
lintsenziya asosida ishlab chiqargan Kompyuterlar Sariq yasalgan Kompyuterlar
hisoblanadi. Yuqoridagi zikr etilgan komponiyalar ishlab chiqargan Kompyuterlar
oq Kompyuterlar, Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya davlatlarida ishlab
chiqarilgan Kompyuterlar Sariq yasalgan Kompyuterlar hisoblanadi.
Noutbuk Kompyuterlar- bu Kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo‘lib,
batareya asosida ishlaydi. Hozirda bunday Kompyuterlarni IBM, Compaq,
Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda.
Kompyuterning
1.
dasturiy
Sistemaviy
ta’minoti
dasturiy
ta’minot.
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot
(hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir.
Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va
qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga
ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan
hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli
bir parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday
amalgam oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib
olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish
─ bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa ─ dasturiy
interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish
─ apparat ─ dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda
uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim.
Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda
bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti
─ foydalanuvchi interfeys deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy
ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin:
─ sistemaviy dasturiy ta’minot;
─ amaliy dasturiy ta’minot;
─ dasturlash
texnologiyasining
uskunaviy
vositalari.
Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ kompyuterning va kompyuter
tarmoqlarining
ishini
ta’minlovchi
dasturlar
majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ bu aniq bir predmet
sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari ─ yangi dasturlarni ishlab
chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat
vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi,
ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham),
saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy
ta’minot (АДТ) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet
sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir.
Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
Muammoga yo’naltirilgan АДТ ga quyidagilar kiradi:
─ bugalteriya uchun ДТ;
─ personalni boshqarish ДТ;
─ jarayonlarni boshqarish ДТ;
─
bank
axborot
tizimlari
va
boshqalar.
Umumiy maqsadli АДТ ─ soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot
texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z
ichiga oladi. Bular:
─ kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (МББТ);
─ matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda
rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari;
─ grafik muxarrirlar;
─ hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi elektron jadvallar;
─ taqdimot qilish vositalari, ayni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish
etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar.
Ofis АДТ idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z
ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
─ rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar
bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi
dasturlar;
─ tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima
qilishga mo’ljallangan dasturlar;
─ skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan
o’zgartiruvchi dasturiy vositalar;
─ tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi
o’zaro
muloqotni
tashkil
etuvchi
kommunikatsion
dasturlar.
Kichik nashriyot
tizimlari “kompyuterli
nashriyot
faoliyati”
axborot
texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik ravishda
betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va
hokazolarni
bajaradi.
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi
hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o’zgarishi, lazerli
disklarning paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnalogiyasining
rivojlanishi
natijasida
shakllandi.
Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to’rt yo’nalishga bo’lish
mumkin:
─ ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar.
Ushbu yo’nalish kompyuterda o’yinlarni (shaxmat, shashka va h.k) avtomatik
tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish
bilan shug’ullanadi.
─ Bilimlarga asoslangan intelektual tizimlar .
yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun’iy intellekt tizimlarini ma’lum va kichik
sohalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin.
─ EHM larning yangi arxitekturasini yaratish.
Bu yo’nalish sun’iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHM lari)ni yaratish
muammolarini o’rganadi.
─ Intelektual robotlar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
I.A.Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: havsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. -T.: 1997.
2. A.A.Abduqodirov, Q.M.Karimov, I.A.Yuldoshev. Aniq fanlarni o‘qitishda keys
texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti. -T.: “Fan va texnologiya”, 2015, -184 bet.
7. A.A.Abduqodirov, A.X.Pardaev. Ta’lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish uslubiyoti. -T.: “Tafakkur”, 2014, -367 bet.
8. J.O.Tolipova. Pedagogik kvalimetriya moduli bo‘yicha ma’ruzalar matni va
amaliy mashg‘ulotlar. -T.: “TDPU”, 2015, -108 bet.
Download